logo

Metallarni kesib ishlash to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Asbobsozlik materiallari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

101 KB
Metallarni kesib ishlash to'g'risida umumiy ma'lumotlar. Asbobsozlik materiallari Reja: 1. Fanning mazmuni va vazifalari. 2. Metallarni kesib ishlash—ishlov berishning texnologik usulidir. 3. Konstruksion metallarva ularning kesib ishlanuvchanligi. 4. Metall kesuvchi asboblarning kesuvchanlik xususiyatlari. Asbobsoz- lik materiallarining fizik-mexanik xossalari. 5.Asbobsozlik materiallari va ularning tasnifi. Tayanch so'z va iboralar: 1. Fanni o'qitishdan maqsad. 2. Mexanik ishlovberish. 3. Kesib ishlanuvchanlik. 4. Asbobsozlik materiallari. Dastlabki ma'Iumotlar Metallarni kesish (qirqish) nazariyasi asoslari, metall kesuvchi Stanoklar va asboblar fanida kesish jarayonining asoslari, qirqib ishlash usullari va bunda qo'llaniladigan kesuvchi asboblar, metall kesuvchi stanoklarning zamonaviy konstruksiyalari, ularning texnologik im-koniyatlari va sozlash uslublari, shuningdek raqamli dastur bo'yicha boshqariladigan oson qayta sozlanuvchan ishlab chiqarish stanoklari-dan iborat modullarni, robotlashtirilgan texnologik komplekslar (RTK) va oson qayta sozlanuvchan avtomatlashtirilgan sistemalar (sexlar va zavodlar)ni yaratish masalalari o'rganiladi. Mazkur fan ning yaratilishi va rivojlanishiga I. A. Time (1870-y ), K. A. Zvorikin, Ya. G. Usachev (1914-y), A. N. Chelyustkin (1925- y), A. N. Rezni-kov (1930— 1935-yy)., G.I. Granovskiy, Andrey Nartov (1712- y), A. V. GodoIin (1877-y), N.S. Acherkan (Rossiya), F.Teylor (XIX asrning oxiri, AQSH),Genri Modeley (1878-y, Angliya) va boshqa tadqiqotchilar o'z hissalarini qo'shganlar. Zagotovkalarga mexanik ishlov berish va ularning kesib ishlanuvchanligi Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o'tayotgan zagotovkaning ma'lum qalinlikdagi qatla-mi (qo'yilma, припуск ) kesib ajratiladi va qirindiga aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik deformatsiyalanadi va yemiriladi. Detallar ta'sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko'rsata olishi uchun mashinasozlikda qo'Uaniladigan konstruksion metallardan tayyorla-nadi. Bunday metall va qotishmalar (po'lat, cho'yan, jez, bronza, alu-miniy qotishmalari va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struk-tura holatiga bog'liq boigan turli mexanik xossalariga egadir. Keltiril-gan ko'rsatkichlar majmuasi konstruksion materiallarning kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi. MetalIarning kesib ishlanuvchanligi qirindi hosil bo'lishi, yangi yuzalarning shakllanishi va ishlangan yuzalar sifatini ifodalovchijara-yonlarning umumiy qonuniyatlarida o'z aksini topadi. Barcha kon struksion metauar shartli ravishda ularning qiyosiy kesib ishlanuvchan ligi bo'yicha 4 guruhga boiinadi: 1) oson ishlanuvchan j ezlar, bronza, aluminiyning deformatsiya-lanuvchi qotishmalari, yumshoq cho'yanlar); 2) o'rta darajada kesib ishlanuvchan (uglerodli va past legirlangan konstruksion po'latlar, siluminlar, o'rtacha qattiqliqdagi cho'yanlar); 3) o'rtadan pastroq darajada kesib ishlanuvchan (yuqori legir langan martensit, martensit-ferrit, austenit-martensit sinfiga oid bo'lgan po'latlar, qattiq cho'yanlar); 4) qiyin ishlanuvchan (austenit sinfiga oid yuqori legirlangan kon struksion poiatlar, issiqbardosh va kislotabardosh maxsus nikelfer-ritli va nikelli qotishmalar, qiyin eruvchan qotishmalar). Mexanik xossalarni ifodalovchi ko'rsatkichlar, xususan, qattiqlik va mustahkamlik chegarasining ortishi bilan metallning kesuvchi as-bobga ko'rsatadigan qarshiligi ham o'sadi. Shu sababdan bu ko'rsatkichlar kesish rejimini ifodalovchi parametrlar hisoblanadi. Poiatdan tayyorlangan prokat mahsulotlari bilan birga yuborila-digan sertifikatlarda metallning qattiqligi HB va cho'zilishdagi mus tahkamlik chegarasi ko'rsatiladi. Har xil markali po'latlar uchun munosabat o'rinli bo'lib, undagi proporsionallik koeffitsiyenti k quyidagilarga teng: uglerodli konstruksion po'latlar uchun &=0,27; kam legirlangan konstruksion po'iatlar uchun &=0,31; yu-qori legirlangan konstruksion po'latlar uchun &=0,41. Asbobsozlik materiallari Metall kesuvchi asboblarning kesish xususiyatlari asboblarning konstruksion metallarni kesib ishlay oluvchanligini belgilaydi. Kesish xususiyatlarining asosiy ko'rsatkichi bo'lib asbobning ekspluatatsion resursi xizmat qiladi va u asbobning ish davridagi turg'unligi, asbob ning texnik me'yorlar bo'yicha ko'rsatilgan barcha qayta charxlashlar-dan so'ng toia foydalanish vaqti orqali ifodalanadi. Asboblarning resursi quyidagi omillar majmuasiga bog'liq bo'ladi: 1) asbob materialining xossalari (kimyoviy tarkibi, struktura holati, qattiqUgi, ga, yuqori temperatura va ishqalanishga chidam-liligi); 2) asbobning konstruksiyasi (kesuvchi qismining shakli, bikirli-gi, tayyorlanish aniqligi); 3) kesish rejimi (v, s va t, MSTM, qabul qilingan yedirilish me-zoni); 4) metail kesuvchi stanokning holati (stanok va texnologikjihozlar-ning bikirligi, vibratsiyaga qarshilik ko'rsata olishi va boshqalar). Agar metall kesuvchi asbobning ishchi qismi faqat ma'lum fizik-mexanik xossalar majmuasiga ega bo'lgan materialdan tayyorlangan boisagina, uning ishlay olish qobiliyati ta'minlangan va kafolatlan-gan bo'ladi. Asbobsozlik materiallarining asosiy fizik-raexanik xossa-larini ko'rib chiqamiz: 1. Qattiqligi (asbobsozlik po'latlari uchun HRC 63...64). 2. Mustahkamligi (asbobsozlik po'latlari uchun 3. Yuqori temperaturaga bardoshliligi. Qattiqlik va temperatura orasidagi munosabat quyidagicha (1.1 -rasm). Q k -kritik temperatura. Turli asbobsozlik materiallari uchun Q k -220-1800°C oralig'ida bo'ladi. 4. Issiqlik o'tkazuvchanligi Legirlovchi elementlar- dan W va V issiqlik o'tkazuvchanlikni pasaytirsa, Ti, Mo, Co esa ko'taradi. 5. Ishqalanish koefFitsiyenti ishqalanishga chidamlilik B=A/m va yedirilish intensivligi J.=dm/dL ga ta'sir ko'rsatadi: bunda A-ishqaianish kuchlarinirig bajargan ishi; m-yediril-ish mahsulotlari niassasi; L-o'zaro sir-panish yo'li). ishqalanuvchi materiallarjuftining bir-biriga nisbatan sirpanish tez!igi V sr va kontakt yuzalardagi normal kuchlanishga bog'liq). Asbobsozlik niateriallarining tasnifi. Hozirgi paytda qoilanilayotgan asbobsozlik materiallari quyidagilarga bo')inadi: 1) Uglerodli va past legirlangan po'latlar ( У 10, У 12 А va B2, Ф , 9XC, ХВГ ). 2) Tezkesar po'latlar (P6M5, P9K10, P9, P18, Р 9 М 4 К 8 Ф ,...). 3) Qattiq qotishmalar yoki metallokeramika (BK8, T15K6, TT7K12) va volframsiz qattiq qotishmalar (TMl,TM3,TH-30,KHT-16,...). 4) Mineralokeramika va kermetlar ( ЦМ 332, BOK-60, BOK-63, B3,...). 5) O'ta qattiq materiallar (CTM): (Elbor Л , ЛО , ЛП , ЛД ; kubonit КО , КП belbor 02). 6) Sintetik va tabiiy olmoslar (ACO, ACP, ЛСВ , ACK, ACC; ACM, ACH). 7) Abrazivlar (korund, kvars, elektrokorund, monokorund,...). Asboblarning kesish xususiyatlari ularni o'zaro, masalan tempe ratыra va ishqalanishga chidamlilikIarini taqqoslash orqali baholanishi mumkin (l.l-jadvalga qarang). Asboblarning yedirilishga chidamliligini oshirish usuliari: 1) Kimyoviy termik ishlov berish (KT1): sianlash, azotlash, nitrosementitlash, borlash. Masalan, sianlangan asboblarning turg'un- Iigi 1,5..2 marta ortadi. 2) Yedirilishga chidamli qoplamlar hosil qilish: a) bug'-gaz fazasidan kimyoviy cho'ktirish orqali TiC, TiN, NiCN, ZrN, MoN, CrN, TaN, ... birikmalar bilan qoplash. b) vakuumli plazma vositasida qoplash. Asboblarning turg'unligi 2-3 marta ortadi. d) epilam (ftorli modda) vositasida yupqa qoplama hosil qilish.