logo

Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash

Yuklangan vaqt:

24.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

85 KB
Eritmalar. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash. Qayta kristallash usuli bilan moddalarni tozalash Reja: 1. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash 2. Moddalarni qayta kristallga tushirish usuli bilan tozalash Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlash Ikki yoki undan ortiq moddalardan tarkib topgan gomogen sistema eritma deyiladi. Bunda bir erigan modda boshqa bir moddada – erituvchida bir tekis tarqalgan bo`ladi. Moddalar erigan vaqtda issiqlik chiqadi (musbat issiqlik effekti) yoki issiqlik yutiladi (manfiy issiqlik effekti) va hajm o`zgaradi. Erish vaqtida erigan moddaning zarrachalari erituvchining molekulalari bilan birikib noaniq tarkibli va ma lum darajada beqaror ya ni so`l`vatlar hosil qiladi. Agar eruvchi suv bo`lsa bu birikmalar gidratlar deyiladi. Erigan moddalarning va erituvchining molekulalari qancha polyar bo`lsa, so`lvatlar shuncha oson hosil bo`ladi va shuncha barqaror bo`ladi. Ba zan suv molekulalari erigan moddaning zarrachalari bilan shunchalik puxta bo`g langan bo`ladiki, eritmadan bu modda kristall holida ajratib olinganda uning tarkibiga suv kirib qoladi. Tarkibida suv bo`ladigan kristallar deb, ular tarkibiga kiradigan suv va kristalizatsiya suvi deb ataladi. Turli temperaturalarda modda eruvchanligini aniqlashga oid tajibalar Kerakli jihozlar: Texnokimyoviy tarozi va uning toshlari, barometr, termometr, qisqichli va halqali shtativ, garelka, o`lchov slindrlari, byuretka, eksikator, chinni xovancha, probirkalar, shoxdan qilingan qoshiq, pinset. Reaktiv va materiallar : 1. Yod, o`yuvchi natriy NaOH, ammoniy nitrat NH4NO3, kaliy nitrat KNO3, natriy nitrat NaNO 3 , natriy giposulfit Na 3 S 2 O 3 -5H 2 O, natriy sulfat Na 2 SO 4 10H 2 O, natriy atsetat CH 3 COONa-3H 2 O, natriy xlorid NaCl, suvsiz mis sulfat CuSO4, benzol C 6 H 6 , etil spirt C 2 H 5 OH, glitserin C 3 H 8 O 3 , filtr qog oz, paxta, cho`p, fenol. Erish issiqligi ikkita probirkadan birining 1/3 qismiga suv quying va temperaturasini o`lchang. Birinchi probirkada 2-3g ammoniy nitrat soling, termometr bilan ehtiyot bo`lib aralashtiring va eng past temperaturasini belgilab oling. Ikkinchi probirkaga o`yuvchi natriyning bir necha bo`lagini tashlang va chayqatishdan keyin eng yuqori temperaturasini belgilab oling. Bu moddalarning erishida qanday issiqlik effekti kuzatiladi? 2- . Erish vaqtida hajmning o`zgarishi. Probirkaga (1/3 qismiga) suv quying va shuncha hajmda spirt qo`shing (ehtiyot bo`ling). Suyuqlikning probirkadagi sathini rezina halqa bilan belgilab qo`ying. Probirkani probka bilan berkiting va ichidagilarni yaxshilab aralashtiring. Eritma sovigandan so`ng sathining pasayishini kuzating. Kuzatilgan hodisaning sababini izohlang. 3- . Eritmada molekulyar holat: a) Yod kristallaridan 2-3 donasini probirkada qizdiring. Yod binafsha rangli bug ga aylanadi. Bug` holidagi moddaning darajasi qanday? b) ikki probirkaga yod kristallaridan 1-2 donasidan soling. Birinchi probirkaga ozroq benzol, ikkinchi probirkaga ozroq spirt solib chayqating, erigandan so`ng birinchi probirkada binafsha rangli, ikkinchi probirkada qo`ng`ir rangli eritma hosil bo`ladi. Eritmalarning har xil rangli bo`lishiga sabab shuki polyar bo`lmagan benzol molekulalari yod molekulalari bilan birikmaydi, polyar bo`lgan spirt molekulalari yod bilan sol`vatlar hosil qiladi va eritmaning rangi o`zgaradi. 4- . Tuzning eruvchanligini aniqlash: maydalangan kaliy nitratdan texnokimyoviy tarozida 10-12 g tortib oling va uni 25 ml. suvli kolbaga solib isitish yo`li bilan eriting. So`ngra kolbani suvga botirib uy temperaturasigacha sovuting. Hosil qilingan qanday eritma deyish mumkin? Eritmani cho`kmadan quruq filtr orqali filtrlab oling va temperaturasini o`lchang. Quruq chinni kosachani torting, unga eritmadan 10 ml quying va yana torting. Kosachani filtrdan voronka bilan berkitib asbestlangan to`r ustida ehtiyotlik bilan qizdiring. Qizdirishni hamma suv bug`lanib ketguncha va voronka qurib qolguncha davom ettiring. Shundan so`ng, kosachani hamda voronkani sovuting va ularni tortib ko`ring. Suvning hammasi bug`lanib ketganligini qanday tekshirib ko`rish mumkin? Natijalarni ishlab chiqing. Moddalarni qayta kristallga tushirish usuli bilan tozalash Qayta kristallash usuli – qattiq moddalarni sanoatda, laboratoriya sharoitida tozalash usullarining eng muhimidir. U haroratga ko’ra moddalar eruvchanligining har xilligiga asoslangan. Kristallantirish – biror qattiq moddani ma’lum bir erituvchida qaynoq holda eritib, sovutilganda asosiy moddaning aralashmalardan tozalanib, yana qattiq holga o’tishidir. Unda tozalanishi kerak bo’lgan modda issiq holda tanlangan erituvchida eritiladi va issiq holda filtrlanadi, erimagan aralashmalardan shu holda ajratib olinadi. Filtrat sovitiladi. Sovitilganda modda yana qayta kristall holida cho’kmaga tushadi. Bu usul bilan harorat ortishi bilan eruvchanligi ortadigan qattiq moddalar tozalab olinadi. Qayta kristallash usuli bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi: 1. Erituvchi tanlash Qayta kristallash usuli bilan moddani ajratib olish va tozalashning samaradorligi erituvchining to’g`ri tanlanganligiga bog`liq. Erituvchi sifatida suv, etil spirti, benzin, benzol, atseton, etil efir, sirka kislota, xloroform va boshqa suyuqliklar ishlatiladi. Ba’zi bir hollarda erituvchilar aralashmasi: suv-spirt, xloroform-petroley efiri, atseton-suv, efir-benzol kabilardan foydalanish mumkin. Erituvchi yo’li bilan tanlanadi. Erituvchi tanlash uchun bir necha probirkalarga teng miqdorda (masalan 0,2 g) tozalanishi kerak bo’lgan moddadan solinib, ustiga har bir probirkalarga turli erituvchilardan 1 ml dan quyib moddaning eruvchanligi tekshiriladi. Modda erimagan probirkalar qizdiriladi, so’ngra sovitiladi. Eritma sovigandan keyin hosil bo’lgan kristall qaysi probirkada ko’p bo’lsa, o’sha probirkaga solingan erituvchi tanlanadi. Shunday erituvchi tanlanadiki, u moddani sovuq holda yomon eritishi, qizdirilganda, ya’ni qaynoq holda yaxshi erita olishi kerak (jadval 1). Moddalarni kristallantirish usuli bilan tozalanayotgan modda uchun olingan erituvchi moddadagi aralashmalarni yaxshi eritishi lozim. Modda bilan aralashmalarning eruvchanligi o’rtasidagi farq qancha katta bo’lsa, tozalash shuncha yaxshi natija beradi. Jadval 1. Qayta kristallash usulida ishlatiladigan erituvchilar Xossalari Organik birikmalarning asosiy Erituvchilar sinflari Gidrofob Uglevodorodlar, uglevodorodlarning galogenli hosilalari, oddiy efirlar Uglevodorodlar, uglevodorodlarning galogenli hosilalari Aminlar, murakkab efirlar, nitrobirikmalar Murakkab efirlar Nitrillar, ketonlar, aldegidlar Spirtlar, dioksan, sirka kislota Fenollar, aminlar, spirtlar, karbon kislotalar, sulfokislotalar Spirt, suv Gidrofil Tuzlar Suv 2. Moddani cho’kmaga tushirish (kristallantirish) Erituvchi tanlangandan so ’ ng , moddani ozgina erituvchida qaynoq holda eritiladi ( to ’ yingan eritma bo ’ lishi kerak ). Agar zarur bo ’ lsa ( eritma rangli bo ’ lib qolsa ), adsorbent – faollashtirilgan ko ’ mirdan oz miqdorda solinadi . Adsorbent solingandan so’ng yana qaynatiladi va qaynoq holda burama filtr orqali konussimon kolbaga filtrlanadi, sovitiladi. Aralashmalardan holi bo’lgan yirik va aniq shakldagi toza kristallarni olish uchun eritma sekin sovitilib, idishning og`zi chang tushmasligi uchun toza qog`oz bilan yopib qo’yiladi. Eritma tez sovitilsa, mayda kristallar hosil bo’ladi. Ba’zan moddaning o’ta to’yingan eritmalarga o’tishga moyilligi yoki moddada kristallanishga xalaqit beruvchi moysimon va smolasimon moddalarning bo’lishi tufayli kristallanish juda qiyin boradi. Bunday hollarda moddalarning kristallanishini tezlatish uchun idish devorini shisha tayoqcha bilan ishqalanadi yoki eritmaga olinayotgan moddaning kristallidan qo’shib eritma tinch qoldiriladi. 3. Kristallarni ajratib olish Hosil bo’lgan kristallarni qo’r eritma (matochnik) dan ajratib olish uchun filtrlash usuli qo’llaniladi. Aralashmadan qattiq va suyuq komponentlarni mexanik tarzda ajratib olishga filtrlash deyiladi. Ko’pgina suyuqlikda ozgina qattiq modda erimay qolgan bo’lsa, uni filtr qog`oz orqali boshqa idishga o’tkazib olish dekantatsiya deyiladi. Qayta kristallash usulidan cho’kmaga tushirilgan kristallarni ajratib olish uchun past bosimda vakuum filtrlash asbobi qo’llanadi. Agar kristallarning miqdori ko’p bo’lsa, filtrlash uchun Bunzen kolbasi va Byuxner voronkasi ishlatiladi (10-rasm). Byuxner voronkasiga uning diametriga teng bo’lgan filtr qog`oz qo’yiladi va u Bunzen kolbasiga o’rnatiladi, Bunzen kolbasi esa rezina vakuum shlangi orqali suv nasosiga ulanadi. Aralashma chayqatib turilgan holda Byuxner voronkasiga quyiladi. Voronkada toza kristallar qoladi, suyuqlik qismi Bunzen kolbasiga o’tadi. Filtrlash oxirida shisha probka yordamida siqiladi. Yanada kam miqdordagi moddalarni filtrlashda so’rg`ichli probirkalarga o’rnatilgan voronkalaridan foydalaniladi. a ) b) Rasm 10 . Filtrlash asboblari a) vakuumda: 1) Bunzen kolbasi, 2) Byuxner voronkasi; b) kam miqdordagi moddalar uchun Filtrlashda hozirgi vaqtda filtr qog`ozdan tashqari, sintetik materiallardan tayyorlangan filtrlar ham ishlatiladi. Ular o’zlarining mexanik mustahkamligi, issiqqa chidamliligiga qaramasdan agressiv muhitlar ta’siriga ham barqarordir. Konsentrlangan ishqor, kislotalar, oksidlovchilar asbest yordamida yoki shisha filtrlar Shotta voronkasida filtrlanadi. Ishqorlar, kislotalar filtr qog`ozni o’yib yuboradi. Shuning uchun ular mahsus g`ovak shishadan ishlangan filtr-Shotta voronkalarida filtrlanadi (11-rasm). Bu voronkalar o’zidagi g`ovakning zichligiga qarab №1, №2 va №3 xillarga bo’linib, har xil katta-kichiklikda bo’ladi. Rasm 11. Filtr-Shotta voronkalar Oson kristallanuvchi moddalarning qayta kristallash usuli bilan ajratib olinayotganda issiq holda filtrlashga to’g`ri keladi, buning uchun mahsus issiq holda filtrlash voronkalari ishlatiladi (12-rasm). 1 2 12-rasm. Voronkalar: 1) issiq filtrlash 2) sovitib filtrlash uchun 4. Kristallarni quritish Yengil uchuvchan organik erituvchilarda kristallantirilgan gigroskopik bo’lmagan barqaror moddalar uy haroratida soat oynasida, chinni va shisha kosachalarda quritilishi mumkin. Bunda moddani mexanik aralashmalar bilan aralashib qolishidan (chang va boshqalar) asrash uchun uning usti filtr qog`oz bilan yopiladi. Temperatura ortishi bilan moddalarning qurishi tezlashishi mumkin. Shuning uchun yuqori temperaturada suyuqlanadigan moddalar ma’lum temperaturada quritgich shkafda quritiladi. Quritgich shkafda yengil uchuvchan organik erituvchilarda kristallangan moddalarni quritish tavsiya etilmaydi, chunki organik erituvchining havo bilan aralashmasi quritgich shkafining spiraliga tekkanda portlashi mumkin. Beqaror va gigroskopik moddalar eksikator va vakuum-eksikatorlarda quritiladi. Bunda quritilayotgan moddaning kimyoviy xossasiga qarab har xil qurituvchilar (kalsiy xlorid, natriy sulfat, konsentrlangan sulfat kislota va boshqalar) ishlatiladi. Modda vakuum-eksikatorda quritilgandan so’ng, uni eksikatordan olishda uning jo’mragi (havo birdan kirib, moddani to’zitib yubormasligi uchun) asta-sekin ochiladi. Havo oqimi yo’nalishi bir tekisda tarqalishi uchun uchi qayrilgan jo’mrak ishlatiladi. Ba’zan kuchli vakuum hosil bo’lishi natijasida eksikator yorilib ketishi mumkin. Shuning uchun eksikator sochiq yoki biror mato bilan o’rab qo’yilishi kerak. Vakuum suv nasosi yordamida hosil qilinadi. Eksikatorda moddani quritish uchun unga suvni tortib oluvchi va kristallogidrat hosil qiluvchi moddalar solinadi. Quritgichlar sifatida ishlatiladigan moddalar quritilayotgan modda bilan reaksiyaga kirishmasligi va unda erimasligi shart. Shuning uchun har bir modda va eritmaga mos qurituvchi tanlash kerak (jadval 2). Jadval 2. Organik moddalar va ularni quritishda ishlatiladigan quritgichlar Organik moddalar Quritgichlar Spirtlar K 2 CO 3 , MgSO 4 , CaSO 4 , CaO Uglevodorodlarning galogenli hosilalari CaCl 2 , MgSO 4 , CaSO 4 , Na 2 SO 4 , P 2 O 5 Efirlar , to’yingan uglevodorodlar, CaCl 2 , CaSO 4 , Na, P 2 O 5 aromatik uglevodorodlar Aldegidlar Na 2 SO 4 , MgSO 4 , CaSO 4 , K 2 CO 3 Ketonlar NaOH, MgSO 4 , CaSO 4 Kislotalar Na 2 SO 4 , MgSO 4 , CaSO 4 Adabiyotlar: 1. Q. Axmerov, A. Jalilov, R. Sayfutdinov. Umumiy va anorganik kimyo. Toshkent: “O’zbekiston”, 2003. 2. K. Rasulov, Sh. Mirkomilov, M. Nishonov, M. Sodiqov. Anorganik kimyo. Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. 3. К. Расулов, О. Юлдошев, Б. Қораболаев. Умумий ва анорганик кимё. Т.: «Ўқитувчи», 1996. 4. N . A . Parpiyev , X . R . Raximov , A . G . Muftaxov . Anorganik kimyo nazariy asoslari. Toshkent. «O’zbekiston». 2000y 5. Bozorov N.I. Umumiy kimyo. Toshkent: Adabiyot uchqunlari, 2017.-368 b. 6. Raymond Chang.General Chemistry:The Essential Concepts. McGraw-Hill Education; Enland. -2013. 7. Analitical chemistry. 6 th . Edition. Gary D. Christian.University of Washington.2004.848 8. Paula Yurkanis Bruice, ORGANIK CHEMISTRY, New York, USA, 2016 9. O. Fayzullayev. Analitik kimyo. T: Yangi asr avlodi. 2006 y. 10. М . Т . Ғуломов , Т . Норов , Н . Туропов . Analitik kimyo.T.: Ворис нашриёти , 2009 й . 11. Shoymardonov R. Organik kimyodan praktikum. Toshkent - O’qituvchi -1982.