logo

Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

19.404296875 KB
Polimer tarkibidagi funktsional gruppalarni aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish Reja: 1. Raqamli molekulyar massa. 2. Funksional gruppalar tutgan monomerlar. 3. Funksional gruppalar analizi. 4. Polikondensatlanish reaksiyalari. Asosiy tayanch tushunchalar Raqamli molekulyar massa, funksional gruppa, polikondensatlanish, titr, analiz, indicator, poliefir. Agar chiziqsimon polimer zanjiri uchida miqdoriy ximiyaviy usullar yordamida aniqlanishi mumkin bo’lgan qoldiq funktsional gruppalar bo’lsa, ximiyaviy analiz ma‘lumotlari asosida polimerning o’rtacha molekulyar massasini hisoblab chiqarish mumkin: ƶ M = —— n 2 bunda: ƶ ¾ har makromolekuladagi qoldiq funktsional gruppalar soni; n ¾ 1 gramm namunadagi funktsional gruppalarning g/mol (ekvivalent) miqdori. Bu usul yordamida molekulyar massasi 20 000 gacha bo’lgan polimerlarning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Molekulyar massasi juda yuqori bo’lgan polimerlarda funksional gruppalar kontsentratsiyasi shunchalik kichikki, uning miqdorini aniq o’lchab bo’lmaydi. Bundan qati nazar, bu usul polikondensatsiya reaktsiyalari bilan olingan polimerlarning molekulyar massasini aniqlashda muhim rol oynaydi. Polikondensatsiya reaktsiyalari bilan oligan polimerlar tarkibida ko’pincha kislota yoki ishqoriy xarakterli yoki reaktsion xususiyatga ega bo’lgan funktsional gruppalar bo’ladi. Misol tariqasida poliefirlarning qoldiq karboksil gruppalarni yoki poliamidlarning so’nggi amin gruppalarni keltirish mumkin. Bunday gruppalar titrlash yo’li bilan oson aniqlanadi. Chiziqsimon kondensatsion polimerlarning molekulyar massasi odatda 20 000 dan kam bo’ladi. Shuning uchun bunday polimerlarning molekulyar massalarini ushbu usul bilan aniqlash ancha qulay. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1.Polikondensatlanish reaksiyalari deb nimaga aytiladi? 2. Funksional guruhlarda analiz qilish usullari? 3. Qanday indikatorlarni bilasiz? 4. Qanday inisiator va ingibitorlarni bilasiz? Eritmalarning qovushoqlignini aniqlash usuli bilan molekulyar massani topish. Mavzuning asosiy masalalari 1. Molekulyar massani topishning qanday usullari bor? 2. Polidespirslik nima va u qanday tavsiflanadi? 3. Erish va bukish jarayonlari. 4. Nisbiy, solishtirma va xaraktiristik qovushqoqlik. 5. Mark-Kun-Xaunk tenglamasi. Asosiy tayanch tushunchalar Viskozometriya, polidesperslik, erish va bukish, nisbiy, solishtirma va xaraktiristik qovushqoqlik, grusha, diffuziya, konformatsiya. Suyultirilgan eritmalarning qovushoqligini o’lchash orqali polimerlarning molekulyar massasini topish oddiy va keng tarqalgan usul hisoblanadi.Shtaudinger polimer molekulyar massasi bilan suyultirilgan eritma qovushoqligi orasidagi bog’lanishni quyidagicha ifodalaydi: τ col η col —— = K M • M bundan M = ——— C K M · C Eritmaning ma‘lum kontsentratsiyadagi solishtirma qovushoqligi aniqlanib K m ning ma‘lum qiymati qoyilsa, bu tenglamadan polimerning molekulyar massasi hisoblab chiqariladi. Molekulyar massani aniqlash uchun zarur bo’lgan K m ning qiymatini biror boshqa usul (masalan, osmometrik yoki qoldiq funktsional gruppalar analizi) yordamida aniqlanib polimerning molekulyar massasini topish mumkin. Bu usul bilan molekulyar massalari 500 dan 100 000 gacha bo’lgan polimerlarning moleklyar massalarini topish mumkin. Yaxshi natija olish uchun qovushoqlik juda suyultirilgan eritmalarda (ya‘ni eritmaning kontsentratsiyasi nolga intilgan sharoitda) o’lchanishi kerak. Bunda K m doimiyligi berilgan erituvchi uchun ma‘lum bo’lishi kerak. Ammo bu shartlarning bajarilishiga qaramay, real holda polimer makromolekulasining tayoqsimon emasligi va uning erituvchi molekulalari ta‘sirida bo’lishi natijasida K m ning qiymati qisman o’zgaradi. Tajribadan qoniqarli natijalar olish maqsadida Shtaudingertenglamasiga o’zgarishlar kiritish taklif qilingan. Tenglamadagi η col o’rniga qovushoqlik haddi η ishlatiladi: —— C Qovushoqlik haddi huyidagi formuladan topiladi: η col [ η ] lim C → 0 = ——— C Bu eritma cheksiz suyultirilgandagi ( ya‘ni C nulga intilgandagi ) qovushoqlikning haddi (so’nggi chegarasi). Qovushoqlik haddi polimer cheksiz suyultirilib alohida-alohida makromolekulagacha disperslangan eritmasining qovushoqligini ko’rsatadi. Shuning uchun K M ning qiymati alohida makromolekulaning oqimga ko’rsatilgan gidrodinamik qarshiligini belgilaydi deb hisoblash mumkin. Makromolekulada qancha uzun bo’lsa, uning oqimga ko’rsatuvchi gidrodinamik qarshiligi shuncha ko’p bo’ladi. Bundan shu narsa kelib chiqadiki, qovushoqlik bilan erigan polimer zanjirining uzunligi orasida bog’liqlik bo’lishi kerak. Haqiqatan ham, bir xil ximiyaviy tuzilishga ega, ammo molekulyar massalari bilan farq qiladigan polimer eritmalari uchun qovushoqlik haddining qiymati turlicha bo’ladi. Agar polimerning molekulyar massasi katta bo’lsa, qovushoqlik ham katta bo’ladi. Qovushoqlik haddiga erituvchining tabiati ham katta ta‘sir ko’rsatadi. Makromolekula zanjirlari turli erituvchilarda turli konformatsiyaga ega bo’lishidan turli erituvchilardagi polimer eritmalarning qovushoqligi turlicha bo’ladi. Agar erigan polimer zanjiri bir erituvchida sharsimon, ikkinchi erituvchida chiziqsimon bo’lsa, birinchi holdagi gidrodinamik qarshilik ikkinchi holdagi gidrodinamik qarshilikka nisbatan kichik (ya‘ni birinchi erituvchidagi polimer eritmasining qovushoqlik haddi ikkinchisinikidan kam) bo’ladi Molekulyar massani aniqlash uchun tenglamadagi K va D konstantalarini topish zarur. Yuqoridagi tenglama birmuncha aniq natijalar bersa ham, uning kamchiligi unda Shtaudinger tenglamasi uchun xarakterli bo’lgan universal doimiylikning yo’qligidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda molekulyar massani topish ko’pchilik hollarda quyidagi umumiy ko’rinishli empirik tenglama orqali amalga oshiriladi: [ η ] = K M · M α Bunda: K ¾ polimergomologik qatordagi polimerlarning ma‘lum erituvchidagi eritmasi uchun doimiy koeffitsient, uni krioskopik usul bilan tajribadan topish mumkin; α ¾ eritmadagi makromolekula shaklini xarakterlovchi qiymat bo’lib, polimer zanjirining egiluvchanligiga va erituvchining tabiatiga bog’liq. Agar α = 1 bo’lsa, tenglama Shtaudinger tenglamasi ko’rinishiga o’tadi. Polimerlar molekulyar massasini [ η ] = K M · M α tenglama yordamida anilash uchun ham polimerning biror erituvchidagi eritmalari uchun K m va α ning qiymatini bilish zarur. To’g’ri chiziqli viskozimetrik tenglama tarkibiga kiruvchi bu koeffitsientlarning qiymati ko’pchilik polimerlar uchun ma‘lum. Birinchi kontsentratsiyadagi eritmaning nisbiy qovushoqligini katta rezervuarli Ubbelod viskozimetrida o’lchash qulay. Viskozimetr rezervuarida eritmani istalgan kontsentratsiyagacha suyultirish mumkin. Olingan ma‘lumotlar asosida η col va η col / c hisoblab chiqariladi.So’ngra η col /C ning C ga bog’liqlik egri chizig’i chiziladi; chiziq ordinata o’qi bilan kesishguncha ekstropolyatsiya qilinadi. Shunday qilib, topilgan qovushoqlik haddidan molekulyar massa hisoblab chiqariladi. Molekulyar massani topishdan avval K m va α doimiyliklar no‘malum bo’lsa, ularni topish kerak. Bunday hollarda doimiyliklarning qiymatlari polimerlarni bir necha fraktsiyalarga ajratib, uning ayrim fraktsiyalari qovushoqlik haddini topishdan boshlanadi. Fraktsiyalarning molekulyar massasi osmotik bosim yoki yorug’lik sochilishi usullari vositasida aniqlanishi mumkin. Yuqori molekulyar birikmalar hosil qilishning umumiy qoidalari. Kirish qismida yuqori molekulyar birikmalar haqida umumiy ma‘lumot berilishi bilan bir qatorda, bu birikmalarning tuzilishi va ularning tabiatda uchrashi haqida muhim ma‘lumotlar berildi. Yuqori molekulyar birikmalarning olinish jarayonini chuqur o’rganish bilan hosil bo’layotgan yuqori molekulyar birikmalarning xossalarini oldindan aniqlash mumkin. Molekulyar massani ortib borishi bilan makromolekulaning asosiy xossalarini keskin o’zgarishi bu jarayonni nazorat qilib borish imkonini yaratadi. Shu sababli makromolekulaning tarkibi, polidispersligi, tuzilishi, uningmolekulyar massasi polimerning asosiy xususiyatlarini belgilaydigan omillaridir. Shunigdek, makromolekula zanjirida monomer zvenosining ketma-ket joylanishi va uning fazoviy tuzilishi, zanjirida bir xil ximiyaviy xossali monomer zvenosining bo’lishligi va joylanish tartibi yuqorida keltirilgan xususiyatlarning asosini belgilaydi. Binobarin, hosil bo’layotgan yoki sintez qilinayotgan yuqori molekulyar birikmalarning o’lchami, polimerning qanday uzunchoq yoki tarmoqlanganligi, molekula massasini katta yoki bo’lishligi polimerlanish jarayonini o’rganish asosida yotadi. Binobarin, yuqori molekulyar birikmalar olishning asosiy usullari va jarayonlarini o’rganib turli tuzilishga ega bo’lgan hamma sanoat uchun qimmatli texnik xossalar namoyon qiladigan polimer materiallarini olish mumkin bo’ladi. Yuqori molekulyar birikmalar monomerlardan asosan polimerlanish va polikondesatlanish reaktsiyalari orqali olinadi.