logo

Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri

Yuklangan vaqt:

24.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

29.9462890625 KB
Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri Reja:   Kirishi 1. Korxonaning o’z oborot mablag’lari bilan ta’minlanganligi tahlili. 2.   Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol   va barqarorlikka ta’siri. 3. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi va tahlilini o’tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risida Xulosa Foydalanilgan adabiyotla                       Kirish XXI   asr   barcha sohalar qatori iqtisodiyotda ham global- lashuv, raqobatning subyektlararo darajasidan xalqaro darajaga ko’tarilganligi, hisob-kitob tizimining jahon miqyosida bir xiI andozaga keltirilayotganligi, zamonaviy biznes qoidalarining tez o’zgarishi kabi keskin jarayonlarning sodir bo’lishi bilan boshlandi. Yuz berayotgan o’zgarishlar   va   jarayonlar axborot tizimini takomillashtirishga, dunyo miqyosida iqtisodiyotni boshqarishning bir-biriga o’xshash va muvofiq keladigan tizimining shakllanishiga olib kelmoqda.   Dunyo ahli Internet orqali bir-biri bilan cheklanmagan tarzda muloqot qilmoqdalar.   Bu esa, o’z navbatida, odamlardan ham tezkorlikni, ham axborotlardan tez xulosa chiqarib, zudlik bilan boshqaruv qarorIarini qabul qilishni talab qilmoqda.   Ayni paytda xuddi shunday talablar iqtisodiyotda xo’jalik yurituvchi subyektlarga ham qo’yilmoqda.   Aynan ushbu muammolarni hal qilish xo’jalik yurituvchi subyektlar, uning asosiy bo’g’ini bo’lgan korxonalar faoliyati iqtisodiy tahlilini takomillashtirishni, uning tezkorligini ta’minlashni taqozo etmoqda. Jahon amaliyotida erkin iqtisodiy munosabatlarni yo’lga qo’yishning yagona modeli sifatida tan olingan bozor iqtisodiyoti avvalo chuqur tahliliy   va   ilmiy asoslangan yechimlarni talab etadi. Firma   va   kompaniyalar iaolligi hamda· ularning ish samaradorligini ta’minlash iqtisodiyotni globallashuvi sharoitida har qachongidan ham murakkab hodisa va jarayonga aylanadi. Shu jihatdan, har bitta korxona faoliyati uning moliyaviy holati, to’lovga qodirligi hamda moliyaviy barqarorligini aniqlashda tahliliy amallarga bo’lgan ehtiyoj   va   zaruriyatda muammolar yechimini chiqarish yanada murakkablashadi. Ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining yuzaga kelishi hamda uning barcha davlatlarni qamrab olishidan ham ko’rish mumkinki bugungi iqtisodiyot o’ta murakkab iqtisodiyot, uni bir davlat doirasidagi siyosat, yoki amaliy yechimlar bilan hal etish mumkin emasligi, masalaga keng qamrovli tarzda yondashuvnitalab etadi.   Ya’ni, har bir davlat yoki unda faoliyat yuritayotgankorxona, jahon iqtisodiyotining ajralmas bo’g’iniga aylanib ulgurgan deyish mumkin. Korxonaning o’z oborot mablag’lari bilan ta’minlanganligi tahlili. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy   mustaqillik koeffitsiyenti, o’z va qarz mablag’lari nisbati koeffitsiyenti,   moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o’z sarmoyasining harakatchanlik   koeffitsiyenti, qarz mablag’larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda   qarz   va   o’z mablag’lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi.   Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o’z   majburiyatlarini qoplay olish   va   uni uzoq muddatga saqlab qolish   darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq   va   nisbiy ifodalarining   o’zgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o’rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar   va   passivlarni   joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo’lga qo’yish; Moliyaviy barqarorlikni o’stirish choralarini ko’rish; Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi   o’zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning   optimal tarkibini shakllantirish va ularni   to’g’ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini   optimallashtirishni to’g’ri boshqarish; jalb   qilingan kapitalni optimal   nisbatlash va boshqarish. Tashqi omillarga: mamlakatdagi   iqtisodiy muhit (holat); bozordagi   raqobat va kurash; makroiqtisodiy   ko’rsatkichlar (valyuta kurslari   o’zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o’zgarishlar, tashqi iqtisodiy   faoliyat rivoji); siyosiy   holat (iqtisodning tartiblanishi, rag’batlantirilishi,   huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati. Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy   va   qo’shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga:   buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, xususiy   kapital to’g’risidagi hisobot shakllari kiradi.   Qo’shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati   natijalari, statistik manbalar   va   boshqa manbalar kiradi. Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to’lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol   va barqarorlikka ta’siri.   Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi   sof   foydaning yillar bo’yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan   ko’pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo’ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik   ko’rinishda aktivda to’planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo’yicha to’planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚   ko’pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining   ko’payib ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga   va   uning boshqa tashkilotlar bilan bo’ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug’iladi.   Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi   va   natijaviyligiga ham putur yetadi. Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog’liq ravishda o’zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami   sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo’lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo’lmog’i, uning to’g’ri nisbatini saqlashi lozim. Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o’z va qarz mablag’lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko’rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog’liqlikni ko’rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo’lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga   va   uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim. Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli monitoringi   va   tahlilini o’tkazish mezonlarini aniqlash tartibi to’g’risida I. Mezonlar tizimi 1. Korxonalar iqtisodiy ahvoliga   ko’ra   quyidagi guruhlarga ajratiladi: a)   iqtisodiy   qodir; b)   iqtisodiy   tavakkalchilik; v)   iqtisodiy   nochor: to’lov   qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega; to’lov   qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas. 2. O’zbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga   ko’maklashish   va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi (bundan keyin — Qo’mita) yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi bo’lgan, iqtisodiy tavakkalchilik guruhida turgan korxonalarning moliyaviy- xo’jalik faoliyatini normallashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yuzasidan ko’rsatmalar beradi. Qo’mita yoki uning hududiy organlari ustav fondida davlat ulushi   bo’lgan, iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy ahvoliga ko’ra sudgacha sanatsiya yoki bankrotlik taomilini qo’llash takliflarini ishlab chiqish bo’yicha ko’rsatmalar beradi. II. Asosiy   ko’rsatkichlar   (mezonlar) 3. Iqtisodiy ahvolni baholash uchun asosiy   ko’rsatkichlar   (mezonlar) quyidagilardir: a)   to’lov   qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk; b)   o’z   aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti — O’ak; v)   aktivlarning   va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk; Yakuniy qarorga kelish uchun quyidagi qo’shimcha ko’rsatkichlardan ham foydalanish mumkin: o’z   va qisqa muddatli qarz mablag’larning nisbat koeffitsiyenti — O’qk; ishlab   chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk; asosiy   vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek. Bunda iqtisodiy tahlil etilishi lozim   bo’lgan   korxonalar quyidagi ko’rsatkichlar orqali tanlab olinadi: pullik   majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan uch oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligi; korxonaning   to’lovga qobiliyatsizligi, ya’ni qisqa muddatli qarzlarini joriy aktivlari bilan qoplay olmasligi; past   rentabelilik yoki zararlilik. 4. Pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddati o’tgan qarz qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha majburiyatlar va kreditorlarning pullik majburiyatlar bo’yicha talablarini amalga oshirish vaqtidan boshlab belgilanadi (masalan, budjetga soliqlarni hisobot davridan keyingi ma’lum sanaga har oy yoki har chorakda to’lash muddatlari). Muddati uch oydan ortiq o’tgan qarz haqidagi ma’lumotlar Moliya vazirligining 2002-yil 27-dekabrda 140-son buyrug’i bilan tasdiqlangan (AV, 2003-yil 24-yanvarda 1209-son bilan ro’yxatga olingan)   Buxgalteriya balansi 1- sonli shaklining   602-satr 4-ustunidan yoki Buxgalteriya balansiga ilova “ Muddati o’tgan debitorlik va kreditorlik qarzlari rasshifrovkasi ”ning 4-satr 3-ustunidan olinadi (O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 1-2-son). 5. To’lov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti nafaqat debitorlar bilan o’z vaqtida hisob-kitob qilish   va   tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablag’lar elementlari sharoitida baholanuvchi korxonaning to’lovga qobilligini ko’rsatadi.   Koeffitsiyentning kamayishi korxona to’lov imkoniyatlarining pasayishi haqida xabar beradi. Koeffitsiyent quyidagi formula   bo’yicha   hisoblanadi: Tqq = joriy (aylanma) aktivlar ______________________ _ = A2 _________ _ bunda : joriy majburiyatlar P2 — Umm A 2 — joriy ( aylanma ) aktivlar ( ishlab chiqarish zaxiralari , tayyor mahsulot , pul mablag ’ lari , debitorlik qarzlari   va   b .), balans aktivining II bo ’ limi , 390- satr ; P2 — majburiyatlar, balans passivining II   bo’limi, 770-satr; Umm — uzoq muddatli majburiyatlar (buxgalteriya balansi 490-satr). Agar to’lovga qobillik koeffitsiyenti hisobot davri so’ngida 1,25   dan past qiymatga ega bo’lsa, korxona to’lov qobiliyatiga ega emas deb hisoblanadi. 6. O’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti moliyaviy mustahkamlik, korxona egalari   va   kreditorlar manfaatlarining nisbati uchun zarur bo’lgan korxonaning o’z aylanma mablag’larining mavjudligidan dalolat beradi Koeffitsiyent quyidagi formula   bo’yicha   hisoblanadi: O’ak = (P1 + Uqk) — A1 _______________________ bunda: A2 A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital qo’yilmalar   va   b.), balans aktivining I bo’limi, 130-satr; P1 — o’z mablag’lari manbalari (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo’shimcha kapital, taqsimlanmagan foyda   va   b.), balans passivi I bo’limining natijasi 480-satr. Uqk — uzoq muddatli aktivlarni olish uchun yo’naltirilgan uzoq muddatli qarzlar   va   kreditlar (buxgalteriya balansi 570 va 580-satrlardan hisoblash orqali); Ushbu kasr surati korxona o’z mablag’lari summasining qancha qismi aylanma mablag’larga yo’naltirilgani, maxraji — barcha aylanma mablag’lar summasini ko’rsatadi.   Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2. Agar o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 0,2   dan kam qiymatga ega bo’lsa, u holda korxona o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanmagan hisoblanadi. 7. Rentabellik koeffitsiyenti korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining foydalilik (zararlilik) darajasini ko’rsatadi. Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula   bo’yicha   hisoblanadi: Xrk = Stf __________ bunda: X Stf — Foyda solig’ini to’lagunga qadar foyda “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 5-ustuni, yoki Foyda solig’ini to’lagunga qadar zarar “Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” 2-sonli shaklning 240-satr 6-ustuni “–” belgisi bilan; X —   jami   xarajatlar , “ Moliyaviy natijalar to ’ g ’ risidagi hisobot ” 2- sonli shakldan satrlar (020 “6- ustun ” + 040 “6- ustun ” + 170 “6- ustun ” + 230 “6- ustun ”) yig ’ indisi . Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti faqatgina yil yakunlariga   ko ’ ra   quyidagi formula bo ’ yicha hisoblanadi : Ark = Stf __________ bunda: O’b O’b — balansning jami aktivi yoki passivining o’rtacha qiymati bo’lib, o’rtacha arifmetik yoki o’rtacha xronologik formula bo’yicha hisoblangan. Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyenti: noldan   past (manfiy ko’rsatkich) chiqsa, korxona zarar ko’rib ishlayotgan; 0,05   dan past chiqsa, korxona past rentabellik (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi. 8. O’z va qisqa muddatli qarz mablag’larining nisbat koeffitsiyenti qarz mablag’larini o’z manbalari orqali qaytarish bilan ta’minlanganlik darajasini belgilaydi. Koeffitsiyent quyidagi formula   bo’yicha   hisoblanadi: O’qk = P1 _______________________ P2 — Umm Agar o’z va qisqa muddatli qarz mablag’larining nisbat koeffitsiyenti hisobot davri so’ngida 1 dan past qiymatga ega bo’lsa, bu hol korxonada moliyaviy tavakkalchilik mavjudligidan guvohlik beradi. Koeffitsiyentning tushib borishi korxona moliyaviy tavakkalchilikning oshib borishini anglatadi. 9. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish quvvatlarining yuklanish darajasini bildiruvchi ko’rsatkichdir: Qfk = Qhak. _____________________________ bunda: Qloyiha — (Qijara + Qkonserv.) Qhaq. — taqqoslanadigan qiymat ko’rinishidagi hisobot davrida chiqarilgan mahsulot (ko’rsatilgan xizmatlar)ning haqiqiy hajmi; Qloyiha — taqqoslanadigan qiymat ko’rinishidagi belgilangan vaqt davomida mahsulot chiqarish (xizmatlar ko’rsatish)ning eng ko’p hajmi, unga asosiy texnologik uskunalardan to’liq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin; Qijara — ijaraga berilgan (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari; Qkonserv.   —   konservatsiyalangan   (taqqoslanadigan) quvvatlardagi mahsulot hajmlari. Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti hisobot davrida 0,5   dan yoki o’rtacha tarmoqnikidan past bo’lsa, u holda korxona ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past hisoblanadi. 10. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti asosiy fondning davr uchun eskirish ulushini bildiruvchi   ko’rsatkich   bo’lib, asosiy vositalarning boshlang’ich narxiga nisbatan eskirish qiymatini aniqlaydi. Avek = E ______________ bunda: A E — asosiy vositalarning eskirishi, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 011- satr; A — asosiy vositalarning birlamchi qiymati, “Buxgalteriya balansi” 1-son shakl, 010-satr. Agar asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti ko’rilayotgan davr oxirida 0,5   qiymatidan oshsa, korxonada asosiy vositalari sezilarli darajada eskirgan hisoblanadi. IV. Korxonalarni guruhlar   bo’yicha   ajratish 11. “Iqtisodiy qodir” guruhiga “iqtisodiy tavakkalchilik” va “iqtisodiy nochor” guruhlariga kirmaydigan korxonalar mansubdir. 12. “Iqtisodiy tavakkalchilik” guruhiga kiruvchi korxonalar III bo’limning   5- bandida   ko’rsatilgan to’lov qobiliyatiga ega emaslik belgilari yoki III bo’limning   7-8-bandlarida   ko’rsatilgan past rentabellik va moliyaviy tavakkalchilik belgilari mavjudl igiga qarab aniqlanadi. 13. “Iqtisodiy nochor” guruhiga kiruvchi korxonalar pullik majburiyatlar   va   majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan uch oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlarining mavjudligiga qarab aniqlanadi. Bunda: “to’lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega” korxonalarga yuqoridagi shartga asosan, lekin ushbu qarzni to’lash imkoniyatiga ega korxonalar mansub (pullik majburiyatlar va majburiy to’lovlar bo’yicha ularni to’lash kunidan uch oydan ortiq muddati o’tgan kreditorlik qarzlari mavjud hamda to’lov qobiliyatiga ega, rentabel yoki o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlangan korxona). eng kam oylik ish haqining besh yuz borabaridan kam bo’lmagan muddati o’tgan kreditorlik qarzdorligi mavjud korxona — yuridik shaxs to’lov qobiliyatiga ega emaslik, past rentabellik (zarar) va III bo’limning   6-bandida   k o’rsatilgan o’z aylanma mablag’lari bilan ta’minlanmaganlik belgilari mavjud bo’lsa, u korxona “to’lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega emas” kichik guruhiga mansub bo’ladi. 14. Iqtisodiy nochor korxonalar ro’yxatiga yangi tashkil etilgan   va   (yoki) qayta ta’mirlanayotgan, jumladan, kredit hisobiga (boshlang’ich davrda quvvatlarni ishga tushirguncha xarajatlar foydadan ortiq bo’ladi) ta’mirlanayotgan korxonalar kirmaydi. 15. Ushbu hujjat bilan tasdiqlangan iqtisodiy nochorlikni belgilovchi koeffitsiyentlarning me’yoriy qiymatlari barcha tarmoqlar uchun yagona   bo’lib, Qo’mita va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda alohida tarmoqlarning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, ularni hisoblash usuli o’zgartirilishi mumkin.                             Xulosa   Buning uchun markazlashgan, markazlashmagan jamg’armalarmablag’lari, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o’zlashtirishga hamdaulardan samarali foydalanish masalalariga urg’u berilmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya vadiversifikatsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar,ularning   natijalari atroflicha muhokama qilinmoqda. Milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirishmasalasini hal etish bo’yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi 4400 dan ortiq korxonaning rentabellik darajasini oshirish va moliyaviy sog’lomlashtirish hamda ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish asosida ishchilar sonini ko’paytirishga erishish rejalashtirilgan. Bu tadbirlar natijasida korxonalarning rentabellik darajasi oshadi, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish   va   ishchilar sonini ko’paytirishga erishiladi. Korxonalarni raqobatbardoshligini baholash orqali hududni, mamlakatni   rivojlantirish strategiyasi, innovatsion va investitsion salohiyatini aniqlash, istiqbolli rejalarni tuzish imkonini beradi.                   Foydalanilgan adabiyotla   O’zbekiston Respublikasining “Buxgaltetriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni. 2016 y. 13 aprel Q udratov Т ., Fayziyeva K. - Qishloq xo’jalik korxonalari faoliyatining tahlili. Darslik. - Samarqand. N.«Doba» XT., 2010. B.Y. Xodiyev, Sh.Sh. Shodmonov – “Iqtisodiyot Nazariyasi” – 2017 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to’g’risida»gi qarori - 2015