logo

Jahon iqtisodiyotida indikativ rejalashtirishning evolyutsion rivojlanishi va tartibga solinishi hamda ularning hozirgi holati

Yuklangan vaqt:

20.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

74 KB
Jahon iqtisodiyotida indikativ rejalashtirishning evolyutsion rivojlanishi va tartibga solinishi hamda ularning hozirgi holati Reja: 1. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyutsiyasi. 2. Jahonda, shu jumladan O`zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati. 3. O`zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish konsepsiyasi. Indikativ rejalashtirish shakllarining evolyutsiyasi Zamonaviy prognozlar va rejalar o`tmishdagilaridan birinchi galda asoslash metodologiyasi bilan farq qiladi. Prognozlar va rejalarni asoslash darajasining oshishi kelajak timisolini ishlab chiqishga nisbatan to`plangan va bashariyat tomonidan foydalaniladigan ilmiy yondashuv tajribasidan dalolat beradi. Tajribani ijodiy o`zlashtirish esa - faoliyatning istalgan sohasida muvaffaqiyat garovidir. Agarda muayyan iqtisodiyotni oladigan bo`lsak, u holda ushbu sohada prognozlashtirish va rejalashtirish natijalari iqtisodiy munosabatlar qonunlari va tendensiyalarini to`g`ri tushunishga, muayyan xo`jalik yurituvchi subyekt faoliyati sharoitlarini yaxshi bilish va hisobga olishga bog`liq. O`tgan asrlardayoq bashariyat tomonidan jamiyatning kelajagi haqida muayyan tasavvurlar shakllantirilgan edi. Hozirgi nuqtai nazardan ushbu qarashlar sodda (qaloq) hisoblanadi, biroq kuchli falsafiy jihat ularning bugungi kunda ham dolzarbligini oshiradi. Bunday qarashlar jumlasiga Lao-Sza, Konfutsiy, Platon nazariyalarini kiritish mumkin. O`rta asrlarda klajak haqidagi tasavvurlarda ijtimoiy-texnik xomhayollar (utopiyalar)ning kuchli ta’siri (R.Bekon, Spinoza va b.) sezildi. Olamning umumiy tarqqiyoti va oldindan aytib berilajakligini e’tirof etishda regress konsepsiyasi va sikllar nazariyasi keng tarqaldi. Taaraqqiyot inson ongi takomillashuvi va tashqi omillar ta’sirining natijasi sifatida tushunildi. Olamni soddalashtirilgan tarzda tushunish, ya’ni pozitivizm avj oldi, unda fanning oldindan aytib berish funksiyasi tahlil va tashxisdan kelib chiqdigan mantiqiy xulosa sifatida amalga oshirildi. Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muayyan darajasiga erishilishi munosabati bilan utopizm va pozitivizm evolyutsiyasidagi burilish yuz berdi. G`arbiy Yevropada bu XIX asrning o`rtalarida, Rossiyada XIX asrning 80- yillarida, Xitoy, Hindiston va Osiyoning boshqa mamlakatlarida yanada kechroq sodir bo`ldi. Hamma vaqt jamiyat rivojini prognozlashtirish bilan bir qatorda xo`jalik hayoti ham prognoz qilingan. Har qanday tarixiy davrda xo`jalik yuritish obyektining egasi o`z qarorlarining ehtimoliy oqibatlarini ko`rib chiqishi lozim edi. Masalan, hosil qanday bo`ladi, uni qanday narxda sotish va olingan daromaddan qanday foydalanish mumkin. Albatta, davlat boshliqlari ham o`zining iqtisodiy tasavvurlariga va ularga erishish vositalariga ega edi. Ko`zlangan hukumdorlik qarorlariga erishi vositalari jumlasiga jazolar, soliqlar va sovg`alarni kiritish mumkin. Ijtimoiy munosabatlarning rivojlanishi bilan jazolovchi choralardan bilvosita choralarni qo`llashga o`tish ko`zga tashlandi. Oldinga qo`yilgan maqsadlarga erishishning iqtisodiy vositalarini shular jumlasiga kiritish mumkin. Turli mamlakatlar boshliqlarining o`z fuqarolarining daromadlariga ―ta’sir ko`rsatishining turli choralarini, savdogarlar huquqlarining tartibga solinishini (ma’lum turdagi tovarlarni mamlakatga olib kelish va undan olib chiqish uchun ruxsat), birjalar va banklarni tashkil etish va ularning ishlashini nazarda tutuvchi farmonlari bizga yaxshi ma’lum. Lekin XX asrning boshidan boshlab iqtisodiy prognozlashtirish va rejalashtirish imkoniyatlariga nisbatan qiziqish uyg`ondi. Agar ilgari iqtisodiyot va madaniyatni oldindan aytib ko`rib bo`lmaydi degan fikr ustunlik qilgan bo`lsa, XX asrning boshiga kelib insonlar iqtisodiyotda ilmiy oldindan ko`ra olish birinchi galda davlatning jamiyatga ta’sir etishi uchun, shuningdek firmaning ishlarini boshqarish uchun ham keng imkoniyatlarni yaratishini tushuna boshlashdi. Mamlakatimizda sodir bo`lgan voqealar iqtisodiy fikrga katta turtki berdi. Ushbu bosqichni batafsil ko`rib chiqamiz. O`z rivojlanishi jarayonida urushdan keyingi davrda indikativ rejalashtirish aralash iqtisodiyotni davlat yo`li bilan tartibga solishning turli bosqichlariga mos keluvchi turli shakllar orqali o`tdi. YAIMdagi davlat xarajatlarining oshishiga qarab budjetning iqtisodiy o`sish sur’atlariga va ulushiga ta’sirining kuchayishi bilan bog`liq konyunktura shakli indikativ rejalashtirishning tarixan birinchi shakli bo`ldi. Iqtisodiyotlarni tarkibiy qayta qurish va ularning jadal rivojlanishi sharoitida budjetlarni soliq tushumlarini baholashning asosida yotuvchi xalq xo`jaligini prognozlashtirish ko`rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish zarurati paydo bo`ldi. Bu hol o`rta va uzoq muddatli prognozlarning ishlab chiqilishiga olib keldi, masalan, Yaponiyada «Milliy daromadni ikki marta oshirishning o`n yillik rejasi» (1961-1970), Kanadada «Iqtisodiy o`sish yo`llarini tanlash» (1976-1985), AQShda Mehnat vazirligining 1986-1995 yillarga mo`ljalangan prognozi shular jumlasidandir. Prognoz faoliyatining takomillashuvi va murakkablashuviga qarab u budjetlashdan ham uslubiy, ham tashkiliy jihatdan ajrala boshladi: agar dastlabki bosqichda milliy iqtisodiy rejalar (prognozlar) moliya vazirliklarida tuzilgan bo`lsa, 60-yillarning boshidan boshlab maxsus reja organlari (Fransiyada rejalashtirish bo`yicha Bosh komissariat, Kanadada Iqtisodiy kengash, Yaponiyada Iqtisodiy maslahat kengashi, Niderlandiyada Markaziy reja byurosi va h.k.) tuzildi. YEIda rejalashtirish tezda milliy darajadan yuqoriga chiqdi, Ittifoq organlari mintaqa xo`jaligini rivojlantirishning qisqa va o`rta muddatli dasturlarini tayyorlay boshlashdi va ular asosida milliy iqtisodiyotlar uchun tavsiyalar tayyorlandi. 1962 yilda «1960-1970 yillarga mo`ljallangan YEIni iqtisodiy rivojlantirish istiqbollari» paydo bo`ldi, so`ngra 1971-1975 va 1976-1980 yillarga mo`ljallangan o`rta muddatli iqtisodiy siyosat dasturlari ishlab chiqildi. Selektiv tarkibiy siyosat doirasida soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat yo`li bilan qo`llab-quvvatlashning boshqa chora-tadbirlaridan foydalangan holda xususiy korxonalar va hududiy hokimiyatlarning indikativ rejalarini bajarishga kirishish mos ravishda indikativ rejalashtirishning tarkibiy shaklini yuzaga keltirdi. Undan foydalanishda Yaponiya katta muvaffaqiyatlarga erishdi; mamlakat hududini yalpi rivojlantirishning dastlabki rejasi (1960-1970 yillarga mo`ljallangan) 1962 yilda paydo bo`ldi. Unda va 1969 yilda qabul qilingan ikkinchi rejada (1969-1985 yillarga mo`ljallangan) asosiy sanoat markazlaridan uzoqda joylashgan hududlarda ―o`sish polyuslarini barpo etish konsepsiyasiga asos solindi. Uchinchi rejaning asosida ―integratsiyalashgan joylashtirish konsepsiyasi yotadi, 1987 yilda esa «Xalqaro uyg`unlikka erishish maqsadida Yaponiya iqtisodiyotining tarkibini isloh qilish dasturi» yoki «Maekava ma’ruzasi» tasdiqlandi11. Shunday qilib, aniq maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy o`zgarishlar, shu jumladan ishlab chiqarishni hududiy faollashtirish chorak asr mobaynida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy ustuvor yo`nalishi bo`lib qoldi. 80-yillar boshida yuz bergan moliya tizimini erkinlashtirishdan keyin ham Yaponiya faol va uzoq muddatli tarkibiy siyosatni amalga oshirishdan voz kechmadi. Yaponiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1987 yil 30 iyunda tasdiqlangan va joriy asrning oxirigacha bo`lgan davrga mo`ljallngan «Milliy rivojlanishning to`rtinchi rejasi»da ham avvalgi uchta rejadagi kabi hayotning barcha sohalarida mamlakatni rivojlantirishning asosiy maqsadlari ifodalandi. Ushbu maqsadlar ichida eng asosiysi ―Davlat hududini rejali rivojlantirishning mavjud muammolari va uning xavfsizligini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib uning o`ziga xos imkoniyatlaridan foydalanishning ko`p qirraligiga erishish, shuningdek mamlakatning asosiy hududlarida aholi, iqtisodiyot va davlatning ma’muriy funksiyalarining haddan tashqari jamlanishiga barham berish yo`li bilan alohida hududlar o`rtasidagi aloqalarni va xalqaro miqyosda hamfikrlilikni chuqurlashtirish yo`lida uning hududini rivojlantirishning multipolyarligiga erishishdan iborat. Indikativ rejalashtirishning tarkibiy shakliga nisbatan huddi shunda evolyutsiya Fransiyada yaqqol ko`zga tashlandi: mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, 70-yillarning boshidan boshlab «indikativ reja jamiyat farovonligini yaratuvchi davlatning rejasi hamda davlat siyosatiga bog`liq bo`lgan iqtisodiyotning tarmoq va mintaqaviy kichik tizimlari daromadlari va xarajatlarining harakatlarini muvofiqlashtirish usuli sifatida ko`rib chiqila boshladi. Boshqa so`z bilan aytganda rejaning majburiy va prognoz jihatlari aniq bo`lingan». Aralash iqtisodiyotning rivojlanishi va bozorlarning globallashuviga qarab indikativ rejalashtirish o`zining strategik shakliga ega bo`ladi. Fransiyada strategik rejalashtirish g`oyasi birinchi marta o`ninchi indikativ rejada o`z aksini topdi (1989-1992): har biri turli xildagi moliyaviy prefe-rensiyalar bilan ta’minlangan maqsadli davlat dasturi maqomiga ega bo`lgan rivojlanishning oltita asosiy yo`nalishi belgilandi (milliy valyutani mustahkamlash va bandlikni ta’minlash, ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, aholini ijtimoiy himoyalash, hududni obodonlashtirish, davlat xizmatlarini yangilash). Strategik rejalashtirish funksiyasi Amerika hokimiyat organlari tomonidan ham shunga o`xshash tarzda talqin etiladi: «muvaffaqiyatli raqobatga erishish, har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, to`liq ishonchga va shtat va mahalliy hokimiyatlarning moliyaviy ko`magiga asoslangan iqtisodiy siyosatning samaradorligiga maksimal tarzda ko`maklashish uchun yangi qarorlarni qidirib topish». So`nggi yillarda yuz bergan moliyaviy larzalar shuni ko`rsatdiki, bozorlarning baynalminallashuviga qarab bozor mexanizmlari rolining kuchayishi kredit-moliya tizimi inqirozga yuz tutishining xavfini keskin oshiradi. Bugungi kunda, shu tariqa, nafaqat milliy darajada, balki xalqaro darajada ham xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini muvofiqlashtirish zarurati kuchaymoqda. Yevropa uning iqtisodiyotini yagona valyuta tizimiga moslashtirishdan manfaatdordir, Yaponiya esa surunkali tarkibiy tanglikni boshdan kechirmoqda. Shu munosabat bilan ayrim g`arb olimlari kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotlarini erkinlashtirish davridan so`ng rejalashtirishning roli kuchayishini bashorat qilishmoqda. Shu nuqtai nazarda O`zbekiston Prezidenti I. Karimovning ―Ma’muriy- buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning bozor tizimiga o`tish jarayonida tadrijiy yondashuvni , ―Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo`lini tanladik . Eng muhimi, parokandalik va boshboshdoqlik ta’siriga tushib qolmaslik uchun o`tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o`z zimmasiga olishi zarurligini biz o`zimizga aniq belgilab oldik deb ta’kidlashi ushbu yo`nalishdagi ishlarga muhim zamin bo`ladi. Indikativ rejalashtirishning bir shakldan boshqasiga o`tishi uning yetuklik darajasi oshishini, barcha tegishli tartibga solish institutlari o`zaro harakatini yo`lga qo`yish choralarini nazarda tutadi. Kapitalistik mamlakatlarda indikativ rejalashtirish shakllarining evolyutsiyasi («konyunktura» - «tarkibiy» - «strategik») o`n yilni egalladi. O`zbekistonda hozircha gap faqat konyunktura shaklining unsurlari haqida borishi mumkin, bu davlatning so`nggi yillardagi ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining umumiy liberal yo`naltirilganligiga mos keladi. Shunisi diqqatga sazavorki, «indikativ rejalashtirish» atamasidan prognozlashtirish, budjetlash, dasturlash va kontraktatsiya (shartnoma asosida davlat xaridlari) ni tartibga soluvchi qonun hujjatlarida foydalanilmaydi. Davlat yo`li bilan tartibga solishning ushbu vositalari, indikativ rejalashtirish bilan bevosita bog`liq bo`lsada, alohida olib qaralganda ham, o`z yig`indisi bo`yicha ham unga o`xshamaydi. Ular indikativ rejalashtirish tizimidan tashqarida ham faoliyat ko`rsatishi mumkin, biroq ularni amalga oshiruvchi tartibotlar indikativ rejani ishlab chiqish va amalga oshirishda ancha samaralidir. Shunday qilib, indikativ rejalashtirishni «legallashtirish» va uning tarkibiy shaklining qaror topish evolyutsiyasi respublikamizda xo`jalik mexanizmini rivojlantirishning eng zarur yo`nalishlari hisoblanadi. Iqtisodiy muammolar hal etilib, O`zbekiston iqtisodiyotini texnologik va institutsional modernizatsiyalash nihoyasiga yetgach indikativ rejalashtirishning yanada erkin (strategik) shakliga o`tish zarur. Jahonda, shu jumladan O`zbekistonda prognozlashtirish va rejalashtirishning holati Hozirgi vaqtda, birinchidan, korxona darajasida prognozlashtirish va ko`rsatkichli rejalashtirishni qo`llash mumkinligi va zarurligi hamda, ikkinchidan davlat darajasida prognozlashtirish, indikativ rejalashtirish va dasturlashni qo`llash mumkinligi haqidagi nuqtai nazar keng e’tirof etilmoqdi. Iqtisodiyotda prognozlashtirish va rejalashtirish g`oyasi umuman olganda oqilona hisoblanadi. Lekin tajriba shuni ko`rsatdiki, ko`rsatkichli rejalashtirish faqat firma darajasida amalga oshirilishi kerak. Bu firma ichki rejasining ayrim o`ziga xos xususiyatlari bilan bog`liq, ya’ni u: 3) muvaffaqiyatga erishish uchun to`liq javobgar hisoblangan xususiy mulkdorning topshirig`i sifatida tuziladi; 4) qonun bilan kafolatlangan bitimlar bo`yicha sheriklarni tanlash va ular bilan sotuvlar narxini kelishish erkinligi sharoitida amalga oshiriladi; 5) doimiy xaridorlar talabi orqali tekshirilib turiladi; 6) masala bo`yicha mavjud barcha ijtimoiy-iqtisodiy axborot qaror qabul qiluvchi va ularning oqilonaligi uchun to`liq javob beruvchi shaxs tomonidan to`planishi va anglab yetilishi mumkin bo`lgan hollarda ishlab chiqiladi. Biroq ushbu xususiyatlar mamlakat miqyosida deyarli namoyon bo`lmaydi. Davlat yo`li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish faqat harbiy holat yoki bozor qonunlari, xususan raqobatning ta’siri normal amal qilmagan boshqa alohida davrda foydali bo`ladi. Iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirishning ikkita usuli mavjud: majburlash bilan bog`liq markazlashgan tarzda rahbarlik qilish va shaxslarning ixtiyoriy hamkorligi. Bozor iqtisodiyotiga ikkinchi uchun xosdir . Prognozda va rejada eng asosiysi - bu ularda obyektiv hayotni, shu jumladan uning turli holatlarini aks ettirishning aniqligi. Biroq iqtisodiy muhit hamma vaqt ko`plab turli o`zaro ta’sir etuvchi va bir birini istisno etuvchi omillar ta’siriga duchor bo`ladi va barcha ushbu sa’y-harakatlar xo`jalik yuritish obyektini ishning o`zgarib turuvchi sharoitlariga uzluksiz ravishda moslashtirishga yo`naltirilishi lozim. Lekin, agar prognoz uchun bu, uning ehtimoliy xususiyatga egaligi tufayli, qo`rqinchli bo`lmasa, reja uchun esa bu barbod bo`lishni anglatadi. Prognozlar va rejalar voqealardan ilgarilab tuziladi, lekin ularning asosliligi ushbu voqealarga mos kelish darajasiga bog`liq. Bozor iqtisodiyotida voqealarning prognoz qilinish darajasi ushbu holat stoxastik xususiyatga ega bo`lganligi bois, past. Shuning uchun eski axborotni hisobga olgan holda tuzilgan prognozlar va rejalarga real hayotda o`zgarishlar yuz berganida, aniqliklar kiritilishi kerak. Davlat darajasida ishlab chiqilgan ko`rsatkichli reja bilan qanday holat yuz beradi? Davlat tomonidan rejalashtirish sharoitida albatta markazning ko`rsatmasi paydo bo`ladi. Nuqtai nazarlarning xilma-xilligi o`z o`rnini birxillikka bo`shatib beradi. Lekin jamiyatda birxillik - bu bo`lajak inqiroz garovi, iqtisodiy rejalarning birxilligi esa raqobatning nihoyasini anglatadi. Davlat yo`li bilan markazlashgan tarzda rejalashtirish yo`liga g`ov bo`luvchi ikkita katta muammo mavjud: birinchisi - birxillik, ikkinchichi esa - raqobat. Har qanday tizim, shu jumladan iqtisodiy tizim faqat xilma-xillik sharoitida barqaror bo`ladi. Bugungi kunda ularni tushunmaslik yoki kelajakni bilmaslik tufayli insonlarga tasodifiy, xato va hatto zararli tuyulayotgan holat keyinchalik g`oyat istiqbolli va ilg`or bo`lib chiqishi mumkin. Shuning uchun jamiyatga xilma-xillik zarur. Lekin davlatning markazlashgan rejasi buni ta’minlay olmaydi. Mashhur iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotining laureati Fridrix fon Xayyekning ta’kidlashicha, rejalashtirish uchun rejalashtiruvchi organ xalqqa puxta ishlab chiqilgan, ilgari mavjud bo`lmagan ahloq qadriyatlari kodeksini taqdim etishi lozim. Boshqacha aytganda, davlat rejasining maqsadlari umumbashariy ahloq tushunchalariga zid bo`lgan vazifalarga erishishiga ham yo`naltirilishi mumkin. Ushbu vazifalar, albatta, umumiy foyda haqidagi to`g`ri shiorlar bilan ifodalanadi, lekin amalda ular faqat insonlarning kichik guruhi vakillari uchun asosiy ne’matlarga erishishni nazarda tutadi. Zarur natijaga tezroq erishish istagi bilan izohlanuvchi markazlashgan tarzda rejalashtirishga intilish o`zining ortiqcha vazifalarini tezroq hal qilishni istovchi insonlarni shakllantiradi. Ularni qanday qilib oqilona hal etish mumkin? Albatta, insonlarning alohida guruhi nuqtai nazaridan kamroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa vazifalarni hal etish uchun mablag`larni kamaytirish hisobidan. U holda kosmosni o`zlashtirish ―yer manfaatlarini cheklash hisobidan yuz berishi, harbiy vazifalar - fuqarolik vazifalari hisobidan, qishloq xo`jaligi vazifalari - sanoat vazifalari hisobidan, kichik biznes vazifalari - o`rta va yirik biznes vazifalari hisobidan hal etilishi lozim. Bu taqqoslash, albatta, mubolag`a, lekin u aslida to`g`ri: ayrim vazifalarni faqat sa’y-harakatlarni birlashtirish hisobidan oqilona hal etish mumkin, bu resurslarning yetishmasligi tufayli boshqa sohalar rivojining cheklanishiga olib keladi. Bunday yondashuv o`z o`zidan ijtimoiy hayot qonunlarini cheklangan tarzda tushunishdan dalolat beradi. Bozor sharoitida davlat tomonidan rejalashtirishning yana bir muammosi - bu bozor o`zgarishlarining harakatlantiruvchi kuchi hisoblangan raqobatning mavjudligi. Davlatning markazlashgan rejasida o`zaro raqobatchi hisoblangan turli firmalar manfaatlarini hisobga olish mumkinmi? Albatta, raqobatchi firmalarning maqsadlari bir biriga zid va bozorni raqobatdan mahrum etib ham bo`lmaydi, chunki raqobat tovarlar muvazanati narxini shakllantirgan holda, bozor muhitining dinamikligini belgilab beradi va bozor jarayonlariga turg`unlikni kasb etadi. Indikativ (tavsiya beruvchi) reja yoki ehtimoliy xususiyatga ega bo`lgan prognoz alohida shaxslar harakatlariga qaraganda ko`proq hayotdagi holatlarga bog`liq. Shuning uchun indikativ rejalashtirish imkoniyatidan firma darajasida ham, davlat darajasida ham foydalaniladi. Mamlakat miqyosida indikativ reja prognoz rolining ortishi iqtisodiy munosabatlarning murakkablashuvi, markazning muvofiqlashtiruvchi harakatlari zarur bo`lgan iqtisodiyot ko`lamlarining obyektiv ehtiyojlari bilan belgilanadi. Jahonda erishilgan fan-texnika taraqqiyotining darajasi korxonalar, tarmoqlar va mamlakatlar iqtisodiy choralarining yuqori darajada muvofiqlashtirilishini talab qiladi. Raqobat sharoitida sarmoyani jamlashning kuchayishi bu bilan vaqt, maqsadlar va resurslar bo`yicha bog`langan qo`shma harakatlarni asoslashning yanada sifatli usullarini qo`llash uchun shart-sharoitlar yaratgan holda texnologik yangiliklarning ommaviy tarzda joriy etilishini rag`batlantiradi. Davlatning indikativ rejasi va prognozi ko`rsatmali rejadan farqli o`laroq bozorning harakatlantiruvchi kuchlari - harakatlar erkinligi, mulk va raqobatga ta’sir ko`rsatmaydi. Shuning uchun ular iqtisodiy hayotning dinamikligiga erishish vositasi sifatida ko`rib chiqilishi mumkin. Shuning uchun mana bir necha o`nlab yillar mobaynida davlat darajasida indikativ rejalashtirish aksariyat mamlakatlar tomonidan muvaffaiyatli foydalanilmoqda. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda prognozlashtirish ikki xil shaklda bo`ladi: markazlashgan (Kanada, Shveytsariya va b.) va markazlashmagan (AQSH, Germaniya va b.) Qator mamlakatlarda prognozlarni ishlab chiqishga xos bo`lgan umumiy belgilarni ko`rib chiqamiz. AQShda prezident apparatida statistik-siyosiy bo`lim mavjud bo`lib, u davlat boshlig`i uchun prognoz ma’lumotlarini tayyorlaydi. Amerika kongressida fan-texnika taraqqiyoti oqibatlarini baholash Byurosi faoliyat yuritadi. Bu yerda maslahat-axborot xizmatlari ko`rsatuvchi muassasa, prognozlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan ko`plab muassasalar (bo`limlar) tashkil etilgan. Ularni tashkil etish 60-yillarda avjiga chiqdi. Biroq keyinchalik ushbu muassasalarning yuztasiga yaqini o`z faoliyatini saqlab qoldi. Mamlakatda hukumat muassasalari yoki xususiy korporatsiyalar uchun prognozlarga sharnoma buyurtmalari amaliyoti ustunlik qiladi. Bundan tashqari, ayrim shtatlarda 70-yillardan boshlab shtatlarni rivojlantirishning uzoq muddatli yig`ma prognozlarini ishlab chiqish uchun maxsus komissiyalar va markazlar tashkil etilgan. Prognoz axboroti bilan almashish ―Kelajak olami xilidagi turli ilmiy jamiyatlar orqali amalga oshiriladi. Prognozlashtirish nazariyasi va amaliyoti masalalari bo`yicha qator jurnallar chop etiladi. AQShda 60-yillarda qator manfaatdor vazirliklarning birgalikdagi rejali harakatlarini nazarda tutuvchi RDB (rejalashtirish - dasturlash - budjetlash) tizimidan foydalanishga urinib ko`rildi. Keyinchalik hukumat bir necha marta rejalashtirish imkoniyatlariga murojaat etdi. Biroq mamlakatning antitsiklik tartibga solishdagi muvaffaqiyatsizligi rejaga qarshi kayfiyatning o`sishiga olib keldi. Shuning uchun AQShda davlat yo`li bilan tartibga solishning zamonaviy nazariyasi oldida quyidagi muhim masalalarni hal etish zarurati turibdi : • amaldorlar apparatining byurokratiyasi, korrupsiyasi va mikrodarajada qarorlar deformatsiyasining oldini olgan holda davlatning iqtisodiyotga o`z vaqtida va samarali ta’sirini qanday qilib ta’minlash mumkin; • volyuntarizm, budjet-soliq bosimi va davlat qarzining ortib ketishiga yo`l qo`ymagan holda raqobat erkinligi, tashabbus va tadbirkorlik, mehnat qilish, investitsiyalar va innovatsiyalarga qiziqtirishni qanday qilib ta’minlash mumkin. Buyuk Britaniyada iqtisodiy prognozlashtirish masalalari bilan shug`ullanuvchi universitetlar qoshida bir necha ilmiy va prognoz markazlari tashkil etilgan. Germaniyada prognoz markazlari ichida o`z ahamiyati bo`yicha Jahon iqtisodiyoti instituti hamda kasaba uyushmalari birlashmalarining Iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar instituti ajralib turadi. Boshqa mamlakatlarda bo`lgani kabi axborot almashuviga katta e’tibor qaratiladi. Hozirgi vaqtda jahonda jamiyat hayotining turli sohalarida, shu jumladan iqtisodiyotda prognozlashtirishni amalga oshiruvchi qudratli xalqaro tashkilotlar tashkil etilgan. "Futuribl" xalqaro uyushmasi, Kelajakni tadqiq etish qo`mitasi, Rim klubi va boshqalar katta nufuzga ega. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda konyunktura prognozlari alohida o`rin tutib, ularda: 1) alohida tovar bozorida, 2) iqtisodiyotning muayyan sektorida, 3) jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat baholanadi. Progno-zlarda nafaqat rivojlanishning obyektiv yuzaga keladigan tendensiyalari, balki bozorni davlat yo`li bilan tartibga solishning ehtimoliy oqibatlari ko`rib chiqiladi. Jahon xo`jalik yuritish tizimi hozirgi vaqtda nafaqat prognozlashtirish, balki rejalashtirish imkoniyatlaridan ham faol tarzda foydalanmoqda. Rejalarni ishlab chiqishda quyidagi usullar qo`llaniladi: a) makrorejalashtirish; b) mezorejalashtirish, ya’ni tarmoqlar, kichik tarmoqlar, hududiy-ishlab chiqarish majmualari, "metakorporatsiyalar"dan hosil bo`luvchi sanoat uzellari, ular jumlasiga tarmoqlararo, mintaqalararo va xalqaro moliya-sanoat guruhlari kiradi; v) hududiy rejalashtirish, ya’ni mintaqaviy va mahalliy hokimiyat organlarining prognozlari, budjet rejalari va dasturlari; g) firma darajasida mikrorejalashtirish. Jahonning qator mamlakatlarida bir necha o`nlab yillardan buyon samarali foydalanilayotgan indikativ rejalashtirish tajribasi alohida e’tiborga loyiq. Shunday qilib, iqtisodiy oldindan ko`ra bilishning jahon amaliyoti o`zining haqiqiy ustunliklarini aniqlaguncha uning imkoniyatlarining tan olinmasligidan tortib to ma’muriy-buyruqbozlik rejimida rejaning fetishigacha bo`lgan uzoq evolyutsiya yo`lini bosib o`tdi. Insonlarga rejalashtirishning jamiyat iqtisodiy hodisalarga ta’sir etishining keng imkoniyatlari oydinlashdi. Sobiq ittifoqning ushbu sohadagi tajribasi davlat tomonidan rejalashtirishning kuchli va zaif tomonlarini aniqlashga yordam berdi. Hozirgi vaqtda ko`plab mamlakatlar hukumatlari o`z vazifalarini hal etish uchun dasturlash va indikativ rejalashtirishdan faol tarzda foydalanishmoqda. Jahonning sanoati rivojlangan mamlakatlari rejalashtirish va prognozlardan foydalanish orqali butun jamiyatni rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun bozor jarayonlariga ta’sir ko`rsatishga urinishadi. Firma darajasida reja ko`rsatkichlari mulkdor yoki rahbar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Bu yerda biznes-rejalashtirish usuli faol qo`llaniladi. Ayniqsa, yirik firmalarda strategik rejalashtirishning barqaror amaliyoti yaxshi natija bermoqda. Ushbu jahon tendensiyalari sobiq sho`rolar tuzumi mamlakatlari iqtisodiyotida ham amal qila boshladi. Tegishli adabiy manbalar tahlili indikativ rejalashtirish evolyutsiyasining mohiyati va shakllari, uning davlat yo`li bilan tartibga solish va aralash iqtisodiyotning bozor usuli bilan o`zini o`zi tartibga solishi o`zaro nisbati yuzasidan boshlang`ich fikrlarni shakllantirishga yordam berdi. O`zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish konsepsiyasi O`zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishgach mamlakatda sodir bo`layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo`li bilan tartibga solish zarurati muhim ahamiyat kasb eta boshladi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o`zining ―Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni birtaraf etishning yo`llari va choralari nomli asarida ta’kidlaganidek, ―O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar yekanmiz, yeng avvalo, "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy yetishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`ta jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik.17. Shu jumladan O`zbekiston hukumati shunga mos ravishda iqisodiyotni markazlashgan tarzda boshqarish hamda an’anaviy rejalashtirish tartibotlaridan voz kechdi. Hozirgi vaqda indikativ rejalashtirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun O`zbekistonda ―Davlat tomonidan prognoz qilish va O`zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari to`g`risidagi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish zarur. Unda reja ishining maqsad va vazifalari, ijro etuvchi hokimiyat tomonidan ishlab chiqiladigan tizim, ushbu tizimga kiruvchi tarkibiy unsurlarning umumiy tavsifi nazarda tutilishi yerak. Qonun mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo`yicha ko`rsatmalarni amalga oshirish, ya’ni milliy iqtisodiyot rivojining global muammolari bo`yicha strategik qarorlarni chuqur va har tomonlama asoslash; istiqboliy rivojlanishning muhim vazifalarini hal etish uchun zarur bo`lgan resurslarni rejali jamlash; dasturni amalga oshirish ishlarining butun sikli vazifalarini muvofiqlashtirish va ularning hal etilishini ta’minlash; oldinga qo`yilgan vazifalarni hal etishda xo`jalik yurituvchi subyektlar, respublika mintaqalari va markaziy hokimiyat organlarining faoliyatini uyg`unlashtirish. Indikativ rejalashtirish tizimi - hukumatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga mos keluvchi iqtisodiyot holatini va rivojlanishini tavsiflovchi indikatorlarni (ko`rsatkichlarni) shakllantirish hamda ushbu indikatorlarga erishish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni davlat yo`li bilan tartibga solish choralarini belgilash hisoblanadi. Haqiqiy ijtimoiy-iqtisodiy holatni baholashdan tashqari, indikatorlar quyidagilarga yo`naltirilgan bo`lishi lozim : ■ iqtisodiyotning samarali rivojlanishi va aholining ijtimoiy farovonligi darajasini belgilash; ■ ijro etuvchi hokimiyat organlarining harakatlarini rejalashtirish; ■ rejalashtirilgan natijalarga erishish ustidan nazorat qilish; ■ tartibga soluvchi ta’sir etish choralarini ko`rish; ■ ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatining samaradorligini baholash . Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning turli darajalariga muvofiq indikatorlarning quyidagi tizimi belgilanishi mumkin : 1. Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (1-daraja - «Respublika»). U umumlashtirilgan makroiqtisodiy ko`rsatkichlar va respublika ko`rsatkichlarning cheklangan doirasi (yalpi hududiy mahsulot, iqtisodiyotda ko`zda tutilayotgan tarkibiy siljishlar, iqtisodiyot real sektori tarmoqlarining rivojlanishini aks ettiruvchi ko`rsatkichlar va ijtimoiy ko`rsatkichlar) bo`yicha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi aholi turmush darajasi ko`rsatkichlarini o`z ichiga oladi. 2. Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (2-daraja - «Tarmoq»). Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi tarmoqlar, tarmoqlararo majmualar, shuningdek respublika aholisiga xizmatlar ko`rsatish sohasi rivojlanishining muhim yo`nalishlarini aks ettiradi . 3. Respublika tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi respublika mahalliy tuzilmalari hududlari iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasining rivojlanishini tavsiflaydi (3-daraja - «Hudud»). U hudud tumanlari (shaharlari), aholi punktlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tavsiflovchi umumlashtirilgan ko`rsatkichlar o`z ichiga oladi . 4. Xo`jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimi (4-daraja - «Xo`jalik yurituvchi subyekt»). Mazkur tizim iqtisodiyot real sektorining nodavlat va davlat korxonalari hamda ijtimoiy soha tarmoqlari budjet tashkilotlari (muassasalari)ning rivojlanish indikatorlarini o`z ichiga oladi . Indikatorlar tizimi quyidagi talablarga javob berishi kerak. Birinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solishning ushbu darajasi uchun indikatorlarning yagonaligi va majburiyligi. Ikkinchidan, indikatorlar yiriklashish va maydalashish qobiliyatiga ega bo`lishi, qiyoslanadigan bo`lishi lozim. Indikatorlar aniq o`lchovga ega bo`lishi, ya’ni aniq va o`lchanadigan bo`lishi kerak. Umuman olganda indikatorlar tizimi ijtimoiy-iqtisodiy soha faoliyatining barcha jihatlari yalpi tavsiflanishini ta’minlashi zarur. Shuningdek, indikatorlar tizimi ixcham, moslashuvchan, boshqaruvning har bir darajasida sodir bo`layotgan barcha o`zgarishlarni aks ettirishga qodir bo`lishi lozim. Indikatorlar manzilli bo`lishi hamda vazirliklar va idoralar, mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlarining funksional faoliyati bilan bog`liq bo`lishi kerak. Indikatorlar ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlarini, xo`jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy o`sishni ta’minlashga va respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo`naltirishi lozim. Boshqaruvning har bir darajasi uchun indikatorlar soni cheklangan bo`lishi kerak. Indikativ rejalashtirishni joriy etishdan maqsad davlat hokimiyat organlari, mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlarini va xo`jalik yurituvchi subyektlarning barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish va respublika aholisining turmush darajasini oshirishga yo`naltirilgan sa’y-harakatlarining uyg`unligini ta’minlashdan iborat. Indikatorlarni shakllantirish vaqtga ko`ra bog`langan jarayon. Ushbu holatda boshqaruv obyektining holatini tavsiflovchi yagona indikatorga erishish maqsadi qo`yiladi. O`zbekiston Respublikasida indikativ rejalashtirish tizimining joriy etilishi quyidagi bosqichlarni o`z ichiga olishi lozim. 1-bosqich - «Tayyorgarlik». U indikativ rejalashtirish tizimini joriy etishga doir normativ-huquqiy bazani shakllantirish, uslubiy tavsiyalarni va respublika, tarmoqlar, tumanlar, shaharlar hududlari va xo`jalik yurituvchi subyektlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari tizimini ishlab chiqish, indikatorlar chegara qiymatlariga erishish monitoringini yuritishni tashkil etish tadbirlarini o`z ichiga oladi. 2-bosqich - «Indikativ rejalashtirish tizimi». 2-bosqich tadbirlari rejalashtirishning asosiy unsurlarini ishlab chiqishga qaratilgan, bular: prognozlashtirish jarayonini takomillashtirish, budjet va investitsiya jarayonlarini, davlat buyurtmalarini boshqarish, tarmoqlar, hududlar va xo`jalik yurituvchi subyektlarning respublika dasturlari va indikativ rejalarini shakllantirish. 3-bosqich - «Indikativ boshqarish tizimi». Indikativ boshqarish tizimining to`liq siklini joriy etish. O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari tizimini shakllantirish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlarining ro`yxati va chegara qiymatlari aniqlanishi kerak. Iqtisodiy o`sish konsepsiyasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish prognozi O`zbekiston Respublikasining ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari ro`yxatini aniqlash uchun asos bo`lib xizmat qilishi mumkin. Indikatorlar ro`yxati respublika Hukumati tomonidan belgilangan ijtimoiy- iqtisodiy siyosatning ustuvor yo`nalishlariga muvofiq har yili qayta ko`rib chiqilishi mumkin. O`zbekiston uchun optimal hisoblangan indikativ rejalashtirish tizimini asoslash uchun uslubiy asoslarni indikativ rejalashtirish tizimining asosiy unsurlarini ko`rib chiqish lozim . Adabiyotlar: 1. Каримов И.А. 2012 йил Ватанимиз тараққиётини янги босқичга кўтарадиган йил бўлади. // Халқ сўзи, 2012 йил 20 январь, № 14. 2. Каримов И.А. Бош мақсадимиз - кенг кўламли ислоҳотлар ва модернизация йўлини қатъият билан давом эттириш. // Халқ сўзи. 19.01.2013 й. 3. Каримов И.А. ―2014 йил юқори ўсиш суръатлари билан ривожланиш, барча мавжуд имкониятларни сафарбар этиш, ўзини оқлаган ислоҳотлар стратегиясини изчил давом эттириш йили бўлади. // Халқ сўзи. №12 (5342), 18.01.2014 й. 4. А.Ўлмасов, А.Вахобов. Иқтисодиёт назарияси. Т.: 2006, 420 б. 5. Владимирова Л.П. Прогнозирование и планирование в условиях рынка: Учебное пособие. - М.: 2005. 6. Пивоваров К.В. Планирование на предприятии. Учебное пособие. -М.: 2005, 230 стр. 7. Садиков А.М. Основы региональной экономики. Монография. -Т.: Иқтисод-молия, 2005. 280 б.