logo

Tezkor qidiruv tadbirlari tushunchasi, ularni o’tkazish asoslari. Tezkor qidiruv tadbirlarini o’tkazishda axborot ta’minoti va cheklovlar

Yuklangan vaqt:

27.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

62.9228515625 KB
Tezkor qidiruv tadbirlari tushunchasi, ularni o’tkazish asoslari. Tezkor qidiruv tadbirlarini o’tkazishda axborot ta’minoti va cheklovlar Reja: 1.Tezkor-qidiruv tadbirlari tushunchasi va bunday tadbirlarning turlari. 2.Tezkor-qidiruv tadbirlari tasnifi. 3.Tezkor-qidiruv tadbirlari turlarining qisqacha mazmuni. 6.Qidiruv tadbirlarini o’tkazish. 2. Tezkor-qidiruv tadbirlari tasnifi Mazmuni va o’tkazish tartibiga qarab TQMni quyidagi asoslarga ko’ra tasniflash mumkin: 1) fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlariga bo’lgan munosabatga qarab: a) konstitutsiyaviy huquqlar (yozishmalar, telegraf xabarlari, telefon so’zlashuvlari sir saqlanishiga va yashash joyi daxlsizligiga bo’lgan)ni cheklaydigan tadbirlar: - turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish; - pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish; - telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish; - aloqaning texnik kanallaridan axborot olish; b) konstitutsiyaviy huquqlarni cheklaydigan tadbirlar (boshqa TQT); 2) yashirinlik darajasiga qarab: a) ham oshkora, ham nooshkora usullar bilan o’tkaziladigan TQT: - so’rov; - ma’lumotlar to’plash; - qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yig’ish; - tekshirish uchun xarid qilish; - predmetlar va hujjatlarni tekshirish; - tezkor kuzatuv; - shaxsning aynanligini aniqlash; - turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish; - tezkor eksperiment; b) nooshkora usullar bilan o’tkaziladigan TQT: - pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish; - telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish; - aloqaning texnik kanallaridan axborot olish; - tekshirish uchun xarid qilish; - tezkor kiritish; - nazorat ostida yetkazib berish; - niqoblangan operatsiyalar; 3) texnika vositalari (TQFni amalga oshirish jarayonida axborotni nooshkora usullar bilan olish uchun mo’ljallangan maxsus texnika vositalari)dan foydalanilishiga qarab: a) o’tkazish paytida ushbu texnika vositalaridan foydalanilishi mumkin bo’lgan TQT: - predmetlar va hujjatlarni tekshirish; - tezkor kuzatuv; - shaxsning aynanligini aniqlash; - turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish; - pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish; - telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish; - aloqaning texnik kanallaridan axborot olish; b) o’tkazish paytida ushbu texnika vositalaridan foydalanilmaydigan TQT (boshqa TQT); 4) foydalanilayotgan tezkor-texnika kuchlari va vositalarining taalluqliligiga qarab: a) TQFni milliy xavfsizlik xizmati organlari, ichki ishlar organlari va bojxona organlarining kuch va vositalaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi organ tomonidan o’tkaziladigan TQT: - pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish; - telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish; - aloqaning texnik kanallaridan axborot olish; b) TQFni o’z kuch va vositalaridan foydalangan holda amalga oshiruvchi organ tomonidan o’tkaziladigan TQT (boshqa TQT). 3. Tezkor-qidiruv tadbirlari turlarining qisqacha mazmuni 1 . So’rov – so’ralayotgan shaxs bilan mustaqil ravishda yoki uchinchi shaxslar orqali muloqot qilishdan iborat bo’lgan TQT. So’rov ham tezkor xodimning o’zi tomonidan, ham uning topshirig’iga binoan uchinchi shaxs tomonidan, ham ochiq, ham nooshkora tarzda o’tkazilishi mumkin. So’ralayotgan shaxslar jumlasiga, odatda, quyidagilar kiradi: - tasodifan jinoyatning guvohlari bo’lishi mumkin bo’lgan va (yoki) organlar bilan hamkorlik qiladigan shaxslar (taksichilar, barmenlar, do’konlarning sotuvchilari va h.k.); - organlarni qiziqtirayotgan obyektni qurshagan shaxslar jumlasidan bo’lganlar (masalan, qarindoshlari, qo’shnilari, hamkasblari); - ilgari jinoyat sodir etgan va tekshirilayotgan uchastkada yashaydigan shaxslar va boshq. So’rov o’tkaziladigan joy bilan bog’liq cheklashlar mavjud emas: u ham xizmat xonasida, ham ko’chada, hodisa sodir bo’lgan joyda va boshqa yerlarda o’tkazilishi mumkin. So’rov ham odam bilan bevosita muloqot qilish jarayonida, ham u bilan telefon, Internet va hokazolar orqali muloqot qilish yo’li bilan o’tkazilishi mumkin. So’rov o’tkazishga tayyor bo’lish, xususan, so’raluvchining shaxsiy xususiyatlarini aniqlash, imkoniyatga qarab tegishli vaziyatni tanlash, uchrashuvda berish o’rinli bo’lgan savollar doirasini, shuningdek so’rov o’tkazish taktikasini belgilash muhimdir. So’roqdan farqli o’laroq, so’raluvchi shaxs axborot berishdan bosh tortganlik uchun javobgar bo’lmaydi, shu sababli tezkor xodim unga kerakli axborotni olish imkonini beradigan usulda so’raluvchi bilan til topa olishi lozim. Tadbir suhbat shaklida o’tkazilishi mumkin bo’lib, unda so’rovning asl maqsadini bilmaydigan so’raluvchidan axborot olish maqsadida, gap orasida tezkor xodimni qiziqtirgan jihatlarga ham to’xtalib o’tiladi (urg’uni ko’chirish). So’rov o’tkazishda qayd etuvchi apparatura (video-, audioyozuv va boshq.)dan ochiq yoki so’raluvchidan yashirin tarzda foydalanilishi mumkin. Apparaturani qo’llash uchun so’raluvchining roziligi talab etilmaydi. So’rov o’tkazishda zarur hollarda xotirani tiklash imkonini beradigan vositalar, masalan, hujjatlarning namunalari, tatuirovkalarning namunalari jamlangan kitoblar taqdim etilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. So’raluvchining roziligi bilan gipnoz qo’llanishi mumkin. So’rov natijalari tezkor xodimning ma’lumotnomasi yoki bildirgisi bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Agar mavjud bo’lsa, ularga so’raluvchining tushuntirishlari va boshqa hujjatlari ilova qilinishi mumkin. Bunday hujjatlar tezkor ahamiyatga ega bo’ladi. 2. Ma’lumotlar to’plash – turli ma’lumotlar bazalari, krimina listik va tezkor hisoblardan, turli tashkilotlar hamda fuqarolarga so’rovlar yuborish yo’li bilan axborot olishdan iborat bo’lgan TQT. Ma’lumotlar to’plash tekshirilayotgan shaxs, xususan, uning turmush tarzi, joylashgan manzili, qarindoshlari va do’stona aloqalari, ko’chmas mulkining mavjudligi, yashash joyi bo’yicha ro’yxatga olingani, telefon raqamlarining mansubligi, transport vositasining egasi, ilgari sudlanganlik holati, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar va xizmat guvohnomalarining berilishi, quroli bor-yo’qligi va hokazolar to’g’risida ma’lumotlar olish maqsadida amalga oshiriladi. Shaxsning aloqalarini tekshirishda axborot uning yashash joyi bo’yicha hokimiyat organlaridan, fuqarolar mahalla yig’inlaridan, uy-joy boshqarmasidan, poliklinikadan, o’qish yoki ish joyidan, u harbiy xizmatni o’tagan, dam olgan joylardan, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o’tagan joydan va boshqa joylardan olinishi mumkin. Olinayotgan axborot mazmunini hisobga olganda, tadbir: - oshkora, nooshkora tarzda hamda fuqarolar va tashkilotlardan axborot olishda ma’lumotlar to’plash maqsadini ko’rsatmasdan; - zaruriy hujjatlar (so’rovlar)ni tuzib yoki tuzmasdan; - bevosita tezkor xodim tomonidan, uning topshirig’iga binoan tezkor-texnika va qidiruv xizmati xodimi tomonidan, tezkor xodimning topshirig’iga binoan konfident tomonidan o’tkazilishi mumkin. TQFni amalga oshiruvchi organlar hokimiyat organlari va turli tashkilotlarga yozma so’rovlar yuboradilar. Ushbu hokimiyat organlari va tashkilotlar tegishli axborotni beg’arazlik asosida taqdim etadilar, qonunda uni olishning maxsus tartibi belgilangan hollar bundan mustasno. Axborot olishning maxsus tartibi maxfiy xususiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarga nisbatan nazarda tutilgan bo’lib, ular jumlasiga quyidagilar kiradi: - tergov va sud ishlarini yuritish sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar; - davlat hokimiyati organlari tomonidan foydalanish imkoniyati cheklangan xizmatga doir ma’lumotlar (xizmat sirlari); - kasbiy faoliyat bilan bog’liq ma’lumotlar (shifokor, notarius, advokatlik, ban k, sug’urta siri, yozishmalar, tele fon so’zlashuvlari, pochta jo’natmalari, tele - graf xabarlari yoki boshqa xabarlar siri va h.k.); - tijorat faoliyati bilan bog’liq ma’lumotlar (tijorat siri). Ma’lumotlar to’plash jarayonida turli-tuman ma’lumotlar bazalaridan keng foydalaniladi (ularning aksariyatini kompyuter bozorlarida yoki Internet orqali erkin sotib olish mumkin). Bunday bazalar soni juda ko’p: ko’chmas mulkning mavjudligi haqida va h.k. Yuborilgan so’rovlar bo’yicha rasmiy tashkilotlardan kelgan ma’lumotlar va ular yuborgan materiallar (turli tashuvchilardagi hujjatlar yoki axborot) protsessual qimmatga ega. Bu ma’lumotlar keyinchalik jinoyat ishiga dalillar sifatida qo’shib qo’yilishi mumkin. Boshqa xil (tezkor xodimning bildirgisi yoki ma’lumotnomasi bilan rasmiylashtirilgan) axborot tezkor diqqatga sazovordir. 3. Qiyosiy tekshiruv uchun namunalar yig’ish – predmetlar va moddalarni, shuningdek boshqa namunalarni topish, qayd etish, olib qo’yish va saqlashdan iborat TQT. Uning maqsadi shaxs muayyan joy yoki obyektlarda iz qoldirgani yoki qoldirmaganini tekshirishdan, shuningdek TQT vazifalarini hal etish uchun ularning xususiyatlari va belgilarini aniqlashdan iborat. Ushbu tadbir protsessual harakat – ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish (O’zR JPKning 188-moddasi)ga ko’p jihatdan o’xshash, biroq unga nisbatan protsessual talablar qo’llanilmaydi va u nooshkora tarzda amalga oshirilishi mumkin. Namunalar sifatida predmetlar (masalan, o’g’irlangan avtomobil detallariga o’xshash detallar, qalbaki qog’oz pullarning namunalari), moddalar (odam ajralmalari – qon, so’lak) va hokazolar amal qilishi mumkin. Namunalar tekshiruv o’tkazish uchun zarur va yetarli bo’lgan miqdorda yig’iladi va tekshiruv o’tkazish uchun yaroqli (ularni identifikatsiya qilish imkonini beradigan belgilarga ega) bo’lishi lozim. Namunalar topilganidan keyin ular tegishli ravishda o’ramlarga joylanadi va belgilangan tartibda qiyosiy tekshiruv o’tkazish uchun yuboriladi. Namunalarni yig’ish jarayonida fuqarolarning hayoti, sog’lig’iga tah-did soluvchi yoki ularning insoniy qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlarni bajarish taqiqlanadi. Tadbir oshkora yoki nooshkora usullar bilan o’tkazilishi mumkin (masalan, shaxs dastxatidan namunalar olish maqsadida u tuzgan xizmatga doir hujjatlarni arxivda tekshirishda; nooshkora tarzda barmoq izlarini olish – shaxs o’qigan va o’zining barmoq izlarini qoldirgan jurnalni olib qo’yish yo’li bilan); bundan tashqari, namunalar shaxsning o’zidan olinishi ham mumkin, bunda u mazkur namunalarni olishning asl maqsadi unga oshkor qilinmaydi (poliklinikada analizlar topshirish niqobi ostida olinadi). Tadbirni o’tkazishda ekspertlar va tegishli maxsus bilimlarga ega shaxslar jalb qilinishi, shuningdek texnika vositalari – o’lchash, optik, qiyoslash asboblari qo’llanishi mumkin. Namunalarni yig’ish tezkor xodim tomonidan tuziladigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va unda namunalarni yig’ish amalga oshirilgan joy va sana, dalolatnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi va otasining ismi, namunalarni yig’ishda ishtirok etgan har bir shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi ko’rsatiladi; harakatlar ular qay tartibla bajarilgan bo’lsa, shu tartibda tavsiflanadi, ularni bajarish chog’ida aniqlangan muhim holatlar, ishtirok etuvchi shaxslar bergan bayonotlar qayd etiladi; qo’llanilgan texnika vositalari, ulardan foydalanish shartlari va tartibi, ushbu vositalar qo’llanilgan obyektlar va olingan natijalar ko’rsatiladi. Namunalarni yig’ish nooshkora tarzda o’tkazilgan holda tezkor xodim TQT natijalarini bildirgi yoki ma’lumotnoma bilan rasmiylashtiradi va va ularga olingan namunalarni ilova qiladi. 4. Tekshirish uchun xarid qilish– TQFni amalga oshiruvchi organ yoki uning topshirig’iga binoan uchinchi shaxs TQF vazifalarini hal etish doirasida mol- mulkni nazorat ostida haq evaziga egallashidan iborat bo’lgan TQT. Mol-mulkni egallash O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mos kelmasligi: egallanayotgan mol-mulkning muomalada bo’lishi cheklangan yoki u fuqarolik muomalasidan chiqarilgan bo’lishi mumkin (masalan, qurol-yarog’, o’q- dorilar, giyohvandlik vositalari, qimmatbaho toshlar va h.k.). “Xarid qilish” atamasi uncha aniq emas: mazkur tadbirni o’tkazish paytida mol-mulkni egallash olish-sotish bilan bir qatorda, ayirboshlash, ijaraga olish va boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda shaxs begonalashtirayotgan mol-mulk emas, balki u ko’rsatayotgan xizmatlar tekshirilishi mumkin. Tadbir nooshkora tarzda o’tkaziladi (sotuvchi yoki mol- mulkni o’zgacha yo’l bilan begonalashtirayotgan shaxs xarid qilishning asl maqsadi jinoyatni aniqlash yoki TQFning boshqa vazifalarini hal qilishdan iborat ekanligini bilmaydi). Tekshirish uchun xarid qilish tadbirlarining aksariyati xo’jalik muomalasi va giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish sohasida o’tkaziladi. Tijorat tashkilotlarining moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirish, odatda, tekshirish uchun xarid qilishbilan boshlanadi. Ushbu tadbirni o’tkazish yo’li bilan, masalan, sotilayotgan tovar lozim darajada sifatlimi, u legal ishlab chiqarilganmi yoki qalbakimi, tovar sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiqmi, tovarga bo’lgan mualliflik huquqlariga rioya etilganmi (u kontrafakt tovar emasmi), tovarda aksiz marklari bormi, degan savollarga javob olish mumkin. Muomalada bo’lishi cheklangan yoki taqiqlangan predmetlarni egallash rasman O’zR JKning 248-moddasida (qurol, o’q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga nisbatan), 251-moddasida (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarga nisbatan), 273-moddasida (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga nisbatan) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari bilan mos kelishi tufayli, tekshirish uchun xarid qilishni o’tkazish tegishli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan, prokuror bilan albatta kelishilgan qaror asosida amalga oshiriladi. Tadbir tezkor xodim oddiy xaridor niqobi ostida sotuvchidan tovarni sotib olishi bilan boshlanadi. Tadbirda uch kishi – xodim va ikki nafar fuqaro ishtirok etishi mumkin. Bu holda ularning uchalasi ham tovarni navbatma-navbat xarid qiladi. Sotuvchi mol-mulkni begonalashtirgandan keyin tezkor xodim unga o’zini tanishtiradi, xizmat guvohnomasini ko’rsatadi, tekshirish uchun xarid qilish o’tkazilganini e’lon qiladi va tekshirish uchun xarid qilish o’tkazish to’g’risidagi qaror bilan tanishtiradi. Shundan keyin xarid qilingan, muomalada bo’lishi cheklangan yoki muomaladan chiqarilgan mol-mulk olib qo’yiladi, muomalada bo’lishi cheklanmagan mol-mulk esa belgilangan sifatga, narxga, og’irlikka va hokazolarga muvofiqlikka tekshiriladi. Tadbirni o’tkazish jarayoni to’g’risida tezkor xodim tomonidan tegishli dalolatnoma tuziladi. Ko’p karralik xususiyatiga ega bo’lgan jinoyatlar (chet el valyutasini, oz miqdordagi giyohvandlik vositalarini surunkali ravishda sotish, xaridorlar haqidan doimiy ravishda urib qolish)ni aniqlashga qaratilgan tekshirish uchun xarid qilish bir necha marta (tezkor xodim tomonidan uchinchi shaxslarni jalb qilgan holda) o’tkazilishi mumkin. Bu holda tekshirish uchun xarid qilish o’tkazilgani shaxsga faqat oxirgi xarid qilishdan keyin e’lon qilinadi. Dastlabki xarid qilishlarning natijalariga ko’ra dalolatnomalar tuziladi va ular tushunarli bo’lgan sabablarga ko’ra mol-mulkni begonalashtirayotgan shaxsga ma’lum qilinmaydi. Tovar sifatini yoki uning boshqa xosalarini aniqlash mumkin bo’lmagan holda u tekshirish o’tkazish uchun topshirilishi mumkin. Tadbirni o’tkazish jarayonida uning o’zini va natijalarini qayd etish uchun, odatda, texnika vositalari va moddalar qo’llaniladi, masalan: yashirin audio- va videoyozuv vositalari, qog’oz pul yoki hujjatlarga ishlov berish uchun mo’ljallangan, ultrabinafsha nurlar ostida o’zidan yorug’lik taratadigan maxsus kukunlar va h.k. 5. Nazorat ostida olish – TQFni amalga oshiruvchi organ yoki uning topshirig’iga binoan uchinchi shaxs mol-mulkni nazorat ostida haq to’lamasdan egallashidan iborat bo’lgan TQT. Mol-mulkni egallash,tekshirish uchun xarid qilishda bo’lganidek, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga mos kelmasligi: egallanayotgan mol-mulkning muomalada bo’lishi cheklangan yoki u fuqarolik muomalasidan chiqarilgan bo’lishi mumkin. Ushbu TQT nooshkora tarzda o’tkaziladi (mol-mulkni o’zgacha tarzda begonalashtirayotgan sotuvchi yoki boshqa shaxs egallashning aso maqsadi jinoyatni aniqlash yoki TQFning boshqa vazifalarini hal qilishdan iborat ekanligini bilmaydi). Nazorat ostida olish, qoida tariqasida, tekshirish uchun xarid qilishning aniq natijalari olinganidan keyin o’tkaziladi. Ushbu TQTni o’tkazish paytida tezkor xodim olinayotgan tovar (yoki obyekt, chunki bu odam bo’lishi ham mumkin) lozim sifatga ega emasligi, nolegal tarzda ishlab chiqarilgani yoki soxtalashtirilgani, sertifikatlashtirish to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan mos kelmasligi, tovarga bo’lgan mualliflik huquqiga rioya etilmagani (u kontrafakt hisoblanishi), tovarda aksiz markasi yo’qligi va hokazolar haqida aniq axborotga ega bo’ladi. Ko’rib chiqilayotgan TQTni amalga oshirayotganda tezkor xodim sotuvchi va uning sheriklari jinoiy harakatlarini hamda uni ushlashni hujjatlashtirish maqsadida maxsus (kriminalistik yoki tezkor-qidiruv) texnikadan foydalanadi, ya’ni dalillar to’playdi va ular keyinchalik jinoyat ishi materiallariga qo’shib qo’yiladi. Muomalada bo’lishi cheklangan yoki taqiqlangan predmetlarni egallash rasman O’zR JKning 137-moddasida (odam o’g’irlashga nisbatan), 248-moddasida (qurol, o’q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga nisbatan), 251-moddasida (kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarga nisbatan), 273- moddasida (giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga nisbatan) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyat tarkiblari bilan mos kelishi tufayli, nazorat ostida olishni o’tkazish tegishli organ rahbari tomonidan tasdiqlangan, prokuror bilan albatta kelishilgan qaror asosida amalga oshiriladi. Tadbir tezkor xodim yoki ilgari tekshirish uchun xarid qilishni amalga oshirgan shaxs oddiy xaridor niqobi ostida sotuvchidan tovarni olishi bilan boshlanadi. Olinayotgan mol-mulk begonalashtirilgandan keyin tezkor xodim sotuvchiga o’zini tanishtiradi va xizmat guvohnomasini ko’rsatadi, nazorat ostida olish o’tkazilganini e’lon qiladi va tegishli qaror bilan tanishtiradi. Shundan keyin olingan, muomalada bo’lishi cheklangan yoki muomaladan chiqarilgan mol-mulk olib qo’yiladi. Tadbirni o’tkazish jarayoni to’g’risida tezkor xodim tomonidan tegishli hujjat tuziladi. 6. Predmetlar va hujjatlarni tekshirish – maxsus bilimlarga ega bo’lgan shaxs tomonidan predmetlar va hujjatlarni tekshirishdan iborat bo’lgan TQT. Ushbu tadbir tekshirilayotgan predmetlar va hujjatlar jinoyat vositalari yoki qurollari hisoblanishi yoki hisoblanmasligini aniqlash, shuningdek TQF vazifalarini hal etish uchun ularning xususiyatlari va belgilarini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Sud ekspertizasining analogi hisoblanadigan predmetlar va hujjatlarni tekshirish tezkor xodimda mavjud bo’lmagan maxsus bilimlar talab etilgan hollarda o’tkaziladi. Predmetlar moddiy dunyo obyektlari hisoblanadi. Predmetlarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 1) tekshirilayotgan predmetni ilgari aniqlangan predmetlar (masalan, barmoq izlari, o’q, gilza, odam ajralmalari) bilan identifikatsiya qilish; 2) tekshirilayotgan predmetning u qaysi obyektning qismi bo’lsa, shu obyektga mansubligini aniqlash (singan narsalar, yirtilgan kiyim, qog’oz parchalari va sh.k.). Moddiy tashuvchida qayd etilgan, identifikatsiya qilish imkonini beradigan rekvizitlarga ega bo’lgan axborot hujjat hisoblanadi. Hujjat ham qog’ozda, ham elektron ko’rinishda (masalan, buxgalteriya hisoboti soliq inspeksiyasiga elektron ko’rinishda taqdim etilganda) bajarilishi mumkin. Hujjatlarni tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: - hujjatning moddiy xossalarini o’rganish (vizual ko’zdan kechirish, uning moddiy xossalari – sifati, tarkibi, qog’ozning qalinligini, matnda o’chirib yozish, qo’shib yozish, tuzatishlar bor-yo’qligini aniqlash); - hujjatning mazmunini o’rganish (masalan, u vakolatli mansabdor shaxs tomonidan chiqarilganini, uning qonun hujjatlariga muvofiqligini) va uni boshqa hujjatlarga bog’lab tadqiq etish (hujjat o’zi qonuniy, biroq uning mazmuni boshqa hujjatlar mazmuni bilan mos kelmagan holda). Predmetlar va hujjatlarni tekshirishular topilgan joyda(masalan, giyohvandlik vositalarining ekspress-testlari vositasida) va tegishli ekspertiza muassasalarida amalga oshirilishi mumkin. Tadbir natijalari tezkor xodimning tegishli bildirgisi bilan rasmiylashtiriladi va unga tekshirishni o’tkazgan mutaxassislar yoki boshqa shaxslarning xulosalari (agar mavjud bo’lsa) ilova qilinadi. 7. Tezkor kuzatuv – TQFni amalga oshiruvchi organlarni qiziqtirgan shaxslar, ularning transport vositalarini, shuningdek ushbu shaxslarning doimiy yoki vaqtinchalik bo’lish joylarini nooshkora tarzda kuzatishdan iborat TQT. Tezkor kuzatuv jarayonida quyidagi axborot aniqlanadi: - shaxsning jinoyat tarkibi belgilari mavjud bo’lgan pinhona faoliyati; - kuzatuv obyektining psixologik portreti: shaxsning fe’l-atvori va ruhiy xususiyatlari; - shaxsning muloqot davrasi – shaxsiy, xizmatga doir va boshqa (ayniqsa jinoiy) aloqalari; - shaxs foydalanayotgan xufyadonlar; - jinoiy guruh mavjud bo’lgan holda – uning son va sifat tarkibi, guruh sardori, oddiy a’zolari kim ekanligi, ularning psixologik tavsifi, guruhda majburiyatlarning taqsimlanishi, uni mablag’ bilan ta’minlash manbalari, guruh yig’iladigan va vaqtni o’tkazadigan joylar, guruhning huquqni muhofaza qilish organlari bilan aloqalari va sh.k. Tezkor kuzatuv vizual tarzda, texnika vositalari yordamida, shuningdek kompleks ravishda amalga oshirilishi mumkin. Tezkor kuzatuv jarayonida audioyozuv, vi deotasvirga olish, fotosuratga tushirish va eshitib nazorat qilish vositalari qo’llanilishi mumkin. Tezkor kuzatuv jarayonida kuzatuv obyektining barcha harakatlari xronologiya tartibida qayd etiladi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan tezkor kuzatuvni o’tkazishga faqat tezkor xodimda TQF to’g’risidagi qonunda nazarda tutilgan axborot mavjud bo’lgan holda prokuror qarori asosida yo’l qo’yiladi. Fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklamaydigan tezkor kuzatuv tezkor xodimning qaroriga ko’ra, qo’shimcha kuch va vositalar jalb qilingan holda esa – tegishli bo’linma rahbarining qaroriga binoan amalga oshiriladi. Shaxslarning jinoiy harakatlari bitta davlat hududi bilan cheklanmasligini hisobga olganda, tezkor kuzatuv undan tashqarida amalga oshirilishi ham mumkin: - MDHga a’zo davlatlar huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi organlarining so’roviga binoan (1998 yil 18 dekabrda Moskva shahrida MDH ishtirokchisi bo’lgan davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashining yig’ilishida imzolangan TQFning maxsus kuzatuvi sohasida hamkorlik to’g’risidagi bitimga muvofiq). 8. Shaxsning aynanligini aniqlash – jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni uning alohida belgilariga ko’ra tanib olishdan iborat bo’lgan TQT. Tadbir nooshkora tarzda yoki konspiratsiya choralarini ko’rish yo’li bilan o’tkaziladi va: - bevosita vizual aloqa qilish yo’li bilan (masalan, odamlar ommaviy yig’iladigan joylarda bo’lish, shaxs paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylarda nooshkora patru llash, ehtimol tutilgan ish joyiga afsona ostida tashrif buyurish va boshq.); - videoyozuv bo’yicha; - audioyozuv bo’yicha; - tasvir (fotosurat, rassom-kriminalist portret bo’yicha yaratgan fotorobot) bo’yicha; - hidli izlar bo’yicha (xizmat-qidiruv itidan foydalangan holda) amalga oshiriladi. Yuqorida sanab o’tilgan usullarning har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Bevosita vizual aloqa qilganda aynanlashtiruvchi shaxs obyektni ko’zdan kechirish uchun kam vaqtga ega bo’lishi mumkin, tasvir bo’yicha aynanlashtirish shaxsni ovozi, gapirish ohangi, duduqlanishi (agar bo’lsa) bo’yicha tanib olish imkonini bermaydi, audioyozuv bo’yicha aynanlashtirish shaxsni qadam tashlashi, oqsoqligi, qovog’i uchishi, chandiqlari, tatuirovkalari singari o’ziga xos belgilari bo’yicha tanib olish uchun imkoniyat yaratmaydi, hidli izlar bo’yicha tanib olishda esa faqat bitta mezon qo’llaniladi. Shaxsning aynanligini aniqlashham odatdagi sharoitlarda (ish joyida, maishiy vaziyatda, jinoiy tajovuzlar obyektlarida), ham tezkor xodim tomonidan sun’iy ravishda yaratiladigan vaziyatlarda; ham tanib oluvchi shaxs tomonidan tezkor xodim bilan birga, ham mutaxassislar (rassom-kriminalist, kinolog va boshq.) ishtirokida o’tkaziladi. Shaxsning aynanligini aniqlashjarayonida TQT ishtirokchilariga ta’sir o’tkazish va gumon qilinuvchi yoki qidiriluvchi shaxsining aynanligini aniqlashda xatoga yo’l qo’yish ehtimolini kuchaytiradigan sun’iy sharoitlarni yaratish, shuningdek keyinchalik protsessual tanib olishni istisno qiladigan va jinoyat ishi bo’yicha dalillar to’plash imkoniyatini shubha ostida qoldiradigan harakatlarga yo’l qo’yish taqiqla- nadi. Shaxsning aynanligini aniqlashnatijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi, ushbu hujjatlarga tadbirni o’tkazish jarayonining audio-, videoyozuvlari, fotosuratlar, shuningdek tanib oluvchi shaxsning tushuntirishlari ilova qilinishi mumkin. 9. Turar joylarni va boshqa joylar, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini va transport vositalarini tekshirish – shaxslar, predmetlar, xufyadonlar va hokazolarni topish, shuningdek jinoiy faoliyatga daxldor bo’lgan holatlarni aniqlash maqsadida obyektlarni vizual yoki texnika vositalari yordamida o’rganishdan iborat bo’lgan TQT. Ushbu tadbir: a) oshkora tarzda – rasmiy taftish doirasida (tezkor xodimlar tomonidan vakolatli in spektorlar bilan hamkorlikda); b) nooshkora tarzda yoki konspiratsiya (afsonalashtirish) choralarini qo’llagan holda: - tezkor xodimlar; - tezkor-texnika bo’linmalarining xodimlari tomonidan; v) tezkor xodimning topshirig’iga binoan organlarga maxfiylik asosida ko’maklashayotgan shaxs tomonidan; g) tezkor xodimning topshirig’iga binoan o’z xizmat vazifalariga ko’ra organlarni qiziqtirayotgan hududga kirish huquqiga ega bo’lgan tashkilotlarning vakillari (yong’in nazorati va sanepidemnazorat xodimlari, santexniklar, elektriklar va boshq.) tomonidan o’tkaziladi. Turar joylarni tekshirishinson va fuqaroning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklashini hisobga olib, bunday TQTni faqat prokuror qarori asosida o’tkazishga yo’l qo’yiladi. Ushbu qoidaning buzilishi O’zR JKning 142-moddasi bo’yicha fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish uchun jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi. Boshqa hollarda tekshirish bo’linma rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli qaror asosida o’tkaziladi. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, moliya, xo’jalik, tadbirkorlik yoki boshqa savdo faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlarining buzilishi to’g’risida ma’lumotlar mavjud bo’lgan holda, huquqni muhofaza qilish organi boshlig’i yoki uning o’rinbosarining asoslantirilgan qaroriga binoan ushbu organ xodimlariga o’zlariga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi: - kamida ikki nafar xolis va yuridik shaxsning vakili, yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan shaxs yoki uning vakili hozirligida, ularga ko’rsatilgan qaror nusxasini, shuningdek quyida ko’rsatilgan harakatlar natijasida tuzilgan bayonnomalar va ro’yxatlarning nusxalarini topshirgan holda, ular yo’qligida esa – ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari vakillari ishtirokida ishlab chiqarish, ombor, savdo va boshqa xizmat binolarini, mol-mulkni saqlash va undan foydalanish bilan bog’liq boshqa joylarni ko’zdan kechirish; - moliya, xo’jalik, tadbirkorlik va savdo faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlarni tekshirish, tegishli qaror nusxasi topshirilgan paytdan boshlab belgilangan muddat ichida buyruq va boshqa hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan nusxalarini taqdim etishni talab qilish; - xom ashyo, mahsulot va tovarlardan tekshiruv yoki ekspertiza o’tkaish uchun zarur bo’lgan namunalarni albatta bayonnoma tuzgan holda olish; - jinoyat belgilari mavjudligiga ishora qiluvchi mavjud ma’lumotlarni tekshirishda moliya, xo’jalik, tadbirkorlik va savdo faoliyatini tekshirish va inventarizatsiya (o’ttiz kundan kech bo’lmagan muddat ichida) o’tkazishni talab qilish, shuningdek bunday tekshiruv va inventarizatsiyani ko’rsatilgan muddatda mustaqil ravishda o’tkazish, bunda hujjatlar yoki ularning nusxalarini albatta bayonnoma va ularning ro’yxatini tuzgan holda olib qo’yish. Agar hujjatlarning asliyatlari olib qo’yilayotgan bo’lsa, ulardan nusxalar tayyorlanadi va huquqni muhofaza qilish organining tekshiruv yoki taftish o’tkazayotgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi va asliyatlar olib qo’yilayotgan shaxsga beriladi. Nusxalarni tayyorlash yoki ularni hujjatlarning asliyatlarini olib qo’yish bilan bir vaqtda berishning iloji bo’lmagan holda, huquqni muhofaza qilish organining tekshiruv yoki taftish o’tkazayotgan mansabdor shaxsi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini hujjatlarning asliyatlari olib qo’yilgan shaxsga beradi va bu haqda olib qo’yish bayonnomasiga tegishli yozuv kiritib qo’yiladi. Tekshirishni o’tkazish paytida, odatda, fotosuratga tushirish va videotasvirga olish amalga oshiriladi, kimyoviy qopqonlar o’rnatilishi va iz hosil bo’lishi uchun boshqa sharoitlar yaratilishi mumkin. Tekshirish natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga (agar mavjud bo’lsa) fotosuratlar va videoyozuvlar, tekshirish bayonnomasi, olib qo’yilgan predmetlar va hujjatlar ro’yxati, tadbirda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va arizalari ilova qilinadi. 10. Pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish– shaxsning g’ayriqonuniy faoliyati to’g’risida ma’lumotlarni topish, uning jinoiy aloqalarini aniqlash va TQFning boshqa vazifalarini hal qilish maqsadida pochta jo’natmalarini jo’natuvchi va oluvchiga bildirmasdan ko’zdan kechirish, ochish va mazmuni bilan tanishish, so’ng ularning o’ramini oldingi ko’rinishda tiklashdan, shuningdek xat-xabarlarning bir joydan boshqa joyga borishi jarayonlarini kuzatishdan iborat bo’lgan TQT. Ushbu tadbir fuqarolarning yozishmalar, pochta, telegraf xabarlari siri oshkor qilinmasligiga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqiga daxl etishi tufayli, u prokuror qarori asosida yoki TQFni amalga oshiruvchi organ tegishli rahbarining asoslantirilgan va albatta prokuror bilan kelishilgan qarori asosida o’tkaziladi. Tadbirni o’tkazishda quyidagilar nazorat qilinishi lozim: - pochta jo’natmalari (banderollar, kichik paketlar, “M” qoplari, xatlar, posilkalar, pochta kartochkalari, pochta konteynerlari, sekogrammalar); - telegraf xabarlari (elektr aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar); - boshqa xabarlar (masalan, elektron pochta xabarlari, faksimil xabarlar va boshq.). Pochta jo’natmalarida qurol, o’q-dori, giyohvandlik, psixotrop, kuchli ta’sir ko’rsatuvchi, radioaktiv, portlovchi, zaharli moddalar, portlovchi qurilmalar va jo’natish taqiqlangan boshqa predmetlar aniqlangan holda, ushbu predmetlar va moddalar olib qo’yiladi va ularning topilishi fakti bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atiladi. Nazorat qilish bir martalik yoki takrorlanuvchi (davomli) xususiyatga ega bo’lishi mumkin; nazorat bilan muayyan shaxs va (yoki) manzilga yuborilgan xat- xabarlar qamrab olinishi mumkin. Yozishmalardan nusxalar ko’chirilishi, qiyosiy tekshirish uchun namunalar, barmoq izlari olinishi mumkin. Mahkumlar tomonidan yuborilayotgan va olinayotgan xat-xabarlar senzurasi, shuningdek posilkalar, yo’qlovlar va banderollarni ko’zdan kechirish TQT hisoblanmaydi (O’zR JIKning 78, 79-moddalari). Ushbu tadbir TQFni amalga oshiruvchi organlarning tezkor xodimlari tomonidan miliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlarining tezkor- texnika kuchlari va vositalaridan foydalangan holda o’tkaziladi. Tadbirga aloqa muassasalarining xodimlari jalb qilinishi ham mumkin. Nazorat qilish natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga (agar mavjud bo’lsa) diqqatga sazovor predmetlar va hujjatlarning fotosuratlari va nusxalari ilova qilinadi. 11. Telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish– shaxsning g’ayriqonuniy faoliyati to’g’risida ma’lumotlarni topish, uning jinoiy aloqalarini aniqlash va TQFning boshqa vazifalarini hal qilish maqsadida telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni nooshkora tarzda eshitishva qayd etishdan iborat bo’lgan TQT. Ushbu tadbir fuqarolarning telefon so’zlashuvlari siri oshkor qilinmasligiga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqiga daxl etishi tufayli, u prokuror qarori asosida yoki TQFni amalga oshiruvchi organ tegishli rahbarining asoslantirilgan qarori asosida, bu haqda 24 soat ichida prokurorni albatta xabardor qilgan holda o’tkaziladi. Fuqarolarning hayoti, sog’lig’iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkiga tahdid tug’ilgan holda, ularning arizasiga ko’ra yoki ularning yozma shakldagi roziligi bilan ularning telefonlari va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitishTQFni amalga oshiruvchi organ tegishli rahbarining asoslantirilgan qarori asosida, bu haqda 24 soat ichida prokurorni albatta xabardor qilgan holda ruxsat etiladi. Telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning statsionar apparaturasiga ulangan holda eshitish miliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlarining tezkor-texnika kuchlari va vositalaridan foydalangan holda o’tkaziladi. Telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish faqat og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatlarni sodir etishda ayblanayotgan shaxslarga, shuningdek bunday jinoyatlar haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi taxmin qilinayotgan shaxslarga nisbatan yo’l qo’yiladi. Simli aloqa liniyalarida telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish aloqa kanalining turli uchastkalarida – aloqa operatorlarining stansiyadagi apparaturasida va liniyaning o’zida amalga oshirilishi mumkin. Simsiz aloqa liniyalari (mobil aloqa, radioaloqa, past orbitalarda aylanayotgan yo’ldoshlar orqali aloqa; integral xizmat ko’rsatish aloqa vositalari (videokonfe rensiya, videofonlar va multimediali ilovalar))da telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish aloqa operatorlarining stansiyadagi apparaturasiga ulanish yo’li bilan va aloqa vositasi (telefon)ga kelayotgan signalni skanerlash yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin. Ham ikki tomonlama, ham bir tomonlama (navbatma-navbat gapirish) va ko’p tomonlama (konferens-aloqa) aloqa; ham muayyan shaxsga qarashli bo’lgan aloqa vositasi (uy telefoni, mobil telefon), ham obyekt bo’ladigan joyda o’rnatilgan aloqa vositasi (muayyan joydagi telefon-avtomat, bardagi telefon va h.k.) eshitilishi mumkin. Ikkala (barcha) abonentlarning so’zlashuvi eshitilishi lozim, chunki faqat bitta abonentni eshitish (masalan, abonent so’zlashuvining deraza oynasiga urilishi vibratsiyalarini olish yo’li bilan) eshitish emas, balki maxsus texnika vositalari yordamida kuzatuv hisoblanadi. TQF sohasida amalda bo’lgan qonun hujjatlariga muvofiq aloqa operatorlari quyidagilarga majbur: - TQFni amalga oshiruvchi organlarga aloqa xizmatlaridan foydalanuvchilar to’g’risida va ularga ko’rsatilgan aloqa xizmatlari to’g’risida ma’lumotlar berish, shuningdek ushbu organlarga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo’lgan boshqa axborotni berish; - TQTni o’tkazish uchun tarmoqlar va aloqa vositalariga qo’yiladigan talablar bajarilishini ta’minlash, shuningdek ushbu tadbirlarni o’tkazish tashkiliy va taktik usullari oshkor bo’lishiga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rish; - TQFni amalga oshiruvchi organ rahbarlaridan birining yozma shakldagi asoslantirilgan qarori asosida jismoniy va yuridik shaxslarga aloqa xizmatlari ko’rsatishni to’xtatib turish va qayta tiklash. TQFni amalga oshiruvchi organlarning aloqa sohasidagi vakolatli ijro etuvchi hokimiyat organi bilan telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish bo’yicha o’zaro aloqasi masalalari Aloqa operatorlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari bilan o’zaro aloqasi qoidalari bilan tartibga solinadi. Ushbu hujjatga muvofiq Milliy xavfsizlik xizmati vakolatli organ sifatida TQM faoliyati doirasida texnika vositalaridan foydalanish bilan bog’liq TQT o’tkazishda aloqa operatorlari bilan shu jumladan boshqa vakolatli organlarning manfaatlarida o’zaro aloqani amalga oshiradi. Aloqa operatori tarmog’ida texnika vositalarini foydalanish uchun kiritish Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Aloqa operatori o’z abonentlari va ularga ko’rsatilgan aloqa xizmatlari to’g’risidagi ma’lumotlar bazalarida mavjud axborotni o’z vaqtida yangilab turishi shart. Ushbu axborot aloqa operatori tomonidan belgilangan muddat mobaynida saqlanishi va Milliy xavfsizlik xizmatiga, ayrim hollarda esa ichki ishlar organlariga ham ma’lumotlar bazalariga uzoqdan turib kirishni uzzukun mobaynida amalga oshirish yo’li bilan berilishi lozim. Eshitish natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga olingan fonogrammalar ilova qilinadi. Fonogrammalar ularni begona shaxslar eshitishi va ulardan nusxa ko’chirishini istisno qiladigan sharoitlarda muhrlangan holda saqlanadi. Keyinchalik fonogrammalar ularning haqiqiyligini (montaj yo’qligini) aniqlash uchun ekspertizaga yuborilishi, eshitish to’g’risida bayonnoma tuzish uchun taqdim etilishi va ulardan dalillar sifatida foydalanilishi mumkin. 12. Aloqaning texnik kanallaridan axborot olish– elektr aloqa, kompyuter tarmoqlari va boshqa tarmoqlar orqali uzatilayotgan axborotni tegishli tizimlar va qurilmalar ishini, shu jumladan ular tarqatayotgan elektromagnit va boshqa maydonlarni maxsus texnika vositalari yordamida nazorat qilish yo’li bilan nooshkora tarzda olishdan iborat bo’lgan TQT. Ushbu tadbir fuqarolarning yozishmalar siri oshkor qilinmasligiga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqiga daxl etishi tufayli, u prokuror qarori asosida yoki TQFni amalga oshiruvchi organ tegishli rahbarining asoslantirilgan qarori asosida, bu haqda 24 soat ichida prokurorni albatta xabardor qilgan holda o’tkaziladi. Ushbu qoidani buzganlik uchun O’zR JKda javobgarlik nazarda tutilgan: kompyuter axborotidan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish (2782- modda), zarar keltiruvchi dasturlarni yaratish, ishlatish yoki tarqatish (2786- modda). Aloqaning texnik kanallaridan axborot olish, qoida tariqasida, quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi: - axborotni qo’lga kiritish uchun aloqa kanallari orqali axborotni uzatish, unga ishlov berish va uni saqlash texnika vositalariga apparat, dasturiy, apparat-dasturiy moslamalarni kiritish; - axborotni ma’lumotlar uzatish tarmoqlarida va ushbu axborotni shifrdan chiqarish aloqa liniyalarida qo’lga kiritish; - himoyalanayotgan axborotni olish maqsadida axborotni himoya qilish tizimining normal ishini izdan chiqaradigan dasturlarni kiritish, axborotni himoya qilish parol-kalitli tizimlariga ta’sir ko’rsatish, kriptografik himoya vositalari va kalitlarini komprometatsiya qilish. Ushbu tadbirning xususiyatlarini hisobga olganda, olinishi lozim bo’lgan axborot elektron-raqamli shaklda bo’ladi. Olingan axborot turli axborot tashuvchilar (lazerli, qattiq disklar va boshq.)ga yoziladi. Tadbir TQFni amalga oshiruvchi organlarning tezkor xodimlari tomonidan miliy xavfsizlik xizmati, ichki ishlar va bojxona organlarining tezkor-texnika kuchlari va vositalaridan foydalangan holda o’tkaziladi. Tadbirga texnika kanallari va tegishli axborot egasi bo’lgan tashkilotlarning xodimlari jalb qilinishi ham mumkin. Axborotni olish natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga olingan axborot yozilgan (o’ramga joylangan va muhrlangan) tegishli tashuvchilar ilova qilinadi. 13. Tezkor kiritish– bu qattiq yashirilayotgan, tezkor diqqatga sazovor bo’lgan axborotni olish, uni hujjatlashtirish, shuningdek muayyan shaxslarga ular turli qarorlarni qabul qilayotganda ta’sir ko’rsatish maqsadida tezkor xodim yoki konfidentni kriminal muhitga yoki organlarni qiziqtiruvchi obyektlarga konspirativ (afsona ostida) kiritishdan iborat bo’lgan TQT. Obyektda kriminogen yoki kriminal vaziyat yoki shaxslar guruhining jinoiy faoliyati belgilari mavjudligi to’g’risida axborot tezkor kiritishuchun asos bo’ladi. Tadbir, odatda, o’ta niqoblangan va yaxshi uyushtirilgan jinoiy faoliyatni tergov harakatlari bilan aniqlashning iloji bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Tashkiliy nuqtai nazardan tezkor kiritish murakkab (ko’p harakatli) tadbir hisoblanadi va boshqa tezkor-qidiruv tadbirlarini o’z ichiga olishi mumkin. Masalan, tezkor kiritishga tayyorgarlik ko’rish jarayonida va obyektdagi tezkor vaziyatni o’rganish maqsadida tezkor kuzatuv, uchinchi shaxslar orqali so’rov o’tkazilishi mumkin. Shaxsni tezkor kiritish amalga oshirilganidan keyin, kerakli axborotni aniqlash va hujjatlashtirish maqsadida, yuzaga kelgan vaziyatga qarab, barcha tezkor-qidiruv tadbirlari o’tkazilishi mumkin. Shuni hisobga olish lozimki, tezkor kiritish uyushgan jinoiy guruhda mavjud shaxslardan maxfiylik asosida foydalanishni emas, balki aynan guruhga tezkor kiritishni o’zida ifodalaydi. Tezkor kiritish tezkor xodim yoki konfident jinoiy faoliyat bilan (jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko’rish qismida yoki tamom bo’lmagan jinoyat ko’rinishida) shug’ullanishini nazarda tutishi (bunga yo’l qo’yishi) tufayli, tegishli harakatlar rasman JKda nazarda tutilgan tegishli jinoyatlarning belgilari bilan mos keladi. Shu sababli tadbirni o’tkazish tegishli organ rahbari tasdiqlagan qaror asosida amalga oshirilishi lozim. Tezkor kiritishda ishtirok etish kiritilayotgan, ayniqsa bu ish bilan professional asosda shug’ullanadigan shaxslar (“alohida vazifalarni bajaruvchi ofitserlar”)dan jinoiy guruhda o’zini tutish qoidalari va xususiyatlarini yaxshi bilishni, turli favqulodda vaziyatlarga har tomonlama tayyorlangan bo’lishni talab qiladi. Uyushgan jinoiy guruhlarga kiritilgan shaxslar to’g’risida ma’lumotlar davlat sirlariga mansub bo’ladi, ular prokurorga taqdim etilmaydi (ularni jinoiy javobgarlikka tortish talab etiladigan hollar bundan mustasno), ularni oshkor qilishga faqat ularning yozma roziligi bilan va qonunda nazarda tutilgan hollarda yo’l qo’yiladi. Tezkor kiritilgan shaxslarning ular sodir etgan jinoyatlar uchun javobgarligi to’g’risidagi masala ochiq qolayotir. Bir tomondan, ularning ishi xususiyatlari jinoiy guruh a’zolari orasida ajralib turmaslik uchun jinoiy harakatlar sodir etishni nazarda tutadi. Shu bilan bir vaqtda, TQF jarayonida jinoiy harakatlarni sodir etish JKda qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar qatoriga kiritilmagan. Kodeksda faqat jinoiy guruhning jinoyatning oldini olish yoki uni fosh qilishga ko’maklashgan (tezkor kiritilmagan, balki unda azaldan harakat qilgan) ishtirokchilarini javobgarlikdan ozod qilish nazarda tutilgan. Tezkor kiritilgan shaxs tomonidan sodir etilgan va og’ir ijtimoiy xavfli oqibatlarga olib kelmagan jinoyatlar (masalan, jinoyatni sodir etishga tayyorgarlik ko’rish yoki tamom bo’lmagan jinoyat) javobgarlikka sabab bo’lmaydi. Tezkor kiritilgan shaxs tomonidan og’ir jinoyat, masalan, odam o’ldirish sodir etilgani esa, jazoni yengillashtiruvchi holatlarni hisobga olgan holda (chunki, JK bo’yicha ularning ro’yxati uzil-kesil hisoblanmaydi), javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi. Tezkor kiritish natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga olingan audio- va videoyozuvlar, fotosuratlar va to’plangan boshqa dalillar ilova qilinadi. 14. Nazorat ostida yetkazib berish– shunday bir tezkor-qidiruv tadbiriki, unda tovarlar (mahsulotlar, predmetlar, moddalar) va transport vositalarini TQFni amalga oshiruvchi organlar nazorati ostida O’zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish yoki ushbu hudud bo’ylab bir joydan boshqa joyga ko’chirish (jo’natish, tashish)ga yo’l qo’yiladi. Nazorat ostida yetkazib berishobyektlari sifatida: - erkin realizatsiya qilish taqiqlangan; - fuqarolik muomalasida bo’lishi taqiqlangan (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ruxsatnomaga ko’ra muomalada bo’lishiga yo’l qo’yiladigan); - jinoyat sodir etish vositalari hisoblanadigan yoki jinoyat izlari mavjud bo’lgan mahsulotlar, predmetlar, moddalar amal qiladi. Tadbirning vazifasi mahsulotning harakatlanish yo’llarini va unga daxldor shaxslarni aniqlash (mahsulotga daxldor bo’lmagan hujjatlar bo’yicha), shuningdek jinoiy faoliyat dalillarini olishdan iborat. Bojxona chegarasi orqali nazorat ostida yetkazib berishTQFni amalga oshiruvchi organlar tomonidan bojxona organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Bunday kelishish tartibi bojxona ishi sohasida vakolatli organ va TQFni amalga oshiruvchi boshqa ijro etuvchi hokimiyat organi o’rtasidagi kelishuv bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasining bojxona huddidan olib chiqiladigan tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishto’g’risida qaror O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida yoki chet el davlatlarining vakolatli organlari bilan ahdlashuvga ko’ra qabul qilingan holda, O’zbekiston Respublikasida jinoyat ishi qo’zg’atilmaydi va tovarlarni nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshirayotgan organ rahbariqabul qilingan qaror to’g’risida darhol O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq prokurorga xabar beradi. Nazorat ostida yetkazib berishTQFni amalga oshiruvchi organning tegishli rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tadbirni o’tkazish rejasi tuziladi va tasdiqlanadi. Agar nazorat ostida yetkazib berishobyektlari sifatida erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki fuqarolik muomalasida bo’lishi cheklangan (ayniqsa, odamlar sog’lig’i, atrof tabiiy muhit uchun oshiqcha xavf tug’diruvchi yoki ommaviy qirg’in qurolini yasash uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi) mahsulotlar, predmetlar, moddalar amal qilayotgan bo’lsa, TQFni amalga oshiruvchi organlar bunday mahsulotlar, predmetlar, moddalarni nooshkora tarzda to’liq yoki qisman olib qo’yishga haqlidir. Nazorat obyektlari chet elga olib chiqilganda bunday harakatlar har bir holda nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshirayotgan organning ushbu tadbirni amalga oshirishda ishtirok etayotgan chet el davlatlari vakolatli organlari bilan ahdlashuvi asosida amalga oshiriladi. Bir joydan boshqa joyga tashilayotgan taqiqlangan mahsulotni to’liq yoki qisman olib qo’yish yoki almashtirish nazorat ostida yetkazib berishni amalga oshirayotgan organ tomonidan tuziladigan komis siya tomonidan amalga oshiriladi va komissiya dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada shu jumladan, mahsulot nomi va miqdori, uni tashish usuli, u saqlanayotgan idish yoki o’ram, mahsulotni olib qo’yish yoki almashtirish usuli, uni keyinchalik saqlash, undan foydalanish yoki uni yo’q qilib tashlash to’g’risida qaror ko’rsatiladi. Nazorat ostida yetkazib berishtezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga dalolatnomalar, texnika vositalarining qo’llanishi to’g’risida hujjatlar va to’plangan boshqa dalillar ilova qilinadi. 15. Niqoblangan operatsiyalar– quyidagi maqsadlarda tadbirlarni nooshkora o’tkazishdan iborat bo’lgan TQT: - jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki jinoyat sodir etgan shaxslarni ushlash; - surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo’yin tovlayotgan shaxslarni qidirish; - o’g’irlangan odamlar, buyumlar, tovarlar va hokazolar turgan joylarni aniqlash; - sodir etilgan jinoyat izlari, qurollari va predmetlarini topish; - TQF va protsessual faoliyat vazifalarini hal etish uchun tezkor diqqatga sazovor bo’lgan boshqa faktlarni aniqlash. Tadbir quruqlikda (yashash joylarida; turli mulk huquqlariga mansub makonlarda; transport vositalarida yo’llar bo’ylab harakatlanish jarayonida va h.k.), suvda (suv inshootlari, kemalarda va h.k.), havoda (havo kemalarida) o’tkaziladi. Niqoblangan operatsiyalar amalga oshiriladi: - oshkora tarzda, tezkor bo’linmalarning xodimlari tomonidan rasmiy tadbirlarni o’tkazish doirasida vakolatli inspekto lar bilan hamkorlikda (masalan, fuqarolar yoki ayrim shaxsning arizasini ichki ishlar organlarining profilaktika inspektori bilan birga tekshirish); Nooshkora tarzda yoki konspiratsiya (afsonalashtirish)choralarini qo’llagan holda: a) bevosita tezkor xodimlar tomonidan; b) tezkor-texnika bo’linmalari xodimlari tomonidan; v) tezkor xodimning topshirig’iga binoan, organlarga maxfiylik asosida ko’maklashayotgan shaxs tomonidan; g) tezkor xodimning topshirig’iga binoan, o’z xizmat vazifalariga ko’ra organlarni qiziqtirgan hududga kirish huquqiga ega bo’lgan tashkilotlarning vakillari (yong’in nazorati va sanepidemnazorat xodimlari, santexniklar, elektriklar va boshq.) tomonidan. Inson va fuqarolarning yashash joyi daxlsizligiga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini cheklash bilan bog’liq TQT faqat prokuror qarori asosida o’tkazilishi mumkin. Qolgan hollarda niqoblangan operatsiyalarbo’linma rahbari tomonidan tasdiqlangan tegishli qaror asosida o’tkaziladi. Ko’rib chiqilayotgan TQTni o’tkazishd paytida, agar hujjatlarning asliyatlari olib qo’yilayotgan bo’lsa, ulardan nusxalar tayyorlanadi va huquqni muhofaza qilish organining tekshiruv yoki taftish o’tkazayotgan mansabdor shaxsi tomonidan tasdiqlanadi va asliyatlar olib qo’yilayotgan shaxsga beriladi. Nusxalarni tayyorlash yoki ularni hujjatlarning asliyatlarini olib qo’yish bilan bir vaqtda berishning iloji bo’lmagan holda, huquqni muhofaza qilish organining tekshiruv yoki taftish o’tkazayotgan mansabdor shaxsi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini hujjatlarning asliyatlari olib qo’yilgan shaxsga beradi va bu haqda olib qo’yish bayonnomasiga tegishli yozuv kiritib qo’yiladi. Operatsiyani o’tkazishda, odatda, fotosuratga olish va videotasvirga tushirish amalga oshiriladi, maxsus vositalar qo’llanilishi mumkin. Operatsiyani o’tkazish jarayonida (masalan, jinoyatchilarni ushlash paytida) huquqni muhofaza qilish organlarining xodimi yoki operatsiyada ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga qarshilik ko’rsatilgan yoki hujum qilingan hollarda ular qurol, maxsus himoya vositalari yoki jismoniy kuch ishlatishlari mumkin. Bu holda operatsiyani o’tkazuvchi shaxslar zaruriy mudofaa chegarasini buzmasliklari muhimdir. Niqoblangan operatsiyalarning natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga (agar mavjud bo’lsa) fotosuratlar va videoyozuvlar, dalolatnomalar, ushlab turish bayonnomalari, texnika vositalarining qo’llanishi to’g’risida hujjatlar, olib qo’yilgan predmetlarning ro’yxatlari, tadbirda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari va arizalari, shuningdek boshqa to’plangan dalillar ilova qilinadi. 16. Tezkor eksperiment– shaxsning g’ayriqonuniy faoliyatini aniqlash va dalillar olish maqsadida uning xatti-harakatlarini sun’iy tarzda yaratilgan sharoitlarda nooshkora kuzatish va hujjatlashtirishdan iborat bo’lgan TQT. Tadbir tayyorlanayotgan jinoyat haqida mavjud axborotni tekshirishni nazarda tutadi va ushbu jinoyatning modeli hisoblanadi. Tezkor ekspe riment, masalan, qonun hujjatlarini surunkali ravishda buzishni aniqlash, pora olish yoki berish paytida jinoyat ustida ushlash, killerni yollayotgan shaxsni fosh etish maqsadida, oshkora yoki nooshkora usullar bilan o’tkaziladi. Tadbirni o’tkazish jarayonida sodir etilayotgan jinoyat sharoitlari to’liq gavdalantiriladi, biroq bunda barcha harakatlar tezkor xodimlar nazorati ostida bajarilishi va qayd etilishi hisobga olinadi. Tekshiriluvchiga jismoniy yoki boshqa biron-bir ta’sir o’tkazish taqiqlanadi, barcha harakatlarni u mustaqil bajarishi lozim. Eksperiment o’tkazishda provo katsiya qilish (ya’ni, tadbirni tezkor xodimlar tashabbusi bilan ularda tekshiriluvchining jinoiy faoliyati to’g’risida axborot bo’lmagan holda o’tkazish) taqiqlanadi. Tezkor eksperiment o’tkazishga faqat og’ir jinoyatni aniqlash, uning oldini olish va uni fosh etish maqsadida, shuningdek bunday jinoyatlarni tayyorlovchi, sodir etuvchi yoki sodir etgan shaxslarni aniqlash maqsadida yo’l qo’yiladi. Tadbir ham muayyan shaxslarni fosh qilish uchun, ham noma’lum shaxslarni aniqlash uchun o’tkazilishi mumkin (masalan, omborlarga va moddiy boyliklar saqlanadigan boshqa joylarga kimyoviy qopqonlarqo’yish, shuningdek tegishli hududga kirgan shaxslarni keyinchalik ularning kiyimi va terisida kimyoviy izlar mavjudligiga tekshirish). Tezkor eksperiment TQFni amalga oshiruvchi organning tegishli rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida o’tkaziladi. Bundan tashqari, tadbirni o’tkazish rejasi tuziladi va tasdiqlanadi hamda unda tadbirni o’tkazish uchun asoslar ko’rsatiladi, uni o’tkazish tartibi xronologik tartibda bayon etiladi, tadbir o’tkaziladigan joy, foydalaniladigan kuchlar, vositalar va hokazolar belgilanadi. Tezkor eksperimentni o’tkazish paytida qayd etuvchi audio-, videoyozuv apparaturasidan yashirincha foydalaniladi. Tezkor eksperiment natijalari tezkor xodim tomonidan tuziladigan bildirgi yoki ma’lumotnomada aks ettiriladi va ularga dalolatnomalar (masalan, qopqonlar qo’yish to’g’risida), texnika vositalarining qo’llanishi to’g’risida hujjatlar ilova qilinadi. Tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazish uchun quyidagilar asos bo’ladi (TQF to’g’risidagi qonunning 15-moddasi): - jinoyat ishining mavjudligi; - surishtiruv, tergov organlarining yozma topshirig’i, prokurorning ko’rsatmasi va topshirig’i; - agar jinoyat ishi qo’zg’atish uchun yetarli asoslar bo’lmasa, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga jinoyatlarni tayyorlash, sodir etish alomatlari to’g’risida, shuningdek jinoyatlarni tayyorlashga yoki sodir etishga daxldor shaxslar haqida ayon bo’lib qolgan ma’lumotlar; - shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik) haqidagi axborotning mavjudligi; - tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazodan bo’yin tovlayotgan shaxslar, bedarak yo’qolgan shaxslar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa shaxslar to’g’risida, shuningdek topilgan tanib olinmagan murdalar haqida ayon bo’lib qolgan ma’lumotlar; - O’zbekiston Respublikasining jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqiy yordam ko’rsatish sohasidagi hamkorlik masalalari bo’yicha xalqaro shartnomalari asosida kelib tushgan so’rovlar; - tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa organlarning so’rovlari. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, o’z vakolatlari doirasida, quyidagi qarorlarni qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni to’plashga haqli: - davlat sirlarini yoki qonun bilan qo’riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlardan foydalanish yoxud o’ta muhim va toifalangan obyektlarni ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq ishlarga ruxsat berish to’g’risida; - tezkor-qidiruv faoliyatida ishtirok etishga ruxsat berish yoki ushbu faoliyatni amalga oshirish natijasida olingan materiallardan foydalanishga ruxsat berish to’g’risida; - tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko’maklashayotgan shaxslar bilan hamkorlik o’rnatish to’g’risida yoki bunday hamkorlikni qo’llab-quvvatlash haqida. Bundan tashqari, TQFni amalga oshiruvchi organlar o’z vakolatlari doirasida quyidagi qarorlarni qabul qilish uchun zarur ma’lumotlarni to’plashga ham haqli: - TQFni amalga oshiruvchi organlar xavfsizligini ta’minlash to’g’risida; - TQFni amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarni himoya qilish to’g’risida. TQFni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari uning vazifalarini TQTni tashkil etish va o’tkazishda shaxsan ishtirok etish orqali, mansabdor shaxslar hamda ilmiy, texnikaviy va boshqa maxsus bilimlarga ega bo’lgan mutaxassislar, shuningdek fuqarolar yordamidan ularning roziligi bilan oshkora va nooshkora asosida foydalangan holda hal qiladilar. TQTni o’tkazish umumiy shartlari TQF to’g’risidagi qonunda (16- modda) belgilangan. Agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, ayrim shaxslarning fuqaroligi, millati, jinsi, yashash joyi, mulkiy, mansab va ijtimoiy mavqei, jamoat birlashmalariga mansubligi, dinga munosabati va siyosiy e’tiqodlari O’zbekiston Respublikasi hududida ularga nisbatan TQT o’tkazilishiga monelik qilmaydi. Inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan TQT, xususan yozishmalar, telefon orqali so’zlashuvlar va boshqa so’zlashuvlar, pochta jo’natmalari, telegraf xabarlari hamda aloqa tarmoqlari orqali uzatiladigan boshqa xabarlar sir saqlanishi huquqlarini, shuningdek uy-joy daxlsizligi huquqini cheklovchi tezkor-qidiruv tadbirlari o’tkazilishiga prokuror sanksiyasi asosida (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 1-qismi) va, qoida tariqasida, quyidagilar to’g’risida axborot mavjud bo’lgan holda yo’l qo’yiladi: - tayyorlanayotgan, sodir etilayotgan yoki sodir etilgan jinoyat belgilari; - jinoyatlarni tayyorlayotgan, sodir etayotgan yoki sodir etgan shaxslar; - shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligi (O’zbekiston Respublikasining davlat, harbiy, iqtisodiy yoki ekologi k xavfsizligi) ga tahdid solayotgan shaxslar, hodisalar, harakatlar (harakatsizlik). Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda, yuqorida ko’rsatib o’tilgan, inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishga tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbarining asoslantirilgan qarori asosida yo’l qo’yiladi, prokuror bu haqda yigirma to’rt soat ichida albatta xabardor qilinadi (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 2- qismi). Yuqorida ko’rsatib o’tilgan, inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini cheklaydigan, uzoq davom etadigan tezkor-qidiruv tadbiri o’tka-zilgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ bunday tadbirni o’tkazish haqida tadbir boshlangan paytdan e’tiboran yigirma to’rt soat ichida prokurorning sanksiyasini olishi yoxud tadbir o’tkazishni tugatishi shart (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 3-qismi). Fuqarolarning hayotiga, sog’lig’iga, yuridik va jismoniy shaxslarning mol- mulkiga tahdid yuzaga kelgan taqdirda, ularning telefonlari va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitishga mazkur shaxslarning arizasiga yoki yozma roziligiga ko’ra, qonun hujjatlariga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tasdiqlagan qaror asosida ruxsat etiladi, prokuror bu haqda yigirma to’rt soat ichida albatta xabardor qilinadi (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 4-qismi). Tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish, tezkor kuzatuv, tezkor kiritish, O’zbekiston Respublikasining ichkarisida amalga oshiriladigan nazorat ostida yetkazib berish, niqoblangan operatsiyalar, tezkor eksperiment tezkor- qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror asosida o’tkaziladi. Tekshirish uchun xarid qilish, nazorat ostida olish va nazorat ostida yetkazib berish prokuror bilan albatta kelishilgan holda amalga oshiriladi (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 5-qismi). O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali predmetlarni olib o’tishga (olib kirish, olib chiqish, tranzit) yo’l qo’yiladigan nazorat ostida yetkazib berish bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda va O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi (TQF to’g’risidagi qonun 16-moddasining 6-qismi). Turar joylarni va boshqa joylarni, binolar, inshootlarni, joyning uchastkalarini, transport vositalarini tekshirish, tezkor kuzatuv, aloqaning texnik kanallaridan axborot olish, axborot olishning boshqa texnik vositalarini qo’llash hamda pochta jo’natmalarini, telegraf xabarlarini va boshqa xabarlarni nazorat qilish, telefonlar va boshqa so’zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so’zlashuvlarni eshitish, agar shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlash uchun haqiqiy ma’lumotlarni boshqa yo’l bilan olish imkoni bo’lmasa, istisno choralar sifatida amalga oshiriladi. Tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishning o’ziga xos xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi. 6. Qidiruv tadbirlarini o’tkazish 1. Bedarak yo’qolgan shaxslarni qidirish Bedarak yo’qolgan shaxslarni qidirish borasidagi faoliyatni tashkil etish masalalari O’zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va O’zbekiston Respublikasi IIVning fuqarolar nom-nishonsiz g’oyib bo’lishi bilan bog’liq odam o’ldirishlarni fosh etish va bedarak yo’qolgan shaxslarni qidirish borasidagi faoliyatini takomillashtirishga, shuningdek ichki ishlar organlari qidiruv ishining samarali taktikasi va uni tashkil etishga qaratilgan qo’shma normativ-huquqiy hujjati bilan tartibga solinadi. Bedarak yo’qolgan deb e’lon qilingan shaxsni qidirish bo’yicha TQTni o’tkazish uning oxirgi yashash yoki bo’lish joyi bo’yicha amalga oshiriladi. Shaxs bedarak yo’qolgani to’g’risida ariza (xabar) olingan holda, darhol quyidagi xususiyatga ega bo’lgan qidiruv va tezkor-qidiruv tadbirlari tashkil etiladi: - bedarak yo’qolgan shaxsning yaqinlari va hamkasblari bilan so’rov o’tkazish; - bedarak yo’qolgan shaxsning kvartirasini, u oxirgi marta bo’lgan joy (xizmat xonasi)ni, uning avtomashinasini mutaxassis (eksper t-kriminalist, biolog) ishtirokida ko’zdan kechirish, bunda topilgan barmoq izlari, tuklar, odorologik tekshirish uchun obyektlarni va bedarak yo’qolganni qidirish va shaxsining aynanligini aniqlash uchun ahamiyatga ega bo’lgan boshqa predmetlarni olib qo’yish va qayd etish; - jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to’g’risidagi tezkor hisob yuritish ma’lumotlarini tekshirish (agar unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish tanlangan va bu bundan uning yaqinlari bexabar bo’lsa); - bedarak yo’qolgan shaxs to’g’risida axborotni (anketa ma’lumotlarini ko’rsatgan holda), shuningdek uning fotosuratini (shaxsiy belgilari va g’oyib bo’lgan vaqtni ko’rsatgan holda) ichki ishlar organidagi maxsus stendga joylashtirish; - ommaviy axborot vositalari – matbuot, radio, televideniye va hokazolardan foydalanish. Fuqarolar ichki ishlar organlariga murojaat etganda bunday arizalar darhol qabul qilinadi va hodisalar hisobini yuritish kitoblarida ro’yxatga olinadi. Bedarak yo’qolganning fotosurati yo’qligi, bedarak yo’qolganidan beri oradan uncha ko’p vaqt o’tmagani, shaxs boshqa ichki ishlar organi xizmat ko’rsatadigan hududda yo’qolgani qidiruv to’g’risidagi arizani qabul qilishni rad etish uchun asos bo’la olmaydi. Surishtiruv va tezkor-qidiruv organlari eng avvalo bedarak yo’qolgan shaxsning o’ldirilganidan darak beruvchi holatlar bor-yo’qligini tekshiradi. Agar qidiriluvchi zo’rlik ishlatib o’ldirilganidan darak beruvchi biron-bir fakt aniqlangan bo’lsa, darhol jinoyat ishi qo’zg’atiladi. Qidiriluvchi jinoyatdan jabrlangan deb taxmin qilish uchun asos beradigan belgilar: - shaxsda biror joyga ketish niyati haqida ma’lumotlar va o’zining ketishi, turar joyini o’zgartirishini o’z yaqinlaridan yashirish uchun sabablar yo’qligi; - bevaqt vafot etish, xotirasini, vaqtda va makonda mo’ljal olish qobiliyatini yo’qotishini belgilashi mumkin bo’lgan kasallik yo’qligi; - bedarak yo’qolganning yashash yoki ish joyida u biror joyga uzoq muddatga ketgan taqdirda o’zi bilan olib ketishi lozim bo’lgan shaxsiy hujjatlar, buyumlar (kiyim) va pul mablag’larining mavjudligi; - bedarak yo’qolgan shaxsda jinoyatchilar e’tiborini tortishi mumkin bo’lgan pul mablag’lari yoki boshqa boyliklar mavjudligi; - oilada uzoq muddatli yoki keskin konfliktlar mavjudligi; - bola (14 yoshgacha) yoki voyaga yetmagan shaxs (18 yoshgacha) nom- nishonsiz yo’qolgani; - bedarak yo’qolgan shaxsning jinoiy aloqalari, uning sha’niga tahdidlar, u yo’qolishidan oldin u bilan aloqa qilgan shaxslarning ziddiyatli tushuntirishlari va shubhali xatti-harakatlari mavjudligi; - yashash joyida, avtomashina salonida, ish xonasida yoki boshqa joyda jinoyat sodir etilgan bo’lishi mumkinligidan darak beruvchi izlar topilgani; - so’ralgan shaxslardan jinoyat sodir etilgan bo’lishi mumkinligi to’g’risida tushuntirishlar olingani; - bedarak yo’qolgan shaxsning yaqinlari bu haqda huquqni muhofaza qilish organlariga xabar qilmagani yoki kech xabar qilgani; - bedarak yo’qolgan shaxs yashagan (vaqtinchalik turgan) kvartira yoki u qaysi xonadan yo’qolgan bo’lsa, shu xona qo’qqisdan ta’mirlangani; - bedarak yo’qolganning oila a’zolari va (yoki) boshqa shaxslar faqat yo’qolgan shaxs qaytib kelmasligiga ishonch mavjud bo’lgan holdagina hal qilinishi mumkin bo’lgan turli masalalarni shoshilinch hal qilgani (uning jamg’armalarini o’z foydasiga qaratgani, yo’qolganning mol-mulkini o’z nomiga qayta rasmiylashtirgani, boshqa shaxs bilan jazmanlik qila boshlagani va sh.k.); - avtotransport bilan birga yo’qolganlik; - mulkni (shu jumladan, ko’chmas mulkni) sotish, turar joy maydonini ayirboshlash bilan bog’liq bedarak yo’qolish; - ovloq joy bo’ylab (ayniqsa kechqurun yoki tunda) ketgan voyaga yetmagan shaxslar, shuningdek ayollarning yo’qolishi. Homilador ayolning dom-daraksiz ketgani; - huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining yo’qolishi. Keltirilgan ro’yxat uzil-kesil emas, u amaliy faoliyat jarayonida yoki mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda boshqa omillar bilan to’ldirilishi mumkin. Yo’qolgan shaxsning taqdiri yoki turgan joyi to’g’risida ma’lumotlar 10 kundan ortiq muddat davomida olinmagani va yuqorida sanab chiqilgan belgilardan birining mavjudligi jinoyat ishini qo’zg’atish uchun asos hisoblanadi. Jinoyat ishi qo’zg’atilgan holda bedarak yo’qolgan shaxs to’g’risidagi ariza bo’yicha materiallardan belgilangan muddat ichida tezkor-qidiruv ishi yuritiladi. Bunda qidiruv xodimlari tomonidan tanib olish kartalarining tegishli rekvizitlarini to’ldirish, qidirilayotgan shaxs to’g’risida ma’lumotlarni tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi va uning hududiy bo’linmalari axborotnomasiga yuborish, qidiruv e’lon qilish amalga oshiriladi. Shaxs bedarak yo’qolgani fakti bo’yicha qo’zg’atilgan jinoyat ishini tergov qilish jarayonida bedarak yo’qolgan jinoyatdan jabrlanmaganini tasdiqlovchi ishonchli dalillar olingan hollarda jinoyat ishi tugatilishi lozim. Qidiruvni davom ettirish uchun asoslar mavjud bo’lgan holda esa jinoyat ishi tugatilmaydi va qidiruv davom ettiriladi. Ko’rib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatga muvofiq, bedarak yo’qolgan shaxsga nisbatan tezkor-qidiruv ishi qidiruv e’lon qilingan vaqtdan boshlab, oradan 15 yil o’tgan, ushbu fakt bo’yicha jinoyat ishi qo’zg’atilmagan bo’lsa tugatilishi mumkin. Oradan besh yil vaqt o’tgach, agar bedarak yo’qolganni topish uchun barcha imkoniyatlar ishga solingandan keyin ham u topilmagan bo’lsa, tezkor-qidiruv ishi ichki ishlar organi rahbari tomonidan to’xtatib turilishi mumkin. 2. Tanib olinmagan murdalar bo’yicha fuqarolarning shaxsini aniqlash Tanib olinmagan murda topilgani to’g’risida axborot olingan holda arizalar va xabarlar hisobini yuritish kitobiga tegishli yozuv kiritib qo’yiladi. Shundan keyin murda topilgan joyga tergovchi va tezkor guruh to’liq tarkibda ko’zdan kechirish, fuqarolar bilan so’rov o’tkazish va barcha identifikatsion belgilarni yig’ish uchun chiqadi. Hodisa sodir bo’lgan joy va tanib olinmagan murdani ko’zdan kechirish sud-tibbiyot ekspertlari va ekspert-kriminalistlar albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi. Ko’zdan kechirish, qoida tariqasida, murdani tozalash amalga oshirilishidan oldin va keyin videotasvirga tushirish, fotosuratga olish yordamida amalga oshiriladi. Murdaning qo’l va barmoq izlari ko’chirib olinadi (keyinchalik avtomatlashtirilgan daktiloskopik axborot tizimi bo’yicha qidirishni amalga oshirish maqsadida); murdada va uning yaqinida topilgan kiyim, poyafzal, predmetlar va boshqa buyumlar olib qo’yiladi; murdaning qiyofasi va alohida (uning shaxsini aniqlash imkonini beradigan) belgilarini, uning egnidagi kiyimni, murda hodisalari holatini, tan jarohatlari xususiyati va o’rnini, atrofdagi vaziyatni tavsiflash amalga oshiriladi. Agar murdani u topilgan joyda ko’zdan kechirish mumkin bo’lmasa, sud- tibbiyot morgida ko’zdan kechirish seksion tekshiruv boshlangunga qadar o’tkaziladi. Murdalarni sud-tibbiyot morglariga yuborayotganda ekspertga savollar (og’zaki portret uslubi bo’yicha tashqi ko’rinishi tavsifi, zaruriy namunalarni tekshirish uchun yig’ish va boshq.) nazarda tutiladi. Murdani morgda tekshirish paytida uni batafsil tavsiflash amalga oshiriladi; nips niqob va nusxalar tayyorlanadi; rentgenga tushirish amalga oshiriladi; murdaning alohida xususiyatlarini tavsiflash va fotosuratga tushirish amalga oshiriladi, uning yoshi va tanasining uzunligi, tovoni, bosh aylanasining o’lchamlari aniqlanadi. Dastlabki qidiruv tadbirlari o’tkazilganidan keyin murdaning shaxsini aniqlash bo’yicha ish yuritish to’g’risida qaror qabul qilinadi. Tanib olinmagan murda topilgani to’g’risida axborot O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markaziga yuboriladi. Ushbu markazda butun O’zbekiston hududida topilgan tanib olinmagan murdalar to’g’risida axborot jamlanadi. Shuningdek murdani O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi hisoblari, davolash muassasalari hisoblari va hokazolar bo’yicha tekshirish amalga oshiriladi. Murda identifikatsiya qilingan holda, tegishli organ bu haqda uning qarindoshlariga xabar qiladi va shaxsni aniqlash bo’yicha ish tugatiladi. Shuningdek ish murdaning shaxsi besh yil davomida aniqlanmagan holda tugatiladi. Ish tugatilganidan keyin O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi shaxsni hisobdan chiqaradi. TQF to’g’risidagi qonunning 17-moddasiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning: - fuqarolar hayotini, sog’lig’ini, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda qonuniy manfaatlarini xavf ostiga qo’yadigan, shuningdek inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan harakatlar (harakatsizlik) sodir etishi; - fuqarolarni huquqbuzarliklar sodir etishga og’dirishi va undashi; - zo’ravonlik, tahdid, qo’rqitish hamda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini cheklovchi boshqa g’ayriqonuniy usullardan foydalanishi; - TQF to’g’risidagi qonunda nazarda tutilmagan tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishi; - tezkor-qidiruv materiallarini soxtalashtirishi, shuningdek bila turib noto’g’ri ma’lumotlardan foydalanishi; - biron-bir yuridik shaxsning, shu jumladan siyosiy partiyaning, diniy tashkilotning yoki boshqa nodavlat notijorat tashkilotining, shuningdek jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko’zlab tezkor-qidiruv tadbirlari o’tkazishi; - deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar o’z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun tezkor-qidiruvga mo’ljallangan axborot tizimlarini yaratishga va ulardan foydalanishga haqli. Qamrab olinadigan hududga qarab axborot tizimlari tegishli organlar tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi: Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida – IIV (IIBB, IIB) axborot markazlari, ijro etuvchi hokimiyat davlat orga nlari o’z vakolatlari doirasida; O’zbekiston Respublikasida – O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi, ijro etuvchi hokimiyat davlat orga nlari o’z vakolatlari doirasida (statistika axboroti bazalari, bojxona ma’lumotlar bazalari, terrorchilar, narkotijoratchilar va hokazolar bo’yicha ma’lumotlar bazalari). MDH a’zosi bo’lgan davlatlar miqyosida Davlatlararo axborot banki yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi IIV rahbariyatini, O’zbekiston Respublikasi IIV tizimi bo’linmalarini, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarini, boshqa davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlarini jinoyatchilikning holati va O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining tezkor-xizmat faoliyati natijalari to’g’risida statistik axborot, shuningdek tezkor-ma’lumot, qidiruv, kriminalistik, arxiv, ilmiy-texnika va boshqa axborot bilan ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazi faoliyat ko’rsatadi. Quyidagilar O’zbekiston Respublikasi IIV Axborot markazining asosiy vazifalari hisoblanadi: a) ichki ishlar organlarida quyidagilarning yagona tizimini shakllantirish: - statistika, tezkor-ma’lumot, qidiruv, kriminalistik hisoblar; - markazlashtirilgan hisoblar avtomatlashtirilgan ma’lumotlar banklari; - tex nik-iqtisodiy va ijtimoiy axborot umumdavlat va sohaviy klassifikatorlari; b) davlat birlashtirilgan tezkor-qidiruv axboroti avtomatizatsiya qilingan bankini shakllantirish va yuritish. Misol tariqasida quyidagi axborot tizimlari (ma’lumotlar bazalari)ni keltirish mumkin: “Markaz” (gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar va hukm qilingan shaxslar hisobi); “Tanib olish” (bedarak yo’qolgan shaxslar, tanib olinmagan murdalar, sog’lig’ining holati yoki yoshiga ko’ra o’z shaxsiy haqida ma’lumot berishga qodir bo’lmagan shaxslar hisobi); “Xabardor qilish” (davlat, davlatlararo qidiruv e’lon qilingan shaxslar hisobi); “Qurol” (yo’qolgan va aniqlangan kesma o’qotar qurol va boshqa qurollar hisobi); “Avtoqidiruv” (qidirilayotgan trans port vositalari hisobi); “Antikvariat” (alohida tarixiy, ilmiy, badiiy yoki madaniy qimmatga ega bo’lgan o’g’irlangan predmetlar hisobi); “Kriminal-I” (O’zbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar tomonidan, shuningdek ularga nisbatan sodir etilgan huquqbuzarliklar va jinoyatlar hisobi (“Ma’muriy amaliyot”, “Jinoyat”, “Yo’l- transport hodisasi”, “Qidiruv”, “Jazo” kichik tizimlari) va h.k. TQFni amalga oshirish jarayonida ayrim tashkilotlar va hokimiyat organlari tomonidan yaratilgan axborot tizimlaridan foydalaniladi. TQTni o’tkazish jarayonida axborot tizimlari, video- va audioyozuv, kino- va foto uratga olish, shuningdek odamlar hayoti va sog’lig’iga zarar yetkazmaydigan hamda atrof muhitga ziyon yetishiga olib kelmaydigan boshqa texnik va o’zga vositalardan foydalaniladi. TQF to’g’risidagi qonun bilan vakolat berilmagan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan TQT o’tkazish hamda nooshkora axborot olish uchun mo’ljallangan (ishlab chiqilgan, moslashtirilgan, dasturlashtirilgan) maxsus va boshqa texnika vositalaridan foydalanish taqiqlanadi. Xulosa Fuqaro Safarov I.M. Toshkent shahar Mirobod tumani IIB bo’limiga o’ziga nisbatan sodir etilgan o’g’rilik jinoyati to’g’risida ariza bilan murojaat qildi. Jabrlanuvchi o’z arizasida uyida 5000 AQSH dollori bo’lganini aytgan. Biroq, uyida bo’lgan marakadan so’ng uni kimdir turgan joyidan olib chiqib ketganini aytgan. Hodisa joyi ko’zdan kechirilganda o’g’rilik sodir etilgan joydan 27 ta barmoq izlari olingan. Biroq, ular ichida Toshkent shahriga qovun sotish va GAZ- 3110 avtomashina olish niyatida kelganini bayon qilgan. U Qo’yliq dehkon bozorida Toxir ismli shaxs bilan tanishib, unga o’zining maqsadi haqida aytadi. Toxir ismli shaxs jabrlanuvchi Safarov I.M.ga o’zini “Jasur-avto” transport firmasi ta’minot bo’limida boshqaruvchi bo’lib ishlayotgani hamda firma balansida turgan avtomashinalar hisobdan chiqarilayotgani haqida aytadi. Unga o’zining uy telefon raqamini qoldirib, uch kundan so’ng telefon qilishini tayinlaydi. Biroq, jabrlanuvchi belgilangan kunda telefon qilganida telefonni hech kim ko’tarmaganini aytdi. Keyingi kuni Toxir ismli shaxs bozorga kelib Safarovga tezlik bilan mashina uchun pul to’lash lozimligini aytadi. Safarovning aytishicha unga berilgan hujjatda umumiy 3   650   000 so’m miqdoridagi summa ko’rsatilgan. Safarov mazkur pullarni olib u bilan “Jasur-avto” transport firmasiga keladi. Toxir jabrlanuvchi Safarov I.M.ga davlat raqami yechilgan mashinani ko’rsatib, uning qo’liga kalitini beradi hamda undan pullarni kassaga to’lash uchun oladi. Keyingi ish kunida avtomashinani uning nomiga rasmiylashtirish haqida og’zaki kelishishadi. Jabrlanuvchi mashina oldida qoladi. Biroq, Toxir mashinani rasmiylashtirib berish uchun qaytib kelmaydi. Unga berilgan telefon raqami esa o’ylab topilgani aniqlanadi.. Habar berilgan ma’lumotni tahlil qiling. Mavzkur holatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan tezkor-qidiruv tadbirlarini aniqlang va ularni tashkil etish va o’tkazish tartibini belgilang. Toshkent shahrida 5 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo’lib, ushbu jinoyatlar bir-biriga o’zining sodir etish usuli, joyi, shart-sharoiti va jismoniy va jinsiy zo’rlik ishlatish harakteri bilan o’xshash hisoblanadi. Barcha jinoyat ishlari birlashtirildi. Jinoyatchi o’z qurbonlarini faqat o’tkir sanchilib kesuvchi jism bilan (pichoq, hanjar) bilan o’ldirgani aniqlangan. Olib borilgan keng qamrovli tadbirlarga qaramay, tajribali va tutqich bermaydigan jinoyatchi doimo hodisa joyidan yashirinishga ulguradi. Bir qurbonlar tanasida 5 yulduz shaklidagi belgi qolgani aniqlandi. Habar qilingan axborotni tahlil qiling. Kriminalistik va tezkor ro’yxatgan olishning turi va bazalarini aniqlang. Mazkur holatda ulardan qay biridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Tezkor tekshiruvni amalga oshirishga aloqador shaxslar doirasini aniqlang. Mavzkur holatda amalga oshirilishi lozim bo’lgan tezkor-qidiruv tadbirlarini aniqlang va ularni tashkil etish va o’tkazish tartibini belgilang. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: «Uzbekistan», 2012. 2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – T.: Adolat, 2010. 3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2010. 4. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi. – T.: Adolat, 2013. 5. Operativno-rozisknaya deyatelnost: Uchebnik /Pod red. K.K. Goryai- nova, V.S. Ovchinskogo, A.Y. Shumilova. – M.: INFRA-M, 2001. 6. Pulatov Y.S. Operativno-rozisknoye kak otrasl yurispruden- sii i yeye svyaz s drugimi naukami //Xuquq-Pravo-Law. – Toshkent, 1999. - № 2. 7.Saitbayev T.R. O sozdanii apparatov ugolovnogo roziska Respubliki 8.Uzbekistan (1917-1920 godi) //Nezavisimost i problemi formirovaniya demokraticheskogo pravovogo gosudarstva i grajdanskogo obshestva v 9.Respublike Uzbekistan. – T.: Akademiya MVD Respubliki Uzbekistan, 1996.