logo

Tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari va ularning oila a’zolarining, shuningdek tqfni amalga oshirishga ko’maklashgan shaxslarni ijtimoiy-huquqiy himoyasi

Yuklangan vaqt:

27.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

40.666015625 KB
Tezkor-qidiruv faoliyati xodimlari va ularning oila a’zolarining, shuningdek tqfni amalga oshirishga ko’maklashgan shaxslarni ijtimoiy-huquqiy himoyasi Reja: 1. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini himoya qilish 2. Himoya qilinayotgan shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarining qo’llanishi 3. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish 4. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarni, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish 1 . Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini himoya qilish TQF to’g’risidagi qonun 22-moddasining 1-qismiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning xodimlari davlat himoyasida bo’ladi. Shuni qayd etib o’tish lozimki, O’zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurash olib boruvchi shaxslarni davlat tomonidan keng ko’lamli himoya qilishni ta’minlaydigan qonun hujjati hali qabul qilingani yo’q. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarni davlat tomonidan himoya qilish to’g’risidagi qonun loyihasi, shuningdek bunday himoya dasturi qonunchilik organlari tomonidan ko’rib chiqilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, O’zR JPK 270-moddasi (“Jinoyat protsessi ishtirokchilarining xavfsizligini ta’minlash”)ning 1-qismiga muvofiq, jabrlanuvchi, guvoh yoki ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga, shuningdek ularning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlariga o’ldirish, kuch ishlatish, mol-mulkini yo’q qilib tashlash yoxud mol-mulkiga shikast yetkazish bilan yoki o’zga g’ayrihuquqiy xatti-harakatlar bilan tahdid qilinayotir deyish uchun yetarli ma’lumotlar mavjud bo’lgan taqdirda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud bu shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr-qimmati va mol-mulkini muhofaza qilish, shuningdek aybdorlarni aniqlash hamda ularni javobgarlikka tortish choralarini ko’rishlari shart. Bunday vaziyatlarda surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud ichki ishlar organlariga ishda ishtirok etayotgan shaxslarning hayoti, salomatligi, sha’ni, qadr- qimmati va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlovchi barcha zarur choralarni ko’rish xususida yozma ravishda topshiriq berishga haqlidir (O’zR JPK 270- moddasining 2-qismi). Bunda ichki ishlar organi xavf tahdid solayotgan shaxslarga doir jinoyat ishidagi mavjud ma’lumotlardan, bu xavfning ehtimol tutilgan xususiyati, manbalari, joyi, vaqti va boshqa holatlaridan xabardor etilishi lozim (O’zR JPK 270-moddasining 3-qismi). Shunday qilib, jinoyat protsessi ishtirokchilari, huquqni muhofaza qilish organlarining shaxsiy xavfsizligiga tajovuz qilinishi mumkin bo’lgan vazifalarni bajaruvchi xodimlari, TQFni amalga oshiruvchi xodimlarning xavfsizligini ta’minlash, shuningdek odil sudlovni amalga oshirish, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, O’zbekiston Respublikasida ko’rsatilgan shaxslar va ularning yaqinlari hayoti, sog’lig’i va mol-mulkini himoya qilish qonunchilik va normativ- huquqiy chora-tadbirlari tizimi mavjud. Davlat tomonidan himoya qilish choralarining turlari. Himoya qilinayotgan shaxslarga quyidagilar ta’minlanadi: - ko’rsatilgan shaxslarning hayoti va sog’lig’ini himoya qilish, shuningdek ularning mol-mulki saqlanishini ta’minlash maqsadida vakolatli davlat organlari tomonidan xavfsizlik choralarini ko’rish; - shu jumladan ularning hayoti, sog’lig’i va mol-mulkiga tajovuz qilganlik uchun kuchaytirilgan jinoiy javobgarlikni nazarda tutadigan huquqiy himoya choralarini qo’llash; - ular o’z xizmat faoliyatini bajarishi munosabati bilan halok bo’lgan (vafot etgan), ularga tan jarohatlari yetkazilgan, ularning mol-mulki nobud qilingan yoki unga shikast yetkazilgan holda ko’rilgan zararning qoplanishiga bo’lgan huquqni amalga oshirishni nazarda tutadigan ijtimoiy himoya choralarini qo’llash. Xavfsizlik choralarining turlari. Himoya qilinayotgan shaxslarning hayoti va sog’lig’i himoya qilinishini hamda ularning mol-mulki saqlanishini ta’minlash uchun xavfsizlikni ta’minlovchi organlar tomonidan muayyan vaziyatni hisobga olgan holda quyidagi xavfsizlik choralari qo’llanishi mumkin: - shaxsiy qo’riqlash, turar joyi va mol-mulkini qo’riqlash; - qurol, individu al himoya va xavf haqida xabar qilish maxsus vositalarini berish; - xavfsiz yerga vaqtinchalik joylashtirish; - himoya qilinayotgan shaxslar to’g’risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash; - boshqa ishga (xizmatga) o’tkazish, ish (xizmat) yoki o’qish joyini o’zgartirish; - boshqa yashash joyiga ko’chirish; - hujjatlarini almashtirish, qiyofasini o’zgartirish. Nazarda tutilgan xavfsizlik choralarini amalga oshirish maqsadida, TQFda belgilangan tartibda TQT o’tkazilishi mumkin. Xavfsizlikni ta’minlovchi organlar. Ichki ishlar, MXX, bojxona organlari, jinoyat-ijroiya tizimi muassasalari va organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek ularning oida a’zolari va yaqinlariga nisbatan xavfsizlik choralarini qo’llash va amalga oshirish ushbu organlar zimmasiga yuklatiladi. Ichki ishlar va MXX organlarida himoya qilinayotgan shaxslarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq maxsus bo’linmalar belgilangan tartibda tuziladi. 2. Himoya qilinayotgan shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarining qo’llanishi Xavfsizlik choralarini qo’llash uchun vajlar va asoslar. Himoya qilinayotgan shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarini qo’llash uchun vajlar: - ushbu shaxsning arizasi; - sud raisining yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat organi rahbarining, shuningdek jinoyat-ijroiya tizimi muassasasi yoki organi boshlig’ining murojaati; - xavfsizlikni ta’minlovchi organ ushbu shaxsning xavfsizligiga tahdid mavjudligi to’g’risida tezkor va boshqa axborot olgani. Himoya qilinayotgan shaxsning xavfsizligiga tahdid amalda mavjudligidan darak beruvchi yetarli ma’lumotlar borligi xavfsizlik choralarini qo’llash uchun asos bo’ladi. Xavfsizlik choralarini qo’llash to’g’risida qaror. Xavfsizlikni ta’minlovchi organ himoya qilinayotgan shaxsning xavfsizligiga tahdid mavjudligi to’g’risida ariza (murojaat, axborot)ni olgach, belgilangan muddat ichida ushbu shaxsga nisbatan xavfsizlik choralarini qo’llash yoki qo’llashni rad etish to’g’risida qaror qabul qilishi shart. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda xavfsizlik choralari darhol qo’llaniladi. Xavfsizlik choralarini qo’llashga qaror qilingan holda, xavfsizlikni ta’minlovchi organ tomonidan aniq xavfsizlik choralari va ularni amalga oshirish muddatlari ko’rsatilgan holda asoslantirilgan qaror chiqariladi va bu haqda himoya qilinayotgan shaxsga va unga nisbatan xavfsizlik choralarini qo’llash haqida iltimos bilan murojaat etgan sud raisi (tegishli huquqni muhofaza qiluvchi yoki nazorat organi rahbari, jinoyat-ijroiya tizimi muassasasi yoki organi boshlig’i)ga xabar qilinadi. Bunda himoya qilinayotgan shaxsga rioya etilishi uning xavfsizligi uchun zarur bo’lgan muayyan amrnomalar berilishi mumkin. Xavfsizlik choralarini qo’llash tartibi. Xavfsizlik choralarini qo’llash tartibi qonun hamda uni ijro etish uchun qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. Xavfsizlik choralari himoya qilinayotgan va boshqa shaxslarning turar joy, mehnat, pensiya va boshqa huquqlarini kamsitmasligi kerak. Xavfsizlikni ta’minlovchi organlar o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlar ular yuborilgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari tomonidan ijro etish uchun madburiydir. Himoya qilinayotgan shaxsning xavfsizligiga tahdid bartaraf etilgan yoki xavfsizlik choralarini bekor qilish uchun boshqa asoslar paydo bo’lgan holda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan tegishli asoslantirilgan qaror chiqariladi va himoya qilinayotgan shaxsga e’lon qilinadi. Manfaatdor shaxslar ushbu qaror ustidan shikoyat qilishlari mumkin. Himoya qilinayotgan shaxsning huquqlari va majburiyatlari. Himoya qilinayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega bo’ladi: - o’ziga nisbatan qo’llanilayotgan xavfsizlik choralari haqida bilish; - o’ziga nisbatan muayyan xavfsizlik choralarini qo’llash yoki qo’llamaslik haqida so’rash; - xavfsizlikni ta’minlovchi organdan o’ziga nisbatan amalga oshirilayotgan xavfsizlik choralaridan boshqa qonunda nazarda tutilgan choralarni qo’llashni yoki amalga oshirilayotgan choralardan birortasini bekor qilishni talab qilish; - xavfsizlik choralarini amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarning g’ayriqonuniy qarorlari va harakatlari ustidan xavfsizlikni ta’minlovchi yuqori turuvchi organga, prokuraturaga yoki sudga shikoyat qilish. Himoya qilinayotgan shaxs: - xavfsizlikni ta’minlovchi organning qonuniy talablarini bajarishi; - o’ziga qilingan har bir tahdid yoki g’ayriqonuniy harakatlar to’g’risida ushbu organga darhol xabar berishi; - ushbu organ xavfsizlikni ta’minlash maqsadida unga shaxsiy foydalanish uchun bergan mol-mulkni avaylab asrashi; - o’ziga nisbatan qo’llanayotgan xavfsizlik choralari to’g’risidagi ma’lumotlarni ushbu choralarni amalga oshirayotgan organning roziligisiz oshkor etmasligi shart. 3 . Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlarini, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilinish kafolatlari beriladi (TQF to’g’risidagi qonun 22-moddasining 2-qismi). Huquqiy jihatdan himoya qilish kafolatlari. TQFni amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar va organlarning qonuniy harakatlariga aralashishga hech kim haqli emas, qonunda bunday vakolat to’g’ridan-to’g’ri berilgan shaxslar bundan mustasno. TQFni amalga oshiruvchi organning vakolatli xodimi TQTni o’tkazish jarayonida faqat o’zining bevosita va to’g’ridan-to’g’ri boshlig’iga bo’ysunadi. Qonunga zid buyruq yoki ko’rsatma olgan holda, ushbu shaxs qonunga amal qilishi shart. Fuqarolarning hayoti va sog’lig’ini, ularning konstitu siyaviy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda, shuningdek jamiyat va davlatni jinoiy tajovuzlardan saqlash uchun TQFni amalga oshiruvchi organ xodimi yoki unga ko’maklashayotgan shaxs o’z xizmat yoki fuqarolik (ijtimoiy) burchini qonuniy bajargan holda huquq bilan qo’riqlanayotgan manfaatlarga zarar yetkazishiga yo’l qo’yiladi. TQF to’g’risidagi qonun 22-moddasining 4-qismiga muvofiq, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlari va ularning oila a’zolari xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ularning mol-mulkini himoya qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maxsus chora-tadbirlar nazarda tutiladi. Yana shuni ham qayd etib o’tish muhimki, TQF to’g’risidagi qonun 22- moddasining 5-qismiga ko’ra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organning uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan xodimi qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, qonunga xilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Ijtimoiy jihatdan himoya qilish kafolatlari. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar xodimlariga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy imtiyozlar beriladi (TQF to’g’risidagi qonun 22- moddasining 3-qismi). TQFni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari uyushgan jinoiy guruhlarda maxsus topshiriqlarni bajargan vaqt, shuningdek ular ushbu organlarning shtatdagi yashirin xodimlari lavozimlarida xizmat qilgan vaqt qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozli pensiyani tayinlash uchun ko’p yillik xizmat muddatiga qo’shib hisoblanishi lozim. Pensiyani hisoblash tartibi qonun hujjatlarida har bir organ uchun alohida belgilanadi. Bunday hujjatlar asosan yopiq bo’ladi. TQFni amalga oshiruvchi organlarning ayrim xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoya qilish xususida qaror qabul qilish huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ega; O’zbekiston Respublikasi MXX raisiga milliy xavfsizlik xizmati organlarining TQFda ishtirok etgan harbiy xizmatchilariga, O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziriga esa ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurash bo’yicha TQFni ishlab chiqish, amalga oshirish va samarali yakunlashda bevosita ishtirok etgan xodimlariga bir martalik pul mukofoti tayinlashga ruxsat berilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish orga lari TQFni amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari uchun qo’shimcha ijtimoiy himoya choralarini belgilashga haqli (masalan, turar joy berish navbati bo’yicha). Ushbu qoidalar O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalari (masalan, 100-moddaning 1-bandi)dan kelib chiqadi. 4 . Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarni, shuningdek ularning oila a’zolarini ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 121-moddasida fuqaro-larning qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yordam ko’rsatish huquqi mustahkamlangan. Shu munosabat bilan ayrim shaxslar tezkor-qidiruv organlarining roziligi bilan TQTni tayyorlash yoki o’tkazishga ularning xohishiga ko’ra TQFni amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashishning maxfiyligini saqlagan holda, shu jumladan kontrakt bo’yicha jalb qilinishi mumkin. TQFni amalga oshiruvchi organlar voyaga yetgan muomalaga layoqatni shaxslar bilan ularning fuqaroligi, millati, jinsi, mulkiy, mansab va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, jamoat birlashmalariga mansubligi, dinga munosabati va siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar kontraktlar tuzishi mumkin. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning deputatlar, senatorlar, sudyalar, prokurorlar, advokatlarni maxfiylik asosida hamkorlikka jalb qilishi taqiqlanadi. Organlargako’maklashuvchi shaxslar tasnifi: a) ishtirok etish xususiyatiga qarab: - axborot beruvchi shaxslar; - zaruriy bilim, uquv va ko’nikmalarga ega bo’lgan shaxslar; b) jalb qilinish muddatiga qarab: - doimiy asosda hamkorlik qiluvchi shaxslar; - muayyan vazifalarni bajarishga jalb qilinuvchi shaxslar; - bir martalik ko’mak ko’rsatuvchi shaxslar; v) ishtirok etish shakliga qarab: - oshkora tarzda hamkorlik qiluvchi shaxslar (masalan, tijorat tashkiloti rahbariyati pora evaziga og’dirilgan shaxsni aniqlash); - nooshkora tarzda hamkorlik qiluvchi shaxslar (konfidentlar); g) jalb qilinish xususiyatiga qarab: - o’z tashabbusi bilan ko’maklashish istagini bildirgan shaxslar; - hayotda yuzaga kelgan og’ir vaziyatdan kelib chiqib, bosim ostida ko’maklashishga qaror qilgan shaxslar; d) ko’maklashish motiviga qarab: - tamagirlik motivlariga ko’ra hamkorlik qiluvchi shaxslar (haq olish, organlarning nooshkora madadidan foydalanish, raqibni bartaraf etish va h.k.); - boshqa motivlarga ko’ra hamkorlik qiluvchi shaxslar (o’ch olish, hasad va h.k.). Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari. TQFni amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslar bunday ko’makni ham kontrakt asosida, ham kontrakt tuzmasdan ko’rsatishga haqli. TQF to’g’risidagi qonun 23-moddasining 2-qismida mustahkamlangan normaga ko’ra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslar tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan belgilangan miqdorlarda taqdirlanish huquqiga ega. Bir tomondan, kontrakt tuzish davlat himoyasi va madadi (huquqiy va ijtimoiy kafolatlar)ni kuchaytiradi. Boshqa tomondan esa, ko’maklashuvchi shaxslar oshkor bo’lish imkoniyati mavjudligi tufayli tegishli organ bilan munosabatlarni rasmiylashtirishni istamasligi kuzatiladi. Zero, organlarga ko’maklashuvchi shaxslarni odamlar “chaqimchi”, “xabarkash”, “ayg’oqchi” deb ataydi va ularga salbiy munosabatda bo’ladi. Ular haqida axborotning oshkor bo’lishi turli sabablarga ko’ra yuz berishi mumkin, ayniqsa materiallar bilan uchinchi shaxslar, masalan, sudyalar, prokurorlar ishlaganda (axborot chiqib ketishi, masalan, tezkor-qidiruv hujjatlarini o’zi bilan olib yurishning taqiqlanishi to’g’risidagi qoida buzilishi natijasida axborot yo’qolganda yuz berishi mumkin, chunki bunday hujjatlar faqat maxfiy- rejimli organ tomonidan jo’natilishi lozim). Bundan tashqari, maxfiylikdan chiqarish izchil xususiyat kasb etishi mumkin: bir qator mamlakatlarda, masalan, Boltiqbo’yi mamlakatlarida sho’rolar tuzumi davrida ayrim siyosiy va jamoat arboblarining nooshkora hamkorligi to’g’risidagi materiallar jamoatchilikka oshkor qilingan. Shunga o’xshash vaziyat Germaniyada ham yuzaga kelgan. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarning majburiyatlari: - TQTni tayyorlash yoki o’tkazishda organlarga (bir martalik yoki doimiy asosda) ko’maklashish; - TQTni tayyorlash yoki o’tkazish jarayonida o’ziga ma’lum bo’lgan ma’lumotlarni sir saqlash (surishtiruv yoki dastlabki tergov ma’lumotlarini oshkor qilish O’zR JKning 239-moddasiga muvofiq javobgarlikka tortishga sabab bo’ladi); - organlarga yolg’on xabar berishni taqiqlash (bila turib yolg’on xabar berish O’zR JKning 237-moddasi bo’yicha javobgarlikka sabab bo’ladi). Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarning huquqlari: - TQFni amalga oshiruvchi organlarga maxfiylik asosida ko’maklashish to’g’risidagi masalani, shuningdek bunday hamkorlikni to’xtatish to’g’risidagi masalani mustaqil ravishda hal qilish; - davlat huquqiy va ijtimoiy himoyasiga bo’lgan huquq. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarni ijtimoiy va huquqiy himoya qilish. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslar davlat himoyasida bo’ladi (TQF to’g’risidagi qonun 23-moddasining 1- qismi). Davlat TQFni amalga oshiruvchi organlarga kontrakt bo’yicha ko’maklashishga rozilik bergan shaxslar kontraktda nazarda tutilgan o’z vazifalarini bajarishlarini kafolatlaydi, shu jumladan ushbu shaxslar o’z fuqarolik (ijtimoiy) burchi yoki o’ziga yuklangan vazifalarni qonuniy bajarishi bilan bog’liq huquqiy himoya qilishni kafolatlaydi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslarning, shuningdek ular oila a’zolarining hayotiga, sog’lig’iga yoki mol- mulkiga haqiqiy tahdid yuzaga kelgan taqdirda, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar ularga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda maxsus himoya chora-tadbirlarini ko’rishi shart. TQF to’g’risidagi qonun 23-moddasining 6-qismiga ko’ra, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan, uyushgan jinoiy guruh, jinoiy uyushma orasiga ularni fosh qilish maqsadida kiritilgan shaxs qonunda belgilangan tartibda qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar mavjud bo’lgan taqdirda, qonunga xilof qilmishlari uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Jinoiy guruh a’zolari jumlasidan bo’lgan, og’ir oqibatlarga sabab bo’lmagan g’ayriqonuniy qilmish sodir etgan va TQFni amalga oshiruvchi organ bilan hamkorlikka jalb etilgan, jinoyatlarni fosh qilishga faol ko’maklashgan, yetkazilgan zararni qoplagan shaxs O’zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy javobgarlikdan ozod qilinadi. Ijtimoiy jihatdan himoya qilish. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxslar tezkor-qidiruv faoliyati uchun ajratilgan mablag’lar hisobidan belgilangan miqdorlarda taqdirlanish huquqiga ega. Ushbu shaxslar olgan haq summalariga soliq solinmaydi va daromadlar to’g’risidagi deklaratsiyalarda ular ko’rsatilmaydi. TQFni amalga oshiruvchi organlar bilan kontrakt bo’yicha fuqarolarning hamkorlik davri asosiy kasb-kor sifatida fuqarolarning mehnat stajiga kiritiladi. Ushbu shaxslar O’zbekiston Respublikasi qonun Xulosa Hujjatlariga muvofiq pensiya ta’minoti olish huquqiga ega. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxs tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishda ishtirok etishi bilan bog’liq holda mayib bo’lgan, bu uning mehnat qilish qobiliyatini yo’qotishiga hamda nogironlikka olib kelgan taqdirda, ushbu shaxsga qonun hujjatlariga muvofiq bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi hamda nogironlik pensiyasi tayinlanadi. Tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ko’maklashayotgan shaxs tezkor-qidiruv tadbirlarini o’tkazishda ishtirok etishi bilan bog’liq holda halok bo’lgan taqdirda, marhumning oila a’zolariga va qaramog’ida bo’lgan shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq bir yo’la beriladigan nafaqa to’lanadi hamda boquvchisini yo’qotganligi munosabati bilan pensiya tayinlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – T.: «Uzbekistan», 2012. 2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi. – T.: Adolat, 2010. 3. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksi. – T.: Adolat, 2010. 4. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat ijroiya kodeksi. – T.: Adolat, 2013. 5. Operativno-rozisknaya deyatelnost: Uchebnik /Pod red. K.K. Goryai- nova, V.S. Ovchinskogo, A.Y. Shumilova. – M.: INFRA-M, 2001. 6. Pulatov Y.S. Operativno-rozisknoye pravo kak otrasl yurisprudensii i yeye svyaz s drugimi naukami //Xuquq-Pravo-Law. – Toshkent, 1999. - № 2. 7. Saitbayev T.R. O sozdanii apparatov ugolovnogo roziska Respubliki Uzbekistan (1917-1920 godi) //Nezavisimost i problemi formirovaniya demokraticheskogo pravovogo gosudarstva i grajdanskogo obshestva v Respublike Uzbekistan. – T.: Akademiya MVD Respubliki Uzbekistan, 1996. 8. Saitbayev T.R. Iz istorii operativno-rozisknogo prava //Xuquq-Pravo-Law. – Toshkent, 1999. 9. Hepp. Archiv des Kriminalrechis. – Berlin, 1848. 10. Claser. Oesammelie kicisele Schifien. – Wien. 1860. 11. Хейфиц И.Я. Подстрекательство к преступлению. – М.: МГУ, 1914.