logo

Sirtlar to’g’ri chiziqli yoyiluvchi sirtlar aylanish sirtlari sirtda nuqta tanlash Sirtni tekislik bilan kesishuvi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

496.5 KB
Sirtlar to’g’ri chiziqli yoyiluvchi sirtlar aylanish sirtlari sirtda nuqta tanlash Sirtni tekislik bilan kesishuvi R eja: 1. Chiziqli sirtlar; 2. Yoyiladigan chiziqli sirtlar; 3. Aylanish sirtlari; 4. Sirtda nuqta tanlash 5. Sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi. Ta ’ rif . To’g’ri chiziqning fazoda berilgan uchta ( m , n va ℓ) yo’naltiruvchi chiziqlarni kesib o’tib, uzluksiz harakatlanishidan hosil bo’lgan sirt chiziqli sirt deyiladi. Bu sirtni uch yo’naltiruvchi chiziqli sirt deb yuritiladi. Bu chiziqli sirt aniqlovchi parametrlar orqali ( m , n , ℓ) ko’rinishda yoziladi. 6.1,a-rasmda umumiy holdagi chiziqli sirtni hosil qilish ko’rsatilgan. Chiziqli sirtning bunday umumiy holi qiyshiq silindr deyiladi. 6.1,b–rasmda qiyshiq silindrning yaqqol tasviri ko’rsatilgan. Bu sirtning hosil bo’lish jarayoni quyidagichadir. m , n va ℓ egri chiziqli yo’naltiruvchilar berilgan bo’ladi m chiziqda ixtiyoriy A nuqta tanlaymiz 6. 1-rasm (6.1,a-rasm). ℓ chiziqni yo’naltiruvchi qilib, ( A , ℓ ) konus sirti hosil kilamiz. Bu konus n chiziq bilan biror B nuqtada kesishadi. A , B , C nuqtalarni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq uch yo’naltiruvchi sirt(qiyshiq silindr)ning yasovchilaridan biri bo’ladi. Shuningdek, m ga tegishli bo’lgan barcha nuqtalarni konuslarning uchi deb qabul qilib, ℓ chiziq shu konuslarning yo’naltiruvchisi bo’lganda, bu konuslar n chiziq bilan kesishib, uning ustida konusga tegishli nuqtalar hosil qiladi. Bu nuqtalardan o’tuvchi chiziqlar qiyshiq silindr sirtining to’g’ri chiziqli yasovchilari to’plamini hosil qiladi. 6.2-rasm a b Xususiy xollarda yo’naltiruvchi m , n va ℓ egri chiziqlarning ba‘zilari yoki hammasi to’g’ri chiziq bo’lishi mumkin.Bu to’g’ri chiziqlardan birontasi cheksiz uzoqlikda (xosmas) bo’lishi yoki ba‘zilari nuqta ko’rinishida bo’lishi ham mumkin. Cheksiz uzoqlikda bo ’ lgan to ’ g ’ ri chiziqli yo ’ naltiruvchining vaziyati biror tekislik bilan beriladi va sirtning barcha yasovchilari unga parallel bo ’ ladi . Bu tekislik parallellizm tekisligi deyiladi . b 6.3- rasm Cheksiz uzoqlashtirilgan nuqtaning vaziyati biror to ’ g ’ ri chiziq bilan beriladi va sirtning barcha yasovchilari uning yo ’ nalishiga parallel bo ’ ladi . Agar fazoda ixtiyoriy biror S nuqta tanlab u orqali  2 qiyshiq silindr sirtining yasovchilariga parallel to ’ g ’ ri chiziqlar o ’ tkazilsa , biror  1 konus sirti xosil bo ’ ladi . Bu konus sirt yo ‘ naltiruvchi konus deb yuritiladi . Demak , qiyshiq silindr sirtini ikki egri chiziqdan iborat yo ’ naltiruvchilar ( m , n ) va yo ’ naltiruvchi konus  1 bilan ham berish mumkin . Bunday holda sirtni yasash algoritmi quyidagicha bo ’ ladi . m va n egri chiziqli yo ’ naltiruvchilar hamda S uchli  1 yo ’ naltiruvchi konus berilgan bo ’ lsin (6.3- rasm ). m chiziq ustidagi ixtiyoriy A nuqtani biror  2 konusning uchi deb olib ,  2 ∥  1 konus yasaladi . So ’ ngra  2 ∩ n = B nuqta aniqlanadi . A va B nuqtalar to ’ g ’ ri chiziq orqali tutashtirilib , qiyshiq silindrning to ’ g ’ ri chiziqli yasovchisi hosil qilinadi . A nuqtani m egri chiziq bo ’ yicha harakatlantirib , n chiziq ustida B nuqta singari qator nuqtalar xosil qilish mumkin . Qiyshiq silindrning bu usul bilan hosil bo’lishini geometrik tomondan quyidagicha analiz qilish mumkin. Sirtning m va n egri chiziqli yo’naltiruvchilari xos chiziqlar bo’lib, ℓ yo’naltiruvchi egri chiziq cheksiza uzoqlashtirilgan bo’ladi. Cheksiz uzoqlashtirilgan ℓ yo’naltiruvchining vaziyati yo’naltiruvchi konus orqali beriladi, ya‘ni sirtning har bir to’g’ri chiziqli yasovchisi m va n chiziqlarni kesib, yo’naltiruvchi konusning mos yasovchisi bilan cheksiz uzoqlikda kesishadi. Chiziqli sirtlar yoyiladigan va yoyilmaydigan sirtlarga bo’linadi. Ta‟rif . Cheksiz yaqin turgan ikki qo’shni yasovchilar (to’g’ri chiziq) o’zaro parallel yoki kesishuvchi bo’lib, tekis element hosil qilsa, bunday chiziqli sirtlar yoyiladigan sirtlar deyiladi Yoyiladigan sirtlarga konus, silindr sirtlarni misol bo’la oladi. Agar cheksiz yaqin turgan ikki qo’shni yasovchi (to’g’ri chiziq) o’zaro uchrashmas vaziyatda bo’lsa, bunday chiziqli sirtlar yoyilmaydigan sirtlar deyiladi. Ta’rif . Cheksiz yaqin yasovchilari o ’ zaro kesishgan yoki o ’ zaro parallel bo ’ lgan sirt yoyiluvchi sirt deyiladi . Yoyiladigan chiziqli sirtlar Uch yo ’ naltiruvchi sirtning m , n , ℓ yo ’ naltiruvchilardan n va ℓ nuqta bo ’ lib , ular ustma - ust tushsa , yasovchilari uning konus sirtini hosil qiladi . Shuning uchun konus m egri chiziq va S nuqta bilan beriladi. Uning aniqlovchilari  ( m , S) bo’ladi. 6.4,b–rasmda m ( m ′ , m ″ ) yo’naltiruvchi va S(S ′ , S ″ ) uchi bilan berilgan konusning tekis chizmada berilishi va sirtda nuqta tanlash ko’rsatilgan. Agar S nuqtani biror s yo’nalishda cheksiz uzoqlashtirilsa, m egri chizig’ini kesib o’tuvchi Konusning bu xususiy holi silindr deb yuritiladi (6.5,a- rasm). 6.6,b–rasmda silindrning tekis chizmada berilishi ko’rsatilgan. Yasovchisining yo’nalishi bilan beriladi: 6.4,a-rasmdagi m yo’naltiruvchi siniq chiziq bo’lsa, hosil bo’lgan sirt piramida (6.5,a-rasm) deb yuritiladi. 6.6,b–rasmda piramidaning ortogonal proyeksiyalarda berilishi ko’rsatilgan. Agar uchi biron s yo’nalishda cheksiz uzoqlashtirilsa, piramidaning qirralari o’zaro parallel bo’lib qoladi va bu sirt prizma deb ataladi (6.7,a-rasm). b 6.6-rasm a b 6.7-rasm Prizmaning chizmada berilishi 6.7,b-rasmda ko’rsatilgan. Aylanish sirtlari Harakatlanuvchi chiziq sirtning yasovchisi , qo’zg’almas to’g’ri chiziq esa uning aylanish o‘qi deyiladi. Yasovchi va aylanish o’qi aylanish sirtning aniqlovchilarini a tashkil qiladi. 6.8–rasmda m ( m ′ , m ″ ) egri chiziqning i ( i ′ , i ″ ) aylanish o’qi atrofida aylanishidan hosil bo’lgan umumiy ko’rinishdagi aylanish sirti tekis chizmada tasvirlangan. Yasovchi va aylanish o’qi ma‘lum bo’lsa, aylanish sirti to’la berilgan hisoblanadi. Sirtning berilishini uning aniqlovchilari orqali  ( m , i ) ko’rinishida yozish mumkin. Tekis chizmada aylanish sirti ′ ( m ′ , i ′ ) va ″ ( m ″ , i ″ ) proyeksiyalari bilan hamda aniqlovchilarning istalgan ikki proyeksiyasi bilan berilgan. Aylanish jarayonida yasovchining hamma nuqtalari aylanalar bo’yicha harakat qilib, bu aylanalar sirtning parallellari deyiladi. Aylanish o’qidan o’tgan barcha tekisliklar meridian tekisliklari , ularning aylanish sirti bilan kesishish chiziqlari esa sirtning meridianlari deyiladi. Sirtning barcha meridianlari kongruent bo’ladilar. Frontal meridian tekisligi bosh meridian tekisligi hisoblanib, uning sirt bilan kesishish chizig’i bosh meridian chizig‘i yoki sirtning f rontal ocherki deb ataladi. 6.8– rasmdagi umumiy ko’rinishdagi aylanish sirtning aylanish o’qi gorizontal proyeksiyalar tekisligi N ga perpendikulyar joylashganligi uchun sirtdagi parallellarning ( n 1 ″ , n 2 ″ , n 3 ″ ,….) frontal proyeksiyalari to’g’ri chiziq kesmasi ko’rinishida, gorizontal proyeksiyalari esa haqiqiy kattalikda, ya‘ni aylana ko’rinishida tasvirlanadi. Tekis chizmada P ( P H ) bosh va P 1 ( P 1H ) oddiy meridian tekisliklari hosil qilgan meridian kesimlari ko’rsatilgan. Bosh meridian 6.8-rasm 6.9-rasm V ga parallel bo’lganligi uchun uning frontal proyeksiyasi o’zining haqiqiy kattaligiga teng bo’ladi. Boshqa sirtlar singari aylanish sirti ham cheksiz ko’p nuqtalar to’plamidan iboratdir. Bu nuqtalarni to’la to’kis chizmada tasvirlab bo’lmaydi. Shuning uchun ham H va V ga perpendikulyar qilib aylanish sirtiga urinma silindrlar o’tkaziladi. urinma silindrlarning N bilan kesishish chizig’i sirtning gorizontal ocherki, V bilan kesishish chizig’i esa uning f rontal ocherki deyiladi. Aylanish sirtlari, ko’pincha, o’zining gorizontal va frontal ocherklari bilan tasvirlanadi. 17.9- rasmdagi aylanish sirtning frontal ocherki bosh meridian m ″ va n 1 ″ , n 4 ″ parallellari bilan, gorizontal ocherki n 2 ′ va n 3 ′ parallellari bilan tasvirlangan. Gorizontal va frontal ocherklar sirt proyeksiyalarining ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarini aniqlashga ham yordam beradi. Parallellar yordamida sirt ustida nuqtalarning proyeksiyalari topiladi. Masalan, aylanish sirtiga tegishli A 1 va A 2 nuqtalarning frontal proyeksiyalari A 1 ″ va A 2 ″ larning 6.9-rasm gorizontal proyeksiyalari A 1 ′ va A 2 ″ n A parallelning gorizontal proyeksiyasi n ′ A da aniqlangan. Ekvatorda yotuvchi B nuqtaning gorizontal B ′ proyeksiyasi berilgan. Uning B ″ frontal proyeksiyasi ekvatorning n 3 ″ frontal proyeksiyasida bo’ladi. Aylanish sirtlari mashinasozlikda va qurilish amaliyotida keng qo’llaniladi. Chunki, ko’pchilik mexanizmlar aylanma harakat qiladi va aylanish sirtlari esa stanokda osongina yasaladi. Sirtning eng katta paralleli uning ekvatori va eng kichik paralleli uning bo‘yini deb ataladi. Loyihalanadigan mashina mexanizmlarining vazifasi, unga quyiladigan texnik talablar va shakliga qarab, aylanish sirtining yasovchisi tanlanadi. Sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishi Odatda, kesim chizig’i konturining proyeksiyalarini yasash uning tayanch nuqtalarini topishdan boshlanadi. Agar sirtni kesuvchi tekislik proyeksiyalovchi bo’lsa, kesim chizig’ining proyeksiyalarini yasash soddalashadi, chunki bu holda kesishish chizig’ining proyeksiyalaridan biri to’g’ri chiziq kesmasidan iborat bo’ladi. Quyida ba‘zi sirtlarning proyeksiyalovchi tekisliklar bilan kesishishini ko’rib chiqamiz. 1-masala. Og’ma elliptik konusning H 1 ( H 1 V ) gorizontal tekislik bilan kesishish chizig’i yasalsin (6.10-rasm). Yechish. Konusning bir necha yasovchilari o’tkaziladi va ularning kesuvchi tekislik bilan kesishish nuqtalari belgilanadi. Kesishish chizig’ining A ″ B ″ frontal proyeksiyasi kesuvchi tekislikning frontal izi bilan ustma-ust tushadi. A ( A ′, A ″) va B ( B ′, B ″) nuqtalar kesimni o’ng va chap tomondan chegaralovchi nuqtalardir. Ularning A ′ va B ′ gorizontal proyeksiyasi ular orqali o’tuvchi S 1 va S 2 yasovchilarning gorizontal proyeksiyalari S ′1′ va S ′2′ larda bo’ladi. Konusning gorizontal ocherk yasovchilari S ′3′, S ′4′ bilan H 1 tekislikning kesishish nuqtalarini yasash uchun bu yasovchilarning frontal S ″3″ va S ″4″ proyeksiyalari bilan tekislikning H 1 V izining kesishish nuqtalari C ″ va D ″ lar belgilab olinadi. Bu nuqtalardan proyeksion bog’lanish chiziqlari o’tkaziladi va ularning S ′3′ , S ′4′ yasovchilar bilan kesishgan nuqtalari C ′ va D ′ nuqtalar topiladi. Kesimning oraliq nuqtalarini yasash uchun A ″ B ″ kesmada ixtiyoriy E ″≡ F ″ nuqtalar belgilab olinadi. Bu nuqtalar orqali S ″5″≡ S ″6″ yasovchilarning frontal proyeksiyalari o’tkaziladi, so’ngra ularning S ′5′ va S ′6′ gorizontal proyeksiyalari ustida E ′ va F ′ belgilab olinadi. Shu tarzda yana bir necha nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari yasaladi. Gorizontal proyeksiyada kesimning ko’rinishligi quyidagicha aniqlanadi. Konusning 4′, 6′, 1′, 5′ va 3′ nuqtalaridan o’tgan yasovchilarga tegishli D ′, F ′, A ′, E ′ va C ′ nuqtalar ko’rinadi. Qolgan nuqtalar esa ko’rinmaydi. Shunga asosan kesimning D ′, F ′, A ′, E ′, C ′ qismi uzluksiz tutash chiziq bilan, D ′, B ′, C ′ qismi esa shtrix chiziq bilan tekis tutashtiriladi. 2-masala. Sferaning N frontal proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishuv chizig’i proyeksiyalari yasalsin (6.11rasm). Yechish. Kesimning A ″ C ″ frontal proyeksiyasi tekislikning N V frontal izi bilan ustma-ust tushadi. Kesimning gorizontal proyeksiyasi esa nuqtalarning sferaga tegishlilik shartiga ko’ra yasaladi. B6.10 - rasm 6.11 - rasm va B 1 nuqtalar sferaning ekvatoriga tegishli bo’lganligi uchun ularning B ′ va B 1 ′ gorizontal proyeksiyalari gorizontal proyeksiyaning ocherkida belgilab olinadi. A va C nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari A ′ va C ′ nuqtalar esa sfera bosh meridianining gorizontal proyeksiyasida yotadi. Kesimga tegishli ixtiyoriy D va D 1 nuqtalarning D ′ va D 1 ′ gorizontal proyeksiyalarini yasash uchun D ″ ≡ D 1 ″ nuqta orqali gorizontal tekislikning H I V frontal izi o’tkaziladi. Bu tekislik sferani radiusi 0″1″ ga teng bo’lgan aylana bo’yicha kesadi. Bu aylanani gorizontal 6.13-rasm proyeksiyasida D ′ va D ′ 1 nuqta xosil qilinadi. Oraliqdagi boshqa ixtiyoriy nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari ham xuddi shunday yasaladi. Gorizontal proyeksiyada sferaning ekvatoridan yuqorida joylashgan hamma nuqtalar ko’rinadi, ekvatordan pastki qismida joylashgan nuqtalar esa ko’rinmaydi. Shunga ko’ra ekvatordan yuqorida joylashgan A , D , D 1 , E , F , B va B 1 nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari A ′, D ′, D 1 ′, E ′, F ′, B ′ va B 1 ′ nuqtalar ko’rinadi. Qolgan nuqtalar esa ekvatorning pastki qismida yotganligi uchun ko’rinmaydi. Bu yerda A , B , B 1 va C lar tayanch nuqtalar bo’ladi. Rasmda kesim yuzining haqiqiy kattaligini yasash aylantirish usulida bajarib ko’rsatilgan. 3-masala. Torning frontal proyeksiyalovchi N ( N V ) tekislik bilan kesishish chizig’i proyeksiyalari yasalsin (6.13-rasm). Yechish. Kesishish chizig’ining frontal proyeksiyasi tekislikning frontal izi N V bilan ustma-ust tushgan. Uning gorizontal proyeksiyasini yasash uchun frontal proyeksiyada tayanch nuqtalarning A ″ ≡ A 1 ″, B ″, D ″ ≡ D 1 ″ ≡ D 2 ″ va F ″ frontal proyeksiyalari belgilab olinadi. Bu nuqtalar torga tegishli bo’lganligi uchun ularning gorizontal proyeksiyalarini yasash qiyin emas. Oraliqdagi ixtiyoriy nuqtalarning proyeksiyalari esa quyidagicha yasaladi. Kesimning frontal proyeksiyasida ixtiyoriy C ″ ≡ C 1 ″ ≡ C 2 ″ ≡ C 3 ″ nuqtalar belgilanadi. Keyin ular orqali yordamchi gorizontal H 1 tekislikning H 1 V izi o’tkaziladi. Bu tekislik torni radiuslari 0″1″ va 0″2″ kesmalarga teng bo’lgan aylanalar (parallellar) bo’yicha kesadi. Bu aylanalarning gorizontal Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Engeneering Drawing, M.B. Shah, B.C. Rana., Darslik, Indiya, 2009 y. 2. Sh. Murodov va boshqalar. Chizma geometriya. Darslik T. TURON IQBOL, 2007 y. 232 bet. 3. Davletov S.A. Chizma geometriya O’quv qo’llanma, T., TTYeSI, 2006 y. 132 bet. 4. Usmonov J.A. Chizma geometriya kursi. – T. ‘Ta‘lim nashriyoti, 2014 y. 240 bet. 5. Karimov A.A., Alimov U.T., Shokirova X.A. Chizma geometriya fanidan amaliy mashg’ulotlar Ish daftari. T., TTYeSI, 2014.