logo

Respublika iqtisodiy islohatlarning ikkinchi bosqichida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantorishning asosiy tamoyillari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

43.5 KB
Respublika iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishning asosiy tamoyillari Reja: 1 . Respublikada qishloq xo`jaligini isloh qilish bo`yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar 2. Qishloq xo``jaligini isloh qilishning huquqiy asoslari 3. Qishloq xo`jaligida tashkil topgan bozor infratuzilmasining dastlabki ko`rinishlari 4. Qishloq xo`jaligi yerlarining meliorativ holatini yaxshilashga oid tadbirlar Bugungi kunda qishloq xo`jaligining iqtisodiyotimizda o`rni benihoya katta. Hozir agrar tarmoq yalpi ichki mahsulotning 1/4 qismini ishlab chiqarmoqda. Mamlakatimiz ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ortig`i muayyan tarzda qishloq xo`jaligi bilan bog`liq. Qishloq xo`jalik mahsuloti mamalakatga valyuta tushumlarining 55 foizdan ortig`ini ta’minlaydigan muhim eksport vositalaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy sohada esa mamlakatning qishloq joylarida istiqomat qiladigan aholisi katta qismini balki butun Respublika ahlining turmush darajasi uning moddiy farovonligi qishloq xo`jaligidagi ishlarning ahvoliga, uni rivojlantirishning tezkorligi va samaradorligiga bog`liq. Mamalakatimizda yalpi ichki mahsulotning o`sishi 2007 yilda 9,5 foizni tashkil etdi, ishlab chiqarish hajmi sanoatda 12,1 foizga, qishloq xo`jaligida 6,1 foizga oshdi. Qishloq xo`jaligini isloh qilish bo`yicha aniq maqsadga qaratilgan ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida keyingi yillarda qishloq xo`jaligi tubdan o`zgardi. Shirkatlarni fermer xo`jaliklariga aylantirish jarayoni amalda nihoyasiga yetdi. Xususiy fermer xo`jaliklari o`z mohiyatiga ko`ra qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Hozirgi kunda Respublikamizda 215 mingdan ortiq fermer xo`jaligi faoliyat yuritmoqda ularda 1,6 mln kishi yoki sohada band bo`lgan aholining qariyb 90 foizi mehnat qilmoqda, qishloq xo`jaligi ekin maydonlarining qariyb 85 foizi ana shu xo`jaliklar hissasiga to`g`ri keladi. O`tgan yili mamlakatimiz bo`yicha tayyorlangan yalpi paxta hosilining 99 foizi, g`allaning 82 foizi fermer xo`jaliklari tomonidan yetishtrildi. Yurtimizda tayyorlanayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlarining umumiy hajmida fermer va dehqon xo`jaliklarining ulushi salkam 94 foizni tashkil etmoqda. Keyingi yillarda qishloq xo`jaligi ekinlaridan, birinchi navbatda paxta va g`alladan eng yuqori hosil olingani, sohada ishlab chiqarish hajmi keskin ko`paygani dehqonchiligimizdagi tub sifat o`zgarishlarining samarasidir. 2007 yil paxta xom ashyosini yetishtirish 3 mln 650 ming tonnadan, yalpi g`alla hosili esa 6 mln 250 ming tonnadan oshib ketdi. Mustaqilligimizning birinchi kunlaridan boshlabog` davlatimiz qishloq xo`jaligini isloh qilishga jiddiy etibor qaratdi. Birinchidan Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoslari barpo etildi. Mustaqillikning dastabki yillarida qabul qilingan “Yer to`g`risida”gi, “Koperatsiya to`g`risida”gi, “Ijara to`grisida”gi, “Dehqon xo`jaliklari to`g`risida”gi va boshqa bir qator qonun va xujjatlar, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari qishloqda yangi huququiy munosabatlarni joriy etish, ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlikni, fermer va shaxsiy tomarqa xojaliklarini rivojlantirish imkonini yaratdi. Ikkinchidan Qishloqda xo`jalik yuritish mexanizmining mutlaqo yangi asoslari: qishloq xo`jaligini moliyaviy ta’minlash va sug`urtalash, ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa berilgan qishloq xo`jalik texnikasi, yoqilg`I, mineral o`g`itlar uchun o`zaro hisob kitoblarning yangi tizimi ishlab chiqildi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy narxlar tizimi keng qo`llanila boshlandi. Uchinchidan Qishloq va suv xo`jaligini boshqarishning tarkibini takomillashtirish, ularning o`zaro hamjihatlikda ishlashini ta’minlash maqsadida yagona “Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi” tashkil etildi. Qishloq korxonalari agro servis xizmati ko`rsatish va ularni moddiy texnika ta’minotini ta’minlash tizimi takomillashmoqda. Joylarda qishloq xo`jaligi ishlab chiqaruvchilarga xizmat ko`rsatadigan bozor infratuzulmasi sub’yektlarining keng tarmog`i yaratildi, qishloq xo`jaligi xom –ashyosini kompleks qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ziyod agro firma faoliyat ko`rsatmoqda. Ixtisoslashgan tijorat banklari – “Paxta bank”, “G`alla bank”, “Meva – sabzavot bank”, “Tadbirkor bank”, “Turon bank”, “Zamin bank”, “Ipoteka bank”lari tuzildi. Ular fermer xo`jaliklari va kichik korxonalarga xizmat qilmoqda. Qishloq korxonalarini tabiiy ofatlaridan va ularni o`z sheriklari bilan munosabatlarini sug`urta qiluvchi “O`zagro sug`urta” kompaniyasi tuzildi. To`rtinchidan Qishloq xo`jaligining o`zida sezilarli darajada tarkibiy o`zgarishlar amalga oshirildi. Eski totalitar tuzumdan meros qolgan paxta yakka hokimligiga barham berildi. G`alla mustaqilligiga erishishning asoslari yaratildi. Ilgari mamlakatga chetdan olib kelinadigan kartoshka, qand lavlagi va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ekish ancha ko`paydi. Beshinchidan Respublika yer fondini rivojlantirish va ko`paytirishga, yerning hosildorligini oshirishga alohida ahamiyat berildi. Har yili 15-25 ming gektar yangi sug`oriladigan yerlar o`zlashtirildi va 40-50 ming gektar avvaldan foydalanib kelingan yerlarning meliorativ holati yaxshilandi. Joriy yilning o`zida yerlarning meliorativ holartini yaxshilash bo`yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirish ko`zda tutilgan. Ushbu maqsadlar uchun 75 mlrd so`mdan ortiq mablag` ajratish mo`ljallanmoqda. Bu mablag`larning katta qismi kollektor –drenaj tarmoqlarini qayta tiklash va tozalash, pudratchi va suv xo`jaligi tashkilotlarini lizing asosida zamonaviy texnika bilan ta’minlashga yo`naltiriladi. Yerlarning meliorativ holatini yaxshlash bo`yicha o`ta dolzarb vazifani amalga oshirishda Xalqaro moliya institutlari banklar va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va uning samaradorligini oshirish ham katta ahamiyatga ega. Masalan: Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida, Qoraqalpog`iston Respublikasining janubiy hududlarida sug`oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash Buxoro, Qashaqadaryo va Navoiy viloyatlarining 9 tumanida sug`oriladigan yerlarni dehqonchilik uchun yaroqli holatga keltirish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalgam oshirishda Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik tajribasi o`zini to`la oqladi. Shuningdek, Janubiy Qoraqalpog`istondan drenaj tarmog`ini otkazish bo`yicha loyihani amalga oshirish va Markaziy Farg`onadagi yerlarning meliorativ holatni yaxshilash uchun Jahon banki hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining umumiy qiymati qariyb 70 nmln dollarga teng bo`lgan imtiyozli krediti jalb qilngani qayd etish lozim. Bir so`z bilan aytganda mustaqillik yillari qishloq xo`jaligini isloh qilish va rivojlantirish borasida ko`rilgan chora tadbirlar bu ustivor tarmoqda sezilarli natijalarga erishish imkonini berdi. Qishloq xo`jaligini isloh qilishning asosiy maqsadi bo`lgan – qishloqda haqiqiy mulkdorlarni, mulk egalarini shakllantirish yo`li bilan yerga, mulkga, mehnatga munosabatini o`zgartirishga erishilmoqda. A D A B I Y O T L A R 1. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda” T., “O`zbekiston” 1999 y 2. I.A.Karimov “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” –T., “O`zbekiston” 1997 y. 3. G.R.Asanov., M.Nabixonov., I.Safarov “O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy jo`g`rofiyasi” T 1994 y. 4. E.Nabiyev., A.Qayumov “O`zbekistonning iqtisodiy salohiyati” T 2000 y. 5. A.S.Soliyev., L.Qarshiboyeva “Iqtisodiy geografiyaning nazariy va amaliy masalalari” –T 1999 y. 6. A.S.Soliyev va boshqalar “Mintaqaviy iqtisodiyot” T., 2003 y. 7. N.To`qliyev “O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti” –T 1998 y. 8. M.R.Pl о t к in. «Osnovi promishlennogo proizvodstva». M. Izd. «Visshaya shkola»-1977. 9. www.ziyonet.uz