logo

Qishlok xujalik yerlarida tuproq monitoringi va tabiiy yaylovlarda o‘simliklar monitoringini o‘tkazish tartibi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

66.5 KB
Q ishlok xujalik yerlarida tuproq monitoringi va tabiiy yaylovlarda o‘simliklar monitoringini o‘tkazish tartibi Reja: 1.Kishlok xujalik yerlarida tuproq monitoringini o‘tkazish tartibi. 2. Tuproq texnogen buzilishlarini monitoringi. 3.Tabiiy yaylov yerlarida o‘simliklar monitoringi o‘tkazish tartibi. Mustakil O‘zbekiston Respublikasi xalk xujaligini etakchi tarmoqlaridan hisoblangan agrosanoat kompleksi extiyojlari uchun ajratilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilab qo’yilgan yerlardan samarali foydalanishni boshqarish umum davlat manfaatlaridan kelib chiqadigan muammolardan hisoblanadi. Agrosanoat kompleksiga ajratilayotgan kapital mablaglar samarasi shu tarmoqning asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslari va undan foydalanish darajasiga bevosita bog‘liq bo’ladi. Ma’lumki, agrosanoat kompleksida mexnat unumdorligi yerlarni maxsuldorligiga bog‘liq bo’lgani uchun bu soxaga bo’lgan e’tibor katti xalk xujaligi ahamiyatiga ega. Milliy xujalikning agrar sektori juda katta yer resurslari saloxiyatiga ega. Agrar sektor tarkibidagi yer egaliklarida 29,7 mln ga yoki jami yer resurslari maydonining 61% tashkil etadi. Kishlok xujalik maqsadlari uchun ajratilgan yerlarning 27,4 mln gektari yoki 92,1 % kishlok xujalik yer turlariga kiradi. SHundan 4,2 mln gektari haydalma yerlar, 370 ming ga ko’p yillik daraxtzorlar, 22,8 mln ga yaylov va pichanzorlar, 72 ming ga partov yerlardan iborat. Jami sugoriladigan yerlar 4,1 mln ga yoki kishlok xujalik yorlarni 9,5 % ni tashkil etgan holda respublikada etishtiriladigan agrar sektor maxsulotlarini 90 % dan ortigi aynan shu yerlar xissasiga to’g’ri keladi. O‘zbekiston Respublikasi mustakil davlat sifatida shakllangandan buyon yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish (YERSFB) masalasida juda katta tub burilishlar ruy berdi. Utgan 7 yil mobaynida mamlakat yer resurslari toifalarida deyarli katta o‘zgarishlar bo’lmasada, bozor munosobatlariga utish jarayonida iktisodiyot tarokkiyotiga mos holda ko’p shaklli yer egaligi va yerdan foydalanish tizimiga sobitkadamlik bilan utish bosqichlari amalga oshirilmoqda. 7 yillik muddatni tub islohatlar davri deyish mumkin. Milliy xujalik tizimidagi barcha tarmoqlaridagi kabi kishlok xujaligida ham yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish (YERSFB) bo’yicha chukur islohatlar o‘tkazishga asosli zamin tayyorlangan. Bu tadbirlarni dastlabki bosqichi kishlok aholisini tomorka yerlariga bo’lgan extiyojini kondirishdan boshlanib, 1990-1998 yillar mobaynida shu maqsadlar uchun 340 ming gektar yer ajratildi. Natijada kiska davr ichida tomorka yer fondi ikki marta ortgan holda hozirgi kunda 610 ming ga ni tashkil etadi. Ikkinchi bosqichda davlat xujaliklari urniga asosan shirkat xujaliklari uyushmalari tarkib topdi. Bu jarayon asosan 1993-1994 yillarni o’z ichiga oladi. 1992 yildan hozirgi davrgacha bo’lgan muddatda dexkon - fyermyer xujaliklari soni va ularga mos ravishda ekin maydonlari ajratish jarayoni davom etib kelmoqda. Hozirgi davrga kelib 21, 5 mingdan ziyod fyermyer xujaliklari faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ularga biriktirilgan yer maydoni 470 ming gektarni tashkil qiladi. Dexkon - fyermyer xujaliklarini ishlab chiqarish faoliyatida va ularning yo’nalishida tub burilishni “Fyermyer xujaligi to’g’risida” (1998 y.) va “Dexkon xujaligi to’g’risida” gi (1998 y.) qonunlari Oliy Majlis sessiyasida qabul qilinishi hamda ularni hayotga izchil tadbik etilayotgani bo’ldi. 1998 yil iyul oysidagi Oliy Majlisda qabul qilingan “Kishlok xujalik koopyerativi (shirkat uyushmasi) to’g’risida”gi qonun ham YERSFB da yangicha bosqichni boshlab berdi. Respublikamiz xalk xujaligini ravnakiga xususan uning agrar sektordagi YERSFB muammosini xal qilishda “Davlat yer kadastri to’g’risida” gi (1998 y.) qonun muhim ahamiyat kasb etadi. Respublika yer mulk saloxiyati iktisodiy mintaqalar bo’yicha bir tekis taksimlanmaganligi, mexnat va suv resurslari mosligidagi tafovo‘tlar va biologik zaxiralar bo’yicha keskin farklanishi yakkol seziladi. Bu muammo mintaqalar bo’yicha xalk xujalik tarmoqlarini turli darajada va xar xil nisbatda rivojlanganlik darajasi bilan keskinlashib kelmoqda. Natijada bir mintaqada yer tankisligi ikkinchisida esa buni aksini kuzatish mumkin. Yuqoridagi holatlar ma’lum ma’noda agrar sektorda YERSFB ga salbiy ta’sir etib kelmoqda. Agrar sanoat kompleksi tarkibdagi yerlarning 1978-198 yillar mobaynidagi sifat ko’rsatkichlari bo’yicha ma’lumotlar tahlili tuproq xosildorligini pasayib berish jarayonini ko’rsatmoqda. Tuproqning bonitet balini belgilovchi asosiy omillardan hisoblangan gumus katlamini emirilish jyerayoni YERSFB da katta salbiy ta’sir etib kelmoqda. Utgan 20 yil mobaynida tuproq gumus katlami uchdan bir qismga kamaygani kuzatilgan. Tabiiy yaylovlarning katta qismi madaniy -texnik tadbirlarni o‘tkazish extiyojiga ega. Shuning uchun agrosanoat kompleksi (ASK) tasarrufidagi yerlarda YERSFB extiyoji kuchayib bormoqda. Agrosanoat kompleksining yer fondi kishlok xujaligi va sanoat tarmoqlari uchun ajratilgan yer resurslaridan iborat bo‘lib, bo’lar asosan dexkonchilik, chorvachilik va sanoat korxonalari egallab to’gan yer maydonlarini tashkil qiladi. ASK da YERSFB ning quyidagi muammolarini xal etishga qaratilmogi lozim: birinchidan, kishlok xujalik maxsulotlarini etishtirish hajmini orttirgan holda maydon birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni kamaytirish, ikkinchidan, yer maydonlarini tejash, uchinchidan, yer mulk saloxiyatini muhofaza qilish va uning xosildorligini oshirish, to’rtinchidan tarmoq ichidagi ixtisosliklar bo’yicha mutanosib ravishda yer taksimotiga yerishish. YERSFB da yerning ko’p kirrali foydalanish vazifasini inobatga olgan holda uning tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi sifatida urni hamda ahamiyatini hisobga olish zarur. ASK da YERSFB jarayoni yerdan tabiiy resurs sifatida qaralmogi lozim. Bunda yerlan foydalanish maqsadi asosan aholini oziq-ovqatga va sanoatni xom ashyoga bo’lgan extiyojini kondirishga qaratilgan. Shuning uchun YERSFB jarayonida iktisodiy qonuniyatlar bilan birga tabiatning tabiiy qonuniyatlarini ham hisobga olish zarur. YERSFB dagi bevosita faoliyat uning vazifasidan kelib chiqkan holda tadbirlar ishlab chiqishga qaratilishi zarur. Davlat tomonidan ruxsat etilagan vakolat bo’yicha “Yer resurslari davlat qo‘mitasi tomonidan olib boriladigan YERSFB tadbirlari ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. YERSFB keng kamrovli ijtimoiy-iktisodiy, tashkiliy, texnologik, yer muhofazasi, huquqiy va boshqa tadbirlarni o’z ichiga oladi. YERSFB jarayonida shu tadbirlarni o’zaro bog‘liq holda hamda xalk xujalik tormoqlari extiyojiga ham mos keladigan xar bir yer egasi manfaatlarini hisobga oladigan tadbirlar ishlab chiqiladi. Albatta bu tadbirlarni amalga oshirishda YERSFB ni axborot va ma’lumotlar bilan ta’minlash darajasiga ko’p jahatdan bog‘liq bo’ladi. YERSFB ni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash yer kadastri va yer monitoringini ahamiyatini orttiradi. Kishlok xujaligida yer foydalanish maqsadida tuproq unumdorligi muttasil oshirish, yerlarni xosildorligini usishi maxsulot hajmini ko’payishi va uning ulchov birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni kamayishi bilan izoxlanadi. Albatta bu tadbirlarni yuqorida keltirilgan beshta yo’nalishning o’zaro bog‘liqligi va muttanosibligi natijasida amalga oshirish mumkin. Hozirgi davrda Respublikamizda yer resurslaridan intensiv foydalanish davlat solik siesatini amalga oshirish natijasida xalk xujaligining barcha kuzatilmoqda. Yerdan foydalanish samaradorligi ilmiy asoslangan holda yer resurslaridan foydalanishni tashkil qilishga asoslanadi. Tashkiliy tadbirlar ob’ektiv ravishda iktisodiy qonunlarga buysingan holda ijobiy samaralar berishi mumkin. Mustakil O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarini shakllanishining hozirgi sharoitida agrosanoat kompleksi yer resurslaridan samarali foydalanishning tashkil etish mexanizmi “Yer kodeksi” va “Davlat yer kadastri” qonunlari asosida ishlab chiqilmoqda. Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish agrosanoat kompleksida uziga xos xususiyatlarga ega. Yer resurslaridan samarali foydalanishni boshqarishning xujalik mexanizmi esa bu muammoni bilvosita, ya’ni agrar munosabatlarni tartibga solish orkali amalga oshirishga yordam beradi. Adabiyotlar: 1. Yer kadastri asoslari. E.Q. Qurbonov, O.R. Bobojonov, Q.R. Raxmonov. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-1999. 75-bet. 2. Yer kadastri. O.R. Bobojonov, Q.R. Raxmonov, A.J. G‘ofirov. O‘rta maxsus, kasb hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma. «C h o‘lpon» Toshkent-2002. 158-bet. 3. Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meyoriy hujjatlar to‘plami. Tom- I , Toshkent-2000. 310-bet. 4. Yer tuzish va yer kadastri maqsadi uchun 1:10000 masshtabli fototarxlarni deshivrovkalash (korrektirovkalash), x o ’jalik tarxini chizish va yer maydonlarini hisoblash bo‘yicha ko‘rsatma. RH-28-043- 01. Toshkent 2001. 25-bet. 5. Qishloq xo‘jaligida islohatlarni chuqurlashtirishga doir qonun va meyoriy hujjatlar to‘plami. Tom-I. «SHarq» nashriyoti matbaa konsyerni bosh taxririyati. Toshkent 1998. 416-bet. 6. Metodika po monitoringu zemel v Respublike Uzbekitsan. Goskomzem Respubliki Uzbekistan. Tashkent 2001. 84-str. 7. Metodicheskie Rekomendatsii o poryadke provedeniya rabot po pyeryeraspredeleinyu zemelnogo fonda reorganizuemo‘x selskoxozyaystvenno‘x predpriyatiy v fyermyerskie xozyaystva. Tashkent 2002. 8-str.