logo

Astrofizikada keng qo’llaniladigan kvant fizikasi tushunchalari

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

233.5 KB
Astrofizikada keng qo’llaniladigan kvant fizikasi tushunchalari Reja: 1. Osmon yoritqichlarining elektromagnit nurlanishi. 2. Tutash spektrni hosil bo’lishi. 3. Chiziqli spektrni hosil bo’lishi. 4. Ko’p marta ionlangan atomlarning emission chiziqlari. . Uzoq yulduzlar va galaktikalar to’g’risida xabarni bizga ulardan sochilayotgan fotonlar olib keladi. Foton bu tinch holatda massaga ega bo’lmagan nurlanish zarrasi va u yorug’lik tezligida tarqaladi va h enYergiya keltiradi. Bu yerda h= 6.62  10 -27 erg  s – Plank doimisi,  - fotonga mos keladigan chastota. Elementar zarralarning ikki xil (zarra va elektromagnit to’lqin) xususiyatlari fotonda yorqin namoyon bo’ladi. Yorug’likning difraksiya va interferensiyalanishida u o’zining to’lqin xususiyatini namoyish etsa, uni yutilishi natijasida ro’y beradigan fotoeffekt hodisasida esa uning zarra (foton) xususiyati ochiladi. Fotonning elektromagnit to’lqin xususiyat unga mos keladigan to’lqin uzunlik  =s/  bilan ifodalanadi. Yoritqichdan kelayotgan nurlanish oqimi bu har xil energiyali, demak chastota yoki to’lqin uzunlikka ega, fotonlar oqimidan iborat. Demak foton to’lqin yulug’i (fanda paketi) dan iborat. Ko’pchilik astrofizik bilimlar osmon yoritqichlarining nurlanishini spektrga yoyish (fotonlarni to’lqin uzunliklari bo’yicha ketma-ket joylashtirish) va tekshirish natijasida olinadi. Osmon yoritqichlarining spektri teleskopga o’rnatilgan spektrograf yordamida olinadi (bu mavzuga biz keyinrok qaytamiz). Ma’lumki, oq nurni rangli nurlarga ajratish va o’rganish osmon yoritqichi, Quyosh, nurini prizma orqali o’tqazishdan (Isaak N’yuton, 1660) boshlangan. Keyinchalik olingan yuqori ajratilganlikka ega Quyosh spektri qora chiziqlar bilan kesilgan tutash, rangba-rang, spektrdan iborat ekanligini ko’rsatdi. Nemis olimi Fraungofer 1814 y da bu chiziqlarni ro’yxatga oldi. 1859 y.da nemis olimlari Kirxgof va Bunzen bu qora chiziqlar tabiatini ochib berdilar. Fraungofer chiziqlari Quyoshning nisbatan past temperaturadagi atmosfera qatlamida hosil bo’ladi. Quyoshning ichki qaynoq qatlamlaridan kelayotgan nurlanish uning nisbatan past temperturaga ega atmosfera qatlamlaridagi atomlar va ionlar tomonidan ko’plab marta yutilib-chiqarilgandan so’ng fazoga sochiladi. Atmosfera moddasi ma’lum yutish va sochish koefitsenti bilan belgilanadi. Bu koefitsentlar yuza birlikka ega. Yutish koefitsenti katta bo’lsa atmosfera notiniq bo’ladi. Chiqarish koefitsenti atmosferaning (muhitning) nurlanish intensivligini belgilaydi. Chiqarish koefitsenti katta bo’lsa, muhit kuchli nurlanish sochadi. Nurlanish va yutish koefitsentlari atom o’tishlar ehtimoliga va muhitning teppYeraturasi bilan belgilanadi va umuman olganda nurlanish chastotasiga bog’liq. Astrofizikaning vazifasi osmon yoritqichlari spektriga asoslanib ularning atmosferasi tarkibi va fizik holatini o’rganishdan iborat. Bunda astrofizika yoritqich atmosferasida uning nurlanishi tarkibini (spektr) shakillanishini atom protsesslari asosida ochib beradi. 2.1. Osmon yoritqichlarining elektromagnit nurlanishi. Osmon yoritqichlari spektri (kengroq ma’noda elektromagnit nurlanishi) tarkibi yoritqich moddasining fizik holatini o’zida aks ettiradi. Ayrim yoritqichlar (masalan tumanliklar) ning spektri emission chiziqlardan tashkil topgan bo’lsa, boshqalari (masalan yulduzlar) niki qora chiziqlar bilan kesilgan tutash (uzluksiz) spektrdan iborat. Osmon yoritqichlari orasida shundaylari ham borki ularning spektri murakkab ko’rinishga ega. Spektrning bir (yorug’lik nurlari) qismi qora chiziqlar bilan kesilgan tutash spektrdan iborat bo’lsa, boshqa qismi (ultrabinafsha va rentgen) xira tutash spektr yuzida ko’rinadigan emission (yorug’) chiziqlardan tashkil topgan. Bu bizga osmon yoritqichi har xil fizik sharoitga ega qatlamlar bilan o’ralganligidan dalolat beradi. Ko’pchilik osmon yoritqichlarining (masalan yulduzlarning) tashqi qatlamlari minglab va millionlab gradus temperaturaga ega. Bunday temperaturadagi qatlamlar keng spektral diapazonida, to’g’rirog’i elektromagnit to’lqinlar shkalasining barcha qismlarida tiniq va nurlanish sochadi. Hozirgi zamon astrofizikasi elektromagnit to’lqinlar shkalasining barcha qismlarida (gamma nurlardan tortib radio to’lqinlargacha) kuzatish-tekshirish ishlari bajarish imkoniyatiga ega. Yer atmosferasi ikkita tiniqlik «darchasi» ga ega: optik (0.29 – 1 mkm) va radio (1 mm dan 20 m gacha) darcha. Bu darchalardan tashqaridagi elektromagnit nurlanish raketalar va Yerning suniy yo’ldoshlariga o’rnatilgan va Yer atmosferasidan tashqariga chiqarilgan priborlar yordamida tekshiriladi. 1- jadvalda astrofizik tekshirishlar qamrab olgan elektromagnit spektr sohalarga ajratib va nomlanib keltirilgan. Jadvalda sohalarning Yer atmosfYerasidan o’tish - o’tmaslik sharoitlari va ularni qayd qilish usullari ham berilgan. 1- Jadval Astrofizikada tekshirishlar olib boriladigan elektromagnik spektr Spektral sohalar To’lqin uzunlik-lari Yer atmosferasidan o’tishi Tekshirish usullari va teleskoplar Nurlanish priyemnik- lari Gamma nurlar <0.01 nm Atmosfera-ning N, O atomlarida kuchli yutiladi va Yer yuziga yetib kelmaydi Yer atmosferasidan tashqaridan, Yerning suniy yo’ldoshlari va raketalarga o’rnatilgan asboblar yordamida Gamma teleskopga o’rnatilgan foton sanoqchilar, SSD Rentgen nurlar 0.01–10 nm Havoning N 2 , O 2 , O 3 molekulalarida kuchli yutiladi va Yer yuziga yetib kelmaydi Yer atmosferasidan tashqaridan, Yerning suniy yo’ldoshlari va raketalarga o’rnatilgan asboblar yordamida Rentgen teleskopga o’rnatilgan foton sanoqchilar, SSD Ultrabinaf-sha nurlar 10–296 nm Havoning N 2 , O 2 , O 3 molekulalarida kuchli yutilish Yer atmosferasidan tashqaridan, Yerning suniy yo’ldoshlari va Optik teleskop (OT) ga o’rnatilgan foton 296,5-390 nm Yer atmosferasi tiniq raketalarga o’rnatilgan asboblar yordamida (SOHO) Yer yuzidan, Eng Katta Teleskop (EKT) sanoqchilar, SSD OT ga o’rnatilgan foton sanoqchilar, SSD YOrug’lik nurlari 390 – 760 nm Yer atmosferasi tiniq, Yer yuziga yetib keladi Yer yuzidan OT, EKT va Xabl Kosmik Teleskop (XKT) OT ga o’rnatilgan foton sanoqchilar, SSD, fotorezistrlar Infraqizil nurlar 0.76 – 15 mkm H 2 O, CO 2 va boshqa molek. tasmalarida yutiladi va kuchsizlanadi Qisman Yer yuzidan, asosan kosmosdan, SpitsYer Kosmik Teleskopi (SKT) Kosmik fazodan, OT ga o’rnatilgan bolometr, radiometr, fotorezistrlar , Radiometr 15 mkm – 1 mm Molekulalarda kuchli yutilish SKT Radioto’lqin- lar 1 mm dan – 20 m gacha Yer atmosferasi 1, 4.5, 8 mm va 1 sm dan 20 m gacha tiniq Yer yuzidan, Radiotelesko pga o’rnatilgan radiometr Ma’lumki, qizdirilgan qattiq jismlar va zich gazlar tutash spektrga, siyrak gazlar esa harxil rangdagi (chastota, to’lqin uzunlikdagi) emission chiziqlar ketma- ketligidan iborat spektrga ega.Quyosh va yulduzlarning sirt qatlamlari zich gaz holatda va shuning uchun ularning spektri tutash spektrdan iborat. Tutash spektrda intensivlikni taqsimlanishi ham harxil. Ko’pchilik yulduzlar spektrida intensivlik asta sekin o’zgarib borsa, ayrim yulduzlar spektrining ma’lum qismlarida intensivlikni keskin sakrab o’zgarishi kuzatiladi. Osmon yoritqichlarining spektri ular moddasining fizik holatiga va birinchi navbatda tempYeraturasiga bog’liq bo’lishi kYerak. Spektrni tarkibini temperaturaga bog’liqligini ko’rishdan oldin spektrni hosil qiluvchi atom jarayonlar bilan tanishib chiqamiz. 2. Tutash spektrni hosil bo’lishi a). Issiqlik nurlanish. Yulduzlarning temperaturasi minglab va o’n minglab gradusgacha etadi. Bunday tempYeraturada modda gaz holatda bo’ladi, shuning uchun biz gazlarning tutash spektri bilan tanishib chiqamiz. Ma’lumki, nurlanish fotonlari atomlar yoki molekulalarni yuqori energiyali holatdan past energiyali holatlarga o’tishi natijasida sochiladi. Atom yoki molekulani past energiyali holatdan yuqori energiyali holatga o’tishi uchun ular ma’lum energiyaga ega fotonni yoki ma’lum energiya parchasini, kvantni, yutishi kerak. Atom va molekulalarni kvant yutib (chiqarib) bir energetik holatdan ikkinchi holatga o’tishlari uch xil bo’lishi mumkin: 1) bog’liq holatdan bog’liq holatga (bir energetik sathdan ikkinchi sathga), 2) bog’liq holatdan ozod holatga (ionlanish) va ozod holatdan bog’liq holatga (rekombinatsiya) va 3) ozod holatdan ozod holatga (elektron energiyasini o’zgarishi). Birinchi turdagi o’tishlar emission (absorbsion) chiziqlarni beradi va harbir o’tish natijasida ma’lum energiya yutiladi (absorbsiya) yoki chiqariladi (emissiya) va bu o’tishlarga qat’iy bir chastota (to’lqin uzunlik) mos keladi. Ikkinchi va uchinchi turdagi o’tishlar natijasida, ma’lum, etarli darajada keng intervaldan chetga chiqmaydigan, ixtiyoriy miqdordagi energiya, demak chastotalar yoki to’lqin uzunliklarga ega fotonlar sochiladi va bu o’tishlar rekombinasiya deb ataladi va bunday o’tishlar natijasida odatda ion, astrofizik sharoitlarda atomlar ham, ozod elektronlardan birini qabul qiladi va natijada uning ionlanish darajasi bir pog’onaga pasayadi. Bog’langan holatga o’tgan ozod elektron energiyasi nurlanish sifatida atrofga sochiladi. Ozod elektronning energiyasi ixtiyoriy bo’ladi va u atom yoki ionlar bilan to’qnashganda (atom yoki ion yaqinidan o’tganda) uning tezligi ( v 2 - v 1 ) ga demak energiyasi m e ( v 2 2 -v 1 2 ) /2 = h o’zgarishi mumkin. U zarra maydonida tezlashishi yoki sekinlashishi mumkin. Bu energiya foton sifatida sochiladi. Biroq ma’lum temperadagi manbada ozod elektronlarning energiyasi ma’lum oraliqdan chetga chiqmaydi. Elektron sekinlashganda uni energiyasining bir qismi ( m e v 1 2 - m e v 2 2 ) /2 = h  kvant sifatida sochiladi. Sochilayotgan bunday kvantlar energiyasi ham ixtiyoriy qiymatga ega bo’ladi, Biroq sochilgan energiya ma’lum kenglikdagi oraliqqa (bu oraliqning kengligi manbaning temperaturasiga bog’liq bo’ladi) mos keladi va tutash spektr ko’rinishga ega. Atomlar va elektronlarning to’qnashishi zich gazlarda tez-tez ro’y berib turadi. Shuning uchun zich gaz yetarli darajada intensiv tutash spektr ko’rsatadi. Shunday qilib zich gazlarda atomlar va molekulalarni ozoddan bog’liqqa va elektronlarni ozoddan ozodga o’tishlari natijasida tutash spektr hosil qiladi. Ma’lumki qizigan qattiq jismlarning (masalan elektr lampochkasi) va suyuqliklarning spektri ham tutash yoki uzluksiz ko’rinishga ega va u jismni tashkil etgan atomlar hosil qilgan kristalik panjaraning tebranishi va ozod eletronlarni harakati natijasida hosil bo’ladi. Bunday spektrda intensivlik to’lqin uzunlik (  ) yoki chastata (  ) bo’ylab asta-sekin o’zgarib boradi. Har bir chastotada h = h s/  erg energiyaga ega kvant sochiladi va ular energiyasi bo’yicha uzluksiz ketma-ketlikni hosil qiladi. To’lqin uzunliklari odatda angstemlarda (1E = 10 -10 m = 0.1 nm) beriladi. To’lqin uzunligi  =1 E bo’lgan kvantning chastotasi  =3  10 18 gers (gs) ga va enYergiyasi 10 4 elektronvolüt (eV) ga teng. Optik diapazon to’lqin uzunliklari bo’yicha  =390 nm dan  =760 nm gacha bo’lgan oraliqni ishg’ol etadi. Bu dipazonga chastota bo’yicha  =7,6  10 14 gs. dan  =3.9  10 14 gs. gacha va energiya bo’yicha esa 3 eV dan 1.6 eV gacha oraliq to’g’ri keladi. Binafsha nurlar 390 – 450 nm, ko’k nular 450 – 480 nm, havorang – 480 – 510 nm, yashil – 510 – 570 nm, sariq – 570 – 585 nm, to’q sarik yoki zarg’oldoq – 585 – 620 nm va qizil – 620 – 760 nm to’lqin uzunliklari oraliqlarida joylashadi. b). Spektrda intinsivlikni taqsimlanishining temperaturaga bog’liqligi . Temperatura past bo’lganda spektrda asosan qizil nurlar kuzatiladi va temperatura oshgan sari spektrni tarkibi o’zgaraboshlaydi. Qizil nurlar yonida sariq nurlar, ular yonida yashil, keyin esa, ko’k va havorang nurlar ham ko’rinaboshlaydilar. Bu jarayonda qizil, sariq, yashil va hokazo nurlarning intensivligi ham ortib boradi. 1.4-rasm. Harxil temperaturadagi absalyut qora jismning spektrida intensivlikni taqsimlanishi Bunday spektr issiqlik nurlanish spektri deb ataladi va yuqorida ko’rilgan atom o’tishlar natijasida hosil bo’ladi. Issiqlik nurlanish spektrida energiyani to’lqin uzunliklar bo’yicha taqsimlanishi manbaning temperaturasiga bog’liq va absalyut qora jism uchun u Plank formulasi (1.6) bilan tasvirlanadi. Issiqlik nurlanishni tezliklari Maksvel taqsimoti bilan tasvirlanadigan elektronlar va atomlar chiqaradi. Tutash spektrni tushuntirishda absalyut qora jism (AQJ) deb ataladigan, ideallashtirilgan, manba kiritildi. Tabiatda bunday jism yo’q. Biroq u ichi termodinamik muvozanatda bo’lgan nurlanish bilan to’ldirilgan va issiqlik o’tkazmaydigan devorlar bilan o’ralgan idish sifatida tasvirlanadi. Idish atrof muhit bilan issiqlik olmashinmaydi, uning kichkina teshigidan chiqayotgan nurlanish AQJ nurlanishi deb sanaladi. Nemis olimi G. Kirxgof bu idishning ichida nurlanishning yutilish koefitsentini chiqarilish koefitsentiga nisbati faqat tempYeratura va chastotaga bog’liqligini kashf etdi. Absalyut qora jism spektrida intensivlikni spektr bo’yicha taqsimlanish qonunini M. Plank kashf etgan. Absalyut qora jism ichida bir gs chastota oralig’iga to’g’ri keladigan nurlanish energiyasi zichligi faqat chastotaga va temperaturaga bog’liq. Absalyut qora jisimning yuza birligidan unga tik yo’nalishda bir steradian burchak ichida bir chastota birligi oralig’ida sochilayotgan nurdanishning quvvatiср гц м Вт kT h c h T I      2 2 3 1 ) / exp( 1 2 ) , (    (1.8). Bu formula T temperaturadagi absalyut qora jism spektrida chastota (  ) bo’yicha quvvatni taqsimlanishini ifodalaydi. h= 6.62 10 -27 Yerg  s – Plank, k= 1.38  10 -16 erg/grad – Bolsman doimiylari, s – yorug’lik tezligi, exp – eksponensial funksiya, natural logarifm, asosi. Past chastotalarda ( h  <<kT ) yuqoridagi Plank formulasi Reley-Jins formulasi bilan almashtirilish mumkin 2 2 2 ) , (   c kT T I  . (1.9) Energiyaning maksimumi  max = 29  10 6 / T E yoki  max = 0.29 / T sm ga to’g’ri keladi. Temperatura ortgan sari  max kamayaboradi. Million gradusda energiya maksimumi rentgen nurlarga to’g’ri kelsa, ming gradusda - bir mkm bo’lgan to’lqinlarga mos keladi. Agar (1.8) ni barcha chastotalar bo’yicha, ya’ni 0 dan cheksizgacha integrallasak AQJ dan barcha chastotalarda sochayotgan yig’indi yoki to’la energiyani topamiz, u teperaturaning to’rtinchi darajasiga proporsional: 4 ) , ( ) ( T d T I I T          . (1.10) Bu (1.8) qonun Stefan-Bolsman qonuni deb ataladi, proporsiallik koefitsenti  = 5.67  10 -5 erg/sm 2  s  grad 4 – Stefan-Bolsman doimiysi. s). Noissiqlik nurlanish . Biz yuqorida ko’rganimizdek, ozod elektronni atomlar yoki ionlar bilan yaqinlashishi natijasida sekinlanishi tutash spektrda nurlanish sochilishiga sabab bo’ladi. Ozod elektronni sekinlashishi elektr va magnit maydonlarda ham ro’y beradi. Bunday jarayonlar natijasida ham tutash spektrga ega nurlanish sochiladi va u noissiqlik nurlanishi deb ataladi. Quyoshning radionurlanishi quvvati uning optik diapazondagi nurlanishini radio diapazongacha ekstropolyatsiya qilish (cho’zish) natijasida topilgan yoki Reley – Jins formulasi bo’yicha hisoblangan nurlanish quvvatidan million marta kuchli. Bu radionurlanish Quyoshning toj qatlamlarida hosil bo’ladi va bu qatlamlarning temperaturasi million gradusga teng. Bu radionurlanish ham issiqlik tabiatga ega, chunki uni ham tezliklari, ular juda katta bo’lsada, Maksvell taqsimoti bilan tasvirlash mumkin bo’lgan elektronlar chiqaradi va spektrda enYergiyani taqsimlanishi Reley–Jins formulasi (1.9) bilan tasvirlanishi mumkin. Tojda temperaturasi millionlab (10 7 K) gradusga teng va chastotasi o’zgarib boruvchi radionurlanish ham kuzatiladi. Bu nurlanishda energiyaning taqsimlanishi bu chastotalar uchun hisoblangan Reley – Jins taqsimoti (1.9) dan farq qiladi. Chaqnash tarzda ro’y beradigan bu radionurlanish bosh chastotada (  1 = eH/2  m e c ) hamda birnecha,  2 =2  1 ,  3 =3  1 va boshqalar, girochastotalarda kuzatiladi. Bu tutash radionurlanishni magnit kuch chiziqlariga tirmashib tez harakatlanayotgan elektronlar chiqaradi, chunki unda energiyani taqsimlanishi shunday tezliklarga mos keladi. Relyativistik elektron ion maydonida yoki atrof muhit magnit maydonida tormozlanganda ana shunday spektrga ega nurlanish chiqarishi mumkin. Bunday nurlanish noissiqlik tabiatga ega va u elektronni ion elektr maydonida yoki atrof muhit magnit maydonida tormozlanishi natijasida hosil bo’ladi. Agar elektron tezligi yorug’lik tezligidan ancha past bo’lsa, hosil bo’lgan nurlanish s iklotron , agar elektron tezligi yorug’lik tezligiga yaqin bo’lsa, tormozlanish natijasida hosil bo’lgan nurlanish sinxrotron nurlanish deb ataladi. Bunday nurlanishlar birinchi bor tezlatgichlarda (siklotronlarda) kuzatilgan va ularga shunday nomlar bYerilgan. Darhaqiqat, ye energiyaga ega elektron kuchlanganligi H magnit maydon kuch chiziqlariga tik yo’nalishda harakat qilayotgan bo’lsa, u kuch chizig’i atrofida m e c 2 /E chastota bilan aylanaboshlaydi va maksimumi  = 5  HE 2 Mgs ga teng keng chastotalar oralig’ida radionurlanish sochadi. Noissiqlik tabiatga ega tutash spektrli nurlanishning yana bir turi bu elektromagnit to’lqinlarni relyativistik elektronlarda komptoncha sochilishidir. Bu nurlanish intensivligini chastota bo’yicha pasayishi I   -(  -1)/2 , aynan sinxrotron nurlanishniki singaridir. 3. Chiziqli spektrni hosil bo’lishi va intensivligi Siyrak gazlarda chiziqli spektr kuzatiladi. Quyosh atmosferasida zichlik 10 -8 g / sm 3 atrofida va gaz tumanliklarda bundan ham kichik . Bunday sharoitlarda atom to ’ nashishlari juda kam ro ’ y beradi . Agar atom nurlanish yutish natijasida asosiy holatdan uyg ’ ongan holatga yoki past energiyali uyg ’ ongan holatdagi yuqori energiyali uyg ’ ongan holatlarga o ’ tgan bo ’ lsa bunad u nurlanish yutgan . Atom uyg ’ ongan holatlarda uzoq ( birnecha nanosekundan ko ’ p ) turaolmaydi , u past enYergiyali holatga qaytadi va enYergiya chiqaradi . Qaynoq va siyrak yoki yuqori temperaturali nurlanish bilan yoritilgan gazda atomlar energetik holatlar orasida muntazam « raqs » da bo ’ ladilar va natijada gaz nurlanish sochadi . Spektral chiziqlar birinchi turdagi , bog ’ liq holatdan bog ’ liq holatga , o ’ tishlar natijasida hosil bo ’ ladi . Quyosh va yulduzlar atmosferasi asoasan vodorod (72%) va geliy (27%) atomlaridan tashkil topgan. Atmosferasida temperatura 10 ming gradus bo’lgan yulduzlarning spektrida vodorod atomi chiziqlari eng intensiv bo’ladi. Shu tufayli va spektri sodda bo’lganligi uchun chiziqlarni hosil bo’lish nazariyasini vodorod atomi misolida ko’rib chiqaylik. a). Vodorod atomi spektral chiziqlari seriyalari . Vodorod atomida elektron ko’plab orbitalarning birortasida bo’lishi va unga mos ravishda vodorod atomi ma’lum energiyaga ega bo’lishi yoki ma’lum energetik holatni (sathni) egallashi mumkin. Energetik sathga mos keladigan energiya W n bosh kvant soni n = 1, 2, 3, .... orqali quyidagi formula yordamida hisoblanadi 2 5. 13 n W n   eV. Atom boshqa zarra yoki etarli katta energiyali kvant bilan to’qnashganda u uyg’ongan holatga o’tishi yoki ionlanishi mumkin. Bunda elektron yuqori energiyali orbitaga o’tadi. Elektron yadroga eng yaqin orbitada bo’lganda atom eng kam energiyali holatda bo’ladi. Elektron orbitalari har xil, aylana, har xil ekstritentli ellipslar, bo’lishi mumkin. Ularda bo’lgan elektronlarga, demak, atomga turlicha energiya mos keladi. Shuning uchun, atom har xil energiyali sathlarga yoki energetik sathlarga ega bo’ladi deyiladi (1.5-rasmga qarang) 1.5-rasm. Vodorod atomi energerik sathlarining joylashish sxemasi va atom o’tishlar. Elektron n =1 sathdan n - chi sathga o’tishi uchun zarur energiya,  1n = W 1 - W n , uning uyg’onish potensiali va ozod holatga o’tishi uchun zarur energiya bo’lgan energiya  1  =  1 esa, ionlanish potensiali deb ataladi. Vodorod atomining ikkinchi sathining uygonish potensiali  12 = 10,12 ev.ga va birinchi holatdan ionlanish potensiali  1 = 13,5 eV. ga teng. Atomni uyg’ongan holat (k) da bo’lish vaqti t k  8,4  10 -11  k 5 sek ga teng, yoni juda qisqa bo’ladi. Masalan k = 2 bo’lsa, t 2 = 2,7  10 -9 sek bo’ladi va atom ikkinchi holatdan sakrab birinchi holatga o’tib oladi. Bunda to’lqin uzunligi  =121,6 nm ga teng kvant chiqadi. Ixtiyoriy yuqori satxlar ( k ) dan pastki satxlar ( n ) ga o’tishlar natijasida sochiladigan kvantlarning to’lqin uzunliklari Å 1)1 1( 912 1 1 2 2 k n nk     (1.11) formula (Balmer formulasi) yordamida hisoblanadi ( n = 1, 2, … va k= 2, 3, …., n < k ). Ko’plab bunday kvantlar spektral chiziqni hosil qiladi. Barcha yuqori sathlardan berilgan sathga o’tishlar natijasida emission chiziqlar ketma-ketligi (seriyasi, multipleti) hosil bo’ladi. Vodorod atomi uchun n = 1 bo’lganda bosh yoki Layman (L  , L  ,  ) seriyasi hosil bo’ladi. Bu chiziqlar spektrning ul’trabinafsha qismida joylashadilar. Ularning to’lqin uzunliklari  =121,6 nm (L  ) ,  =102.5 nm (L  ) va hokazo. Layman seriyasining chegarasi  s =91.2 nm ga to’g’ri keladi. Chegara ortida, ya’ni undan qisqa to’lqinlar tomonda, sochilayotgan kvantlar Layman kontiniuumini hosil qiladi va u tutash spektrdan iborat. Agar n = 2 bo’lsa, Bal’mer seriyasi hosil bo’ladi. Bu seriya chiziqlari yorug’lik nurlariga to’g’ri keladi va ularning to’lkin uzunliklari  =656.3 nm (H  ),  =486.1 nm (H  ) va hokazo. Bal’mer seriyasi chegarasi  s =364.6 nm ga to’g’ri keladi va chegara orqasida tutash spektrga ega kontinuum joylashadi. BalümYer kontinuumi elektronni n =2 ga mos keladigan sathdan ozod holatga o’tishi yoki atomni ionlanishi natijasida hosil bo’ladi. Agar n =3 bo’lsa, Pashen seriyasini bYeradi va bu seriya chiziqlari spektrning infraqizil qismiga to’g’ri keladi. Quyosh atmosferasining yuqori, nisbatan past temperaturadagi qatlamlamlarida atom (masalan vodorod atomi) ichki qaynoq qatlamlardan kelayotgan tutash spektrga ega nurlanishni yutadi va pastki energetik holatdan yuqori holatga o’tadi. Bunday ko’plab o’tishlar natijasida tutash spektr yuzida qora (yutilish) chiziqlar hosil bo’ladi. Bu chiziqlar to’lqin uzunliklari bo’yicha emission chiziqlarnikiday Layman, Balmer, Pashen seriyalarni hosil qiladi. b). O’tish extimoli va atomlarni uyg’ongan holatlar bo’yicha taqsimlanishi. Spektral chiziqning intinsivligi uni xosil qilgan atomni bir energetik holatdan ikkinchi holatga o’tish extimoliga va bunday o’tishlarni bergan atomlarning soniga bog’liq. Atomni bir bog’liq holatdan ikkinchi bog’liq holatga o’tish extimoli uni boshlang’ich holatda bo’lish vaqtiga teskari miqdor bilan xarakterlanadi. Elektronni bir sekundda yuqori ( k ) energetik sathidan pastki ( n ) sathga boshqa ta’sirsiz o’z-o’zicha (spontan) o’tish extimolini A kp bilan belgilayliq. Vodorod atomi uchun birinchi holatdan ikkinchiga o’tish ehtimoli A 21 = 4.7  10 8 c -1 , birdan uchga A 31 = 5.5  10 7 s -1 , ikkidan uchga A 32 = 4.4  10 7 s -1 . A 42 = 8.2  10 6 s -1 . va hokazo. k >>1 bo’lganda k -nchi sathdan birinchiga o’tish ehtimoli 5 10 1 10 2.1 k Ak   s -1 va 5 9 1 10 6 k Akk    s -1 , (1.12) formulalar yordamida hisoblanishi mumkin. Atomning uyg’ongan k - nchi holatda bo’lishi vaqti   kn k A t 1 s (1.13) ga teng, ya’ni, k - nchi sathdan boshqa barcha ( k - 1 dan boshlab) sathlarga o’tish extimollari yig’indisiga teskari proporsional miqdordir. Vodorod atomi uchun elektronni n = 2 sathda bo’lish vaqti   21 2 1 A t 2  10 -9 , sek, n = 3 sathda bo’lish vaqti esa t 3 =(A 31 +A 32 ) -1 = 10 -8 sek. Ehtimoli juda kichik bo’lgan o’tish taqiqlangan o’tish deb ataladi. Shundaylardan biri vodorodning asosiy energetik sathi ( n =1) da joylashgan. Bu sath bir-biriga juda yaqin ikkita sathga bo’linadi. Ulardan biri atom o’zagi spini bilan elektron spini bir xil yo’nalgan holiga to’g’ri kelsa, ikkinchisi ular qarama - qarshi yo’nalgan holga to’g’ri keladi. Vodorod atomini bu holatlarning biridan ikkinchisiga o’tish ehtimoli A 10 =2.85  10 -15 s -1 ga teng. Bunday o’tishlar natijasida atom h energiya chiqaradi (  =1420.4 Mgs yoki  = 21.11 sm). Bu ta’qiqlangan chiziq radiodiapozonga to’g’ri keladi. Kosmik sharoitlarda ko’pgina taqiqlangan chiziqlar kuzatiladi. Nega bu chiziqlar labaratoriya sharoitida kuzatilmaydi? Taqiqlangan chiziqni beradigan sath metastabil sath deb ataladi. Atom metastabil holatda uzoq vaqt (10 15 s) bo’lishi mumkin. Atom bunday holatdan ikki xil yo’l bilan chiqishi mumkin: 1) atom shu sathdan ketish uchun yetarli energiyadagi kvantni yutadi yoki u boshqa zarra (elektron) bilan to’qnashganida zarra o’z energiyasining bir qismini unga beradi. Bunday to’qnashuv birinchi tur to’qnashuv deb ataladi; 2) uyg’ongan atom biror zarra (elektron) bilan to’qnashganda, u o’z enYergiyasidan ajralib qolishi mumkin, bunda atom pastki, kam energiyali, holatga o’tadi, biroq nurlanish kvanti chiqarmaydi, uning uyg’onish energiyasini zarra olib ketadi. Bunday to’qnashuvlar ikkinchi tur to’qnashuvlar deb ataladi. Taqiqlangan chiziqlarda kvantlar shunday muhitda sochiladiki, ularning zichligi metastabil holatni uyg’otish uchun yetarli, biroq ikkinchi tur to’qnashuvlar orasidagi vaqt atomni metastabil holatda bo’lishi vaqtidan katta bo’lganda taqiqlangan chiziq hosil bo’lishi mumkin. To’qnashishlar chastotasi muhitning zichligiga bog’liq. Zichlik katta bo’lsa to’qnashishlar tez-tez ro’y berib turadi, kichik bo’lsa, aksincha, atom tuqnashishlar kam uchraydi. Moddaning bunday past zichlikka (N<10 -6 sm -3 ) ega holati yulduzlararo muhitda, siyrak gaz tumanliklarida, va Quyosh tojida kuzatiladi. Labaratoriya sharoitida zichlik shu darajada yuqoriki metastabil sathni uyg’otish jarayonlarini ikkinchi tur to’qnashuvlar yo’qqa chiqaradi. Bitta atom o’tishi natijasida ajralib chiqqan yoki yutilgan kvantning energiyasi kichik (yorug’lik nurlarida 2 – 3 eV, 10 -12 erg) bo’ladi, o’tish ehtimoli katta bo’lsada chiqarilgan yoki yutilgan bu energiya spektrda intensivlik (erg/(s  sm 2  gs  sr)) ni sezilarli darajada o’zgarishini (spektral chiziq) hosil qilaolmaydi. Spektral chiziq o’lchaydigan darajada intensivlikka ega bo’lishi uchun, chiziq chastotasida minglab kvantlar hosil bo’layotgan bo’lishi kerak. Buning uchun esa, ko’rilayotgan atom o’tishi boshlanadigan uyg’ongan sathdagi atomlar soni yuzlab ming bo’lishi kerak. Atomlarni uyg’ongan sathlar bo’yicha taqsimlanishini statistik fizika o’rganadi. s). Bolsman formulasi . Atomni uyg’ongan (V) holatdan asosiy holatga (A) o’tish jarayonini V  A deb belgilaylik u holda bunday o’tishga mos keladigan kvantni yutib atom asosiy holatdan (A) uyg’ongan holat (V) ga o’tadi . Bunday jarayonlarni A  V deb belgilaymiz. Statsionar yulduz atmosferasi sharoitida V  A soni A  V lar soniga teng bo’ladi. Bunday sharoit dinamik teng vaznli deb ataladi va hajm birligida i -nchi holatdagi atomlar soni ( n i ) ni asosiy holatdagi atomlar soni ( n 1 ) ga nisbati Bolsman formulasi yordamida ifodalanadi. ) exp( 1 1 1 e i i i kT g g n n      , (1.14). Bu yerda; g - sathning statistik vazni;  - uyg’onish potensiali; k- Bolsman doimiysi; T e - uyg’onish temperaturasi. Vodorod atomining ikkinchi sathi uchun ) / 117900 exp( 4 / 1 2 eT n n    . Quyosh atmosferasida T=5700 K, u holda, n 2 = 4,2  10 -9 n, ya’ni vodorodning barcha atomlari, amalda, birinchi energetik holatda bo’ladi. d) Saxa formulasi . Yuqorigidek A va V orqali atomning neytral va ionlangan holatlarini belgilaylik. Stotsionar yulduzda A  V o’tish jarayonlari soni teskari V  A o’tishlar soniga teng bo’ladi. Ya’ni vaqt birligi ichida hajm birligida ro’y berayotgan ionlashish jarayonlar soni rekombinatsiyalar soniga teng. Bu shartga asoslanib statistik fizikada Saxa formulasi chiqariladi. Agar hajm birligida ionlar soni N + bo’lsa vodorod atomlari uchun ) / 157200 exp( 10 14.2 2/3 15 1 i e T T n n n     (1.15) Bu yerda; n e va n 1 hajm birligida elektronlar va neytral atomlar soni; T i - ionizasiya temperaturasi. Agar gaz faqat vodoroddan iborat bo’lsa n e = n + , n H +n + =n hajm birligida ionlar va atomlar soni. Agar gazning ionlanish darajasini x =n + /n bilan belgilasak, u xolda,) / 157200 exp( 10 24.2 1 2/3 15 2 iT T n x x     . (1.16) Quyosh atmosferasining pastki qatlamlarida T=5700 0 K va n=10 16 cm -3 , u holda, n + =0,0004  n, ya’ni vodorod deyarli ionlanmagan. Biroq atmosferaning yuqori qatlamlarida T=6000 0 K, n=10 11 sm -3 va n + =0,2  n ya’ni 20% vodorod atomlari ionlangan. e). Spektral chiziqlarning kengligi va siljishi. Agar nurlanish manbai yoki kuzatuvchi kuzatish chizigi (nuri) bo’yicha V l tezlik bilan harakat qilayotgan bo’lsa, u holda, kuzatuvchi manba sochayotgan  0 to’lqin uzunlikdagi nurlarni  uzunlikda qayd qiladi. To’lqin uzunligini o’zgarishi  =  -  0 harakat tezligiga bog’liq,  /  0 = V/s va bu hodisa Doppler effekti deb atladi. Spektral chiziqning tabiiy kengligi uni hosil qilgan energetik sathlarning kengligi (  E ) ga va atomni shu sathda bo’lish vaqti (  t ) ga bog’liq. Geyzenberg noaniqligiga asosan  E  t  h, bu yerda h - Plank doimiysi.    dhc hdE 2 0)(  , yuqoridagi tengsizlikka qo’ysak  =  0 2 /c   t. Agar  t=t  10 -8 sek ekanligi hisobga olinsa, u holda, vodorod atomi H  chizig’ining tabiiy kengligi  =0.00001 nm. Bu juda kichik miqdor. Biroq vodorod spektral chiziqlarning kuzatishlardan topilgan kengliklari tabiiy kenglikdan yuzlab, hatto minglab, marta katta bo’ladi. j) Chiziqning lorenscha profili . Spektral chiziqni kengaytiradigan birnecha effekt mavjud. Shulardan biri atomlarni o’zaro to’qnashishlaridir. Moddaning zichligi yuqori bo’lsa, atomlar bir-birlari bilan tez-tez to’qnashib turadilar. Agar bunday to’qnashish atom bir holatdan ikkinchi holatga o’tayotgan paytda ro’y bersa, chiqarilayotgan yoki yutilayotgan energiya to’qnashish bo’lmagan paytdagidagi shunday o’tish energiyasidan biroz ko’proq yoki kamroq bo’lishi mumkin. Atomlarni uyg’ongan holatda bo’lish vaqtlari to’qnashuvlar orasidagi vaqt bilan belgilanadi. Ya’ni  t=  t tuq va chiziqni kengligi endi quyidagi formula bilan hisoblanadi. myet c d   20  , u holda, chiziq ichida intensivlikni o’zgarishi yoki chiziqning profili quyidagi funksiya ko’rinishida bo’ladi, 20) ( 1      I (1.17). Bu yerda  - to’qnishish paytida,  0 – to’qnishish bo’lmagan paytda chiqarilgan (yutilgan) kvant to’lqin uzunliklari,  =  -  0 kvant to’lqin uzunligini to’qnashishlar natijasida o’zgarishi. Spektral chiziq to’qnashuvlar natijasida kengayadi va bu kengayish yuqorida keltirilgan Lorens formulasi (1.17) yordamida ifodalanadi. g). Chiziqni dopplercha profili . Agar nurlanish manbai, ya’ni atom, kuzatish chizig’i bo’yicha v r tuzliq bilan harakat qilsa, u holda, kuzatuvchi manba sochayotgan  0 to’lqin uzunlikdagi nurni  uzunlikda qabul qiladi. To’lqin uzunligini o’zgarishi  =  -  0 = v r  0 /c harakat tezligi ( v r ) ga bog’liq va u Doppler effekti deb ataladi. Bu yerda c - yorug’lik tezligi. Agar  0 bo’lsa,  >  0 , bo’ladi, ya’ni, harakatlanayotgan manba chizig’ining to’lqin uzunligi qo’zg’olmas manbanikidan katta, demak, u spektrning qizil qismi tomon siljigan bo’ladi ( qizilga siljish ). Bu hol manba kuzatuvchidan uzoqlashayotganda ro’y beradi va v r  0 . Agar  0 bo’lsa, manba kuzatuvchiga yaqinlashayotgan va v r  0 bo’ladi. Agar v r =10 km/c bo’lsa, u holda, vodorodning H  chizig’ining qizil tomonga siljishi  =0,022 nm ga teng bo’ladi. Bunday siljish miqdori to’lqin uzunligi bilan solishtirganda kichik miqdor, biroq chiziqning kengligi bilan solishtirganda yetarli darajada katta miqdordir. 1.6-rasm. Spektral chiziq profili: absissa o’qi bo’ylab chiziq markazidan masofa, ordinata- nisbiy intensivlik. a) lorenscha, b) dopplercha. Chiziqni hosil qilayotgan atomlar har xil tezliklar bilan betartib harakat qiladilar. Atomlarni bunday issiqlik harakat tezliklari taqsimoti Maksvell formulasi yordamida ifodalanadi Betartib harakatdagi atomlarning asosiy qismini tezligi -V V  V  oraliqda bo’ladi va V tezlikdagi atom chiqarayotgan kvantning to’lqin uzunligi qo’zg’olmas atom chiqarayotgan kvantnikiga nisbatan  = V  / c ga siljigan bo’ladi. Natijada harakatdagi minglab atomlar chiqarayotgan kvantlar hosil qilgan spektral chiziq kengayadi. Bunday kengayish Doppler effekti tasirida yoki dopplercha kengayish deb ataladi. Tezliklari  V  oraliqda joylashgagan atomlar hosil qilgan chiziqning dopplercha kengayishi m kT c d 2 0    (1.18) ga teng. Siyrak gazning betartib issiqlik harakatdagi atomlari hosil qilgan spektral chiziqning profili, yani chiziq ichida intensivlikni taqsimlanishi, Gauss formulasi bilan ifodalanidi. ) 2/ exp( 2 kT mV I   (1.19) Shunday qilib, spektral chiziqlarning profiliga ko’ra ularni hosil qilayotgan manbaning ayrim fizik ko’rsatkichlarini va u yerda bo’layotgan jarayonlar to’g’risida ma’lumot olish mumkin. Modda zichligi yuqori va optik qalin muhitlarda chiziq profili Lorens (1.17) formulasi bilan tasvirlansa, zichligi past va optik yupqa muxitda uni Gauss (1.19) formulasi tasvirlaydi. 4. Ko ’ p marta ionlangan atomlarning emission chiziqlari Quyoshning uzoq ultrabinafsha (10<  <100 nm ) va rentgen (0.01<  <10 nm ) spektrida ko ’ p marta ionlangan ( masalan , Fe X, Fe XV va hatto FeXXV1) atomlarning emission chiziqlari kuzatiladi . Bu chiziqlar Quyoshning toj qatlamlarida ( bu qatlamlarning temperaturasi millionlab gradius kelvinga teng ) ionlarning yadrolari yaqinida joylashgan K - qobig ’ ida yuqori energiyali sathdan past energiyali sathga o ’ tish natijasida hosil bo ’ ladi . Geliy ioni HeII , uglerod ioni C VI va temir ioni Fe XXVI vodorodsimon ion bo ’ lib , bu ionlar yadrosi atrofida bittadan elektron aylanadi . Bu ionlarning energetik sathlari vodorod atominiki singari va ion o ’ tishlariga Balmer formulasi (1.9) ni Z 2 ko ’ paytirib qo ’ llash mumkin . ) 1 1( 912 1 2 2 2 k n Z kn    (1.20 &#39; ) Masalan , HeII ionining ( Z =2 ) birinchi uyg ’ ongan ( k =2 ) holatdan asosiy holatga ( n =1 ) o ’ tishi natijasida hosil bo ’ ladigan HeII rezonans chizig ’ ining to ’ lqin uzunligi  12 =30.4 nm ( chetki ultrabinafshada ), C VI ionining ( Z =6 ) bunday o ’ tish natijasida hosil bo ’ lgan rezonans chiziqning to ’ lqin uzunligi  12 =3.3 nm ( bu yumshoq rentgenda ), Fe XXVI ionining ( Z =26 ) shunday rezonans chizig ’ ining to ’ lqin uzunligi  12 =0.05 nm ( bu qattiq rentgenda ) da kuzatiladi . Quyoshning chetki ultrabinafsha va rentgen spektrida bu emission chiziqlar kuzatiladi . Quyosh spektrining yashil qismida Fe XIV ga tegishli o ’ tish qoidalari bo ’ yicha taqiqlangan ( atom o ’ tish ehtimoli juda kichik ) spektral chiziq  =530.3 nm kuzatiladi . Bu chiziqlar nurida Quyoshni kuzatish toj tuzilmalarining strukturasini , ularda ro ’ y berayotgan jarayonlarni o ’ rganishga imkon beradi . Bunday chiziqlar qaynoq tumanliklarda ham kuzatiladi . Adabiyotlar: 1. Nuritdinov S.N. &#34;Somon yo’li&#34; T. FAN 1989 y. 2. Mursalimova G., Raximov A. &#34;Umumiy astronomiya&#34; T.O’qituvchi, 1976 y. 3. Bakulin P.I., Kononevich E.V., Morzov V. I. &#34;Kurs obshey astronomii&#34; M., Nauka, 1997 g. 4. Klimishin I. A. &#34;Astronomiya nashix dney&#34; M., Nauka, 1990 g. 5. B.G’. Qodirov, I. Sattorov, U.Sh. Begimqulov. &#34;Astrofizikadan kompyuterda laboratoriya ishlari&#34; T.,TDPU nashri, 2002 y. 6. Shklovskiy I. S. &#34;Zvyozdi. Ix rojdenie, jizn i smert&#34;. M., Nauka, 1990 g. 7. B.F.Izbosarov, O.R.Ochilov, I.R.Kamolov. «Astronomiyadan ma`lumotnoma». Navoiy. 2005-yil. 8. 12.Yosh matematik qomusiy lug’at. Qomuslar Bosh muharririyati. 1991 yil. 9. I.R.Kamolov, A.Bekbulatova. “Umumiy astronomiyadan testlar to’plami”. 2006 y. 10. Pedagogik ta’lim jurnali . 2007 yil 4-5 sonlar . TDPU.Toshkent. 11. Fizika, matematika va informatika jurnali.2007 yil 5-6 sonlar. Toshkent. 12. M.M.Mamadazimov “Astronomiya” Toshkent, O’qituvchi. 2007 yil. 13. A.R.Sattorov, D.I. Kamolova “Quyosh va uning tabiiy yo’ldoshlari” Buxoro nashriyoti. 2009 yil. 14. A.R.Sattorov “Zamonaviy Quyosh fizikasi” Toshkent. “Sano- standart” nashriyoti, 2011 yil.