logo

Italiya falsafasi pifagorchilar falsafiy ta’limoti. Eley falsafiy maktabi

Yuklangan vaqt:

15.10.2023

Ko'chirishlar soni:

14

Hajmi:

154.0 KB
Italiya falsafasi pifagorchilar falsafiy ta ’limoti. Eley falsafiy maktabi Reja: 1. Eley falsafiy maktabi 2. Parmenid 3. Zenon 4. Empedokl falsafasi 5. Anaksagor falsafasi Eramizdan avvvalgi VI - asr oxiridan boshlab shakllanib kelayotgan Yevropa falsafasi markazi Egey olamining Uzoq Sharqidan uning Uzoq G ’arbiga – Ioniyadan “Buyuk Gresiya”ga (Rimliklar grek dunyosining bu qismini ana shunday ataganlar) yoki “Buyuk ellada” (ellinlar uni shunday atashgan) ko’chdi. U Janubiy Italiya va Sisiliya qirg’og’idagi Buyuk koloniyalashtirish davrida turli grek shaharlari tomonidan hosil qilingan polis – koloniyalar yig’indisidan iborat. Ular Kuma, Neapol, Posidoniya, Eley, Regiy, Lokra, Kraton, Siboris, Metanoit, Sirakuza va boshqa shahar – davlatlardir. To’xtovsiz urushlar elladani charchatadi. Er.avv. 327-211 yillarda “Buyuk Ellada”ni asta-sekin rimliklar bosib oldilar va, shu tariqa, Italiya madaniyat markazi, xususan, falsafiy fikrning keyingi rivoji maskaniga aylandi “Italiyaliklar falsafasi” (Aristotel so’zi) Ioniya falsafasidan keyin antik falsafa rivojidagi keyingi tashlangan muhim qadam bo’ldi. Italiya falsafasiga Pifagor Ittifoqi, eley falsafa maktabi va Empedokl ijodi taalluqli. Pifagorchilar falsafani matematika bilan bog’ladilar va dunyoning sonli strukturasi masalasini qo’ydilar; eleychilar substansiya tushunchasini borliq tushunchasi darajasigacha rivojlantirdilar. Ularfazo, vaqt va harakatning dialektik tabiati to’g’risida mulohaza yuritdilar. Pifagoreizm manbalari haqida gap ketganda, shuni aytish kerakki, bizgacha pifagorchilarning asarlaridan hatto uzuq- yuluq parchalar ham yetib kelmagan. Asosiy manba – eshitganlardan iborat. Pifagorni Samos oroli, ya ’ni Ioniyada tug’ilgan deb aytishadi. Polikrat tiraniyasi uni o’z vatanidan ketishga majbur qilgan. Fales maslahati bilan u bilim olish maqsadida Misrga boradi va u yerda 22 yil tahsil oladi. Er.avv. 525 yilda Misr forslarga qaram bo’lib qoladi. Bunday vaziyatda misrliklar ko’plab asarlarni Sharqqa jo ’natishgan. Olimlar ham ko’chishga majbur bo’lishgan. Ma’lumotlarga qaraganda, ular orasida Pifagor ham bo’lgan. Misr, Bobil, ehtimol Xindistonda jami 34 yillik tahsildan keyin Pifagor “Buyuk Gresiya”ga– Kraton shahriga keladi va u yerda Pifagor Ittifoqini– maktabini tashkil etadi. Pifagor Ittifoqi hamfikrlarning ilmiy falsafiy va axloqiy-siyosiy “umumiy birodorligi”, jamoasidan iborat. Hikoyatlarga ko’ra, pifagorchilar avval Kratonda, keyinchalik “Buyuk Ellada”ning boshqa shaharlarida hokimiyatni qo’lga olishgan. Ularga allaqanday Kilon qarshi turgan. Uning tarafdorlari pifagorchilar Kratonda syezdga to ’planishganda binoni qurshab olib, yoqib yuborishgan. Pifagorchilarsiyosiy qarashlaritahlili ularning anarxiyaga qarshi ekanligini ko ’rsatadi. Pifagor Ittifoqi ichida ham nizolar bo ’lgani to’g’risida gapirishadi. Ular aristokratiya va demokratiya tarafdorlari orasida bo’lib, oxir oqibatda bu Ittifoqning tarqalishiga olib kelgan. Pifagorchilar turmush tarzi qadriyatlar iyerarxiyasiga tayangan. Ular birinchi o ’ringa go’zallik va ezgulikni, ikkinchi o’ringa foyda, uchinchi o’ringa yoqimlilikni qo’yadi. Go’zallik va ezgulikka Pifagorchilar fanni ham qo’shadilar. Pifagor Ittifoqiga har ikkin jins vakillaridan (faqat erkinlari) ko ’p yillik axloqiy sinovdan o’tganlarini qabul qilishgan. Mulk umumiy bo’lgan, Ittifoqqa kirishayotganda mulklarini maxsus iqtisodchilarga topshirgan. Ittifoq ikki bosqichli bo ’lgan. Akusmatiklar (quloq soluvchilar, eshituvchilar) bilimlarni dogmatik tarzda o’zlashtirishgan, matematiklar (olimlar) bilimlarni asoslash bilan shug’ullanishgan. Pifagor Ittifoqi yopiq tashkilot, umumiy ta’limot yashirin bo’lgan. Pifagorchilar quyosh chiqquncha o ’rinlaridan turishgan, gimnastika mashqlarini bajarishgan, keyin dengiz bo’yiga borib, quyosh chiqishini kuzatishgan. Kechqurun birgalikda cho ’milishgan, birga ovqatlanishgan va xudolarga sig’inishgan, uxlashdan avval o’zlariga hisobot berishgan: uch marta o’zlaridlan quyidagilarni so’rashgan: bugungi kunim qanday o’tdi? Bugun nima qildim?, Qanday burchim bajarilmay qoldi? Pifagorchilar etikasi asosida ehtiroslar ustidan g ’alaba qozonish, kichiklarning kattalarni xurmatlashi, do ’stlik va birodorlikni ulug’lash, Pifagorga sodiqlik, xurmat bilan qarash yotadi. Pifagorchilar medisina, psixoterapiya, bola tug ’ish masalalariga extibor berishgan. Ular aqliy qobiliyatni kuchaytiriadigan usullarni yaratishgan, tinglash vakuzatish ko’nikmalarini hosil qilishgan. Ular xotirani (mexanikasi va ma ’nosini) rivojlantiriganlar, ma’noni faqat boshlang’ich asosni topganda tushunishi mumkin, deb hisoblashgan. Pifagorchilar mushohadalik, donolik turmush tarzini, siyosiy faollikni yuqori baholashgan. Ularning turmush tarzi kosmosdagi tartib va olamdagi simmetriya to ’g’risidagi tasavvurlardan kelib chiqqan. Kosmos chiroyi hammaga ham ochila bermaydi. Unga faqat to’g’ri turmush tarzini kechirayotgan odamgina musharraf bo’ladi. Pifagoreizm davrlari: 3 ta cho ’qqisi mavjud: siyosiy (er.avv. 5- asrning birinchi yarmi), falsafiy (er.avv. 5- asrning ikkinchi yarmi), ilmiy (er.avv. 4 asrning birinchi yarmi) davrlar. Pifagor Ittifoqi tarixini 6 qismga bo ’lish mumkin: Pifagor Ittifoqini tashkil etish –er.avv. VI-asr oxiri. Bu Pifagorchilar fanining Pifagorchilar “biradorligi” doirasida shakllanishi. Uning ildizi orfik jamoaga borib taqaladi. Mazkur davrda pifagorchilar “Buyuk Ellada”da hokimiyat tepasida bo’lganlar. 1. Pifagorchilarning siyosiy hukmronlikka egaligi (er.avv. V asr birinchi yarmi); 2. Ittifoqning quvg ’in qilinishi, tarqatib yuborilishi (er.avv. V asr o’rtalari); 3. Pifagor diasporasi (egilishi), Liziz va Filolay. Bu Filolay ta ’limotida falsafiy cho’qqiga erishilgan davr (er.avv.V asrning ikkinchi yarmi); 4. Arxit Tarentskiy va uning guruhi –pifagoreizmning fanga aylanishi, uning nafaqat mirologiyani, balki falsafiy asarlarni ham yo’qotishi (er.avv. IV asr birinchi yarmi); 6. Pifagorchilar fluntada –oxirgi pifagorchilar (er.avv. 4 asr o’rtalari). Ilk pifagoreizm, Pifagor ta’limoti to’g’risidagi dastlabki ma’lumotni Geraklitdan olamiz: “Ko’p narsani bilish aqlli bo’lishga o’rgatmaydi, aksi bo’lganda Gesiod, Ksenofan va Pifagor aqllilikka o’rganishgan bo’lardi” 1 . Boshqa bir joyda Geraklit aytadiki, Pifagor donishmandligi ko’p bilimlilik emas, balki aldashdadir. Gerodot Pifagorni “buyuk ellin donishmandi” deb ataydi. Aytishlaricha, Pifagor Germes xudosining o ’g’li Efialtni o’zida gavdalantirgan. Xudoni qahramon avlodlaridan deb bilgan Pifagor o’zini boshqa odamlardan yuqori qo’ygan. Pifagorjonning ko ’chib yurishini ta’kidlaydi: uningcha, aqlli mavjudotlarning 3 turi mavjud: Xudo, inson va Pifagorga o ’xshashlar (insonlarning yaxshiroq urug’dan paydo bo’lganlar). Pifagorning asosiy tezisi- “eng yaxshi dono - son”, son barcha narsalarga, shu jumladan, axloqiy, ma’naviy sifatlarga ega. Aristotelning yozishicha, Pifagor shogirdlariga, “Adolat - o’z – o’ziga ko’paytilgan son”, deb uqtirgan. Shuningdek, u, “Jon garmoniyadan iborat”, deb aytgan. Yamvlix (4-asr) va Boesiy (5-asr oxiri – 6-asr)ning aytishlaricha, temirchilar ishlayotgan joydan o’tayotganda Pifagor ularning og’irligi bir xil bo’lmagan bolg’alarbilanurayotganlarinipayqaganvaularchiqarayotgan tovushning turli xil tovushlar garmoniyasini hosil qilayoganini tushungan. Bolg ’alar og’irligini o’lchash, tovushlar uyg’unligi, hamohangligini ularning miqdori orqalianiq belgilash, bilish mumkinligini tushungan va bundan Pifagor, “son hodisalarni boshqaradi”, degan xulosaga kelgan. Uningcha, shu yo’l bilan sifatga ega barcha hodisalarni o’lchash va tabiatini bilish mumkin. Mavjud ma ’lumotlarga ko’ra, Pifagor yirik matematik bo’lgan. “Pifagor teoremasi” va solishtirib bo’lmaslik hodisasining kashf etilishini uning nomi bilan bog’lashadi. U matematikani empirik fandan (savdogarlarga xizmat qiladigan) nazariy fanga aylantirishga katta hissa qo’shgan. Neoplatonik Prokl (5-asr) ning yozishicha “Pifagor geometriyaga erkin fan shaklini berdi, uning prinsiplarini sof abstarkt holda olib qaradi, teoremalarni nomoddiy, intellektual nuqtai nazardan o’rgandi”. Teofrastning ta’kidlashicha, Pifagor 5 ta fizikaviy elementni 5ta to’g’ri ko’pburchaklar bilan bog’lagan: Yer–kub, olov-to’rt qirrali piramida (tetraedr), havo-sakkiz qirrali (oktaedr), suv–yigirma qirrali (ikosaedr), efir–o’n ikkin qirrali (dodekaedr) shaklga ega deb hisoblagan. Aristotel fikricha, Pifagor ellinlardan birinchi bo’lib tarozi va o’lchovlarni kiritgan. F.Koplstonning pifagorchilar matematik-metafizik falsafasi tahlili, shu munrsabat bilan Aristotel va boshqa mutafakkirlarning pifagorchilar to ’g’risidagi fikr-mulohazalariga murojat qilishi, bizningcha, masalaning ko’p qirralari va mohiyatini tushunishga yordam beradi. U Aristotelning “Metafizika”sida yozgan quyidagi so’zlariga e’tiborini qaratadi: “Pifagorchilar o’zlarini matematikaga bag’ishlaganlar, ular birinchi bo’lib bu fanni ilgari surdilar va shu asosda tarbiya topgani holda o’ylashganki, borliqdagi barcha narsalar uning prinsiplariga bo’ysunishadi...”. Pifagorchilar muayyan fan ibtidosida turgan barcha olimlar singari entuziazm bilan to’lib-toshganlar, ularni sonlarning hayotimizda o ’ynaydigan roli hayratga solgan. Haqiqatan ham barcha narsalarni hisoblasa bo’ladi va ularning ko’pisi matematik ifodalanishi mumkin. Xususan, ikki o’zaro bog’liq nasalar munosabati son proporsiyalari yordamida ifodalanishi mumkin; muayyan miqdordagi tartiblangan predmetlar tartibi matematik ifodalanishi mumkin va hokazo. Pifagorchilarni eng ko’p hayratga solgan kashfiyot cholg’u asbobi simlari oraligidagi musiqiy intervallarni sonlar bilan ifodalash mumkinligi. Tovushning yuqoriligini songa bog’liq deb aytish mumkin, boshqacha aytganda, u sim uzunligiga bog’liq, notalar oralig’idagi intervallarni esa sonlarning o’zaro munosabatida ifodalasa bo’ladi. Xuddi musiqiy garmoniya sonlarga bog’liq bo’lishi singari, borliqdagi garmoniya ham, pifagorchilar fikricha, sonlarga bog’liq. Miletlik kosmologlar borliqdagi qarama-qarshiliklar to’g’risida gapirishdi; pifagorilarning musiqa bo’yicha tadqiqotlari ularga “kurash” muammosini osongina yechish g ’oyasini son konsepsiyasi orqali sekingina aytib berishi mumkin edi. Aristotel aytadi: “Musiqiy atributlar va qatorlarning o’zaro nisbatini sonlar bilan ifodalash mumkinligini ko’rgani uchun ular tabiatdagi barcha narsalarni sonlar yordamida modellashtirish mumkin degan xulosaga kelganlar va sonlar, ular fikricha, butun tabiatdagi birinchi narsalar bo’lgan, borliq esa musiqiy qator va sondan iborat ”. Anaksimandr barcha narsani Chegarasizlik va Noaniqlikdan keltirib chiqardi, Pifagor unga Chegarasizlikka shakl beradigan chegara konsepsiyasini qo’shdi. Bunga proporsiya va garmoniyasi arifmetik ifodalanadigan musiqa (hamda sog’liq bo’lib, unda “mo’tadillik” garmoniyaga, ya’ni sog’liqqa eltuvchi chegara bo’lib xizmat qiladi.) misol bo’ladi. Bu xulosani butun olamga nisbatan qo’llab, pifagorchilar kosmik garmoniya to’g’risida gap yuritganlar. Aytmoqchi, sonning borliqda muhim rol o’ynashini shunchaki ta’kidlash pifagorchilarni qanoatlantirmagan va ular fikrlashda ilgarilab borib, barcha narsalar o’z holicha son dir deb aytishga qaror qildilar. Tushunarli, bu juda dadil bildirilgan mulohaza, uni tushunish oson emas. Pifagorchilar aslida nimani nazarda tutganlar? Birinchidan, ular son deganda nimani tushunishgan yoki son to ’g’risida nimalarni o’ylashgan? Bu juda muhim masala, chunki unga beriladigan javob pifagorchilarning barcha narsalar son deb aytishining birlamchi sababini tushuntiradi. Aristotel bergan ma’lumotga ko’ra, pifagorchilar “son elementlari deb juft va toq sonlarni tushunishgan bo’lib, ulardan birinchisi chegarasiz, ikkinchisi-chegaralidir; birlik har ikkalasidan tashkil topadi, u ham juft, ham toqdir, son yaxlitlikdan tashkil topadi, turli sonlar esa, yuqorida aytib o’tilganidek, -bu butun borliq”.Aristotelning so’zlaripifagorchilik taraqqiyotining qaysi konkret davriga taalluqli bo ’lishidan va uning juft va toq to’g’risidagi mulohazalarining qanday talqin qilinishidan qat’iy nazar, shu narsa ravshanki, pifagorchilar sonlarni makon(fazo) nuqtai nazaridan olib qarashgan. 1-bu nuqta, 2- chiziq, 3-yuza, 4-jism. Demak, barcha narsalar-bu son degan mulohaza “barcha narsalar nuqtalardan yoki makon birliklaridan tashkil topib, birgalikda sonni hosil qiladi” deganidir. Pifagorchilarning sonlarni aynan shu ma’noda tushunganini “tetraktos” (to’rtlik) isbotlaydi, buni ular muqaddas figura deb hisoblashgan. Bu figura yordamida o ’nning bir, ikki, uch va to’rt yig’indisi ekanligini ko’rsa bo’ladi. Aristotelning aytishicha, Evrit sonlar o’rnida toshlardan foydalangan bo’lib, mazkur usul tufayli “kvadratli” va “to’g’ri chiziqli” sonlar hosil qilgan. Agar biz birdan boshlasak, toq sonlar qo’shib, ularni “gnomonlar” shaklida joylashtirgan holda, “kvadratli” sonlarga ega bo’lamiz, agar ikkidan boshlasak va juft sonlar qo’shib borsak, “to’g’ri chiziqli sonlar hosil qilamiz”. Sonlardan figuralar ko ’rinishida yoki sonlarni geometriya bilan bog’liq holida foydalanish pifagorchilarning nima uchun obyektlarni sonlarning o’zi deb olishganini, predmetlarni hisoblash deb olishmaganini tushunishga yordam beradi. Ular matematik konsepsiyalarini tartibga ko’chirib, unga narsalar borlig’ini bo’ysundirishgan. Xususan, ustiga bir qancha nuqtalarni qo’yish bilan chiziq hosil bo’ladi va bu nafaqat xayoldagi matematikada, balki tashqi reallikda hamdir; xuddi shungao’xshashbir qanchachiziqlarni ustma-ustqo’yish bilanyuza paydo bo ’ladi, jism esa- bir qancha yuzalarni birlashtirishdan vujudga keladi. Nuqta, chiziq va yuza, shunday qilib, tabiatdagi barcha jismlarni hosil qiladigan real elementlardir, va shu ma ’noda barcha jismlarga sondeb qarash kerak. Haqiqatan ham, har qanday moddiy jism 4 sonining (tetraktosning) ifodasi bo ’lib xizmat qiladi, chunki uto ’rtinchibosqi sifatida uch elementdan (nuqta,chiziq,yuzadan) tashkil topadi. Biroq qanchalik predmetlarni sonlar bilan aynanlashtirishni sonlarni geometric figuralar tarzida ko ’rsatishni odatga yo’yish mumkinligini va musiqa sohasidagi pifagorchilar kashfiyotlari butun olamga qanchalik yoyilgan bo ’lishini aytish juda murakkab. Bernet buyumlarni dastlab sonlar bilan almashtirish, sonlarni geometric figuralar bilan aynanlashtirishga emas, balki barcha musiqali tovushlarni sonlarga keltirish mumkinligiga asoslangan, deb hisoblaydi. Biroq, obyektlarni pifagorchilar singari moddiy nuqtalarning muayyan miqdori yig ’indisi sifatidaolib qarasak, va ayni vaqtda, sonlarni geometrik nuqtai nazardan nuqtalar yig ’indisi deb qabul qilsak, undan keyin qo’yilgan qadamni, ya’ni obyektlarni sonlar bilan aynanlashtirishni tasavvur qilish oson. Aristotel yuqorida keltirilgan nutqida pifagorchilar sonning elementlari “juft va toq bo’lib, ulardan birinchisi chegarasiz, ikkinchisi-chegarali ” deb ta’kidlashganlarini aytib o’tadi. Sonlarning chegarasizligi va chegaraligi to ’g’risidagi fikr qayoqdan keldi? Pifagorilar uchun bu miqdoriy va sifatiy o ’lchamlari cheklangan predmetlar va chegarasi yo’q Kosmos. Kosmologiyada Pifagor –birinchilar qatorida geosentrizm tarafdori. Pifagor ijodiga yakun yasab, quyidagi xolatlarni ajratib ko ’rsatish mumkin: Pifagor –ziddiyatli shaxs. U falsafa targ’ibotchisi. Sonni dunyo tuzilmasi asosi deb bildi. Pifagor ta ’limotini uning izdoshlari aniqlashtirishdi va ma’lum bir jihatlarini rivojlantirishdi. Dastlabki pifagorchilar safida Parmeniks, Perkons, Brontin, Petron, Alkmeon, Gippas hamda Deynono (teano) –Brontinning xotini va boshqalar bor. Gippas - ilk pifagorchilarning buyuk vakili. Aristotel fikricha, u barcha narsaning boshlang ’ich asosini olovda deb bilgan. Ana shunisi bilan u boshqa pifagorchilardan farq qilgan. Gippasda son Geraklitning logosiga to’g’ri keladi. Gippas fikricha, son–olam yaratilishining birinsi namunasi. Pifagor Ittifoqida Gippas demokrat sifatida aristokrat Pifagorga qarshi turgan. Gippas fikricha, barcha ozod, erkin odamlar boshqaruvda ishtirok etishi kerak. Ufanning elitar bo ’lishiga qarshi chiqqan (Sharqda bu paytda ilmelitar edi). Gippas “munosib emaslarga” tabiatni o’lcham va proporsiyaga ega sifatida ham, ega emas sifatida ham ochib bergan. Sonlar, pifagorchilar fikricha, olamdagi tashkillashish va aqllilikning manbaidir. Sonlar esa bir xil birlikdan tashkil topadi. Demak, dunyoning asosida bir soni yotadi. Keyinchalik shu narsa ma ’lum bo’ldiki, dunyoni asosida kam deganda bir -biriga o’tadigan ikkita turli xil bir mavjud. Demak, aqlsiz, irrasional omillar olamning yuragida mavjud ekan. Pifagorchilar bunday sonlar bilan qanday ish ko’rishni bilmaganlar. Nomuvofiqlik hodisasi ular dunyoqarashining negizini parchalagan. Shuning uchun ham ular bu hodisaning mavjudligini yashirishgan. Gippas esa, nomuvofiqlikni akusmatiklarga xos deb aytgan. Buning uchun Gipposni Ittifoqdan xaydashgan. Ketayotib, ehtimol, u akusmatiklarning bir qismini o ’ziga ergashtirgan, aks xolda Pifagor matematiklar sardori, Gippas akusmatiklar boshchisi deb aytilmas edi. Pifagorchilar Gippasni la’natlashgan, unga nisbatan magiyani qo’llashgan, go’r qazishgan. Haqiqatan ham ko’p o’tmay Gippas suvda cho’kib o’lgan. Pifagorchilar medisinasi . Pifagorlar tanani gimnastika va tana sirti dorilari bilan, qalbni - muzika bilan davolashgan. Ular salbiy emosiyalardan o ’zlarini ehtiyot qilishgan (nafrat, qayg’urish, umidsizlanish, jonning vahimaga tushishi va boshqalardan). Buning uchun ular psixoterapiyani qo’llashgan. Ular kasallikning oldini olishga urinishgan. Pifagorshogirdi Kallifonmedisina maktabining asoschisi bo ’lib hisoblanadi. O’g’li Demoked otasi bilan konfliktda bo’lgan. U Persiyada asirda bo’lganda, fors shohini davolagan va katta shon – shuxratga ega bo’lgan. Oxir- oqibatda o’z vataniga qaytgan. Alkmeon –Kroton medisina maktabining boshqa bir yirik vakili. Falsafiy mushohada yurituvchi shifokor bo’lgani uchun u kasallikning umumiy sabablarini qidirgan va ana shulardan birini tana muvozanatining, sifatining buzilishida deb bilgan. Anatomiyaga asos solgan. Jonni o ’lmas deb hisoblagan. Pifagor va pifagorchilar jamiyat boshqaruvining yaxshi shaklini aristokratiyada ko ’rishgan va shuning uchun ular “yunon aristokratik hokimiyatini tuzish tarafdori bo’lib kelganlar”. Pifagor va pifagorchilar falsafiy qarashlari tahlili shuni ko ’rsatadiki, ular ta’limotlarining muhim natijalaridan biri borliq yaxlitligi asosini tashkil etuvchi substansiyani konkret predmetlar, masalan, suv yoki havoda emas, abstrakt obyekt- sonda deb bilishi bo’ldi. Bu substansiyani nazariy tushuncha sifatida yaratish sari tashlangan muhim qadam bo’ldi. Shuningdek, borliqdagi umumiy aloqadorlikni garmoniya tarzida talqin etish uning muayyan ko ’rinishda tartiblanganligi, qonuniy xarakterga egaligini tushunish uchun muhim edi. ELEY FALSAFIY MAKTABI Eley falsafa maktabi ham Pifagorchilar Ittifoqi singari “Buyuk ellada”da paydo bo’lgan. Bu maktab vakillari Ksenofan, Parmenid, Zenon va Melisslardir. Eleymaktabivakillari falsafa kategoriyalarini, xususan borliq, substansiya tushunchalarini yanada rivojlantirdilar. Aynan eleychilar falsafaning muhim masalalaridan biri-borliq va tafakkurning o ’zaro munosabati masalasini qo’yishgan. Shuning uchun ham, aytish mumkinki, antik falsafaning shakllanishi eley maktabi bilan tugallanadi. Ksenofan KsenofanIoniyadagi Kolofon polisidan chiqqan. Unieley maktabiga asos solgan deb hisoblashadi. Lekin uning Janubiy Italiyadagi Eley shahrida bo ’lganligi to’g’risida hyech qanday ma’lumot yo’q. Mazkur maktab faylasuflarining uni o ’z og’ushiga olishganini tushunsa bo’ladi, chunki ular Ksenofanning harakatsiz Yagona g ’oyasini qabul qilishgan. Buni Ksenofanga tegishli deb hisoblashlari tasdiqlaydi. U greklarning insonsifat qilib yaratilgan xudolariga hujum qiladi: “Agar ho’kizlar, otlar yoki arslonlar insonlardagidek qo ’llarga egabo’lib, ularbilan odamlargao’xshabchizgan va san’at asarlarini yaratishganda, otlar o ’z xudolarini otlarga o’xshatib, ho’kizlar ho’kiz obrazida tasvirlashgan bo ’lardi, xudolar jismi esa otlar va ho’kizlar tanasiga o’xshab qolgan bo ’lardi”. Bunday jinsdagi xudolar o’rniga Ksenofan “Yagona -Xudoni, jismi bilan ham, fikrlashi bilan ham oddiy insonlarga o ’xshamagan, xudolar va odamlar orasida buyuk bo ’lganni” qo’yadi. Bu Xudo “doimo harakatsiz holatda bo’ladi, chunkiunga o ’rninio’zgartirish xos emas”. Aristotel o’zining “Metafizika” sida, Ksenofan “olam to’g’risida gapirar ekan, Yagona bu- Xudo deb ta’kidlagan”, deydi. Biroq uning monotheist bo ’lishiga qaraganda monist bo’lishi ehtimoli ko ’proq va uning “teologiyasi” talqini teistik talqinga qaraganda eleychilarning unga bo ’lgan munosabatiga yaxshiroq muvofiq keladi. Aslida biz uchun monoteistik teologiya - odatdagi narsa, lekin Qadimgi Gresiyada uni nazarga ilishmagan. Ksenofan ilk bor xudolarni inson ijodi deb aytgan. Uning ta ’kidlashicha, greklar xudodan adolatni so’rashi zarur. Xudolar insonlar tomonidan o’zlariga o’xshatib ijod qilinadi. Xususan, efiopiyaliklarda xudo qora va jingalak sochli, frakiyaliklarda esa ko’k ko’zli va malla sochli deb tasvirlanadi. Demak, dinlar antropomorf ildizga ega. Kosmogoniya va kosmologiya masalalarini muhokama etishda Ksenofan faylasuf-fizik sifatida ioniya an ’analariga tayanadi. Dengiz xayvonlari va o’simliklarining toshdagi izlarini o’rganib va umumlashtirib, dunyoning kelib chiqishini tushuntiradi. Uningcha, qachonlardir yer dengizlar bilan qoplangan. Keyinchalik, yerning bir qismi ko ’tarilib, quruqlik paydo bo’lgan. Qachonlardir dengiz tubi bo’lgan joy keyinchalik tog’ bo’lib qolgan. Yer ildizlari cheksizlikka borib taqaladi: “Yer va suv barcha narsalarni yaratadi va o’stiradi” 1 . Oy–qulab tushgan bulut, Quyosh–jimirlab turuvchi moddalardan paydo bo’ladi, bu jimirlab turuvchi moddalar suvning bug’lanishi natijasida hosil bo’ladi. Quyosh har kuni yangidan yaraladi. Ksenofan olamni yaratuvchi to’rt stixiyadan birini– suvni substansiya sifatida asoslashga urinadi. Ksenofan onotologiyasi o ’ziga xoslikka ega . Aristotel fikricha, yaxlit olamda Ksenofan hyech narsani ajratmaydi. Osmonning yaxlitligini kuzatib, u yakkalik - aynan ana shu Xudo, deydi. Ksenofan xudosi –antropomorf mavjudot. Xudo o’limi haq bo’lgan odamlarga tanasi bilan ham, fikri bilan ham o’xshamaydi. Biroq u barcha narsani ko’rib, eshitib, o’ylab turadi. Bilish masalalari to ’g’risida gapirar ekan, Ksenofan sezgilarni to’g’ri ma’lumot bermaydi deb hisoblaydi. Shuning uchun ham u olamning fizikaviy manzarasining ishonchliligini qat’iy tarzda yoqlashga urinmaydi. Aql ham, uning uqtirishicha, ba’zan aldab qo’yadi. Shuning uchun ham haqiqat tasodifiydir. U sistemali fikr yuritish natijasi emas, balki tasodif oqibatidir. Ksenofan olamni bilish mumkinligini inkor etadi. U yozadi: “Agar kimdir tasodifan haqiqatni aytsa ham, o’zi buni bilmagan bo’lardi”. Haqiqat faraz qilinadi, xolos. Haqiqatga erishish-bu jarayon. Insonlar “xudolarni asta-sekin kashf qilganlar”. PARMENID Parmenid miloddan avvalgi VI-asrda (504-501 yillar oralig ’ida deb taxmin qilinadi) tug’ilgan bo’lishi kerak, chunki eramizdan avvalgi 451-449-yillarda, 65 yoshida u Afinada yosh Sokrat bilan suhbatda bo’lgan. Geraklit zamondoshi. Platondan 30 yoshga kichik. Ksenofan–Parmenid ustozi. Parmenidni o’zining tug’ilib o’sgan shahri Eley uchun qonunlar yaratgan deyishadi. Pifagor esa Sotionning, Parmenid pifagorchi sifatida faoliyat boshlagan, keyinchalik ulardan uzoqlashib, o’z falsafiy sistemasini yaratgan, degan fikrini yodida saqlab qolgan. Asosiy falsafiyasari– “Tabiathaqida” bo’lib, she’rlarda bitilgan; u “Prolog” va yana boshqa ikkita qismdan tashkil topgan. Bizgacha yetib kelgan parchalarining katta qismi Simplisiy sharhlarida saqlangan. “Axilles” prozaik asarini yo’qolgan deyishadi. Ksenofan haqida qanday o’y-fikrga kelmaylik, falsafiy jihatdan ham, tarixiy jihatdan ham olib qaraganimizda, shubhasiz, Eleylik Parmenid Eley maktabining haqiqiyasoschisidir. “Prolog”–badiiy–mifologik dunyoqarash mahsuli. Uningcha, dunyoni harakatlantiruvchikuch-logos. Xaqiqatningmezoni–aql. Uning 2ta choragi bor ”: biri- mukammal haqiqat choragi, ikkinchisi-oddiy odamlarning ishonchli bo’lmagan fikrlari. Shunga muvofiq holda falsafaning ikki turi mavjud: haqiqatgq mos falsafa va o’y-fikrga mos falsafa. Shuning bilan bog’liq holda u Prolog poemasining 2 ta qismini “Haqiqat yo’li”, “O’y- fikr yo’li” deb ataydi. “Xaqiqat yo’li” da 2 ta masala: borliq va noborliq, borliq va tafakkur munosabati masalalari muhokama etiladi. Har ikkala masala, Dine (adolat xudosi) ning ta’kidlashicha, faqat aql bilan hal etilishi mumkin. Aql xatolashishdan xoli emas. Haqiqat yo’lida u turli tuzoqlarga tushib qolishi mumkin. Agar shunday bo’lsa, u noto’g’ri yo’ldan ketib qoladi va haqiqatga erisha olmaydi. Ana shu yo’llardan biri noborliqni tan olishga yetaklaydi: agar noborlik bor desak, u zaruriy tarzda mavjud bo’ladi. Ikkinchi xato–borliq va noborliqni aynan bir xil narsa deb bilishda. Tafakkurning bosh qonuni- bu unda ziddiyatning taqiqlanishi. Parmenid o’z asarida noborliqning yo’qligini isbotlashga urinadi. Uningcha, noborliq mavjud emas, chunki noborliqni bilish ham, uni tilda so’zlar orqali ifodalash ham mumkin emas. Parmenid fikrlash va so’zda ifodalash mumkin bo’lgan narsani tan oladi. U yozadi: “tafakkur va borliq bir narsadir” 2 . Fikr faqat o’z predmetiga ega bo’lsagina fikr, predmet faqat fikrlansagina predmet bo’la oladi. Noborliq, yuqorida aytilganidek, shuning uchun ham mavjud emaski, uni fikrlab bo’lmaydi. Parmenid, noborliq mavjud emas ekan, demak, borliq yagona va harakatsiz, degan xulosaga keladi. O ’y-fikr yo’li oddiy odamlar fikr – mulohazalaridan iborat bo’lib, u ko’rinmaydigan dunyolarni farqlaydi, ular borliq va noborliq emas. U mavjudligi taxmin qilinadigan dunyolarning paydo bo’lishini ikkita boshlang’ich asos: yer va olovor qali tushuntiradi; ulardan biri materiya, ikkinchisi ta’sir etuvchi sababdan iborat. Parmenid borliqning tabiati qanday ekanligini tushuntirishga urinadi. Uning borliqni moddiy deb hisoblashi, borliq yoki Yagona cheklidir, degan fikridan ma ’lum. Cheksizlik, uningcha, allaqanday noaniqlikni va aniqlanmaydiganni anglatgan bo’lardi; borliq esa reallik sifatida noaniq va aniqlanmaydigan bo’lishi mumkin emas; u bo ’sh fazoda o’zgarishi, kengayishi mumkin emas: u aniq, aniqlanadigan va tugallangan bo’lishi lozim. U vaqtda cheksiz, chunki boshi va oxiri yo’q, fazoda chegarasiga ega. Boz ustiga, u barcha yo’nalishlarda birdek real, va shuning uchun ham shar shaklida, markazdan barcha yo’nalishlarda bir xil muvozanatda, chunki bir joyda katta, boshqa joyda-kichik bo’lishi mumkin emas. Parmenidning g ’oyalarini to’ldirgan shogirdi Meliss haqida bir og’iz so’z aytamiz. Parmenid borliq, Yagona fazoda chegaralariga ega degan bo’lsa, Meliss boshqacha fikrda bo’lgan: agar borliq chegarasiga ega bo’lsa, uning tashqarisida “hyech nima” bo’lishi lozim; borliq ana shu hyech nima bilan o’ralgan. Unday bo’lsa, u cheksiz. Borliq bo’shliq bilan o’ralgan emas, zero bo’shliq-hyech nima. Hyech nima esa mavjud bo’la olmaydi. ZENON Zenon er.avv. V-asrning oltmishinchi yillarida tug ’ilgan, Parmenid shogirdi. Zenon tiraniya bilan kurashda “buyuk odamning qo’rqoq bo’lishi uyat” degan fikrni asoslashga urinib, halok bo’lgan (Plutarx fikri). Uning ko’p sonli asarlaridan (“Bahslar”, “Faylasuflarga qarshi”, “Tabiat haqida”) bir qancha fragmentlar saqlangan, xolos. Aristotel 3yenonni dialektika ixtirochisi deb ataydi. Bu subyektiv dialektika – dialektik tarzda bahs yuritish va mulohazalar bildirish san’ati, raqibning fikrini rad etish va e’tiroz bildirish orqali uni qiyin ahvolga solib qo’yish san’atidir (Plutarx so’zlari). Antik demokratiya sharoitida bahs yuritish va ishontirish san’ati muhim hayotiy ehtiyoj bo’lgan. Shuning uchun ham Zenon bahs yuritish, eristika san’atiga o’rgatib, katta pul ishlash imkoniga ega bo’lgan va bu bilan sofistlarga namuna bo’lgan. Bu dilektika uning aporiyalarida o’z aksini topgan. Zenon aporiyalari bizgacha Aristotel “Fizika”si orqali yetib kelgan. Keyinchalik ular “Dixotomiya”, “Axilles va toshboqa”, “Yoy” va “Stadion” degan nom olgan. Zenon bu “aqlli boshqotirmalari” yordamida turli misollarda harakatning mumkin emasligini asoslashga uringan. “Dixotomiya” aporiyasi: harakat boshlanishi mumkin emas, chunki harakatlanuvchi predmet yo’lning oxiriga yetib borishidan avval, uning yarmini bosib o’tishi kerak; yarmini bosib o’tishi uchun, o’z navbatida, uning ham yarmini bosib o’tishi zarur va shu tariqa cheksiz harakatlanishi kerak; ya’ni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga o’tishi uchun cheksiz nuqtalarni bosib o’tishi zarur, bu esa mumkin emas. Boshqacha aytganda, cheklangan vaqt davomida cheksiz masofani bosib o’tib bo’lmaydi. Bu fazo atomar ko’rinishiga ega degani emasmi? Axilles: bu aporiyaga ko ’ra vaqt cheksiz davomiylikka ega bo’lsa, unda jism cheklanganmasofanibosibo’taolmaydivaharakathyech qachon tugamaydi. Vaqt tugamas ekan, Axilles toshbaqaning orqasidan yuguraveradi. Vaqt tugashi bilan Axilles ham, toshbaqa ham harakatdan to ’xtaydi. Yoy aporiyasi: makon va vaqt birlikda olinganda ham harakat mavjud bo ’lmaydi. Harakatlanuvchi yoy sukunatda yoki harakatda bo’lsa-yu, jism o’z ko’lamiga teng makonni egallamasa, unda harakatlanuvchi yoy sokinlikda bo’ladi. Harakatdagi yoy har daqiqadagi harakat chog’ida o’z hajmiga teng ko’lamda ega bo’lgan holda ham harakat qilmaydi, chunki yoyning harakati sokinlikdagi daqiqalardan iborat. Stadion: ichki jism bir biriga qarama qarshi nuqtadan harakat qila turib, harakatsiz jism yonidan o ’tib uchrashishi kerak. Bu bir biriga qarama-qarshi jismlar bir xil tezlikda-biri musobaqa boshlanadigan joyning boshidan boshlansa, ikkinchisi o’rtasidan, uchinchisining harakati stadionning oxiridan boshlanadi. Uchta jism bir biri bilan uchrashganda ma’lum bo’ladiki, bu harakatdagi ikki jismning tezligi ikki hil bo’ladi va ular ikkinchi masofaning yarmisini bosib o’tadi. Zenon Parmenidning shogirdi sifatida falsafiy masalalar bo ’yicha muhokama yuritishida ustozi mulohazalaridan kelib chiqib o ’z fikrlarini bildirgan. Parmenidning ko’plikni inkor qilgani holda, o’zgarish va harakatni illyuziya deb hisoblagani ma’lum. Zenon ustozining haq ekanligiga ishongan va uni namoyish qilishga intilgan. Xususan, u pifagorchilarning ko’plik to’g’risida aytganlarini e’tirof etuvchi faylasuf hal etib bo’lmaydigan qiyinchiliklarga duch keladi, zero o’zgarish va harakat hatto plyuralistik faraz pozisiyasidan olib qaralganda ham mumkin emas, deydi. Demak, Zenonning argumentlari pifagorchilar – Parmenid opponentlari keltirgan asoslarni puchga chiqarishga qaratilgan. Quyida Zenon argumentlarini F. Koplston talqinida taqdim etamiz. Ko ’plik g’oyasiga qarshi dalillar Keling, pifagorchilar bilan birga reallikni uni tashkil etuvchi qismlardan tashkil topgan deb faraz qilaylik. Bu qismlar yo o ’lchanishi mumkin yoki o’lchanishi mumkin emas. Agar birinchi fikrni chin deb olsak, unda chiziqni o’lchanadigan zarrachalardan tashkil topgan obyekt sifatida cheksiz bo’lish mumkin, qancha bo’lmaylik, baribir o’lchanadigan qismlar qoladi, ular ham bo’linadilar va h. U holda biz chiziq o’lchamlariga egachk siz qismlardan tashkil topgan deb aytishimiz mumkin. Unda chiziq cheksiz katta bo ’lishi lozim, chunki u cheksiz sonli qismlardan tashkil topgan. Boshqa tomondan yondashib, qismlar o’lchamga ega emas, deb faraz qilaylik. Bu holda butun Borliq cheksiz kichik bo’lib qoladi, chunki biz qancha qismlarni qo’shmaylik, agar ular o’lchamga ega bo’lmasa, unda ularning yig’indisi ham o’lchamsiz bo’ladi. Lekin, Borliq o’lchamga ega emas deganimiz, u cheksiz kichik, unda barchasi cheksiz kichik deyshimiz bo’ladi. Pifagorchilar, shunday qilib, dilemma oldida qolishgan. Yo butun Borliq buyuk cheksiz, yo cheksiz kichik. Zenon shunday xulosaga keltirmoqchiki, mazkur dilemmani yaratgan faraz, chunonchi, Borliqning qismlardan tashkil topishi - puchdir. Agar pifagorchilar Yagona mavjudligi to ’g’risidagi faraz axmoqona xulosaga olib keladi, deb o’ylagan bo’lsalar, Zenon unga zid farazni, ko’plik mavjudligi to’g’risidagi farazning xuddi shunday axmoqona xulosalarga olib kelishini ko’satgan. 2. Agar ko ’plik mavjud bo’lsa, uni hisoblay bilishimiz lozim. Hyech bo’lmaganda, obyektlar soni hisoblanishi zarur, zero, agar u hisoblanishi mumkin bo’lmasa, qanday qilib mavjud bo’lishi mumkin? Boshqa tomondan olganda, obyektlar hisobga tortilmasligi mumkin, lekin ular soni cheksiz bo’lishi lozim. Nima uchun? Shuning uchunki, har qanday ikki qism o’rtasida, xuddi chiziq chekiz bo’lingani kabi, boshqa qismlar bo’lishi kerak. Biroq ko’plik bir vaqtda ham chekli, ham cheksiz deyish – to’laligicha puch. 3. Don solingan qop qulayotganda biz uning shovqinini eshitamizmi? Albatta. Bir dona don yoki uning mingdan bir qismi tushayotgandachi? Hyech narsani eshitmaymie. Lekin qop donlar yoki ularning bo ’laklari bilan to’ldirilgan. U holda, agar qismlari shovqinsiz tushsa, unda qismlardan tashkil topgan yaxlit tarzdagi qop qanday qilib shovqin chiqarishi mumkin? Pifagorchilarning fazo doktrinasiga qarshi dalillar Parmenid bo’shliq yoki fazo mavjudligini inkor etgan va Zenon ustozining pozisiyasini mustahkamlashga harakat qilib, qarama-qarshi tomon dalillarini puchga chiqarish darajasigacha olib kelgan. Bir lahzaga ichida turli obyektlar bor fazo mavjudligini ko’z oldimizga keltiraylik. Agar u bo’shliq, hyech nima bo’lsa, u holda unda hyech qanday obyektning bo’lishi mumkin emas. Agar u qandaydir moddiy narsa bo’lsa, unda uning o’zi fazoda joylashgan bo’lishi kerak, bu fazo esa boshqa fazoda joylashgan bo’lishi va bu holat cheksiz davom etishi kerak. Lekkin bu puch gap. Shunday qilib, obyektlar fazoda ham, bo’shliqda ham bo’lmaydi va Parmenid bo’shliq mavjudligini inkor etganda haqdir. Harakatga oid dalillar Zenonning harakatga oid aporiyalari mashhurdir. Zenonning quyidagilarni isbotlashga urinishini esga olish lozim: mavjudligini Parmenid inkor etgan harakat pifagorchilar ko ’plik nazariyasi nuqtai nazaridan olinib qaralganda ham, birdek mumkin emas. 1. Faraz qilaylik, siz stadionni yoki yugurish yo ’lakchasini kesib o’tmoqchisiz. Buni qilish uchun pifagorchilar faraziga muvofiq cheksiz sonli nuqtalarni bosib o’tishingiz lozim. Boz ustiga, agar siz stadionning qarama-qarshi tomoniga yetib bormoqchi bo’lsangiz, uni cheklangan vaqt davomida amalga oshirishingiz zarur. Lekin siz cheksiz sonli nuqtalarni, boshqa so’z bilan aytganda, cheksiz masofani vaqtning cheklangan kesmasida bosib o’ta olmaysiz. Stadionni kesib o’ta olmasligingiz haqidagi xulosa o’z-o’zidan kelib chiqadi. Bundan tashqari, hyech bir obyekt hyech qanday masofani bosib o’ta olmaydi (chunki u shu singari muammoga to’qnash keladi) va, demak, hyech qanday harakat mavjud emas. 2. Faraz qilaylik, Axill va toshboqa yugurish bo ’yicha musobaqalashmoqchi. Axill sportchi bo ’lgani uchun toshboqani oldinga o’tkazadi. Axill harakatining boshlanish joyiga yetguncha toshboqa boshqa nuqtaga ko’chgan bo’ladi, Axill bu nuqtaga ham yetganda toshboqa yana ozgina masofaga bo’lsa-da siljiydi. Shunday qilib, Axill doimo toshboqaga yaqinlasha boradi, biroq unga tenglasha olmaydi – va agar chiziq cheksiz sonli nuqtalardan tashkil topgan, deb faraz qilsak, Axill hyech qachon toshboqani quvib yeta olmaydi, chunki, bunday holda Axill cheksiz masofani bosib o’tishiga to’g’ri keladi. Agar pifagorchilar farazini qabul qilsak, Axill hyech qachon toshboqani quvib yeta olmaydi; va, garchi ular harakat mavjudligini e’tirof etishsada, ularning o’z doktrinasi bunday emasligini namoyish etadi. Zero, undan kelib chiqadigan xulosa shundan iboratki, sekin yuruvchi, chaqqon qanday tezkor bo’lsa, u ham shunday tezkordir. 3.Uchib borayotgan o ’qni ko’z oldimizga keltiraylik. Pifagorchilar nazariyasi bo’yicha, o’q fazoda ma’lum bir holatga ega bo’lishi kerak. Biroq, fazoda muayyan holatga ega bo’lish degani sukunatda qolishlikni bildiradi. Bundan uchayotgan o’q o’z joyida turibdi degan hulosa chiqadi, bu esa puch gapdir. 4.Aristotel xabar berganidek, Zenonning to ’rtinchi dalilini , ser Devid Ross so’zlariga ko’ra, “tushunish juda qiyin, qisman buning sababi Aristotelning noaniq bayon qilishi bilan bog’liq bo’lsa, qisman bitikni turlicha talqin qilish mumkinligidadir ”. Stadionda yoki yugurish yo’lakchasida turishgan uch guruh sportilarni ko’z oldimizga keltiraylik. Guruhlardan biri harakatda emas, qolgan ikkitasi bir-biriga qarshi birdek tezlikda harakatlanmoqda. Muayyan holatni egallashi uchun V guruhinig dastlabki sportchilari A guruhining to ’rtta sportchisi yonidan yugurib o’tib ketishdi, bu paytda S guruhining birinchi sportchilari V guruhining barcha sportchilari yonidan yugurib o ’tishdi. Agar bir uzunlik birligini bosib o’tish uchun bir vaqt birligi talab etiladigan bo’lsa, unda quyidagi chizmadagi holatga erishish uchun V guruhining birinchi sportchilari uchun S guruhi sportchilariga ketadigan vaqtning roppa-rosa yarmi kerak bo’ladi. Boshqa tomondan olganda, V guruhining birinchi sportchilari S guruhining barcha sportchilari yonidan o’tgani singari, bu guruhning birinchi birinchi sportchilari V guruhi sportchilari yonidan o’tib ketishdi. Demak, ular bunday harakatni vaqtning bir xil kesmasida amalga oshirishi zarur edi. Biz vaqtning butun holati uning yarmiga teng degan puch xulosaga keldik. Zenonning bu dalillarini qanday talqin qilish kerak? Buni chiziq nuqtalardan, vaqt esa-alohida lahzalardan tashkil topadi, degan xato mulohazaga asoslangan oddiy sofistika yoki intellektual o ’yin deb o’ylasak, xatolashgan bo’lamiz. Ehtimol, chiziq va vaqt diskret emas, uzluksiz ekanligini ko’rsatib, boshqotirmani yechish mumkindir, lekin Zenon ularni uzluksiz deb hisoblagan emas. Aksincha, u chiziq va vaqt – diskretdir, degan mulohazadan kelib chiqadigan xulosaning puch ekanligini isbotlashga intilgan. Parmenidning shogirdi sifatida Zenon harakatning illyuziya ekanligi, uning bo ’lishi mumkin emasligiga ishongan. Uning keltirgan dalillarining maqsadi, hatto ko’plik farazi nuqtai nazaridan ham, harakatning bo’lishi mumkin emasligini isbotlash bo’lgan, uning mavjudligi to’g’risidagi taxmin ziddiyatli va puch xulosalarga olib kelishiga ishongan. Zenon pozisiyasi quyidagidan iborat: “Reallik- bu to’ldirilganlik, yaxlit massa, va harakat unda mumkin emas. Bizning opponentlarimiz harakat mavjudligini e’tirof etadilar va uni ko’plik farazi orqali tushunrtirishga harakat qiladilvar. Men bu gipotezaning harakatni tushuntirishga qodir emasligini, uning puchligini ko’rsatmoqchiman”. Shunday qilib, Zenon opponentlari nazariyasini puch deb hisoblaydi va uning dialektikasining real natijasi Parmenid monizmini qaror toptirish emas (u hal etib bo’lmaydigan ziddiyatlarga to’la), balki uzluksiz miqdor konsepsiyasini qabul qilish zarurligini namoyish etishdan iborat. Shunday qilib, eleychilar ko ’plikni va harakatni rad etdilar. Faqat bir prinsip bor – moddiy va harakatsiz Borliq. Albatta, ular bizning harakat va ko’plikni idrok etishimizni inkor qilmaganlar, lekin biz his etadigan narsa - sof ko’rinish. Haqiqiy borliq hissiyot bilan emas, fikrlash bilan anglanadi, tafakkur esa ko’plik ham, harakat ham, o’zgarish ham bo’lishi mumkin emasligini aytadi. Shunday qilib, ilk grek faylasuflari singari, eleyliklar olamning yagona prinsipini topishga urindilar. Biroq, biz qabul qiladigan olam – ko’plik, turli- tumanlik olamidir. Ana shuning uchun ham asosiy vazifa yagona prinsipni ko’plik bilan muvofiqlashtirishdan iborat, boshqacha aytganda, Yagonalik va Ko’plik muammosini hal etishdan iborat. Geraklit mazkur masalani turli-tumanlik Birligi, Tafovutdagi aynanlik doktrinasi orqali har ikkala elementga yetarlicha baho berish bilan hal etishga urindi. Pifagorchilar Yagonalikni ustuvor deb hisobladilar. Eleychilar esa, aksincha, Yagonalikni ko ’plik, turli-tumanlikdan afzal ko’rdilar. EMPEDOKL FALSAFASI Empedokl Akragasda, yoki Sisiliya orolidagi Agrigentda yashab o ’tgan. Uning tavallud topgan kuni va sanasini hyech kim aniq bilmaydi, biroq ma’lumki, Empedokl eramizdan avvalgi 443-444 yillarda Furiya shahriga asos solinganidan so’ng u yerga tashrif buyurgan. Empedokl - “Buyuk grek” fizikasining vakili, pifagorchi Filolayva Eleychi Zenonzamondoshi. Empedokl pifagorchilar mashg ’ulotlariga qatnashgan (a’zo sifatida emas), biroq eshitgan narsalarini tarqatgani uchun, uning mashg’ulotlarga qatnashishini taqiqlaydigan qonun qabul qilishgan. Empedokl mag’rur bo’lgan, maqtovni suygan, o’zini xudo deb his qilgan. Xudolar uni Olimpda tiriklayin qo’lga olgan deb o’ylasin deb, o’limi yaqinlashgan paytda Etna krateriga o’zini tashlagan, biroq vulqon uning bir oyoq kiyimini chetga irg’itib yuborgan va shu tariqa Empedokl o’ylagan narsa yuzaga oshmagan. U tug’ilgan shahridagi siyosiy hayotda ishtirok etgan va ehtimol demokratik partiyaning yetakchisi ham bo’lgan. Empedokl ikkitaa falsafiy poema: “Tabiat haqida” va “Tozalanish” asarlari muallifi. U Parmenid kabi boshqa faylasuflarga zid ravishda o’z g’oyalarini she’riy shaklda bayon qiladi. Bizga qadar uning asarlarining lavhalari ozmi-ko’pmi yetib kelgan. Empedokl o ’z tizimini yaratmagan bo’lsa-da, u o’z o’tmishdoshlari g’oya- larini yaxlit, bir butun qilib birlashtirib qo’yishga urindi. U Parmenid-ning borliq mavjud va u moddiy, borliq hyech qayerdan paydo bo’lmaydi va hyech qayerga yo’qolmaydi, ya’ni u yo’qlikdan paydo bo’lishi mumkin emas va yana yo’qlikka keta olmaydi, degan g’oyasini qabul qilgan. Zero, modda ibtidoga ham, intihoga ham ega emas, uni yo’qotib bo’lmaydi. “Kimki avval yo’q bo’lgan narsani keyin yuzaga keladi, yoki o’lishi va batamom yakson bo’lishi kerak, deb hisoblaydigan bo’lsa, ular axmoqlar yoki ular o’z tumshuqlari ostidagidan boshqasini ko’rmaydilar. Yoxud yo’q narsadan nimadir paydo bo’lishi mumkin emas va mumkin bo’lmagan va eshitilmagan narsadan nimadir paydo bo’lishi uchun, mavjud bo’lgan, o’lgan, ya’ni u qayerga qo’yilmasin, hamisha bo’lgan”. Va yana: “Va barcha narsada bo’sh narsaning ham, va nihoyatda to’la narsaning ham o’zi yo’q”, “Barcha narsada hyech qanday bo’sh narsaning o’zi yo’q. U holda ular qaydan paydo bo’lgan bo’lar edi?”. Empedokl dunyoning boshlang ’ich asosi sifatida to’rtta tabiiy stixiya: yer, suv, olov, havoni qabul qiladi, barchasini bir biriga teng deb biladi, ularni bir biriga aylanmaydi, deb hisoblaydi. Mifologiya ta’sirida ularning ildizini 4ta xudo: Zevs, Gera, Aid, Nestis bilan bog’laydi. Olamdagi barcha narsalar-ana shu 4 ta ildizni turli ulushda qo ’shilishi natijasi. Masalan, suyak suvning ikki qismidan, yerning ikki qismidan va olovning to’rt qismidan tashkil topgan. Empedokl Parmenidning borliqning o ’zgarmasligi to’g’risidagi tamoyilini o’zicha talqin qilar ekan, materiyaning bir shakli boshqasiga aylana olmaydi, biroq tuproq, havo, olov va suv kabi materiyaning yoki elementlarning fundamental va abadiy shakllari mavjud, deydi. Tuproq suvga aylana olmaydi, suv esa tuproqqa; materiyadagi to’rt unsur o’zgarmaydi, ular boshlang’ich zarrachalar sanaladi. Ularni uyg’unlashishi orqali bu olamdagi turli obyektlar hosil bo’ladi. Shunday ekan, obyektlar unsurlarning uyg’unlashuvi orqali yuzaga keladi, ajralib ketishi hisobiga esa yo’qolib ketadi; biroq unsurlarning o’zi esa hyech qayerdan hosil bo’lmaydi va hyech qayerga yo’qolib ketmaydi va abadiy o’zgarmay qoladi. Empedokl shu tariqa birmuncha boshlang’ich moddiy zarralarning mavjud-ligini tan olish uchun, o’zgarishlarning tabiiy mavjudligi daliliga tayanib, Parmenidning moddiyunchilik nuqtai-nazarini murosaga keltirish mumkin deb hisoblaydi. Ioniya falsafani an ’analarini italiya falsafasi yutuqlari bilan qo’shgan Empedokl olamning o’zgarishi va o’zgarmasligi to’g’risida bir hil gapirgan: olam o’zildizlariga ko’ra “vaqtaylanasi” chegarasida o’zgarmas, biroq narsalar darajasida va “vaqt aylanasi” ichchida o’zgaruvchan. Empedokl eleychilarning borliqning saqlanishi qonunini e’tirof etadi. Muhabbat va nafrat kurashi, Empedokl fikricha, borliqdagi o ’zgarishlarning asosiy sababidir. Boshlang’ich elementlar, ya’ni, “narsalar ildizlari”, hatto, ular orasidagi olov ham passiv. Dunyodagi barcha jarayonlar ikkita o’zaro bir-birini istisno qiluvchi ruhiy asoslar kurashi natijasida mavjud. Birinchisi Filiya- muhabbat (boshqa nomlari Garmoniya, Quvonch, Afrodit), ikkinchisi – Neykos- nafrat yoki qahr-g’azab. Muhabbat-birlik va ezgulikning kosmik sababi. Nafrat – ko’plik va yomonlikning sababi. Muhabbat turli jinslilarni birlashtiradi, bir jinslilarni ajratadi. Empedoklning ta ’kidlashicha, filil va neykos o’zaro kurashlarida navbat bilan goh unisi, goh bunisit g’olib chiqadi, oxir-oqibatda bu kurash muhabbatning g’alabasi va nafratning olamdan tashqariga chiqarib yuborilishi bilan yakunlanadi. Bu holatda barcha 4 ta stixiya tekis bir hil qatnashadi. Xususan uchinchi fazada nafrat g’alaba qozonadi, u bilan hyech narsa raqobatlasha olmaydi. 1 va 3 fazalar akosmik (ya’ni, nokosmik) holatdir. Ikkinchi faza (muhabbat va nafratning muvozanatda bo’lishi) va to’rtinchi faza (nafrat va muhabbat muvozanati) kosmik holatlaridan iborat. Mazkur muvozanatlar turg’un emas, dinamik holatda. Ular umumiy yo’nalishga ega: birlik va egilishdan, ko’plik va yovuzlikka (ikkinchi faza) hamda ko’plik va yovuzlikdan birlik va ezgulikka (to’rtinchi faza) qarab harakatlanadi. Insoniyat to ’rtinchi fazada yashaydi. To’rtta faza uyirmali harakat davomida muntazam ravishda almashib turadi, bu “taqdir irodasi” bo’yicha amalga oshmaydi. Ana shu sikl bo’yicha Kosmos mangu takrorlanib turadi. Biroq Empedokl mazkur tashkillashuv butun mavjudotga xosmi yoki Kosmos materiyaning abadiy xaotik (tartibsiz) holatidan iboratmi, degan savolga aniq javob bermaydi. Empedoklning Kosmik siklning to ’rt fazasini ajratgan holda borliq va uning sferalarining shakllanishi to’g’risidagi mulohazalari ham e’tiborga loyiqdir. Uni F.Koplston quyidagicha tushuntiradi . Empedokl fikricha, biz yashayotgan bu olamdavr (sikl)ning boshlanishi va unsurlarning to’la ajralishbosqichi oralig ’idagi o’rta bosqichda joylashgan: Nafrat asta-sekin muhitga kirib boradi va Muhabbatni surib chiqaradi. Borliqda Yer kurrasi shakllana boshlagach, birinchi havo, so’ng olov va undan keyin quruqlik ajralib chiqqan. Suv olamning aylanishida yuzaga kelgan markazdan qochirma kuch bilan chiqarib tashlanadi. Dastlabki sfera (davriy jarayondagi dastlabki , mutloq ma’noda emas) Empedokl tomonidan bir nechta g’ayri-oddiy iboralar orqali tavsiflanadi. “Bu yerda (ya’ni, sferada) na quyoshning tezkor a’zolari, na o’z qudrati bilan to’zg’igan yer, na dengiz ajratilmaydi, ular xudo tomonidan shu qadar mustahkam bog’langanki, o’zining doira bo’ylab yagonaligiga quvongan holda, o’z ortidagi sferik va doira uyg’unligini mustahkam to’shaydi”. Empedokl jonning ko ’chishi to’g’risidagi Pifagor ta’limotini qabul qiladi va tirik tabiat birlikda, chunki har bir narsada aqllilik va fikrlash elementi bor, deydi. Uningcha, fikrlashning moddiy asosi – qon bo’lib, unda to’rt element turli miqdorda qo’shilgan. Empedokl kundalik bilish va dunyoqarashni farq qiladi. Dunyoqarash predmeti yaxlitlik bo’lib, uni ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi, quloq bilan eshitib, tushunib bo’lmaydi, aql bilan qamrab olib bo’lmaydi. Empedokl biologiya masalalari bilan ham shug ’ullangan. Xususan, u organik maqsadga muvofiqlikni tushuntirishga uringan. Empedokl butun tirik organizmlarning kelib chiqishi bilan emas, balki qismlari, a’zolarining kelib chiqishi bilan qiziqqan. Tabiat haqidagi poemasida yozadi: ko’p boshlar “o’sib chiqqan, ularning yelkasi bo’lmagan, qo’llar yelkasiz sarson bo’lib yurgan, ko’zi peshonasiz dunyoni ko’rib turgan ...”. Empedokl yorug ’lik katta, lekin chekli tezlikda tarqaladi degan gipotezani ham ilgari surgan. ANAKSAGOR FALSAFASI Anaksagor (er.avv. 500-428 yy.) Ioniyaning Klazomen shahrida tavalud topgan. Uni Afinaning birinchi taniqli faylasufi deyishadi. Afina quldorlik demokratiyasining dohiysi Periklni Anaksagorning o ’quvchisi bo’lgan deyishadi. Keyinchalik ushbu munosabat faylasufga ko’plab ko’ngilsizliklar keltirgan, chunki eramizdan avvalgi 450 yilda u Periklning siyosiy raqiblari tomonidan sudga beriladi. Uni xudolarga bo’lgan hurmatsizlikda ayblashadi. Ushbu ayblov, shubhasiz, Anaksagor orqali Periklga zarba berish uchun to ’qib chiqarilgan edi. Faqat Periklning aralashuvi tufayli u qamoq jazosidan qutulib qoladi. Diogen fikricha, Anaksagorga ayb Fukidid tomonidan qo’yilgan, uni forsiylarga hamdard bo’lganligida ayblashgan. Suddan so’ng u Ioniyaga ko’chib ketadi va bu yerda u Milet koloniyasining Lampsak shahrida joylashdi. Ehtimol aynan shu yerda u maktab tashkil qilgan. Vafotidan so’ng Lampsak shahari aholisi uning xotirasiga bag’ishlab bozor yaqinidagi maydonga haykal o’rnatdilar. Anaksagorning o’zi tomonidan vasiyat qilingan holda uning o’lgan kuni ko’p yillar davomida maktab o’quvchilari uchun bayram sifatida nishonlangan. Anaksagorning faqat “Tabiat haqida” asarining ayrim parchalarigina bizgacha yetib kelgan. “Endem etikasi” da Aristotel yozadi: “Hikoya qilishlaricha, qiyin ahvolga tushib qolgan bir odam tug’ilmaslikdan ko’ra tug’ilishni yaxshi deb hisoblashi kerakmi, deb so’raganda, u osmonni va butun kosmosning tuzilishini idrok etish uchun, deb javob bergan”. Anaksagor, xuddi Empedokl kabi, Parmenidning borliq hyech qayerdan paydo bo ’lmaydi va hyech qayerga yo’qolmaydi, chunki u o’zgarmasdir, degan fikrini ma’qullagan. Biroq u Empedoklning dastlabki zarralar to’rt unsur – yer, suv, havo va olovga mos keladi, degan fikriga qo’shgilmagan. Anaksagor sifatiga ko ’ra yaxlit holidagi mavjudligi bilan o’xshash bo’lgan qismlar (zarralar)ni hyechnimadan chiqib kelmaydigan dastlabki moddalar, deb tushunganan. Ular o ’rtasidagi farq oddiy misol yordamida ifodalab berilsa, anglash qiyin emas. Masalan, oltinning bir bo ’lagini ikki qismga bo’lsak, ularning har ikki qismi ham oltin bo ’lib qolaveradi (ya’ni qismlar ham sifat jihatidan bir butun bilan bir xil holda saqlanib qoladi), shu sababli bu kabi yaxlitlikni o ’xshash deb aytish mumkin. Anaksagorda, Aristotel fikricha, bir-biriga o ’xshash elementlar shunday jismlarki, ular bir-biriga va yaxlit holdagi jismga o’xshash. Aesiy Anaksagorning fikrini quyidagicha tushuntiradi: biz bir jinsli ovqatni tanovul qilamiz – non va suvni, ular sochni ham, chandirni ham, arteriyani ham, muskullarni, mushaklarni ham, suyak va tananing boshqa a’zolarini oziqlantiradi ham oziqlantiradi ovqatimizda zarrachalar mavjud, ular qonni, mushakni, suyak va boshqa narsalarni ishlab chiqaradi. Bu zarrachalarni faqat aql bilan ko ’rish mumkin. Ovqatdagiana shu zarrachalarni ular yaratadigan narsalarga o’xshatadi va gomeomeriyalar (o ’xshash qismlar) deb ataydi. Hamda ularni mavjudotning boshlang’ich asosi deb hisoblaydi. Anaksagor g ’oyasining umumiy ma’nosi tushunarli. U ana shu o’xshashik hodisasidan kelib chiqib, “barcha narsada barcha narsaning bir qismi mavjud” degan fikrni ilgari surgan va asoslashga uringan. Aynan mana shu tezisda ifodalangan g’oya Anaksagorning gomeomeriyalar haqidagi ta’limoti asosida yotadi. Anaksagor, Empedakl singari, eleyliklar metafizikasiga qarshi chiqadi. U ko’plik (to’plam)ning ham, harakatning ham mavjudligini isbotlaydi. Lekin to’rtta fizikaviy element va ikkita harakatlantiruvchi kuchni tan olgan Empedokldan farqli o ’laroq, Anaksagor moddiy elementlarni son sanoqsiz, cheksiz, harakatlantiruvchi kuchni esa, bitta deydi. Anaksagor elementlari–bu moddaning son sanoqsiz zararchalari. Aristotel “Metafizika” asarining 1- kitobi 3 bobida yozadi: “Klazomelik Anaksagor aytadiki, boshlang’ich asos son jixatidan cheklanmagan: uning so’zlariga qaraganda deyarli barcha predmetlar birlashishi va ajralishi yo’li bilan vujudga keladilar vayo’q bo’ladilar; aks holda vujudga kelmaydilar ham, yo ’q bo’lmaydilar ham, faqat abadiy mavjud bo’ladi”. Anaksagor ta ’limotining originalligi shundaki, u o’zidan avvalgi faylasuflarning boshlang’ich asossubstansiya to’g’risidagi fikrlarini yuqori bosqichga ko ’tardi. Xususan, Milet maktabi vakillari bitta asosni: Fales-suvni, Anaksimen– havoni boshlang’ich asos degan bo’lsalar, Empedokl to’rttasini yer, suv, havo, olovni substansial asos deb hisoblagan; bunda substansiya soni chekli. Anaksagor esa, ilk bor elementlar “moddiy” zarrachalarining cheksizligi tushunchasini kiritdi. Anaksagor elementlari – bu narsalar urug’lari (Empodakl ularni “barcha narsalarning ildizlari” deb atagan). Mazkur urug’lardan tashqari Anaksagor ularni harakatlantiruvchi kuchning- “aql” ning mavjudligini ta’kidlaydi. Simplisiy Anaksagorning bu fikrini yuqori baholab aytadiki, u Anaksimen falsafasi bilan tanishgani holda, ilk bor boshlang’ich asos to’g’risidagi tasavvurni tubdan o’zgartirdi, ya’ni u yetishmayotgan sababni (harakatlantiruvchi kuchni) to’ldirdi va jismlarni cheksiz deb bildi. “Aql”ning harakatga keltiruvchi kuchi xaotik tarzda harakatlanadigan zarrachalarni–“urug’larni” tartibga soladi; avval borliqning muayyan qismlari, keyin butun borliq ana shu asosda vujudga keladi. Ya’ni “Aql” hosil qiladigan borliq cheksiz kengayib boradi; o’z navbatida boshlang’is asos–“urug’lar” ham cheksiz bo’linadi. Ko’rib turibmizki, Anaksagor “urug’lari”-bu Levkipp, Demokrit va Epikurlarning bo’linmas zarrachalari. Gomeomeriyalar to ’g’risidagi ta’limotning mohiyatini Anaksagorning quyidagi mulohazalari ifodalaydi: “Barcha narsalar barchada bor”, “Barchada butunning qismi bor”, nima ko’p bo’lsa, u alohida predmet sifatida aynan ana shunday bo’lib ko’rinadi”. Anaksagor “Aql” ning harakatlantiruvchi faoliyati sababiyatlimi yoki maqsadlimi? deb savol qo’yadi va unga “aql o’z holicha mavjud, u hyech narsa bilan aralashib ketmagan, deb javob beradi. U yozadi: “Har bir narsada barcha narsalarning bir qismi mujassamdir. Faqat Aqlgina bundan mustasno. Aql har qanday bo’lak va qismlardan xoli, o’ziga-o’zi hukmron hamda o’z holicha mavjuddir. Bordi-yu Aqlga biron narsa qorishib ketganda, u hyech narsaga hokimlik qilolmasdi. Aql mavjud narsalaarning eng yengil va musaffosi bo’lib, jamiki bilimlarni o’zida jo etgan va shuning uchun ham u benihoya qudratlidir. Ana shu qudrati ila barcha tirik jonlarni bog’lab turg’usidir” “Aql”, bir tomondan mexanik harakatlatiruvchi kuch, (Anaksagor: “Dastlab barcha narsalar birga bo’lgan, keyin aql kelib, ularni tartibga solgan”), ikkinchi tomondan, ongli, maqsadga muvofiq ta’sir etuvchi ruhiy kuch- quvvat. Demak, Anaksagor olamni maqsadga muvofiq tuzilishga ega degan xulosaga kelgan. “Aql, - deya ta’kidlaydi Anaksagor, - hayotdagi barcha, katta va kichik narsalar ustidan ham hukmronlikka ega. Va Aql harakat (aylanish)ning ustidan ham hukmron bo’lgan, va dunyo dastlab boshdanoq alanishni boshlagan... Va Aql paydo bo’lishi mumkin bo’lgan, avval mavjud bo’lgan, bugungi kundagi mavjud va kelajakda mavjud bo’ladigan narsalarning tartibini belgilab berdi, va o’zaro bir- biridan ajratilgan yulduzlar va quyosh, oy, havo va efir ishtirok etuvchi ushbu aylanish demakdir. Va aynan shu aylanishning o’ziyoq ajralish(bo’linish)ni keltirib chiqardi, va zichlik siyraklikdan, issiq sovuqdan, yorug’ zulmatdan va quruq xo’ldan ajratilgan. Va ko’plab narsalarning ko’plab qismlari mavjud. Biroq faqat Aqldan tashqari hyech bir narsa boshqa narsalardan to’liq ajratilmagan. Va Aqlning barcha ko’rinishlari o’xshash, oliylari ham, quyilari ham; hyech bir narsa boshqa bir narsaga o’xshamaydi, biroq har bir alohida ajratilgan narsa mavjud va u o ’zidagi mavjud eng ko’p bo’lgan zarralarning namoyon bo’lishi bilan belgilanadi”. Anaksagorning Aql tabiati to ’g’risidagi mulohazalarini F. Koplstonning izohlashiga e’tibor qarataylik. Anaksagorda Nus “cheksiz va o’z-o’zini boshqaradi va hyech nima bilan aralashmagan, u bir o’zi va o’zi bilan o’zi”. U holda Anaksagor Aqlni qanday belgilaydi? U Aqlni “barcha narsalarning eng sofi va nozigi, barcha narsalar haqidagi bilmlarga ega bo’lgani va ulkan hukmronlikka ega bo’lgani”, deb ataydi. U shuningdek uning haqida “atrofdagi omma orasidagi barcha narsalarga kirib bora oluvchi” sifatida gapiradi. Shunday qilib, faylasuf Aql haqida “barcha narsalarning eng nozigi bo’lgan” hamda kenglikni egallab turadigan moddiy predmet sifatida gapiradi. Uning shu fikrlari asosida Bernet Anaksagor hyech qachon Aqlning moddiy mohiyati konsepsiyasidan tashqari(yuqori)ga chiqmaganligi haqida gapiradi. U Nus boshqa jamiki moddiy narsalardan toza, deb hisoblagan, biroq uning nomoddiy yoki tansiz narsa bo’lishi mumkinligi uning hattoki xayoliga ham kelmagan. Seller ham bu haqda o’ylab ko’rmagan, Steys esa “falsafa o’zining butun tarixi davomida o’z tabiatiga ko’ra his etib bo’lmaydigan narsani his etib bo’ladigan g’oyalarni ifodalash uchun mavjud bo’lgan til yordamida qayday ifodalsh mumkinligi muammosini hal etishga intilganligi”ni alohida ta’kidlaydi. Agar biz Aqlni “sof” desak, yoki bir kishi ikkinchisidan aqlliroq desak, bu bizni materialistlar deb atash mumkin degani emas. Anaksagor Aql kenglikda o’z o’rniga ega deb aytgani, u Aqlni hattoki u Ong va Moddiyat o’rtasidagi aniq chegara tushunchasi sifatida nazarda tutgan bo’lsa-da Aqlni moddiy deb hisoblagan, deya ta’kidlash noo’rin. Aqlning boshqalarga tarqalmasligi nisbatan so’ngi qarashlari sirasiga kiradi. Ehtimol, bunga eng qoniqarli izoh Anaksagorning ma’naviyatga bo’lgan o’z qarashlarida moddiyat va ma’naviyat o’rtasidagi radikal farqlarni aniq tasavvur qila olmaganligidir. Biroq bundan u dogmatik materialist bo’lgan, deagn fikr kelib chiqmaydi. Aksincha, garchi u ushbu prinsip va u yuzaga keltiruvchi va harakatlantiruvchi materiya o’rtasidagi mohiyatga oid farqni to’liq tushunib yetmagan bo’lsa-da, u birinchi bo’lib ma’naviy va intellektual qarashlarni kiritadi. Nus jamiki tirik mavjudotlarda, insonlarda, hayvon va o ’simliklarda mavjud va barcha yerda yubir xil ko’rinishga ega. Demak, ushbu obyektlar o’rtasidagi farqlar ularning ruhlaridagi emas, balki tanalardagi Aqlning to’liq namoyon bo’lishiga to’sqinlik qiluvchi farqlar tufayli vujudga keladi. Nusni yaratuvchi materiya deb hisoblash kerak emas. Materiya abadiy, va Aqlning vazifasi shundan iboratki , uo’zaro aralashib ketgan zarralar aralashmasida aylanma harakatlar yoki o’ramani harakatga keltiradi, so’ngra o’ramaning kattalashishi darajasiga qarab uning yo’nalishini belgilab beradi, buning natijasida esa keyingi harakat vujudga keladi. Shu sababli o’zining “Metafizika” sida Anaksagorni “undan avval o’tgan safsatabozlar olomoni orasida yagona sog’lom fikr yurituvchi inson” sifatida ta’riflagan Aristotel shuningdek, “Anaksagor Aqlni dunyo qanday paydo bo’lganligini ifodalovchi mexanizm sifatida qo’llagan; va u u yoki bu hodima nima sababdan mavjud bo’lishini izohlashga qiynalganda o’zining Nusini yuzaga chiqargan”, deb ta’kidlaydi. Biroq boshqa holatlarda u dastlabki sabab sifatida Aqlni emas, balki boshqa biror narsani ilgari suradi. Aynan shu sababli biz o’zi uchun Anaksagorni kashf etgandan so’ng o’zining umuman yangicha yondashuvini topgan Sokratning hafsalasi pir bo’lganligini tushunishimiz mumkin: “Men o’qishda davom etgan jarayonimda ushbu odam o’zining Nusini qay tariqa qo’llashini bilmasligini tushunib yetganimda mening eng ulkan umidlarim ham puchga chiqdi. U mavjud tartib Aql ta’sirida emas, balki har xil narsalarning – havo, efir, suv va ko’plab boshqa tasodifiy narsalar ta’siri ostida vujudga kelgan, deya ta’kidlaydi”. Va, baribir, garchi Anaksagor o ’zi tomonidan kashf qilingan Nusni to’laqonli ravishda qo’llay olmagan bo’lsa-da, uning ulkan xizmati shundaki, u grek falsafasini kelajakda yaxshi samaralar beruvchi o’ta muhim qarashlar bilan boyitdi. Kosmologiyasida Anaksagor borliqning boshlang ’ichi–aql va materiya; aql yaratuvchi asos, materiya- azob chekuvchi asos, degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, Quyosh, Oy va barcha yulduzlar yonib turuvchi toshlardir. Yulduzlardan pastda Quyosh va Oy bilan birga harakatlanadigan, lekin bizga ko’rinmaydigan jismlar bor. Yulduzlarning haroratini yerdan uzoq bo’lganligi uchun sezmaymiz. Bu yerda yulduzlar yorug’lik va issiqlik tarqatadi, degan fikr yangilikdir. Anaksagor fikricha, Quyosh tutilishi yangi Oy chiqqanda uning to ’sib qo’yilishi natijasida sodirbo’ladi; Oyning tutilishiesa,Yerninguning Quyoshdan to ’sib qo’yilishi sababli yoki ba’zi hollarda Oydan pastda turadigan jismlarning to’sishi natijasida kelib chiqadi. Anaksagor birinchi bo ’lib Oy va Yerning o’xshashligi, xususan Oyda tekisliklar va chuqurliklar (yerdagi singari) borligi to’g’risida fikrlarni bildirdi. Bilish haqidagi mulohazalarida Anaksagor yuksak darajadagi hayvonlar va odamlarda sezgilarning vujudga kelishi to ’g’risidagi mohiyatan mexanistik tasavvurni ilgari suradi. U bilish qarama-qarshiliklar tufay likelib chiqadi, masalan, biz predmetni unga qarama- qarshi rangda bo ’lgan predmet orqali ko’ramiz, deb ta’kidlaydi. Anaksagor bilishda aql faoliyatiga yuqori baho beradi. Moddiy zarrchalarni (gomeomeriyalarni) biz bevosita, ya ’ni sezgilar orqali emas, balki aql yordamida mavjud deb faraz qilamiz, deydi. Unigcha, sezgilar aqlga bo ’ysunishadi, unga qaram. Anaksagor hissiyatlarni bilishdagi azoblanuvchi boshlang ’ich asos deb biladi. Shuning uchun ham aqlga ega bo’lmagan hayvonlar azob-uqubatdadir. Hissiyotga asoslanib, haqiqat to’g’risida muhokama yuritib bo’lmaydi. Buni u quyidagi misolda tushuntiradi. Sekst Empirik bergan ma’lumot bo’yicha, agar biz ikkita: oq va qora rangli bo’yoyaqlarni olib, ularning biridan ikkinchisiga tomchilar qo’shib tursak, unda sodir bo’layotgan arzimagan o’zgarishlarni, xolatni sezmaymiz. Bu haqiqatni hissiyot orqali aniqlab bo’lmaslikni ko’rsatadi. Anaksagor sezgilarni kuchsizlikda ayblaydi. Anaksagor ta ’limotini falsafiy fikrning tobora nazariy ko’rinish kasb eta borishiga qo’shilgan muhim hissa deb baholashsh mumkin. Aristotel o’zining “Nikomax etikasi” kitobida “Anaksagor, Fales va ularga o’xshashlarni amaliyotchilar emas, donishmandlar deb atashgan ”, degandi. Adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo ’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko’taramiz. J 1.- T.: O’zbekiston, 2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. J.2.- T.: O ’zbekiston, 2018. 3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat ’iy tartib-intizomva shaxsiy javobgarlik- har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariva 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza.2017 yil14 yanvar – Toshkent:” O’zbekiston”, 2017. 4. Karimov I.A. Yuksak ma ’naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma’naviyat, 2008. 5. Karimov I.A. O ’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – 440 b. 6. Karimov I.A. O ’rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizasiya rivojidagi roli va ahamiyati. – Toshkent: O’zbekiston, 2014. 7. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo ’lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. – Toshkent: O’zbekiston, 2015. – 304 b. 8. Yo ’ldoshev S., Usmonov M., Karimov R. Qadimgi va o’rta asr G’arbiy Yevropa falsafasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent: Sharq, 2002. – 325 b 9. Yo ’ldoshev S., Usmonov M., Karimov R., Qobulniyozova G., Ruzmatova G. Yangi va eng yangi davr G’arbiy Yevropa falsafasi. O’quv qo’llanma. – Toshkent: Sharq, 2002. – 208 b 10. Po ’ latova D ., Ruzmatova G . G ’ arb falsafasi . O’quv qo’llanma. – Toshkent: PREMIER-PRINT, 2013. – 425 b.