logo

Qadimgi Sharq va Antik dunyoda falsafaviy fikrlarni o’rganishdagi zarurat, uning jahon madanyati va fani uchun ahamyati

Yuklangan vaqt:

23.10.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

33.998046875 KB
Qadimgi Sharq va Antik dunyoda falsafaviy fikrlarni o’rganishdagi zarurat, uning jahon madanyati va fani uchun ahamyati Reja: 1.Qadimgi Sharq, Misr va Bobil falsafasi. Hind va Xitoy falsafasi. 2.   Antik dunyo falsafasi. Milet maktabi. Geraklit, Pifagor. 3.   Sofistlar falsafasi. Suqrot va Aflotun falsafasi. Yunonistonlik atomistlar: Levkipp, Demokrit, Aristotelning hayoti, faoliyati va asarlari 4.   Qadimgi Sharq va Antik dunyo falsafasini o’rganish zarurati, uning jahon madaniyati va fani uchun ahamiyati. Sharq qadimiy madaniyat o’chog’i va jahon sivilizasiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Garb madaniyati tarixini o’rganish jarayonida Ovruposentrizm nazariyasiga oqib ketish gayriilmiy bo’lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog’liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g’oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o’ziga xosligi, unga mansub bo’lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizasiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo’shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizasiyasining Sharq sivilizasiyasi kuchog’ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o’zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutish darkor. Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganida, ko’pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o’tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizasiyalaridan biri bo’lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o’ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo’lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat uchoqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o’sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo’lganini yaxshi biladi. Biz bugun o’sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o’ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko’hna Sharq sivilizasiyasining beshiklaridan biri bo’lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o’troq hayot va o’ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo’ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi. Qadimgi Misr va Bobil falsafasi. Eramizdan avvalgi to’rtinchi ming yillikning oxiri va uchinchi ming yillik boshlarida qadimgi Misr va Bobil hududida dastlabki diniy-falsafiy fikrlar, olam haqidagi fanlar, ya’ni astronomiya, kosmologiya, matematika, mifologiyaka oid qarashlar birmuncha rivoj topgan. Tabiiy-ilmiy, diniy- falsafiy fikrlarning yuzaga kelishi ikki yo’nalishda borgan. Birinchi yo’nalish olam haqidagi tasavvurlarning astronomiya, kosmologiya, riyoziyot fanlari rivoji bilan bog’liq ekanini, ikkinchi yo’nalish esa, bu tasavvurlarning mifologiya bilan bog’lik bo’lganini ko’rsatadi. Birinchi holda, asosan, tabiiy bilimlarga tayanilgan, kundalik hayotda duch kelinadigan voqea-hodisalar aniq dalillar asosida tahlil etilgan, o’rganilgan, ulardan tegishli xulosalar chiqarilgan. Bu – o’sha davr uchun tabiiy hol edi, ya’ni u – davrning inson ongida aks etishi, kundalik turmush hodisalarining oddiy bir tarzda ifodalanishi edi. Aynan ana shu hol tabiiy bilimlar rivojiga, garchand sodda tarzda bo’lsa-da, aksariyat hodisalarning falsafiy asosda izohlanishiga sabab bo’lgan. Ikkinchi holatda esa, hali tabiat kuchlarining qarshisida nihoyatda ojiz bo’lgan odamzod, albatta, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni mifologik izohlashi tabiiy bir hol edi. Shu bilan birga, odamning mavjudlik xossalarini va olam qonuniyatlarini ilmiy tushunish k o’ nikmasi hali shakllanib ulgurmagan o’sha qadim zamonlarda, afsona hamda rivoyatlarga asoslanib fikr yuritmaslikning imkoni ham yo’q edi. Bu – o’sha davrlardan qolgan yozma manbalarda, xususan, «Xujayinning o’z qo’li bilan hayotining mazmuni haqida suhbati», «Arfist qo’shig’i», «O’z hayotidan xafsalasi pir bo’lgan kishining o’z joni bilan suhbati» kabi bitiklarda yaqqol namoyon bo’lgan. ularda hayotning, umrning mazmuni, o’sha davrdagi odamlarga xos tuyg’ular bayon qilingan. Qadimgi Misr va Bobilda shakllangan falsafaning eng asosiy xususiyati shundan iborat ediki, ularda, bir tomondan, xudolarga ishonch, ilohiy kuchlarning tabiat va jamiyatga ko’rsatadigan ta’sirini mutloklashtirish xususiyati ustuvor bo’lgan bo’lsa, ikkinchi tomondan, afsona va rivoyatlar tarzida bo’lsa-da, dunyoviy bilimlar, ilmiy qarashlar ham asta-sekin shakllana boshlagan. umuman, bunday hususiyatni, qadim zamondagi barcha sivilizasiyalarga xos deyish mumkin. Yahudiylik dini. O’sha davrda eng Qadimgi Sharq xalqlaridan biri yahudiylarning milliy mafkurasi — iudaviylik shakllana boshlagan. Bu din, asosan, ana shu millatka mansub kishilar o’rtasida yoyilgan bo’lib, eramizdan avvalgi ikki minginchi yillar boshida Falastinda vujudga kelgan. «Zabur» va «Tavrot» kabi muqaddas kitoblar bu dinning asosiy manbalaridan hisoblanadi. Ya h udiylik yahudiy va Falastin xalqlarining ba’zi e’ti q odlarini o’ zida aks ettirgan dindir. Eramizdan avvalgi X-VI asrlarda ya h udiylik monoteistik (yakka xudolikka ishonish) din g a aylanib, olamni yaratuvchi Yaxve xudosiga e’ti q od q ilish uning asosiy tamoyili h isoblangan. Bu dinda Muso alay h issalom — paygambar, «Tavrot» xudo tomonidan un g a yuborilgan ilohiy kitob degani , q iyomat kunida barcha birdek tirilishi, jannat va do’zaxning mavjudli g i, g uno h korlar jazosiz q olmasligi, savobli ishlarni qilganlar u dunyoda rag’batlantirilishlari haqidagi qarashlar ilgari surilgan. Ko’p yillik tadqiqotlar shuni k o’ rsatadiki, yahudiylik Sharq xalqlaridan biri — yahudiylarning milliy dini bo’lgani bois, ana shu qit’ada yashovchi boshqa xalqla rg a xos bo’lgan ko’pgina diniy qarashlari bilan ham bir qadar mushtarakliklarga ega. Chunonchi, uning zardushtiylik bilan o’ xshash ji h atlari ham yo’q emas. Masalan, «Tavrot» va «Avesto»da g i aksariyat qonunlar, diniy-falsafiy kate g oriyalar o’rtasida yaqinlik ko’z g a tashlanadi. Umuman olganda esa, barcha dinlar orasida ilohiy qadriyatlarni mutloqlashtirish, xudo g’oyasini muqaddaslashtirish, bu dunyo va u dunyo bilan bog’lik qarashlarga ko’proq e’tibor berish kabi o’xshash jihatlar uchraydi. Hindiston falsafasi. Qadimgi Hindiston ham insoniyat madaniyatining beshiklaridan biridir. Unga xos dastlabki ta’limotlar yozma manba — «Veda»larda o’z aksini topgan. «Veda»lar eramizdan bir yarim ming yil oldin yozilgan bo’lib, mutaassib dindor hindu uchun oliy muqaddas ilm va bashorat kitobidir. Hindular «Veda»ni oliy tangri Braxma tomonidan aytilgan so’zlar deb biladi. «Veda»da hindularning qadimgi tarixi, iqtisodiyoti, dini, falsafasi, axloq va nafosatiga oid fikrlari aks etgan. «Veda»lar bizgacha to’rtta to’plam (samxitlar) shaklida yetib kelgan. Bular — «Rikveda», «Samaveda», «Yajurveda», «Adharvaveda»dir. Hind falsafasi asoslari «Upanishadalar» nomi bilan mashhur bo’lgan manbalarda ham o’z aksini topgan. «Upanishadalar» sirli bilim degani ma’noni anglatib, «Veda»larning falsafiy q ismini tashkil etadi. «Upanishadalar» yaxlit kitob yoki falsafiy risola b o’ lmay, balki turli va q tda turli mavzuda ijod etgan noma’lum mualliflarning matnlaridan iboratdir. Ularning mazmuni va uslubi h ar xil va turlicha falsafiy qarashlar ma h sulidir. «Upanishadalar»da g i falsafiy mavzular, asosan, insonni o’rab turgan borliq, uning hayotda g i o’ rni va vazifasi, tashqi olam va inson tabiati, uning h ayoti va ru h iyatining mo h iyati, bilish imkoniyatining chegaralari, axloq me’yorlari h a q idadir. Falsafiy muammolar asosan diniy- mifolo g ik nu q tai nazardan bayon etilgan. Qadimgi H ind falsafiy maktablar i ikki g uru hg a b o’ linadi. Hindiston lik faylasuflar bu guruhlarni astika va nastika deb ataydi. Vedanta, sankxya, yo g a, vaysheshika, n’yaya va mimansa — astika guruhi g a kiruvchi falsafiy maktablar. Ushbu maktablarning tarafdorlari «Veda»ning mu q addasli g ini tan olib, birdan-bir haqiqat unda g ina ifodalangan, deyishadi. Chorvaka-lokayata, buddizm va jaynizm — nastika guruhiga kiradi. Chorvaka-lokayata tarafdorlari materialistik ta’limotni ilgari surganlari uchun «Veda»ning mu q addasligini tan olishmaydi hamda olam ilohiy kuch tomonidan yaratilmagan, «Veda» haqiqiy bilim bermaydi, deb ta’kidlashadi. Buddizm va Jaynizm diniy-falsafiy maktablar bo’lishiga q aramay, ular ham «Veda»ning mu q addasligini tan olmagan. Sankxya Qadimgi Hindiston da g i dualistik falsafiy maktab bo’lib, olam asosida moddiy unsur (prakriti) modda va ru h (puro’sha) yotadi, deb h isoblaydi. Bu y o’ nalish g a, asosan, olamda g i barcha narsalar ikki unsurning turli teng mi q dorda (proporsiyada) birikishidan yuza g a keladi, olam sababiyat or q ali rivojlanadi, olamda uchta sabab mavjud, deyiladi. Ular q uyida g ilardir: moddiy sabab, yaratuvchi sabab, alo q ador b o’ lmagan sabab. Bu falsafiy maktab h a q ida buy uk bobo k alonimiz Abu Rayxon Beruniy « Hindiston » asarida atroflicha fikr yuritgan. Qadimgi Xitoy falsafasi. Qadimgi Xitoyda fan va madaniyat o’ zi g a xos sha k lda rivojlangan. Eramizdan avval g i ikki min g inchi yilning o’ rtalari g a kelib, Yuan-in davlatida muayyan xujalik sha k li yuza g a kelgan. Eramizdan avval g i XII asrda esa, urushlar natijasida davlat Chjou q abilasining qo’ liga o’ tgan. Bu h okimiyat eramizdan avval g i III asrgacha davom etgan. Bu va q tda diniy mifologik dunyoqarash xukmronlik qilgan. U olam va tabiatning paydo bo’lishini o’ziga xos tarzda tushuntirgan va dunyoviy bilimlar rivojiga o’z ta’sirini o’tkazgan. Bunday ruhdagi falsafiy g’oyalar ayniqsa qadimgi Xitoy donishmandi Konfusiy (551-479) ijodida yaqqol aks etgan. Uning « H ikmatlar» i , ya’ni aforizmlari juda mashhur. Konfusiy ta’limotida umuminsoniy qadriyatlarning xitoy xalqi turmush tarzida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lishi, bu xalq q a xos ma’naviy mezonlar aks etgan. Bu ta’limot bir necha asrlar davomida ushbu hududda milliy g ’ oyalar majmui, millatning mafkurasi sifatida odamlarning ma’naviy ongi va q iyofasi sha k llanishi g a ta’sir k o’ rsatgan. U hozirgi Xitoyda ham o’zining muayyan ahamiyatini saqlab qolgan. Konfusiy fikricha, olamni osmon boshqaradi. Osmon irodasi — taqdirdir. Biz yashab turgan olam, undagi tartib osmon xukmdori tomonidan yuborilgan. Jamiyat xayotidagi tartibga qattiq amal qilish talab etiladi. Tartib, Konfusiy nuqtai nazari g a k o’ ra, ilohiy mazmun g a ega va uning mo h iyatini «Li» tushunchasi bel g ilaydi. U, ya’ni tartib dunyoning mo h iyatini aks ettiradi. Binobarin, jamiyatda g i barcha h arakatlar un g a binoan amal g a oshishi lozim. Tartib—insoniyat jamoasining eng oliy h ayotiy qadriyatlaridan biridir. Konfusiyning ta’kidlashicha, shaxs faqat o’zi uchun emas balki jamiyat uchun ham yashashi kerak. Konfusiy ta’limotida insonning h ayotda g i ijtimoiy o’ rni ni h oyatda ulug ’ , u o’ziga ravo k o’ rmagan narsani boshqalar g a ham ravo k o’ rmasligi, o’ziga ravo k o’ rgan narsani boshqalar g a ham ravo k o’ rishi lozim. Konfusiyning qarashlari keyinchalik ja h on falsafasida axloqiy tamoyillar rivojida, adolat, birodarlik, erkinlik g ’ oyalari takomilida mu h im o’ rin tutgan. Bu ta’limot Xitoyda ikki min g yil davomida davlat dini darajasiga k o’ tarilgan va xalq h ayotida muhim ahamiyat kasb etgan. Qadimgi Xitoyning k o’ zga k o’ ringan faylasuflaridan biri Lao-Szidir (VI-V asrlar). Uning ta’limoti g a ko’ra, olam, jamiyat va inson h ayoti Dao qonuni g a b u ysunmo g’ i lozim. Daosizm ta’limoti ana shu tari q a sha k llangan. Dao qonuni — tabiatning yashash qonunidir, undagi rang-baran g lik kurashi va uy g’ unli g i abadiyligining e’tirof etilishidir. Bu qonunga ko’ra, olamning asosini tashkil etuvchi «Si», ya’ni beshta unsur — olov, suv, h avo, yer va yo g’ och yoki metall olamdagi barcha jismlar asosini tashkil etadi hamda ularning yuza g a kelishini ta’minlaydi. Lao-Szining ta’kidlashicha, olamda h ech bir narsa doimiy va o’z g armas, h arakatsiz h olda bo’lishi mumkin emas. Daosizm g a binoan, dunyodagi hamma narsa bir h olatdan ikkinchi h olatga o’tib turadi. Q arama- q arshi kuchlar o’rtasidagi kurash, ya’ni In va Yan orasidagi munosabat — bizni o’rab turgan olamni h arakat g a keltiruvchi kuchlar manbaidir. In va Yan o’rtasidagi kurash daoni an g latadi. Odamzod bu kurash jarayonida doimo yaxshilik tomonida turishi, o’zini qurshab turgan tabiat va atrofdagi olamga me h r ko’rsatishi lozim. Bo’lmasa, Dao qonuni buziladi va bunday joyda baxtsizlik, foj e a yuz beradi. Lao-Szi bu o’rinda ekolokik falokatni nazarda tutgan. «Kishilar Dao qonunini buzmasliklari kerak, aks h olda tabiat ulardan albatta o’ch oladi», degani edi Lao-Szi. Buni ekologik falokatlar avj olib borayotgan bugungi kun vo q eli g i ham tasdi q laydi. Umuman, tabiat, jamiyat va insonga nisbatan e h tiyotkor munosabatda bo’lish, Ona zamin va Vatanni asrab-avaylash, odamlar o’rtasidagi munosabatlarda yaxshilik tomonida turish — Qadimgi xalqlarga xos bo’lgan falsafaning bosh g ’ oyalaridir. O’ sha, hamma narsa oddiy tushunilgan q adim zamonlardayo q buy uk aql egalari odamlarni tabiatni asrash g a, insonni q adrlashga cha q irgani bejiz emas. Ular insoniyat h ayotiga xavf soladigan daraja g a yetmay turib, u boradagi muammolarning oldini olish t o’ grisida juda ibratli u g itlar bergan. Qadimgi dunyo falsafasini chu q urro q o’ rgangan odam o’sha davr mutafakkirlari hozirgi zamon sivilizasiyasi q arshisida turgan barcha umumbashariy muammolardan odamlarni o g o h lantirganli g ining g uvo h i bo’lishi mumkin. G ap bu o g o h lantirishni eshitish, ularni o’ zlashtirish va h ayotning qonuni g a aylantirishda edi, x olos. Afsuski, odamzod nasli o’zi yaratgan buyuk daxolarning barcha o’gitlarika hamma va q t ham q uloq solavermagan. Ilm va fanda necha-necha kashfiyotlar q ilingan, ammo ulardan o’ z va q tida kera k li tarzda foydalanilmagani g a k o’h na tarix guvoh. Bugun ham ajdodlarimizning Vatan, tabiat, jamiyatni asrash, undagi tartib va qoidalarni buzmaslik tug’risidagi da’vatlari eskirgani yo’q. Yillar, asrlar utishi ularning kadrini tushirmaydi. Zero, bu ta’limotlar insoniyatning o’tda yonmas va suvda cho’kmas umuminsoniy qadriyatlari tug’risidadir. Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasi. Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir. Bu davrdagi falsafiy qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o’rganiladi. Yunonistonda dastlabki falsafiy ta’limotlar eramizdan avvalgi VII-VI asrlar o’rtasida Milet shahrida yuzaga kelgan va rivojlangan. Milet maktabi vakillari Fales, Anaksimandr, Anaksimenlardir. Uning asoschisi Fales (eramizdan avvalgi 624 — 547 yillarda yashagan). U Yunon fani va falsafasining asoschisi bo’lib, o’z davrining yetuk siyosiy arbobi, jug’rofi, faylasufi bo’lgan. Fales ta’limotiga ko’ra, tabiatdagi turli-tuman jism va hodisalar dastlabki ibtido — suvdan paydo bo’lgan va yana suvga aylanadi va bu moddiy birlik doimo o’zgarishda bo’ladi. Anaksimandr (Falesning shogirdi) eramizdan avvalgi VII asr oxiri va VI O’rtalarida yashab ijod etgan. U «Tabiat haqida» asarini yozgan, biroq asar bizgacha yetib kelmagan. Fales olamning asosiga suvni quygan bo’lsa, Anaksimandr dunyo — cheksiz, gazsimon apeyrondan iborat, issiqlik va sovuqlik, quruqlik va namlik apeyrondan ajralib chiqib, moddaning bir holatdan ikkinchi holatga o’tishini ta’minlaydi, deb hisoblagan. Uning ta’limotini zamondoshi, shogirdi Anaksimen davom ettirdi. Anaksimen (eramizdan avvalgi 588-525 yillar) havo — olamning asosi, deb bilgan. Uningcha, havoning quyuqlashishidan suv, yer, tosh kabi moddalar tashkil topgan, siyraklashishidan esa olov paydo bo’lgan. Yana bir yunon faylasufi Geraklit (eramizdan avvalgi 520-460 yillar) Kichik Osiyoning garbiy qirg’og’idagi Efes shahrida zargar oilasida dunyoga kelgan. U stixiyali dialektikaga asos solgan, olov — olamning asosi, deb bilgan. uning fikricha, olamda hamma narsa harakatda. «Oqar suvga bir soniyada ikki marta tushish mumkin emas, chunki suv har daqiqada yangilanib turadi». Olamda turg’inlik yo’q. harakat butun tabiatga, barcha jism va xodisalarga xosdir. Abadiy harakat — abadiy o’zgarishdir. Harakat qarama-qarshilik asosida sodir bo’ladi. «Kurash hamma narsaning otasi, hamma narsaning podshosidir», degani ekan geraklit. Bundan geraklit kishilar o’rtasida urushlarni targ’ib qilgan ekani-da, deya xulosa chiqarish noto’g’ri. geraklitning fikricha, doimiy o’zgarish, harakat va o’zaro qarama-qarshi tomonlarga o’tish — jismlar sifatining nisbiyligi bilan bog’liq. Masalan, dengiz suvi inson iste’moli uchun yaroqsiz bo’lsa, baliqlar uchun ayni muddaodir. geraklitning qarashlari falsafiy tafakkur rivojiga katta ta’sir ko’rsatgan. Pifagor (eramizdan avvalgi 580-500 yillar) Yunonistonning Samos orolida yashab o’tgan. u Qadimgi Yunonistonda diniy-mafkuraviy falsafiy maktab, ya’ni Pifagorchilikka asos solgan. Pifagor o’zining siyosiy qarashlari tufayli podsho Polikret bilan chiqisha olmagan va Samosni tark etib, janubiy Italiyaga ko’chib ketgan, o’sha yerda o’z uyushmasini tashkil etgan. Uningcha, dunyoni bilish jarayoni, avvalo, raqamlarni bilishdan boshlanishi kerak. Pifagorchilarning ta’limotiga ko’ra, olamning asosida modda ham, tabiat ham emas, balki ideallashgan raqamlar yotadi; narsa va hodisalar aynan ana shu raqamlar maxsulidir. Pifagorchilar birinchi bo’lib Yunonistonda tabiatdagi narsa va xodisalarni izoxlashda miqdor kategoriyasini ilgari suradi. Pifagor zodagonlar oilasiga mansub bo’lgani bois aristokratiyani himoya qilgan. U «tartib» tug’risidagi ta’limotini yaratib, faqat aristokratlar o’rnatgan tartib ijtimoiy hayotda muhim rol uynaydi, degani. Uning fikricha, demokratiya bu tartibotning buzilishidir. Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo’lgan. U kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayohat qilib, umrining sunggi yillarini Eley shahrida o’tkazgan. Tarixchi Dioken Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, xolos. u ko’pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni hayvonlarga, o’simlik dunyosiga dahldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko’ra, tabiat   - o’zgarmas va harakatsizdir, «hamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tuqilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan Qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo’lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu Qadimgi yunon knoseolokiyasining rivojiga turtki bo’ldi. Ksenofant ilgari surgan g’oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko’zga ko’ringan namoyandalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tuqilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do’sti Zenon (490-430 yillar) o’z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi. Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o’rin tutadi. Sofistlar antropolokiya (inson haqidagi fan) va knoseologiya (bilish tug’risidagi fan) muammolari bilan shug’ullangan. Sofistlar yangi kasblarning mohir ustalari, ya’ni o’qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud mahkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo’lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o’rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko’rsatgan. Suqrot (eramizdan oldingi 469-399 yillar.) (asli — Sokrat)   — Qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug’ullangan, hurfikrli inson, kambagaldan chiqgan, tosh yunuvchining ug’li, o’ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo’lgan. Uning hayoti fojiali tugagani tug’risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O’z davrida Afinadagi xukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chikib, yangi fikrlarni ilgari surgani uchun ruhoniylar uni daxriylikda hamda yoshlarni axloqan buzishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb qo’yilgan. Garchand qutilish imkoni bo’lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini Nihoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadah zahar ichib o’lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo’lishidan qat’i nazar, so’zsiz itoat etishni targ’ib etganlari g’oyatda ibratlidir. Holbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto’g’ri va adolatsiz deb hisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo’lsa-da, ularga bo’ysungan. Shu ma’noda, Suqrot o’zini aybdor deb topgan sud xukmiga itoat etgan va o’zini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening do’stim, ammo qonun do’stlikdan ustun turadi» degani xikmatli ibora o’sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir. Suqrot o’z ta’limotini og’zaki ravishda ko’cha-ko’yda, maydonlarda, hiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Gsenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Gsenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o’z ustozi haqida iliq so’zlar aytib, uni olijanob, ahloq-odob borasida haqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning ahloqini buzgan deb unga siyosiy ayb qo’yish — tuhmat ekanini alohida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur mulohazali, insonni ulug’lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o’z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida ahloq masalalari turmog’i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning axvoliga bog’liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o’rin tutganli bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benihoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan. Suqrotning shogirdi Aflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida uchmas iz koldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo’lgan, o’z g’oyalarini dialoklar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tuqilgan. O’zidan keyin 35 dan ziyod dialok shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u haqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to’g’ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do’sti va shogirdi bo’lgan. Aflotun «g’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, g’oya haqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. haqiqiy o’zgarish va taraqqiyot g’oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. G’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nihoyatda kam uchraydi, ular ulkan aql egasi bo’ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi. Aflotunning jamiyat va davlat tug’risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o’rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontolokiya va knoseologiyaning klassigi bo’lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo’lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi tug’risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — g’oyalar nazariyasi bilan uzviy bog’liq holda ilgari surgan. Uning fikricha, davlatning to’rtta shakli mavjud: teokratiya; olikarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat tug’risidagi orzulari negizida adolat g’oyasi yotadi. Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga buysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir. Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) Qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o’zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. O’n yetti yoshida o’z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga o’qishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o’limiga qadar) shu yerda tahsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taklifiga binoan, uning ug’li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik maqomiga ko’tarilgan Iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo’lgan. Filippning o’limidan keyin Aleksandr taxtga o’tirkach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo’lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko’rsatilgan himmat va rag’batlar muhim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh ko’tarib, Arastuni daxriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko’chib ketgan Arastu ko’p o’tmay o’sha yerda vafot etgan. Arastu zabardast olim bo’lib, mantiq, psixologiya, falsafa, ahloq, notiqlik san’ati, tabiiy fanlar bo’yicha o’lmas, bebaho asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o’rganishga qaratilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Kurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo’lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo’l- y o’ riq ko’rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo’naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga   - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan. Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to’rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakli sabab yoki shakl; yaratuvchi sabab; pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulgayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo’lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo’lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o’zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega. Arastuning jamiyat va davlat to’g’risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mul-kulchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyg’un bo’lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o’rtacha mulkga ega bo’lgan fuqarolarning mehnati bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda vatanimizda kichik va o’rta bizness sohasini rivojlantirish yo’lida olib borilayotgan islohotlar mohiyatiga juda hamohangdir. Yunon falsafasida Demokrit ning qarashlari ham muhim o’rin tutadi. U haqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo’shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo’shliq o’zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar   — bo’linmas va o’zgarmas, sifat jihatdan bir xil, uning miqdori shakli singari behisobdir. harakat, degani edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bo’lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta’limot muhim o’rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog’liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qo’rqondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog’i lozim. Me’yor, deydi faylasuf, ahloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos kelishidadir. Donolik uchta hosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so’zlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning ahloqiy qarashlari o’z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni ahloq-odobga, diyonatga da’vat etadi. Tayanch tushunchalar «Tavrot», «Veda» — diniy kitoblar. astika — «Veda»ning muqaddasligini tan oluvchi, nastika — uning muqaddasligini tan olmaydigan maktablar. Dao — tabiat qonuni, Si — borliqning asosida yotgan besh unsur, yan — yorug’lik kuchi, in — zulmat kuchi, metafizika — Qadimgi yunonistonliklar fikricha, borliqning asosini o’rganadigan dastlabki falsafa, atomlar — bo’linmas deb tasavvur qilingan zarrachalar.