logo

Magnoliyatoifalar, yopiq urug`lilar yoki gulli o`simliklar bo`limi-magnoliophyta, angiosper- matophyta, anthophyta

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

42.5 KB
www.arxiv.uz Reja : 1. Magnoliyatoifalar bo`limining xilma-xilliligini sabablari va ularning geografik-ekologik tarqalishi. 2. Bo`limning muhim belgilari. 3. Filogeniyasi. www.arxiv.uz 1. Magnoliyatoifali o`simliklar o`zlarining tuzilishi va tarqalishi bo`yicha nafaqat o`simiklar dunyosida, balki butun organik olamdagi eng katta gurux hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ularning 250 mingdan ortiq turi ma`lum bo`lib, 533 ta oila va 13 ming turkumni tashkil etadi. Bular shakli va xajmi bo`yicha ham eng yirik organizmlar hisoblanib, ular orasida 1sm. dan (suvda o`suvchi Lemna) 150 metr balandlikdagi (Avstraliyada o`suvchi evkalipt) o`lkan daraxtlar mavjud. Gulli o`simliklar yoshi, kelib chiqishi bo`yicha eng yosh Mezozoy erasining bo`r davridan boshlab rivojlangan o`simliklar hisoblanadi. Hozirda ular Er yuzi bo`ylab tarqalishi va tuzilishi bo`yicha eng murakkab va xilma–xil moslashuvga ega bo`lgan o`simliklar hisoblanadi. Ular dunyoning hamma qit`alarida ekvatorning issiq tropik o`rmonlaridan tortib, Shimoliy Arktika muzliklarigacha tarqalgan. ekologik nuqtai-nazardan ham ular turli xil sharoitlarda (muhitda) o`sishga mosshlashgan: issiq jazirama cho`ldan eng baland tog` cho`qqilarigacha, chuchuk va sho`r suv xavzalaridan (ko`l, soy, daryo, dengiz, okean) boshlab ohakli, gipsli, toshli va boshqa jinslardan iborat bo`lgan joylarda tarqalgan. Gulli o`simliklarning bu darajada turlar sonining ko`p bo`lishi, shaklan xilma-xiligi, geografik va ekologik diapazonining kengligi ularning murakkab tuzilganligiga va qator o`ziga xos belgilarga ega ekanligiga olib kelgan. 2. Gulli o`simliklar quyidagi belgilari bilan ochiq urug`li va sporali o`simliklardan farq qiladi: 1. Urugning to`liq ximoyalanganligi (yopiqligi), urug` kurtagini tuguncha ichida joylashganligi. 2. Bularda urug`chining va eng muhimi mevaning hosil bo`lishidir. 3. Bularda haqiqiy gulning paydo bo`lishi bilan changlanish va urug`lanishi jarayonida qo`sh urug`lanishni amalga oshishidir (S.Navashin, 1898). 4. Gulli o`simliklarda gametofit nasl ochiq urug`lilarga qaraganda o`ta qisqarganligi va juda tez taraqqiy etganligi bilan ajralib turadi. Gametofit nasl-ayrim jinsli. erkak gametofit-chang, chang naychasi va unda harakat qilayotgan vegetativ va generativ xujayralardan iborat. Urg`ochi gametofit- bu urug`chidagi murtak xaltasi va unda joylashgan 8-ta xujayradan (tuxum xujayra www.arxiv.uz markaziy xujayra, antipod va sinergitlar) tashkil topgan. Sporofit nasl mohiyati jihatidan 2-ta o`simlikdan: asosiy o`simlik va zigota tarqqiyotidagi embriondan (murtak) iborat. 5. Ichki anatomik tuzilishi bo`yicha ular rivojlangan bo`lib, ikkilamchi yog`ochligida ksilema, floema, haqiqiy o`tkazuvchi naychalar traxeyalar va yo`ldosh xujayralarning bo`lishidir. 6. Morfologik tuzilishi jihatidan bularning xilma-xil ko`rinishiga, turli hil moslamalarga egaligi va turli hil sharoitda yashovchanligidir. 7. Hayotiy shakllarining xilma xil bo`lishi kelib chiqishi bo`yicha, eng yoshi– o`t o`simliklar ekanligi, bulardagi muhim belgi hisoblanadi. 3. Gulli o`simliklarning kelib chiqishi. Gulli o`simliklar dastlabki qazilma holdagi qoldiqlari (changlari, barglari) Mezozoy erasining oxiri Bo`r davrining 2-yarmiga xos yotqiziq-laridan boshlab uchray boshlaydi. Umuman shu davridan boshlab gulli o`simliklarga mansub paleobotanik ma`lumotlar dunyoning ko`p joylaridan topilgan. Gulli o`simliklar filogeniyasining to`g`ri, ilmiy asosda hal qilishda dastlab qachon, qaerda, qanday yo`l bilan gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan savolga javob berish bilan oydinlashadi. Ko`pchilik botanik (palebotanik) olimlar tomonidan qachon degan savolga «Mezozoy» erasining oxiri bo`r davrining 2- yarimidan boshlab gulli o`simliklar paydo bo`lgan degan fikr bir xilda bildiriladi. Bunga sabab o`sha- bo`r davrida er planetasida qator kosmagonik o`zgarishlar bo`lgan, quyosh radiatsiyasi ko`chaygan, havo harorati keskin ko`tarilgan, so`ng yana haroratning pasayishi kuzatilgan. Ayniqsa shimol tomonda erning juda ko`p qismi «Buyuk muzlik» bilan qoplangan. Bu o`zgarishlar geograf, geolog, klimatolog, paleogeograf va boshqalar tomonidan tasdiqlangan. Shu sababdan ham bo`r davrida gulli o`simliklar paydo bo`lgan deb hisoblanadi. Qaerda? degan savolga hozirgacha turlicha fikrlar bildiriladi. Aksariyat palebotanik topilmalar ekvatorga yaqin bo`lgan tropik va subtropik xududlaridan topilgan. Paleobotanik olimlar A. Krshitofovich, V.Sveshnikovalar fikricha gulli o`simliklar dastlab www.arxiv.uz qadimgi Gondvana qit`asining shimolida paydo bo`lgan deb qaraladi. Ular tomonidan Shpitsbergan oroli, Grelandiya hududlaridan topilgan gulli o`simliklarning changlari Bo`r davriga xosligi aytiladi. Bu yo`nalishda bir muncha to`liq, asosli fikrlarni taniqli paleobotanik olim A.Taxtadjyan (1964), Toron R.Thorne (1976) nazariyalari: dastlab paydo bo`lgan joy qadimgi Panfik qit`asining tropik hududlari yoki hozirgi Osiyo qit`asining sharqiy-janubidagi orollar-Yangi Zelandiya, Yangi Gvineya qit`asining Filippin, ayniqsa Fidji orollari hisoblanadi. Chunki u erda hozirda ham gulli o`simliklarning eng qadimgi va sodda tuzilgan vakillari ko`p uchraydi. Maslan: magnoliya, lola daraxti va boshqalar. Bular qanday yo`l bilan kelib chiqqan? Degan savolga ham turli fikrlar bildiriladi. Ularning filogeniyasining hal qilishidagi muhim masala gulning paydo bo`lishini hal qilish bilan bog`liq. Bu yo`nalishida qator fikrlar, nazariyalar o`rtaga tashlangan. Shulardan muhimlari quyidagilar: 1. Nemis, (Avstraliya) olimi P.Vettshteyn (1901) tomonidan fanga kiritilib keyinchalik «soxta-gul»- Pseudanthos – nazariya nomini olgan. Bu nazariyaga muvofiq gul ochiq urug`lilar vakili bo`lgan gnetumlar (oraliq formasi efedralar) qubbasining shakl o`zgarishdan kelib chiqqan deb qaraladi. Bulardagi qubbalaridagi ayrim jinsli bo`lishi, to`liq 2 jinsli gulning paydo bo`lishiga zamin bo`ldi deyishiga to`g`ri kelmadi. 2. Bu nazariya ingliz paleobotaniklari Arber, Parkin va ular bilan deyarli bir vaqtda boshqa ingliz botaniklari Besi, Gallir (1869) ishlab chiqqan «Chin gul» - Euanthos nazariya. Bu nazariyaga muvofiq «2 jinsli gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlarning qubbalaridagi mikrosporofil bargchalarining o`zgarshidan changchilar, megasporafillarning o`zgarishidan urugchilar paydo bo`lgan» deb talqin qilinadi. Bu nazariyani to`ldiruvchi yana muxim asos shundaki, bennettitlar va urug`li paporotniklarning yuqolib ketgan davri (bo`r davri) gulli o`simliklarning paydo bo`lishiga to`g`ri keladi. www.arxiv.uz Akademik A.Taxtadjyan (1986) yuqoridagi «chin gul» nazariyasini ma`qullagan xolda, «gul-bu shakli o`zgargan bennettitlarning 2 jinsli qubbasidir. Bennettitlar o`z yo`lida urug`li paporotniklardan paydo bo`lgan» degan to`ldirishni kiritadi. Lekin, shuni qayd etish kerakki, shu kunga qadar bu fikrlar to`liq isbotini topmagan. Sababi, keyingi tekshirishlar shuni ko`rsatmoqdaki, gulli o`simliklarning ko`pchiligi uchun xos bo`lgan urug`dagi oqsil moddalar bennettitlar urug`ida yo`q ekanligi aniqlangan. Gulli o`simlikni kelib chiqishi bo`yicha yana ko`p olimlar o`z fikrlarini bildirganlar. Masalan: Nazariyotchi botanik olim, O`rta Osiyo florasining taniqli tadqiqotchisi M. G. Popov «Gulli o`simliklar gibridizatsiya – duragaylanish» yo`li bilan kelib chiqqan degan fikrni bildiradi. Bu gipoteza ham munozarali va ko`p isbot talab qiladi. www.arxiv.uz Adabiyotlar : 1. Salobiddinov S. S. Gulli o`simliklar sistematikasi. T. «O`qituvchi» 1966 2. Hamdamov I va boshqalar. Botanika asoslari. T. «Mehnat». 1990 3. Xrjanovskiy V. Ch. Kurs obshey. Botanika. M. Vo`sshaya shkola. 1982 4. Kursanov L. I. va boshqalar. Botanika (O`simliklar sistematikasi). Toshkent. «O`rta va Oliy maktab» 1963 5. Mustafoev S. M. Botanika. Toshkent. «O`zbekiston» 2002 6. Maxmedov A., Tog`aev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent «Universitet». 1994y 7. Maxmedov A. M. Botanika fanidan ma`ruzalar. F. 2003 8. Shostakovskiy S. A. Sistematika vo`sshix rasteniy. M. Vo`sshaya shkola. 1971 9. Komarnitskiy V. A. va boshqalar. Botanika. Moskva «Prosvehenie» 1977. t. 2 10. Tog`aev I. U. va boshqalar. Botanikadan amaliy mashg`ulotlar. T. «ToshDAU» 2002 11. Gordeeva T. N. i dr. Prakticheskiy kurs sistematiki rasteniy. Moskva «Prosvehenie» 1986 12. www.ziyonet.uz