logo

Tuproqlarni ekologik jihatdan baholash va tuproq bonitirovkasi

Yuklangan vaqt:

20.09.2019

Ko'chirishlar soni:

51

Hajmi:

64.0 KB
www.arxiv.uz Tuproqlarni ekologik jihatdan baholash va tuproq bonitirovkasi Har xil qishloq xo`jaligi ekinlariga nisbatan tuproqni ekologik jihatdan baholash ishlari nisbatan murakkab bo`lib, bu boradagi ishlardan diqqatga sazovori L.L. Shishov, N.I. Karmanov va boshqalarni ishlarini aytish mumkin. Bular tomonidan ishlab chiqilgan usul tuproq-ekologik ko`rsatkichlariga tayangan bo`lib, yerlarni ball bonitetlari shu asosda hisoblab chiqariladi. Bunda haydalma yerlar, ko`p yillik daraxtzorlar, yaylov va boshqalarni kichik yer maydonchasidan boshlab viloyat, respublika miqyosigacha ball bonitetlarini aniqlash mumkin. Bu usulda tuproqlarni baholash qator vazifalarni yechimini topishga, tuproqlarni baholashga yordam beradi. 1. Sug`orish melioratsiyasi sohasida - sug`orish jarayonida tuproqlarni bonitet ballarini o`zgarishi, qo`shimcha hosilni hisoblash, u yoki bu o`simlikni sug`orish xududlarini aniqlashda bu usulni ahamiyati katta. 2. Dehqonchilikni kimyolashtirishda - jadal texnologiyani birinchi navbatda kiritish mumkin bo`lgan maydonlarni aniqlashda, o`g`itlardan yana ham samaraliroq foydalanish yo`llarini aniqlashda qo`l keladi. 3. Iqtisod sohasida - ishlab chiqarishni yaxshilashni potensial manbalarini aniqlashda, pul bilan baholashda, foydani qayta taqsimlashda ham usulni ahamiyati katta bo`ladi. Tuproqni bu usulda baholash uni tabiiy xossa va xususiyatlariga tayanganligi sababli uning unumdorlik darajasini baholashda keskin farqlarga, yaoni haqiqiy holidan keskin farq qiluvchi kattaliklarga olib kelmaydi. Tuproqlarni bu usulda baholashni afzalliklaridan biri doimo qo`llaniladigan bonitirovkaga o`xshaganligi bo`lib, uni, yaoni tuproqni tabiiy xossa va xususiyatlari, iqtisodiy ko`rsatkichlarini hammasini yaxshilab o`rganish o`rniga hosil yetishtirishdagi barcha texnologik jarayonlarni kuzatish va nazorat qilish kifoya. www.arxiv.uz Bu usulda tuproqni baholash o`z ichiga 3 bo`limni qamrab oladi. 1 Xo`jaliklar bo`yicha tuproq-agrokimyoviy va agroiqlimiy ko`rsatkichlarni tayyorlash. 2 Tuproq-ekologik baho. 3 Har xil qishloq xo`jalik ekinlariga nisbatan tuproq bonitirovkasi. Bu usulda maolumotlarni to`plash 5 ta shaklni o`z ichiga oladi. Xo`jalik to`g`risida umumiy maolumot: 1-shakl. 1 Mamlakat, respublika; 2 Viloyat, o`lka, muxtor viloyat; 3 Tuman; 4 Xo`jalik yoki shirkatlar uyushmasi ,fermer xo`jaligi nomi; 5 Tabiiy mintaqa; 6 Asosiy tuproq tiplari, tipchalari, ayirmalari. Qishloq xo`jalik ekinlari maydoni (hisobga olingan yili, ga). 2-shakl. № Yer turi Maydoni I II III 1 Hamma haydaladigan yerlar 1а Lalmikor ekinlar maydoni 1б Sug`oriladigan 1в Quritiladigan 2 Hamma ko`p yillik ekinlar 2а Sug`oriladigan 2б Quritiladigan 3 Pichanzorlar 3а Oddiy 3б Sug`oriladigan 3в Quritiladigan 4 Yaylovlar 4а Oddiy 4б Sug`oriladigan 4в Quritiladigan www.arxiv.uz Hamma qishloq xo`jaligi ekinzorlari Agrokimyoviy tavsif. 3-shakl. № Ернинг ҳолати Ўрганилган ер майдони, %. Ҳаракатчан фосфор миқдори, майдонга нисбатан фоиз ҳисобида. х Жуда паст Паст Ў рта- ча Ба- ланд Юқори Жуда юқори x - harakatchan kaliyga ham shunday jadval tuziladi, zururiyat bo`lgan hollarda tuproq reaksiyasi ham eotiborga olinadi. Xo`jalikka agroiqlimiy tavsif. 4-shakl. 1 Yillik yog`in miqdori, mm; 2 10° dan yuqori bo`lgan haroratlar yig`indisi; 3 Eng issiq oyning o`rtacha harorati; 4 Eng sovuq oyning o`rtacha harorati; 5 Xududning geografik kengligi (kontinentallik koeffitsiyentini hisoblash uchun). Xo`jalikning tuproq qoplami. 5-shakl. № Tuproqning nomlanishi Mexanik tarkibi Yuvilgan- lik darajasi Gumus muqdori, %. Maydoni, ga. Misol: Cug`oriladigan tipik bo`z tuproq, O`rta qumoq Kuchsiz 2,28 1150,1 www.arxiv.uz sho`rlan-magan Xo`jalikdagi ekin turlari, yerning holati eng oxirgi yildagi hisob uchun bir gektar aniqlikda beriladi. Agrokimyoviy izlanishlar natijasiga ko`ra tuproqdagi fosfor va kaliy miqdori, tuproq reaksiyasi maolumotlari va o`rganilgan maydonga nisbatan foizlari beriladi. Agroiqlimiy tavsif maxsus qo`llanmalar, to`plamlar maolumoti yoki o`sha maydondagi meteostansiyani kuzatuv natijalari asosida beriladi. Miqdoriy ko`rsatkichlar katta aniqlikda, yaoni o`ndan bir daraja aniqlikda beriladi. Geografik kengliklar graduslarda maomuriy xaritalar asosida 1:4 mln. masshtabdagi xarita yordamida aniqlasa bo`ladi. Bu ish uchun 1:5 mln. masshtabdagi xaritalar yaroqsiz. Tuproqlarning nomi tasnifdagi ro`yxat asosida beriladi, lekin mahalliy sharoitni hisobga olgan holda o`zgartirishlar kiritilishi ham mumkin. Qolgan maolumotlar tuproqlarni xaritalash va ularga tuzatish kiritish ishlarida qanday bajarilsa o`shanday amalga oshiriladi. Yuqoridagi maolumotlar to`plangandan so`ng tuproqlarni ekologik jihatdan baholash quyidagicha o`tkaziladi. Tuproq eqologik indeksi (TEI) quyidagi formula asosida hisoblanadi.     ФV V ТЭИ 2 5, 12 Q  A KK N N t TK 100 100      V - bir metrli qatlam uchun o`rtacha hajm massa, g/sm3. 2 - bir metrli qatlam uchun maksimal hajm massa, g/sm3. Vф - tuproqni foydali hajmi. Q - tuproqni hisobga olinishi zarur bo`lgan qo`shimcha xossalari. S t°>10° + 10° dan yuqori bo`lgan o`rtacha yillik haroratlar yig`indisi. N К - namlanish koeffitsiyenti. N Т - namlanish koeffitsiyentiga to`g`rilagich. К K - kontinentallik koeffitsiyenti. А - yakuniy agrokimyoviy ko`rsatkich. www.arxiv.uz 12,5 - tuproq-ekologik indeksini 100 birligiga keltirish uchun qo`shilgan koeffitsiyent. SUG`ORILADIGAN MAYDONLAR UCHUN TUPROQ-EKOLOGIK INDEKSINI HISOBLASH Maolumki hamma tuproqlar uchun 12,5 ko`paytiruvchi qabul qilingan. Afsuski deyarli hamma ko`rsatkichlar maxsus ishlangan jadvallardan olinadi, shu bois tuproq-ekologik indeksini hisoblash qator qiyinchiliklarga olib keladi. Shunga qoramasdan bitta misol keltirishni maoqul ko`rdik. Misol uchun sug`oriladigan tuproqning tuproq ekologik indeksi Shishov L.L., Durmanov D.I. va boshqalarning ishlariga ko`ra quyidagicha hisoblanadi. Demak 12,5 doimiy ko`rsatkich. 2-V - maxsus jadvalga ko`ra 0,70. n - esa 1,0. Kuchsiz yuvilganligiga ko`ra koeffitsiyent - 0,86. Kuchsiz sho`rtoblik uchun koeffitsiyent - 0,90. Tuproq qalinligi uchun regional koeffitsiyent - 1,05. Tuproqni yakuniy ko`rsatkichi: 12,5 . 0,70 . 1,0 . 0,86 . 0,90 . 1,05 = 7,11 Agrokimyoviy yakuniy ko`rsatkich - 1,04. Sug`orish taosiridagi o`zgarish koeffitsiyenti og`ir mexanik tarkibli tuproqlar uchun - 0,93. Yakuniy iqlimiy ko`rsatkich, yaoni 10° dan yuqori haroratlar yig`indisi 3050°. Namlanish koeffitsiyenti uchun to`g`rilagich koeffitsiyenti 1,10 bo`lganda100 173 10.1 3050   bo`ladi, demak, 5, 84 29, 12 93,0 04,1 11,7 100 173 10,1 3050 93,0 04,1 11,7           ТЭИ Ko`rinib turibdiki, bu usulni qo`llash, ayniqsa undan foydalanish qator qiyinchiliklarga olib keladi. Shu bois bu usul hozircha o`z o`rnini ishlab chiqarishda topgani yo`q bo`lib, takomillashtirishga muhtoj. www.arxiv.uz www.arxiv.uz Adabiyot: 1. Abdullayev S.A. 2. G`ofurova L.A 3. Turapov I.T. 4. www.ziyonet.uz