logo

Maktablari matematika kursida tenglamalar mavzusini o’rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish

Yuklangan vaqt:

12.09.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2429.5 KB
Maktablari matematika kursida tenglamalar mavzusini o’rganishga multimediya yordamida elektron ishlanma yaratish Reja: 1. Kirish 2. Masalaning qo’yilishi 3. Asosiy qism a) Tenglama va uning yechimlari mavzusini o’qitish b) Bir noma’lumli tenglamalarni yechish mavzusini o’qitish c) Masalalarni tenglamalar yordamida yechish mavzusini o’qitish 4. Xulosa KIRISH Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida chuqur islohotlar amalga oshirildi, shu qatori ta’lim sohasida ham islohatlor amalga oshirilda. Ta’lim sohasidagi o’zgarishlar asosini O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da yaqqol ko’rishimiz mumkin. Zero, O’zbekistonni buyuk davlat qilishdek orzu-istaklarni hayotga tadbiq etishda yosh avlod tarbiyasi orqali barcha tizimni rivojlantirish zarur, bu esa tizimning hamma yo’nalishlarini qamrab olgan xalq ta’limining islohoti orqali amalga oshiriladi. O’qituvchi kadrlar tayyorlashning sifatini oshirish bilan umumta’lim maktablaridagi ta’lim- tarbiya ishlarining sifati yana ham oshishi hech kimga sir emas. Ma’lumki, hozir o’rta maktablar yangi o’quv reja va dastur asosida ishlashga to’la o’tdi. Bular asosida yaratilayotgan yangi darsliklarda yangi termin, atamalar ko’zga tashlanmoqda. Hozirgi kunda esa ko’proq “axborot asri” to’g’risida gapirilmoqda. “Axborot texnologiyasi”, “Yangi axborot texnologiyasi” kabi tushunchalar paydo bo’lmoqda. Shuningdek, multimediya, elektron darslik tushunchalari ham shular jumlasidandir. Mamlakatimizda qabul qilingan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning birinchi bosqichi sarhisob qilinib, ikkinchi sifat bosqichiga o’tildi. O’tilgan davr mobaynida yaratilgan ma’muriy-huquqiy hujjatlar fanlar bo’yicha o’quv adabiyotlarini yaratishga asos bo’lib, o’quv jarayonining sifatini oshirishga xizmat qiladi. O’quv adabiyotlarining yangi avlodlarini yaratish, ularni tayyorlash bo’yicha ilmiy-uslubiy, tashkiliy, iqtisodiy masalalarni hal etish uzluksiz ta’lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqichida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan bir qator tadbirlar ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ana shunday muhim tadbirlardan biri multimediya muhitida fanlar bo’yisha elektron darsliklar yaratishdir. Elektron darslik zamonaviy o’quv jarayonining eng asosiy elementi bo’lib, u o’quv fani yoki uning ma’lum bir bo’limini mustaqil o’rganishni ta’minlovchi va odatdagi darslik, ma’lumotnoma, mashqlar to’plami, laboratoriya ishi xususiyatlarini birlashtiruvchi dasturiy-uslubiy majmuadir. Elektron darslik an’anaviy darsliklarning alternativ(muqobil) varianti bo’lmasdan, balki uning to’ldiruvchisi bo’lib, ularda an’anaviy darsliklarning barcha afzalliklari saqlanib qolishi bilan bir qatorda, multimediya muxitidan foydalanib o’qishni o’rgatish yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish demakdir.  A.Qodiriy nomli Jizzax Davlat Pedagogika Instituti “Multimediya va masofaviy ta’lim” markazida ham matematika va informatika fanlari bo’yicha elektron darsliklar yaratish borasida ham muayyan tajribalar to’planmoqda va ushbu ma’ruzada umumta’lim maktablari matematika kursining “Funksiyalar” mavzusini multimediya muhitidan foydalanib o’qitishni o’rgatish, ya’ni 7-sinf “Algebra” kursining “Bir noma’lumli tenglamalar” bobi bo’yicha elektron darslik yaratish tajribasi haqida fikr yuritiladi. Elektron darslik loyixalash va ilmiy ishlab chiqarishda ma’lumotlarni tasvirlanishini chegirmali texnologiyasiga asoslangan maxsus uskunaviy vositalardan foydalanishdir. Bu texnologiya darslikning o’zida faqat matnli ma’lumotlarni saqlovchi emas, balki matematik formulalar, dasturlar va boshqalarni ham saqlovchi, yagona bog’langan ma’lumotli hujjat ko’rinishida tasvirlash va saqlashni ta’minlaydi. Elektron darslik har bir mavzuga oid asosiy tushunchalarni o’rganish, o’rganilayotgan usul va uning tadbiqini tadqiq etishni namoyish qilish, modelli dasturlarni modifikatsiyalash va boshqarish, hamda egallangan bilimlarni sinashga yo’naltirilgan. Ma’lumki, aniq predmet sohasini faol egallash uchun faqatgina nazariy bilimgini etarli bo’lmasdan, balki masalani hal etish bo’yicha amaliy ko’nikmalar ham shakllangan bo’lishiu kerak. Buning uchun esa o’rganilgan hodisa yoki jarayon modelini qurish, uni hal etish uchun algaritm loyihasini va ko’rilgan algoritmni dastur ko’rinishda tadqiq qilishi zarur bo’ladi. Bunday maqsadga erishish uchun elektron darslik tarkibiga o’quvchilardan induktiv va oibrazli fikrlashni rivojlantirishga ko’mak beruvchi modelli dasturlar seriyasi kiritilgan. Ma’ruzada algoritmlarni animatsiyalash usulining maqsadi, bilish faoliyatining siklik yopiq boshqarishini tashkil etish uchun, tashqi va ichki teskari aloqalar zarurligi, modelli masalalarni namoyish qilish yordamida o’quv mavzularini talab darajasida o’zlashtirishni ta’minlash uchun uni o’rganishning bir necha bosqichlari haqida fikr yuritilgan. Har bir mavzudan so’ng test topshiriqlari berilgan. Ishlab chiqarilgan elektron darslik musiqa elementi va rangli tasvir bilan boyitilgan. Masalaning qo’yilishi . Davlatimizning texnika va texnologiya gurkirab rivojlangan, fan-texnika asri yakunida mustaqillikka erishishi bilan asrlar davomida erisha olmay kelgan orzulari ro’yobga chiqa boshladi. Bunday etiborli ishlar ayniqsa o’quvchi yoshlarga ta’lim tarbiya berish, bilim va kasbiy ko’nikmalarni shakllantirishda ozining katta samarasini berdi. Bu boradagi ahamiyatga molik bo’lgan asosiy vazifalardan biri – oliy o’quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, umumta’lim maktablari o’quvchilari uchun darslik va o’quv qo’llanmalarining yangi avlodlarini yaratish hisoblanidi. Axborot ko’lami keskin o’sayotgan bugungi kunda ta’lim uslubiyati olida bir qator muammolar paydo bo’lmoqda. Ya’ni o’quvchini hozirgi zamon bilimlari bilan qurollantirish uchun nima qilmoq kerak?- degan savol o’z yechimini kutmoqda. Bu dolzarb muammo oldida butun dunyo olimlari bosh qotirmoqda. Lekin hozirga qadar yetarli darajada ixcham, oddiy o’qitish uslubiyoti yaratilgani yo’q. Darsliklar sonini ko’paytirmasdan, o’qituvchilar sonini oshirmasdan, o’quv soatlari miqorini o’zgartirmasdan o’quvchilarga qanday qilib to’la bilim berish mumkun? Qanday qilib ular bilimini nazorat qilish va mustahkamlash mumkin. Bunday masalalarni muvofaqqiyatli hal etilishi bugungi kunda o’quv jarayoniga kompyuter va axborot texnologiyalarini olib kirish va dasturiy ta’minotni amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Shu bois O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 mayagi “2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarni rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi 230-sonli qarorida ko’rsatilgan oliy o’quv yurtlarining o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish vazifasini amalga oshirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Elektron o’quv qo’llanma yaratish texnologiyasi uchun quyidagi tartiblangan ketma-ketlik asos qilib olinishi mumkin: maqsad mazmun metodika vosita o’qitish formasi Ma’lumki elektron o’quv qo’llanmalar yaratish jarayoni, an’anaviy “qog’ozli” o’quv qo’llanmalar yaratishga nisbatan o’quv materiali mazmunini tuzilishga sifat nuqtai nazaridan yangi-yangi tlablar qo’yadi. Shuning uchun, o’quv qo’llanmalar mazmunini strukturalashning texnologik vositasi sifatida “daraxtsimon” tizim imkonini beruvchi “integratordan” foydalaniladi. Chunki o’quv kursi predmet sohasining bunday modeli o’rganilayotgan fanga mos test va topshiriqlarining to’la tizimini ko’rishni avtomatlashtirishga imkon beradi. Elektron o’quv adabiyotlar sarvarak, mundarija, o’quv materialini oz ichiga olgan bo’lim, bilimlarini nazorat qilish tizimi (test va topshiriqlar), geossariya, tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxatini o’z ichiga olishi kerak.  Elektron o’quv qo’llanmaning asosiy bo’limlari matn, grafik, animatsiya, videolavhalarni o’z ichiga olishi lozim. O’quvchilarning biror –bir sohani yoki predmetni faol egellashi uchun faqatgina nazariy bilimgini yetarli bo’lmasdan, balki masalani hal etish bo’yicha amaliy ko’nikmalar ham shakllangan bo’lishi kerak. Shuning uchun maktab darsliklari mavzusini faqatgina nazariy jihatdan emas, balki amaliy ko’rinishda, yani ko’rgazmali qurollar, harakatli tasvirlar orqali o’tish va o’quvchilar tasavvurlarini kengaytirish lozim. Umumta’lim maktablarining matematika kurslari mavzularini ham shu asosda o’tish maqsadga muvofiqdir. 7-sinf “Algebra” kursining “ Bir noma’lumli tenglamalar ” bobini ham multimediya muhitidan foydalanib o’qitishda harakatli tasvirlarga e’tibor qaratish, oddiy darslikdan farqli o’laroq qulay imkoniyatlarga ega bo’lgan elektron ko’rinishini yaratish lozim. O’quvchi funksiya tushunchasini funksiya grafiklarini o’z ko’zi bilan har qanday holda bo’lganini ko’rishi va tezroq tushunishi kerak. Buning uchun “ Bir noma’lumli tenglamalar ” bobining har bir mavzusiga dastur, harakatli tasvir(animatsiya), yetarli ma’lumot, rangli tasvir, nazorat qilish uchun dastur va boshqa qulayliklarni yaratish kerak. Elektron o’quv qo’llanma yaratishda masalaning bunday qo’yilishi an’anaviy darslardan farqli dars o’tishda qo’llanma bo’la olishida muhim hamiyat kasb etadi. Asosiy qism Yaratilayotgan ushbu elektron o’quv qo’llanma , ya’ni umumiy o’rta ta’lim maktablarining 7-sinf “Algebra” kursining “Bir noma’lumli tenglamalar” bobini multimediya yordamida o’qishni o’rgatuvchi elektron ishlanma o’zining qulay imkoniyatlari bilan oddiy darslikdan farq qiladi. O’qituvchi tomonidan “Tenglama va uning yechimlari” mavzusining o’tilishi yoki shunga o’xshash mavzular o’tiladigan soatlarda elektron o’quv qo’llanma dan foydalanib o’tishi, o’quvchi darslarni sababli yoki sababsiz qoldirgan vaqtlarda mustaqil o’qishi, o’zlashtirishi uchun ham elektron o’quv qo’llanmad an foydalanishi mumkin. a) Tenglama va uning yechimlari . O’qituvchi o’zi bevosita kompyuter orqali, elektron o’quv qo’llanma dan foydalanib, proyektor orqali o’quvchilarga darslarni tushuntiradi. Bunda o’qituvchi hamma o’quvchilar e’tiborini ekranga qaratadi va daftarlariga yozib borishni ta’kidlaydi. Mavzuni o’tishda kompyuter tugmalarini o’qituvchining o’zi boshqarib, ekranda hosil bo’layotganlarni tushuntirib ham turadi. Elektron o’quv qo’llanma ga kirilgach, undagi mavzularning joylashishi, ko’rinuvchi (o’zgaruvchi) ekrancha namoyon bo’ladi (1-ilova) . Sichqoncha orqali mavzu tanlangach ko’rinuvchi(o’zgaruvchi) ekranchaning chap tomonida “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari hosil bo’ladi. Ko’rsatkich(strelka)ni “mavzu” bo’limi ustiga olib borilib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mavzuning to’liq bayoni, misollari bilan namoyon bo’ladi (2-ilova) . O’qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida elektron darslikning imkoniyatlaridan foydalanib boradi. “Tenglama va uning yechimlari” mavzusida tushunchalarni kiritishda har biriga ssilka(boshqa ko’rinishga o’tish) o’rnatilgan, yani tenglama va uning yechimlari haqidagi tushunchalardan so’ng ssilka orqali o’sha ko’rinishlarga o’tiladi. O’qituvchi tomonian rangli so’zlar bilan belgilangan so’zlarning ustiga ko’rsatkichni olib borib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bunda shu tushunchalarga bog’liq bolgan ko’rinishlar, chizmalar hosil bo’ladi. Buning uchun ham belgilab qo’yilgan va ajratib ko’rsatilgan “tasvir” bosiladi va o’sha harakatli tasvir hosil bo’ladi (3-ilova) . Harakatli tasvir orqali boshqa darsliklardan farqli ravishda elektron o’quv qo’llanma da o’quvchilar tezroq tushunadilar. O’quvchilarga to’liq tushuntirib bo’lgandan so’ng o’zlari ixtiyoriy tenglamani yechishda foydalanishlari uchun dasturga kiriladi. Buning uchun tenglamani yechish holatiga olib kelinadi va “o’zingiz ko’ring” belgisidan foydalanishlari mumkinligi aytiladi. Bunda sichqoncha yordamida yuqoridagidek foydalanib, tenglamani yechish dasturiga o’tiladi. Bu dasturda o’quvshilar o’zlari ixtiyoriy tenglamaning oxirgi ko’rinishini kiritib, o’sha tenglamaning yechimini ko’radilar. Bunda son kiritadigan oynachalar bo’lib, o’quvchi o’sha oynachaga sonni kiritsa, bu son o’sha tenglamadagi qaysi harfni bildirishini bilgan holda o’sha harfga mos holda son kiritadilar. Shunga bog’liq holda tenglamaning yechimi hosil bo’ladi va natijasi namoyon bo’lai (4-ilova) . O’quvchilar yaxshi tushunib olishlari uchun bu holatda ko’proq ishlashlari, mashqlar bajarishlari kerak. Mavzu to’liq o’qitilgach, o’quvchilardan tushunganliklari so’raladi va qisqacha takrorlab o’tiladi. Mavzu o’tilgach shu mavzuga doir mashqlar bilan ishlash ushun va darsda ishlashga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun ko’rsatkichni “Mashqlar” bo’limi ustiga qo’yilib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mashqlar to’plami hosil bo’ladi (5-ilova). Bundan mashqlar nomeri tanlanib, o’quvchilarga darsda ishlashlari uchun vazifa qilib beriladi. O’quvchilar daftarlariga ushbu misollarni ishlaydilar. O’qituvchi esa tekshirib boradi. Bu borada o’qituvchi o’quvchilarga individual yondashib har xil mashqlarni ekrandan tanlab, o’quvchilarga berishi ham mumkin. Shu tariqa dars so’ngida uyga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limidan mashqlar nomerini tanlab o’quvchilarga o’sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini ta’kidlash mumkin. Bunda ham o’quvchilarga individual yondashib mashqlar nomerini tanlash mumkin. O’quvchilarga mavzu o’tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgash, o’quvchilar bilimini baholash uchun “Test” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha yordamida “Test” bo’limiga kiriladi (6-ilova) . Mavzuga doir 5 tadan test hosil bo’ladi. Testlarni o’zgartirish, yani ular sonini ko’paytirish yoki savollarni almashtirish o’qituvchiga bog’liq. Bunda ham testlar individual tanlanib, o’quvchilarga alohida berilishi mumkin. Test bajarib bo’lingach, “test natijasi” tugmasi bosiladi va ekranchada test natijasi hosil bo’ladi. O’qituvchi dars so’ngida test natijalari va o’quvchilarning mashqni bajargan natijalariga ko’ra baholaydi. Bunda ko’proq o’quvchilar baholanadi, yani barcha o’quvchilarga baho qo’yiladi. O’quvchi o’zi mustaqil ravishda mavzuni o’rganishda ham to’g’ridan-to’g’ri kompyuter oldiga kelib, elektron ishlanma faylini topib, elektron o’quv qo’llanmaga kiriladi. Bunda o’quvchi elektron o’quv qo’llanmaga kirishga qiynalsa, o’sha kompyuter xonasi o’qituvchisi tomonidan qo’yib beriladi. O’quvchiga foydalanish yo’llari o’rgatilgach, yuqorida ko’rib o’tilgan ketma-ketlik asosida mavzuni o’rganishga kirishiladi. Bunda ham “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari orqali kirilib, mustaqil ravishda o’quvchining o’zi o’rganadi. Mavzuni o’rgangach mashqlar yechish bilan shug’ullanadi va vazifa sifatida belgilangan mashqlarni yozib oladi. Mavzuni qanchalik o’zlashtirganligini aniqlash uchun test topshiriqlarini bajaradi. O’qituvchi esa vazifani bajarganligi va test natijalariga karab baholaydi. b) Bir noma’lumli tenglamalarni yechish . O’qituvchi tomonidan “Bir noma’lumli tenglamalarni yechish” mavzusining o’tilishi ham bevosita kompyuter orqali, elektron o’quv qo’llanma dan foydalanib, proyektor orqali o’quvchilarga darslarni tushuntiradi. Bunda o’qituvchi hamma o’quvchilar e’tiborini ekranga qaratadi va daftarlariga yozib borishni ta’kidlaydi. Mavzuni o’tishda kompyuter tugmalarini o’qituvchining o’zi boshqarib, ekranda hosil bo’layotganlarni tushuntirib ham turadi. Elektron o’quv qo’llanma ga kirilgach undagi mavzularning joyashishi, ko’rinuvchi (o’zgaruvchi) ekrancha namoyon bo’ladi. Sichqoncha orqali mavzu tanlangach ko’rinuvchi(o’zgaruvchi) ekranchaning chap tomonida “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari hosil bo’ladi. Ko’rsatkich(strelka)ni “mavzu” bo’limi ustiga olib borilib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mavzuning to’liq bayoni, misollari bilan namoyon bo’ladi(7-ilova). O’qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida elektron o’quv qo’llanma ning imkoniyatlaridan foydalanib boradi. “Bir noma’lumli tenglamalarni yechish” mavzusida tushunchalarni kiritishda har biriga ssilka(boshqa ko’rinishga o’tish) o’rnatilgan, yani bir noma’lumli tenglamalarni yechish haqidagi tushunchalardan so’ng ssilka orqali o’sha ko’rinishlarga o’tiladi. O’qituvchi tomonian rangli so’zlar bilan belgilangan so’zlarning ustiga ko’rsatkichni olib borib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bunda shu tushunchalarga bog’liq bolgan ko’rinishlar, chizmalar hosil bo’ladi. Buning uchun ham belgilab qo’yilgan va ajratib ko’rsatilgan “tasvir” bosiladi va o’sha harakatli tasvir hosil bo’ladi(8-ilova). Harakatli tasvir orqali boshqa darsliklardan farqli ravishda elektron o’quv qo’llanma da o’quvchilar tezroq tushunadilar. O’quvchilarga to’liq tushuntirib bo’lgandan so’ng o’zlari ixtiyoriy tenglamani yechishda foydalanishlari uchun dasturga kiriladi. Buning uchun tenglamani yechish holatiga olib kelinadi va “o’zingiz ko’ring” belgisidan foydalanishlari mumkinligi aytiladi. Bunda sichqoncha yordamida yuqoridagidek foydalanib, tenglamani yechish dasturiga o’tiladi. Bu dasturda o’quvshilar o’zlari ixtiyoriy tenglamaning oxirgi ko’rinishini kiritib, o’sha tenglamaning yechimini ko’radilar. Bunda son kiritadigan oynachalar bo’lib, o’quvchi o’sha oynachaga sonni kiritsa, bu son o’sha tenglamadagi qaysi harfni bildirishini bilgan holda o’sha harfga mos holda son kiritadilar. Shunga bog’liq holda tenglamaning yechimi hosil bo’ladi va natijasi namoyon bo’lai (9-ilova). O’quvchilar yaxshi tushunib olishlari uchun bu holatda ko’proq ishlashlari, mashqlar bajarishlari kerak. Mavzu to’liq o’qitilgach, o’quvchilardan tushunganliklari so’raladi va qisqacha takrorlab o’tiladi. Mavzu o’tilgach shu mavzuga doir mashqlar bilan ishlash ushun va darsda ishlashga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun ko’rsatkichni “Mashqlar” bo’limi ustiga qo’yilib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mashqlar to’plami hosil bo’ladi (10-ilova). Bundan mashqlar nomeri tanlanib, o’quvchilarga darsda ishlashlari uchun vazifa qilib beriladi. O’quvchilar daftarlariga ushbu misollarni ishlaydilar. O’qituvchi esa tekshirib boradi. Bu borada o’qituvchi o’quvchilarga individual yondashib har xil mashqlarni ekrandan tanlab, o’quvchilarga berishi ham mumkin. Shu tariqa dars so’ngida uyga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limidan mashqlar nomerini tanlab o’quvchilarga o’sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini ta’kidlash mumkin. Bunda ham o’quvchilarga individual yondashib mashqlar nomerini tanlash mumkin. O’quvchilarga mavzu o’tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgash, o’quvchilar bilimini baholash uchun “Test” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha yordamida “Test” bo’limiga kiriladi(11-ilova). Mavzuga doir 5 tadan test hosil bo’ladi. Testlarni o’zgartirish, yani ular sonini ko’paytirish yoki savollarni almashtirish o’qituvchiga bog’liq. Bunda ham testlar individual tanlanib, o’quvchilarga alohida berilishi mumkin. Test bajarib bo’lingach, “test natijasi” tugmasi bosiladi va ekranchaga test natijasi hosil bo’ladi. O’qituvchi dars so’ngida test natijalari va o’quvchilarning mashqni bajargan natijalariga ko’ra baholaydi. Bunda ko’proq o’quvchilar baholanadi, yani barcha o’quvchilarga baho qo’yiladi. O’quvchi o’zi mustaqil ravishda mavzuni o’rganishda ham to’g’ridan-to’g’ri kompyuter oldiga kelib, elektron ishlanma faylini topib, elektron o’quv qo’llanmaga kiriladi. Bunda o’quvchi elektron o’quv qo’llanmaga kirishga qiynalsa, o’sha kompyuter xonasi o’qituvchisi tomonidan qo’yib beriladi. O’quvchiga foydalanish yo’llari o’rgatilgach, yuqorida ko’rib o’tilgan ketma-ketlik asosida mavzuni o’rganishga kirishiladi. Bunda ham “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari orqali kirilib, mustaqil ravishda o’quvchining o’zi o’rganadi. Mavzuni o’rgangach mashqlar yechish bilan shug’ullanadi va vazifa sifatida belgilangan mashqlarni yozib oladi. Mavzuni qanchalik o’zlashtirganligini aniqlash uchun test topshiriqlarini bajaradi. O’qituvchi esa vazifani bajarganligi va test natijalariga karab baholaydi. c) Masalalarni tenglamalar yordamida yechsh . O’qituvchi tomonidan “Masalalarni tenglamalar yordamida yechish” mavzusining o’tilishi ham bevosita kompyuter orqali, elektron o’quv qo’llanma dan foydalanib, proyektor orqali o’quvchilarga darslarni tushuntiradi. Bunda o’qituvchi hamma o’quvchilar e’tiborini ekranga qaratadi va daftarlariga yozib borishni ta’kidlaydi. Mavzuni o’tishda kompyuter tugmalarini o’qituvchining o’zi boshqarib, ekranda hosil bo’layotganlarni tushuntirib ham turadi. Elektron o’quv qo’llanmaga kirilgach undagi mavzularning joyashishi, ko’rinuvchi (o’zgaruvchi) ekrancha namoyon bo’ladi. Sichqoncha orqali mavzu tanlangach ko’rinuvchi(o’zgaruvchi) ekranchaning chap tomonida “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari hosil bo’ladi. Ko’rsatkich(strelka)ni “mavzu” bo’limi ustiga olib borilib, sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mavzuning to’liq bayoni, misollari bilan namoyon bo’ladi(12-ilova). O’qituvchi mavzuni tushuntirish jarayonida elektron o’quv qo’llanma ning imkoniyatlaridan foydalanib boradi. “Masalalarni tenglamalar yordamida yechish” mavzusida tushunchalarni kiritishda har biriga ssilka(boshqa ko’rinishga o’tish) o’rnatilgan, yani masalalarni tenglamalar yordamida yechish haqidagi tushunchalardan so’ng ssilka orqali o’sha ko’rinishlarga o’tiladi. O’qituvchi tomonian rangli so’zlar bilan belgilangan so’zlarning ustiga ko’rsatkichni olib borib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bunda shu tushunchalarga bog’liq bolgan ko’rinishlar, chizmalar hosil bo’ladi. Buning uchun ham belgilab qo’yilgan va ajratib ko’rsatilgan “tasvir” bosiladi va o’sha harakatli tasvir hosil bo’ladi(13-ilova).Bunda masalalarni tenglamalar yordamida yechishning bosqichlari harakatli tasvir orqali namoyon bo’ladi. Harakatli tasvir orqali boshqa darsliklardan farqli ravishda elektron o’quv qo’llanma da o’quvchilar tezroq tushunadilar. O’quvchilarga to’liq tushuntirib bo’lgandan so’ng o’zlari ixtiyoriy masalalarni tenglamalar yordamida yechishda foydalanishlari uchun dasturga kiriladi. Buning uchun tenglamani yechish holatiga olib kelinadi va “o’zingiz ko’ring” belgisidan foydalanishlari mumkinligi aytiladi. Bunda sichqoncha yordamida yuqoridagidek foydalanib, tenglamani yechish dasturiga o’tiladi. Bu dasturda o’quvshilar o’zlari ixtiyoriy tenglamaning oxirgi ko’rinishini kiritib, o’sha tenglamaning yechimini ko’radilar. Bunda son kiritadigan oynachalar bo’lib, o’quvchi o’sha oynachaga sonni kiritsa, bu son o’sha tenglamadagi qaysi harfni bildirishini bilgan holda o’sha harfga mos holda son kiritadilar. Shunga bog’liq holda tenglamaning yechimi hosil bo’ladi va natijasi namoyon bo’lai (14-ilova). O’quvchilar yaxshi tushunib olishlari uchun bu holatda ko’proq ishlashlari, mashqlar bajarishlari kerak. Mavzu to’liq o’qitilgach, o’quvchilardan tushunganliklari so’raladi va qisqacha takrorlab o’tiladi. Mavzu o’tilgach shu mavzuga doir mashqlar bilan ishlash ushun va darsda ishlashga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun ko’rsatkichni “Mashqlar” bo’limi ustiga qo’yilib sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Ko’rinuvchi ekranchada mashqlar to’plami hosil bo’ladi (15-ilova). Bundan mashqlar nomeri tanlanib, o’quvchilarga darsda ishlashlari uchun vazifa qilib beriladi. O’quvchilar daftarlariga ushbu misollarni ishlaydilar. O’qituvchi esa tekshirib boradi. Bu borada o’qituvchi o’quvchilarga individual yondashib har xil mashqlarni ekrandan tanlab, o’quvchilarga berishi ham mumkin. Shu tariqa dars so’ngida uyga vazifa berish uchun “Mashqlar” bo’limidan mashqlar nomerini tanlab o’quvchilarga o’sha tanlangan mashqlarni yozib olishlarini ta’kidlash mumkin. Bunda ham o’quvchilarga individual yondashib mashqlar nomerini tanlash mumkin. O’quvchilarga mavzu o’tilgach va shu mavzuga doir mashqlar bajarilgash, o’quvchilar bilimini baholash uchun “Test” bo’limiga kirish lozim. Buning uchun yuqoridagidek sichqoncha yordamida “Test” bo’limiga kiriladi(16-ilova). Mavzuga doir 5 tadan test hosil bo’ladi. Testlarni o’zgartirish, yani ular sonini ko’paytirish yoki savollarni almashtirish o’qituvchiga bog’liq. Bunda ham testlar individual tanlanib, o’quvchilarga alohida berilishi mumkin. Test bajarib bo’lingach, “test natijasi” tugmasi bosiladi va ekranchaga test natijasi hosil bo’ladi. O’qituvchi dars so’ngida test natijalari va o’quvchilarning mashqni bajargan natijalariga ko’ra baholaydi. Bunda ko’proq o’quvchilar baholanadi, yani barcha o’quvchilarga baho qo’yiladi. O’quvchi o’zi mustaqil ravishda mavzuni o’rganishda ham to’g’ridan-to’g’ri kompyuter oldiga kelib, elektron darslik faylini topib, darslikka kiriladi. Bunda o’quvchi darslikka kirishga qiynalsa, o’sha kompyuter xonasi o’qituvchisi tomonidan qo’yib beriladi. O’quvchiga foydalanish yo’llari o’rgatilgach, yuqorida ko’rib o’tilgan ketma-ketlik asosida mavzuni o’rganishga kirishiladi. Bunda ham “mavzu”, “mashqlar”, “test” bo’limlari orqali kirilib, mustaqil ravishda o’quvchining o’zi o’rganadi. Mavzuni o’rgangach mashqlar yechish bilan shug’ullanadi va vazifa sifatida belgilangan mashqlarni yozib oladi. Mavzuni qanchalik o’zlashtirganligini aniqlash uchun test topshiriqlarini bajaradi. O’qituvchi esa vazifani bajarganligi va test natijalariga qarab baholaydi. Bundan tashqari bobga doir mavzular o’tib bo’lingach, bobga doir tushunchalarni takrorlash uchun yoki bobga doir misollar ishlash uchun ham elektron o’quv qo’llanma ning “bobga doir misollar” bo’limi tanlanadi(17-ilova). Ushbu bo’limda ham misollar tanlanib yechiladi va dars so’ngida bobga doir tushunchalarni qanchalik o’zlashtirganliklarini bilish uchun darslikning “bobga doir misollar” bo’limidan keyingi “Test” bo’limi tanlanadi(18- ilova). Bunda to’liq bobga doir testlar beriladi va “test natijasi” bosilgach, uning natijasi hosil bo’ladi.Bunda ham o’qituvchi o’quvchilarning ishlagan misollari va test natijasiga ko’ra baho qo’yadi. Shuningdek “Test” bo’limidan keyingi “DTS” bo’limida bobga doir mavzularning davlat ta’lim standartlari bo’yicha nimani bilishlari lozimligi, minimal talablar, o’quvchilar ko’nikmasini hosil qiluvchi va malakasini oshiruvchi qanday misollarni yecha bilishlari shartligi, mavzu va misollarga ajratilgan soatlar keltirilgan(19- ilova). Bu ham elektron ishlanma imkoniyatlaridan hisoblanadi. (1-ilova)  (2-ilova) (3-ilova)  (4-ilova) (5-ilova)  (6-ilova) (7-ilova)  (8-ilova) (9-ilova)  (10-ilova) (11-ilova)  (12-ilova) (13-ilova)  (14-ilova) (15-ilova)  (16-ilova) (17-ilova)  (18-ilova) (19-ilova)  Xulosa Umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika darslarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’tishda elektron darslikdan foydalahib, multimediya imkoniyatlari asosida dars o’tish noan’anviy dars turlaridan biri hisoblanadi. Biz yaratilgan elektron ishlanmamiz asosida maktabda dars o’tganimizda quyidagi xulosalarga keldik: - elektron ishlanma imkoniyatlaridan foydalanib, o’quvchilarga mavzu to’liq tushuntirish imkoniyati oshadi; - ularning bilim, ko’nikma va malakalari oshadi; - harakatli tasvirlar va animatsiyalar o’quvchilarning tasavvurlarini kengaytitish uchun muhim rol o’ynadi; - dars o’tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug’ildi, yani mavzuning tushuntirilishiga va o’quvchilarning mavzuni o’zlashtirishlariga kam vaqt sarflandi; - amaliy ishlarga, yani misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar keltirishga, o’quvchilar o’rtasida savol-javob o’tkazishga ko’proq vaqt qo’ldi; - barcha o’quvchilarni baholashga imkon tug’ildi, yani misol va masalalarni yechishga baho qo’yilsa, dars so’nggida test natijalari va darsdagi vazifalarga yoki uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, ular jamlanib baho qo’yiladi; - o’quvchilarning o’zlari mustaqil o’rganishlari uchun imkoniyat yaratildi, ya’ni sababli yoki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar ham ushbu elektron darslikdan foydalanishi, o’qituvchi ishtirokisiz mustaqil ravishda multimadiya imkoniyatlaridan foydalanib mavzuni o’rganishi va yaxshi o’zlashtirishi mumkin. Demak, elektron darslik o’zidagi matn, grafik, animatsiya, o’quv materialini o’z ichiga olgan bo’limlar, bilimlarni nazorat qilish tizimi (test va topshiriqlar) bilan boshqa darsliklardan farq qiladi. O’zining imkoniyatlari bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, boshqa fanlar singari matematika fanini o’qitish uslubiyati fandan tayyor bilimlarni o’quvchilarga o’qituvchi tomonidan berilishiga asoslangan. Ushbu uslubiyat axborot asri, axborotlashgan jamiyat talablariga javob bera olmaydi, chunki “butun umrga yetarli bilim” tamoyilidan “umr davomida bilim olish” tamoyiliga o’tilyapti. Hozirda mana shunday imkoniyatlardan foydalanish, elektron darsliklar yaratish va natijada o’quvchilar bilimining saviyasini oshirish muhimdir. Ayniqsa “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi sifat bosqichida ko’zda tutilgan maqsadlarga erishish uchun muhim imkon bo’la oladi.  Foydalanilgan adabiyotlar : 1. SH. O. Alimov, O. R. Xolmuhamedov va boshqalar. “Algebra” 7- sinf uchun o’quv qo’llanma. Toshkent -“O’qituvchi”-2001 2. “Xalq ta’limi” jurnallari. 2003 yil, 4- son. 3. “ Visual Basic .Net” Evangelos Petrusos. Kiyev.Moskva.Sankt-Peterburg. 2002. 4. Aleksey Goncharov. “HTML ” Peter .2001 5. Richard Vagner, Allen Vayk. “Java Script” Kiyev.Moskva.Sankt-Peterburg. 2001. 6. “ C ++” Начала програмирование . Moskva . “ Izdatelstvo BINOM ”. 2001. 7. Kandzyuba C . “ Delphi 6.”. Базы данных проложения 8. www.ziyonet.uz