logo

O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi

Yuklangan vaqt:

30.09.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

76.9677734375 KB
O`zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim, Fan va Innovatsiyalar Vazirligi O`zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti KURS ISHI Mavzu: O’zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi Bajardi: Qabul qildi: TOSHKENT 1 R eja Kirish I.bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi huquqiy bazaning yaratilish tarixi. I.1 O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi I.2 Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi II.bob. O’zbekistonda aholini sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy- siyosiy jarayonlar tarixi. II.1 O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi II.2 Aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab-quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 2 Kirish Тabiatni muhofaza qilish to’g’risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg’unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg’izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so’zsiz, O’zbekiston va Qozog’iston respublikalarida atrof - muhitga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham Prezident I. A. Karimov BMТning 48, 50, 55-sessiyalarida so’zlagan ma’ruzalarida Orol muammosini xalqaro miqyosda hal qilishni taklif etdi va uning salbiy oqibatlarini nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo hamjamiyati uchun tahdid solayotgan dolzarb global masala qilib ko’rsatdi. Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’min lovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig’indisiga aytiladi. Mustaqillik buyuk – ne’mat. U bizga juda katta imkoniyatlarga keng yo`l ochdi. Endilikda O`zbekiston o`zining keng dasturlarini ishlab chiqib, namoyish jarayonlarini boshlab yubordi. Ko`p tomonlama erkinlik va imkoniyatlar amalga oshirildi. Undan tashqari mustaqillik tufayli ko`p imkoniyatlar ortida haqqoniylik, xolislik va adolatlilik tamoyillariga asoslangan holda ish olib borish zarur bo`ldi. Nafaqat ichki va tashqi aloqalar balki tariximizga bo`lgan munosabat ham o`zgardi. Jumladan, Birinchi Prezidentimiz I.A Karimov ta’kidlaganidek “O`z tarixini bilmagan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo`q” 1 – degan so`zlarida ham mustaqillik ne qadar unumli va kerakli ekanligini bilsak bo`ladi. Mavzuning dolzarbligi: Ushbu kurs ishida davlatimiz hayotiga oid bo`lgan partiyalar va ularni tuzumi, sog`lom avlod uchun harakat va ularning harakati 1 I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008. 43-b. 3 hamda yurtimiz siyosiy hayotidagi o`rni boshqa jarayonlar haqida yoritilishi haqida ma’lumot beriladi. Bundan tashqari Mamlakatimiz iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmasiga ega bo’lish va shu orqali barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlariga erishish milliy iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish va xalq farovonligini ta’minlashning muhim shartlaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa eng avvalo, iqtisodiyotning real sektorini jadal rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish zarurati avvalo, ishlab chiqarishni modernizasiyalash va diversifikasiyalash jarayonlarining keng miqyosda amalga oshirilishini ifodalaydi. Bizga ma’lumki iqtisodiyotning real sektori deganda, iqtisodiyotning bevosita moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan sohasi bo’lib, u o’z ichiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. Tabiatda sodir bo’layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg’izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so’zsiz, O’zbekiston va Qozog’iston respublikalarida atrof - muhitga o’zining salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo’lgan ekologik xavfsiz hudud ekanligi haqida ma’lumotlar berilishi dolzarbligini belgilaydi. Mavzuning maqsadi va vazifalari: Ushbu kurs ishining maqsadi O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab- quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar haqidagi ahamiyatini o`rganilgan adabiyotlar va ilmiy ishlar asosida yoritib berish va xolislik va haqqoniylik asosida, adolatli va haqqoniy tarzda 4 yoritib berish va tahlil qilishdir. Bundan tashqari ushbu kurs ishi bilan tanishuvchilarga qiyinchilik tug`dirmasligi uchun kerakli ilmiy va badiiy ishlarni aniq va soda ravon tilda yetkazishdan iborat. Asosiy maqsadlaridan yana biri berilayotgan kitoblarni soda tushunarli tilda yetkazishdan iborat. Mazkur ishning vazifalaridan biri ilmiylik, xolislik, haqqoniylik, adolatlilik va tarixiy haqiqatni buzmagan holda bayon etish, turli davrlarda turlicha yuritilgan siyosat va uning borish jarayonlarini tanitishda zamon ruhini to`la his ettira olishdan, ushbu kurs ishi bilan tanishayotgan kishida savol tug`ilmasligi uchun barcha ma’lumotlarni aniq va ravon yoritib bera olishdan iborat. Mavzuning obyekti va predmeti: O`zbekistonning mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab- quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha ahamiyatini yoritishda turli davrda o`rganilgan va tadqiq etilgan ilmiy ishlar, ommabop nashrlar, ijtimoiy tarmoqlardagi maqolalar va adabiyotlarni o`rganish tashkil etadi. Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Mazkur mavzuni juda ko`plab olimlar o`rgangan. Masalan, Q.Usmonov 2 , R, Shamsutdinov 3 , R.Murtazayeva 4 , Bobojonova 5 , X. Yunusova 6 , S.G`aybullayeva 7 , R.Ubaydullayeva 8 , L.Levitin 9 2 Q. Usmonov. O`zbekiston tarixi (1917-1991-y.y). – T., 2017. 3 R. Shamsutdinov. O`zbekiston tarixi. – T.: O`zbekiston, 2017. 4 R.H.Murtazayeva. O`zbekiston tarixi umumiy tahriri ostida. –   Toshkent ., 2005. – B.41. 5 Bobojonova D. O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70-80-yillar misolida). Qo’llanma. – Toshkent.: Sharq, 1999. – B. 51. 6 Yunusova X. O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma’naviy jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). - Toshkent:   Abu matbuot-konsalt , 2009. – B.25. 7 O‘zbekiston tarixi. – Toshkent.: Mehnat, 2001. – B.45. 8 O‘zbekiston tarixi. – Toshkent.: Mehnat, 2001. – B.37. 9 Levitin L. O‘zbekiston tub burilish pallasida. – Toshkent.: O‘zbekiston, 2005. – B. 29. 5 Akramov 10 , Jalilova 11 , G`ulomov 12 , Nig`matov 13 , Rafiqov 14 , To`xtayev 15 kabi olimlar o`z asarlari orqali o`rganib tadqiq etishgan. Mazkur olimlar O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi, Davlat tomonidan tabiatni va atrof- muhitni muhofaza qilish borasida qabul qilingan qonun va qarorlar tarixi hamda sog`lom avlod asoslari, O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi, aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab- quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar haqidagi ahamiyatini o`rganilgan adabiyotlar va ilmiy ishlar asosida yoritib berish va xolislik va haqqoniylik asosida, adolatli va haqqoniy tarzda yoritib berish va tahlil qilishdir. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Ushbu kurs ishi kirish, ikkita bob, to`rtta paragraf hamda xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat. 10 Akramov M., Rafikov A.A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990 11 Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: "Vori-nashriyoti", 2017. 12 Gʻulomov P.N., Inson va tabiat, T., 1990 13 Nigʻmatov A.N., Oʻzbekiston Respublikasining ekologik huquqi, T., 2004 14 Rafikov A.A., Geoekologik muammolar, T., 1997 15 Toʻxtayev L., Hamidov A., Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish, T., 1994 6 I.bob. O’zbekistonda atrof-muhitni muhifaza qilish yo’lidagi ijtimoiy siyosiyjarayonlar tarixi. I.1 O’zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi va O’zbekiston ekologik partiyasining tarixi. O’tmishda atrof-muhitga e’tiborsiz munosabatda bo’lish, tabiiy resurslardan me’yoridan ortiq foydalanish va ekologik talablarni mensimaslik Orol dengizining qurishi, cho’llanish, yer va suv resurslarining tanazzuli, o’simlik va hayvonot dunyosi genofondining yomonlashuvi, biologik xilmaxillikning qisqarishi, ko’p miqdordagi sanoat, maishiy va boshqa chiqindilarning hosil bo’lishi kabi qator global va mintaqaviy ekologik muammolarning paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu muammolar iqlim o’zgarishi sodir bo’layotgan sharoitlarda yanada yaqqolroq va kuchliroq namoyon bo’lib, zamonaviy O’zbekiston uchun ham atrof-muhitni muhofaza qilish va uni sog’lomlashtirish masalalarini yanada dolzarb qilib qo’ydi 16 . Albatta, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, muammolarni bartaraf qilish va salbiy oqibatlarining oldini olish borasida jamiyatning turli qatlamlariga mansub fuqarolarning faol qatnashishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan milliy hamda chet el jamoat tashkilotlari va harakatlarining ijobiy tajribalarini o’zlashtirgan siyosiy kuch — partiya bunday muhim maqsad hamda vazifalarni bajarishga qodir ekanligini e’tirof etish zarur. Prezidentimizning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasidagi g’oyalar hamda mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yo’lidagi keyingi qadam sifatida mamlakat siyosiy maydonida yangi — O’zbekiston Ekologik partiyasi tashkil etildi. Ekologik par tiyaning tuzilishi O’zbekiston tarixida alohida sahifa bo’lib, mamlakatda amalga oshirilayotgan strategiyaning yaqqol hosilasidir. Aholi bilan muloqotlar jarayonida partiyaning vujudga kelishi nafaqat ekologlar, balki keng jamoatchilikning ushalgan orzusi ekanligi e’tirof etilmoqda. Bu partiyaning tashkil etilishi yurtimizning jahon hamjamiyati oldidagi nufuzini, 16 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Т .: 0 ‘zbekiston, 2000.14-15 b. 7 imijini oshirish uchun muhim omil bo’ldi. Bu mamlakatimizda ekologik masalalarga yuksak e’tibor qaratilayotganligining bir namunasi va xalqaro maydonda O’zbekistonning brendi bo’ldi, desak, aslo xato qilmaymiz. Ma’lumki, Ekoharakat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida kvota asosida deputatlik o’rinlariga ega edi. Kvotadan voz kechilishi O’zbekiston Ekologik par tiyasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Kvotalash instituti bizning imkoniyatlarimizni ma’lum bir darajada chegaralab qo’ygan, mahalliy Kengashlarda deputatlarimiz yo’q edi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga bo’lib o’tadigan saylovlarda ishtirok eta olmasdik. Bu esa o’z navbatida, vertikal tizimda ishlashga, mahalliy ekologik muammolarni o’z vakillarimiz orqali joylarda hal etish imkonini bermas edi. Bundan tashqari, Ekoharakatda boshqa siyosiy partiyalar singari barqaror moliyalashtirish manbasi va ro’yxatga olingan o’z elektorati yo’q edi. Shu ma’noda, O’zbekiston Ekologik partiyasining tashkil qilinishi va uning saylovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishi yuqorida ko’rsatilgan muammolarga yechim topishga xizmat qiladi. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O’zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro’yxatidan o’tkazildi. Yangi partiyaning asosiy maqsadi barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof muhitni yaratishga yo’naltirilgan davlat siyosatini ro’yobga chiqarishni taʼminlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo’lishiga erishishga ko’maklashishga qaratilgan. Aytish joizki, dunyoda ekologiya yo’nalishidagi qariyb 100 ta siyosiy partiya faoliyat yuritadi. Odatda „ yashillar “nomi bilan yuritiluvchi bu partiyalar, parlament orqali ekologiya sohasidagi davlat siyosati g’oyalarini ilgari suradi. Mazkur partiyalarning yuzaga kelishining asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. O’zbekistonda ekologik partiyani tashkil etish hayotiy zaruratdir. Shu sababli 2019 yilning 8 yanvar kuni O’zbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdi bo’lib o’tdi. Taʼsis sʼezdida 2018 yilning 1-17 dekabr kunlari O’zbekiston ekologik partiyasi taʼsis sʼezdiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan delegatlar 8 saylash bo’yicha o’tkazilgan konferensiyalarda ekologik siyosiy partiya tuzish bo’yicha tashabbuskorlar, ekologiya va sog’liqni saqlash sohasida faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, taʼlim muassasalari professor-o’qituvchilari, talabalar, OAV va keng jamoatchilik vakillari orasidan muqobillik asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, yaʼni ommaviy axborot vositalari va umuman keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. O’zbekiston Respublikasining "Siyosiy partiyalar to’g’risida" gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo’yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllandi. Bugungi kunda mamlakatda 4ta siyosiy partiya — O’zbekiston Xalq-demokratik partiyasi, „Milliy tiklanish demokratik partiyasi, „Adolat sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi hamda O’zbekiston Ekologik harakati faoliyat yuritmoqda. Ularning safi yana bittaga kengaygani quvonarli hol. O’zbekiston Ekologik partiyasi siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda, hozirgi va kelgusi avlodlarga musaffo tabiatni, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni, fuqarolarning qulay atrof-muhitga bo’lgan konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini amalga oshirishda jamiyatning bor kuch-salohiyatini birlashtirishga va safarbar qilishga intiladi. Partiya elektorati atrof-muhitni va aholi sog’lig’ini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo’yicha demokratik jamiyatning tayanchi, sohadagi jadal islohotlarning mazmun-mohiyatini targ’ib etuvchi va amalga oshiruvchi asosiy kuch bo’lgan, siyosiy-ijtimoiy jihatdan eng faol, jonkuyar insonlardan iboratdir 17 . Ular atrof-muhit muhofazasiga befarq bo’lmagan, yurtimiz va xalqimizning bugungi va kelajak taqdirini ona tabiat musaffoligisiz tasavvur etolmaydigan, jamiyatning barqaror rivojlanishi — tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda deb biladigan insonlardir. O’zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizdagi mavjud siyosiy partiyalarning qarashlari hamda maqsad va vazifalarini inkor etmagan holda, barcha siyosiy, mafkuraviy kuchlarni ona tabiatni asrab-avaylash, Vatanimizning tabiat ne’matlarini kelajak avlodlarga yetkazishdek 17 O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni. 1993-yil 6-may. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. – Т .: Adolat, 1994. - 100-105 b. 9 buyuk g’oya atrofida birlashishga chaqiradi. Partiya o’z dasturiy vazifalarini, saylovoldi siyosiy pozitsiyasini amalga oshirishda, dasturiy maqsad va g’oyalarimizni qo’llab-quvvatlaydigan, faolligi bilan Vatanimiz manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza etish hamda aholining sog’lig’ini saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlarni tushunib yetgan, tashkilotchilik tajribasiga ega, bu borada mustaqil qaror qabul qila oladigan fuqarolarga tayanadi. “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” g’oyasi ostida hozirgi va kelgusi avlodning qulay atrof-muhitga ega bo’lish huquqlarini ta’minlash, ekologik barqarorlikka erishish, aholi salomatligini muhofaza qilish yo’lida jamiyatni ijtimoiy guruhlarga ajratmagan holda, uning barcha kuch-salohiyatini birlashtirish partiyamizning asosiy mafkurasidir 18 . Belgilangan vazifalardan kelib chiqib, faoliyatni tashkil etish bo’yicha puxta o’ylangan chora-tadbirlarni qamrab olgan holda, partiyaning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy tashkilotlari hamda 201 tuman va shaharda bo’limlari tashkil etildi va faoliyati yo’lga qo’yildi. Bugungi kunga kelib, boshlang’ich partiya tashkilotlari soni 1000 dan oshdi. Amalga oshirilgan targ’ibot-tashviqot ishlari natijasida partiya a’zolari soni 250 ming nafarga yaqinni tashkil etmoqda, shundan 95 ming nafardan ortig’i, ya’ni 39 foizi xotin-qizlardan iborat. Partiyamiz tomonidan yurtimizning barcha tuman va shaharlardagi ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy muammolar inventarizatsiya qilinib, ularning to’liq ro’yxati shakl lantirildi. Orolbo’yida o’rmonzorlar barpo etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ko’maklashish maqsadida partiya faollari tomonidan “Orolga madad” shiori ostida saksovul urug’larini yig’ish bo’yicha xayriya hasharlari tashkil etildi. Faoliyat davomida amaliy tadbirlarga, shu jumladan, daraxtlar ekish aksiyalari, ekologik hasharlar o’tkazishga jiddiy e’tibor qaratildi 19 . Xorazm viloyatining Bog’ot, Shovot, Yangiariq tumanlaridagi ta’lim muassasalariga soa tiga 500 litr suvni tozalaydigan suv tozalash uskunalari o’rnatildi, ushbu hududlarda “Do’stlik bog’lari”ga asos solindi. O’zbekiston 18 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 19 O'zbekiston Respublikasining «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi Qonuni. 1993-yil 6-may. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. – Т .: Adolat, 1994. - 100-105 b. 10 Ekologik partiyasi qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bilan bog’liq vaziyatni o’rganib chiqdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz hududida qalinligi 40 mikrondan kam polimer plyonkali paketlar (eksport uchun ishlab chiqarilgan, tutqichsiz ishlab chiqarilgan va ichki foydalanish uchun rulonlarda sotiladigan tovarlarning ajralmas qismi bo’lgan polimer plyonkali paketlar, shuningdek, biologik parchalanadigan polimer materiallar bundan mustasno)ni ishlab chiqarish taqiqlangan. Biroq bugungi kunda bunday paketlarni ishlab chiqarish va undan foydalanish hamon davom etmoqda. Ushbu plastik paketlar parchalanishi uchun 200 yildan ko’proq vaqt talab etiladi 20 . Boz ustiga, chiqindi poligonlarida to’planib qolgan paketlar atrof-muhitga zarar yetkazmoqda. Bundan tashqari, O’zbekiston Ekologik partiyasi hukumatga amaldagi polietilen paketlar o’rniga biologik parchalanadigan paketlardan foydalanish bo’yicha taklif bilan chiqdi. Partiyamiz “ECO PACK” MChJ mutaxassislarini jalb qilgan holda, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko’rsatmaydigan biologik parchalanadigan muqobil paketlar namunalarini ishlab chiqdi. Ushbu paketlarga Buyuk Britaniya taniqli laboratoriyasining ijobiy sertifikati taqdim etildi. Oddiy sharoitda ushbu paketning biologik parchalanish davri taxminan 8 oyga tengdir. Bundan tash qari, parchalanish jarayoni havo, quyosh nuri va tabiiy muhit ta’sirida boshlanadi. Parchalanishning yakuniy natijasi, bu o’simlik uchun o’g’itga aylanadigan biomassadir. Shulardan kelib chiqib, partiyamiz an’anaviy polietilen paketlarni sifat jihatidan kam bo’lmagan, turli o’lcham va qalinlikda tayyorlanishi mumkin bo’lgan, biologik parchalanadigan paketlarga almashtirishni taklif etmoqda. Taklif qilinadigan biologik parchalanadigan paketlarning narxi (ommaviy ishlab chiqarish sharoitida) 230 — 240 so’mdan oshmaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda maishiy va qurilish chiqindilari muammosidan tashqari, sanoat chiqindisi bilan bog’liq muammo ham mavjud. Respublikamizda hozir kimyo sanoatida hosil bo’lgan fosfogips chiqindisi qariyb 80 mln. tonna, shu jumladan, Toshkent viloyatida 67 20 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 11 mln. tonna va Samarqand viloyatida 14 mln. tonnani tashkil etadi. O’zbekiston Ekologik partiyasining tashabbusi bilan O’zbekistonda birinchi marta 25 oktyabr kuni Nukus shahrida bo’lib o’tgan yuqori darajadagi Orol konferensiyasida “Biz kelajak uchun javobgarmiz!” shiori ostida “Aral marathon” xalqaro ekologik marafoni o’tkazildi. Bu marafon O’zbekistonning 6 ta jo yida, ya’ni Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Nukus va Mo’ynoqda 30 ming kishi ishtirokida bo’lib o’tdi. Marafonning asosiy maqsadi — O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Orolbo’yi mintaqasining ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi, deb e’lon qilinishiga, Orol fojiasi, haqiqatan ham, global miqyosdagi muammo ekanligiga jamoatchilik e’tiborini jalb qilish, aholi o’rtasida sog’ lom turmush tarzini keng tar g’ib qilishdan iborat bo’ldi. Ekopartiya qoshida tashkil etilgan “Ishonch telefoni”ga kelib tushayotgan murojaatlar asosida sanoat korxonalarida jamoatchilik eshituvlarini o’tkazish tizimli yo’lga qo’yildi 21 . Bugungi kunga qadar 7 ta yirik sanoat korxonasida jamoatchilik eshituvlari tashkil etildi. Bu eshituvlarni yuqori saviyada tashkil qilish va ularning samaradorligiga erishish, qolaversa, vaziyatni xolis baholash uchun korxonalarga tutash hududlarda istiqomat qiluvchi aholi o’rtasida ijtimoiy so’rovnomalar o’tkazish amaliyoti joriy etildi. Jamoatchilik eshituvlari yakunida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar asosida ekologik holatni yaxshilash va korxonalar faoliyatining atrof-muhit va aholi salomatligiga ta’sirini kamaytirish hamda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish bo’yicha majmuaviy tadbirlarni o’z ichiga olgan tavsiyalar ishlab chiqildi va tegishli tashkilot va muassasalarga taqdim etildi. Bugungi kunda ularning nazorati amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 22 dekabr kuni bo’lib o’tadigan saylovlarga puxta tayyorgarlik ko’rish partiya tomonidan xalqimiz orasida obro’-e’tiborga sazovor bo’lgan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida muayyan tajriba to’plagan, siyosiy jarayonni anglab yetadigan, davlat va jamoat ishlarida faollik ko’rsatayotgan, partiyaning bilimli faollaridan Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish ishlari 21 0 ‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni. 1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari - Т .: Adolat, 1998. 73-76 b. 12 amalga oshirildi. Bunda xotin-qizlar va yoshlarga alohida e’tibor qaratildi. Nomzodlarni tanlashda partiya mafkurasi va dasturiy maqsadlarni targ’ib qila olish ko’nikmasining mavjudligi, keng dunyoqarashga ega va mustaqil fikrlaydigan bo’lishi, o’z sohasini va partiya tashkilotlari ishini yaxshi bilishi, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mo hiyatini anglashi va partiya a’zolariga yetkaza olishi, partiyaviy manfaatlarni himoya qila olish, g’oyaviy ishonchning mustahkamligi, o’ziga yuqori darajada talabchanlik va ishchanlik, tashkilotchilik va yetakchilik qobiliyatlariga egalik, huquqiy ongi va siyosiy-huquqiy madaniyatining yaxshi shakllanganligi, vatanparvarlik va insoniylik xislatlarining ustuvorligi kabi jihatlariga alohida e’tibor berildi. Shuningdek, nomzodning lavozimga qanchalik mos kelishini, nazarda tutilayotgan lavozim uchun talab etiladigan bilim va kasbiy ko’nikmalari, xulqi, muomala layoqati ham diqqat markazimizda bo’ldi 22 . Partiyalarning har biri o’z yo’nalishi, jamiyatdagi muayyan ijtimoiy intilishlari, qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, ya’ni ularning manfaatlarini ifodalagan va himoya qilgan holda o’z dasturini ishlab chiqishi zarur. O’zbekiston Ekologik partiyasi 2025 yilga qadar quyidagilarni amalga oshirishni rejalashtirgan: — mamlakatimizning yirik va sanoati rivojlangan shaharlarida atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobar kamaytirish orqali atmosfera havosi sifat ko’rsatkichlarini belgilangan me’yorlar darajasiga keltirish va ularning aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish; — respublikamizda yiliga atmosfera havosiga qariyb 2,5 mln. tonna ifloslantiruvchi turli moddalar tarqaladi. Shundan 63 foizi transport vositalari ulushiga to’g’ri keladi. Toshkent shahrida esa bu ko’rsatkich 80 foizdan yuqorini tashkil etadi. Taklif sifatida kelgusi yildan boshlab mamlakatimizda ekologik maqbul hisoblangan elek tromobillardan keng foydalanishni joriy etish, yoqilg’ining yuqori talablarga javob beradigan turlaridan foydalanishni yo’lga qo’yishga erishish; 22 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 13 — iqtisodiyotning barcha tarmog’ida suvni tejaydigan, shu jumladan, tomchilatib sug’orish texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan loyihalarning amaliyotga tatbiq etilishi hisobiga suv sarfini kamaytirishga erishish hamda sug’oriladigan yerlarning 25 foizigacha maydonida suv tejovchi samarali texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash; — shahar va qishloq aholi punkt larida sizot suvlari sathi ko’tarilishining oldini olish, sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida irrigatsiya va melioratsiya ob’yekt larini qurish hamda rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilishi ustidan parlament va jamoatchilikning samarali nazoratini o’rnatish; — Orolbo’yi hududiga Amudaryoning yuqori qismidan yiliga kamida 5-6 kub. km. hajmda suv yuborilishini ta’minlash hamda Orol dengizining qurigan tubida o’rmon-meliorativ ishlarini amalga oshirish yo’li bilan Orolbo’yini ekologik jihatdan sog’lomlashtirish hamda 1,5 mln. gektar yer maydonini o’rmon bilan qoplash bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; — aholi, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning toza ichimlik suvi ta’minotini 85 foizgacha etkazishga erishish; — oqova suvlarni tozalash inshootlari samaradorligi past bo’lgan hududlarda, jumladan, Ang ren, Guliston, Samarqand, Jizzax, Urganch, Nukus, Andijon, Chirchiq va Toshkent shaharlaridagi hamda tuman markazlaridagi oqova suvlar 23 ni tozalash inshootlarining samaradorligini sanitariya normalari darajasiga yetkazish hamda oqova suv tarmoqlarini rivojlantirish; — yer osti boyliklaridan, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va o’zboshimchalik bilan foydalanishning oldini olish hamda ularni muhofaza qilish ustidan samarali nazorat o’rnatish; — barcha turdagi chiqindilardan oqilona foydalanishga erishish, maishiy chiqindilarni qayta ishlash va takroriy foydalanish bo’yicha chora-tadbirlarni qabul qilish orqali ularni qayta ishlash hajmini 40 foizga yetkazish, hosil bo’layotgan sanoat chiqindilarini qayta ishlash miqdorini 20 foizgacha yetkazish; 23 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. - 60-65 b. 14 — shaharlarni va aholi yashash punktlarini kompleks rejalashtirish va rivojlantirish, Toshkent, Nukus, Buxoro va Termiz shaharlari atrofida “yashil qalqonlarni barpo etish hamda daraxtlarning kesilishiga e’lon qilingan moratoriy talablari bajarilishini qat’iy nazorat qilish, velosiped yo’lakchalarini barpo etish; — biologik xilmaxillikni va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish maqsadida moliyalashtirishning barcha manbasi mablag’larining to’liq maqsadli sarflanishiga erishish hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini mamlakat hududining 12 foiziga yetkazish 24 , shu jumladan, O’zbekistonning Qozog’iston, Qirg’iziston hamda Turkmanistonga tutash hududlarida transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tashkil qilish choralarini ko’rish; — Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Sudochye ko’lini, Navoiy viloyatidagi Quyimazor va To’dako’l suv omborlarini xal qaro ahamiyatga ega bo’lgan suvli-bot qoq hududlar (Ramsar konvensiyasi) ro’yxatiga kiritishni ta’minlash hamda Qoraqalpog’is ton Respublikasi va viloyatlarda yovvoyi hayvonlar va o’simliklar turlarini ko’paytirishga ixtisoslashtirilgan pitomniklar va ko’chatxonalarni barpo etish; — mamlakat energiya balansida qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 10 foizgacha yetkazishda bevosita qatnashish; — Iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini rivojlantirishning milliy strategiyalari hamda dasturlarini ishlab chiqishda ekotizimlarni saqlab qolish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha chora-tadbirlarni belgilash, tabiiy resurslarning qiymati hisobga olinishini ta’minlash; — boshqaruvning barcha bosqichida ekologik masalalar yuzasidan qarorlarni tayyorlash va qabul qilish jarayonida fuqarolar, tadbirkorlik sub’yektlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning toza atrof-muhitga bo’lgan huquqini himoya qilishni ta’minlash; — ekologiya sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mamlakatimiz tomonidan qabul qilingan sohaga oid xalqaro norma va qoidalarga 24 O`zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni. 1992-yil 9-dckabr. 0‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari - Г .: Adolal, 1994.-203-204 b. 15 og’ishmay rioya etilishini ta’minlash hamda majmuaviy va to’g’ridan-to’g’ri amal qiladigan O’zbekiston Respublikasining Ekologik kodeksini qabul qilish; — bunyod etilayotgan uylarning energiya va resurslarni tejaydigan “yashil qurilish” talablari bo’yicha qurilishiga erishish. O’zbekiston Ekologik partiyasi mamlakatimizning bebaho tabiiy boyliklarini asrab-avaylash va fuqarolarimizning sog’lig’ini saqlashdek yuksak vazifalarni bajarishda faol ishtirok etishga chaqiradi 25 . 25 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. - 60-65 b. 16 I.2 Tabiatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi tarixi. Tabiatni muhofaza qilish tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini ko’zlab ongli ravishda o’zgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning go’zalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi. Hozirgi vaqtda inson yashab, to’xtovsiz munosabatda bo’lib kelayotgan tabiiy muhit uzoq geologik davrlar (4,5—4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida, yaʼni Quyosh nuri, Yerning massasi, gravitatsiya kuchi, ko’lami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar, havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va o’’zgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik dunyoning paydo bo’lishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati o’zaro taʼsir etib turuvchi ko’p omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga bog’liq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik, yer yuzasining tuzilishi, shamollar, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga; o’simliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi tog’ jinslari, relyef, tuproqlarga bog’liq 26 . Bu tabiiy omillarning birontasida o’zgarish ro’y bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda o’zgarishlarga sabab bo’ladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga ko’rsatilgan arzimagan taʼsir hech kutilmagan katta o’zgarishlarga, xususan, xavfli o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Har qanday tirik mavjudot o’z atrofini o’rab turgan tabiiy muhit bilan o’zaro taʼsirda bo’ladi, undan o’ziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada o’zgarish kiritadi. Yerning havo qobig’idagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, mas., ohaktosh, toshko’mir, qo’ng’ir ko’mirning hosil bo’lishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, 26 0 ‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27- maydagi 434-son qarori. 17 rivojlanishi organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan o’zaro taʼsiri biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo bo’lishi, raqib turlar sonining ko’payishi yoki kamayishi va atrof muhitning o’zgarishi natijasida o’zgaradi. Yerda odamnish paydo bo’lishi organik dunyo bilan tabiiy muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatni tubdan o’zgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida yaylovlardan noto’g’ri foydalanish oqibatida taʼsir ko’rsatadi. U o’zining tabiat bilan bo’lgan o’zaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, ko’lam jihatidan g’am ko’payadi. Inson o’zi yashashi va faoliyat ko’rsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi 27 . Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bog’lar, suv omborlari, yo’llar va boshqa Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham o’zgarib boradi. Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan bo’lsa, hozirgi vaqtda mavjud barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga ko’pchilik foydali qazilmalar tobora ko’proq qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar ko’paymokda. Hayvonot va o’simlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan bog’liq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70y.larigacha umurtqali hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yo’qolib ketdi. 80y.lardan boshlab xar yili o’rtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin o’simlik turi yo’qolib bormoqda. Qush va sut emizuvchilarning 1000 dan ortiq turi yo’qolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard t yoqilg’i yoqiladi, atmosferaga yuzlab million t azot oksidi, oltingugurt, uglerod, qurum, chang va boshqa chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir necha milliard t), neft mahsulotlari (bir necha million t), mineral o’g’itlar (yuz million t ga yaqin), og’ir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi. Inson tabiiy sharoit va boyliklardan ko’p maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni 27 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-117 b 18 tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular: xo’jalik, sog’liqni saqlash va gigiyena, nafosat (estetik), turizm, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati yo’lida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini ko’zlab faoliyat yuritish nazarda tutiladi. O’z taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni o’zgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina taraqqiyotga erishadi. Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda ro’y beradigan jarayonlarning o’zaro bog’likligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega 28 . Busiz tabiiy jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga ko’rsatilgan har qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas. Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir ko’rsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish zarur bo’lgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar o’zaro bir-birlari bilan bog’langan, o’zaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda bo’lib, uyg’unlik hosil qilgan. Biron komponent yoki element o’zgarsa, butun tabiiy kompleksda o’zgarish ro’y beradi; 2) tabiatda to’xtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati ro’y berib turadi. Bu xayot asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12 yillik, 33— 35 yillik va ko’p yillik); 4) zonallik; 5) regionallik. Insonning tabiat bilan o’zaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni o’zgartirib, yirik vohalar, madaniy landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur o’rganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga taʼsir ko’rsatish tabiatni foydalanib bo’lmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-asrgacha insonning tabiatdan foydalanish ko’lami uncha katta bo’lmagani uchun inson faoliyatining 28 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 45-b. 19 tabiatga taʼsiri ham kamroq bo’lgan. 20-asrning 2yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xo’jaligi.da turli xil kimyoviy moddalarning ko’p qo’llanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha ko’payib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi, tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim joylarning ifloslanib ketishiga sabab bo’ldi. Ayrim konchilik sanoati rnlarida tabiiy muhit juda buzilib ketgan 29 . Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida o’simlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilish muayyan o’lka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon muammosiga aylanib bormokda. Yerning ozon pardasidagi o’zgarishlar, dunyoda haroratning ko’tarilib borayotgani, qutbiy va tog’ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan mamlakatlarda Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ko’rishga majbur etdi. Ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda o’rmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida foydalaniladigan bo’ldi, daryo va ko’llar suvlari tozalanib, baliqlarni ko’paytirish boshlandi. Ovchilik tartibga solindi, qo’riqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar ko’paytirildi. Biroq 20-asrning o’rtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish korxonalarining rivojlanayotgan mamlakatlarga ko’chirila boshlangani bu mamlakatlarda atrofmuhitning ifloslanishiga sabab bo’lmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablag’ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilish sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yo’qligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va Tabiatni muhofaza qilishda yetarlicha samara bermayapti. Hozirgi vaqtda Tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablag’ sarflashni talab 29 0 ‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27- maydagi 434-son qarori 20 qiladi. Buning ustiga qirg’in qurollarini ishlab chiqarish, ularni saklash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan qirg’in qurollarni ishlashni taʼqiklash, borlarini yo’qotish ham tabiat muhofazasida katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xo’jaligida monokultura tizimining qo’llanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari ko’p ishlatilishi, mavjud suv zaxiralaridan noto’g’ri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy o’zgarishlar ro’y berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida cho’llashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari sho’rligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, zotiljam kabi kasalliklar ko’paydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson hayoti uchun zarur bo’lgan ekologik vaziyat yomonlashdi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi 30 . Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish to’g’risida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular „Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida“ (1992-yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish to’g’risida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari to’g’risida“ (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini muhofaza qilish to’g’risida“ (1996-yil 27-dekabr), „O’simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida“ va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida“ (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari to’g’risida“ (2000-yil 15 dekabr), „O’rmon to’g’risida“ (1999-yil 15-aprel), „Chiqindilar to’g’risida“ (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida „Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga majburdirlar deb ko’rsatilgan. 55-moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir, deyilgan. Mamlakatimizda „Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tashkil 30 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 21 qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat ko’rsatadi). Qo’mita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilish faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay bo’lishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish. O’zbekiston Tabiatni muhofaza qilish sog’asida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit bo’yicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi 31 . 1993-yil mart oyida Qozog’istonning Qizilo’rda shahrida O’rta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari bo’yicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qo’mitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sog’lom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir 32 . O’zbekistonda 10 dan ortiq o’rmon xo’jaligi, 9 ta qo’riqxona, 2 milliy bog’, bir qancha buyurtma qo’riqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan o’simlik va hayvonlar qo’riklanadi, o’rganiladi va ko’paytiriladi. O’zbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpog’iston jamiyati, O’zbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targ’ib qilmoqda. II.bob. O’zbekistonda aholini sog’lomlashtirish yo’lidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar tarixi. 31 0 ‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27- maydagi 434-son qarori 32 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 45-b. 22 II.1 O’zbekiston Respublikasida jismoniy madaniyat va sog’lomlashtirish rivojlanish tarixi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki jismoniy madaniyat va sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog’lom turmush tarzini qaror toptiradi. jismoniy tarbiya va sportga davlat siyosati miqyosida e’tibor qaratilishi, ayniqsa O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti LA.Karimovning 2015 yil 12 iyundagi "Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-4732-son Farmonidagi ustuvor yo’nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo’lib, u zamonaviy talablar asosida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni maqsad qiladi va shu farmonlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo’yicha hukumat tomonidan qabul qilingan qaror bolalar sportiga ham tamomila yangicha yondashish, ilmiy asoslangan texnologiyalar asosida iste’dodli yoshlarni tarbiyalashda sport zahiralarini tayyorlash maktablarini yaratish masalalarini o’rtaga tashlamoqda. Yosh avlodni har tomonlama, aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi 33 . O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi qonunini hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.O’zbekistonda jismoniy tarbiya va ommaviy portni yanada rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sportchilaring yangi avlodini tayyorlash va tarbiyalash, Vatanimiz sportini xalqaro nufuzini oshirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi va shaxsan Respublikamiz Prezidenti SH.M.Mirziyoev tomonidan katta e’tibor qaratilishi, tegishli qaror, farmon va qonunlarni ishlab chiqilayotganligi va hayotga tadbiq 33 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 114-118 b 23 etilayotganligi jismoniy madaniyat O’zbekiston tizimini taraqqiy etishiga zamin bo’lmoqda. Mustaqillik yillari tom ma’noda O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o’rin egallashga intilish yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalarini o’rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidanyangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Xalqimizning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida jismoniy madaniyat va sport sohasi eng muhim o’rin egallaydi. Jismoniy madaniyat va sport ijtimoiy soha sifatida insonlarni jismonan, ma’nan va ruhan etuk, komil shaxs etib tarbiyalasa, iqtisodiy jihatdan esa ishlab chiqaruvchi sub’ektlar, ya’ni insonlarni salomatliklarini hamda yuqori ish qobiliyat-larini tiklash va mustahkamlash orqali mamlakatimizning ishlab chiqarishini hamda iqtisodiyotini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi 34 . Bizga tarixdan ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasi xar bir jamiyatda shu jamiyatning mafkurasiga xizmat qiladi hamda shu jamiyatning mafkurasi ta’siri ostida rivojlanib boradi. Davlatimiz tomonidan mustaqillikning dastlabki kunlaridan barkamol avlod tarbiyasining asosiy omili sifatida jismoniy tarbiya va sport sohasiga katta e’tibor berildi va davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlarining biriga aylanib, bugungi kunda ham davlatimiz tomonidan ulkan islohatlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini yangi bosqichga ko’tarish, pedagog kadrlar tayyorlash sifatini ilg’or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish va oliy pedagogik ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish borasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish choratadbirlari to’g’risida"gi 2020 yil 27 fevraldagi PQ-4623- sonli qarori, ushbu sohada tub islohotlarni yangicha strategik yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirish uchun ayni muddao bo’ldi. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida rivoj topmoqda. "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida" gi 34 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 61-b. 24 Qonun, "O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida" gi Qaror "Ommaviy sport tadbirlarini yanada kuchaytirish to’g’risida" gi Qarorlar va shu soxaga oid boshqa kontseptual xujjatlarning qabul qilinishi, ularning bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilayotganligi hamda O’zbekiston Konstituttsiyasi "Ta’lim to’g’risida" gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da jismoniy tarbiya va sportga alohida urg’u berilishi yuqorida qayd etilgan fikrimizning ifodasidir. So’nggi yillarda o’zbek sporti o’zining yuksak natijalari bilan mamlakatimiz shuhratini jahon hamjamiyati oldida tarannum etib kelayotganligi, minglab halqaro standar tlarga mos sport majmualari qad ko’tarayotganligi, yurtimizning turli hududlarida eng nufuzli halqaro musobaqalarning o’tkazib kelinayotganligi ushbu hujjatlarning amaliy natijasidir. Lekin, yuksak natijalarni qo’ldan bermaslik, malakali, raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash, to’g’ridan-to’g’ri yosh iste’dodli zahiralarni etishtirish bilan bog’liqdir 35 . Mustaqillik tufayli jismoniy tarbiya va sport yurtimiz taraqqiyotining barcha sohalari kabi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlari doirasida rivoj topmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev 2017 yil, 3 iyundagi "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gir qarorida mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog’lomlikning asosi ekanini targ’ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o’z qobiliyat va iste’dodlarini ro’yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalarni belgilab bergan edi. 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini 35 www. eco.gov.uz// Sog`lom hayot uchun 25 yuksaltirish ustuvor vazifa sifatida belgilab berilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to’g’risida"dagi va 2019 yil 11 iyuldagi PF-5763-son «Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi PQ-4391sonli" Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorida oliy ta’lim tizimida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, internet va multimedia resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilganligini inobatga olib sohasidagi islohotlarning eng muhim ahamiyatli tomoni shundaki, oliy ta’lim tizimiga axborot- kommunikatsiya texnologiyalarning izchil joriy qilinishi natijasida ta’lim mazmunini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, uning xalqaro ta’limi mazmuni, ta’lim nazariyasi va amaliyoti bilan o’yg’unlashuvi jarayonini kuchaytirdi 36 . Shu nuqtai nazardan, Muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi" Oliy ta’lim tizimidagi pedagogik jarayonlar va tajribalarning tahlili shuni ko’rsatadiki, axborot - kommunikatsiya texnologiyalarni ta’lim amaliyotida samarali qo’llash natijasida professor- o’qituvchilarimiz o’zining bilimlarini, ma’lumotlarini, axborotlar boyligini talabalarga etkazibgina qolmay, balki xorijdagi kasbdoshlari bilan o’z sohasida muloqotda bo’lishi, ilmiy hamkorlik qilishi, o’quv-uslubiy ishlarni takomillashtirishi uchun qulay imkoniyatlar, shart-sharoitlarning egasi bo’ladi va ma’lum axborotlarni egallashga talabalarning o’zlarini yo’llash imkoniyatiga ega bo’ladi. O’qitishning an’anaviy texnologiyasidan, axborot -kommunikatsiya texnologiyasi shu bilan farqlanadiki, an’anaviy texnologiyada bilimlar, ma’lumotlar, axborotlar professoro’qituvchilarimiz tomonidan bayon etilsa, axborot - kommunikatsiya texnologiyada talabalar o’zlari bunga yo’naltirib, 36 www. uznature.uz// O`zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi. 26 o’qituvchi xolislikka erishadi. Oqibat - natijada talabalarda fan va texnologiyalarga qiziqish oshadi, ijtimoiy - ma’naviy ehtiyoj qondiriladi, mustaqil va mantiqiy fikrga ega bo’ladi natijada talabalarning o’quv materiallarini o’zlashtirish jarayoni jadallashadi hamda sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi 37 . O’quv - tarbiya jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalar unumli foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligi va sifatini yaxshilash, o’quv jarayoni oldiga qo’yilgan maqsadga erishish, talabalarning o’quv faoliyati yakunida o’quv materiallarini o’zlashtirish samaradorligini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevnig 2018 yil 9 martdan "O’zbekiston sportchilarini 2020 yildaTokio (Yaponiya)shahrida bo’lib o’tadigan XXXIIyozgi Olimpiya va XVI Paraolimpiya o’yinlaritayyorgarlik ko’rish to’g’risidagi PQ №2821-sonli (1) qarori,2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturiasosida 2017 yil 3 iyundagi PQ №3031sonli, "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risidagi"(2) qarori yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish, bolalar va o’smirlarni yillik hamda ko’p yillik tayyorgarlik mashg’ulotlariga saralash asosida iqtidorli yoshlarni izlab topish hamda ularni tor ixtisoslik bo’yicha yo’naltirish masalalariga e’tibor qaratilgan bo’lib, yurtimizda yuqori malakali sportchilarning ustivor vazifalarini ushbu farmonlarda belgilab berilgan. Albatta, ertangi kunimiz bugungi yoshlarimizni aqlan komol topganligi jismoniy va psixologik hamda funktsional tayyorgarliginingyuqori darajada shakllanganligi bilan bog’liqdir.Bu esa ertangi kunga zahira sportchilarini tayyorlashni dolzarb masalalaridan sanaladi.Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Aholini ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan 37 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 27 muntazam shug’ullanishi uchun hamda ularni salomatligini mustahkamlash borasidagi qonunchilik tizimining yaratilishi va bu orqali faoliyatlar ko’lamini yaxshilash masalalari davlatimizning asosiy e’tiborida bo’lib kelmoqda 38 . Jumladan O’zbekiston Respublikasining 2015 yil 5 sentyabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qonuni, 2017 yil, 3 iyundagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risida"gi 3031-sonli Qaroi, 2020 yil, 24 yanvardagi "Jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 5924-sonli Farmoni mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashishida muhim omil bo’lmoqda. Bu esa ta’lim jarayonini yaxshilab, yoshlarni ham jismonan, ham ruhan kamol topishlariga keng imkoniyat yaratmoqda. Mustaqil O’zbekiston taraqqiyotida jismoniy tarbiya, jismoniy madaniyat ia sport sohalarining rivojlanishi ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu sohaning nazariy va amaliy asoslarini rivojlantirishga Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoev katta e’tibor berayotganligi, erishilayotgan yutuqlarimizning poydevori bo’lib xizmat qilmoqda. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish, millat genofondini yanada sog’lomlashtirish, barkamol avlodni tarbiyalash borasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ahamiyati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biri deb belgilangan. Qisqa muddatda bu sohada olib borilgap keng ko’lamli amaliy harakatlar o’z samarasini bera boshladi. Ma’lumki, mamlakatimiz jismoniy madaniyat tizimi 1991 yilgacha sobiq Ittifoq bo’yicha amal qilgan hukmron tizimning bir qismi bo’lib, yurtimiz bu masalada xalqaro maydonga mustaqil chiqish va o’z imkoniyatlarini namoyon etish huquqiga ega bo’lmagan 39 . Respublikamizning sanoqli sportchilarigina Olimpiya o’yinlari, jahon va Yevropa miqyosidagi nufuzli musobaqalarda qatnasha olardi. Asosiy e’tibor mahalliy aholi o’rtasidan malakali sportchilar tayyorlash, jismoniy tarbiyani ommalashtirishga emas, balki boshqa respublikalardan tayyor sportchilarni taklif qilib, xo’jako’rsinga, muayyan natijalar olishga qaratilar edi. Shu bois, respublikaning 38 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. - 60-65 b 39 www. ecouz.uz//Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish haqida 28 faqat markaziy shaharlarida birmuncha ishlar qilinib, chekka hududlarida sportni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmadi. Vatanimiz mudofaasi masalasi ham jamiyatimizda yo’lga qo’yilgan jismoniy tarbiya jarayoniga qator talablar qo’yadiki, bu talabalarni amalga oshirish natijasida jismoniy tarbiya tizimining ob’ektiv xususiyatlari namoyon bo’ladi. Mamlakatimiz xalqlarining har tomonlama jismoniy tayyorgarligi, jismoniy sifatlarini yaxshi rivojlanganligi Vatan mudofaasiga tayyorgarligining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi. Shunday qilib, O’zbekistonda jismoniy tarbiyaning maqsadi O’zbekiston xalqini jismonan kamolotga erishgan, huquqiy davlatning faol quruvchilari, ijodiy mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyor qilib tarbiyalashdir. Bu maqsad mamlakatda jismoniy tarbiyani amalga oshirayotgan barcha tashkilot va muassasalar uchun umumiydir. Jamiyatda jismoniy madaniyatning rivojlanganlik darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan baholanadi: -jamiyat a’zolarining kundalik turmushga jismoniy madaniyatning singdirilganligi darajasi bilan; - jamiyat a’zolarining salomatligi va jismoniy tayyorgarligi bilan; - jismi madaniyatining mashg’ulotlarining moddiy- texnik ta’minlanganligi va ular ni sifati bilan; - jismoniy madaniyatga rahbarlik qilayotgan xodimlarning doimiy tarkibi (shtati), kvalifikatsiyasi va faolligi va iqtidori bilan; -jamiyat a’zolarining sportdagi natijalari bilan baholanadi. Mamlakatimiz mustaqilligi, jamiyatimizdagi kechayotgan ijtimoiy, iqtisodiy islohotlar yurtimiz farzandlarining jisman kamolotga erishgan bo’lishi kerakligi talabini qo’ymoqda. Har bir millat, elat o’zining paxlavonlari, jismonan barkamol o’g’lonlari bilan faxrlanishgan 40 . O’z farzandlarini xalq og’zaki ijodidagi Alpomish, Rustam, Go’ro’g’li, Barchinoy kabi jisman va manan shakllangan bo’lishlarini orzu qilganlar. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlanish xususiyatlari. Sovetlar davrida jismoniy tarbiya va sport tizimi. Jismoniy tarbiya bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash. Mehnat va o’quv muassasalarida jismoniy tarbiya va sport. Sport inshootlarini qurish. Respublika va Butunittifoq spartakiadalari. O’zbekiston sportchilarining xalqaro ushrashuvlari. Yangi sovetlar Ittifoqi davlati tuzilgandan so’ng davlatni mustahkamlash maqsadida harbiy- 40 www. uzhurriyat.uz// Biz – Sog`lom hayot uchun. 29 jismoniy tayyorgarlik ishlari kuchaytirildi. Bunda eski mutaxassislardan foydalanish va yangi kadrlar tayyorlash ishlari tez amalga oshirildi. Buning yana bir sababi shundaki, 1918-yil fuqarolar urushi boshlandi. Shu sababdan, 1918- yilning aprelidan boshlab harbiy majburiy ta’lim (Vsevobuch) e’lon qilindi. Unda faqat harbiy tayyorgarlikkina emas, balki jismonan sog’lom aholini majburiy ravishda o’qitish amalga oshirildi. 1919 yil aprelda jismoniy tarbiya, sport va chaqiriqqa tayyorgarlik bo’yicha I Umumrossiya syezdi (qurultoy) o’tkazildi. 1920 yil avgustda davr talablari asosida Vsevobuch tarkibida Jismoniy tarbiya oliy kengashi (VSFK) ta’sis etildi. Uning raisi etib N. I. Podvoyskiy (1880-1948) tayinlandi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sportning tarkib topishi, shakllanishi va rivojlanishida uning xizmatlari kattadir. 1918 yil Moskvada va 1919 yil Petrogradda jismoniy tarbiya institutlari tashkil etildi. Shu yillarda maktablarda jismoniy tarbiyani tashkil etish ishlari amalga oshirildi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, 1918 yilda sport klublarida 38 ming kishi a’zo bo’lib, ular sport turlari bilan shug’ullanishgan. 1920 yilga kelib esa ularning soni 143,5 mingga yetadi. Undan tashqari 1,5 mln. kishi harbiy chaqiriq mashg’ulotlarida shug’ullangan. Rossiya Xalqaro Olimpiya qo’mitasi a’zosi sifatida Olimpiya o’yinlarida qatnashib kelgan edi. Ko’p joylarda «Olimp», «Olimpiya», «Olimpiyachi» kabi sport klublari vujudga kelgan edi. Lekin inqilobdan keyin siyosiy voqealar va davlat tizimi o’zgarishi tufayli XOQ tarkibidan chiqarildi. Fuqarolar urushining tugashi tufayli Vsevobuch tarkibidagi Jismoniy tarbiya oliy kengashi ham 1921 yilda tugaydi. Uning o’rniga yoshlar ittifoqi (komsomol) va kasaba uyushmalari ittifoqi jismoniy tarbiya va sportga rahbarlik qila boshladi 41 . Shu tufayli yoshlar ittifoqi «Chumoli» («Muravey»), «Spartak», «Yoshlar fioti» kabi sport jamiyatlarini tuzadi. Yoshlar ittifoqining tashabbusi bilan Butunrossiya Markaziy ijroiya qo’mitasi (VSFK) 1923 yil 27 iyunda «Jis moniy tarbiya va Oliy Kengash»ni tuzishga qaror qabul qildi. Oliy kengashga sog’liqni saqlash komissari I.A.Semashko (1874-1899) tayinlandi. Kengashning zimmasiga ilmiy, o’quv va tashkiliy faoliyatlarni muvofiqlashtirib olib borish yuklatildi. Shu yili «Dinamo» jamiyati ham tashkil 41 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. - 60-65 b 30 etildi. Mamlakatda jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishda turli-tuman usullardan foydalanish zaruriyati vujudga keldi. Bu sohada partiya va hukumatning maxsus qarorlari (1925, 1929 va h.k.) ham qabul qilindi. Shu qarorlar asosida mavjud bo’lgan sport to’garaklari o’rniga sport seksiyalarini (sho’ba) tashkil etish tavsiya etildi. Lekin bu tajribalar hayotda juda sekin amalga oshirildi. 1928 yil avgustda Umumittifoq I spartakiadasi Moskvada o’tkazildi. Unda barcha ittifoqchi respublikalar va ba’zi bir chet mamlakatlarning sportchilari ishtirok etdi. 7225 qatnashchi orasida 600 dan ortiq inglizlar, argentinalik, germaniyalik, norvegiyalik, urugvaylik, finlyandiyalik, fransiyalik, chexiyalik sportchilar bor edi. Ikki hafta davomida yengil atletika, gimnastika, kurash, o’q otish, gorodki, eshkak eshish va boshqa sport turlari bo’yicha musobaqalar davom etdi. Umumiy yakunlar bo’yicha spartakiadada Rossiya - bi rinchi, Ukraina - ikkinchi, Belorussiya - uchinchi, O’zbekiston - to’rtinchi, Kavkazorti - beshinchi va Turkmaniston - oltinchi o’rinni egallashdi. 1929-yildan boshlab «Umumittifoq jismoniy tarbiya ikki haftaligi» kasaba uyushmalari tomonidan o’tkazila boshladi va bunda qishloq sportchilarining ham ishtiroki amalga oshirildi. Partiya va hukumatning 1929-yil 23-sentabr hamda 1930 yil 1aprel qarorlariga asosan mamlakatda jismoniy tar biya va sport ishlariga rahbarlik qilish tartiblari kuchaytirildi 42 . Markaziy Ijroiya qo’mita (MIQ) tarkibida Butunittifoq jis moniy tarbiya kengashi tashkil etildi. Yangi Konstitutsiya qabul qilinishi (1936) bilan bu kengash «Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport bo’yicha qo’mita»ga aylantirildi.1930 yildagi anjumanga asosan klublar tizimidan jis moniy tarbiya ishlab chiqarishga yo’naltirildi. Yangi ishchilar sport klublari o’rniga jismoniy tarbiya jamoalari (kollektivi fizkulturi) tuzila boshladi. Bunda «Наг bir jismoniy tarbiyachi ilg’or, har bir ilg’or - jismoniy tarbiyachi» shiori keng tarqaldi.1935-1936 yillarda ko’ngilli sport jamiyatlari tashkil etila boshlandi. «Dinamo» (1923), «Spartak», «Lokomotiv», «Krasnoye Znamena» (1935) jamiyatlarining ilg’or tajribalariga tayanib, Kasaba uyushmalari Markaziy Kengashi qaroriga asosan 64 ta ko’ngilli sport jamiyatlari (DSO) vu judga keldi.30- 42 www. lex.uz.// O`zbekiston ekologik haarakati. 31 yillardagi jismoniy tarbiya va sport rivojlanishining muhim tomonlaridan biri siyosiy va davlatni himoya qilish tarafiga qaratilganligi bilan ajralib turadi.1930 yil Butunittifoq yoshlar tashkilotining (komsomol) tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan «SSSR mehnat va mudofaasiga tayyor» (GTO) jismoniy tarbiya majmui tashkil etildi. 1931 yilda jismoniy madaniyat Oliy ken gashi GTO majmuining I bosqichi va 1933-yilda II bosqichini tasdiqladi. 1934 yilda esa BGTO («Bud gotov k trudu i oborone») majmui bolalar uchun ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Bu uch bosqichli jismoniy madaniyat majmuida asosan, barkamollik va salomatlik yo’nalishlari mujassamlanib, sovet jismoniy tarbiya tizimining asosini tashkil etdi. Shu sababdan, barcha joylarda bu majmuaning talablari hamda me’yorlarini bajarishga bo’lgan qiziqish, intilish kuchaytirildi.1940 yilda bu majmua yangidan qabul qilindi. Bunda majburiy va tanlov tartibiga imkoniyat berildi. Majburiy turlarga: gimnastika mashqlari, to’siqlarni oshib o’tish, suzish, chang’i sporti, yugurish, o’q otish, gigiyenik bilimlar asosini va jismoniy tarbiya tizimini bilish talab qilib qo’yildi. Tanlab olish turlarida 7 guruh mashqlar tavsiya etildi. Bunda kuch, tezlik, chidamlilik, epchillik, botirlik va qat’iylik kabi sifatlarni, himoya va hujum, uloqtirish hamda otish usullarini rivojlantimvchi mashqlar ko’zda tutildi. 1929 yilda xalq komissarligi maktab larda 2 soatlik jismoniy tarbiya darslarini joriy etgan edi. Shu bilan birga bolalar sport maktablarini tashkil etish haqida qaror qabul qilgan edi. «Dinamo», «Spartak» sport jamiyatlari tarkibida sport maktablari tashkil qilingan.1937 yilda 200 dan ortiq bolalar sport maktablari mavjud edi 43 . Maktab o’qituvchilari va oliy o’quv yurtlari talabalarining umumittifoq sport musobaqalari tashkil qilindi. Sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy asoslari tobora rivoj topa boshladi. 1925, 1927, 1929 yillarda o’tkazilgan Butunittifoq ilmiy anjumanlarning xulosalari shuni ko’rsatdiki, jismoniy tarbiya tizimini ilmiy asoslashni yanada takomillashtirish kerak edi 44 . Aksariyat ko’pchilik olimlaming diqqat-e’tibori hamon shug’ullanuvchilar ustidan tibbiy nazorat o’tkazib borishni yanada yaxshilashga qaratildi. Sportchilarning mushaklari rivojlanishi, yurak, o’pka va boshqa a’zolarining funksiyalari ustida bir qator olimlar tomonidan katta 43 www. uznature.uz// O`zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi 44 www. IIB.uz// O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va qarorlari. 32 tadqiqot lar o’tkazishdi. GTO (MMT) jismoniy madaniyat majmui va sport turlarining tayanch, sog’lomlashtirish va tarbiyaviy jarayonlarini hal etishga qaratilgan tadqiqotlar ham paydo bo’ldi. Havaskorlik jismoniy tarbiya harakatida Butunittifoq ko’rik-tanlovlar o’tkazib borildi. Bunda markaziy shaharlar, sport jamiyatlari, sport klublari, jismoniy madaniyat jamoalari kengashlarining ilg’or tajribalarini ommalashtirish an’anaga aylandi. «Dinamo», «Spartak» va boshqa sport jamiyatlari juda katta tadbirlar o’tkazib, g’oliblikni qo’lga kiritdi, shu asosda hukumatning medal va yorliqlariga sazovor bo’ldi. 1932 yilda Butunittifoq kasaba uyushmalarining I spartakiadasi o’tkazilib, unda 3850 kishi qatnashdi. 1935-1937 yillarda yagona Butunittifoq sport tasnifi ish lab chiqildi va hayotga tatbiq etildi, bu esa sport maktabining asosiga aylandi. Shu sababdan, u yoshlarning sport tayyorgarligini oshirishning yagona tamoyili bo’lib xizmat qila bosh ladi. Keyinchalik bu tasnif qayta ishlab chiqilib, u ancha takomillashtirildi va o’z ichiga 34 sport turini oldi.1937 yilda birinchi marotaba jismoniy tarbiya xodimlarining Butunittifoq namoyishi o’tkazildi. U har to’rt yilda o’tkazishga mo’ljallandi. 1939- yil 27 mayda «Xizmat ko’rsatgan sport ustasi» unvoni ta’sis etildi. 1939-yildan boshlab hukumat qarori asosida Butunittifoq jismoniy tarbiya xodimlari kunini o’tkazish odatga aylandi. 1940 yilda bu bayramga bag’ishlab o’tkazilgan tantanalarda mamlakatdagi 62 ming jismoniy madaniyat jamoasida 5.3 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanayotganligi aytib o’tilgan. Bu davrda 6 ta institut va 25 ta texnikum jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashda faoliyat ko’rsatdi. Shuningdek, 378 stadion, 70 mingdan ortiq katta va kichik sport zallari qurildi. 30-yillarning qatag’oni (repressiya) sportni ham chetda qoldirmadi. Sport rahbarlari, yirik pedagog-olimlar begunoh jazolandi. Ular orasida Butunittifoq jismoniy madaniyat ken gashi raisi A.K.Antipov, Butunittifoq jismoniy madaniyat va sport qo’mitasi raisi I.I.Xarchenko, Qizil sport internatsionalining Sovet sho’basi (seksiya) raisi M.S.Kedrov, Markaziy jismoniy tarbiya institutining rektori A.A.Zigmund va boshqalar bor edi. Ikkinchi jahon urushidan oldingi 10 yillik davrda sovet sportchilarining xalqaro miqyosidagi obro’-e’tibori ancha oshdi. Sportchilarning yuqori natijalari va ommaviy sport 33 tadbirlari jahonga tarqala boshladi. Bu esa sport tashkilotlarining xalqaro aloqalarini ta’minladi va ularni rivojlantirishga katta xizmat qildi. Ittifoq sportchilari urush va fashizmga qarshi kuchlarni boshqarishda o’ziga xos faoliyat ko’rsatdilar, 1934 yilda Parijda bo’lib o’tgan fashizmga qarshi sportchilar slyotida, 1937 yilda Antiverpenda o’tkazilgan III xalqaro ishchilar Olimpiadasida ishtirok etdilar. Ittifoq sporti xalqaro ishchilar sport harakatining oldingi safida dadil bordi. Sobiq Ittifoq hukumati va sport tashkilotlari chet mamlakatlar bilan o’zaro hamkorlik va do’stlik faoliyatlariga ma’lum darajada e’tibor berib bordi. 1938- 1940 yillarda mamlakatga 250 dan ortiq chet el sportchilari tashrif buyurishdi. O’z navbatida esa ittifoq sportchilaridan 175 nafar kishi chet mamlakatlarda bo’ldi 45 . O’sha davrda sovet mamlakati chet mamlakatlar bilan turli sabablarga ko’ra mustahkam aloqada emas edi va bu sportga salbiy ta’sir ko’rsatardi. Shu sabab dan, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi (XOQ), Xalqaro sport uyushmalari va chet mamlakatlarning burjuaziya tashkilotlari ularni o’zlariga dushman deb bilishdi. Bu esa reaksion (sotsialistik tuzum dushmanlari) kuch sifatida tushunilar edi. Shu kabi sabablarga ko’ra, sovetlar mamlakatiga xorijiy davlatlarning deyarli hech biri xayrixohlik bilan qaramas edi. Xulosa qilib aytganda, sobiq sovetlar mamlakati 1917-1941 yillar davomida jismoniy tarbiya va sportni yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish masalalariga doir juda ko’p muhim tarixiy tadbirlarni amalga oshirdi. Sovet sportini jahonga tanitish maqsadida 1928 yilda o’tkazilgan I Butunittifoq spartakiadasi shular jumlasidan edi. Uning an’analarini kasaba uyushmalari tashkilotlari keyinchalik davom ettirdi. Ilg’or tajribalar va sinov-tekshirishlar asosida sovet jismoniy tarbiya tizimining ilmiy-nazariy asoslari yaratildi. XX asrning 30-40-yillar davomida sovet sportchilari chet mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar bog’lashga urindi. Yoshlarning harbiy-jismoniy tayyorgarligini oshirish va jismonan barkamollikni ta’minlash yo’lida «Mehnat va mudofaaga tayyor» (GTO) jismoniy madaniyat majmui ishlab chiqildi va amalga oshirildi. O’zbekistonda sportning rivojlanishi quyidagi ommaviy sport tadbirlari orqali amalga osiralgan: 1920 va 1921 yillarda Toshkent shahrida I hamda II O’rta Osiyo olimpiadasi bo’lib 45 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. 71-75. B. 34 o’tdi. 1924 yilda Butunturkiston Olimpiadasi o’tkazildi. U Sharq jismoniy tarbiyachilarining bayramiga aylandi. Ushbu olimpiadada Sirdaryo, Farg’ona, Turkiston, Samarqand va boshqa viloyatlarning terma jamoalari ishtirok etdi. 1927 yil sentabrda va 1928-yil iyul oyida respublikamizning jismoniy tarbiya tashkilolari birinchi hamda II Butuno’zbek spartakiadasini o’tkazdi. Bu musobaqalar o’zbek sportchilari uchun 1928-yilda Moskvada bo’lib o’tadigan Butunittifoq spartakiadasiga asosiy tayyorgarlik bo’lib xizmat qildi. 1933 yilda Toshkentda III Butuno’zbek spartakiadasi o’tkazildi. Spartakiadada respublikaning 8 ta shaharlaridan terma jamoalar ishtirok etdi. 1934 yilda O’ta Osiyo respublikalari va Qozog’iston milliy davlatlarga ajralishining 10 yilligi munosabati bilan I O’rta Osiyo spartakiadasi o’tkazildi 46 . 1934-yildan boshlab respublika kolxoz-sovxozlari spartakiadalari o’tkazila boshlandi. 1935-yilda respublikada Toshkent shahar oliy o’quv yurtlari va tehnikumlari spatakiadasi; Respulika bolalar spartakiadasi; I Butuno’zbek ayollar jismoniy tarbiya bayrami o’tkazildi.1935-yilda Toshkent shahrida O’zbek davlat jismoniy tarbiya tehnikumini ochish to’g’risida qaror qabul qilindi. 1936 yil sentabr oyida Toshkentda IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi, qatnashchilarni O’zbekiston KP Mkning sobiq Birinchi kotibi A. Ikromov tabrikladi. 1938 yilda Butunittifoq jismoniy tarbiya paradida respublikamiz vakillari qismdan iborat «O’zbek xalqining suv, yuqori paxta hosili uchun kurashi» inssterofkasini namoyish qildi. 1939-yilda bo’lib o’tgan Butunittifoq paradida O’zbekiston jismoniy tarbiyachilari gullab yashnayotgan bog’ ko’rinishida chiqish uyushtirdilar.1940-yildagi paradda O’zbekiston jismoniy tarbiyachilarining mavzusi qilib yana paxta-o’zbek xalqining asosiy boyligi tanlab olindi.1936-1937 yillarda bolalar-o’smirlar sport maktablari (BO’SM) ochildi. 1943-yilda to’qqiz yillik tanaffuzdan so’ng Olma-Ota shaxrida O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari II spartakiadasi o’tkazildi. 1944 yil sentabrda Toshkentda Orta Osiyo va Qozog’iston Respublikalarining III spartakiadasi o’tkazildi. 1945 yilning 46 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b 35 30 sentabridan 10 oktabrigacha IV Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. Ushbu spartakiada parad bilan ichilib, unda 5 mingta jismoniy tarbiyachi qatnashdi. 1945 yilning 7 oktabridan 14 oktabrigacha Frunze (Bishkek) shahrida O’rta Osiyo va qozog’iston Respublikalarining IV spartakiadasi bo’lib o’tdi. Birinchi o’rinni egallagan respublikamiz jamoasi Butunittifoq jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlandi. 1946 yilda respublikamiz vakillari Butunittifoq jismoniy tarbiyachilar paradida qatnashdi. 1948 yilda V Butuno’zbekiston spartakiadasi o’tkazildi. 1948 yil 10-15 oktabrda Dushanba shahrida komsomolning 30 yilligiga bag’ishlangan O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining V spartakiadasi bo’lib o’tdi. O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining VI spartakiadasi 1950 yilda Olma-Otada, VII spartakiadasi 1952 yilda Ashxobodda, VIII spartakiada 1954 -yilda Toshkentda, IX spartakiada 1957 yilda Frunzeda (Bishkek) o’tkazildi 47 . 1934-1957 yillar ichida O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalarining spartakiadasi to’qqiz marta o’tkazildi. 1951-1956 yillarda sport jamiyatiarining birinchiliklari, tarmoq spartakiadalari va turli xil sport musobaqalarida sport jamiyatiarining tashkilotchilik ishlari sezila boshladi. 1951 yil Samarqand, Xo’jayli, Kosonsoy, Termiz va Angren shaharlarida jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtlari tashkil etildi. Ular boshlang’ich va yetti yillik (o’sha davrda) maktablar uchun jismoniy tarbiya o’qituvchilarini tayyorlashda yangidan ish boshladi. 1952 yil Toshkent DPI tarkibidagi (1949 y.) jismoniy tarbiya fakulteti mustaqil bo’ldi. 1954-yil Farg’ona, 1956-yil Nukus DPIda ham jismoniy tarbiya fakultetlari ochildi. 1955 yil sentabr-oktabr oylarida O’zbek Davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etilib, iqtidorli sportchilarni talabalikka ilk bor qabul qildi 48 . 1956 yil O’zbekiston sport tarixida salmoqli o’rinni egallaydi. Ya’ni shu yili yozda «Paxtakor» sport majmui qurilib bitkazildi va unda O’zbekiston sportchilarining eng katta bayrami bo’lib o’tdi. Bu tantana 1956 yilga SSSR xalqlarining 1-spartakiadasiga ko’rik-sinov tajribasini o’tadi. 1956 yildan boshlab, respublikamiz sportchilari sobiq Ittifoq xalqlarining hamma 47 www. lex.uz.// O`zbekiston ekologik haarakati 48 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. - 62-67 b. 36 spartakiadalarida ishtirok eta boshlagan. I Ittifoq xalqlari spartakiadasi 1956 yilda; II-1959 y; III-1963 y;IV-1967 y; V-1971 y; VI-1975 y;VI-1979 y; VIII-1983 y; IX-1987 yilda o’tkazilgan. Hamma spartakiadalarning final qismi Moskva shahrida bo’lib o’tgan. Urushdan keyingi yillarda tarmoqli jismoniy madaniyat va sport jamiyatlari tiklanib, ular o’z faoliyatlarini sportning ommaviyligini amalga oshirishga harakat qildi. Oliy o’quv yurtlarida «Nauka» («Fan»), O’rta maxsus o’quv yurtlari va mayda ishlab chiqarish korxonalarida (fabrika, savdo shahobchalari va h.k.) «Iskra» («Alanga»), «Lokomotiv», «Dinamo», «Paxtakor» kabi respublika va viloyatlarning sport jamiyatlari faol ish olib borishdi. O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda respublika va viloyatlardagi «Dinamo», «Spartak», «Paxtakor», «Fan», «Alanga» va boshqa sport jamiyatlari yangi usullar bilan faoliyat ko’rsatdi. Bunda yoshlarni sport unvonlari va darajalarini olishga bo’lgan qiziqishlari, yangi sport kiyimlari bilan ta’minlash, nishonlar (emblema) bilan sport maydonlariga chiqishga havas uyg’otish ustuvor edi. Butunittifoq jismoniy madaniyatchilar namoyishiga tayyorgarlikda davlat va sport jamiyatlarining katta mas’uliyati zarur edi. Shu sababdan, unga maxsus tayyorgarlik ishlari 1-2 yil davom etar edi. Eng so’nggi (1954 y.) namoyishga tayyorlanish va unda qatnashish juda qiziqarli hamda muvaffaqiyatli bo’lgan edi. Namoyishga 300 dan ortiq yigit va qizlar ishtirok etdi. Ular orasida Samarqandlik M.Haqberdiyeva va jismoniy tarbiya pedagogika bilim yurtining talabalari A.Abduhakimov, D.Sharopov, N.Rahimovlar ham bor edi. Sobiq Ittifoq davrida O’zbekistonda jismoniy madaniyat va sport sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Sport jamiyatlarining markazlashgan rahbarlik faoliyatlari (1957, 1987) sportga rahbarlik qilishning davlat jamoatchilik (1959-1968) usullari birmuncha markazlashtirildi va takomillashtirildi. Sport bilan shug’ullanuvchilarning ko’payishi, mutaxassislar tayyorlashning yangi yo’lga qo’yilishi (1966 y. qaror asosida), sport inshootlarining qurilish ko’lami oshishi ancha ortdi. O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport harakatini boshqarishning asosiy shakli, davlat va jamoat shakli hisoblanadi 49 . Jisminiy tarbiyani 49 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 61-b. 37 boshqarishning davlat shakliy davlat organlari, O’zbekiston Respublikasi Davblat jismoniy tarbiya va sport qo’mitasi, jismoniy tarbiya hamda sportning rivojlanishiga bevosita rahbarlik qiladigan vazirliklar, idoralar va komitetlar orqali amalga oshiriladi. Bu Xalq ta’limi vazirligi tomonidan jismoniy tarbiya bo’yicha o’tkaziladigan ishlar va maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, muzeylar, kollejlardagi jismoniy tarbiya darslari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o’quv yurtlari hamda o’rta maxsus bilim yurtlari o’quv rejasidagi jismoniy tarbiya. Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va davolash-profilaktika muassasalaridagi jismoniy tarbiya, Milliy mudofaa vazirligi tomonidan armiya va shaxsiy tarkib hamda harbiy bilim yurtlari tinglovchilarining jismoniy tayyorgarligidir. Davlat shaklidagi boshqarishning o’ziga xos hususiyati bu davlat dasturlari va har tomonlama jismoniy rivojlanish vazifalarini ta’minlash, jismoniy mashqlar, gigiyena, o’z- o’zini nazorat qilish asoslari bo’yicha nazariy bilimlarni shakllantirish maqsadida turli jismoniy mashlar bilan majburiy mashg’ulotlarning mavjudligi hisoblanadi, ya’ni davlat tasarrufidagi organlarning maxsus tizimi orqali sog’liqni mustahkamlash hamda yoshlarni mehnatga va Vatan mudofaasiga tayyorlash kabi umum davlat vazifalarini hal etish amalga oshiriladi. Respublikada jismoniy tarbiya harakatini boshqarish davlat tizimining hozirgi zamondagi rivojlanganlik darajasining huquqiy doirasi hajmini hisobga olgan holda quyidagi boshqaruv organlari tasnifini yaratishga imkon beradi: Jismoniy tarbiya harakatini boshqarish bo’yicha maxsus huquqiy vakolatli organlar (Davlat sport qo’mitasi tizimi). Umumiy vakolatli organlari – o’z tarmoqlarida jismoniy tarbiya harakatiga rahbarlikni amalga oshiradigan idoraviy tashkilotlar, vazirliklar, idoralar, komitetlar. Davlatni boshqarishning demokratik asoslarini rivojlantirish boshqarishdagi jamoatchilikni rivojlantirish bilan bevosita bog’liq. Jamiyat rivojlanishida yuzaga kelgan tarihiy vaziyat jamoatchilikning JT va Sni boshqarishda qatnashishi uchun aniq imkoniyatlar yaratdi, bu jismoniy tarbiya harakatini boshqarishda mustaqil boshqarish shaklini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday tarzda boshqarishning jamoatchilik shakli paydo bo’ldi, u hozirgi 38 zamonda ham muhim ahamiyatga ega. JT va S jamoatchilik, mustaqillik shklida ishlarni tashkil qilish shunday tavsiflanadiki, u rahbar organlarning saylanishliligi, mustaqil faoliyat ko’rsatishi, ixtiyoriyligi asosida olib boriladi, bu o’z navbatida ijodiy tashabbuskorlikni rivojlantirishga yordam beradi. Jamoatchilik jismoniy tarbiya tashkilotlari faoliyati kasaba uyushmalari, KSJ va boshqa jamoa tashkilotlari tomonidan bevosita boshqarilib turiladi. Mustaqillik shakllarining funksiyalari keng va har tomonlamadir 50 . Bu yuqori darajada sport takomillashuvini ta’minlash, yuqori malakali sportchilarni tayyorlash, mehnat hamda dam olishni to’g’ri tashkil qilish, sog’liqni mustahkamlash va ijodiy umrboqiylikni saqlash, turli yoshdagi aholini mashg’ulotlarga jalb qilish va hokazodir. Havaskorlik tashkilotlarida o’quv, tqrbiyaviy, sport ishlari tavsiya hususiyatiga aga bo’lgan namunaviy dasturlar va nizomlar asosida olib boriladi. Ularning faoliyati demokratizm, tashabbuskorlik va jamoatchilikni keng jalb qilish asosida tashkil etiladi. Xalqaro federatsiyalar bilan ish yuzasidan aloqalarni o’rnatish va va uni boshqarish maqsadida respublika federatsiyalari hamda joylarda tegishli tashkilotlar tashkil qilingan. Sport turlari bo’yicha federtsiyalar jamoatchilik organlari hisoblanadi, tegishli sport turlarini rivojlantirishda boshqarmalar, bo’limlar va boshqa bo’linmalarga yordam ko’rsatadi, shuningdek, sport turlari bo’yicha viloyat federatsiyalari hamda sport jamiyatlari seksiyalari va idoralari faoliyatini yo’naltirib turadi. 50 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 111-113 b 39 40 II.2 Aholining sog’lom turmish tarzi qo’lab-quvatlash jismoniy faoligini oshirish va sog’lomlashtirish bo’yicha qonunlar va farmoyishlar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning tashabbusi hamda davlatimiz rahnamoligida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, 2017-yil 3-iyun, Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PQ-3031-son, 2018-yil 5 martdagi "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi PF-5368-sonli farmon va qarorlarida yurtimiz aholisini sog’ligini mustahkamlash jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish ommaviy sportni yanada rivojlantirishga oid masalalarga e’tibor qaratilgan. Jismoniy madaniyat shaxsni kompleks shakllantirish tizimining uzviy qismidir. Aholini jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga jalb etishga va aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam, mustaqil shug’ullanish ko’nikmalarini singdirish tarbiyaviy jarayonning ajralmas qismi xisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning beshta muxum tashabbusni ilgari surgani bejiz emas. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish ularni sport soxasida qobiliyatlarini nomoyon qilishlari uchun zaruriy sharoitlar yaratishga yo’naltirilgan 51 . Jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismonan sog’lom va ma’naviy boy yosh avlodni tarbiyalash, fuqarolarning jismoniy tarbiya va sport bilan jiddiy shug’ullanishlariga erishish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuqumli bo’lmagan kasalliklarning profilaktikasini, sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qaror yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish maqsadida qabul qilinmoqda. Prezident qaroriga muvofiq 2019–2022 yillarda yuqumli bo’lmagan 51 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 45-b. 41 kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish Kontseptsiyasi hamda 2019–2022 yillarda yuqumli bo’lmagan kasalliklar profilaktikasi, aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari Dasturi tasdiqlanmoqda. Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Respublika diyetologiya o’quv-ilmiy markazi negizida davlat muassasasi shaklida Aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog’liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog’liqni saqlash bosh boshqarmasi huzurida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda Markazning hududiy bo’limlari, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari huzuridagi “Salomatlik” markazlari negizida yuridik shaxsni tashkil etmagan holda Markazning tuman va shahar bo’linmalarini tashkil etish to’g’risidagi taklif qabul qilinmoqda 52 . Aholining sog’lom turmush tarzini qo’llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar bo’ladi: sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo’lmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashish hamda oldini olish bo’yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va joriy etish; sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish bo’yicha ommaviy tadbirlarni o’tkazish; sog’lom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli bo’lmagan kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo’yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; aholi salomatligi holatini monitoring qilishning yagona tizimini yaratish, zamonaviy axborot va innovatsion texnologiyalarini joriy etish bilan birga umrni uzaytirish va salomatlikni mustahkamlashga oid aniq chora- tadbirlar ishlab chiqish va tavsiyalarni tatbiq etishda ko’maklashish; umume’tirof etilgan xalqaro uslublar asosida doimiy populyatsiya tekshiruvlari va yuqumli bo’lmagan kasalliklarning xavf omillari bo’yicha so’rovlar o’tkazish; noto’g’ri ovqatlanish bilan bog’liq kasalliklarning oldini olish va tarqalishi darajasini 52 0‘zbekiston Respublikasining « 0‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni.1997-yil 26-dekabr. 0 ‘zbekiston Respublikasining yangi qonunlari. - Т .: Adolat, 1999. – 68-69 b. 42 kamaytirish, keng ko’lamda tushuntirish ishlarini tashkil qilish va aholining sog’lom turmush tarzi garovi sifatida to’g’ri ovqatlanish targ’ibotini kuchaytirish; sifatning zamonaviy xalqaro standartlariga muvofiq oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan ilmiy- amaliy tadqiqotlar o’tkazish; ta’lim muassasalari bilan birgalikda yuqumli bo’lmagan kasalliklarning oldini olish va aholining sog’lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlanishi bo’yicha tadbirlarni tashkil qilish va ularda ishtirok etish. Markaz O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasiga kiradi va unga hisobot beradi. Markaz va uning hududiy bo’linmalari O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag’lari, xalqaro moliya tashkilotlari va institutlarining grantlari va kreditlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik mablag’lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyala s htiriladi. Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlashning muhim va samarali omili bo’lgan jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmokda 53 . 2017-2021 yillarda ayollar o’rtasida sportning ommaviyligini oshirish, korxona va tashkilotlarda mehnat qilayotgan ayollar salomatligini mustahkamlash maqsadida kelgusida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida «Sog’lom ona sog’lom bola» shiori ostida an’anaviy mintaqaviy «Ayollar sport festivali», «Sog’lom avlod uchun» kubogi uchun suzish, sinxron suzish, suvga sakrash, gimnastika, badiiy gimnastika, sport raqsi va gimnastikasi kabi sport musobaqalari hamda boshqa tadbirlar o’tkaziladi. Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o’rinlari yildan-yilga ortib bormokda 54 . Xotin-qizlar tadbirkorligini qo’llabquvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovor. Bu, o’z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo’shishlariga, shu bilan 53 Ergashev A., Ergashev T. Agroekologiya. - Т.: Yangi asr avlodi, 2006. 45-b. 54 0 ‘zbekiston Respublikasining «Alohida muhofaza qilinayotgan hududlar to‘g‘risida»gi qonuni. 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Axborotnomasi, iyun, 1993. 113-116 b. 43 birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug’ullanishlariga imkon beradi. Mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko’rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqsa. Shuningdek, dori vositalarini ishlab chiqarish va ular bilan aholi hamda davolash-profilaktika muassasalarini ta’minlash maqsadida mazkur sohadagi ishlarni tashkil etishning mustahkam huquqiy asoslari barpo etildi. Iigirmadan ortiq qonun, bir yuz yigirmadan ziyod me’yoriy-huquqiy hujjatlar bu yo’nalishdagi ishlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos bo’lmoqda. Aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash bo’yicha ochiq-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatimizda arzon va sifatli preparatlar bo’lishiga qaramasdan tashxis quyish va davolash standartlarida ko’zda tutilmagan hamda asosan qimmat import dori- darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomaqbul amaliyotning oldini olish va kelgusida bunday holatlarga yo’l qo’ymaslik maqsadida Prezident Sh.Mirziyoevning 2016 yil 31 oktyabrdagi «Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi’ PQ-2647-son qarori bu boradagi ishlar ko’lamini kengaytirish, xalqimizni arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirishda muhim dasturulamal bo’lmoqda. Xulosa 44 Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, muammolarni bartaraf qilish va salbiy oqibatlarining oldini olish borasida jamiyatning turli qatlamlariga mansub fuqarolarning faol qatnashishi talab etiladi. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, atrof-muhitni muhofaza qilish va aholi salomatligini saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan milliy hamda chet el jamoat tashkilotlari va harakatlarining ijobiy tajribalarini o’zlashtirgan siyosiy kuch — partiya bunday muhim maqsad hamda vazifalarni bajarishga qodir ekanligini e’tirof etish zarur. Prezidentimizning Oliy Majlisga yo’llagan Murojaatnomasidagi g’oyalar hamda mamlakatda davlat va jamiyat qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar yo’lidagi keyingi qadam sifatida mamlakat siyosiy maydonida yangi — O’zbekiston Ekologik partiyasi tashkil etildi. Ekologik par - tiyaning tuzilishi O’zbekiston tarixida alohida sahifa bo’lib, mamlakatda amalga oshirilayotgan strategiyaning yaqqol hosilasidir. Aholi bilan muloqotlar jarayonida partiyaning vujudga kelishi nafaqat ekologlar, balki keng jamoatchilikning ushalgan orzusi ekanligi e’tirof etilmoqda. Mamlakatimizda ayollar bandligini ta’minlashga qaratilgan dasturlar asosida yaratilayotgan ish o’rinlari yildan-yilga ortib bormokda. Xotin-qizlar tadbirkorligini qo’llabquvvatlash borasida mamlakatimiz erishayotgan yutuqlar, ayniqsa, uy mehnatini rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar diqqatga sazovor. Bu, o’z navbatida, ayollarning oila moddiy farovonligiga munosib hissa qo’shishlariga, shu bilan birga, farzand tarbiyasi bilan bevosita shug’ullanishlariga imkon beradi. Mamlakatimiz sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida farmatsevtika sanoatini rivojlantirish, aholi va davolash muassasalarini sifatli, xavfsiz va arzon dori-darmon vositalari bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 130 dan ziyod farmatsevtika korxonasi faoliyat ko’rsatib, ular tomonidan 2 mingdan ortiq turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqarilmoqda. 45 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati I.Hukumat qarorlari I.1 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida" PQ 3031-son qarori.2017- yil 3-iyun I.2 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: "Ozbekislon " NMIL, 2018. I.3 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. T.: "Ozbekislon " NMIL, 2020 I.4 2019-2023 O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish konsepsiyasi 2019-yil 15-fefral. II. Prezident asarlari II.1 Karimov I.A., O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; II.2 I.A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat, 2008 II.3 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.: "O’zbekiston’’. 2017 III. Adabiyotlar III.1 Akramov M., Rafikov A.A., Proshloye, nastoyasheye i budusheye Aralskogo morya, T., 1990; III.2 Nig’matov A.N., O’zbekiston Respublikasining ekologik huquqi, T., 2004 III.3 Rafikov A.A., Geoekologik muammolar, T., 1997 III.4 To’xtayev L., Hamidov A., Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish, T., 1994 III.4 G’ulomov P.N., Inson va tabiat, T., 1990. III.5 Djalilova L.A. Jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi. Darslik. T: "Vori-nashriyoti", 2017. III.6 Q. Usmonov. O`zbekiston tarixi (1917-1991-y.y). – T., 2017. 46 III.7 R. Shamsutdinov. O`zbekiston tarixi. – T.: O`zbekiston, 2017. III.8 R. H. Murtazayeva. O`zbekiston tarixi umumiy tahriri ostida. –   Toshkent ., 2005. – B.41. III.9 Bobojonova D. O’zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar (70-80- yillar misolida). Qo’llanma. – Toshkent.: Sharq, 1999. – B. 51. III.10 Yunusova X. O’zbekistonda millatlararo munosabatlar va ma’naviy jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). - Toshkent:   Abu matbuot-konsalt , 2009. – B.25. III.11 O’zbekiston tarixi. – Toshkent.: Mehnat, 2001. – B.45. III.12 O’zbekiston tarixi. – Toshkent.: Mehnat, 2001. – B.37. III.13 Levitin L. O’zbekiston tub burilish pallasida. – Toshkent.: O’zbekiston, 2005. IV. Internet saytlari IV.1 https//: eco.gov.uz IV.2 https:// ecouz.uz IV.3 https:// lex.uz IV.4 https:// uznature.uz IV.5 https:// uzhurriyat.uz IV.6 https:// IIB.uz 47