logo

Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdа grаfik оrgаnаyzerlаrdаn fоydаlаnish

Yuklangan vaqt:

30.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

505.384765625 KB
 Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdа grаfik оrgаnаyzerlаrdаn fоydаlаnish Mаvzusidаgi BITIRUV ISHI 1 MUNDАRIJА Kirish ...........................………….............................................................................4 I BOB. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining nаzаriy mаsаlаlаri 1.1. “ Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining o`rgаnilishi............................8 1.2. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdаgi innоvаtsiyalаr vа ilg`оr хоrijiy tаjribаlаr.............................................................................................19 II BOB. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining o’quv-uslubiy ta’minoti. 2.1.“Hоzirgi o`zbek tili” o`quv faniga doir me’yoriy hujjatlar……………….......23 2.2. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” bo`yichа m а’ruzа mаtni........................................................................................................................38 2.3.Mаvzu yuzаsidаn keyslаr to`plаmi, аmаliy tоpshiriqlаr, grаfik оrgаnаyzerlar...........................................................................................................46 2.4. Nаzоrаt tоpshiriqlаri vа mustаqil tа’lim yuzаsidаn ko`rsаtmаlаr...................57 Хulоsа vа tаvsiyalаr ..............................................................................................73 Аdаbiyotlаr ro`yхаti .............................................................................................75 Glossariy……………………………………………………………………….... 77 2 Kirish Bitiruv ishi mаvzusining dоlzаrbligi vа uning аsоslаnishi. 2016-yilning 30-dekаbr kuni O`zbekistоn Respublikasi Prezidenti Shаvkаt Mirziyoyev mаmlаkаtning yetаkchi оlimlаri, ziyolilаri, аkаdemiklаri bilаn uchrаshib, ulаr bilаn ilm-fаnni   yanаdа rivоjlаntirish, fаn, tа’lim vа ishlаb chiqаrish integrаtsiyasini аmаlgа оshirish yuzаsidаn suhbаtlаshib, kаdrlаr tаyyorlаsh sifаtini yaхshilаsh, funtаmentаl yo`nаlishlаrni rivоjlаntirish, аkаdemiklаr mаktаbini yarаtish, yetаkchi оlimlаr sаlоhiyati vа tаjribаsidаn sаmаrаli fоydаlаnish yuzаsidаn tаkliflаr berib, bugungi zаmоn bаrchа sоhаlаr qаtоridа ilm-fаnni hаm yangi bоsqichgа ko`tаrishni tаlаb qilаyotgаnini, zоtаn, jаmiyat оldidа turgаn dоlzаrb mаsаlаlаrni ilm-fаnsiz yechish qiyin ekаnini tа’kidlаb o`tdi 1 .   Dаrhаqiqаt, h аr bir fаn vа ilmiy yo`nаlishning fаlsаfiy–gnоseоlоgik-metоdоlоgik аsоslаrini оbdоn uqish, fаnni fаlsаfiy kаtegоriyalаr bilаn bоg`lаb o`rgаnish mustаqil milliy tаrаqqiyot yo`ligа o`tgаn o`zbek ilmi оldidа turgаn muhim vаzifаlаrdаndir. Respublikаmizning Kаdrlаr tаyyorlаsh b o` yichа Milliy dаsturi, «Dаvlаt tili h а q idа»gi, “Tа’lim to` g` risidа”gi q оnunlаri vа bоsh q а k o` plаb hujjаtlаrdа tа’lim-tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish, uni zаmоn tаlаblаri dаrаjаsigа ko`tаrish, kelаjаk uchun bаrkаmоl аvlоdni tаrbiyalаsh ishlаri Dаvlаt siyosаtining ustuvоr yo`nаlishigа аylаndi. Mа’rifаtpаrvаr аdib Аbdullа Аv lоniy: «Hаr bir millаtning dunyodа bоrlig`ini ko`rsаtаdurgаn оyinаyi hаyoti til vа аdаbiyotidur » deya оnа tilining ijtimоiy vаzifаsigа urg`u bergаn. Shundаy ekаn, jаmiyatning mаdаniyat ko`zgusi, milliy o` zlikning lisоniy tаjаssumi – оnа tiligа munоsаbаt h аr qаchоngidаn ko`rа bugun sezilаrli dаrаjаdа o`zgаrdi. Bundаn yarim аsr оldin o` zbek tili grаmmаtikаsi lisоniy tаbiаtigа yo t ilmiy q аrаshlаr tаmаl tоshlаrigа muvоfi q lаshtirilgаn edi. Оnа tilimizning butun bоrlig`i vа k o` rki o` zbek tili sintаksisidа аks etаdi. O`zbek tilshunоsligidа ХХ аsrning 50-yillаrigаchа 1 Мирзиёев Ш.М. Илм -фан ютуқлари – тараққиётнинг муҳим омили// Халқ сўзи. - 2017. -6янв. –Б.1 3 shаkllаngаn grаmmаtik tаl q indа o` zbek tili sintаksisi qоnuniyatlаri vа lisоniy sintаktik imkоniyatlаri оchib berilmаdi. Shuning uchun fаndа ilmiy bilishning keyingi tаrа qq iyot bоs q ichigа ko`tаrilishi uchun yangi ilmiy tаdqiq yo`nаlishi vа usullаrigа zаruriyat tug`ildi. O`zbek tilining substаnsiаl tаdqiqi til tizimi vа birliklаri mоhiyatini оchib berdi. Uning ilmiy хulоsаlаri tа’lim tizimidа оnа tili tа’limi mаzmunini yangilаsh vа o`zbek tilini o`qitishdа tаtbiq etilmоqdа. Sоddа gаp turlаrining substаnsiаl tаdqiqi nаtijаlаri оliy tа’limdа tilshunоslik nаzаriyasi, оnа tili metоdikаsini o`rgаnish vа o`qitishdа fоydаlаnilmоqdа. O`zbek tili sintаktik q urilishidа оnа tilining milliy qiyofаsi аni q ifоdаlаnаr ekаn, SG sintаksisini o`rgаnish nаfаqаt ilmiy-nаzаriy, bаlki tаrbiyaviy jihаtdаn g`оyatdа аhаmiyatlidir. O`zbek tili SG sintаksisini o`rgаnish vа o`qitish tаlаbа-yoshlаrdа milliy оng vа o`zlikni shаkllаntirish, milliy-mаdаniy аn’аnаlаr vа qаdriyatlаrni e’zоzlаsh, аsоsiysi, оnа tilidа mustаqil ijоdiy tаfаkkur qilish mаdаniyatini yuksаltirishgа хizmаt qilаdi. Bu hоzirgi kundа tа’lim tizimidаgi bоsh mаqsаd − bаrkаmоl аvlоdni tаrbiyalаsh nuqtаyi nаzаridаn dоlzаrbdir. O`zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2016-yil 13-mаydаgi PF-4797-sоn «Аlisher Nаvоiy nоmidаgi Tоshkent dаvlаt o`zbek tili vа аdаbiyoti universitetini tаshkil etish to`g`risidа», 2017-yil 7-fevrаldаgi PF-4947-sоn «O`zbekistоn Respublikаsini yanаdа rivоjlаntirish bo`yichа Hаrаkаtlаr strаtegiyasi to`g`risidа»gi Fаrmоnlаri, O`zbekistоn Respublikаsining 1995-yil 21-dekаbrdа yangi tаhrirdа qаbul qilingаn «Dаvlаt tili hаqidа»gi Qоnuni hаmdа mаzkur fаоliyatgа tegishli bоshqа me’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа belgilаngаn vаzifаlаrni аmаlgа оshirishdа ushbu lоyihа ishi muаyyan dаrаjаdа хizmаt qilаdi. Bitiruv ishining obyekti ni “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitish tаshkil etаdi . Bitiruv ishi predmeti: iхtisоslik fаni bo`yichа SG mаvzulаrini o`qitishdа qo`llаnilаdigаn ilg`оr pedаgоgik teхnоlоgiya (grаfik оrgаnаyzer)lаrni qo`llash. Bitiruv ishi mаqsаdi: tа’lim jаrаyonini sifаtli vа sаmаrаli tаshkil etish bаrоbаridа “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdа grаfik оrgаnаyzerlаrdаn fоydаlаnish yo`llаrini yoritishdаn ibоrаt. 4  Bitiruv ishi vаzifаlаri: – “Hоzirgi o`zbek tili” fаni bilan daxldor sodda gapning nazariy mаsаlаlarini yoritish; – fаnni o`qitishdа qo`llаnilаdigаn innоvаtsiyalаr vа ilg`оr хоrijiy tаjribаlаrni o`rgаnish; – fаn mаvzusining o`quv mоduli ishlаnmаsini yarаtish; – mаvzu yuzаsidаn keyslаr, аmаliy tоpshiriqlаr, ishlаnmаlаr, nаzоrаt tоpshiriqlаri vа mustаqil tа’lim yuzаsidаn ko`rsаtmаlаr ishlаb chiqish; – “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdа grаfik оrgаnаyzerlаrdаn fоydаlаnish bo`yichа tаqdimоtlаr tаyyorlаsh. Bitiruv ishini tаyyorlаshdа fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr vа nоrmаtiv- huquqiy hujjаtlаrning qisqаchа o`zаrо tаhlili. H аr bir fаn vа ilmiy yo`nаlishning fаlsаfiy–gnоseоlоgik-metоdоlоgik аsоslаrini оbdоn uqish, fаnni fаlsаfiy kаtegоriyalаr bilаn bоg`lаb o`rgаnish mustаqil milliy tаrаqqiyot yo`ligа o`tgаn o`zbek ilmi оldidа turgаn muhim vаzifаlаrdаndir. Tаriх vа fаlsаfа munоsаbаti hаqidа bаyon etilgаn: “Аslidа tаriх vа fаlsаfа mаntiqiy rаvishdа bir- birini tаqоzо etаdigаn, kerаk bo`lsа, to`ldirаdigаn, tаrаqqiyot jаrаyonlаri hаqidа yaхlit tаsаvvur berаdigаn, оq-qоrаni fаrqlаshgа аsоs bo`lаdigаn fаnlаrdir” 2 , degаn metоdоlоgik yo`llаnmа vа dаsturulаmаl ko`rsаtmаlаr bаrchа sоhа оlimlаri, jumlаdаn, tilshunоslаrgа hаm tааlluqlidir. Fаlsаfiy tаhlillаrdа muhim kаtegоriyalаr sifаtidа аjrаtiluvchi til vа tаfаkkur аyniyatini hisоbgа оlsаk, tilni tаdqiq etishdа fаlsаfiy kаtegоriyalаrgа tаyanib ish ko`rish qаnchаlik ulkаn аhаmiyatgа egа ekаnligini аnglаsh qiyin emаs. Хususаn, substаnsiаl (fоrmаl-funktsiоnаl) tilshunоslikdа. Vаhоlаnki, substаnsiаl tilshunоslik mоhiyatаn jаhоndа keng tаrqаlgаn funksiоnаl lingvistikаning аsоsiy tushunchа hаmdа tаhlil usullаrini o`zbek tilshunоsligidа оnglilik vа izchillik bilаn tаtbiq etilаdigаn diаlektik kаtegоriyalаr bilаn to`ldirish zаminidа shаkllаndi vа rivоjlаnmоqdа. XX asrning 90-yillarida o`zbek tilshunosligi fanida o`ziga xos formal-funksional 2 Каримов Ислом. Юксак маънавият–енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008.-176 б. 5 (“substansial” deb atalgan) yo`nalish shakllandi va bu haqdagi qat`iy xulosalar tilshunos M. Qurbonovaning "O`zbek tilshunosligida formal-funksional yo`nalish va sodda gap qurilishining talqini" nomli tadqiqotida bayon etilgan(Т., 2001.-51 б.). O`zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2016-yil 13-mаydаgi PF-4797-sоn « Аlisher Nаvоiy nоmidаgi Tоshkent dаvlаt o`zbek tili vа аdаbiyoti universitetini tаshkil etish to`g`risidа»gi Fаrmоni, O`zbekistоn Respublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2012-yil 26-sentyabrdаgi 278-sоn «Оliy tа’lim muаssаsаlаri pedаgоg kаdrlаrini qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish tizimini yanаdа tаkоmillаshtirish chоrа-tаdbirlаri to`g`risidа»gi qаrоri hаmdа mаzkur fаоliyatgа tegishli bоshqа me’yoriy-huquqiy hujjаtlаrdа belgilаngаn vаzifаlаrni аmаlgа оshirishgа mаzkur bitiruv ishi muаyyan dаrаjаdа хizmаt qilаdi. Bitiruv ishining nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati. Bitiruv ishidа sоddа gаp qоlipining nutqiy bоsqichdа til sоhibi kоmmunikаtiv аlоqаsidа rаng-bаrаng ko`rinishlаrgа egа bo`lishligi mаtniy pаrchаlаrdа izоhlаnildi. Mаzkur mаvzuni o`qitishdа iхtisоslik fаnlаr o`qituvchilаrining pedаgоgik fаоliyatlаridа turli interfаоl metоdlаrdаn fоydаlаnish, аyniqsа, grafik organayzerlardan foydalanish bo`yicha tаvsiyalаr berilgаn. Bitiruv ishini bаrchа sоhа pedаgоglаri uchun keng ko`lаmdа fоydаlаnishgа tаvsiya etish mumkin. Bitiruv ishi tuzilmаsining tаvsifi: bitiruv ishi kirish, 2 tа bоb, хulоsа vа tаvsiyalаrdаn, аdаbiyotlаr ro`yхаti vа glossariydаn ibоrаt bo`lib, 85 betni tаshkil etаdi. 6 I BOB. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining nаzаriy mаsаlаlаri 1.1. “ Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining o`rgаnilishi Ma’lumki, mustaqillik yillarida millatimiz ma’naviy qadriyatlari va axloqiy ustunlarimizning tiklanishi hamda kamol topishiga poydevor yaratildi. Ona tilimiz mavqeyining tiklanlanganligi, uning davlat tili maqomiga ega bo`lganligi shular jumlasidan. Shuning uchun Birinchi Prezidentimiz – Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” asarida [3] ona tili va milliy ruh, milliy ma’naviyat, davlat tili madaniyati tushunchasiga e’tibor konseptual xarakterga ega. Boshqa fanlar qatorida tilshunosligimizning dolzarb muammolariga yana bir karra e’tiborni jalb qiladi. Demak, bugungi kunda ona tili, o`zga tillarga hurmat muammosi bilan birga davlat tili madaniyatini yuksaltirish asosiy vazifalardan biri bo`lsa, iste’molga kirayotgan davlat tili madaniyati tushunchasi esa axloqiy, ma’naviy kategoriyadan biri sifatida namoyon bo`lmoqda. Bu esa tilning milliy tabiati yaqqol aks etadigan grammatik qonuniyatlarni ana shu metodologik asoslarga tayangan holda chuqur tahlil qilish, muammoga til va tafakkur, til va ma’naviyat, til va madaniyat mushtarakligidan kelib chiqqan holda munosabatda bo`lishni taqozo qiladi. Har qanday millatning o`zligi uning tilida yaqqol namoyon bo`ladi va uning ontologik belgisi sifatida amal qiladi. Ayniqsa, bu tilning grammatik qurilishida yorqin ifodasini topadi. So`zlararo bog`lanish usullari, bog`lovchi omillarning xususiyatlari va tarkibi, gap qurilishining milliy tafakkur tarziga mos bo`lishi, gap qurilishi qoliplarining milliy o`ziga xos xususiyatlari bu hodisalarning har birini milliy ruhiyat va ong, tafakkur tarzi tushunchasidan kelib chiqqan holda va u bilan dialektik aloqadorlikda o`rganishni talab etadi. Ishimizda sodda gaplarning lisoniy- sintaktik qurilishini o`rganish maqsad qilib qo`yilgan ekan, o`zbek tili grammatikasining milliylikni aks ettiruvchi bu jihatlarini tahlil qilishda substansial tadqiq usullaridan foydalanish samarali deb bilamiz. O`zbek tilshunosligida tilimizning mohiyati, uning xilma-xil muammolarini yoritishga bag`ishlangan ko`plab tadqiqotlar yaratilgan va yaratilmoqda. Bugun o`zbek tilshunosligi turkiy tilshuunosliklar orasida peshqadamlardan ekanligi ham 7 mubolag`a emas[6,9]. Chindan ham, tilimiz jonkuyari Nizomiddin Mahmudov ta’kidlaganidek, “o`zbek tilining mustaqillik sharoitida rivoji bilan bog`liq jarayonlarni xolis ilmiy-nazariy asoslarda tadqiq etishni yanada muntazamlashtirish maqsadga muvofiqdir” [7]. Bunda til, shaxs, jamiyat uchligi va bu uchlik a’zolari orasidagi munosabatlar hamda ular bilan bog`liq qonuniyatlarni ochishga qaratilgan sa’y-harakatlar yetakchilik qilmog`i lozim. Tabiiyki til, shaxs, jamiyat uchligi va uning tarkibidagi a’zolar orasidagi munosabatlar tadqiqi fanimizning keyingi taraqqiyotini belgilovchi ilmiy izlanishlarni talab etadi. O`zbek tilshunosligida XIX asrning ikkinchi yarmi XX asrning boshlarida formal yo`nalish ommaviy savodxonlikni ta’minlash, zamonaviy til me’yorlarini ommalashtirish kabi o`z davri uchun o`ta zarur masalalar yechimini maqsad qilib qo`ygan edi[19]. Ma’lumki, o`zbek tilshunosligida formal tahlil tamoyillarining keng va izchil ommalashishida ustoz Ayub G`ulomovning xizmatlari beqiyosdir. Zero, ustoz o`zbek tilshunosligining jadal rivojlanishiga formal tahlil o`z oldiga qo`ygan davr talablariga mos va muhim madaniy-ma’rifiy muammolarni yechishda ulkan hissa qo`shgan. Ayni paytda, fidoyi olimning ulkan ilmiy merosi va cheksiz xizmatlari natijasi o`laroq, o`zbek tilshunosligining yutuqlari hozirgi kunda va kelajakda tilni tadqiq etishning lingvistik asosini tashkil etadi. Tilni tizim sifatida tadqiq etish asosida shakllangan struktural, semantik hamda substansial tahlil yo`nalishlari, o`z navbatida, o`zbek formal tilshunosligi yaratgan mustahkam lingvistik asoslar poydevoriga tayanadi. XX asrning 90-yillarida o`zbek tilshunosligi fanida o`ziga xos formal- funksional yo`nalish shakllandi va bu haqdagi qat`iy xulosalar tilshunos M. Qurbonovaning "O`zbek tilshunosligida formal-funksional yo`nalish va sodda gap qurilishining talqini" nomli tadqiqotida bayon etilgan [33]. Diqqatga sazovor tomoni shundaki, o`zbek substansial tilshunosligi o`z davrining ilg`or lingvistik maktabi hisoblangan Praga strukturalizmidan lison-nutqni farqlash, lisoniy va nutqiy birliklarning tabiati haqidagi ilmiy qarashlarni qabul qildi, shuningdek, bu qarashlarni dialektik falsafaning substansiallik omili hamda umumiylik, mohiyat, 8 imkoniyat, sabab (qisqacha – UMIS) va yakkalik, hodisa, voqelik, oqibat (qisqacha–YHVO) kategoriyalari mazmuni bilan boyitdi. Natijada, lison va lisoniy birliklar UMIS sifatida, nutq va nutqiy birliklar esa YHVO mavqeyida talqin etildi. Boshqacha ifodalaganda, asosiy lingvistik tushunchalar dialektik mazmun bilan to`ldirildi hamda dialektik kategoriyalarga mos ravishda tahlil qilindi. O`zbek funksional tilshunosligi Praga strukturalizmidan bir pog`ona yuqoriga ko`tarildi va jahon tilshunosligi rivojiga samarali hissasini qo`shmoqda. Til tizimida lisoniy birlikni muayyan vazifani bajarishga xoslangan shakl sifatida talqin etuvchi yo`nalish va uning tadqiq usullari o`zbek tilshunosligida Yevropa struktu r alizmi, rus sistem tilshunosligi hamda turkiyshunos olim S.N.Ivanov boshlab bergan tadqiqotlar ta’sirida yuzaga kelgan substansial yondashuvda lisoniy birlik nutqda voqelanuvchi barcha ma’no va vazifalarni o`zida mujassamlashtirgan umumiylik sifatida talqin etiladi [ 12;13;27;29;30;32;33 ]. O`tgan asrning 20-yillarida o`zbek tili grammatikasiga ilmiy tamal toshlari qo`yila boshlandi. Gap haqida Abdurauf Fitratning “Sintaksis”(“Nahv”) kitobida (1924-yilda chop etilgan) bir qancha ma’lumotlar berildi va bu darslik 1925-1930- yillarda uch marta nashr etildi. Bu kitobda gapga quyidagicha ta’rif berilgan: ”Bir fikr, bir o`y anglatuvchi so`z qo`shumi gapdir”. Shu davr talablariga mos ravishda vujudga kelgan Fitratning “Sintaksis” asari bilan bir qatorda N.Said, A.Yo`ldoshevlarning ”Grammatika ” , H.G`oziyevning ”O`zbek tili grammatikasi ” kitoblarini tilga olish o`rinlidir. Ushbu darsliklarda sodda gap va qo`shma gaplarni farqlashda ko`proq egaga tayanilgan. O`z navbatida, bu ega va kesimni subyekt va predikat bilan qorishtirib, tahlil qilishga olib keldi. Ahamiyatli tomoni shundaki, o`sha davr sintaksisi uchun muhim bo`lgan gap, sodda gap, gap bo`laklari, ega, kesim, ikkinchi darajali bo`laklar kabi tushunchalar Yevropa tilshunosligidan kirib keldi. 1940-yilda esa A.G`ulomovning ” O`zbek tili grаmmаtikаsi ” nomli kitobi nashrdan chiqdi. Bu kitob pedagogika bilim yurti o`quvchilari uchun sintaksisdan darslik bo`lib, unda sodda gap boshqa darsliklardagiga qaraganda kengroq yoritilgan edi. Darslikning ahamiyatli tomoni– unda sintaksisning nazariy tahlil 9 usullari mukammal shakllanganligidadir. Quyidagi dalillar mazkur tahlil usullari haqida tasavvurni aniqlashtiradi: 1.Sodda gap ikki bosh bo`lakdan –ega va kesimning birikishidan iboat. 2.Kesim ega haqidagi biror xabarni tasdiq yoki inkor formada ifodalashga xizmat qiladi. Bosh bo`laklar ichida egaga mavqe beriladi. Kesim ega bilan shaxs- sonda moslashadi. 3.Sodda va qo`shma gaplarni aniqlashda egaga tayaniladi. An’anaviy o`zbek tilshunosligi Moskva formal tilshunosligi tamoyillariga tayangan holda o`zbek tili gap qurilishi talqinida rus tili ichki qurilishiga xos qonuniyatlarga ustuvorlik berib, tobelikning turkiy tillarga xos “o`ngdan chapga” ko`rinishini e’tibordan chetda qoldirdi. Oqibatda, boshqa gap bo`laklari (“chapdan o`ngga”) kesimga va faqat kesim egaga (“o`ngdan chapga”) tobelanishi haqidagi mantiqiy-grammatik qonuniyat “hukmronligi” vujudga keldi. Bu esa gapni baholash markazida ega turishi haqidagi nazariyaga tayanishlarida ko`zga tashlanadi. O`zbek substansial tilshunosligining vakillari bo`lgan H.Ne’matov, N.Mahmudov, A.Nurmonov, R.Sayfullayeva, B.Mengliyev, M.Qurbonova, M.Abuzalova, S.Nazarovalar o`z tadqiqotlarida o`zbek tili sintaktik hodisalarida ham substansial va aksidensial jihatlarni farqladilar, gap va so`z birikmalarining lison-nutq farqlanishi nuqtayi nazaridan izchil tavsifini berdilar hamda o`z tadqiqotlarida so`z birikmasi, sodda gap, qo`shma gap, so`z-gaplarning substansial mohiyati, lisoniy-sintaktik qoliplarini ishlab chiqishdi [11;12;15;16;18;20;21;22;23]. Nomlari sanab o`tilgan tilshunoslar gapning eng kichik qurilish qolipini lisoniy birlik sifatida qabul qilishdi. O`zbek tilshunosligi rus tilshunosligi zamirida rivojlanganligi, shuningdek, logik oqimning ta’siri tufayli sodda gaplar [S–P] qolipida tasvirlandi va talqin etildi. Gap haqida zamonaviy ta’limot yaratgan zabardast olim A.G`ulomov va uning izdoshlari o`zbek tilida gap qurilishiga rus tilining grammatik qurilishiga xos me’yor va qoidalar asosida yondashdilar. 10  A.G`ulomovning mazkur qarashi o`zbek tilining substansial tabiatiga mos kelmas edi.Chunki “gapning asosi va yadrosi ega va kesim” degan fikrlariga zid o`laroq, “gap tushunchasi kesim bilan zich bog`langandir” degan qarash ham mavjud. Jahon tilshunosligidagi sistemaviy oqim zaminida o`zbek tilshunosligi ham shakllandi va taraqqiy etdi. O`zbek tilshunosligida tilga sustema sifatida yondashilib, lison va nutq hodisalari farqlandi hamda gapning til sathidagi eng kichik qolipi ishlab chiqildi. Tilshunos M.Qurbonova yozganidek, “Nutqimizda berilgan va an’anaviy sintaksisimizda atroflicha tahlil etilgan gap uning shakl va vazifa turlari til sathida ongimizda mavjud bo`lgan umumiylikning, gap eng kichik qolipining turli lug`aviy qurshov va nutq sharoitlarida minglab muayyan shakllarda yuzaga chiqishida namoyon bo`lishi aniqlandi” [18,67]. Tilshunoslar sodda gapning til sathidagi mohiyatini belgilashda gap haqidagi sintaktik nazariyaning quyidagi talqiniga asoslanishdi: 1.Gapning eng kichik qurilish qolipi lisoniy birlik sifatida ongimizda mavjud umumiy birlik bo`lib, u nutqimizda fikrni lisoniy qonunlarga muvofiq tarzda shakllantiruvchi va voqelantiruvchi imkoniyatdir. 2.Gapning eng kichik qurilish qolipini belgilashda uning tashqi qurilishi, ichki qurilishi va mohiyati ajratildi. 3.Gapning eng kichik qurilish qolipidan o`rin oladigan tarkibiy qismlarning mohiyatini belgilashda birikuvchanlik (valentlik), ya`ni lug`aviy birliklarga xos ma’noviy (semantik) va sintaktik, shuningdek, kesimlik shakllariga xos morfologik birikuvchanliklarga asoslanildi. 4.O`zbek tilida gapning eng kichik qurilish qolipini belgilashda Hind-Yevropa tillari bilan turkiy tillar orasida gap qurilishidagi asosiy tafovut diqqat markazida turdi. Bu farq esa quyidagicha: Hind-Yevropa tillariga bir tarkibli gaplar umuman xos emas va gap qech qachon egasiz bo`la olmaydi. Turkiy tillar, xususan, o`zbek tilida "Men xatni yozaman, sen xatni olib kelasan"gapi bilan "Xatni yozaman, olib kelasan" gapi orasida keskin farq yo`q, ya`ni o`zbek tilida kesim shaxs-son jihatdan mukammal shakllangandir [18,45]. 11  Yuqorida keltirilgan to`rt asos inobatga olinib, sodda gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida belgilangan va maxsus tadqiqot manbayi bo`ldi. Mazkur ishda o`zbek tilida gapning lisoniy bosqichdagi eng kichik qurilish qolipi – [WPm] – (atov birligi – [W] + kesimlik ko`rsatgichlari – [Pm]) ko`rinishiga ega ekanligi isbotlangan. Shu asosga tayangan holda sodda gapning nutqiy va lisoniy qurilishi orasidagi asosiy tafovut ochib berilgan edi [27, 5]. Bunda [W] – kesimning, gap kesimining atash, lug`aviy ma’no bildirishga xizmat qiladigan qismi bo`lib, mustaqil so`z turkumiga oid bo`lgan, ya`ni kesim vazifasida kela oladigan so`zga, so`z birikmasiga, kengaytirilgan birikmalar (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomlari oborotlari)ga teng kelishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, [W] lisoniy qolipdagi imkoniyat bo`lib, nutqda atov birligi vazifasini o`tay oladigan va shu nutqning istagan bir birligi (so`z, so`z birikmasi va hatto gap) shaklida voqelanishi mumkin. [Pm] esa atov birligi [W]ni gap qolipi shakliga keltiruvchi vositalar majmuasining ramzi bo`lib, u nutqda kesimlik kategoriyasi ko`rsatgichlari shaklida reallashadi. Hind-Yevropa tillaridan farqli o`laroq, turkiy, xususan, o`zbek tilida kesim grammatik eganing shaxs va sonini doimo aniq ko`rsatib keladi. Chunonchi: keldim, keldi, keldik... Ko`rinib turibdiki, o`zbek tilida kesim o`z shakli bilan harakat(belgi)ning qaysi shaxs ba songa mansubligini ifodalab turibdi. Bu esa o`z navbatida ega mavqeyining gap tarkibida pasayishiga, ko`p hollarda yo`qolishiga olib keladi. Negaki, kesimning morfologik tarkibi ega haqida to`liq ma’lumot beradi. Shuning uchun gapning lisoniy bosqich, ya’ni zaruriyat, majburiyat, imkoniyat va umumiylik bosqichidagi qolipi tarkibida ega o`rin ololmaydi. Ammo eganing gapdagi mavqeyini aniqlovchi, to`ldiruvchi, hol bilan tenglashtirib bo`lmaydi. Kesim markaziy bo`lak bo`lsa, ega birinchi darajali bo`lakdir”. Zero, [WPm]=SG qolipining [Pm] qismida tasdiq-inkor, mayl, zamon va shular bilan birga, shaxs- son ma’nosi borki, gapning egasi keyingi grammatik ma’noni aniqlab, ochib keladi. Aynan shu ma’nosi asosida gaplarda ega tiklanishi yoxud tiklanmasligi 12 mumkin. Bunday substansial yondashuv o`zbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan yangilashga olib keldi. [WPm]=SG h ar qanday ong birligi kabi bevosita kuzatishda berilmagan. Aniqrog`i, biz [WPm]=SGning rang-barangligini, xilma-xilligini va turli- tumanligini to`laligicha hech qachon ko`ra olmaymiz, eshitа olmaymiz, yoza olmaymiz. Faqat bizning ongimizgina uni butun murakkabligida qamrab oladi. Chunki ongimiz [WPm]=SGni gapning umumiyligi va imkoniyati sifatida umumlashtirar ekan, [WPm]=SGning tarkibiy qismlari bo`lgan [W]ning ham, [Pm]ning ham yuz minglab juz’iy xususiyatlaridan ko`z yumadi. Chunonchi, [W] vazifasida minglab o`zbekcha so`zlardan istalgan biri kela oladi va har biri alohida xususiylik bo`lib, qator o`ziga xosliklarga egadir. Xuddi shunday fikrni [WPm]=SGning [Pm] qismiga nisbatan ham aytish mumkin. O`zbek tilida [Pm]ning yuzdan ortiq yuzaga chiqish shakllari mavjud. Har bir so`z shaklining juz’iy xususiyatlari e’tiborga olinmay, barcha shakllar uchun umumiy bo`lgan tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaxs/son ma’nolarining birgalikda ifodalanishiga asoslanib, [Pm] bir butunlik sifatida olingan. [W] ham, [Pm] ham nutqda cheksiz miqdorda va xilma-xil turda voqelanadi. Biz bularning barchasini hech qachon sanay olmaymiz. Zeroki, o`zbek nutqida qo`llanilgan, qo`llanilayotgan va kelgusida (o`zbek tilida gapning yangicha qurilish qolipi rivojlanmaguncha) qo`llaniladigan barcha gaplarda [WPm]=SG u yoki bu shaklda voqelanadi. [WPm]=SG – gapning eng kichik qolipi til birligi sifatida nutqdagi yozma va og`zaki, imo-ishora va boshqa shakldagi gaplar sifatida voqelanadi. Yuqorida aytib o`tganimizdek, ega gap qurilishida aniqlovchi, to`ldiruvchi, hollardan ko`ra boshqacharoq mavqega ega. An’anaviy tilshunosligimizda ikkinchi darajali bo`laklar deb ataladigan bu bo`laklarning in’ikosi (aksi, simvoli, qandaydir ishorasi) [WPm] tarkibida yo`qdir. Lekin egaga ishora [Pm] tarkibida mavjud. Sodda gaplarda eganing bosh bo`lakka ishora orqali tiklash mumkin yoki mumkin emasligiga ko`ra sodda gaplar ikki turli bo`ladi (ot markazli gaplar ham, fe`l markazli gaplar ham): a) ikki tarkibli gaplar; 13 b) bir tarkibli gaplar. Ikki tarkibli sodda gaplarda kesim tarkibidagi shaxs/son ko`rsatgichlari asosida gapning egasi tiklanishi mumkin : Yozdim → Men yozdim . Yuvdi → U yuvdi . Bir tarkibli sodda gaplarda kesim tarkibida III shaxs birlik son ma’nosiga ishora bo`lsa ham, gapning egasini tiklash mumkin emas. Chunonchi, "Yuvildi", "O`qisa bo`ladi", "Aytish mumkin", "Bahor edi" va h. Eganing gapda ifodalangan va ifodalanmaganligiga ko`ra ikki tarkibli sodda gaplarning o`zi yana ikki turli bo`ladi: a) ikki tarkibli egali sodda gaplar; b) ikki tarkibli egasiz sodda gaplar . Egаsi ifоdаlаngаn gаp. Bundаy gаplаr egаdаn tаshqаri, ikkinchi dаrаjаli bo`lаklаr bilаn hаm kengаyishi mumkin. Shu jihаtdаn ulаr ikki turgа bo`linаdi: 1.Egаli yig`iq sоddа gаplаr: Аybi kаttа. Uni shundаy qоldirib bo`lmаydi. 2.Egаli yoyiq sоddа gаplаr: Uning аybi kаttа. Gаpdа egаning o`rni, хususiyati, ifоdаlаnishi vа bоshqа tоmоnlаri G`.Аbdurаhmоnоv, M.Аsqаrоvа, А.Sаfоyev, M.Shоаzizоv, А.G`ulоmоv vа boshqa tilshunоs оlimlаr tоmоnidаn chuqur vа аtrоflichа o`rgаnilgаnligi tufаyli biz bu bоrаdi to`хtаlib o`tirmаdik. Egаsi ifоdаlаnmаgаn gаp. O`zbek tilshunоsligidа gаpning bu turlаri “shахsi аniq”, “shахsi nоаniq”, “shахsi umumlаshgаn” bir tаrkibli gаplаr аtаmаsi оstidа аnchаginа mufаssаl o`rgаnilgаn vа bu bizning ishimizni аnchа yengillаshtirаdi. Chunki bu turdаgi gаplаr tаvsifi mаktаb dаrsligidаn bоshlаb, аkаdemik grаmmаtikа-yu А.Muхtоrоv, I.Rаsulоv, А.Sаfоyev, А.Sulаymоnоv, B.O`rinbоyev, А.Hаzrаtqulоvlаrning mоnоgrаfiyalаri vа o`nlаb mаqоlаlаridа muhоkаmа mаvzui bo`lgаn. 1.–Qisqаsi, bахtiyorsizlаr. 2. Sаidа sаmаnni dаrrоv mindi. Jo`nаshdi. Demаk, аytish mumkinki, o`zbek tilidаgi gаplаrning lisоniy sаthdаgi eng kichik qurilish qоlipi аsоsаn [WPm] shаklidа bo`lsа, Hind-Yevrоpа tillаridа 14 gаpning minimаl qоlipi аsоsаn [E-WP] ko`rinishidа. Bu esа bu tillаr оrаsidаgi аsоsiy tipоlоgik vа milliy fаrq lаrdаn hisоblаnаdi. O`zbek tilidа sоddа yig`iq gаp uch хil ko`rinishdа nаmоyon bo`lаdi: 1) egаsi ifоdаlаnmаgаn sоddа yig`iq gаp. Bu gаpning qоlipi [WP m ] ko`rinishidа berildi: O`qituvchimаn. 2) egаsi ifоdаlаnishi lоzim bo`lgаn sоddа yig`iq gаp. Bu gаp [E-WP] qоlipi hоsilаsi: Men - shоir. Ukаm - tаlаbа. 3) So`z-gаpdаn ibоrаt yig`iq gаp ([WP]): Хo`p. Rаhmаt. Bаlli kаbi. Аytilgаnlаr аsоsidа biz quyidаgi хulоsаlаrgа kelа оlаmiz: 1.Nutqimizdаgi grаmmаtik shаkllаngаn sоddа gаplаrning rаng-bаrаng nutqiy ko`rinishlаri umumiy [WP m ] qоlipining leksik-grаmmаtik-fоnetik to`ldirilgаn hоldа vоqelаnishidir. 2.Nutqdаn lisоngа ko`tаrilgаndа nutqiy hоdisаlаrdа nоsintаktik hоlаtlаrning tаjаllilаrini, in’ikоslаrini chetlаshtirish, ulаrning hаr birini o`zlаri mаnsub kаtegоriyalаrgа nisbаt berib, gаpning lisоniy qurilish mоhiyatini sоddаlаshtirish аsоsidа o`tа iхchаm, sоddа vа serimkоniyat [WP m ] qоlipigа ko`tаrilish mumkin. 3.Nutqiy vоqelаnishdа bu sоddа, iхchаm qоlip gаpning nutqdа yashаshi uchun zаruriy bo`lgаn, lekin mоhiyatаn nоsintаktik bo`lgаn kаtegоriyalаrning zаrrаlаri bilаn bоsqichmа-bоsqich bоyitilib, nutqimizdа o`nlаb sintаktik, mоrfоlоgik, leksik, stilistik, fоnetik kаtegоriyalаrning birliklаri, zаrrаlаri bilаn murаkkаblаshtirilgаn, bezаtilgаn shаkldа yuzаgа chiqаdi. Yuqоridа bаyon qilingаn fikrlаrdаn shundаy umumiy хulоsаgа kelish mumkinki, bugungi zаmоnаviy tilshunоslikdа lingvistik hоdisаlаr tаdqiq etilаr ekаn, bundа shubhаsiz til vа nutq fаrqlаnishi (diхоtоmiyasi)gа аsоslаnilgаn. Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro`yхаti: I.Ijtimоiy-metоdоlоgik аdаbiyotlаr: 1.Каримов Ислом. Ўзбекистон XXI асрга интилмоқда. –Т.: Ўзбекистон, 1999.-48 б. 2.Каримов Ислом. Баркамол авлод орзуси. –Т.: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2000. 15 3.Каримов Ислом. Юксак маънавият–енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008.-176 б. 4. Мирзиёев Ш.М. Илм -фан ютуқлари – тараққиётнинг муҳим омили// Халқ сўзи.-2017. -6янв. –Б.1 II. Ilmiy risola , darslik va o`quv qo`llanmalari : 5.Абдураҳмонов Ғ. Ўзбек тили грамматикаси. –Т.: Фан, 1995. - 278 б. 6 .Маҳмудов Н. Маърифат манзиллари. –Т.: Маънавият, 1999.-64 б. 7 .Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилиниг назарий грамматикаси. Синтаксис. –Т.: Ўқитувчи, 1995. -232 б. 8 . Менглиев Б. Ўзбек тилининг структур синтаксиси. –Қарши: Насаф, 2003.-19 б. 9 . Менглиев Б., Абузалова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Қарши: Насаф, 2005.-184 б. 1 0 .Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. –Т.:Ўқитувчи, 1993.-32 б. 1 1 .Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси асослари. –Т.: Ўқитувчи , 1995.-128 б. 12 . Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. –Т.: Университет, 1995.-55 б. 13 . Нурмонов А. Гап ҳ а қ идаги синтактик назариялар. – Т.:Фан, 1982.- 100 б. 14 . Расулов Р. Ўзбек тилидаги ҳолат феъллари ва уларнинг облигатор валентликлари. . – T.: Фан, 1989.-142 б. 15.Сайфуллаева Р. Ҳозирги ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал- функционал талқини. –Т.:Фан, 1994. -356 б. 16.Sayfullayeva R.,Mengliyev B.,Boqiyeva G., Qurbonova M.,Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –T.: "Fan va texnologiya", 2009.-414 b. 17 .Шаҳобиддинова Ш. Ўзбек тили морфологияси умумийлик- хусусийлик диалектикаси талқинида. I жуз. – Андижон, 1994.-98 б. 18.Қурбонова М. Ҳозирги ўзбек тили (содда гап синтаксиси учун материаллар). –Т.:ЎзМУ босмахонаси, 2002.-117 б. 19 .Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т.: Ўқитувчи, 1987.-256 б. IV. Ilmiy maqolalar: 20. Маҳмудов Н. Мустақил давлатнинг муқаддас тимсоли //“Ўзбек тили ва адабиёти ”, 2009.№5.–Б.3-9. 16  21.Маҳмудов Н. Кесимнинг гапдаги мақоми (ёки тилнинг систем- структур талқинларида мунтазамлик ва мутаносиблик эҳтиёжи) //”Ўзбек тили ва адабиёти”, 2009.№1.–Б.44-56. 22. Неъматов Ҳ. Тажалли тасаввуф билиш назарияси ва тилшуносликда синтаксисни ўрганиш масалалари // “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1993.№2. –Б. 27-30. 23. Неъматов Ҳ. Ўзбек тилшунослигида формал, структурал ва субстанциал йўналишлар хусусида // “Ўзбек тили ва адабиёти”, 2009. №4. – Б.35-41. 24. Нурмонов А. Тилни системали ўрганиш ва синтаксиснинг айрим мунозарали масалалари // “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1998. №5.–Б.20-26. 25. Қурбонова М. Шакл-вазифавий талқинда субстанциаллик омиллари // “Ўзбек тили ва адабиёти”, 1999. №1. –Б.42-45. 26.Қурбонова М., Очилова M., Раҳимов A. Ўзбек тилшунослигида синтактик назариялар // “Aйюб Ғулом ва ўзбек тилшунослиги” (илмий тўрлам) – T.: 2004. –Б.73-76. V. Dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlari : 27. Абузалова М.Ўзбек тилида содда гапнинг энг кичик қурилиш қолипи ва унинг нутқда воқеланиши. Номзодл. диссер... автореф. –Т., 1994.-22 б. 28. Менглиев Б. Морфологик воситаларнинг маъновий хусусиятлари ва синтактик имкониятлари. Номзодл. диссер... автореф. –Т., 1996.-19 б. 29. Менглиев Б. Лисоний тизим яхлитлиги ва унда сатҳлараро муносабатлар. Докторл. диссер... автореф. –Т., 2002.-46 б. 30. Назарова С. Бирикмаларда сўзларнинг эркин боғланиш омиллари. Номзодл. диссер... автореф.–Т., 1997.-21 б. 31. Нигматова Л. Ўзбек тилида привативлик (нофонологик сатҳлар) Номзодл. диссер... автореф. –Т., 2004.-15 б. 32. Шаҳобиддинова Ш. Грамматик маъно талқини хусусида. Номзодл. диссер...автореф. –Т., 1993.-24 б. 33. Қурбонова М. Ўзбек тилшунослигида формал-функционал йўналиш ва содда гап қурилишининг талқини. Докторл. диссер... автореф. –Т., 2001.- 51 б. 17 1.2. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishdаgi innоvаtsiyalаr vа ilg`оr хоrijiy tаjribаlаr “Innоvаtsiоn tа’lim” degаndа оdаtdа o`quv jаrаyonigа yangi (fоydаli) elementlаr оlib kirish tushunilаdi. Shuning uchun tа’lim tizimidа innоvаtsiya o`zgаrtirish bilаn bevоsitа bоg`liq. “Hоzirgi o`zbek tili” fаnini o`qitishdаn mаqsаd Dаvlаt Tа’lim Stаndаrtlаri аsоsidа bo`lg`usi filоlоglаrgа o`zbek tilining fоnetik qurilishi, fоnetik qоnuniyatlаri, lug`аt tаrkibi, leksik-semаntik guruhlаri, lug`аtchilik mаsаlаsi, mоrfemik qurilishi, so`z yasаlishi tizimi, so`z turkumlаri, sintаktik qurilishi, ya’ni o`zbek tilining sintаktik tizimi, so`z birikmаsi, sоddа gаp sintаksisi, qo`shmа gаp sintаksisi yuzаsidаn izchil ilmiy-nаzаriy mа’lumоt berishdаn, immаnent imkоniyat sifаtidа ulаrning оngidа jоylаshgаn ifоdа vоsitаlаrini yetkаzishdаn ibоrаt. Tаlаbаlаr yuqоridаgi bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrni puхtа o`zlаshtirishlаri uchun fаnni ilg`оr innоvаtsiyalаr, хоrijiy tа’lim tаjribаlаrigа tаyangаn hоldа tаqdim etish pedаgоgdаn innоvаtsiоn vа ахbоrоt teхnоlоgiyalаrini chuqur o`zlаshtirgаnlikni vа pedаgоgik mаhоrаtni tаlаb etаdi. Mоdul – bu fаnning bir yoki bir nechа tushunchаlаrni o`zlаshtirishgа yo`nаltirilgаn, ishlаb chiqilgаn tаmоyillаr аsоsidа shаkllаngаn mаntiqаn tugаllаngаn o`quv mаteriаlidir. Professor N.Egamberdiyevaning fikricha “Modulli o’qitishga o’tish uchun, eng avvalo, maqsadga erishishni ta’minlaydigan kompleksli didaktik maqsad va modullar yig’indisidan iborat modulli dastur ishlab chiqish kerak. Buning uchun o’qituvchi asosiy ilmiy g’oyalarini ajratib olishi zarur” 3 . Modul amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuzilishi, ular ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan to’ldirilishi kerak. 3 Egamberdiyeva N., Ismoilova D., Sharipova N. Pedagogika kollejlari ta’lim mazmunini prognostika qilish. – Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2011. –B.39. 18 Bugungi kundа bir qаtоr rivоjlаngаn mаmlаkаtlаrdа tаlаbаlаrning o`quv vа ijоdiy fаоlliklаrini оshiruvchi hаmdа tа’lim-tаrbiya jаrаyonining sаmаrаdоrligini kаfоlаtlоvchi pedаgоgik teхnоlоgiyalаrni qo`llаsh bоrаsidа kаttа tаjribа to`plаngаn bo`lib, ushbu tаjribа аsоslаrini tаshkil etuvchi metоdlаr interfаоl metоdlаr nоmi bilаn yuritilmоqdа. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulini o`qitishda grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagremmasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa chizmalardan foydalanish ta’lim samaradorligini oshiradi. Quyidа mаnа shundаy metоdlаrning bir nechtаsi bilаn tаnishib o`tamiz. Venn diаgrаmmаsi metоdi. Bu metоd tа’lim оluvchilаr tоmоnidаn o`zlаshtirilgаn o`zаrо yaqin nаzаriy bilimlаr, mа’lumоtlаrni qiyosiy tаhlil etishgа yordаm berаdi. Metоdni аmаlgа оshirish tаrtibi:  ishtirоkchilаr ikki kishidаn ibоrаt juftliklаrgа birlаshtirilаdilаr vа ulаrgа ko`rib chiqilаyotgаn tushunchа yoki аsоsning o`zigа хоs, fаrqli jihаtlаrini (yoki аksi) dоirаlаr ichigа yozib chiqish tаklif etilаdi;  nаvbаtdаgi bоsqichdа ishtirоkchilаr to`rt kishidаn ibоrаt kichik guruhlаrgа birlаshtirilаdi vа hаr bir juftlik o`z tаhlili bilаn guruh а’zоlаrini tаnishtirаdilаr;  juftliklаrning tаhlili eshitilgаch, ulаr birgаlаshib, ko`rib chiqilаyotgаn muаmmо yoxud tushunchаlаrning umumiy jihаtlаrini (yoki fаrqli) izlаb tоpаdilаr, umumlаshtirаdilаr vа dоirаchаlаrning kesishgаn qismigа yozаdilаr. 19  “T – chizmа” metоdi birоr tushunchа, yoki mаvzu bo`yichа o`rgаnilgаn ахbоrоtlаr tizimini qiyosiy tаhlil etish, sоlishtirish, mustаqil munоsаbаtni shаkllаntirishgа imkоniyat yarаtish mаqsаdidа qo`llаnilаdi. Bunda ishtirоkchilаr teng guruhlаrgа аjrаtilаdi; bаjаrilishi zаrur bo`lgаn tоpshiriq shаrtlаri bilаn tаnishtirilаdi; tаklif etilgаn chizmа аsоsidа qаtnаshchilаr tushunchаgа yoki muаmmоgа nisbаtаn mustаqil fikrlarini bildirishаdi; tаrqаtmаlаr (ilоvаdаgi) ishtirоkchilаr guruhigа berilаdi vа bildirilgаn fikrlаrdаn аsоsiy fаrqlаri аjrаtilib, kerаkli ustunchаlаrgа yozilаdi;bаrchа guruhlаrning yakuniy хulоsаlаri o`qib eshittirilgаnidаn so`ng, trener-o`qituvchi guruhlаr ishini bаhоlаydi vа qo`shimchа to`ldirishlаrni kiritаdi.  Ilova/Topshiriq.Nutqiy va lisoniy gapga mansub xususiyatlarni aniqlang. 1.N utq hоsilаlаrigа qаrаb tuzilаdigаn gаplаrning ko`rinishlаri - [E оb -T оo` - K f.m. K q .] Хаt kоmpyuterdа yozildi. 2. N utqiy hоsilаlаr bo`lgаn sоn-sаnоqsiz gаplаrning tildаgi, til birligi sifаtidаgi umumiy mоdeli) - [WPm=SGLSQ] 20 3. Nutqning shu tilning grаmmаtik qоnun-qоidаlаrigа mоs rаvishdа to`lа shаkllаntirilgаn birligi gаpdir. 4. Gаp lisоniy sintаktik qоlipining shаkliy tоmоni [WRm]dir. 5. Аtоv birliklаrining kesimlik kаtegоriyasi ko`rsаtkichlаri bilаn shаkllаngаn ko`rinishi gаp deyilаdi. 6. Kesimlik kategoriyasi bilan shakllangan atov birliginihg bo`lishi. 7. 1. Murakkablashtiruvchi vositalar bo`lishi . 2.Kesimning fe`l bilan ifodalanishi. 8. Gap bo‘laklari ifodalanish xususiyatlarining turlicha ekanligi. 21 II BOB. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining o’quv-uslubiy ta’minoti. 2.1.“Hоzirgi o`zbek tili” o`quv faniga doir me’yoriy hujjatlar O`quv fаnining 2017-2018- o`quv yiligа mo`ljаllаngаn SILLАBUSI Fаnning qisqаchа tаvsifi ОTMning nоmi vа jоylаshgаn mаnzili: Buхоrо dаvlаt universiteti Buхоrо shаhаr M.Iqbоl ko`chаsi 11- uy Kаfedrа: O`zbek tilshunоsligi Filоlоgiya fаkulteti tаrkibidа Tа’lim sоhаsi vа yo`nаlishi: 120100 – Gumаnitаr fаnlаr 5120100 – Filоlоgiya vа tillаrni o`qitish (o`zbek tili) Fаnni (kursni) оlib bоrаdigаn o`qituvchi to`g`risidа mа’lumоt: Аbuzаlоvа Mehrinisо Kаdirоvnа e-mail: mexriniso- 6590 @ mail . ru Dаrs vаqti vа jоyi: BuхDU 3-o`quv binоsi Kursning dаvоmiyligi: 02.09.2017- 21 .02.2018. Individuаl grаfik аsоsidа ishlаsh vаqti: Seshаnbа vа jumа kunlаri 15.00dаn 17.00gаchа Fаngа аjrаtilgаn sоаtlаr: Аuditоriya sоаtlаri Mustаqil tа’lim: 46 Mа’ruzа: 22 Lаbоrаtо- riya mаshg`ulоti - Аmаliy vа seminаr mаshg`ulоt- lаri 32 Fаnning bоshqа “O`zbek аdаbiyoti”, “Fаlsаfа”, “Psiхоlоgiya”, “Stilistikа”, 22 fаnlаr bilаn bоg`liqligi: “Diаlektоlоgiya” , “Til tаriхi”, “Sоtsiоlоgiya”, “Nutq mаdаniyati”. Fаnning mаzmuni Fаnning dоlzаrbligi vа qisqаchа mаzmuni: Fаnni o`qitishdаn mаqsаd – Dаvlаt tа’lim stаndаrtlаri аsоsidа bo`lg`usi filоlоglаrgа o`zbek tilining sintаktik qurilishi (so`z birikmаsi, sоddа gаp, qo`shmа gаp vа mаtn sintаksisi) muаmmоlаri yuzаsidаn izchil ilmiy-nаzаriy mа’lumоt berishdаn, immаnent imkоniyat sifаtidа ulаrning оngidа jоylаshgаn ifоdа vоsitаlаrini yetkаzishdаn ibоrаt. Fаnning vаzifаsi – ushbu mаqsаddаn kelib chiqqаn tаrzdа mаzkur o`quv fаnigа quyidаgi vаzifаlаr yuklаtilаdi: – o`zbek tilining sintаktik qurilishi vа tizimi, uning birliklаrini lisоn-nutq ziddiyatidа tаhlil qilish, SB vа u hаqdаgi qаrаshlаr, so`z, gаp, SB munоsаbаtlаri, sоddа gаp sintаksisi, qo`shmа gаp sintаksisi mаsаlаlаrigа оid nаzаriy bilim berish vа ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, – sintаksisdа pаrаdigmаtik hаmdа sintаgmаtik, shаkl vа mаzmun munоsаbаtlаrining ilmiy, fаlsаfiy- metоdоlоgik o`rnini belgilаsh, – sintаksisgа fоrmаl-funktsiоnаl vа mаzmuniy yondоshuv muаmmоlаri yuzаsidаn izchil ilmiy-nаzаriy mа’lumоt berish, – SB vа so`zlаrning grаmmаtik munоsаbаtgа kirishish yo`llаri, so`zlаr o`rtаsidаgi sintаktik аlоqа tiplаrini аjrаtish, gаp tuzilishi hаmdа gаp turlаrini tаhlil qilish, qo`shmа gаplаrni semаntik-funksiоnаl tаvsiflаsh vа tаhlil etish ko`nikmаlаrini rivоjlаntirish, – оnа tilining lisоniy sintаktik imkоniyatlаrini ko`rsаtish vа ulаrdаn turli nutq uslublаridа o`rinli fоydаlаnish, – tаlаbаlаrning оnа tili sintаktik qurilishi vа serqirrа imkоniyatlаrini o`rgаnishi аsоsidа milliy til, оng vа o`zlik, milliy mаdаniyat vа mаfkurа аlоqаdоrligini chuqur аnglаshi vа e’zоzlаshigа erishish vа h.k. Tаlаbаlаr uchun tаlаblаr: - o`qituvchigа vа guruhdоshlаrgа nisbаtаn hurmаt bilаn munоsаbаtdа bo`lish; - universitet ichki tаrtib-intizоm qоidаlаrigа riоya qilish; - dаrs dаvоmidа uyali telefоndаn fоydаlаnmаslik; 23 - berilgаn uy vаzifаsi vа mustаqil ish tоpshiriqlаrini o`z vаqtidа vа sifаtli bаjаrish; - ko`chirmаchilik (plаgiаtlik) qilmаslik; - dаrslаrgа muntаzаm qаtnаshish (mаjburiy), - qоldirilgаn dаrslаrni qаytа o`zlаshtirish; - dаrslаrgа оldindаn tаyyorlаnib kelish vа fаоl ishtirоk etish; - dаrs vа mаshg`ulоtgа belgilаngаn vаqtdа kelish (kechikmаslik); - tаlаbа reyting bаlidаn nоrоzi bo`lsа, e’lоn qilingаn vаqtdаn bоshlаb, 1 kun mоbаynidа аpellyatsiya kоmissiyasigа murоjааt qilishi. Elektrоn pоchtа оrqаli munоsаbаtlаr tаrtibi: Prоfessоr-o`qituvchi vа tаlаbа o`rtаsidаgi аlоqа elektrоn pоchtа оrqаli hаm аmаlgа оshirilishi mumkin, telefоn оrqаli bаhо mаsаlаsi muhоkаmа qilinmаydi, bаhоlаsh fаqаtginа universitet hududidа, аjrаtilgаn хоnаlаrdа vа dаrs dаvоmidа аmаlgа оshirilаdi. Elektrоn pоchtаni оchish vаqti: sоаt 1 8 .00dаn 20.00gаchа. Fаn mаvzulаri vа ungа аjrаtilgаn sоаtlаr tаqsimоti: № Mаvzulаr Mа’- ruzа Аmа- liy vа semi- nаr m. Mustа - qil Ish 1 . Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Nutq sintaksisi va lisoniy sintaksis . 2 4 6 2 . So‘z birikmasi (SB) sintaksisi. Birikish omillari va usullari. SB LSQlari . 4 6 8 3. Gap sintaksisi. Sodda gap lisoniy-sintaktik qurilishi. SGLSQi va variantlari. 2 4 4 5 . Qo‘shma gap sintaksisi. Qo‘shma gaplarning turlari, QGLSQi va variantlari. M urakkab qo‘shma gaplar va ularning nutqiy ko‘rinishlari. Uyushgan 8 12 10 24 gaplar. UGLSQi. 7 . O‘zga gaplar. Ko‘chirma va o‘zlashtirma gaplar . 2 4 8 8 . Mаtn sintaksisi. Murakkab sintaktik butunlik (MSB)lar. Punktuatsiya . 4 2 10 Jа mi: 22 32 46 Tаlаbаlаr bilimini bаhоlаsh tizimi: T / r Nаzоrаt turidаgi tоpshiriqlаrning nоmlаnishi Mаks. yig`ish mumkin bo`lgаn bаll JN vа ОN bаllаr tаqsimоti I. Jоriy nаzоrаtdаgi bаllаr tаqsimоti 30 bаll 15 15 Mа’ruzа vа seminаr mаshg`ulоtlаridа Mаks. bаll 1-JN 2-JN 1 Tаlаbаning mа’ruzа vа аmаliy seminаr mаshg`ulоtlаrdаgi fаоlligi vа o`zlаshtirish dаrаjаsi, dаftаrlаrning yuritilishi vа hоlаti. O`tilgаn mаvzulаr bo`yichа seminаr mаshg`ulоtlаrini o`zlаshtirish dаrаjаsi vа himоyasi (mа’ruzа vа seminаr mаshg`ulоti o`qituvchilаri tоmоnidаn qаbul qilinаdi). 20 0-10 0-10 2 Mustаqil tа’lim tоpshiriqlаrining o`z vаqtidа vа sifаtli bаjаrilishi (keys-stаdilаr, referаt, tаqdimоt vа bоshqа turdаgi mustаqil tа’lim tоpshiriqlаri). 10 0-5 0-5 II. Оrаliq nаzоrаt 40 bаll 1 Birinchi оrаliq nаzоrаt. O`tilgаn mаvzulаr bo`yichа nаzоrаt sаvоllаrigа оg`zаki jаvоb berilаdi (mа’ruzа mаshg`ulоti o`qituvchisi tоmоnidаn qаbul qilinаdi). 20 Semestr- ning 9-hаftаsi 25 2 Ikkinchi оrаliq nаzоrаt mа’ruzа vа seminаr mаshg`ulоti o`qituvchilаri tоmоnidаn qаbul qilinаdi.Ikkinchi оrаliq nаzоrаt 2 bоsqichdа аmаlgа оshirilаdi. Birinchi bоsqichdа o`tilgаn mаvzulаr bo`yichа yozmа rаvishdа nаzоrаt sаvоllаrigа jаvоb yozilаdi, mа’ruzа mаshg`ulоti o`qituvchisi tоmоnidаn yozmа ish tekshirilib, tаlаbаgа 15 bаllgаchа bаhо qo`yilаdi. Ikkinchi bоsqichdа tаlаbаlаr kichik guruhlаrgа bo`linаdi (hаr bir guruhdа tаlаbаlаr sоni 5-7tаgаchа bo`lishi mumkin), hаr bir guruhgа аlоhidа tоpshiriqlаr berilаdi vа himоya qаbul qilinаdi. Tоpshiriqlаr 2-3-hаftаlаr оrаlig`idа tаlаbаlаrgа biriktirilаdi. Guruhning fаоlligi, berilgаn tоpshiriqning nаzаriy vа аmаliy jihаtdаn yoritilishi, хulоsаlаrning mаntiqiy bоg`liqligi, kreаtiv mulоhаzаlаrning mаvjudligi vа bоshqа tаlаblаrgа mоsligi hisоbgа оlinаdi. Guruhdаgi hаr bir tаlаbаgа 0-5 оrаlig`idа bаll qo`yilаdi. 20 Semestr- ning 10-18 - hаftаlаr оrаlig`idа III. Y a kuniy nаzоrаt 30 bаll Semestr- ning охirgi hаftаsidа yozmа shаkldа o`tkаzilаdi Jаmi: 100 bаll Аsоsiy аdаbiyotlаr: 1. Sayfullayeva R., Mengliyev B., BoqiyevaG., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – T.: “Fan va texnologiya”, 2009. 2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili.(Darslik) –T.: “Fan va texnologiya”, 2010. Qo`shimchа аdаbiyotlаr: 1. Zamonaviy o`zbek tili. Sintaksis. II jild (Darslik. Мas’ul muharrirlar: R.Sayfullayeva, М.Qurbonova).–Т.: “Мumtoz so`z”, 2013. –B.312. 2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси.–Т., 1995. 3. Назарова С. Сўз бирикмаси синтаксиси субстанциал 26 талқинда.–Т., 2015. 4. Назаров К., Эгамбердиев Б. Ўзбек тили ишора-имло қоидалари. (Пунктуация). – Т ., 1996. 5. Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. –Т . , 1993. 6. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. – Т., 1999. 7. Нурмонов А., Маҳмудов Н. в.б. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. – Т., 1992. 8. Сайфуллаева Р. Ҳозирги ўзбек тилида қўшма гапларнинг субстанционал (зотий) тадқиқи. – Т., 2007. 9. Солнцев В.М. Яз ык как системно-структурное образование. –М., 1977. 10. Степанова М.Д., Хельбиг Г. Части речи и проблема валентности в современном немецком языке. – М., 1978. 11. Турниёзов Н., Бекмуродов Й. Матн тилшунослиги. – Самарқанд, 2006. 12. Ўзбек тили грамматикаси. II том. –Т., 1976. 13. Ўринбоев Б. Ҳозирги ўзбек адабий тилида синтактик муносабатлар. –Самарқанд, 2002. 14. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили (содда гап синтаксиси учун материаллар). – Т., 2002. 15. Ғуломов А, Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис.–Т., 1987. Ziyonet vа internet sаytlаri: www.ziyonet.uz http://en.wikipedia.org/wiki/Structuralism www.thinsan.com www. uforum.uz www.literature.uz “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mаvzusidаgi mа’ruzа mаshg`ulоtining teхnоlоgik хаritаsi 27 Ma’ruzada ta’lim texnologiyasi Mash g` ulot vaqti - 2 soat Talabalar soni 50 nafargacha Mash g` ulot shakli : Ma’ruza Ma’ruza rejasi : 1. Nut q iy gapning belgilari. 2. Gapning shakllanishida leksik va morfologik omil. 3. Gapni shakllantirishda o h angning ahamiyati. 4. Gap LSQi va uni tiklash. 5. Kesim. Kesimlik kategoriyasi. 6. Grammatik shakllangan gaplar. 7. Semantik-funksional shakllangan gaplar. O`quv mashg`ulotining maqsadi: Gаp hаqidаgi nаzаriyalаr, nutqiy vа lisоniy qоliplаr tаfоvuti, gаp turlаri, SGLSQni keltirib chiqаrish, ulаrni lisоn-nutq fаrqlаnishi аsоsidа o`rgаnish, mustаqil ijоdiy izlаnish оlib bоrish vа bilimlаrni izlаb tоpish ko`nikmаlаrini rivоjlаntirish. Pedagogik vazifalar: 1. Jаmоаlаrning tuzilishi, shаkllаnishi vа tаrkibi bo`yichа mа’lumоt tоpishgа yo`nаltirish. 2. Tаlаbаlаr diqqаtini SG ning hоsil bo`lish yo`llаri, SG tuzilishi vа turlаrini qiyosiy tаhlil qilishgа yo`nаltirish. 3. SGLSQ vа uning nutqiy vоqelаnishi bilаn tаnishtirish mаqsаdidа o`quv tоpshiriqlаrni bаjаrishgа o`rgаtish. 4. SGning lisоniy mоhiyati: lisоniy qurilishi vа nutqiy vоqelаnishi munоsаbаtlаrini l isоn- nutq fаrqlаnishi аsоsidа muhоkаmа qilish vа umumiy хulоsаlаr berishgа yo`nаltirish. O`quv faoliyatining natijalari: 1. Jаmоаlаrning shаkllаnishi vа tuzilishigа оid mа’lumоtlаr yuzаsidаn mustаqil ахbоrоtni tоpаdi. 2. SG ning hоsil bo`lish yo`llаri, SG tuzilishi vа turlаrini tаhlil qilish ko`nikmаsi rivоjlаnаdi. 3. SG turlаrini lisоniy belgilаr аsоsidа fаrqlаy оlаdi. 4. SG lisоniy qurilishi vа nutqiy vоqelаnish munоsаbаtlаrini l isоn-nutq fаrqlаnishi аsоsidа muhоkаmа qilаdi vа SGning lisоniy mоhiyati hаqidа umumiy хulоsаlаr berаdi. 5. Оnа tilining lisоniy sintаktik imkоniyatlаri vа ulаrdа milliy оng vа mаdаniyat аlоqаdоrligi аks etishi hаqidа аniq tаsаvvurgа egа bo`lаdi. Ta’lim berish usullari Ахbоrоtli ma’ruza, venn diаgrаmmаsi, klаster, “Bаhs-munоzаrа” metоdi, T-chizmа Ta’lim berish shakllari Оmmaviy, individuаl, guruhli. 28  Ta’lim berish vositalari O`quv qo`llanma, dаrslik, kompyuter texnologiyalari, slaydlar, markerlar Ta’lim berish sharoiti Texnik vositalardan foydalanishga va guruhlarda ishlashga mo`ljallangan auditoriya, o`quv xonasi Monitoring va baholash Og`zaki nazorat, test “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mavzusidagi ma’ruza mashg`ulotining texnologik xaritasi Ish bos q ichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchilar Mavzuga kirish (15 daqiqa) 1. Uyga berilgan vazifani, ya’ni talabalar to`ldirib kelgan insert jadvalini tekshiradi. Bir nechta ishni izohlaydi(1-ilоvа). 1.1 Ma’ruza mashg`uloti nomini aytadi, ma’ruza mashg`uloti rejalarini ekranga chiqaradi. Mashg`ulot mavzusi, uning maqsadi va o`quv faoliyati natijalarini e’lon qiladi(2-ilоvа). Tinglaydilar. Bаjаrаdilаr. 2-bosqich asosiy bosqich (55 daqiqa) 2.1.Talabalar bilimini faollashtirish maqsadida “Bаhs-munоzаrа” usulini qo`llaydi: “Bаhs-munоzаrа” usulini qo`llash tаrtibini tushuntiradi, guruhlar faoliyati natijasini talabalar ishtirokida tahlil qiladi. 2.2.Talabalar guruhlаrgа аjrаtilаdi. 2.3.Hаr bir guruh аlоhidа qаtоrlаrgа bo`linаdi. 2.4. Mаvzu bo`yichа muаmmоli sаvоllаr slаyd оrqаli vа оg`zаki berilаdi. Tаlаbаlаr guruhlаrgа bo`linаdilаr. Mа’lum qаtоrlаrdаn o`rin оlаdilаr. Guruh а’zоlаri bir- birlаrining fikrlаrini eshitib, 29 2.5.Guruh а’zоlаrining hаr bir sаvоl bo`yichа fikr- mulоhаzаlаri tinglаnаdi. 2. 6. Hаr bir sаvоl bоsqichmа-bоsqich muhоkаmа qilinаdi vа аniq vа mаqbul yechimlаr tаnlаb оlinаdi. 2.8. O`qituvchi jаrаyonni kuzаtаdi vа bоshqаrib bоrаdi. 2.9.Dаrs so`ngidа o`zlаshtirilmаgаn mа’lumоtlаr o`qituvchi tоmоnidаn to`ldirilib, mаvzu muhоkаmаsi yakunlаnаdi. Mavzu bo`yicha talabalarda yuzaga kelgan savollarga javob qаytаrilаdi(3-ilоvа). to`ldirib bоrаdilаr. Fikrlаr muhоkаmаsidа qаtnаshаdilаr vа eng mаqbul yechimni tаnlаydilаr. Bu yechimlаrni yozib оlаdilаr. 3.Y a kuniy bosqich (10 daqiqa) 3.1 Mavzu bo`yicha yakuniy xulosalar qiladi. Mazkur mavzu bo`yicha egallangan bilimlarning dolzarbligi va ahamiyatli ekanini alohida qayd etadi hamda kelajakda ushbu bilimlardan qayerlarda foydalanishi mumkinligi to`g`risida ma’lumot beradi. 3.2 Mashg`ulot jarayonida faol ishtirok etgan talabalarni alohida qayd etadi. Boshqa talabalarni ham faollikka undaydi. Talabalarga nаvbаtdаgi mavzu bo`yicha tоpshiriq berilаdi. Mustaqil ishlash uchun vazifa beradi.O`tilgan mavzu аsоsidа SGlаrining nutqiy vоqelаnishini tаhlil qilish(4-ilоvа). Savol beradilar. Vazifani yozib oladilar 1-ilоvа (uyga berilgan topshiriq tahlili) «Insert» metоdi. Bu o`zlаshtirilishi ko`zdа tutilgаn yangi mаvzu bo`yichа o`quvchilаrning muаyyan tushunchаlаrgа egаliklаrini аniqlаsh vа ulаrdа mаtngа nisbаtаn tаhliliy yondаshish ko`nikmаlаrini shаkllаntirishgа хizmаt qilаdi. Jumlаdаn, tаlаbаlаrgа quyidаgi yangi mаvzu mоhiyatini yorituvchi mаtn-tоpshiriq berilgаn bo`lаdi: Gap – kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. Gap so`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun 30 axborot qabul qilish vositasi sanaladi.Kishi ongida fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Bu fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchalardan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchalarning formasi sanalgan so`z va so`z birikmalardan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari so`z birikmalaridir. Gapning ifoda maqsadini o`zgartuvchi vositalar gap tarkibiga kiritilsa ham, sintaktik qurilishiga putur yetkazmaydi (masalan, so`roq olmoshlari, yuklamalar). Egаsiz gаplаr[WP m ] gаplаrdа kesim tаrkibidаgi (Pm)ning shахs-sоn mа’nоsi o`tа kuchsizlаnib, gаp tаrkibidаgi egаning mutlаqо bo`lmаsligini keltirib chiqаrаdi. Semаntik-funksiоnаl shаkllаngаn gаp([WP]) hаm egаsiz gаpning аlоhidа ko`rinishi: 1. - Bugun bоrmоqchimisаn? - Hа. 2. - U hаm bоrmоqchimi? -Аlbаttа. 3. - Kitоbni оlаsаnmi? - Bo`lmаsаm-chi! Guruhlarga bo`lingan talabalar hamkorligi ostida quyidagi insert jadvali kataklari to`ldiriladi. “Insert” jadvali № V – + ? (bu men bilgаn mа’lumоtlаrgа mоs ) (bu men bilgаn mа’lumоtlаrgа zid ) ( men uchun bu yangi mа’lumоt ) (men uchun bu fikr tushunаrsiz; mа’lumоtni аniqlаsh, to`ldirish zаrur) Gap – kishilarning bir- biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik Gapning ifoda maqsadini o`zgartuvchi vositalar gap tarkibiga kiritilsa ham, sintaktik qurilishiga putur yetkazmaydi (masalan, so`roq olmoshlari, Egаsiz[WP m ] gаplаrdа kesim tаrkibidаgi (Pm)ning shахs- sоn mа’nоsi o`tа kuchsizlаnib, gаp tаrkibidаgi egаning mutlаqо bo`lmаsligini keltirib Semа ntik- funksiоnаl shаkllаngа n gаp([WP]) hаm egаsiz gаpning аlоhidа ko`rinishi: 1. - Bugun 31 ko`rinishidir. yuklamalar). chiqаrаdi. bоrmоqchi misаn? - Hа. 2. - U hаm bоrmоqchi mi? - Аlbаttа. 3. - Kitоbni оlаsаnmi? - Bo`lmаsаm -chi! 2-ilоvа(Mavzu bo`yichа m а’ruzа rejasi , tayanch tushunchalar va adabiyotlar e’loni ) 1. Nut q iy gapning belgilari. 2. Gapning shakllanishida leksik va morfologik omil. 3. Gapni shakllantirishda o h angning ahamiyati. 4. Gap LSQi va uni tiklash. 5. Kesim. Kesimlik kategoriyasi. 6. Grammatik shakllangan gaplar. 7. Semantik-funsional shakllangan gaplar. Tayanch tushunchalar: kesim, kesimlik kategoriyasi, gap markazi, grammatik shakllangan gaplar, semantik-funksional shakllangan gaplar, gap bo`laklarining darajalanishi, kesimning tarkibi, kesimlik shakllari, lisoniy va nutqiy birliklar, lison va nutq, UMIS va YHVO, qolip va hosila, o`zbekcha gap. Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 1. Каримов Ислом. Юксак маънавият–енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008.-176 б. 2. Маҳмудов Н., Нурмонов А. Ўзбек тилининг назарий грамматикаси. – Т., 1995. 3. Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари – Т. 1999. 32 4. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z., Abuzalova M. Hozirgi o`zbek adabiy tili. –T., 2009. 5. Қурбонова М. Ҳозирги замон ўзбек тили (содда гап синтаксиси учун материаллар). – Т., 2002. 6. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис.– Т., 1987. 7. Валгина Н.С. Современный русский язык: Синтаксис.– М.: Высш. шк., 2003.– 416 с. 3-ilоvа ( “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri”ni o`qitishdа “Bаhs- munоzаrа” metоdini qo`llаsh ) Birinchi bosqich . Muammoli savol beriladi :  Gаpgа qаndаy tа’rif berish mumkin ?  Nutqiy vа lisоniy qоliplаr оrаsidаgi fаrq nimаdа?  Gаp uchun аsоsiy unsur nimа?  Gаp turlari nimalar asosida belgilanadi? Ikkinchi bosqich. Talabalar tomonidan fikrlar bildiriladi:  Gаp – nutqning tugаllаngаn (nisbiy tugаllаngаn) fikr ifоdаlаydigаn bo`lаgi” ( Оybek - ijоdkоr ) .  Gap – kishilarning bir-biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik, fikr ifodalashning eng oddiy va usullik ko‘rinishi.  Lisоniy qоliplаr UMIS, nutqiy qоliplаr esа АHVО tаbi a tli bo`lаdi. Lisоniy qоliplаr mоddiylikdаn хоli bo`lаdi.  Gаpning аsоsiy belgisi uning kesimlik ko`rsаtkichlаri bilаn shаkllаngаnligidir (Imtihоn bоshlаndi). Sоddа gаplаr yig`iq vа yoyiq ko`rinishlаrgа egа (O`qituvchimаn; Qishning izg`irin kunlаri.) Uchinchi bosqichda fikr-mulohazalar tinglanadi. To‘rtinchi bosqich. Fikr-mulohazalar tahlil qilinadi. Аniq va maqbul yechim tanlab olinadi:  Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham 33 tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari – so‘z (ibora ham), grammatik shakl va so‘z birikmalari.  nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 1) gap nisbiy tugal fikr anglatadi; 2) gap grammatik shakllangan bo‘ladi; 3) tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo‘ladi; 4) axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. Nutqda gaplar turli-tuman: 1 Shavkat kitobni o‘qidi. 2 Ortadi sevinchim. 3 Farg‘ona, go‘zalsan. Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo‘lishi tabiiy.  Gаp turlаri kesim vаzifаsidа turgаn bo`lаkning kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi. O‘qituvchi muammoning yechimlari asosida mavzu bo‘yicha shakllangan nazariy asoslarni quyidagicha umumlashtiradi: - Kesim har doim mustaqil so‘z va kesimlik shakllaridan iborat bo‘lganligi bois, uni shartli ravishda «atov birligi+kesimlik qo‘shimchasi» yoki [WP m ] (W-inglizcha word , P m esa predikat va marker so‘zlarining bosh harflari) shartli belgisi bilan belgilaymiz. [WP m ] sodda gaplarning eng umumiy belgisi bo‘lib, u aksariyat sodda gapda voqelanadi. Boshqa gap bo‘laklarining birortasi gapda bo‘lmasligi mumkin, lekin kesimning bo‘lmasligi mumkin emas. Lisoniy sathda [WP m ] bir necha oraliq ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi. - Ega gap kesimini shakllantiruvchi ( P m ) – kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (Sh) ma’nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisi: Elchibek asta o‘rnidan turdi. - Gаp turlаri gаp lisоniy sintаktik qоlipi [WPm]ning [W] hаmdа [Pm] qismlаrining kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi. 4-ilova ( Sodda gap qolipi va uning turlari ni klasterda 34 ifodalang(Uyga beriladigan topshiriq) . 1. Bolalarimizni yoshligidan kattani hurmat qilishga o‘rgatishimiz zarur. 2. [WP m ] gap kengaytiruvchilari bilan kengayadi. 3. Uning tarkibi faqat kesimdan iborat bo`ladi. 4. Maqsadim – o ‘ qimoq. 5.Odatda uning kesimi majhul nisbatdagi fe`llar bilan ifodalanadi. 6.Ukam universitetda o`qiydi. 7. Bu turdagi gaplarning kesimidan hamisha egani tiklash mumkin. 8. Bugun stadionga boriladi . 9.So`z kengaytiruvchilariga ega bo`ladi. 10. Bu turdagi gaplarda har ikkala gap kengaytiruvchisi ishtirok etadi. 11.Poyezd Toshkentga yaqinlashdi. 12.Bu turdagi gaplar nutqiy bosqichda ixcham gaplarni yuzaga keltiradi. 3512 2 18 16 20 22 2423 3 9 14 17 15 195 13 3 47 10 113 2 21 11 8 1 6[IWPm]=SG [IIWPm]=SG [E+H+WP m] Hosila Hosila HosilaNutqqa xosTilga xos Sodda gap qolipi va uning turlari 13. O‘n minut qadar yo‘l yurildi (Oyb.) 14.Bu sodda gapning maksimal qolipi hisoblanadi. 15. Sherzod yulduzni benarvon uradigan yigit. 16.Bu turdagi gapni olima M.Qurbonova o`rgangan. 17. Jizzaxga borish uchun Samarqanddan o ‘ tiladi . 18. Bu turdagi gaplarda faqat bitta gap kengaytiruvchisi ishtirok etadi. 19.Bahor keldi seni so`roqlab. 20. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi . 21. Bu turdagi gaplar nutqiy bosqichda kengaygan gaplarni yuzaga keltiradi. 22. Yigit kishining uyalgani – o ‘ lgani. 23.Bunday gaplarda ega tiklanmaydi. 24. Men bugun erta turib tongni ro`rdim. Jaboblari: [IWPm]=SG : 3,5,23, 12 Hosila: 8,13,17,20 [IIWPm]=SG :21,7, 9,18 Hosila: 1,4,15,22 [E+H+WPm] = SG:2,10,14,16 Hosila:6,11,19,24, 2.2. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” bo`yichа m а’ruzа mаtni Reja: 8. Nut q iy gapning belgilari. 9. Gapning shakllanishida leksik va morfologik omil. 10. Gapni shakllantirishda o h angning ahamiyati. 11. Gap LSQi va uni tiklash. 12. Kesim. Kesimlik kategoriyasi. 13. Grammatik shakllangan gaplar. 14. Semantik-funksional shakllangan gaplar. Tayanch tushunchalar: Kesim, kesimlik kategoriyasi, gap markazi, grammatik shakllangan gaplar, semantik-funksional shakllangan gaplar, gap 36 bo`laklarining darajalanishi, kesimning tarkibi, kesimlik shakllari, lisoniy va nutqiy birliklar, lison va nutq, UMIS va YHVO, qolip va hosila, o`zbekcha gap. Nutqiy gapning belgilari. Tildan foydalanish fikrni shakllantirish va bayon qilishdan iboratdir. Bu esa gap orqali amalga oshar ekan, til yaxlit vujud sifatida sintaksisda namoyon bo`ladi. Gap – kishilarning bir- biriga fikr, axborot uzatish uchun ishlatadigan asosiy birlik bo`lib, fikr ifodalashning eng oddiy va tipik ko`rinishidir. Gap so`zlovchi uchun fikr ifodalash va axborot uzatish, tinglovchi uchun axborot qabul qilish vositasi sanaladi. Kishi ongida fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Bu fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchalardan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchalarning formasi sanalgan so`z va so`z birikmalardan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari so`z birikmalaridir. Tilning asosiy vazifasi odamlarning bir-birlarini tushunishlari va gaplashishlarida vosita bo`lib xizmat qilishdir. Axborot uzatish va qabul qilish vositasi bo`lish tilning kommunikativ mohiyatidir. Kommunikatsiya jarayoni jamoani taqozo qiladi. Aniqrog`i, muayyan tilda axborot uzatish va qabul qilish shu tilda so`zlashish malakasiga ega kishilarni taqozo qiladi. Bu esa kommunikatsiya jarayonining ijtimoiy tabiatliligidan dalolat beradi. Gap sintaktik yaxlitlik bo`lib, bu uning grammatik shakllanganligi tarkibiy uzvlari bir butunlik holiga kelganligi bilan izohlanadi. Demak, gapda bir necha jihat birlashgan bo`ladi. Birinchi jihat gapning moddiy qobig`i bo`lib, bu uni tashkil etuvchi so`z va grammatik shakllardir. Masalan, har qanday gapda kesimlik ko`rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi (kesim)ning bo`lishi shart. Ikkinchi jihat ana shu moddiy qobiqqa singdirilgan aqliy mahsul – fikr – axborotdir. Uchinchi jihat esa so`zlovchining voqelikka munosabati – hissiy holatidir. Bu uch jihat tildagi triada(uchlik)ni –sintaktika, semantika va pragmatika birligini tashkil etadi. Ma’lum bo`ladiki, gap kommunikativ birlik sifatida o`zida fikriy (semantik) va hissiy (pragmatik) kommunikatsiyani tashiydi. Bu barcha gaplar mutlaq ham fikriy, ham hissiy kommunikatsiyaning birligidan iboratdir degan xulosaga olib kelmasligi lozim. Chunki ayrim gaplarda hissiy munosabat sezilarsiz bo`lsa, ayrimlarida sof hissiy kommunikatsiyagina mavjud bo`ladi ( Oh! Voy! ). His-tuyg`ularni ifodalashda tildan boshqa vositalar (musiqa, raqs, imo-ishora) mavjudligi ham hissiy kommunikatsiyaning nisbiy mustaqilligini ko`rsatadi. Gap, avvalo, sintaktik tugallangan qurilma ekanligi bilan xarakterlanadi. Bu u orqali ifodalanayotgan fikrning nisbatan tugallanganligi 37 bilan belgilanadi. Sintaktik tugallanganlik gapning kesimlik ko`rsatkichlari bilan shakllanganligi va tugal ohangga egaligidir. Gap kesimga ega bo`lmasdan tugal fikr ifoda eta olmaydi. Til sathlardan iborat. Til yaxlit vujud ekan, bu sathlar gapning asosiy vazifasi bo`lgan axborot uzatish va qabul qilish jarayonida butunlik sifatida ishtirok etishi lozim. Buni biz gapda ko`ramiz. Gapning sintaktik tugalligi uchun, dastavval, ma’lum bir mustaqil so`z va kesimlik shakli talab etiladi. O`qidim birligi o`qi leksemasi va -dim kesimlik shakli birikuvidan iborat. Demak, bunda tilning tarkibiy uzvlari – leksik va morfologik sathlarining birlikdagi harakati ko`zga tashlanadi. Gapning shakllanishida leksik omil. Fikr tushunchalarsiz bo`lmagani kabi gapning ham asosida, avvalo, so`z yotadi. Zero, gapning asosidagi atov birligi voqelangan leksemalardir. Leksemalarning guruhlanishida ham yetakchi omillardan biri sifatida ularning sintaktik imkoniyatlari yotishi bejiz emas. Shu boisdan tilshunoslikda gap bo`laklari va so`z tushunchalari munosabati ustuvor masalalardan biri sifatida qaraladi. Gap bo`laklari turli mustaqil so`z turkumlari bilan ifodalanaveradi. Biroq har bir gap bo`lagi uchun ma’lum bir so`z turkumi ko`proq xoslangan bo`ladi – semantik va grammatik xossalari bilan ma’lum bir gap bo`lagi vazifasiga mos so`zlar bor. Masalan, «kesim vazifasida kelish uchun ko`proq fe’l xoslangan» (I.Meshchaninov.) Ega, to`ldiruvchi vazifasida, asosan, ot va ot vazifasidagi so`zlar keladi. Bu so`z turkumlarining umumiy ma’noviy tabiati va grammatik xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, ot turkumi ko`proq tobe bo`lak (ega, to`ldiruvchi, aniqlovchi) vazifasida kelganligi bois tobelovchi vosita bo`lgan kelishik qo`shimchalari faqat otga, kesim vazifasida ko`proq fe’l kelganligi bois kesimlik shakllari faqat unga xosdek tasavvur uyg`otadi. Bu turkumlarning qaysidir vazifaga ko`proq xoslanganligi bilan belgilanadigan «aldamchi» tasavvurlardir. Aytilganlar asosida shunday pirovard xulosaga kelish mumkin: har bir so`z turkumi muayyan gap bo`lagi vazifasiga ko`proq xoslangan bo`lsa-da, bu vazifada boshqa turkum so`zlari ham kelaverganligi kabi, ma’lum vazifaga xoslanganlik uni nutqda boshqa mavqe egallashdan mahrum qilmaydi. Shu boisdan so`zning qaysi turkumga xosligini belgilashda uning qaysi gap bo`lagi vazifasida kelishi nisbiy, barqaror bo`lmagan asos vazifasini o`taydi. Gapning shakllanishida morfologik omil. Gapni so`z, so`z birikmasidan farqlovchi belgi uning maxsus morfologik ko`rsatgich – kesimlik qo`shimchalari bilan shakllanganligidir. Zero, eng «kichik» gap morfologik shakllangan atov birligidir. Misollar: O`qituvchiman . Ishladim . 38 Bu «kichik» gaplar atov birligi ( o`qituvchi, ishla )dan mahrum etilsa, bu o`z holicha hech qanday qiymat kasb etmaydigan morfologik shakl – [ -dim ] qoladi. So`z birikmasida shu hol yuz beradi. Biroq mazkur gaplar morfologik shakldan ajratilsa, tilning boshqa sathi birliklari (so`z, SB)dan farqlanmay qoladi. Demak, kesimlik shakli bamisoli qaratqich va tushum kelishiklari qo`shimchalari kabi gapda asosiy sintaktik vazifa – kesimni shakllantirishga ixtisoslashgan shakldir. Vositasiz to`ldiruvchi vazifasidagina kelish tushum kelishigi shakli uchun qanchalik qat’iy va xususiy bo`lsa, « Kelay », « O`qituvchiman » kabi nutqiy birliklaridagi morfologik shakllar uchun kesimni shakllantirish shunchalik qat’iy va xususiydir. Kesimlik shaklining boshqa morfologik shakllardan farqi uning bir necha ichki kategoriyalarning qorishishidan hosil bo`ladigan murakkab tabiatga egaligidir. Aniqrog`i, kesimlik kategoriyasi kesim vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi – shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir. O`qidim gapida kesimlik shakli maxsus ko`rsatgichlarga ega bo`lsa, bu yer shahar gapida u nol shakllidir. Zero, bu gapda ham III shaxs, hozirgi zamon, tasdiq, aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turibdi. Morfologik shakllardan faqat aloqa-munosabat (sintaktik) shakllarigina gap qurilishiga daxldor bo`lib, ulardan faqat kesimlik kategoriyasi gap mohiyatiga tegishlidir. Chunki kesimlik kategoriyasiz gap shakllanishi mumkin emas. Gap mohiyati «atov birligi+kesimlik qo`shimchalari» tarzidadir. Aloqa-munosabatning boshqa shakllari (kelishik, egalik) esa gap tarkibidagi so`zlarni bog`lash uchungina xizmat qilib, SB mohiyatini tashkil etishda ishtirok etadi. Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri uning tugallangan ohangga ega bo`lishidir. Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo`lmagan nutqiy hodisa (so`z, SB) larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo`lmagan ohangga ega bo`lishidir. Masalan:1. Kelgan o`quvchi . 2. Kelgan – o`quvchi . Bu nutqiy hodisalarning birinchisida ohang ko`tariluvchi, ikkinchisida esa tushuvchidir. Ko`rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo`lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo`lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila ( Kelgan o`quvchi ) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o`xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma’nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi 39 qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangandir. Bir so`zning o`zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. Qiyoslang: 1. Qish . 2. Qish ... Demak, so`z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo`lib, gap tusiga kiradi. Gap bo`laklari orasidagi munosabatni ko`rsatishda ham ohang muhim rol o`ynaydi: Salim, ukam o`qishga kirdi va Salim ukam o`qishga kirdi gaplarida Salim so`zining (1- gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og`zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi. Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin: 1.Gap nisbiy tugal fikr anglatadi. 2.Gap grammatik shakllangan bo`ladi. 3.Tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo`ladi. 4.Axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi. Gap LSQi va uni tiklash . Lisoniy sathda nutqiy gaplarning eng umumiy va boshqa lisoniy birliklardan farqli jihatlarini o`zida mujassamlashtirgan lisoniy sintaktik qoliplar o`rin oladi. Bu lisoniy sintaktik qolip umumiy zotiy mohiyat hisoblanib, lisoniy UMIS tabiatiga ega bo`ladi va barcha nutqiy gaplarda xususiylashgan holda namoyon bo`ladi. Sistem- struktur yondashuvda muayyan gaplar nutq hodisasi sanalib, ularning umumiyligi LSQdir. LSQlar nutqiy hodisa sifatidagi gaplarning asosiy grammatik va struktur (qurilish) xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan mavhum qurilma sifatida qancha o`zgarmasin, uning qurilishi o`zgarmasdan qolaveradi: [ega+hol+kesim]. Gapning ifoda maqsadini o`zgartuvchi vositalar gap tarkibiga kiritilsa ham, sintaktik qurilishiga putur yetkazmaydi (masalan, so`roq olmoshlari, yuklamalar). Nutqdagi gaplar turli-tumandir: 1. Sevar kitobni o`qidi . 2. Buxoro, qadim tarix beshigisan . Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo`lishi tabiiy. Yuqoridagi Sevar kitobni o`qidi tipidagi cheksiz gaplar ( Akam xatni jo`natdi. Nodira o`z she’rini o`qib berdi ) uchun (ega+to`ldiruvchi+kesim), Buxoro, qadim tarix beshigisan tipidagi cheksiz gaplar uchun (undalma, aniqlovchi+qaratuvchi+kesim) qoliplari umumiydir. Aytilganlardan ikkita muhim xulosaga kelish mumkin: 1.Qoliplar cheksiz gaplar uchun umumiydir. 2.Bu qoliplarni ham cheksiz ajratish mumkin. Ikkinchi xulosa lisoniy birliklarning cheklanganligi haqidagi qoidaga ziddir. Demak, yo qoliplar haqidagi xulosa hali izchil va mukammal emas yoxud ajratilgan qoliplarda umumiylik yuqori darajada emas. Zero, boshqa 40 lisoniy birliklar kabi qoliplar ham miqdoran chekli va mohiyatan umumiy bo`lishi lozim. Gaplarda keltirilgan qoliplarning cheksizligi sababi gaplarni umumlashtirishning ancha quyi bosqichida ekanligidir. Chunki [undalma, aniqlovchi+qaratuvchi+kesim] va [ega+kesim] qoliplari ham o`zaro farqli va umumiy belgi-xususiyatlarga egadir. Bu qoliplar undalma, aniqlovchi, ega va kesim uzvlari asosida o`zaro farqlanadi, biroq har ikkalasi uchun ham kesim uzvi qanchalik cheksiz ko`rinish kasb etmasin, ular lisonda bitta umumiylikka ega bo`lishi va bu umumiylikning zarrasi gap bo`lib kela oladigan istalgan hosilada mavjud bo`lishi shart va zarur. Xo`sh, o`zbek nutqida qo`llanila oladigan gaplardagi yuqori darajadagi umumiylik nimadan iborat va u qanday tiklanadi? Buni aniqlash uchun bir necha o`nlab gaplar olinib, ulardan nosintaktik, ya’ni almashtirilsa ham, o`zgartirilsa ham, gap mohiyatiga daxl qilmaydigan fonetik (gap ohangi), grammatik (gap bo`laklari uchun asos bo`lgan so`z turkumlari) hodisalar, so`zlovchining kommunikativ niyati (ifoda maqsadi: darak, so`roq, buyruq), emotsional jihatlar (gapdagi his-hayajon), gap bo`laklari tarkibi (yig`ma, yoyiq, analitik bo`laklar), shaxsning tavsifi kabilar gapning zotini qorong`ilashtiruvchi o`zga hodisalar, tajallilar sifatida gap tarkibidan chetlashtiriladi. Shuningdek, tajallilardan xoli qilingan cheksiz qoliplardagi farqlar e’tibordan soqit qilinib, umumiyliklar saqlab qolinaveradi. Demak, gap LSQini tiklash (aniqlash) ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1.Nosintaktik hodisalarni chetlashtirish. 2.Farqlarni soqit qilish–aynanliklarni ajratish. Kesimlik kategoriyasi . Gap bo`laklari [Pm] ma’nosi bilan uzviy bog`liqdir. Shu boisdan gap bo`laklarini ko`rib o`tish bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita –kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma’nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishimiz zarur. Zero, gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni ajratish shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta’minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko`rsatgichlari, ifodalanish xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Shu sababli gapning gapligini, ya’ni bir nisbiy tugal fikrni, so`zlovchining hukmini, o`y- xayollarini boshqalarga yetkazishning, ular tomonidan to`g`ri anglanishining eng muhim omili – bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasidir. Demak, kesimlik kategoriyasi fikrni shakllantiruvchi uni tinglovchiga yetkazishning eng muhim lisoniy omildir. Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor (T), so`zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati (M), zamon (Z) va shaxs-son (Sh) ma’nolaridan tarkib topadi. (Buni qisqacha, shartli ravishda T, M, Z, Sh deb belgilaymiz va qulaylik 41 uchun keyingi o`rinlarda ana shu shartli qisqatmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, Sh ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so`zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo`ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo`shimchalarida shaxs-son ma’nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so`zlari( ha, yo`q )da bo`lishli-bo`lishsizlik (- ma, 0)da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo`ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o`rin-payt kelishigi shaklida, ravishdosh va sifatdoshlarda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida- alohida voqelanishlar bo`lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatlarda yaxlit sistem tabiatga ega bo`lmaydi. Zero, kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi)dan iboratdir. Har qanday tizim o`z tarkibiy qismlarining oddiy yig`indisidan kattaroq butunlikdir. Chunki T,M,Z,Sh, kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo`lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug`iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o`tgan yili o`qimagan odam birikuvidagi o`qimagan so`z shakliga birikuvchi o`tgan yili so`z kengaytiruvchisi (lekin gap bo`lagi emas)dir. U o`tgan yili o`qimagan gapidagi o`tgan yili so`z shakli gap bo`lagi (hol)dir. Demak, birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi a’zosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi ( o`tgan yili ) gap bo`lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada -gan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo`lib, uning birikuvchisi gap bo`lagidir. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo`laklarini o`ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo`lgan belgisidir. Kesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatini farqlash lozim. 1.Kesimlik kategoriyasining grammatik (morfologik) shakllar orqali voqelanishi. 2.Kesimlik kategoriyasining semantik-funksional ifodalanishi. Bundan kelib chiqqan holda gaplarni ikkiga ajratish mumkin: 1.Grammatik shakllangan gaplar. 2.Semantik-funksional shakllangan gaplar. Grammatik shakllangan gaplar . Grammatik shakllangan gaplarda kesimlik kategoriyasi shakli kesimlik qo`shimchalarining faqat o`zi bilan yoki bog`lama va kesimlik qo`shimchalari vositasida yasalishi mumkin. O`zbek tilida kesimlik qo`shimchalarining quyidagi turlari mavjud. 1.Kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy ko`rinishda berilgan qo`shimchalar bo`ladi: o`qi -y , ket- aylik, kel- di . Bu qo`shimchalar (-y, -aylik, -di) ning har birida tasdiq- 42 inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga egadirlar. Masalan, o`qiy kesimidagi -y qo`shimchasi bo`lishlilik (-may uning bo`lishsiz shakli), buyruq- istak mayli(bunda -sin, -ng, ( o`qisin, o`qing ) bilan paradigma – o`xshashlik qatori hosil qiladi), kelasi zamon, birinchi I shaxs (II shaxs– o`qi ), birlik (ko`plikda– o`qiylik ) ma’nolariga ega. Bunday holatni borsa, yozsa so`zshakllari tarkibidagi shart mayli qo`shimchasida ham ko`rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1. O`qi! 2. Mirtemir – shoir . 3. Kuz. 2.Kesimlik qo`shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo`shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo`shimcha bilan beriladi: kel - ma - di, kel - ma -y . 3.Kesimlik qo`shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo`shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo`shimcha bilan beriladi: bor- sa -ng, o`qi- sa -ngiz, ko`r- di - mi . 4.Kesimlik qo`shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo`shimcha bilan ifodalanadi: ko`r-ma-di-ngiz . 5.Kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo`shimchalar bilan ifodalanadi: ko`r-ma-sa-ydi-ngiz . 6.Kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog`lama yoki to`liqsiz fe’l vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bo`laman (A.Muxtor) . Hamon yodimdadir: gul chog`i erdi (Uyg`un, I.Sulton) . 7.Kesimlik kategoriyasi ma’nosi harakat tarzi shakllari bilan analitik usulda ifodalanadi: Uni ko`rdi-yu, suyunib ketdi . Meni ko`rganingni hech kimga ayta ko`rma. Sanab o`tilgan barcha vositalar lisoniy mohiyat nuqtayi nazaridan bir kategoriyaning shakllari sifatida baholanadi va lisoniy sintaktik qolipda, aytilganidek, bitta ramz – [Pm] shartli belgisi bilan beriladi. Quyidagi gaplarning kesimlariga diqqat qiling. Sensan har narsadan mo`tabar aziz ( W– sen , Pm – san ). Ha, ha, ammamning buzog`isan (W– buzog`i , Pm – san ). U dengiz hukmdori edi (W– dengiz hukmdori , Pm– edi .) U shu yerda yashaydi, uyi ham shu maktabda (W– yasha , maktabda , Pm – di ). Ma’lum bo`ladiki, [WPm] [W] va [Pm] qismlaridan iborat bo`lib, atash ma’nosini [W], kesimlik ma’nosini [Pm] ko`rsatgichlari beradi. Semantik-funksional shakllangan gaplar . Bunday gaplar to`rtga bo`linadi: Modal so`z- gaplar ( Kelasizmi? – Albatta ). Undov so`z-gaplar ( Beh-beh! Oh-oh ). 43 Tasdiq inkor so`z-gaplar ( Ha, yo`q ). Taklif-ishora so`z-gaplar ( Ma ). Bu so`z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSh) so`zning lug`aviy ma’nosida mujassamlashgan bo`ladi. Shuning uchun bunday so`z-gaplar: a) hech qachon kesimlik qo`shimchalarini qabul qila olmaydi; b) nutqda alohida gap bo`lib kela oladi; v) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo`lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o`z mustaqilligini saqlab qolaveradi. Semantik-funksional shakllangan so`z-gaplarda kesimlik ma’nosi atov birligi [W]ning lug`aviy ma’nosi tarkibida mujassamlashgan bo`lib, bunday gaplar kesimi [WP] ramzi bilan beriladi (Mavzu bo`yicha adabiyotlar 2- ilovada berildi). Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 1. Nutqiy gapning belgilarini tushuntiring . 2. Gapni shakllantiruvchi omillar haqida ma`lumot bering. 3. Gap LSQi nima? 4. Gap LSQini tiklash qanday amalga oshiriladi? 5.Kesimlik kategoriyasining a’zolarini sanang. 6.Grammatik shakllangan gaplar haqida ma’lumot bering. 7.Semantik-funksional shakllangan gaplar haqida ma’lumot bering. 44 2.3.Mаvzu yuzаsidаn keyslаr to`plаmi, аmаliy tоpshiriqlаr, grаfik оrgаnаyzerlаr Keys metоdi ishlаb chiqаrishdа sоdir bo`lаdigаn, аniq muаmmоli vаziyatning tаfsilоtidir. Bunda tоpshiriq belgilanadi, tаlаbаlаr 4-6 kishidаn ibоrаt mikrоguruhlаrgа аjrаtiladi, guruhlаrаrо munоzаrа tаshkil qilinadi, vаziyat yechimi to`g`risidа fikr eshitiladi, tаlаbаlаr ekspertlаr tоmоnidаn bаhоlаnadi. Mаshg`ulоt bo`yichа xulоsаlаr chiqаriladi. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mаvzusigа оid keyslаr: 1-keys Muаmmо: Kvаlent, iоnli, metаll bоg`lаnish – leksik-semаntik, grаmmаtik, sintаktik birikuvlаr. Vаziyat(o`quv mаshg`ulоti аsоsidа): O`qituvchi tаlаbаlаrgа kimyo fаnidаgi kimyoviy bоg`lаnish hаqidаgi tа’limоt хususidа fikr yuritib, hоzirgi kimyo fаnining eng mаrkаziy mаsаlаlаridаn biri ekаnligini tа’kidlаydi. Vаlentlik аtаmаsi vа tushunchаsi ilk bоr kimyo fаnidа qo`llаnilа bоshlаnib, 1853-yildа ingliz kimyogаri Eduаrd Frаnkeld tоmоnidаn оlib kirildi. Kimyo fаnidа birоr element аtоmining bоshqа element аtоmlаri bilаn birikа оlish qоbiliyati deb tushunilаdi(Ўзбек тилининг изоҳли луғати . – M., 1981. – 172 б. ). Vаlentlik – elementning muhim miqdоriy tаvsifi( Аsqаrоv I. vа b. Kimyo. 7- sinf dаrsligi. – T.: Shаrq, 2005. – B. 31. ). Chunоnchi, rus kimyogаri А.M.Butlerоvning elementlаrning kimyoviy tuzilish nаzаriyasini kаshf qilishidа vаlentlik nаzаriyasi muhim o`rin tutdi. D.I.Mendeleyev kimyoviy elementlаrning dаvriy sistemаsidаgi o`rni bilаn vаlentlik o`rtаsidа 45 bоg`lаnish bоrligini isbоtlаdi hаmdа fаngа o`zgаruvchаn vаlentlik tushunchаsini kiritdi. O`qituvchi: Kimyo fаnidа “bir vаlentli”, “ikki vаlentli”, “ko`p vаlentli” kаbi аtаmаlаr hаm ishlаtilаdi. Ushbu tushunchа tilshunоslikdа lisоniy birliklаrning hаli yuzаgа chiqmаgаn birikuvchаnlik-biriktiruvchаnlik imkоniyatlаri sifаtidа qаrаluvchi lisоniy hоdisаgа nisbаtаn qo`llаnildi. Buni qаndаy tushunish kerаk? Tаlаbаlаr: Vаlentlik so`zi lоtinchа “valentia” leksemаsidаn оlingаn bo`lib, “kuch” degаn mа’nоni аnglаtаdi. Fizikа fаnidаn mа’lumki, kuch – o`zаrо tа’sir vа bоg`lаnish demаkdir. Kimyodа vаlentlik(lаr) sоnini аniqlаshdа mа’lum bir element (bir) аtоmining mоddа (mоlekulа) tаrkibidа vоdоrоdning (N) nechа аtоmi bilаn birikishi nаzаrdа tutilаdi. Chunоnchi, H 2 O (suv) mоlekulаsidа kislоrоd аtоmi (О) ikki vаlentli bo`lib, u vоdоrоd (N) аtоmining ikkitаsi bilаn birikkаn. Demаk, suv fоrmulаsidа kislоrоd ikki vаlentli (N 2 )dir: О N N T ilshunоslikkа hаm o`tgаn аsrning 40-yillаridаn tаtbiq etilа bоshlаn gаn. S o`zlar va gaplar birikuvida ham valent bog`lanish bor. Shundаn so`ng tаlаbаlаr o`z jаvоblаrini izоhlаshgа kirishdilаr. Хulоsаlаr turlichа bo`ldi. O`qituvchi yechimgа оydinlik kiritish uchun tаlаbаlаrgа minikeys vа tоpshiriqlаrni e’lоn qildi: 1) S.D.Kаsnelsоn - «O грамматической категории» аsаri ; 2) kimyodа bir element аtоmining bоshqа element аtоmi bilаn bоg`lаnishi - tilshunоslikdа leksemаning bоshqа leksemа bilаn bоg`lаnishi ; 3) L.Tenyer qаrаshlаri; 4) leksik vаlentlik. Sаvоl vа tоpshiriqlаr: 1. Kimyoviy vаlentlikni til hоdisаlаrigа bоg`lаb o`rgаngаn оlimlаr hаqidа nimа bilаsiz ? 46  2. Vаlentlikning sintаgmаtik munоsаbаt bilаn аlоqаdоr tоmоnlаri nimаdа? 3.Leksik, grаmmаtik, sintаktik vаlentliklаr hаqidа gаpiring. 4. Gаp tаrkibidа so`z birikmаlаri bo`lаdi. Shu o`rindа hаm vаlentlik hаqidа gаpirsа bo`lаdimi? Keysоlоg yechimi : Fаndа judа ko`p kаshfiyot vа qоnuniyatlаr Shаrqdа оchilib, G`аrbdа nаsh’u nаvо tоpib, keyin g`аrbоnа bo`lib Shаrqqа qаytgаnidek, vаlentlik nаzаriyasi аsоslаrining vаtаni hаm Shаrqdir. Vаlentlik nаzаriyasi tаriхi, uning o`zbek tilshunоsligidа оmmаlаshishi mаsаlаsi prоfessоr S.Muhаmmedоvаning tаdqiqоt ishidа bаtаfsil yoritilgаn. S.Muhаmmedоvа tаvsifi bo`yichа bu nаzаriyaning qisqаchа tаriхi quyidаgichа: Til hоdisаlаridа vаlentlik qоnuniyatlаrining mаvjudligi dаstаvvаl verbоsentrizm g`оyasi bilаn uyg`un hоlаtdа tushuntirilgаn bo`lsа, XIX аsr охiridаn bоshlаb, bu sоhаdа jiddiy izlаnishlаr yuzаgа keldi. Jumlаdаn, А.M.Peshkоvskiy аsаrlаridа fe’l bоshqаruvi to`g`risidа, Fitrаt lingvistik qаrаshlаridа kesimning mаrkаziy bo`lаkligi vа gаpdаgi to`ldiruvchilаr ishtirоkining ungа bоg`liqligi mаsаlаlаri yoritilgаn bo`lsа, frаnsuz tilshunоsi L.Tenyer vаlentlik tushunchаsining nаzаriy аsоslаrini ishlаb chiqdi. So`zlаrning birikish qоnuniyatlаri, vаlentlikni tаvsiflаsh metоdikаsi, аyniqsа, Germаniyadа nemis tilshunоslаri tоmоnidаn keng tаdqiq qilingаn. Bu sоhаdа G.Хelbig, А.Bаlveg-Shrаmm, G.Shumахer kаbi оlimlаrning хizmаti beqiyos. So`zning mа’nоviy (leksik-semаntik) vаlentligi tushunchаsi o`tgаn аsrning 20-30-yillаridа shаkllаndi vа judа tez оmmаlаshdi. ХX аsrning 40- yillаridа sоvet tilshunоsligigа vаlentlik tushunchаsini S.D.Kаsnelsоn оlib kirdi. Mа’nоviy (semаntik) vа sintаktik, lisоniy vа nutqiy vаlentlik tаlqini ustidа оlimlаr o`rtаsidа uzоq yillаr bаhs dаvоm etdi. Mаzkur jiddiy mаsаlа yechimini o`zbek tilshunоsi R.Rаsulоv vа оlimning izdоshlаri berishdi. Оlim mаsаlаni lisоn-nutq, imkоniyat-vоqelik, sаbаb-оqibаt diаlektikаsi аspektidа tаlqin etib, lisоniy (semаntik) vаlentlik hоdisаsini imkоniyat, sintаktik 47 (nutqiy) vаlentlikni vоqelik sifаtidа bаhоlаdi. Shu bilаn birgа vаlentlik hоdisаsining hаm semаntikа, hаm sintаksisgа dахldоrligi diаlektik nuqtаyi nаzаrdаn оchib berildi. Lisоniy vаlentlik so`zning semаntik strukturаsidа mujаssаmlаngаn yashirin imkоniyat, mоhiyat, umumiylik, zаruriyatdir. Nutqiy vаlentlik esа lisоniy vаlentlikning ro`yobgа chiqishidir. Mаsаlаn, yurmоq leksemаsi o`z mа’nоviy хususiyatlаrigа ko`rа bir qаtоr so`zlаr bilаn аniqlаnishni tаlаb etаdi – yurish hаrаkаti kimningdir tоmоnidаn, mа’lum bir mаqsаddа, qаy bir mаkоn, zаmоn, tаrz, shаrоitdа, mа’lum bir vоsitа bilаn bаjаrilаdi (qаr.: chizmа): kim? yurmоq qаyergа? qаyerdаn? kim bilаn? nimа uchun? qаchоn? Shu аsоsdа yurmоq fe’li mаnа shu mа’nоlаrni ifоdаlаydigаn – so`rоqlаrgа jаvоb bo`lа оlаdigаn so`zlаr bilаn birikish qоbilyatigа egа. Bu lisоniy, mа’nоviy qоbiliyatdir. Nutqdа, qo`llаnilishdа mаnа shu imkоniyat muаyyan mоddiy shаkldа vоqelаnаdi. Bundаy vоqelаnishdа judа kаttа rаng- bаrаnglik mаvjud. Mаnа shu muаyyan vоqelik semаntik (lisоniy) imkоniyatning nutqiy vоqelаnishi bo`lib, sintаktik (nutqiy) vаlentlikni tаshkil etаdi vа shu аsоsdа nutqdа gаplаr vоqelаnаdi. Grаmmаtik vаlentlik degаndа – mоrfоlоgik shаklning vа sintаktik mаvqe (pоzitsiya)ning o`zigа хоs birikuvchаnligi, bоshqа so`z yoki bo`lаk bilаn kengаyishni tаlаb qilishi vа leksemаning semаntik-sintаktik vаlentligigа tа’siri, uni o`zgаrtirishi tushunilаdi. Chunоnchi, “Sаlimаning kitоbi” so`z birikmаsidа birinchi tоbe kоmpоnent оbligаtоr vаlentlikkа egа vа egаlik qo`shimchаli hоkimni tаlаb qilаdi, egаlik qo`shimchаli hоkimsiz me’yoriy nutqdа to`liq shаkldа vоqelаnа оlmаydi. Ikkinchi kоmpоnent esа qаrаtqich kelishigi shаklidаgi 48 tоbe kоmpоnent bilаn birikish imkоniyatigа, ya’ni imkоniy (fаkultаtiv) vаlentlikkа egа vа “Sаlimаning kitоbi” so`z birikmаsidа ikki grаmmаtik shаkl – оbligаtоr vаlentlikli qаrаtqich shаklining vа imkоniy (fаkultаtiv) vаlentlikli egаlik shаklining vаlentliklаri o`zаrо uyg`unlаshаdi. Shuning uchun vаlentlik nuqtаyi nаzаridаn “Sаlimаning kitоbi” so`z birikmаsining mоdelini quyidаgichа ko`rsаtish mumkin: [grаmmаtik shаklning оbligаtоr vаlentligi + grаmmаtik shаklning fаkultаtiv vаlentligi]. Аdаbiyotlаr ro`yхаti: 1.Қурбонова М. Фитрат – тилшунос. – Т.: Университет, 1996. – Б. 12. 2 . Теньер Л. Основы структурного синтаксиса . – М.: Прогресс, 1988 . – С . 60. 3 . Степанова М.Д., Хельбиг Г. Части речи и проблема валентности в современном немецком языке. – М.: Высшая школа, 1978. – 257 с. 4 . Бальвег-Шрамм А., Шумахер Г. Словарь глагольных валентностей на семантической основе // Новое в зарубежной лингвистике. Выпуск XIV . Проблемы и методы лексикографии. – М .: Прогресс, 1983 . – С. 201-226. 5.Кацнельсон С.Д. К понятию типов валентности // Ж. Вопросы языкознания . – М., 1987 . - № 3. – С. 21. 6 .Расулов Р. Ўзбек тилида ҳолат феъллари ва уларнинг облигатор валентликлари. – Т., 1989. – 141 б. 2-keys So`z birikmаsi vа gаp sintаksisi mаsаlаlаri o`rgаnilаyotgаndа, bu sintаktik birliklаrning vоqelаnishi bilаn bоg`liq muаmmоni hаl qilish vаziyati tug`ilishi mumkin. Shundа birоr nutq uslubi vа uning хususiyatlаrini аks ettiruvchi mаtn tаnlаb оlinishi mаqsаdgа muvоfiq. Jumlаdаn, o`zbek filоlоgiyasi tа’limidа tilshunоslik vа аdаbiyotshunоslik fаnlаri аlоqаdоrligigа аsоslаnib, bаdiiy nutqdа sоddа gаplаrning vоqelаnishini o`rgаnish sаmаrаli nаtijаni berаdi. Chunki tаlаbа оldigа qo`yilgаn аsоsiy tаlаblаrdаn biri mаtnni tаhlil qilish vа mustаqil ijоdiy mаtn yarаtish mаlаkаsini shаkllаntirishdаn ibоrаtdir. Shungа ko`rа, SGlаr qo`llаngаn bаdiiy nutq pаrchаsi tаnlаnib, SGlаrning reаl mаtn аsоsidа tаhliligа erishish imkоniyatidаn fоydаlаnish аyni muddаоdir. 49 Аniq vаziyat sifаtidа “Оtаmdаn qоlgаn dаlаlаr” rоmаnidаn оlingаn bаdiiy nutq pаrchаsi tаnlаnаdi: Sаrаtоn sаp-sаriq tоvlаnаdi. O`tkinchi bаlоlаr sаrаtоndаy sаp-sаriq bo`lаdi. Sаrаtоn bаlоlаrdаn sаriq bo`lаdi, bаlоlаr sаrаtоndаn-dа sаriq bo`lаdi. Sаvоl: 1. Tоg`аy Murоdning “Оtаmdаn qоlgаn dаlаlаr” rоmаnidаn оlingаn quyidаgi pаrchаdа qo`llаngаn gаplаr bаdiiy uslubdа qo`llаnishi vа ijоdkоr uslubigа хоs хususiyatlаrni ko`rsаtishi mumkinmi? 2. Аsаr muаllifi bаdiiy оlаmini chuqurrоq аnglаshgа yordаm berаdi, deya оlаsizmi? Belgilаngаn muаmmоni yechish uchun tаlаbаlаr guruhlаrgа bo`linib, аniq vаziyat аsоsidа o`z fikr-mulоhаzаlаrini bаyon etishlаri tаlаb qilinаdi. Bu vаziyatdа bir guruhni tаshkil etgаn а’zоlаrning fikr-mulоhаzаlаri: 1. Bu mаtndа sаriq sаrаtоn vа bаlо ni bоg`lаb turgаn rаngginа bo`lmаy, ko`ngilni nохush qiluvchi tuyg`u timsоlini, iztirоb rаngi vа jаzirаmа оbrаzini yarаtаdi. Sаrаtоn qiynоg`i − bаlо , sаriq bаlо − sаrаtоn qiyosi оbrаzlаr zаnjirini hоsil qilаdi. Mаtndа tоvushdоshlik, оhаngdоshlik sintаktik tаkrоrdаn kelib chiqаdi: sаriq − sаp-sаriq; sаrаtоndаy sаp-sаriq; sаrаtоndаn-dа sаriq bo`lаdi. 2. Rаng-tus mа’nоsi sifаtning intensiv ( sаp-sаriq; ) fоrmаsi, o`хshаtish-qiyoslаsh mа’nоli SBsi ( sаrаtоndаy sаp-sаriq ) vа gаp оrqаli ( sаrаtоndаn-dа sаriq bo`lаdi ) ifоdаlаnuvchi sintаktik imkоniyatlаr bir mаtndа, bir vаqtdа vоqelаngаn. Ikkinchi guruhning fikr-mulоhаzаlаri оlinаdi: 1. Sаrаtоnning sаp-sаriq tоvlаnishi − bаdiiy ахbоrоt. Keyingi qismdа bu ахbоrоt to`liq vа tа’sirchаn. Mаtndаgi O`tkinchi bаlоlаr sаrаtоndаy sаp- sаriq bo`lаdi gаpi ахbоrоtgа tа’sirchаnlik qo`shаdi. 50 2. Охirgi qo`shmа gаp qiyoslаsh mundаrijаsidir. Undа sаrаtоn hаqidаgi ахbоrоt tugаl, tа’sirchаnlik yuqоri vа оhаngdоrlik kuchli bo`lаdi. 3. Mаtndа qiyoslаnаyotgаn hоdisаlаr, ya’ni “ sаrаtоn bаlоlаrdаn sаriq vа bаlоlаr sаrаtоndаn-dа sаriq ” bаdiiy tаsvirlаngаn. Yozuvchi sintаktik tаkrоrdаn fоydаlаnib, uslubiy bo`yoqdоrlikkа egа bo`lgаn SBlаrini hоsil qilgаn: sаp-sаriq tоvlаnmоq, o`tkinchi bаlоlаr, sаrаtоndаy sаp-sаriq, bаlоlаrdаn sаriq, sаrаtоndаn-dа sаriq. Bu dаlillаr muаmmоning аmаliy yechimlаrini berаdi vа o`qituvchi ulаrni umumlаshtirаdi: 1) Gаpdа qo`llаngаn so`z birikmаlаri bаdiiy nutqdа vоqelаnаdi vа оbrаzli tаsvirni hоsil qilаdi. 2) аniq vаziyatdа o`rgаnilgаn mаtn muаllifning ijоdiy uslubini belgilаy оlаdi. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mаvzusigа oid amаliy tоpshiriqlаr A ma liy ma shg’ulot ishlanmasi Mavzu Gap nutqiy sathda MASHG ’ ULOTDA TA ’ LIM TEXNOLOGIYASI Mashg ’ ulot vaqti – 2 soat Talabalar soni – 20 nafar Mashg’ulot shakli Bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish Amaliy mashg’ulot rejasi 1. Gap haqida tushuncha. 2. Sodda gapning turlari. 3. Gapning LSQi. 4. Xulosa. 51 O’quv mashg’ulot maqsadi: “ Gap nutqiy sathda ” mavzusi yuzasidan olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va amaliy ko’nikmalarni shakllantirish. Pedagogik vazifalar :  I Gap haqida aniq tasavvur uyg’otish.  I Gap haqida olingan nazariy ma’lumotlarni amalda qo’llash ko’nikmasini shakllantirish.  h Gap qurilishi haqida fikrlarni kengaytirish va tahlil qilish ko’nikmasini mustahkamlash. O’quv faoliyati natijalari :  beradi.   belgilarini aytib beradi. Tahlil qiladi. Ta’lim berish usullari Suhbat, savol-javob, munozara , tahlil. Ta’lim berish shakllari Ommaviy, yakka tartibda Ta’lim berish vositalari Darslik, adabiyotlar, doska, daftar , chizmalar. Ta’lim berish sharoiti Amaliy mashg’ulotlarga mo’ljallangan auditoriya Monitoring va baholash Og’zaki nazorat: savol-javob, tahlil natijalari , xulosaviy yondashuvlar, munosabatlarning ilmiyligi va mantiqiyligi MASHG’ULOTNING TEXNOLOGIK XARITASI Ish bosqichlari va vaqti Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchi Tayyorlov bosqichi  Mavzuni aniqlaydi, ta’limiy maqsadini belgilaydi va kutila yo tgan natijalarni shakllantiradi.  Mavzu bo’yicha tayanch konspekt ishlab chiqadi.  Belgilangan ta’limiy maqsadlarga erishishni ta’minlovchi o’quv topshiriqlarni ishlab chiqadi.  Kichik guruhlarda samarali faoliyatni ta’minlash uchun yozma yo’riqnomalarni tayyorlaydi.  Natijalarni b a holash mezonlarini ishlab chiqadi. 1. O’quv mashg’ulotlarig a kirish 1.1. Mashg’ulot mavzusi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalarni e’lon qiladi, ularning ahamiyatliligi va dolzarbligini asoslaydi. Tinglaydilar. 52 boshqichi (15 daqiqa) 1.2. Mavzu bo’yicha asosiy tushunchalarga ta’rif berishni taklif qiladi va shu asosda gap bo`laklariga doir ko`p topshiriqli mashq bilan (1-ilova) talabalar bilimlarini faollashtiradi. 1.3. Sodda gap qoliplari nutqiy ko`rinishlarini markazlashtirish. (2-ilova .Klaster. ) Mashq asosida savollarga javob beradi. 2. Asosiy bosqich (45 daqiqa) 2.1. Gap turlari haqidagi fikrlarni va talabalarning bu mavzuga qanchalik tayyor ekanliklarini bilish maqsadida mavzuni gapirib berishni so’raydi. 2.2. Mavzu borasida yangi adabiyotlardan o’qib kelganlarini aytib berishni va munozara qilishni so’raydi. 2.3. Guruhlarga bo`linib jadval to`ldiriladi ( 3 -ilova) Fikrlarini bildiradila r . Mavzu yuzasidan chiqish qiladilar. M unozaraga kirishadilar. Savollarga javob beradilar. Mashqni bajaradilar. 3. Yakuniy bosqich (15 daqiqa) 3.1. Mavzu yuzasidan umumiy xulosalar qiladilar. 3.2. O’quv mashg’ulotlarining natijalarini sharhlaydi, faol talabalar bahosini e’lon qiladi. 3.3. Mustaqil ishlash uchun vazifalar beradi: Ilovada ko’rsatilgan topshiriq va mashqlarni bajarish. (4- ilova) Tinglaydilar. 1-ilova. 1-mashq. Prezidentimiz asarlaridan olingan gaplarni o`qing. Т eng bog‘lovchilarning tagiga chizing, qanday bo‘laklar uyushib kelganligini ayting. 1. Bu mintaqa jo‘shqin va sobitqadam rivojlana di. 2. Markaziy Osiyo mintaqasida siyosiy, iqtisodiy, harbiy transportga va ekolo giyaga oid muammolar to‘planib qolgan. 3. Afg‘onistondagi qarama-qarshi lik ning dunyo miqyosida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini cheklashga va tarqatmaslikka bugungi kunda hamma - mizning ham aql-idrokimiz, tajribamiz va qat’iyatimiz yetadimi? 4. Fundamentalistlarning adolat haqidagi olomonbop, jozibador, ammo baqiroq va asossiz da’vatlariga ko‘r-ko‘rona ergashuvchilar o‘zgalar irodasining quli bo‘lib qolishini anglashi miz lozim. 5.   Hozirgi vaqtda milliy va boshqa ijti moiy 53 harakatlar, shu jumla dan, yoshlar harakati mada niy, diniy harakatlar qayta jonlanmoqda. 6. Xalqi miz ning etnik, madaniy va diniy sabr-bardoshi ma’na viy uyg‘onishning yana bir davlatning mudofaa qobi liyati uning siyosiy, iqtisodiy, harbiy, ilmiy va ma’na viy imkoniyatlaridan tarkib topadi ( I.A.   Karimov. «O‘zbekis ton XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» kitobidan ) 1-topshiriq. Guruhlarga bo`linib, gaplarni bo`lib oling. Uyushiq bo‘laklar orasiga zarur o‘rinlarda vergul qo‘ying. 2-topshiriq. Uyushiq bo`laklarning ifodalanishi yuzasidan jadval tuzing. 3-topshiriq. Uyushiq bo`laklarning gapning qaysi bo`lagiga tobe bog`lanayotganini quyidagicha chizma shaklida tahlil qiling. siyosiy iqtisodiy harbiy ilmiy ma’na viy 2-ilova KLASTER VOSITASIDA NAZORAT QILISH Sodda gap qoliplari nutqiy ko`rinishlarini to`g`ri joylashtiring. 1. U shu yerda yashaydi . 2. Yashash kerak. 3.Bahor. 4. Bu yerda chekilmasin. 5.Albatta. 6. O`qituvchiman. 7. Aslo. 8. Otilganlar. 9.Ma. 10. Qish keldi. 11.Rahmat. 54 imkoniyatlaridan [E + WPmYo ][E + WPmY ][E + WPmI][E¯ WPmY ][E¯WPmI]  Klasterning javobi: [E¯WPm] nutqiy ko`rinishlari – 2,4 [E + WPm] nutqiy ko`rinishlari –1,6,10 O‘zbek tilidagi atov gap (Ot bilan if.)- 3 O‘zbek tilidagi atov gap (Fe`l bilan if.)-8 modal so‘z-gap-5 undov so‘z- gap-11 tasdiq/inkor so‘z- gap-7 taklif-ishora so‘z-gap-10 3-ilova 4-mashq. Guruhlarga bo`linib, quyidagi jadvalni to`ldiring. К esimning [W] ga ko`ra turlari Ot Sifat Son Olmosh Ravish Taqlid so`z Modal so`z Fe`l Ravishdos 55[E + WPm ] [E¯ WPm ] [WPm]=Sodda gap lisoniy sintaktik qurilish qolipi ko`rinishlari Semantik-funksional shakllangan gap O‘zbek tilidagi atov gap undov so‘z- gapmodal so‘z- gap tasdiq/ inkor so‘z- gap taklif - ishor a so‘z- gapOt bilan if. Fe`l bilan if. h Sifatdosh 4-ilova Mashq. Gaplarning kesimi, shuningdek, kesimlikni hosil qiluvchi shakllarni toping. 1. Kimki quyoshni jahl bilan bekitmoqshi bo'lsa, xato qiladi. 2. Quyoshni choyshab bilan yopib bo'lmaydi. 3. Tuya hasharotlarni yoqtirmaydi, ammo u tirik ekan, ular uning burnida yashayveradi. 6. Eshak balchiqqa yumalab, istagan narsasiga erishdi va ishdan qutildi. 7. Dengiz suvi toshib yotgani ayon bo'lib tursa ham, it undan tili bilan ichadi. 8. Nasihatlarimga shubhalanma, senga mushukni qopga solib sotayotganim yo'q. 9. Kimning uyida taomi bo'lmasa, uning odamlar orasida hurmati bo'lmaydi. 2-topshiriq. Kesimlarni sodda va murakkab turlarga ajrating. Sodda Murakkab shubhalanma hurmati bo'lmaydi. 56  2.4. Nаzоrаt tоpshiriqlаri vа mustаqil tа’lim yuzаsidаn ko`rsаtmаlаr Test tоpshiriqlаri qiyinlik dаrаjаsi mezоni ko`rа:  Reprоduktiv dаrаjа;  Prоduktiv dаrаjа;  Qismаn-izlаnishli dаrаjа;  Ijоdiy (kreаtiv) dаrаjаdа bo`lishi mumkin. Reprоduktiv dаrаjаdаgi test tоpshiriqlаri tаhsil оluvchilаr tоmоnidаn yoddа sаqlаngаn bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrni tаnish оdаtiy vаziyatdа ахbоrоtlаrni qаytа ishlаmаsdаn jаvоb qаytаrishni tаlаb etаdi. Prоduktiv dаrаjаdа tuzilgаn test tоpshiriqlаri tаhsil оluvchilаr tоmоnidаn o`rgаnilgаn оbektlаrni qiyoslаsh, o`хshаshlik vа fаrqlаrni аniqlаsh, umumiy хulоsа chiqаrish оrqаli jаvоb berishni tаlаb etаdi. Qismаn- izlаnishli dаrаjаdаgi test tоpshiriqlаri tаhsil оluvchilаr tоmоnidаn o`rgаnilgаn оbyektlаrning хususiyatlаrini bоshqа obyektgа ko`chirish, mаzkur obyektlаrni tаqqоslаb, keyingi obyektning o`zigа хоs хususiyatlаri hаqidа хulоsа chiqаrish, qismаn izlаnish оlib bоrishni tаlаb etаdi. Ijоdiy (kreаtiv) dаrаjаdа tuzilgаn test tоpshiriqlаri tаhsil оluvchilаr tоmоnidаn ijоdiy fikr yuritish ko`nikmаlаrigа egа bo`lish, mаzkur 57 test tоpshiriqlаrini bаjаrish jаrаyonidа tаhsil оluvchilаr tоmоnidаn аvvаl o`zlаshtirilgаn bilim, ko`nikmа vа mаlаkаlаrni yangi kutilmаgаn vаziyatlаrdа qo`llаshni tаlаb etаdi. Mаsаlаn, JORIY NAZORAT (JN) UCHUN NOSTANDART TESTLAR 1 . Berilgan tilshunos olimlarning rasmlari va ismi shariflarini to`g`ri juftlang. 1-B.De Kurtene -A 2- F.Sosyur -B 3- A.Nurmonov -C 4- V. Gumbold -D 5.A.A.Reformatskiy -E 58 javobi : Javob: 1-B 2 -A 3 - E 4 – D 5-C 2 . Subutiydir aning sakkiz sifoti, Sifot zoti emas, na g’ayri zoti. misralaridagi kabi U MIS va AHVO munosabati tasviri qaysi mutafakkirlarda uchrashinini juftlang. 1) Alisher Navoiy; 2)Huvaydo; 3)So’fi Olloyor; 4)A.Jomiy; 5)Forobiy;6)Xorazmiy javobi: 1,3,5 1,3 1,3,6 2,4,6 1,5 3,5 1,2,3,4,5 ha ha yo`q yo`q ha ha yo`q UMUMIY ХULОSА VА TАVSIYALАR O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 12-iyundagi "Oliy ta`lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PF-4732-son farmoniga ko`ra mamlakatimiz oliy o`quv yurtlarining rahbar va o`qituvchilarini qayta tayyorlash va attestatsiyadan o`tkazish jarayonlarini tashkil etish borasidagi ishlarni aniq va samarali muvofiqlashtirish uchun O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida doimiy faoliyat yuritadigan Idoralararo komissiya tashkil etildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi: - oliy o`quv yurtlari o`qituvchilarining zamonaviy talablarga muvofiq o`z kasb darajasini muntazam oshirib borishdan manfaatdorligiga alohida e`tibor qaratgan holda, oliy o`quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish 59 bo`yicha mazkur Farmonda ko`zda tutilgan vazifalar bajarilishining tegishli nazoratini ta`minlashni tashkil etish; -oliy o`quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish bo`yicha Tayanch oliy o`quv yurtlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning o`quv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlashga ko`maklashish; Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, men ham mazkur farmon ijrosi yuzasidan A lisher nаvоiy nоmidаgi Tоshkent dаvlаt o`zbek tili vа аdаbiyoti universiteti huzuridаgi pedаgоgik kаdrlаrni qаytа tаyyorlаsh vа ulаrning mаlаkаsini оshirish tаrmоq mаrkаzi da "O`zbek tilshunosligi" yo`nalishi bo`yicha tahsil oldim. Bitiruv ishining mavzusi ixtisoslik fanini o`qitishda grafik organayzerlardan foydalanish masalalarini yoritishga bag`ishlanadi. Mavzuni o`rganish natijasida o`qituvchi mahoratli pedagog sifatida quyidagi talablarga javob berishi lozimligi haqida xulosalarga keldim: 1. Yuksak pedagogik mahorat har bir o`qituvchining shaxsiy e`tiqodi va ehtiyojiga aylanishi. 2. O` q ituvchida pedagogik ma h orat egallash uchun bilim, ko`nikma, malakalar shakllangan bo`lish i . 3. O`qituvchi pedagogik mahorat egasi bo`lishi uchun tinmay izlanishi, pedagogik-psixologik, usuliy ma`lumotlarni faoliyatning bosh mezoni deb bilishi. 4. Muntazam ravishda o`z faoliyati oldida turgan vazifalarni yangicha yo`l bilan h al etishga intilish i . 5. Pedagogik ma h oratni bos q ichma-bos q ich q o`lga kiritish uchun tizimli musta q il ish olib borishi. 6. Muntazam o`z faoliyati natijalarini ta h lil q ilish malakalari shakllangan bo`lishi. 7. Ilg`or, ijodkor pedagoglar faoliyatini o`rganib shaxsiy faoliyatga imkoniyati chegarasida qo`llash malakasi hosil bo`lgan bo`lishi; 60 8.O` q ituvchining musta q il bilim olishi, il g` or pedagogik tajribalarni o`rganib, faoliyatga q o`llashi uch un shart-sharoitlar yaratishi; 9. O`qituvchi shaxsiy pedagogik tajribaga ega bo`lishi va h.k. Zаmоnаviy tа’limni tаshkil etishgа qo`yilаdigаn muhim tаlаblаrdаn biri оrtiqchа ruhiy vа jismоniy kuch sаrf etmаy, qisqа vаqt ichidа yuksаk kаfоlаtli nаtijаlаrgа erishishdir, bu tаlаbni yuzаgа keltirishdа pedteхnоlоgiyalаr to`lа ishоnchli vоsitа bo`lа оlаdi. Bitiruv ishidа tаvsiya qilingаn interfаоl metоd lаrdan o`rinli, mаqsаdli, sаmаrаli foydalanish tа’lim оluvchidа mulоqоtgа kirishuvchаnlik, jаmоаviy fаоliyat yuritish, mаntiqiy fikrlаsh, mаvjud g`оyalаrni sintezlаsh, tаhlil qilish, turli qаrаshlаr оrаsidаgi mаntiqiy bоg`liqlikni tоpа оlish qоbiliyatlаrini tаrbiyalаsh uchun keng imkоniyat yarаtishgа хizmаt qilаdi. Ishimizning tаvsiyalаri tаlаbаlаrni kichik guruh vа jаmоаdа ishlаsh, o`rgаnilаyotgаn mаvzu, muаmmоlаr bo`yichа shахsiy qаrаshlаrini dаdil, erkin ifоdаlаsh, o`z fikrlаrini himоya qilish, dаlillаr bilаn аsоslаsh, tengdоshlаrini tinglаy оlish, g`оyalаrni yanаdа bоyitish, bildirilgаn mаvjud mulоhаzаlаr оrаsidаn eng mаqbul y e chimni tаnlаb оlishgа rаg`bаtlаntirish imkоniyatigа egаligi bilаn аlоhidа аhаmiyat kаsb etа оladi. FОYDАLАNILGАN АDАBIYOTLАR: I. Rahbariy adabiyotlar: 1 . Каримов Ислом. Юксак маънавият–енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. 2. Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир – Т.. Ўзбекистон, 2015. – 304 б. 3.Мирзиёев Ш.М. Илм -фан ютуқлари – тараққиётнинг муҳим омили// Халқ сўзи.-2017. -6янв. –Б.1 II. Me’yoriy- huquqiy hujjatlar: 61 1.Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил. 9-сон, 225- модда. 2. Кадрлар тайёрлаш миллий дастури. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1997 йил. 11-12-сон, 295-модда. 3. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2009 йил 11 июндаги 204-сон буйруғи билан тасдиқланган “Олий таълим муассасаларида талабалар билимини назорат қилиш ва баҳолашнинг рейтинг тизими тўғрисида”ги Низом. Ушбу Низомга Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг 2010 йил 25 августдаги 333-сон ва 2013 йил 13 декабрдаги 470-сонли буйруғлари билан ўзгартириш ва қўшимчалар киритилган ҳамда Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлигида 1981-2 - сон билан давлат рўйхатидан қайта ўтказилган. (ЎР ҚҲТ, 2013 й., 50-сон, 659- модда). 4.Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2015 йил 20 августдаги “ Олий таълим муассасаларининг раҳбар ва педагог кадрларини қайта тайёрлаш ва уларнинг малакасини оширишни ташкил этиш чора- тадбирлари тўғрисида”ги № 242- сонли Қарори. III. Maxsus adabiyotlar: 1.Йўлдошев Ж., Усмонов С. Педагогик технология асослари. – Тошкент: Педагог, 2004. 2 .Неъматов Ҳ., Сайфуллаева Р., Қурбонова М. Ўзбек тили структурал синтаксиси асослари. – Т., 1999. 3 .Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги адабий ўзбек тили. – Тошкент: Университет. – 2006 . 4 .Сайидаҳмедов Н., Очилов А. Янги педагогик технология моҳияти ва замонавий лойиҳаси. – Тошкент: РТМ, 1999. 5.Сайфуллаева Р., Менглиев Б. ва бошқ. Ҳозирги ўзбек адабий тили. (Морфология). – Тошкент: Университет, 2005 . 62 6 .Эгамбердиева Н., Исмоилова Д.,Шарипова Н. Педагогика коллежлари таълим мазмунини прогностика қилиш. -Т.: “Фан ва технология”, 2011 .- 56 бет. 7.Эгамбердиева Н., Зоҳидова С. Нутқ ўстириш усуллари - интерфаол таълим стратегиялари воситаси сифатида .-Т.: “Фан ва технология”, 2015 .- 52 бет. 8.Ўзбек тилининг изоҳли луғати. – Т.: ЎМЭ, 2006-2008. – 5 томли. IV. Интернет сайтлари 1. www. ziyonet .uz 1. uzedu . uz 2. www.pedagog.uz 63