logo

XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda yuz bergan yangi renessans davri xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi

Yuklangan vaqt:

30.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

7205 KB
XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda yuz bergan yangi renessans davri xalqimizning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi MAVZUSIDA YOZGAN MUNDARIJA K irish……………………………………………………………………………….3 1. XIV-XV asrlarda O’rta Osiyoda yuz bergan renessans davrining asosiy omillari 1. 1 Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy- iqtisodiy hayot……………… ...8 1. 2 O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi ………………………………………………....................................... ......14 1.3. Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’atning ravnaqi ……………..18 2. XIV-XV asrlarda O’rta Osiyoda boy madaniy merosning yaratilishi. 2.1.O‘rta Osiyoda ilm-fan taraqqiyoti …………………………………………....35 2.2. Ulug‘bek va uning ilmiy maktabi ....................................................................47 2 . 3. “Ulug‘bek Ziji” asarining jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni ……………… 55 Xulosa …………………………………………………………………………… 60 Tavsiyalar ……………………………………………………………………….. 62 Adabiyotlar ro‘yxati ……………………………………………………………6 3 Ilovalar ………………………………………………………………………….. 65 2  KIRISH Mavzuning dolzarbligi. O‘zining 21 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘lini nishonlayotgan o‘zbek xalqi ma’naviyatini uning boy, tarixiy ma’naviy merosi, madaniy boyliklari o‘ziga xos urf-odati va an’analari belgilaydi. Shunday tarixiy, madaniy meroslardan biri XIV-XV asrlarda yuz bergan uyg‘onish-renessans davridir. Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yildi, boy madaniy meros yaratildi. Bu davrda shaharsozlik, me’morchilik, tasviriy san’at, naqqoshlik, xattotlik, ilm- fan, adabiyot, musiqa kabi sohalar, nihoyatda rivojlandi. O‘rta Osiyo renessansi ta’siri Xuroson va Hindiston, hattoki, Yevropa mamlakatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. “Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk, zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning tarixan eng yuqori bosqichiga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi” 1 – deb ta’kidlaydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov. Amir Temur tomonidan Turonzaminda uyg‘onish davrining ikkinchi boshqichini boshlab berilganligini to‘laqonli o‘rganilishi mavzuning dolzarbligini belgilab beradi. Yurtboshimiz aytganidek, “Bunday noyob va bebaho boylikni har tomonlama chuqur o‘rganish, uning ma’no-mazmunini farzandlarimizga yetkazish masalasi barchamiz, birinchi galda ziyolilarimiz, butun jamoatchiligimiz uchun ham qarz, ham farz bo‘lishi shart”. 2 Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Mazkur muammoning ba’zi jihatlari respublika tarixchi olimlari tomonidan tadqiq etilgan bo‘lsada, O‘rta 1 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. T.:Ma’naviyat.2008. 30 b. 2 Karimov I.A. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”. T.:Ma’naviyat.2008. 44 b. 3 Osiyoda XIV-XV asrlarda yuz bergan uyg‘onish davri yaxlit tarzda o‘rganilmagan.Mavzu tarixshunosligida sovetlar davrida nashr etilgan adabiyotlar ham o‘rin olgan. Movarounnahrdagi ilmiy maktabga asos solgan Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy faoliyati V.Bartold, V.Vyatkin, V.Shishkin, T.Qoriniyozov, G‘.Jalolov, N.Monovlar tomonidan, Yevropa va Amerika olimlaridan Jon Grevs, Tomas Xayd, E.B.Nobe, I.Sediyo, K.Nallino, E.S.Kennedi va Mayslar tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. Shuningdek, Gleb Goluberning “Ulug‘bek” qissasi, M.Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasi, O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” nomli badiiy asarlar ham yaratildi.. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach mazkur davr tarixi milliy istiqlol g‘oyasi asosida tadqiq etildi. Avvalo B.Ahmedovning mavzuga yaqin bo‘lgan qator ishlari tadqiqot mavzusini yoritilishda katta ahamiyat kasb etganini ta’kidlab o‘tish joiz. Muallifning mustaqillik yillarida qator ilmiy monografiyalari chop etildiki, bu asarlarda turli manbalardan foydalangan holda XIV-XV asrlardagi O‘rta Osiyo xalqlari tarixi tadqiq etilgan. Muallif o‘zining “Ulug‘bek” 1 , “Amir Temur” 2 , “Amir Temurni yod etib” 3 , “Sohibqiron Temur” 4 , “Amir Temur haqida hikoyalar”, “Amir Temur darslari” kabi asarlari mazkur davrdagi ilm-fan ravnaqi qimmatli ma’lumotlarni bera olgan. 2008-yilda N.Abduazizovaning “Istiqlol matbuoti va Sohibqiron Amir Temur”, Ashrafiy Muqaddimaning “Temur va Ulug‘bek davri Samarqand miniatyurasi” kabi kitoblar chop etildi. Ushbu kitoblarda Temuriylar davridagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar, madaniy hayotning gullab-yashnashi ham o‘rin olgan. 1996-yilda nashr etilgan “Temur va Ulug‘bek davri tarixi” kitobida XIV asrning ikkinchi yarmi XV asrda O‘rta Osiyoda madaniy hayot, qurilishi va me’morchilik, Ulug‘bek akademiyasi, tasviriy san’at, musiqa san’ati kabi masalalar tadqiq etilgan. 1 B.Ahmedov “Ulug‘bek” T.: 1991. 2 B.Ahmedov “Amir Temur” T.: 1995. 3 B.Ahmedov “Amir Temurni yod etib” T.: 1996. 4 B.Ahmedov “Sohibqiron Temur” T.: 1996. 4 1996-yilda bir qator kitoblar chop etildi. N.Norqulovning “Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar”, G.Pugachenovaning “Temurning me’moriy merosi”, “Temuriylar davri san’ati”, “Temur tuzuklari”, A.Uralov va M.Hojixonovning “Temuriylar ma’naviyati va madaniyati”, A.Hayitmetovning “Temuriylar davri o‘zbek adabiyoti”, “Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va san’at”, “Amir Temur va Ulug‘bek davri tarixi” kabi adabiyotlar nashr etildi. 2011-yil “Yangi asr avlodi” nashriyoti tomonidan A.Choriyevning “Sohibqiron ma’naviyati” nashridagi kitobi nashr etildi. Mazkur asar Sohibqiron Amir Temur faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ulug‘ ajdodimizning bashariyat rivojiga qo‘shgan hissasi bugungi kungacha ma’lum bo‘lmagan qirralari bayon etilgan. Muallif Sohibqiron ma’naviyatining milliy istiqlol tuyg‘usini rivojlantirishdagi ahamiyati va tarixiy xotirani tiklashdagi o‘rni masalasiga to‘xtalgan. Shuningdek, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘liq avliyolar, ularning olijanob fazilatlari, Shayx Xo‘jjoz Parranda singari siymolar hayoti misolida qiziqarli yoritilgan. Bu borada Prezidentimiz o‘z fikrini bayon etar ekan, “...biz tarixiy xalq an’analari, urf-odatlari va marosimlari asosida odamlar ongini shakllantirish omillarini kuchaytirishimiz zarur”, deb qayd etadi. Yurtboshimizning ziyolilarimizga bo‘lgan ishonchi “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” kitobidagi quyidagi so‘zlarda o‘z ifodasini topgan: “Sira mubolag‘asiz aytish mumkinki, xalqni ma’naviy jihatdan sog‘lomlashtirish sohasidagi ... katta ishda ziyolilarimiz asosiy, hal etuvchi o‘rinni egallashlari darkor. Ziyolilarning so‘zi odamlarning ongu shuuri va qalbida hamisha aks-sado beradi. Bugungi murakkab, ziddiyatli turli larzalar chiqib turgan va mojarolar bo‘lib turgan vaziyatda ziyolilarimizning oqilona so‘zlari, xayrli ishlari odamlar va xalqlar o‘rtasida insonparvarlik va ma’naviy normalarni saqlab qolishda eng muhim shartdir”. 1 1 I.Karimov. “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T.:2011.89 b. 5 Shunday qilib, mustaqillik yillarida A.Temur va Temuriylar davrida O‘rta Osiyoda madaniyat o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga yetganligi, Turon zaminda uyg‘onish Renessansi davrining ikkinchi bosqichini boshlab berganligi yoritilgan adabiyotlar nashr etildi. Mavzuning maqsad va vazifalari. XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda yuz bergan Renessans davrining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini har tomonlama o‘rganish va tahlil qilish malakaviy ishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilanadi: – XIV asrning ikkinchi yarmi XV asr boshlarida O‘rta Osiyoning siyosiy hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlari yoritilishi. – O’rta Osiyoda XIV-XV asrlarda bunyodkorlik va madaniyat ishlarining rivoj topishini tahlil etish. – Temuriylar davrida Movarounnahrdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning o‘ziga xos xususiyatini tahlil qilish. – Me’morchilik, xattotlik, tasviriy san’at va musiqa san’atining taraqqiy etishini ochib berish. – Mirzo Ulug‘bekning ilm-fan taraqqiyotidagi bebaho o‘rnini ko‘rsatish. – Ulug‘bek maktabi olimlarning jahon fani rivojiga qo‘shgan hissalarini tadqiq qilish. – Tanlangan mavzuni tadqiq qilish natijalari asosida tegishli xulosa taklif va mulohazalarini bayon qilish. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi va ahamiyati. Jahon sivilizatsiyasi tarixida alohida Renessans davri bo‘lib e’tirof etilgan O‘rta Osiyoning XIV-XV asrlar tarixi milliy istiqlol g‘oyasi mazmun – mohiyatiga uyg‘unlashgan holda yangi konseptual metodologik kompleks o‘rganildi. Jahon sivilizatsiyasida munosib o‘rin egallagan Mirzo Ulug‘bekning ilmiy, manaviy-marifiy merosi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini shakllantirishda ta’lim tizimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. 6 Ishdan maxsus kurslar yaratishda, amaliy mashg‘ulotlar jarayonida xalqimizning nihoyatda boy tarixiy-madaniy merosini targ‘ibot qilish va ma’naviy- ma’rifiy tarbiya ishlarida ham foydalanish mumkin Ishning aprabatsiyasi. B M I Qarshi Davlat Unuversiteti Tarix fakulteti O`zbekiston tarixi kafedrasi qoshidagi “ Yosh o`lkashunos “ to’garagida hamda 2011-2012 o`quv yilidagi talabalarning ilmiy amaliy konfrensiyasida ma`ruza qilingan. Ishning hajmi va strukturasi. Malakaviy ish kirish, ikki bob, olti qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovadan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 72 betni tashkil etadi. 7 I. XΙV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda yuz bergan renessans davrining asosiy omillari 1.1. Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi ijtimoiy-iqtisodiy hayot XΙV-XV asrlaridagi sivilizatsiyaning ravnaq topishida Temuriylar davridagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Sohibqiron Amir Temur davrida asos solingan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar uning avlodlari davrida ham asosan davom ettiriladi. Albatta amir, bek va sultonlar o‘rtasida olib borilgan o‘zaro urushlar o‘lkaning ijtimoiy – iqtisodiy va siyosiy hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo ijtimoiy hayot to‘xtab qolgani yo‘q. Yerga egalik qilish avvalgidek to‘rt xil; “ mulki devoniy”- davlat yerlari , “mulk yerlari”- xususiy yerlar , “mulki vaqf”- vaqf yerlari va jamoa yerlari shaklida saqlangan. Temur davridagidek , davlat yerlarini “suyurg‘ol” qilib berish davom ettiriladi. “Suyurg‘ol” egalari nomiga markaziy hokimiyatga qaram bo‘lib, amalda deyarli mustaqil bo‘lganlar. Yerga egalik qilishning ikkinchi shakli xususiy yerlar yedi. Albatta, katta – kichikligidan qat’iy nazar, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy yer mulklari hisoblangan. Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarga ularning davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun berilgan va ular katta hajmdagi yer mulklarga egalik qilganlar. Mo‘g‘ullar bosqini davrida batamom vayron etilgan Buxoroning suv xo‘jaligi XV asrga kelib to‘la tiklanadi, uning dehqonchilik maydoni kengayib, urganchiy dashti tomon qariyb 5-6 km ichkariga kirib boradi. Ulug‘bek hukumronligi davrida Buxoro viloyatining janubiy – sharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqariladi va yangi yerlar o‘zlashtiriladi. Mo‘g‘ullar bosqini davrida vayron etilgan Mug‘rob daryosining bosh tog‘oni Sultonobod Shohruh davrida tiklanadi. Marv shaxri va Murg‘ob vodiysi suv bilan ta’minlanadi. Sulton Husayn Mirzoning tashbbusi bilan Mavorounnahr dan yangi kanal chiqariladi, yargi yerlar o‘zlashtiriladi. Hirot va 8 Mashhad tomonlarda Alisher Navoiy tashabbusi bilan juda katta sug‘orish inshootlari barpo etiladi. Xususan Tus viloyatining yuqori qismida joylashgan Chashmag‘ul mavzesida Turuqband suv omborining qurilishi g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chungi suv ombori orqali 10 farsax kanal qazdirilib, mashhad tobi – hayot bilan ta’minlandi. Bu davrda sug‘orish texnikasi rivoj topadi. Natijada mamlakatda dehqonchilik va bog‘dorchilikning barcha turlari rivojlanadi, chorvachilik taraqqiy etadi. Temuriylar hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda hunarmandchilik, savdo va tovar-pul munosabatlari ham rivojlanadi. Bu davrdv asosan Samarqand, Hirot, Buxoro, Marv, Toshkent, Shohruhiya, Termiz, Shaxrisabz, Qarshi va boshqa shaharlar madaniyat va savdo markazlariga aylanadi. Bu shaharlarda hunarmandchilik rivoj topib, kasb-hunar bilan bog‘liq bo‘lgan mahallalar, ko‘chalar, guzarlar, bozor rastalari, timlar, toqlar paydo bo‘ladi. Samarqand shishalari, qog‘ozlari bilan ham shuhrat qozongan. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo shaharlarida teriga ishlov berish, po‘stindo‘zlik kabi hunarlar ham keng rivoj topadi. E’tiborli joyi shundaki, kasb – hunar egalari mamlakat aholisining eng madaniyatli va obro‘li kishilari hisoblangan. Ularni xalq katta hurmat va e’tibor bilan e’zozlagan. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson savdogarlari nafaqat Osiyo mamlakatlari, ayni zamonda “Buyuk ipak yo‘li” orqali Yevropa mamlakatlari bilan ham savdo munosabatlari olib borganlar. Ayniqsa Xitoy, Hindiston, Eron, Rossiya, Totoriston, Fransiya, Ispaniya va boshqa davlatlar bilan savlo-sotiq ishlari kuchaygan. Xitoydan asosan, ipak, shoyi matolari, xususan, parcha va atlaslar, chinni, la’li, gavhar va mushk, Hindistondan sifatli choylar, nafis oq rangli matolar, nil bo‘yoqlar, xushbo‘y ziravorlar, Erondan marvarid va durlar, Rossiya va Totoristondan har xil mo‘ynalar, teri va mum keltirilgan. Samarqand bozorlarida Fransiya gazmollari, movutlari va cherkas pichoqlari mashhur edi. Temuriy hukmdorlarning elchilik va savdo karvonlari Osiyo va Yevropaning juda ko‘plab mamlakatlariga borganlar. O‘z navbatida, chet 9 mamlakatlarning elchilik savdo karvonlari Markaziy Osiyoning turli shaharlarida bo‘lganlar. Masalan, 1420 – yilda Shohruh va Ulug‘bek 530 kishidan iborat elchilik karvonini Xitoyga jo‘natadi. Shohruh elchilariga Shodihoji va Amir Ko‘kcha, Ulug‘bek elchilariga esa Sultonshoh bilan Muhammad Baxs boshchilik qiladilar. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha viloyat va tumanlarda hokimiyat yoki ulus hukumdorlari tomonidan tayinlangan mansabdor darg‘alar qo‘lida bo‘lgan. Markaziy hukumdorlar asosan uch davlat muassasasi ya’ni “Devon” boshqargan. Devoni Oliy (oliy ijroiya organi), devoni mol (moliya ishlari boshqarmasi) va devoni tovachi (harbiy ishlar boshqarmasi) idora qilgan. Din va shariat bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar, shuningdek sud ishlari va shayxul islom qo‘lida bo‘lgan. Sohibqiron Amir Temurning soliqlar haqidagi “Tuzuklari” juda muhimdir. Temur o‘zining tuzuklarida yozadi: “Amir qildimki, raiyatdan mol – xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki, raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasini kambag‘allashuviga olib keladi. Hazinaning kamayib qolishi esa, sipohning tarqalib ketishiga sabab bo‘ladi. Sipohning tarqoqligi, o‘z navbatida saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi” 1 deydi. Mamlakat obodonchiligini yuksaltirish, aholining iqtisodiy turmush tarzini yaxshilash va mol – ko‘lchilikni ta’minlashga muttasil urushlardan boshi chiqmagan Sohibqiron qanday qilib erishdi, degan qonuniy savol tug‘ilishi tabiiydir, albatta. Bunga ulug‘ Amir pirlari Zayniddin Abubakr Toybodiy o‘qtirgan saltanat ishlaridagi to‘rt narsaga 1.Kengash; 2.Mashvaratu maslahat; 3.Mustahkam qaror, tadbirkorlik va xushyorlik; 4.Ehtiyotkorlikka amal qilganligi tufayli erishgan. Buni biz Amir Temurning “Barcha ishlarimning to‘qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini esa qilich bilan bajo keltirdim”, deb aytgan ibratomuz so‘zlaridan ham bilsak bo‘ladi. Rus olimi D. Logofet Temur davridagi tuzumga quyidagicha baho beradi: “ Yevropada Konstitutsiya haqida 1 “Temur tuzuklari” 98-bet. 10 tushunchaga ham ega bo‘lishmagan bir davrda ana shu Temur davlatida Konstitutsion qonunlar majmuasi – Tuzuk mavjud bo‘lgan va amal qilgan ”. Davlatni boshqarish va idora qilish, barcha sohada adolat,insof, diyonat va imon amriga quloq solib maslahat, mashvarat kengash asosida ish yuritishda ulug‘ bobokalonimizdan o‘rgansak va ibrat olsak nur ustiga a’lo nur bo‘lur zdi. Mirzo Ulug‘bek 1428 – yilda muomaladagi fulusiy tanga chaqa pullar islohotini amalga oshiradi. U shu davrgacha muomalada bo‘lgan barcha yengil chaqa pullarni man etadi va bir vaqtning o‘zida Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz, Toshkent, Shohruhiya, Andijon shaharlarida bir xil vazndagi salmoqdor fuluslar zarb ettirib, muomalaga kiritadi. Bu pullar qisqa muddatda eski chaqalar o‘rniga almashtiriladi. Ulug‘bek keyinchalik mis pullar zarbini markazlashtirish maqsadida faqat Buxorodagi tanga zarbxonasini saqlab qolgan holda boshqa shaharlardagi zarbxonalarga barham beradi. Fuqarolar o‘rtasida Ulug‘bekning “ fulusli adliya ” ya’ni “ adolatli chaqa ” nomi bilan shuhrat topgan bu yangi mis tangalari Movarounnahrda savdo – sotiq muomalasini tartibga solishga ijobiy o‘ringa ega bo‘ladi. Amir Temur davlati o‘z davrida Yevropa va Osiyodagi eng yirik, mustahkam va rivojlangan davlat sifatida tanildi. Temur vafotidan so‘ng ham XVΙ asr boshiga qadar uning avlodlari mamlakatga hukmronlik qiladilar. Temuriylar davrida markaziy davlat ikkiga – Movarounnahr va Xurosonga ajratilib idora etildi. Samarqand va Hirot bu ikki davlatning markazi bo‘lib xizmat qildi. Ayniqsa, Temuriylardan uzoq vaqt hukmronlik qilgan Shohruh, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida madaniyat gullab yashnadi. Musulmon Sharqi, ayniqsa Markaziy Osiyoning madaniyati tarixida Temur va Temuriylar hukmronlik davri XΙV asrning ikkinchi yarmidan XVΙ asrning boshlarigacha bo‘lgan davr so‘nggi umumiy tarixiy rivojlanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatgan yorqin, sermazmun, samarali davr hisoblanadi. Bu davrda o‘zbek tili adabiy til sifatida uzil kesil shakllandi va O‘rta Osiyoning so‘nggi madaniy rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 11 Bu yuksalish birinchi navbatda Amir Temur nomi va faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa, uning o‘g‘illari, nabira va boshqa avlodlari u boshlab bergan ijtimoiy – madaniy hayotdagi yo‘nalishlarni davom ettirishga, Temuriylar saltanatining an’analarini saqlab qolishga harakat qildilar. Markaziy Osiyodagi ΙX – XΙΙ asrlardagi ilm – fan, madaniyatning gurkirab yashnashi O‘rta Osiyo xalqlari tarixida ilk uyg‘onish davrini tashkil etgan bo‘lsa, XΙV asr oxiri XV asr mo‘g‘ul mustamlakachiligidan qutulib, mustaqil davlatning shakllanishi va rivoji asosida madaniyatda yana ko‘tarilish va keskin rivoj ro‘y berdi. Bu davrni madaniyatdagi keskin ravishda bo‘linib qolgan uyg‘onish davrining yakuni – so‘ngi uyg‘onish davri deb atash mumkin. XV asrning temuriylar saltanatini Shoxruh idora qila boshlagan 20-30 yillariga kelib, shahar qurilishiga oid keng ko‘lamdagi ishlar uning poytaxti Hirotda olib borildi. Shaharning yuqori ko‘tarilgan qismi yangi devor va handaqlar bilan o‘rab olindi. Hirot hisori to‘rtburchak shaklda bo‘lib, ikkita markaziy shohko‘cha shahar markazida kesishgan, shaharning ular xosil qilgan to‘rtta qismida esa qurilish erkin rejalashtirgan. Hisor tevaragida rabotlar joylashgan, keng – mo‘l xiyobon bo‘ylab asozodalar uchun qarorgohlar, diniy – me’moriy majmualar quritgan, bog‘ rog‘lar, uzumzorlar barpo qilingan. XV asrda esa mahallalar bog‘lar ichida ko‘milib ketgan. Asosiy ko‘chalar gumbazlar panasida qolgan yoki ustiga chodir – soyabon tortilgan do‘konlaru ustaxonalarning uzluksiz qatorlaridan bilinib turadi. Ana shu umumiy manzarada poytaxt shaharning asosiy me’moriy inshootlari – biridan ulug‘vor masjid, minora, madrasa va maqbaralar yaqqol ko‘rinadi. Yiroq – yiroqlarda esa qal’aning qudratli devorlari ko‘zga tashlanadi. Bu davrda arab tili din va qisman fan tili bo‘lib qolsada, asosan ilm va badiiy adabiyot – san’at tili sifatida turkiy va forsiy tillarning mavqei kuchayib, asosiy o‘ringa chiqdi. Davlat ishlari ham shu tillarda olib borildi. Temur va Temuriylar davri deyarli bir yarim asr Osiyo, ayniqsa, Markaziy Osiyo tarixida nihoyatda ko‘p serqirra, rang barang, madaniy manaviy boyliklarni yaratgani, xalq talantlari 12 uchun imkoniyat yarata olganligi, turkiy xalqlar madaniyati tarixida tamoman yangi uzoq asrlarga ozuqa bergan qatlamlar, yangi sahifalar vujudga keltirgani bilan mashhurdir. Temur mamlakatning iqtisodiy qudratini oshirishga harakat qildi. U ishg‘ol qilgan xorijiy mamlakatlardagi ilm ahlini o‘z panohiga oldi. Movarounnahr va Xuroson shaharlari – obodonchiligi uchun jon kuydirdi. Rus olimi A.Y.Yakubovskiy Temurning bu sohadagi ishlari haqida yozgan edi: “U yaxshi hisob kitoblik xo‘jayin edi. U Movarounnahrga nafaqat turli tuman boyliklarni balki hunarmand, musavvir, me’mor va olimlarni ham olib keldi. To‘g‘ri Movarounnahrning o‘zi mutaxassisi va olimlarga boy edi. Lekin fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar qancha ko‘p bo‘lsa, hunarmandchilik, madaniyat ilm fan ham shuncha tez rivojlanadi”. Shunday qilib XΙV asrning oxiriga kelib Samarqand Sharqning eng go‘zal, obod shaharlaridan biriga aylandi. Bu yerda ulkan binolar, keng hiyobonlar qurishga katta e’tibor berildi. XV asr boshida Movarounnahrga kelgan ispan sayyohi Rui Ganzales de Klavixoning ma’lumotiga qaraganda, Samarqandning boyligi faqat oziq – ovqat mo‘lligi bilan emas balki shoyi matolari, atlasi, mo‘ynadan qilingan kiyimlari, turli mamlakatlardan keltirilgan son – sanoqsiz mollari, bozor va maydonlari, ko‘chalarining keng va ko‘rkamligi bilan ko‘zga tashlanadi. Xullas, bu davr madaniyatining yutuqlari xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi. 13 1 . 2. O‘rta Osiyo XIV-XV asrlarda madaniyat va bunyodkorlik ishlarining rivoj topishi Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda madaniyat o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Temuriylar sulolasining yalovbardori ulug‘ Amir Temurni shu paytga qadar o‘tgan jahongirlarning birontasi bilan ham qiyoslab bo‘lmaydi. Bu fikrni ulug‘ bobomiz va uning avlodlari qoldirgan ulkan moddiy madaniyat yodgorliklarigagina emas, balki jahon fan va madaniyatga buyuk va salmoqli hissa qo‘shgan. Ulug‘bek, Bobur va boshqalarning temuriylar sulolasidan bo‘lganligi ham isbotlaydi. 1 XIV va XV asrlarda Movarounnahrda madaniy taraqqiyot o‘z rivojining yuksak cho‘qqisiga chiqdi. Odatda madaniyat haqida gap borganda, ko‘p hollarda xonlar, amirlar va sultonlar olimu fuzalo, yozuvchiyu mutaffakkirlar tomonidan yaratilgan tarixiy obidalar, osmono‘par binolar, ilmiy – badiiy asarlar va shu singari tashqi belgilarga qarab bir tomonlama baho beradilar. O‘z hokimliklari davrida moddiy va ma’naviy madaniyatning rivojlanishi va ravnaqiga homiylik qilgan davlat arboblarini shaxsiy sifatlari, ularning ichki ma’naviy dunyoqarashlari va madaniyatlarini esa unchalik e’tiborga olmaydilar. Haqiqatda esa bu o‘lchov madaniylik tushunchasining eng nozik va o‘ta muhim ko‘rinishi tomonidir. Sohibqiron Amir Temur o‘zining o‘n ikki tuzuklarida madaniylikning oliyjanob fazilatlarini ulug‘labgina qolmay balki bu fazilatlarning bajarilishi davlat hududida yashab kelayotgan kishilardan eng avvalo o‘z oila a’zolaridan ham talab qilgan. XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda bunyodkorlik ishlari rivojlangan. Bu davrda Movarounnahrda hukmronlik qilgan Temuriylar Samarqandni o‘z poytaxtiga aylantirgach, juda katta o‘zgarishlar bo‘ldi. Samarqand Ko‘ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohi Zinda mavzeyi. Go‘ri Amir, Samarqand atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘ishamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Behisht, Bog‘i Nav hammasi bo‘lib Samarqand atrofida o‘n to‘rtta go‘zal bog‘lar barpo etildi va saroylar qurildi, 1 S h .Karimov, R.Shamsutdinov . “Vatan tarixi”. T.: “Sharq nashriyoti”, 2010 444b. 14 yo‘llar qurilib, Zarafshon daryosi orqali ko‘priklar qurdirildi. Aynan shu davrda Amudaryo va Sirdaryo daryolarida ko‘priklar barpo etildi. Samarqand o‘rtasida to‘ppa – to‘g‘ri kesib usti yopiq ikki tomonidan rasta qurdirildi. Toshkent atrofida kanallar jumladan Ohangaronga ham kanal o‘tkazildi. Shahar tipidagi Ohangaron qishlog‘i qurildi. Buxoro, Shahrisabz, Farg‘ona va Turkistonda karvonsaroylari qurildi. Sohibqiron Amir Temur boshqa qurilishlar bilan birga irrigatsiya inshootlariga alohida e’tibor berdi. Shaharlar, qishloqlar, hammomlar, madrasalar, maqbaralar qurdirdi. Ayniqsa sohibqiron Amir Temur davrida qurilish ishlari misli ko‘rilmagan miqyosda, keng masshtabda olib borildi. Qurilishga mahalliy ustalar, sohibi hunarlarning hammasi, bulardan tashqari Amir Temur zabt etgan o‘zga mamlakatlarning ko‘plab hunarmandlari va quruvchilari safarbar etildi. Amir Temur davrida Samarqand, Toshkent, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi va Turkistonda, Hirot, Mashhad, Nishopur, Qobul va boshqa shaharlarda ulkan yaratuvchilik ishlari olib borilgan. Sohibqironning farmoniga asosan 1365-yilda Qarshi, 1370-yilda Samarqand, 1380-yilda Kesh shaharlari atrofida mudofaa devorlari barpo etilgan. Turkistonda Ahmad Yassaviyga atab qurilgan osmono‘par muxtasham madrasa o‘z davrida ulug‘ bobomiz saltanatining kuch – qudratini ko‘z – ko‘z qilgan. O‘rta Osiyoda XIV-XV asrlarda ya’ni Temuriylar davrida Samarqandni dunyoning eng ko‘rkam va go‘zal shaharlaridan biriga – yer yuzining “sayqali”ga aylantirishni o‘zining asosiy maqsadi deb biladi. Amir Temur davrida Samarqandning dovrug‘i doston bo‘ldi. Uning to‘rt tomonidan to‘rtta darvoza bo‘lgan shahar atrofi qazilgan handaklarda zilol suvlar bilan o‘ralgan edi. Bu davrda Movarounnahrda madaniyat va san’at shu darajada rivojlangan ediki, bugungi kunda O‘rta Osiyo san’atining ko‘zga ko‘ringan tadqiqotchilar san’atshunoslik fanlar doktorlari I.Rempel va G.A.Pugachenkolar o‘sha davr san’atini har tomonlama keng tahlil qilib, olib borilgan tekshirishlari natijasida XIV asr oxiri va XV asrning boshlarida umuman Movarounnahr, 15 Xuroson, Samarqandda yangicha san’at yuzaga kelganini qayd etdilar. 1 Amir Temur hukmronlik qilgan davrida Movarounnahr O‘rta Osiyoning original o‘ziga xos me’morchilik san’ati xususiyatlarini hamda O‘rta va yaqin Sharqda rivojlangan badiiy tafakkurni asosini ifodalagan edi, deb ta’riflaydilar. Bu mualliflar XIV asr oxiridan boshlab Movarounnahr Yaqin va O‘rta Sharq ijodiy kuchlarining bosh markaziga aylanganini, san’atda yangi yo‘nalish paydo bo‘lganini ta’kidlaydilar. Bu fikrni hattoki, Amir Temurning zamondoshlari ham tan olishgan. Masalan : Ibn Arabshoh Amir Temurning shahar atrofidagi saroylarihaqida hikoya qilib, ular yangi uslubda qurilganligini to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatadi. Arxitekturaning yangi tasviriy vositalarini qidirish qisman o‘sha davrda butun Sharqda tengi bo‘lmagan hashamat, dabdabaga erishgan rang barang bezakda o‘z aksini topganligi qayd qilinadi. XIV asrlarda O‘rta Osiyo rassomchiligi, naqqoshchiligi sohasidagi ishlar, O‘rta asr traditsion adabiy syujet bilan birga zamonaviy tematikadan foydalanish, janrlar, kompozitsiyalarni xilma – xilligi, rasm ishlash mahoratini takomillashtirish va shunga intilish tendensiyasi Temur saltanati davrida ko‘zga tashlanadi. XIV asrda bezakli – badiiy buyumlar hunarmandchiligi yuksak darajaga ko‘tarildi. Uning rivojlanishi arxitektura, rassomchilik, naqqoshlik, maishiy buyumlar ishlash bilan o‘zaro bog‘lanish yo‘li bilan birga qo‘shilib boradi. Har xil san’at turlarini bunday bir – biriga bog‘lanib ketishi, yog‘och va toshga o‘yib naqsh solishda ham, gilam to‘qishda ham, qo‘lyozma kitoblarni bezashda ham, metall va sopol idishlarni eng yaxshi namunalarida ham yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘rta Osiyo ma’naviy taraqqiyotida Temuriylarning xizmati va himmati katta bo‘lgan. XIV-XV asrlarda taraqqiyot o‘zining yuksak taraqqiyot nuqtasiga chiqqanligi Turon yurtida ilm – fan, adabiyot va xullas ma’naviy madaniyatning bu darajada barq urib, rivojlanganligini sabablari quyidagicha: 1. Sohibqironning shaxsan o‘zi o‘qimishli, savodxon va ma’rifatparvar inson bo‘lgan. Faqat shunday insongina olimu ulamo va ziyoli yurti taraqqiyoti el farovonligi hamda madaniy sohadagi qadrini biladi. 1 M. H udoyqulov, F.Tilovatov “A.Temur davlati va uning jahon tarixida tutgan o‘rni”. Qarshi, 2004. 127- b. 16 2. Temuriylarning ko‘pchiligi o‘z ona tilidan tashqari fors va mo‘g‘ul tillarini yaxshi bilgan. U mamlakat taraqqiyotida, xalqning madaniy va ma’naviy kamolotida ilm – fan va ma’rifatning ahamiyatini juda qadrlardilar. Shuni alohida takidlash lozimki XIV-XV asrlarda Temuriylar yurtida ilm fan ahli, ijodkor uchun yaratilgan shart – sharoit, g‘amxo‘rlik tufayli Samarqand dunyoning ma’rifat markazlaridan biriga aylandi va uning dovrug‘ doston bo‘ldi. Buni eshitgan ilm – fanga havas qo‘ygan ijodkorlar o‘z tashabbusi bilan Samarqandga kela boshlagani haqiqatga yaqindir. Xullas, XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyo zaminida fanning barcha sohalari gurkirab o‘sdi. Tabiiy va gumanitar fanlar sohasida bir qator buyuk olimlar yetishib chiqdi, ular jahon madaniyati va faniga munosib hissa qo‘shdilar. Xalq xo‘jaligini turli tarmoqlarini rivojlantirishda aniq fanlarning rivojini talab qilgan bo‘lsa, jamiyatning ma’naviy ehtiyoji gumanitar fanlarni talab etardi. Temuriylar davrida ayniqsa ilmi n ujum – astranomiya fani yuksaldi. Bu o‘rinda Amir Temur hamda Mirzo Ulug‘bek singari yaratuvchilik bunyodkorlik bilan shug‘ullanadi. Xalq va davlat ehtiyoji uchun juda ko‘plab binolar, hammomlar, karvonsaroylar, sardobalar qurdiradi. Temuriylar xalqimizning buyuk me’morchilik san’ati durdonalarini dunyoning juda ko‘plab qit’alariga tarqatadilar. Shohruh va Husayn Boyqaro avlodlari, A.Navoiy hazratlari bilan Xurosonning turli shaharlarida barpo etilgan ulkan va go‘zal tarixiy obidalar, boburiylar sulolasining to 1858-yillarga qadar o‘tgan davr mobaynida Afg‘oniston, Hindiston va Pokiston hududlarida yaratgan me’morchiliksan’ati namunalari o‘zining go‘zalligi va hajmi bilan shu paytga qadar ham har qanday ko‘zni o‘ziga maftun etib kelmoqda. Bu narsa Temur va temuriylar naslining va bizning qalbimizda o‘z ota bobo avlodlarimiz bilan haqli suratda g‘ururlanish va faxrlanish his – tuyg‘usini uyg‘otadi. 1.3. Me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’tning ravnaqi 17 Temuriylar davrini ba’zan temuriylar Renessansi deb ham atashadi. XV asrga kelib shaharlarda o‘rtacha hunarmandchilik – tijorat qatlamining mavqei osha bordiki, unga nisbatan Yevropacha “uchinchi tabaqa” atamasini qo‘llash mumkin. Bu davrning yetuk namoyondasi Alisher Navoiyning “Majolisun - nafois” asaridan o‘zidan avval o‘tgan va zamondosh shoirlar to‘g‘risida qimmatli ma’lumotlar beradi, o‘sha davrning madaniy muhitini tasvirlaydi. Buyuk shoir va davr ijodkorlari haqida so‘z yuritar ekan vazni qalam ahli yoniga she’riyatga daxldor olim, tabib va oddiy odamlarni ham qo‘shadi, har biri to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, she’rlaridan mo‘jaz namuna keltiradi. O‘z sohasida kamolotga intilish temuriylar davri hunarmandchiligining asosiy xususiyatiga aylandi. Bu ayniqsa me’morchilikda yaqqol namoyon bo‘ldi. Temur uchun uning topshirig‘iga ko‘ra barpo etilgan inshootlarning ulug‘vorligi siyosiy sohadagi vazifalardan biri edi. U Oqsaroy peshtoqiga bitilgan “Qudratimizni ko‘rmoq istasang – binolarimizga boq” degan yozuvda aniq ifodasini topgan. Samarqandda va Movarounnahrning boshqa shaharlarida Temur davrida amalga oshirilgan qurilish beqiyos ko‘lam kasb etdi. Bunda avvalambor shahar qurilishida istehkomlar barpo qilish, shoh ko‘chalarni tartibga solish, aniq uyushtirilgan me’moriy namunalar yaratish bo‘yicha ulkan tadbirlar amalga oshirildi. Shu yo‘nalishdagi asosiy ishlar Samarqandda jamlandi. Temur va temuriylar davrida shaharlarning asosiy qismi “Hisor” deb atalgan va bu atama o‘rta asrlarda mo‘g‘ullar davrigacha bo‘lgan “Shahriston” tushunchasidan farq qiladi. Zotan, hisor shaharning asosiy qurilishlari va savdo – hunarmandchilik sohalarini o‘z ichiga olgan yoki umuman yangi joyda vujudga kelgan, lekin baribir me’moriy jihatdan o‘zaro uyg‘un bo‘lgan asosiy ma’muriy va mafkuraviy bo‘g‘inlarni o‘zida jamlagan. Katta – kichik shaharlarning hisori har xil, ammo ahamiyati va vazifasi bir. Ularning shakllanishini Temur va Ulug‘bek faoliyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ikkita shahar – Shaxrisabz va Samarqand misolida ko‘rib o‘taylik. O‘sha kezlari qadimgi nomi Kesh bilan ko‘proq mashxur bo‘lgan Shahrisabz arxeologik qazilmalarda aniqlanishicha, musulmon o‘rta asrlaridan 18 avval vujudga kelgan, so‘ngra necha bor yuksalib, necha bor zavol topgan. Shu yerlarda tug‘ilib o‘sgan Temur davrida uning urug‘iga otameros mulk bo‘lgan Kesh shahar qurilishi jihatidan yakuniy qiyofasini topdi. Biroq saltanatning asosiy siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi Samarqand edi, uni bezatishga Temur alohida ahamiyat bergan, shahar hisori ham shunga yarasha edi. Temur muarrixlaridan birining yozishicha u poytaxtni “bag‘oyat xushmanzara, jannatmonand yerda joylashgan Samarqandga ko‘chiradi. Ajoyib dashtlari, go‘zal daraxtzorlari, maftunkor inshootlari bo‘lgan bu beqiyos shahar saltanatning noyob javohiri va boshqa shaharu qishloqlar havas qilgudek maskanni (Temur) davlati boshqaruv markaziga aylantirib poytaxt qildi, qal’a va hisor qurishni, ulug‘vor inshootlari va tillakor saroylar bunyod etishni buyurdi”. 1 XIV-XV asrlarda Afrosiyob xarobalarining ayrim yerlarida uy – joysiz odamlar yashagan, qabristonlar paydo bo‘lgan, Janubi – Sharqiy yonbag‘rida esa asta-sekinlik bilan Shohizinda nomli ulug‘vor maqbaralar majmuasi vujudga kela boshladi. Temurning Samarqanddagi qal’asi shunchaki istehkom emas, balki avvalambor poytaxtning mustahkamlangan ma’muriy – harbiy markazi edi. Uning qudratli devori tashqarisida hukumatning asosiy qarorgohi bo‘lgan Ko‘ksaroy va chamasi, ancha xususiy harakterdagi Bo‘stonsaroy, g‘azna, qurol – yarog‘ ustaxonalari va omborlari, devonxona joylashgan. Qasrdagi alohida maydonchada Ko‘ktosh – yaxlit toshdan taroshlangan baland supa bo‘lgan (hozir u Go‘ri Amir maqbarasining hovlisida turibdi). Mamlakatning siyosiy hayotida amalga hech qanday rol o‘ynamay qo‘ygan navbatdagi qo‘g‘irchoq mo‘g‘ul xonini taxtga chiqarish marosimi an’anaga ko‘ra ana shu toshda o‘tkazilgan oddiygina “amir” unvoniga ega bo‘lgan. Temur davrida Suyurg‘otmish ana shu tarzda nomigagina xon hisoblangan, amalda esa bugun hokimiyat boshdan oyoq Temurning qo‘lida edi. Bu vaqtga kelib Samarqand qiyofasi quyidagicha tarkib topdi.1 maskon Ilonizi devor maydon 500 gektar Hisorni o‘rab olgan. Shaharda oltita darvoza – 1 Temur va Ulug‘bek davri tarixi. Т.: “Meros” nashri yoti, 1996 y. 19 shimolida Shayxzoda va Ohanin, sharqida Feruza, janubida So‘zangaron va Korizgoh, g‘arbida Chorsu darvozalari bor edi. Shahar markazi – Registon maydonidan nur shaklida tarqalib, bu darvozalarga cho‘zilgan asosiy ko‘chalar o‘qday to‘g‘ri bo‘lmay, burilishlari ko‘p, gohida yirik mahallalarining tarixan vujudga kelgan ko‘chalari bilan tutashib ketar edi. XV asr boshdan oyoq me’moriy san’atning yuksalishi davri bo‘ldi, bu esa o‘z navbatida hajmiy fazoviy tuzilmalar yangicha timsolda rivojlanishiga yo‘l oldi. XIV-XV asr davrida inshootlarning ko‘lami ortishi ko‘p jihatdan yakka hukmdorning irodasiga bog‘liq bo‘ldi, zotan, uning uchun shakl mahobatli bo‘lishi bu davr hukmdorlarining qudrati va hokimiyatini ulug‘lash vositasi edi. Ayni paytda bu jarayon muhandislar, me’morlar va bezak ustalari oldiga yangi-yangi vazifalar qo‘yib, ularni amalga oshirishni talab qilardi. XV asrda Movarounnahr bo‘ylab sayohat qilgan Klavixoning guvohlik berishicha, Samarqandga kelib Go‘ri Amir maqbarasining qurilishi bilan tanishganida Temur uning yuksakligidan qoniqmagan va binolar gumbazi shoshilinch ravishda qayta qurishga kirishib, uni ko‘tarib turuvchi poy gumbazning balandligini yanada oshirishgan. O‘shanda Jome masjidining asosiy peshtoqi ham Temurga yetarlicha ulug‘vor bo‘lib ko‘rinmagan va uni qayta qurishni buyurgan. Gumbaz tuzilishi ulug‘vor inshootlarning me’morlari oldida vujudga kelgan mas’uliyatli muhandislik vazifalaridan biri edi. Ulug‘bek davridagi qurilishda esa gumbaz osti tuzilmalarining yangi xillari izlash va ishlab chiqarishga kirishdilar. Ular tarixda o‘zaro kesishuvchi ko‘p qirrali shakllardan iborat. O‘zaro kesishuvchi ayilsimon ravoqlar ancha avval Armanistonda ma’lum edi. O‘sha yerdan XV asrda Xuroson va Movarounnahrga o‘tgan bo‘lishi mumkin. Biroq bu yerda bu tuzilmalar toshdan ishlanadi va ravoqlar oralig‘i tekis toshtaxtalar bilan to‘ldiriladi. Aniq fanlarning Ulug‘bek homiyligi va ishtirokida kechgan yuksak taraqqiyoti me’morchilikda ham yaqqol namoyon bo‘ldi. Bizgacha saqlanib qolgan yodgorliklar (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go‘ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug‘bek madrasasi)ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, uning old tomoni va 20 ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me’moriy shakllarning umumiy uyg‘unligini belgilovchi handasaviy tuzilmalarining aniq o‘zaro nisbati bor ekan. Temuriylar davridan avval ham, keyin ham, umuman, hech qachon Movarounnahr va Xuroson me’morchiligida me’moriy bezak bu qadar yuksak darajaga yetishmagan edi. Temur va Ulug‘bek davri me’morchiligi bezakda ko‘p ranglikni naqshga boyldikni o‘rganish shiori ostida kechdi. Koshinkor bezakni qo‘llashda ikkita bosqich ajralib turadi: biri XIV asrning o‘rta qismini qamrasa, ikkinchisi XIV asr oxiri va XV asrning dastlabki yarmini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqich uchun binoning old tomoni va ko‘pincha ichida ham boshdan – oyoq koshin qoplash odat bo‘lgan. Ikkinchi bosqichda esa binoning old tomonida, g‘ishtdan ko‘tarilgan devorning bir xil rangli fondida peshtoq, ravoq, gumbaz va devor hoshiyasi kabi ayrim joylar tanlanib yorqin rang berilgan, gumbazlar tiniq zangori rangda bo‘lgan. Me’moriy inshootlarni bezatishda epigrafika ulkan ahamiyatga ega. Bitiklarni ular uchun ajratilgan maxsus joylarga, pannoyohud devor, minora, poygumbazning bevosita g‘ishtin sathiga tushirish “kundanavis” yani “yirikxat yozuvchi” lar deb ataluvchi kishilar amalga oshirishgan. Xattotlik san’atini mukammal egallagan bu noyob kasb ustalari olti xil murakkab yozuvni binolarning tashqari va ichki qismiga tushira olishda ham beqiyosbo‘lishgan. Ular bajargan nusxaga ko‘ra bu yozuvlar umumiy g‘ishtin sathga, ko‘k, zangori, oq rangdagi sirli koshinlar, qadama naqshlar, bino ichida esa bo‘yoq orqali tushirilgan. Temur va Ulug‘bek davrining hashamatli me’morchiligida binolar ichining bezagi ham benihoya boy va xilma – xil edi. Bu o‘rinda koshinlar ahyon – ahyon sahr va mehrob qoplamasida ishlatilgan xolos. Devor va shift, hatto gumbaz ham naqsh bilan ziynatlangan. Temur davri inshootlarida ko‘k va zarxal ranglar ustun bo‘lgan dabdabali naqsh hukmron edi, Ulug‘bek davrida esa o‘sha kezlari rasm bo‘lgan Xitoy chinnisiga taqlidan oq fondagi ko‘k naqsh ommalashdi. XIV –XV asrlarda barpo etilgan obidalar masjidu – madrasalar hozirgi kunga qadar o‘z qiyofasini o‘zgartirilmaganligi bilan e’tiborga loyiqdir. 21 Madrasa – oliy diniy o‘quv yurti. Temur davrida Samarqandda faqat ikkita madrasa qurilgan edi xolos. Ikkovi ham mo‘jazgina va sulolaviy dahmalar bilan bog‘liq bo‘lib, Go‘ri Amir majmuasidagi hamda Saroymulkxonim madrasalaridir. Ulug‘bek va Shohrux davrlarida esa madrasalar safi ancha kengaydi. Ulug‘bek uchun madrasa avvalo bilim maskanidir. Uning topshirig‘iga ko‘ra Buxoroda (820-1417), Samarqandda (823-1420) va G‘ijduvonda (836-1433) madrasalar qurildi. 1 XVI asrda madrasa me’morchiligi o‘zining uzil-kesil qiyofasiga ega bo‘ldi – hovlining gir aylanasini talabalar istiqomat qiluvchi hujralar egallangan, darsxonalar burchaklarda joylashgan, yoz kezlari darslar ochiq havoda, ayvonlarda o‘tkazilardi, bu yerda yana kundalik namozlarni o‘qish uchun masjid ham bor edi. XIV –XV asrlarda karvonsaroylar ko‘p bo‘lgan Samarqanddagi Registon ansambilining shimoliy tomonida Ulug‘bek qurdirgan Mirzoi karvonsaroylar bizga yozma manbalardan ma’lum. Biroq XVII asrdayoq uning o‘rniga Tillakori madrasasi qurildi. Shahrisabzdagi hammom va Samarqandning Registon maydoni yaqinida hozirda ham turgan hammom XV asrga mansub. Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarinig bu oddiy namunalari O‘rta sharqda keng tarqalgan hamda vaqt o‘tishi bilan qayta qurib turilgan. Miniatyuralarda hammomning turli qismlarini ko‘rish mumkin.Temur va temuriylar davrida qurilish ishlari, me’morchilik misli ko‘rilmagan darajada o‘sadi va rivojlanadi. V.V.Bartold bunday deb yozadi: “Temur bir vaqtning o‘zida ashaddiy buzg‘unchi va tashabbuskor quruvchi edi. U buyuk imoratlar barpo etdi va ularni ulkan bog‘u – rog‘lar bilan o‘radi, shahar va qishloqlarni tikladi. Suv inshootlari barpo etdi va buzganlarini tuzatdi. Madaniyat barpo etish mumkin bo‘lgan yer maydonlarini bo‘sh qoldirmas edi. Temurning ijodkorlik faoliyati ham uning qilgan vayronagarchiliklari kabi kishini hayratga qoldirardi. Musulmon me’morchiligidagi eng yaxshi devr Temur va uning avlodlari nomi bilan bog‘liq” 2 . 1 ”Temur va Ulug‘bek davri tarixi” T.: 1996y. 179 b. 2 Бартолд В.В. “Улугбек и его время. Соч.” 60-61с. 22 XIV –XV asrlarda O‘rta Osiyoda Temur va uning avlodlari davrida Samarqand, Toshkent (Zangi ota qabri), Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Turkistonda, Xurosonning markazi Hirot, Mashhad, Qobul va boshqa shaharlarda buyuk yaratuvchilik ishlari olib boriladi 1404-yilda Amir Temurning onasi Nekuzbibi sharafiga qurib bitkazilgan, go‘zallikda tengsiz Oqsaroy Ispan elchisi Rui Gonzales de Klavixo 1403-yili bu yerdan Samarqand tomon o‘tayotganda hali bitmagan edi. Ammo u o‘z xatolarida Oqsaroyning go‘zalligidan hayratlanganligi va qoyil qolganligini yozadi: “Zero butun bino zarhal va lojuvard bilan qoplangan bo‘lib, u yerda saroyning shuncha bo‘lma va oromgohlarini ko‘rsatdilarki, ular haqida uzoq so‘zlash mumkin. Saroy ziynatlari oltin va boshqa ranglardan hayratomuz ishlangan edi. Hatto mohir ustalari bilan jahonga mashxur bo‘lgan Parijda xam bu ish juda go‘zal hisoblangan bo‘lar edi”. A.Temur tomonidan qurilgan ushbu saroyning eng noyob, o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shunda ediki, saroy tomi tepasida hovuz bo‘lib, unga suv Taxta qaracha dovonidan tog‘dan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. “Shohizinda” ansambilida Temur va temuriylar qurdirgan maqbaralarning soni 20 dan oshdi. “Shohizinda” ansamblida A.Temurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbaralar va boshqa binolar xam kattagina o‘rinni egallaydi. A.Temur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri bu – Go‘ri Amir maqbarasidir. Bu muxtasham binoning o‘z qurilish tarixi bor. A.Temur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning o‘g‘li) juda sevardi. Muhammad Sulton 1403-yilda 27 yoshida shamollab vafot etadi. Uni Samarqandga 1404-yilning kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sultonni xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda maqbarani o‘n kunda qurib tugatishga buyruq berilgandi. Haqiqatdan ham maqbara o‘n kunda qurib bitkaziladi. Bunday katta, hashamatli va baland binoni o‘n kunda qurib bitkazish aqlga sig‘maydigan bir voqea bo‘lib, A.Temurning kuch – qudrati nimalarga qodir ekanligini namoyish etgan. A.Temur mana shu yerda Muhammad 23 Sulton Mirzo xotirasiga va Alloh yo‘liga atab katta xudoyi marosimi o‘tkazadi hamda o‘sha davr mashhur din peshvolari tomonidan Qur’oni Karimda oyatlar o‘qittiradi. Maqbara devoridagi rang-barang koshimlar orasida uni qurgan usta Muhammad ibn Mahmud Isfaxoniyning nomi ham yozilgan. 1405-yilda A.Temur vafot etgach, uning o‘zi ham shu yerga, nevarasining yoniga dafn etiladi va maqbara “Go‘ri Amir” maqbarasi deb nom oladi. Shundan so‘ng ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muhammad Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari sohibqironning o‘g‘illari Umarshayx, Shohruh va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bek va Temurning piri Sayyid Baraka xam sag‘analari qo‘yilgan. Diqqatga sazovor joyi shundaki, A.Temurdek inson o‘z qabrini ustozi Sayyid Barakaning oyog‘i uchlariga qo‘yilishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat bajo etilgan. Maqbaraning ichi juda baland. U bezaklarining jilosi bilan har qanday kishini hayratlantiradi. Maqbaraning o‘rtasida o‘rnatilgan sag‘ana toshlarida temuriylarga bag‘ishlangan yozuvlar bor. 1 Temur va Ulug‘bek davridagi asosiy inshootlarni bunyod etgan ko‘plab ustalar nomi bizgacha yetib kelmadi. Samarqanddagi Shohizinda majmuasining ayrim yodgorliklarida uchraydigan bitiklar guvohlik berishiga qaraganda, Temur g‘arbga yurishlarida oldingi davrda bu zaminning o‘z me’moriy maktabi va bezak ustalari bo‘lgan. Xoja Ahmad maqbarasidagi (XIV asrning ikkinchi yarmi) Taxri Ali, Shodimulk maqbarasidagi (773/1373) Baxriddin va Shamsiddin, shuningdek, bu maqbarani bezatishda qatnashgan uchinchi usta Zayniddin Buxoriyning nomlari shular jumlasidandir. Masjidlar bugun musulmon olamida bo‘lganidek ular turli mavqeda edi. Shaharlarda jome masjidlari eng muhim rol o‘ynagan. Bu yerda juma nomozini o‘qish uchun juda ko‘p odam to‘plangan, lekin kundalik nomozlar ham o‘qilgan. Shahar chekkasida odatda namozgoh (musallo, iydgox) bo‘lgan, yildagi ikkita 1 Sh.Karimov, R.Shamsutdinov . “Vatan tarixi”. T.: “Sharq”, 2010. 453 b. 24 bosh bayram Ramazon va Qurbon hayit kunlari shahar va yaqin atrof aholisi shu yerda yig‘ilgan. XIV-XV asrlarda nafis kitob va xattotlik sang’ati ham rivoj topdi. Uzoq tarixiy o‘tmishda bosmaxona bo‘lmagan. Kitoblar qo‘lda ko‘chirilgan. Qo‘lda ko‘chirilgan kitoblar nafaqat mazmunan, balki tashqi ko‘rinishi va bezagi jihatidan ham kitobxonlarning talab – ehtiyojlari va didiga javob berishi, odamlarda ma’naviy va estetik dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qilishi lozim edi. Shu boisdan xam Temur va temuriylar davrida nafis kitob va xattotlik buyuk san’at darajasiga ko‘tariladi. Bu nafis kitob yaratish jarayonining mislsiz darajada murakkab va og‘irligi turli xil kasb – hunar egalari mehnatining ma’lum bir dasta singari jamlanishi bilan belgilanadi. Chunki kitob yaratish jarayonida qog‘oz kesuvchi hattot (kalligraf), musavvir, lavvoh (lavha kesuvchi), sahhof (muqovachi) ishtirok etadi. Ota-bobolarimiz tomonidan nafis kitob yaratishda ishlatilgan Samarqand, Buxoro qog‘ozlari dovrug‘i doston bo‘lgan. Kitoblarni yaratishda unga turli xil suyuqlik moddalar va ranglar ishlatilgan. Kitobdan yoqimli va xushbo‘y xid kelib turishi uchun juda sifatli gulob yoki anbar siyoxga qo‘shilib yozilgan. Musavvirlar ishlatadigan bo‘yoqdan oltin va kumush eritmalari aralashtirilgan, sahhof esa muqovaning go‘zal bo‘lishi uchun charmlardan ustalik bilan foydalangan.og‘ir va mashaqqatli mehnatlar evaziga yaratilgan har bir kitobning o‘zi shubhasiz katta bir san’at asari edi. Bunday kitoblar asosan shohlar, amirlar, xonu sultonlar buyurtmalari asosida yaratilgan va maxsus kutubxonalarda e’zozlab saqlangan. XIV-XV asrlarda nafis kitob va xattotlik san’atining buyuk namoyondalari o‘sib yetishadi. Bular Mir Ali Tabriziy, Abduraxmon Xorazmiy, Sulton Ali Maxshadiy, Mir Ali Gilqalam, Sulton Ali Xalvoiy, Rafiqiy, Mirak Naqqosh, Behzod, Shox Muzaffar va boshqalardir. 1 Shulardan biri bo‘lgan xattotlik san’atining buyuk namoyondalaridan biri Sulton Ali Mashxadiydir. U 1432-yilda Mashhadda tug‘ilgan. Yoshlikdan h usnixatga qiziqqan. Sulton Ali xusnixat sultoni darajasiga ko‘tariladi va “Qiblatul 1 SH.Karimov, R.Shamsutdinov . “Vatan tarixi”. T.: “Sharq”, 2010. 453 b. 25 – qutob” (Kitoblar qiblasi) va “Sultonun – xattotin” (Xattotlar sultoni) deb elda nom taratadi. Sulton Ali 1461-yilda Nizomiyning “Mahzanul – asror” dostonini, 1464- yilda Hofiz devonini va 1465-1466 yillarda A.Navoiyning devonini ko‘chirgan. Sulton Ali Mashxadiyning ijodiy faoliyatida Husayn Boyqaro va Alisher Navoiylarning salmoqli o‘rni bor. U Husayn Boyqaro kutubxonasida ishlagan va Hirot xattotlariga raxbarlik qilgan. Sulton Ali shaxsan Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy topshiriqlarini bajargan va ularning asarlarini ko‘chirgan. U har kuni Husayn Boyqaro uchun 50, Navoiy uchun 20 bayt ko‘chirar edi. Bundan tashqari Sulton Ali Nizomiy, Farididdin Attor, Hofiz Sheroziy, Dehlaviy, Jomiy asarlarini ham ko‘chirish bilan shug‘ullangan. Mashxur xattot ko‘chirgan 50 dan ortiq asar bizgacha yetib kelgan. Bu asarlar Toshkent, Sank-Peterburg, Parij, Berlin, Qohira va dunyodagi boshqa shaharlarda saqlanmoqda. Sulton Ali Mashhadiy ko‘chirgan kitoblar orasida Navoiyning mashxur “Xamsa”si ham munosib o‘rin olgan. Sulton Ali Mashxadiy xattotlik san’atidan tashqari o‘ymakorlik san’atining ham mohir ustasi bo‘lgan. Husayn Boyqaro qabr toshtdagi o‘yib yozilgan matn parchasi ham u tomonidan yozilgan. Tildagi o‘zgarishlar va yozuv O‘rta Osiyoda ham qo‘lyozma kitob olib kelinishiga sabab bo‘ldi. Bu yerda u bir qancha jahoniy bilimlarni targ‘ib etishga ko‘plab diniy axloqiy tizimlarni qaror toptirishga, o‘rta asrlarning turli tuman mafkuraviy aqidalarini yoyishga xizmat qildi. O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotiga qo‘lyozma kitob shu qadar ulkan rol o‘ynadiki, uni shu xalqlarning madaniy qadriyatlarini vorislarga uzatuvchi ishonchli vosita, inson ruhi namoyon bo‘lishining muhim omillaridan biri deb bemalol aytish mumkin. Qo‘lyozma kitobni tadqiq etish O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy o‘tmishidan yana bir yorqin sahifani tiklashga, ularning sivilizatsiyasi xazinasiga qo‘shgan salmoqli h issasini ko‘rsatishga imkon beradi. Bizgacha yetib kelgan qo‘lyozma kitoblar Osiyo tarixining barcha tomonlariga oid bilimlarimizni to‘ldiradi, ko‘pincha uning shu paytgacha ma’lum bo‘lmagan yangi sahifalarini ochadi. 26 Ana shu sababli ham hozirga paytda O‘zbekiston va O‘rta Osiyodagi boshqa respublikalarda qo‘lyozma yodgorliklar madaniy merosning muhim bir qismi sifatida umummilliy e’zoz ehtiromga loyiq ekani va nihoyatda diqqat – e’tibor bilan o‘rganilayotgani tabiiy xoldir. Olimlar geograflar va sayyoxlarning fidokorona faoliyati natijasida sharq qo‘lyozma kitoblarining yirik kolleksiyalari to‘plangan va bu xil xazinalar Sharqu – G‘arbdagi deyarli barcha mamlakatlarda bor. Qo‘lyozma kitoblarning badiiy bezagi sodda bo‘lgan. Keng tarqalgan bezak turi kitob boshlanishida keladigan unvon edi, u matndan avval (birinchi varaqning orqa tomoniga) sahifaning yarmi, uchdan yo to‘rtdan bir qismiga rangli qilib ishlangan, ko‘k, qizil, yashil va tillorang ustunlik qilgan, unvon shakli gumbazsimon yoki to‘rtburchak ko‘rinishida. Unvon maydoniga chiziqlar tortib, atrofi hoshiyaga olingan. Ikki sahifaga chizilgan yoki takrorlangan unvonlar kam uchraydi. Unvon qo‘lyozma o‘rtasida yoki yirik asarning xar bir jildi boshida kelishi esa yanada noyobroq hodisa. XV asrdan boshlab O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Turkiya va Hindiston olimlari xattotlik miniatyura san’ati, badiiy bezak tarixi va nazariyasi bo‘yicha ko‘plab risolalar yozishdi. Kitob bezagining bu jihatini o‘rganishda keyingi ellik yil mobaynida Yevropa Sharq mamlakatlari olimlari juda katta ishni amalga oshirishdi. Afsuski, Temur va temuriylar davrining miniatyura san’ati, xattotlik va qo‘lyozma bezagini o‘rganishda tadqiqotchilar aksari xollarda faqat o‘z mamlakatlari yoki boshqa mamlakatlarning ayrim fondlaridan topilgan ayrim materiallarning o‘zi bilangina cheklanib qolishgan. 1969-yili Samarqand shaxrida Temuriylar davri san’atini o‘rganish bo‘yicha ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi va unda professor Hamid Sulaymon Temuriylar davrining badiiy yozuvi va xattotlik san’ati bo‘yicha ma’ruza qildi. Ushbu ma’ruzasidan olim Temuriylar davri qo‘lyozma asarlarining badiiy bezatilishi yuzasidan qator muammolarni ko‘rib chiqdi. 27 Ma’lumki, bezakli qo‘lyozma bir qator ustalar – xattot, naqqosh, muzahhib (zarhal beruvchi), musavvir va sahholarning hamkorligidagi ijodi maxsulidir. Miniatyura bilan bezatilgan qo‘lyozmalardan tashqari xattotlarning o‘zi yaratgan va faqat naqqoshlar bezagan ko‘p sonli qo‘lyozmalar ham Temur va Ulug‘bek davrining bezakli qo‘lyozmalari toifasiga kiradi. Shu davr san’atining boshqa turlari qatorida bezakli qo‘lyozma ham avvalgi asrlardagi ustalarning eng yaxshi an’analarini ijodiy o‘zlashtirish asosida rivojlandi. XIV-XV asrlarda qadimgi Samarqand, Hirot, Buxoro, Tabriz, Sheroz shaharlaridagi jamoat va xususiy kutubxonalarda chiroyli qilib bezatilgan Firdavsiyning “Shohnoma”, Rashiddinning “Jome ut-tavorix”, Nizomiyning “Xamsa” va XIII-XIV asrlarda ko‘chirilgan boshqa noyob qo‘lyozmalar ko‘p bo‘lgan. Ular Temur va Ulug‘bek davri qo‘lyozmalari bezatilishi yanada rivojlanishiga, bu borada yangi usullar shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmay qolmasdi albatta. Bezakli qo‘lyozmalar to‘g‘risidagi mavjud adabiyotda tadqiqotn6ing asosiy manbai miniatyuralarning o’zidangina iborat bo‘lib qolgan. Sharq bezakli qo‘lyozmalariga qiziqqan san’atshunoslarning qariyb bari san’atning mustaqil turi sifatida, asosan miniatyurani o‘rganish bilan shug‘ullanishgan. B.P.Denike, V.A.Krachkovskiy, L.P.Guzalina, A.A.Ivanov, O.F.Akimushkin, G.A.Pugachenkova hamda boshqalarning asarlari, ayniqsa XIV-XV asrlarda miniatyura san’atini o‘rganishda katta xizmat ko‘rsatgan yevropalik tadqiqotchilarning asarlari singari, asosan miniatyuraga bag‘ishlangan. Bloshe, Martin Shuls, Sarkisyan, Arnold, Bazil Grey, Robinson, A.Popp, Shukin va boshqa omillarning ko‘p yillik salmoqli tadqiqotlari miniatyura sanatining shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlari, badiiy xususiyatlari va umumiy tadrijiy taraqqiyotini keng ko‘lamda yoritdiki, bu izlanishlar doirasi XIV-XV asrlar davrini ham qamrab olgan. Badiiy va tarixiy asarlarda esa miniatyura ko‘rinishidagi bezakdan keng foydalanilgan. Jahonda eng yirik bo‘lgan qariyb barcha qo‘lyoza fondlarida 28 saqlanayotgan badiiy bezak va miniatyuraga boy noyob qo‘lyozmalar asosan Firdavsiyning “Shohnoma”si, Nizomiy, Sadiiy, Hofiz, Navoiy asarlari Rashididdining “Jomi ut-tavorix”, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari va hokazolardan iborat ekanligi tasoldifiy emas. Ayni paytda qo‘llanish doirasi cheklangan miniatyuradan farqli o‘laroq naqshlardan foydalanish umuman chegara bilmagan. Naqsh Qur’oni Karimdan boshlab jamiki diniy va dunyoviy adabiyotga keng ko‘lamda qo‘llangan, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Xiraviy, Mir Imoq va boshqalarning xattotligidan hatto mo‘jaz namunalar qit’alar ham naqshlar bilan go‘zal qilib bezatilgan va ajoyib miniatyuralardan kam qadrlanmagan. Qo‘lyozma muayyan darajada bo‘lg‘usi kitobning hajmiga bog‘liq edi. Bir muqrova ichidagi kitoblar bir qancha kulliyotlar yoki Navoiy “Xamsa”si, Jomiyning “Haft avrang” kabi bir qancha dostondan iborat bo‘lsa, kichik o‘lcham tanlangan. “Xattotlar sultoni”Sulton Ali Mashxadiy, miniatyura san’ati bo‘yicha Hirot maktabining asoschisi Kamoliddin Behzod va kitob bezagining mashxur ustasi naqqosh mavlono Yoriy Muzahhib bezakli kitobning shohona namunalarini yaratgan yuzlab ustalarning murabbiylari edi. Har bir bezakli qo‘lyozma betakror san’at asariga aylanib ketgan. Alisher Navoiy “Xamsa”sining 896/1492-1493 yili ko‘chirilgan va hozir Sank-Peterburgda saqlanayotgan nusxasi miniatyurasiz ammo bezakli qo‘lyozmaning noyob namunasi hisoblanadi. 1 Shunday qilib, “Xamsa”ning Sank – Peterburg nusxasi, miniatyuralar yo‘qligiga qaramay temuriylar davri bezakli qo‘lyozmalarining shohona namunasi va XV asrning ikkinchi yarmidagi Hirot maktabining o‘ziga xos yangi usulini aks ettirgan, deb bilish mumkin. Sulton Xusayn Boyqaroning saroy kutubxonasida buyuk musavvirlardan Kamoliddin Behzod, Mirak Naqqosh, Qosim Ali Mahmud Muzahhib, shox Muzaffar, SultonMuhammad, Do‘st Muhammad, Abdurazzoq, xattotlardan Sultonali Mashhadiy, Muhammad ibn Nur, Darvesh Muhammad ibn Axsar, Sherali 1 ”Temur va Ulug‘bek davri tarixi” 1996-y. 223 b. 29 va boshqalar ishlagan. Eng ajoyib bezakli qo‘lyozmalar avvalambor “Husayniy” taxallusi bilan go‘zal bitgan Sulton Husaynning o‘zi uchun ishlangshani shubxasiz, albatta. Bunday qo‘lyozmalar Samarqand, Buxoro, Termiz, Sheroz, Mashxad kabi shaharlarda ancha rivojlangan. O‘rta Osiyoning XIV-XV asrlardagi san’at taraqqiyotida Samarqandning rolini o‘rganish kabi muammolarni ham tadqiqot doirasiga kiritish lozim bo‘ladi. XIV-XV asrlarda butun O‘rta Osiyodagi musiqa madaniyati keng aholi ommasi va oliy tabaqalar hayotining uzviy bir qismi sanalgan. Amir Temur zabt etilgan mamlakatlardan madaniyat va san’at arboblari qatorida Samarqandga musiqachilarni ham jo‘natib turadi. Ular orasida ayniqsa Abdulqodir (1353-1435) nihoyatda mashxur edi. Ozarbayjonning yirik madaniyat markazi bo‘lgan Marog‘adan chiqqan Abduqodir Nayiy uyg‘onish davriga mos tarzda xilma – xil bilim va iste’dodlarga ega shoir, xonanda, qori, musiqa ijrochisi hamda nazariyotchisi edi. Samarqandda va keyin Hirotda ekanida uning ijodiy faoliyati, ayniqsa sermaxsul bo‘ldi. Ajdodlardan merosga qolgan va ayrim o‘zgarishlarga uchragan musiqa asboblarning tarkibi torli hamda urib, chertib va puflab chalinadigan turlardan iborat edi. “musiqa asboblarining shohi” avval to‘rt torli bo‘lgan ud tasvirlanayotgan davrda 10-12 juft torli edi. Ham torli, ham chertib chalinadigan asboblaridan manga shu ud chang va rubob bo‘lgan. Puflab chalinadigan asboblardan nay va karnay, urib chalinadiganlaridan nog‘ora va doira bor edi. Asosiy musiqa janrlari shashmaqom singari an’anaviy shakllarda ancha avval tarkib topgan, avval lekin bu davrda ijodiy jihatdan boyidi. Bu davrda yashab ijod qilgan Ibn Arabshohning bergan ma’lumotlariga qaraganda Amir Temur saroyida juda ko‘plab musiqashunoslar, hofiz va qo‘shiqchi san’atkorlar ham bo‘lganligini yozadi: “Xoja Muhammad az-zohid Buxoriy, ulug‘ tafsirchi, hadischi, hofiz bo‘lib, Qur’on ul karimni yuz jildda tafsir qilgan... Qorilardan mana shular ikkalasi va mavlono Taxruddin bor edi. Qur’oni qiroatda ham, savtda ham tavjid bilan yod olgan kishilardag Abdullatif ad- Domg‘oniy, mavlono Asaduddin, sharif Hofiz Husayniy, Mahmud Muhriq al- 30 Xorazmiyva Jamoliddin Ahmad al-Xorazmiy va musiqa ilmida ustoz bo‘lgan Abdulqodir al-Marog‘iy edi”. 1 Bu davrda musiqa san’atining rivoj topganligini shu narsadan ham bilsa bo‘ladiki, Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida xalq qo‘shiqchiligining 8 turi bo‘lganligini yozadi. Bu – tuyuq, changi, turkiy, orzuvoriy (yoki oruzvoriy), muxabbatnoma, mustazod va boshqalar xalq san’atining ham rivojlanganligidan dalolat beradi. Xalq kuylari va qo‘shiqlari musiqa san’atining rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. X va XII asrlarda vujudga kela boshlagan musiqa san’atining yangi o‘n ikki maqom turi XIV-XV asrlarga kelib yuksak bosqichga ko‘tariladi, yangi kuylar bilan boyitdi. O‘n ikki maqom ko‘pgina kuylar birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, quyidagilarni o‘z ichiga oladi. Rost, Isfaxon, Iroq, Zirafkan, Buzruk, Hijoz, Buslik, Ushshoq, Xusayniy, Zangula, Navo, Nahoviy. Musiqa san’atining taraqqiyotini she’riyat olamidan tashqarida tasavvur etib bo‘lmaydi. Musiqa va she’riyat doimo bir-birini to‘ldirib kelgan. Musiqa bilan she’riyat o‘rtasidagi aloqani XV asrda yashab ijod qilgan shoir Ahmadiy “Sozlar munozarasi” asarida ajoyib badiiy bo‘yoqlarda tarannum etadi. Ahmadiy majoziy h arakterda yozilgan o‘zining bu asarida sozlar munozarasini beradi. Munozarada ishtirok etgan barcha so‘zlar : Tanbur, Ud, Chang, Qobuz, Rubob va boshqalar o‘zlaricha kerilib maqtanadilar. Nihoyat ularning munozarasiga Piri xarobat (soqiy) aralashadi va sozlarning har biriga nasihatlar qiladi, ularning har birining o‘ziga xos fazilatlari borligini takidlaydi. Bu asar tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan didaktik ijod maxsuli hamdir. Xullas, musiqa san’ati taraqqiyotida XIV- XV asrlarda erishilgan muvaffaqiyatlar xalqimizning ma’naviy meros boyligi bo‘lib, avlodlar ongida badiiy estetik qarashlar va oliyjanob insoniy fazilatlarni shakllantirishning muhim vositasidir. XIV-XV asrlarning ulkan muvaffaqiyatlaridan biri tasviriy san’atning gurkirab o‘sganligi bo‘ldi. Bu davrda tasviriy san’atda Kamoliddin Behzod, Mirak 1 Ibn Arabshox. “Amir Temur tarixi”, 2-kitob, 85-86 betlar. 31 Naqqosh, Qosim Ali, Maqsud Muzahhib, Xoja Muhammad Naqqosh, Shoh Muzaffar va boshqalar barakali ijod qilganlar. Bu davrda Samarqandda o‘ziga xos miniatyura rassomchilik maktabi qaror topdi. Bu yerda gap faqatgina estetik tuyg‘u tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lgan maktab xususidagina emas, balki asl ma’nodagi maktab haqidagi bormoqda. Turkiyadagi To‘pqopi Saroy va Berlin kutubxonalarida saqlanayotgan “Stambul albomi”dagi ko’chirma va xomaki miniatyura nusxalari shundan daloldat beradi. XIV-XV asrga oid bu xomaki nusxalar noziklik bilan aloxida shaxslar, daraxtlar, gullar, naqshlar, kichik kompazitsiyalardan iborat bo‘lib, nihoyatda zukko ustalar ta’rifidan qog‘ozga tushirilgan hamda shogird rassomlar ulardan nusxa ko‘chirish bilan ishni davom ettiraverishgan. Bu rasmdagi chiziqlar uyg‘unligi, xatti-harakatlarning aniq berilishi, xar bir qiyofani o‘sha to‘g‘ri to‘rtburchak sahifada o‘z o‘rnini topib joylashtirishi ustoz rassomlarning bemisl mahoratidan dalolat beradi. Sharq miniatyura rassomchiligining rivojlanishi adabiyotning ravnaqi bilan bevosita chambarchars bog‘liq edi. Musavvirlar ko‘pincha Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, keyinchalik esa Jomiy va Navoiy asarlariga rasmlar ishlashadi. XIV asrga kelib esa ular “Jome ut-tavorix”, “Tarixi Rashidiy” kabi zamonasining voqea va hodisalaridan bahs etadigan tarixiy asarlarini bezay boshlashadi. Bu an’ana temuriyzoda sultonlar zamonasida ham davom etadi. Shu tariqa Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafanoma”si, Xotifiyning “Temurnoma” asarlari ham jangu jadal lavxalari bilan jilolandi. Juda kamdan kam hollar ilmiy asarlarda ham ayrim lavxalar paydo bo‘lib, Makka va Madina kabi muqaddas joylarning aksi ko‘rsatiladi. Bunday rasmlarda odamlar qiyofasi aks etmaydi. Biroq shuni aytish kerakki, badiiy asarlarda diniy ta’qiqdan chetga chiqilib odamlar qiyofasi bilan birgalikda ular qoshida turgan Muhammad payg‘ambar ham aks ettiriladi. (Uning yuzi doim niqoblangan h olda ifodalanadi). Sallolloxu alayhi vas-sallamning me’rojga chiqishlariga oid lavhalar shular jumlasidandir. Ammo XV asr miniatyuralarining asosiy qismi sharq she’riyatining qahramonlarini ifodalaydi. Layli va Majnun, Xusrav va Shirin, Baxodir Rustam, jang lavxalari, sulton saroyidagi majlis yohud uning o‘z mashuqasi bilan holatlari 32 o‘z davri musavvirlarining eng asosiy mavzusi bo‘lib qolgan edi. Biz fikr yuritayotgan davrda tasviriy san’at ijodkorlari tomonidan hayotiy va aniq bo‘yoqlarda ishlangan Jomiy, Navoiy, Abdulla Xativiy, Behzod, Husayn Boyqaro, Bobur, Shayboniyxon va boshqalarning portret suratlarini ko‘ramiz. Kamoliddin Behzod o‘zining hayratomuz rassomchilik san’ati bilan “Moniyi soniy” (ikkinchi Moniy) 1 va “Sharq Rafayeli” nomi bilan jahonga mashhur bo‘lgan. U rassomchilikda “Hirot maktabi” ga asos soladi va ustoz san’atkor sifatida Turkiston o‘lkasi, Eron, Ozor yurti va boshqa o‘lkalarda tasviriy san’atning rivojiga katta hissa qo‘shadi. Atoqli va mashxur rassom Kamoliddin Behzod tomonidan yaratilgan shoir Abdullo Hotifiy, Husayn Boyqaro, Shayboniyxon portretlari, Sa’diyning “Bo‘ston” kitobi va Nizomiyning “Xamsa”siga ishlangan rasmlar bizgacha yetib kelgan va u hozir xalqning nodir yodgorliklari sifatida Toshkent, Sank-Peterburg, London, Tehron, Kobul va boshqa shaharlarning muzey va kutubxonalarida saqlanmoqda. Kamoliddin Behzod juda ko‘plab nomdor va qobiliyatli shogirdlar yetishtiradi. Sulton Muhammad Kamoliddin, Qosim Ali, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib kabi musavvirlar shular jumlasidandir. Xullas, O‘rta Osiyoda XIV asrning ikkinchi yarmidan boshlab qurilish va obodonchilik, me’morchilik, xattotlik, musiqa va tasviriy san’at ishlari tez taraqqiy eta boshladi. Xususan Samarqandda Bibixonim, Ko‘ksaroy masjidi, Shohizinda madrasasi, Kesh shahrida Oqsaroy, Samarqand atrofida Bog‘i shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘inav, Bog‘i Chinor kabi bog‘lar, Amudaryo va Sirdaryoga ko‘priklar, karvon saroylari, rabotlar qurdirildi.ko‘plab madrasalar va xonaqolar, hammomlar barpo qilindi. Bulardan tashqari Ulug‘bek Temur davrida qurila boshlagan Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasini qurib bitkazdi. Lekin bu davrdagi eng nodir me’morchilik san’ati namunasi Ulug‘bekning falakkiyot rasadxonasidir. 1 Moniy – afsonaviy Xitoy rassomi 33 2. XIV-XV asrlarda O‘ rta O siyoda boy madaniy merosning yaratilishi 1 .1.O‘rta Osiyoda ilm – fan taraqqiyoti 34 XIII asr boshida mo‘g‘ullar hujumi natijasida o‘ta tushkun ahvoldagi madaniy hayot XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib asta-sekin jonlana boshladi. Samarqand bu davrda Temur davlatining markazi sifatidagina emas, balki Sharq va G‘arbdagi madaniy jihatdan eng rivoj topgan olim fozillari, madrasalari, bozorlari, bog‘u-rog‘lari bilan turli o‘lka vakillarini o‘ziga jalb etuvchi muhim ma’naviy markazga aylandi. Islom dini bu davrda Amir Temur va Temuriylar siyosatida, mamlakatdagi ma’naviy birlik, madaniy yuksalish, adolatni o‘rnatish va saqlash ishiga qaratildi. Islom dini asosida shakllangan tasavvuf olimlari, ayniqsa, naqshbandiya bu davr ma’naviyatining g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. Naqshbandiya islomga tayangan holda insonning axloqiy poklikka, mehnatga, intilishga va bilim egallashga keng yo‘l ochib beruvchi g‘oyalarni targ‘ib qilib, ma’naviy-ijtimoiy hayotda muhim ijobiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bahouddin Naqshband, Yoqub Charxiy, Xoja Muhammad Porso, Xoja Ahror kabi naqshbandiya nazariyotchilavri shu davrda yashab ijod etdilar. XIV asrning ikkinchi yarmi – XV asrda Amir Temur va Temuriylar, Shohrux, Ulug‘bek, Husayn Boyqaro davrlarida Movarounnahr va Xuroson islom doirasidagi mafkuraviy erkinlik, madaniyatga e’tibor ilm-fan, adabiyot, san’atning tez rivoj topishiga olib keldi. Samarqandda rasadxona qurilib, Ulug‘bek ilmiy maktabi shakllandi, aniq fanlar rivojida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi. Qozizoda Rumiy, Koshiy, Ali Qushchi kabi olimlarning asarlari butun musulmon olamiga mashhur bo‘ldi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar va rassomlik, xattotlik oliy cho‘qqilarga ko‘tarildi. Jomiy, Behzod, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond Xondamir kabi mashxur adib, rassom, tarixchilarning nomlari boshqa o‘lkalarda ham tez ma’lum bo‘ldi. Fors tili o‘z mavqeini saqlagan xolda adabiyotda turkiy tilning roli kuchayib ketdi. Bu davrda turkiy tildagi she’riyat sultoni Alisher Navoiy ijod etib, o‘zining dostonlari, ilmiy-tarixiy asarlari bilan madaniyat tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 35 Temuriyzoda shahzodalardan biri Shohrux Mirzo davrida Xurosonda siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlandi, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Masjidlar, madrasalar, xonaqolar, rabotlar, sardobalar, qishloq va qo‘rg‘onlash qurilib, mazkur qurilishlar vaqf mulklari bilan ta’minlandi. Shohruh Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik yuqori darajada ko‘tarila boshladi. XIV-XV asrlarda Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol buyumlar bilan bir qatorda suv inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida ishlatiladigan sopol quvurlar, xilma-xil shakl va ranglar bilan jilolangan sopol koshinlar ishlab chiqarish keng yo‘lga qo‘yildi. Shohruh Mirzo mamlakat istiqbolini ko‘zlab Xitoy va Hindiston hukmdorlari bilan diplomatik munosabatlarni yaxshilashga xarakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari Samarqand va Hirotda o‘z navbatida G‘iyosiddin Naqqosh raxbarligida Xitoyda, Abdurazzoq Samarqandiy boshchiligidagi elchilar Hindistonda bo‘ldilar. Shohruh Mirzo Hirot madrasa va x onaqoh bino qildirdi. Bu paytda poytaxt Hirot va umuman Xurosonda madaniy va miashiy qurilishlar keng quloch yozadi. Hirotda bir necha shifoxonalar mavjud bo‘lib, bularning qatorida yana ikkita “Dorushshifo” quriladi. Bu shifoxonalarning bittasi Shohruhning uchinchi xotini Mulkat og‘o (Mulk og‘o) tarafidan, ikkinchisi esa Shohruhning nabirasi Alouddavla (1417-1460) tomonidan qurdirilgan edi. Mulkot og‘o ham Gavharshodbegim kabi Hirotda “Dorulhadis” nomli xonaqoh, ikkita hammom, Hirotdan 8 farsax narida, Amudaryoga boradigan yo‘l ustida bitta rabot Balx shahrida bir madrasa qurdirdi. Hirot qadim zamonlardan turli-tuman diniy va ilmiy kitoblarga boy shaharlardan hisoblangan. Shohruh Mirzoning ham ajoyib kutubxonasi bo‘lgan. Bu kutubxonalar qimmatli asarlarga boyligi va xilma-xilligi bilan shuhrat qozongan. Umuman sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin Movarounnahr va Xurosonda Shohruh Mirzoning hukmdorlik davriga nisbatan osoyishtalik hukm 36 surdi. Binobarin, Amir Temur boshlab bergan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot o‘z rivojini topdi. Bu sulolaning buyuk namoyondalaridan biri Mirzo Ulug‘bek bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham YUNESKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. Ulug‘bek 1394-yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. Ulug‘bekning ustozlaridan biri, munajjim Mavlono Ahmad bo‘lganligini taxmin qilish mumkin chunki bu kishi Temurning saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Lekin Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari bo‘lmish “Ziji”da faqat Qozizoda Rumiyni “ustozim”deb ataydi. Haqiqatdan ham Qozizoda 1360- yilda tug‘ilgan bo‘lib, 20-25 yillarida ya’ni Ulug‘bek tug‘ilmasidanoq Temurning safiga o‘tadi. Natijada Ulug‘bek umrining ilk davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg‘aydi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ulug‘bek yigirma yoshlarida o‘z davrining yirik olimlaridan bo‘lib, uning hokimligi davridagi muhim yangiliklar butun o‘rta asr madaniyati tarixida o’lkan ahamiyat kasb etdi. Sohibqiron Amir Temur Markaziy Osiyo va unga qo‘shni bo‘lgan yurtlarni birlashtirib, feodal tarqoqlikka barham bergach, Samarqandga tasarruf etilgan barcha mintaqa va viloyatlardan mashxur olim va hunarmandlarni to‘play boshlagan. Uning maqsadi IX – X asrlarda bo‘lgani kabi islom dunyosining ilmiy markazlari sifatida tanilgan Xorazm, Buxoro va Bog‘doddagi “Bayt ul-hikma” ilmiy maktablari an’analarini Samarqandda tiklash bo‘lgan. Poytaxtda 37 Samarqandga kelgan barcha olimlarga ijod qilishlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Saroyda Amir Temur huzurida erkin ilmiy bahslar bo‘lib, g‘olib chiqqan olim va shoirlar rag‘batlantirilgan, sinovdan o‘tgan yirik olimlar yangi qurilgan madrasalarga mudarrislikka yuborilgan. Ilm-fanga, ma’rifatga e’tibor balandligi bois o‘sha zamonning ko‘pgina olimlari Samarqandga borishni o‘zlari uchun sharaf deb bilishgan. 1 Shundaylardan biri Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri tarixida o‘chmas iz qoldirgan faylasuf Taftazoniydir. U 1322-yilning safar oyida hozirgi Ashxabod shahri yaqinidagi Niso muzofotidagi Taftazon qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘n olti yoshigacha ilohiyot fanlarini, arab tili, nutq san’ati va mantiq ilmini o‘sha davrning mashxur olimlari Al-Ijiy va mantiqshunos Qutbiddin ar- Roziy at-Taxtoniydan (1290-1365) o‘rganarkan, uning birinchi ilmiy asari esa Seraxs (Eron) olimlari orasida mashhur bo‘lib, bu asari orqali madrasa mudarrisi huquqini qo‘lga kiritgan. Shu davrdan boshlab u qariyb 30 yil davomida Movarounnahr va Xuroson bo‘ylab ko‘chib yurib, turli madrasalarda falsafa va mantiqdan dars bergan. So‘ngra Temur davlatiga binoan Samarqandga kelib umrining oxirigacha shu shaharda ijod etib, Temur saroyidagi ko‘psonli ilmiy bahslarda faol qatnashgan. Manbalarda qayd etilishicha, Samarqandda yashagan mashhur faylasuf Mir Sayyid Sharif Jurjoniy va Taftozoniy o‘rtasidagi ilmiy bahslar juda keskin va qiziqarli o‘tgan. Taftazoniyning ilmiy merosi o‘rta asrlar fanining barcha sohalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, Qur’on tafsiridan boshqa asarlari arab tilida yozilgan bu asarlardan XIV-XV asrning ikkinchi yarmigacha Movarounnahr va uning atrofidagi madrasalarda o‘quv qo‘llanmasi sifatida foydalanilgan. Taftazoniy 40 dan ortiq asarlar yozgan. XV asr boshlarida Movarounnahrda shuhrat qozongan ulkan matematik va astronomlardan biri Qozizodadir. Olimning to‘liq nomi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud. Uning otasi Muhammad “Xoja Afandi” laqabi bilan ma’lum bo‘lib, Salohiddinning bolalik yillarida vafot etgan. 1 “Ma’naviyat yulduzlari” T.: 2001. 180 b. 38 Qozizoda Ulug‘bek madrasasida mudarrislik yillarida “sayyid as-sanad” deb tilga olinadigan Sayyid Sharif Jurjoniy nomli bir mudarris bilan muloqotda bo‘ladi. Qozizoda u kishi bilan ko‘p mubohisa va munozara qilardi. Ba’zan shunday bo‘lardiki, bu mubohisalarda ikala shaxs ham bir biriga nisbatan ovozini ko‘tarar va tafovut, muxolifotga borardilar. Shunday hollarda Qozizoda Sayyid Sharifga nisbatan “matematik fanlarda qudratsiz” desa, Sayyid Sharif Qozizodaga “ta’bi matematik fanlarga mag‘lub va falsafiyotga mansub” der edi. Lekin ikkisi ham bir-birining asarlarini tahrir qilar va tortishuvga sabab bo‘lgan masalalarni talabalar oldiga qo‘ygan edilar. Ulug‘bek Jamshid Koshiydan “Ziji Elxoniy” haqida va Marog‘adagi kuzatishlar haqida ko‘p eshitib, o‘zi rasadxona barpo etish va yangidan astronomik kuzatishlarni boshlashga tashabbus ko‘rsatadi. Rasadxona qurilishini Qozizoda bilan birga Jamshid Koshiy boshqaradi. Qurilish tugatilib, kuzatishlar boshlaishi bilanoq Koshiy vafot etadi. Bundan so‘ng ishlarga ilmiy rahbarlik Qozizodaning zimmasiga yuklanadi. U ham kuzatishlar oxiriga yetkazilmasdan vafot etadi. Endi kuzatishlarni davom ettirish navbati Ali Qushchi keladi va bu ishda katta jonbozlik ko‘rsatib, ustozi Ulug‘bek bilan ishni nihoyasiga yetkazadi. Ulug‘bek rasadxonasining yetuk namoyondalaridan sanalgavn va Ulug‘bekdek buyuk olimni tarbiyalagan Qozizoda Rumiy qoldirib ketgan adabiy – ilmiy meros bugungi avlodning oltin mulki hisoblanadi. Jamshid ibn Ma’sud ibn Mahmud G‘iyosuddin al Koshiy (ko‘proq G‘iyosuddin al-Koshiy ismi bilan mashxur). XIV-XV asrda o‘z fanining bilimdonlari – riyoziyotchilar, tabiblar va hunarmandlari bilan shuhrat qozongan Koshonda tug‘ilgan. Uning bobosi Mahmud ibn Yahyo ibn al-Hasan al-Koshiy ham o‘qimishli bo‘lib, 1411-yilda Sherozda riyoziyot va astrologiyaga oid risola – Iskandarning (Amir Temurning nabirasi) goroskopini tuzgan. Koshiyning Hirot, ayniqsa Samarqanddagi ilmiy-tadqiqotlari, uning matematika va astronomiya sohasida erishgan yutuqlari ,Temuriylar davrida Xuroson va Movarounnahrda madaniy rivojlanish va turli yurtlardan kelgan 39 olimlarning erkin ilmiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilganligining yana bir muhim dalilidir. Bu davrda o‘zbek mumtoz adabiyotida yorqin iz qoldirgan, betakror g‘azallar va qasidalar yaratgan yetuk iste’dod egasi, lirik shoirlardan biri Sakkokiy. U XIV asrning ikkinchi yarmida yoki XIV asrning oxirgi choragida tug‘ilganini taxmin qilish mumkin. Sakkokiy ijodining gullagan davri Ulug‘bek hukumronlik qilgan davrlarga (1409-1449) to‘g‘ri keladi. Tarixdan ma’lumki, buyuk munajjim va yetuk davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek ma’rifatparvar podshoh bo‘lish bilan birga ilm-fan, san’at va adabiyot ahlining homiysi ham edi. Ana shu fikrdan kelib chiqqan xolda aytish mumkinki, Sakkokiy Ulug‘bekdan panoh topgan allomalar sirasiga kirib, uning ijodiy faoliyati odil podshoh bilan bog‘liqdir. Mavlono Lutfiy XIV-XV asrlardagi o‘zbek mumtoz adabiyotining atoqli namoyondasi bo‘lib, o‘zining o‘zbek va fors-tojik tillaridagi asarlari bilan Sharqda katta shuhrat qozongan so‘z san’atkoridir. Shoirning hayoti va ijodi haqida zamondoshlari Davlatshoh Samarqandiy, Shamsiddin Somiy, Xondamir, Abulla Qobuliy kabi tazkiranavislarining asarlarida muhim qayd va mulohazalar uchraydi. Xususan, Lutfiyni yaqindan bilgan, u bilan ustoz va shogirdlik rutbasi bilan bog‘langan Alisher Navoiy asarlarida keltirilgan ma’lumotlar g‘oyat qimmatlidir. Temuriylar saltanati hukmronligi davrida Movarounnahr va Xurosonda badiiy adabiyot ham yangi bosqichda ko‘tarildi. Shu davrda fors-tojik adabiyoti o‘zining yangi rivojlanish pog‘onasiga yerishgan bo‘lsa, o‘zbek adabiyoti Alisher Navoiy, Mavlono Lutfiy, Durbek, Hofiz Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy, Sayyid Qosimiy, Yaqiniy ijodlari misolida o‘z taraqqiyotining eng yuksak bosqichiga ko‘tarildi. Abdurahmon Jomiyning “Haft avrang”, A.Navoiyning “Xamsa”, “Hazoyin ul maoniy” asarlari shu davr adabiyotining shoh asarlari edi. Jomiy yetti dostondan iborat to‘plamiga “Haft avrang” (Yetti taxt) deb nom qo‘yar ekan, Temuriylar sulolasidan yetti (Amir Temur, Xalil Sulton, Shohrux, Ulug‘bek, Abulqosim Bobur, Abu Said, Mirzo Husayn Boyqaro) ni ko‘zda tutgan bo‘lsa, 40 Navoiy o‘z “Xamsa”sini yaxlit holda Husayn Boyqaroga bag‘ishlagan va bu bilan har ikki muallif ham shu davr hukumdorlariga o‘zlarining ma’lum ma’noda minnatdorchiliklarini namoyon etgan edilar. Temuriylar davridagi adabiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri adabiy jarayonning yagonaligi, unda turkiy tilda ijod qiluvchilarning ham, forsiyda qalam tebratuvchilarning ham barobar va faol qatnasha olgani edi. Buni biz A.Navoiynitng “Majolis un-nafois” tazkirasida yaqqol ko‘ramiz. XV asrning ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-madaniy va adabiy hayotda yuz bergan ibratli xodisalardan biri Navoiy-Jomiy munosabatlaridir. Bu ikki buyuk zot ijod sohasida xalqparvarlik va insonparvarlik mavqeida turish bilan birga xalq, davlat ishlarida insof va adolatni yoqlar edilar. Abdurahmon Jomiy g‘oyat sermahsul ijodkor bo‘lib, undan bizga adabiyotning turli janrlariga fan va san’atining rang-barang sohalariga oid boy meros qolgan. Jomiy asarlari o‘z davridayoq Xuroson va Movarounnahr doirasidagina emas, boshqa mamlakatlarga ham keng tarqalgan edi. Ba’zan qo‘shni mamlakat podshohlari, masalan, Sulton Ya’qub uning asarlarini so‘rab maxsus elchilar yuborgan. Uning asarlari o‘z davrida va undan keyin ham ko‘p qo‘lyozma nusxalarda ko‘chirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Jomiy asarlarining XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan o‘nlab qo‘lyozmalarini uchratish mumkin. Bunday qo‘lyozmalar Rossiya, Afg‘oniston, Eron va Yevropa mamlakatlaridagi boshqa qo‘lyozma fondlarida ham uchraydi. Taniqli sharqshunos Y.E.Bertels “Jomiy monografiyasi”da shoir asarlarining Toshkent kulliyoti asosida shoirning nomini keltiradi. 1 Abduraxmon Jomiy Temuriylar davri ilm fani va adabiyotining faxri, Sharq she’riyatini yuksaklikka ko‘targan so‘z san’atkorlaridan biridir. U bir necha asrdirki, Navoiy bilan yonma-yon o‘zbek shoir va adiblariga ham ustozlik qilib kelmoqda va har doim shunday bo‘lib qoladi. 1 Hayetmetov A.“Ma’naviyat yulduzlari” T.: 2001. 220 b. 41 XV asr jahon ma’naviyatining buyuk siymosi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bo‘lib uning asarlari turkiy tilning boyishiga yuksak hissa qo‘shdi. Bundan tashqari Alisher Navoiy Husayn Boyqaro tomonidan muxrdor qilib tayinlangan paytda el xizmatida bo‘ldi. Keyinchalik uni vazir lavozimiga tayinlashdi. Navoiy el-ulus manfaati, shahar va mamlakat obodonchiligi, madaniyat ravnaqi, adolat tantanasi uchun foydalanadiki, bularning barchasi pirovard natijada Sulton Husayn davlatining barqarorligi va nufuzini ta’minlaydi. Hirot bu davrda nihoyatda ko‘rkamlashdi, xalq turmushi yaxshilandi, she’riyat, nafis san’at rivoj oldi talabalar uchun “Ixlosiya” madrasasi, darveshlar uchun “Xalosiya” xonaqohi, bemorlar uchun “Shifoiya” shifoxonasi, masjidi Jome’ yoniga Qorixona (“Dor ul xuffoz”) qurildi. Ulug‘ amirning kutubxonasida 70 dan ortiq xattot va musavvirlar qo‘lyozmalarni oqqa ko‘chirish, ularni badiiy bezash bilan band edilar. Hirotda yana “Nizomiya”, Marvda “Xusraviya” va boshqa madrasalar barpo etildi. Fors tilida birinchi “Xamsa” yozganini qayd etmaydi. Nizomiy vafotidan 100 yil o‘tib Hindistonda tug‘ilib o‘sgan forsiyzabon turk o‘g‘loni Xusrav Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga birinchi bo‘lib tatabbu yozadi va “Xamsachilik” an’anasini boshlab beradi. Dehlaviy “Xamsa”si Nizomiyga ajoyib sharh va undagi mazmunlarning yangicha talqini sifatida o‘zining ham falsafaning ham shuhratini olamga yoydi. Keyingi XIV-XV asrlar mintaqa ma’naviyati “Xamsa” an’anasi ta’sirida rivoj oldi, shoirning salohiyati va iqtidori hech bo‘lmaganda “Xamsa”ning bir dostoniga javob yoza bilish bilan o‘lchanadigan bo‘ldi. Bu jahon ma’naviyati tarixida betakror hodisadir. Turkiy adabiyotda Qutb va Xaydar Xorazmiylar boshlab bergan “Xamsachilik” an’anasi o‘zining kamolini A.Navoiy ijodida topdi. Navoiy o‘z ijodi bilan o‘zbek adabiyotining so‘nggi rivojini belgilabgina qolmay, Movarounnahr va Xurosonning butun ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Uning asarlari, she’riyati qayta-qayta ko‘chirilib xalq orasida keng tarqalib, shoirlar uchun maktab vazifasini o‘tadi, madrasalarda keng o‘rganildi. 42 XV asrning ko‘zga ko‘ringan adabiyotshunos olimlarning biri Davlatshoh ibn Abouddaula Baxtish al-G‘oziy as-Samarqandiydir. Uning tarjimai holiga oid ma’lumotlar juda kam bo‘lib, “Tazkirot un-shuaro” (Shoirlar tazkirasi) asarida keltirilgan ba’zi bir ma’lumotlarga qaraganda, u yirik harbiy xizmatchi va davlat rabobi oilasida tug‘ilgan. Uni taxminan yashagan yillari 1435-1495 yillarga to‘g‘ri keladi. Uning “Tazkirat un-shuaro” asarida VII-XV asarlarda yashab ijod qilgan 155 shoir haqida qisqacha, lekin nihoyatda qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Bu asar juda katta davr qariyb sakkiz yuz yil mobaynida Eron va Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan shoir va adiblar faoliyatini tadqiq qabzasiga olgan. “Tazkirat ush-shuaro” yoki “Tazkirai Davlatshohiy” muqaddima, xotima va yetti qismdan iborat. Davlatshoh Samarqandiyning mazkur tazkirasi jamoatchilik e’tiborini ko‘pdan beri tortib kelmoqda. 1819-yildan bayon asarning ayrim parchalari Rossiya (V.A.Jukovskiy va F.Erdman), Fransiyada (Silvers de Sasi), Angliyada (E.Broun va A.Falkoner), Turkiyada (Fahim Sulaymon afandi), Germaniyada (Hammer) hamda Gollandiyada chop etilgan. Uning to‘la matni 1887-yili Bombayda Mirza Muhammad, 1901-yili Londonda E.Broun va 1958-yili Tehronda Xoja Muhammad Ramazoniy tomonidan nashr etilgan. 1900-yili birinchi bor Xivada Muhammad Rafe tomonidan eski o‘zbek tiliga (Xorazm shevasida) o‘girildi. 1967-yili B.Ahmedov “Tazkirat ush-shuaro” tazkirasidan Mavrkaziy Osiyo va Xurosonlik 32 va 1981-yili 50dan ortiq shoir hayoti hamda ijodiga oid ayrim parchalarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, “Davlatshoh Samarqandiy” nomli kitobiga ilova qilgan. Davlatshoh Samarqandiy bilan umrguzaronlik qilgan olimu, davlat arboblaridan bo‘lgan Husayn Boyqaro (1438-1506), Husayn Voiz Koshifiy (1440- 1505) bo‘lib bular XV asrda Xuroson va Movarounnahr madaniyatining madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z asarlari bilan so‘nggi avlodlarga katta ta’sir ko‘rsatgan mashxur allomalardan bo‘lib tarixda qoldi. Ular qomusiy ijodi bilan o‘z davri ma’naviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi va 43 nafaqat O‘rta Osiyo, balki butun Sharoq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bu davrda Movarounnahr va Xurosonda XV asrdagi Renessans ya’ni uyg‘onish davri vakillaridan biri, Navoiyning shogirdi, “Sharq Rafayeli”, ulug‘ musavvir va miniatyurasoz Kamoliddin Behzoddir. Nafaqat musulmon sharqi xalqlari balki butun dunyo xalqlari san’ati tarixida sezilarli iz qoldirgan, uning taraqqiyotiga o‘zining barakali hissasini qo‘shgan zabardast musavvir Kamoliddin Behzod 1455-yilda Hirotda kambag‘al hunarmand oilasida dunyoga kelgan. Behzod ota-onasidan juda erta ajraldi. Uni bolaligidayoq Hirotning mashxur musavviri Amir Ruhillo (Mirak naqqosh) o‘z tarbiyasiga olib, tutingan otasi bo‘ldi va Kamoliddinga tuz-non berib, kiyim bosh bilan ta’minlab, hartomonlama ilmli qilib voyaga yetkazadi. Yosh Kamoliddin Mirak Naqqosh tarbiyasida, uning Hirotdagi Nigoristonda (san’at akademiyasida) naqqoshlik va miniatyurasozlik hunarining sir-asrorlarini o‘rgandi. Behzod miniatyura san’ati tarixida maxsus maktab “Behzod maktabi”ni yaratdi. 1 Behzod miniatyuralari uning tirikligidayoq va ayniqsa undan so‘ng musulmon sharqida va g‘arbida ham bu san’atning eng oliy yutug‘i deb tan olindi hamda eng qimmatli san’at asarlari sifatida mashxur bo‘lib ketdi. Behzodning ijodiy merosini o‘rganuvchi mutaxassislar fikricha, uning hozirgacha ma’lum bo‘lgan asarlari taxminan o‘ttizta rasm va rasmlar turkumidan iborat, ulardan eng mashxurlari quyidagilardir: 1. Sharofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”siga ishlangan miniatyuralar. 2. Husayn Boyqaroning majlislari tasvirlangan muraqqadagi 40dan ortiq go‘zal miniatyuralar. 3. Abduraxmon Jomiyning “Solomon va Ibsol” asariga ishlangan rasmlar. 4. Amir Xusrav Dehlaviyning “Xamsa”siga ishlangan 33 ta ajoyib miniatyuralar. 1 Usmonov O.“Ma’naviyat yulduzlari” T.: 2001. 220 b. 44 5. Sa’diyning “Bo‘ston” asariga ishlangan go‘zal rasmlar. 6. Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa” asariga chizilgan noyob va benazir miniatyuralar. 7. Abdulloh Xotifiyning “Temurnoma” asariga chizilgan rasmlar. 8. Sa’diyning “Guliston” asarlariga ishlangan nafis miniatyuralar. 9. Abduraxmon Jomiy tasviri. 10. Husayn Boyqaro tasviri 11. Shayboniyxon tasviri 12. Shoh Taxmasp tasviri 13. Shoir Abdulloh Xotifiy tasviri 14. Tuyalar j angi 15. Raqsi darvish (darvishlar raqsi) 16. Samarqandda madrasa qurilishi va hokazolar. Behzod maktabining hozirgi zamondagi davomchilarini Afg‘onistonda (Ustod Muhammad Said Mash’al), Eronda (Karim Tohirzoda Behzod), O‘zbekistonda (marhum ustod Chingiz Ahmarov) va boshqa sharq o‘lkalarida ham ko‘rish mumkin. Hozirda Sharq va Yevropa mamlakatlarida san’at, rassomchilik tarixini o‘rganishda miniatyura chizish tarixi, xususan, Behzod miniatyura maktabi alohida o‘rganiladi va tadqiq etiladi hamda maxsus maktablarda o‘qitilardi. Behzod nafaqat Sharq xalqlari musavvirchiligi tarixida, balki jahon rasm san’ati tarixida o‘chmas iz qoldirgan, o‘zining ajoyib va qimmatbaxo miniatyura durdonalari bilan butun dunyo madaniyati tarixida salmoqli o‘rin olgan buyuk va zabardast san’atkordir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2000- yilda Kamoliddin Behzodning 545 yillik tavallud kuni keng nishonlandi. Markaziy Osiyoning XIV-XV asr, ya’ni Temur va Temuriylar davrida yashab ijod etgan mohir tarixnavis, yozma yodgorliklaridan biri Amir Temur topshirig‘i bilan yozilgan. “Zafarnoma” asarining muallifi Nizomiddin Shomiydir. “Zafarnoma”ning yozilish tarixi haqida shuni ta’kidlash lavozimki, Mavlono Shomiyning o‘zi bergan ma’lumotga ko‘ra hijriy 804 yili Amir Temur 45 uni huzuriga chorlab, o‘z yurishlari bitilgan yirik bir asar yaratishga undagan. Sohibqiron o‘sha davrga qadar munshiy va kotiblari tarafidan tuzilgan bitiklar uni qoniqtirmaganligini aytgan. Yozilajak asar bir tomondan avom xalqqa tushunarli, sodda, ravon tilda va ayni paytda ma’rifatli kishilar e’tiboriga ham loyiq tarzda yozilishini o’qtirgan Mavlono Nizomiddin bu ma’suliyatni o‘z bo‘yniga olgan. “Zafarnoma” tarixiy asar sifatida XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar hukumronligi davridagi Markaziy Osiyo, Oltin O‘rda xonligi, Ozarbayjon, Eron, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Misr, Turkiya va boshqa mamlakatlar tarixiga oid voqealarni o‘z ichiga olgan. Asar muqaddimasida Amir Temur tarix sahnasiga chiqqan 1360-yilga qadar Markaziy Osiyoda hukmronlmk qilgan Chingiziy hukmdorlar haqida qisqacha ma’lumot berildi. So‘ngra Amir Temurning XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning boshida qilgan yurishlarining batafsil bayoni keltirilgan Nizomiddin Shomiy “Zafarnoma” asari o‘zida jamlangan tarixiy ma’lumotlarning ishonchliligi XV - XVI asrlardanoq boshqa asarlar uchun bosh manbalardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bu asarlarning barchasini Markaziy Osiyo va Yevropaning taniqli olimlari o‘rganib tadqiq etishmoqda. Yuqorida nomlari tilga keltirilgan asarlarning barchasi rus, fransuz, ingliz, hamda nemis tillarida tarjima qilinib, ko‘p bora nashr etilgan. Xullas, XIV-XV asrlarda O‘rta Osiyoda sodir bo‘lgan o‘zaro nizolar, taxt uchun kurashlar bo‘layotgan bir davrda ham ilm-fan, san’at, adabiyot sohalari o‘tgan asrlarga nisbatan ancha rivojlandi va bu davr keyinchalik “Musulmon Renessensi” degan atamaning paydo qilib keldi. 46 2 .2. Ulug’bek va uning ilmiy maktabi Ulug‘bek yashab ijod etgan davr XIV asr oxiri va XV asrning birinchi yarmi nafaqat Movarounnahr, balki dunyo tarixidagi muhim bir palla edi. Biroq Movarounnahr, Xuroson va boshqa qo‘shni Sharq mamlakatlarining o‘sha davrdagi tarixi ko‘p jihatdan Ulug‘bekning bobosi Temurning faoliyati bilan bog‘liq edi. Ulug‘bek Samarqandda hokim bo‘lishi bilan, olimlarni, shoir va me’morlarni to‘playdi. Lekin bundan ilm-ma’rifat faqat Samarqandda bo‘lgan, degan xulosa kelib chiqmaydi. O‘sha davrning yetuk olimi Abdurazzoq Samarqandiyning aytishicha, Samarqand bilan bir qatorda Hirot ham Ulug‘bek va Shohruh davrida Sharqning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Albatta, bunda eng avvalo Ulug‘bekning xizmati beqiyos kattadir. U o‘z davrining yetuk olimlaridan biri bo‘lib yetishdi. Ulug‘bek hokimligi davridagi taraqqiyparvar yangiliklar butun o‘rta asr ma’daniyati tarixida o’lkan ahamiyat kasb etadi. U qadimgi yunon olimlaridan Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Gippart (Ibarxus) va Ptolemey (Batlimus)larning asarlarini va o‘z vatandoshlaridan Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Xorazmiy va Nasiriddin Tusiylarning asarlarini tahlil qilgan edi. Rus akademigi V.V.Bartoldning aytishicha “islom olamida Ulug‘bekkacha hech bir podshoh olim bo‘lmagan”. Tarixda ko‘p musulmon hokimlari olimlarga homiylik qilib, ularning ilmiy izlanishlariga sharoitlar yaratib berganligi ma’lum. Biroq, ularning barchasidan farqli o‘laroq, Ulug‘bekning o‘zi jiddiy astronom va matematik bo‘lib, o‘z atrofidagi olimlar bilan hamkorlikda ijod etgan. Ulug‘bek Movarounnahrni butun musulmon mamlakatlarining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Samarqanddagi madrasaga Ulug‘bek tez orada mudarris va olimlarni to‘play boshlaydi va shu tariqa uning Samarqandda astronomik ilmiy maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmni davom ettirishlariga to‘la sharoit mavjudligi uchun Temur davridayoq Samarqandga kelgan Taftazoniy, Mavlono Ahmad va Qozizodaning maslahati bilan Ulug‘bek otasining mulki Xurosonning Koshon shahridan G‘iyosiddin 47 Jamshid Koshiyni keltiradi. Samarqandga Movarounnahrning turli shaharlaridan va Xurosondan to‘plangan olimlarning soni 1417-yilga kelib 100 dan ortib ketadi. Ular orasida adiblar, muarrixlar, xattotlar, musavvirlar, geograflar bor edi. Lekin astronomiya va matematika sohasidagi olimlar sharafliroq va obro‘liroq edi. Ular orasida Qozizoda bilan Koshiy eng salobatli va nufuzli edilar. Mirzo Ulug‘bek temuriyzodalar ichida fan va madaniyat taraqqiyotiga eng ko‘p va salmoqli hissa qo‘shgan hukmdordir. U Samarqandda birinchi falakkiyotshunoslik akademiyasiga asos solgan siymo sifatida dunyoga nom taratadi. Bu so‘zlar rivoyat yoki afsona emas, balki jahonning ulug‘ allomalari tomonidan tan olingan haqiqatdir. Ulug‘bek akademiyasini tan olgan va dunyoga taratgan kishi bu – fransuz yozuvchisi, faylasufi va tarixchisi Volter (1694- 1778)dir. Bo‘riboy Ahmedov o‘zining “Ulug‘bek” kitobida Volterning quyidagi so‘zlarini keltiradi: “Transoksianada uning o‘rniga taxtga chiqqan mashhur Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyasiga asos soldi, yer kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi”. 1 Chindan ham Ulug‘bek tomonidan qurdirgan rasadxona o‘z davrining akademiyasi bo‘lgan. Tarixchi olim, professor G.A.Hidoyatov bu haqda haq gapni aytgan: “Samarqandda barpo etilgan Ulug‘bek rasadxonasi ulkan madaniy yutuq bo‘lgan ediki, jihozi va ilmiy yutuqlari jihatidan unga teng keladigan rasadxona o‘sha davrda ham, undan ancha keyin ham yaratilmadi. Rasadxona 1018 ta yulduz tasvirlangan katalog tuzildi, yulduzlarning belgisi o‘ndan to‘qqizgacha aniq bo‘lgan turish burchaklari sinuslari va tangenslari notarial qiymatlarining jadvallari, shuningdek yer hududidagi ko‘p sonli nuqtalar koordinatalari (kenglik va uzunlik)ni qamrab olgan jadvallar ishlab chiqildi rasadxonada Ulug‘bekning bevosita raxbarligida o‘tkazilgan ishlar uning matematika, geometriya va falakiyotshunoslik sohasida chuqur bilimlar sohibi ekanligidan guvohlik berar hamda bir qancha amaliy vazifalar yechimi uchun katta ahamiyat kasb etardi”. 2 1420-yili Samarqand madrasasining tantanali ochilishida bo‘ladi. Vasifiyning aytishicha, birinchi mudarris etib Mavlono Havofiy tayinlanadi. 1 Ahmedov B.“Ulug‘bek” T.: 1989. 112 b. 2 48 Madrasa bitishiga yaqin qurilishda ishlayotganlar Ulug‘bekdan kim mudarris etib tayinlanadi deb so‘raydilar. Ulug‘bek javobida bu lavozimga barcha ilmlardan xabardor odamni topajagini aytadi. Shu yerda g‘ishtlar orasida iflos kiyimda o‘tirgan Mavlono Muhammad Ulug‘bekning so‘zlarini eshitib, shu mansabga o‘zi munosibligini aytadi. Ulug‘bek unga savollar berib qoniqarli javob olganidan so‘ng, uning bilimlaridan qanoat hosil qiladi va uni hammomga olib borib cho‘miltirish va yaxshi kiyimlar kiyintirilishini buyuradi. Madrasa ochilishida MavlonoMuhammad mudarris sifatida birinchi ma’ruzasini o‘qiydi. Bunda 90 ta olim hozir bo‘lgan bo‘lsa ham ma’ruzani faqat Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiy ikkovlari tushunadilar. Lekin asosiy ma’ruzalarni Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek, Jamshid Koshiy va keyinroq Ali Qushchilar o‘qiydilar. Ulug‘bek tashkil qilgan Samarqand madrasasi va ilmiy to‘garagi sharq madaniyati va fani tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Turli xalqlarning madaniy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu yerda ko‘plab buyuk siymolar shakllandi. Jumladan, Xurosonning (Eron) Jom shaxrida 1414-yili tug‘ilgan bo‘lajak ulkan shoir Jomiy Ulug‘bekning Samarqand madrasasida tahsil ko‘radi. U bu yerda Qozizoda Rumiy, Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi ulkan o‘zbek olimlarining ma’ruzalarini tinglaydi, ularning tarbiyasida bo‘ladi. Shu tariqa o‘zbek olimlari Jomiyni shoir sifatida voyaga yetkazadilar. Rasadxona qurilishi 1420-yildan 1429-yilgacha davom etadi. Ulug‘bek rasadxonani loyihalash va qurishda ham o‘zi bevosita ishtirok etadi. U davlat ishlarini bajarish bilan birga madrasada ham ma’ruzalar o‘qiydi. Odat bo‘yicha u haftada bir marta astronomiya yoki matematikadan ma’ruza o‘qirdi. Uning chuqur bilimi, isbotlarining dalillarga asoslanganligi, mahorati va shu fanlarga muhabbati tinglovchilarni hayratlantirdi. Bundan tashqari Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchilar bilan bir qatorda ustod Ismoil mavlono Ibrohim, Mavlono Bahriddin va boshqa olimlar ham ma’ruzalar o‘qirdilar. Samarqand akademiyasi olimlari davrida eng taniqli va obro‘lisi Salohiddin Muso ibn Muhammad ibn Mahmud Qozizoda ar-Rumiy edi. Mashxur 49 riyoziyotchi va astronom deb sanalgan bu olim faylasuf sifatida ham yurtga yaxshi tanilgan bo‘lib, uni “Aflotuni zamon” deb atashgan. Ulug‘bekning matematika va astronomiya sohasida birinchi ustozlaridan hisoblangan Rumiy Kichik Osiyoning ya’ni Rumning Burs shahrida 1360-yillarda qozi oilasida dunyoga kelgan. 1 O‘z yurtida astronomiya va matematikadan yetarlicha keng bilimga erishgan Rumiy Xurosondalik kezlarida markazi Samarqand bo‘lgan Movarounnahrda matematikaning rivojlanganligi haqida eshitib Samarqandga yo‘l oladi. Mashxur “Asar al-Boqiya”ning muallifi Solih Zokiyning ma’lum qilishicha, Rumiy Samarqandga XIV asrning oxirgi o‘n yilligiga kelgan. Qozizoda Rumiy Samarqandga Ulug‘bekning bobosi Temur saroyida astronom bo‘lib ishlagan mavlono Ahmaddan dars olib, o‘zining ilmu nujum bo‘yicha oldindan erishgan bilimlarini to‘ldirgan. Hijriy yil hisobi bilan 808yil (1405-1406 yillar)da “Ajab al-mandurfi axbari Temur” (Temur haqida qiziqarli xabarlar) kitobining muallifi Ibn Arabshoxga o‘zi tuzgan va sayyoralarning holatlarini aks qilgan 200ta jadvali haqida yozgani ma’lum. Rumiyning “Sharh al-chag‘miniy”dan tashqari “Al-majistiyning bayoniga sharh”, “Astronomiya fani haqida risola”, “Sinus-kvadrant haqida risola”, “Astronomiya va geometriya haqida risola”, “Arifmetika haqida risola” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan bo‘lib, bu asarlarning ko‘pchiligi Istambul, Berlin, London, Tehron va Lelingrad kutubxonalarida hozirgacha saqlanadi. M.E.Masson Qozizoda Rumiyning vafoti 1430-yillarda ro‘y bergan deb taxmin qiladi. Ayrim manbalar Rumiy 1437-yilda vafot etgan deb ma’lum qiladi. Samarqand akademiyasining ikkinchi buyuk allomasi G‘iyosiddin Jamshid ibn Ma’sud ibn Mahmud al-Koshiy bo‘lib, u Koshon (Eron)da tug‘ilgan. Bu o‘lka Temur tomonidan 1387-yilda zabt etilgan edi. G‘iyosiddin Jamshid Samarqandga Koshondan tashrif buyurgan. Koshonda yaxshi ta’lim olib, Iroqning ko‘p shaharlarini kezgan va Samarqandga kelgunga qadar riyoziyat va astronomiyadan yetarlicha ma’lumotga erishgani, uning bu sohalar bo‘yicha yozgan asarlaridan ma’lum bo‘ladi. 1408-1410 yillarda ro‘y bergan oy tutilishlarini 50 kuzatib, ularning tafsilotlari olimning Shohruhga bag‘ishlab 1414-yilda bitgan. “Ziji Haqoniy”dan taklim “Ziji Elxoniy” asarida keltirilgan. Shundan sharqshunos akademik Bartold, Koshiy Hirotda Shoxruhning saroyida ham ishlagan bo‘lsa kerak, deb tahmin qiladi. Mazkur oy tutilishlarining haqiqatdan ro‘y berganligini nemis astronomi T.Oppolserning “Tutilishlar kanoni” (1887-yili chop etilgan) kitobi tasdiqlaydi. Mashhur sharqshunos olimlar A.P.Yushkevich va B.A.Rozenfeldlar Ulug‘bek maktabi olimlarining hayoti va faoliyatini o‘rganib, Jamshid Koshiy haqida ushbu so‘zlarni bitganlar: “Jamshid al-Koshiyning Samarqandga kelgunga qadar kechgan butun faoliyati, go‘yo yangi Ulug‘bek rasadxonasiga aynan raxbarlik uchun maxsus tayyorgarlik maktabini o‘tagandek edi va shuning uchun ham Ulug‘bek tomonidan uni Samarqandga taklif etilishi ayni muddao bo‘ldi”. 1 Koshiyning Samarqand rasadxonasida o‘tkazgan astronomik kuzatishlari “Ziji Ko‘ragoniy”dan joy olgan jadvallar, kuzatish natijalarida aks qilgandan tashqari, astronomiya va matematikada e’lon qilgan 19 ta risolasining mazmunidan ham o‘rin olgan. Bu asarlarning ro‘yxati G.P.Matviyevskaya va B.A.Rozenfeldlarning “Matematiki i astronomi musulmanskogo srednevekovya” kitobida keltirilgan. Bu asarlar ichida “Arifmetikaga kalit”, “Bir gradus sinusining aniqlash haqida risola”, Shohruhga bag‘ishlangan “Haqon zijining Elxon zijining takomillashganidir”, “Koshiy ziji”, “Astronomiya haqida risola”, “Astronomiya fanining qisqacha bayoni” risolalari uning nomini jahonga tanitdi. G‘iyosiddin Koshiyning vafot etgan yili aniq emas. Sharqshunos X.Zuter (1848-1922) o‘zining “Арабские математики и астрономи и их труди” maqolasida Koshiyning o‘limi 1437-yilda ro‘y bergan deb taxmin qiladi. Sharqshunos B.Rozenfeld Koshiy 1429-yilda vafot qilgan deb yozadi. Astronom G‘.Jalolov esa nemis olimi sharqshunos Brokkelman fikriga qo‘shilib, Koshiy 1440-yilning boshida olamdan o‘tgan, deb ma’lum qiladi. 1 1 Mamadazimov Mamadmuso “Ulug‘bek va uning rasadxonasi”. T.:1994y. 73 b. 51 Ma’lumki Koshiyning vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay Qozizoda Rumiy ham vafot etadi. Shunday so‘ng Ulug‘bek rasadxona boshlig‘i qilib Ali Qushchini tayinlaydi. U haqida “Ziji Ko‘ragoniy”ning so‘zboshisida shunday so‘zlar yozilgan: “Yoshlikning gullagan va navqiron davrini o‘tayotgan Ali ibn Muhammad al- Qushchi fan va bilimning jang maydonida xuddi qilichdek o‘tkir, uning ilmiy ishlariga raxbarlik qila olishiga ishonch shu qadar kuchliki, u haqda gapirib, Ali Qushchining shuhrati, yaqin vaqt ichida, o‘z mamlakatimiz va dunyoning boshqa qismlari bo‘ylab keng taraladi, deb bemalol aytish mumkin”. 1 Olimning to‘la ismi sharifi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lgan. 1 Ali Qushchi taxminan 1402-yilda Samarqandda tug‘ilib, yoshligida Ulug‘bekning tarbiyasida bo‘lgan va unda astronomiyaga qiziqish uyg‘otishda ustozining roli katta bo‘lgan. Ali ibn Muhammadga “Qushchi” taxallus berilishining boisi dastlab u saroyda ovchi (burgut ovlovchi) lavozimida ishlaganidan deb ma’lum qiladi tarixiy manbalar. Ulug‘bek uni o‘ziga yaqin olib “o‘g‘lim”deb atagan. Astronomiyaga katta qiziqish bildirib, rasadxonada ishlay boshlagach, vaqt o‘tishi bilan u Ulug‘bekning ilmiy hamkoridan yaqin do‘stiga aylangan. Karmanada qo‘shimcha ta’lim olib qaytgach, o‘z ichiga sadoqat bilan kirishib Ulug‘bekning ishonchli shogirdi va yordamchisi bo‘lib qolgan. Astronomik kuzatishlarga mohirligi va chuqur bilimi evaziga “o‘z davrining Bitlimusi” (Ptolemeyi) degan taxallus olgan. Ali Qushchi “Astronomiya ilmi haqida risola”, “Geometrik masalalar va astronomiya”, “Ulug‘bek Zijiga sharh”, “Samo pog‘onalari”, “Astronomiyadan bosh xulosa kabi astronomik va turk sultoni Muhammad Al iga bag‘ishlangan “Arifmetikadan Muhammad risolasi”, “Hisob (arifmetika ilmi haqida risola), “Arifmetikaning qaymog‘i”, “Geometriya haqida risola”, “Arifmetik qoidalar va geometriya haqida ko‘rsatmalar risolasi” kabi matematik asarlarning va “Xitoynoma” deyiluvchi tarixiy asarning muallifidir. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy Koshondan Samarqandga taklif etilgan yana bir 1 Mamadazimov Mamadmuso . “Ulug‘bek va uning rasadxonasi”.T.:1994y. 73 b. 52 astronom haqida yozadi. Uning nomi Mo‘yiddin bo‘lib, Ulug‘bek tomonidan rasadxonaga ishga taklif etilgunga qadar astronom – olim sifatida Sharqqa tanilgan Abdurazzoq Samarqandiyning ta’rifi bilan aytganda, “mavlonoi muazzam” o‘zidan so‘ng astronomik maktabni meros qilib qoldirgan edi. Jumladan, uning o‘g‘li Mansur ham astronom bo‘lib, boshqa ko‘p asarlari bilan birga taniqli olim, Chag‘miniyning “Mulaxxas”iga Qozizoda Rumiy tomonidan bitilgan “Sharh al-Mullaxas”ga tavsif yozgan Nizomiddin Abdal Ali ibn Muhammad ibn al Husayn al-Birjondiy uning shogirdi hisoblanadi. Biroq na “Ziji Ko‘ragoniy”ning so‘zboshisida va na Samarqand rasadxonasi tarixi haqidagi boshqa manbalarda Koshonlik Mo‘yiddin va uning o‘g‘li Mansur haqidagi to‘laroq ma’lumot uchraydi. 1 Ulug‘bek astronomiya maktabining so‘ngi vakillaridan biri, Qozizoda Rumiyning (otasi tomonidan) va Ali Qushchining (onasi tomonidan) nabirasi Mahmud ibn Muhammad ibn Qozizoda Rumiy edi. Tarixda Mirim Chalabiy nomi bilan tanilgan bu astronom Samarqandda tug‘ilib o‘sdi. Biroq umrining so‘ngi yillarini Turkiyaning Guliopol, Adrianopol va Bursada o‘tkazdi. 1525-yilda Adri ano polda vafot etdi. Uning “Ulug‘bek Zijiga sharh”, “Qiblaning azimutini aniqlash to‘g‘risida risola”, “Sinus kvadrant haqida umumiy risola”lari sulton Boyazidga bag‘ishlab yozilgan. Mirim Chalabiyning “Almugantaratli kvadrant haqida risola”, At-Tusiyning Elxon Zijiga sharh”, “Shikoziy kvadrantidan (asturlabidan) foydalanishini o‘rganish haqida risola”, “Kvadrant haqida umumiy risola”, “Zarqaliy asturlabi haqida risola” kabi ilmiy merosi bilan o‘rta asr astronomiya tarixida chuqur iz qoldirgan. Xullas, Ulug‘bek tashkil qilgan Samarqand akademiyasi va ilmiy to‘garagi Sharq madaniyati va fani tarixida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etdi va bu turli xalqlarning madaniy, ilmiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. 1 Ahmedov A. “Ulug‘bek hayoti va faoliyati” T.: 1991. 53 2.3. “Ulug‘bek Ziji” asarining jahon sivilizatsiyasida tutgan о‘rni Ulug‘bek ilmiy merosining eng asosiy, ma’lum va mashxuri uning “Zij”i bo‘lib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko`ragoniy” deb ham ataladi. “Zij”dan tashqari uning matematik asari “Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola”, astronomiyaga oid “Risolayi Ulug‘bek” (yagona nusxasi Hindistonda, Aligarh universiteti kutubxonasida saqlanadi) va tarixga doir “Tarixi arba ulus” (To‘rt ulus tarixi) asaridir. Ulug‘bek “Zij”i o‘z tarkibiga ko‘ra VIII-IX asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirsa ham ilmiy darajasi ularga nisbatan beqiyos balanddir. Bu asar ikki qismdan: keng muqaddima va 1018 sobit yulduzning o‘rni va holati aniqlab bergan jadvalladan iborat bo‘lib, muqaddimaning o‘zi mustaqil to‘rt qismni tashkil qiladi. Muqaddimaning boshida Qur’ondan yulduzlar va sayyoralarga taalluqli oyatlar keltiriladi. Ulug‘bek bu bilan astoronomik kuzatishlarning zarurligini g‘oyaviy asoslamoqchi bo‘ladi. “Zij”ning birinchi kitobi “Tarix, ya’ni xronologiyaning ma’rifati” deb nomlangan maqolasi yetti bobdan iborat bo‘lib, u eralar va kalendar masalalariga bag‘ishlangan. Bu boblarda islomda qo‘llaniladigan asosiy era-hijriy era, suryoniy- yunoniy era, “Jaloliy” era, xitoy va uyg‘ur erasi, forsiy-qadimiy era va bu eralarda keltirilgan sanalarni biridan biriga moslashtirib ko‘chirish hamda bu eralardagi mashxur kunlar haqida baxs yuritiladi. Ikkinchi kitobi “Vaqtlar va unga taluqli nimarsalar” deb nomlangan maqola 22 bobdan iborat. U asosan matematik va sperik astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Ikkinchi va uchinchi boblarda o‘rta asrlar uchun eng aniq bo‘lgan sinuslar va tangenslar jadvallari keltiriladi. Maqolaning to‘rtinchi bobida Ulug‘bek ekliptikaning (falak ul-burj) osmon ekvatoriga (muaddan unnahor) og‘ish burchagining miqdorini keltiradi. Bu haqda bunday deydi : “Bizning kuzatishimizcha, eng katta og‘ish (ya’ni ekliptikaning ekvatoriga og‘ishi) burchagini yigirma uch daraja o‘ttiz daqiqa o‘n yetti soniya topdik”. Ulug‘bek 54 topgan bu miqdor o‘rta asrlar davri uchun ancha aniq edi. Shuni ham aytish kerakki, bu burchakning miqdori barcha davr astronomlari uchun katta ahamiyatga ega edi, chunki yoritgichlar va yashash joylarining aniq koordinatlarini topish shu burchak miqdoriga bog‘liq edi. “Zij”ning uchinchi maqolasi 13 bobdan iborat bo‘lib, faqat astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bunda quyosh, oy va besh sayyoraning harakatlari haqida bahs yuritiladi. Asarda keltirilgan jadvallarning aksariyati shu maqolaga ta a luqlidir. Bu jadvallar orasida eng ahamiyatga ega bo‘lgani 13-bobda keltirilgan va “Turg‘un yulduzlarning uzunlama kenglama bo‘yicha holatlarini aniqlash” deb atalgan yulduzlar jadvalidir. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Ulug‘bekning yulduzlar jadvali o‘rta asrlar davridagi eng nodir va eng mukammal jadvaldir. Bu ma’lumotlar Ulug‘bek rasadxonasida yulduzlar globusi yasalgan degan xulosaga ham oliyu keladi. “Zij”ning oxirgi – “Yulduzlarning doimiy harakati” deb nomlangan to‘rtinchi maqolasi ikki bobdan iborat va u asosan ilmi nujumga bag‘ishlangan. Ulug‘bek “Zij”i o‘rta asrlardagi eng mukammal astronomik asar bo‘lib, tezda zamondoshlarining diqqatini o‘zida jalb etdi. Eng avval bu asar Samarqandda Ulug‘bek atrofida to‘plangan olimlar ijodiga ta’sir ko‘rsatdi. “Zij”ni o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, u asosan amaliy qo‘llanishga mo‘ljallangan bo‘lib, nazariy masalalarni bayon etishni Ulug‘bek oldiga maqsad qilib qo‘ymagan. Shuning uchun bo‘lsa kerak “Zij”ni birinchi bo‘lib Samarqand olimlarining o‘zi, xususan Ali Qushchi sharxlaydi. Undan keyingi shaharlarni Miram Chalabiy va Husayn Birjondiylar yozadi. 1449-yili Ulug‘bekning fojeali halokatidan so‘ng Samarqand olimlari asta – sekin yaqin va o‘rta sharq mamlakatlari bo‘lib tarqalib ketadilar. Ular o‘zlari borgan yerlarga Samarqand olimlarining yutuqlarini va “Zij”ning nusxalarini ham yetkazadilar. 55 Xususan, Ali Qushchi 1473-yili Istanbulga borib, u yerda rasadxoga quradi. Shu tariqa Ulug‘bek “Zij”i Turkiyada tarqaladi va Turkiya orqali Yevropa mamlakatlariga ham yetib boradi. 1 Hozirgi kundagi ma’lumotlarga ko‘ra “Zij”ning 100ga yaqin forsiy nusxasi va 15dan ortiq arabiy nusxasi mavjud. O‘rta asrlarda yozilgan hech bir astronomik yoki matematik asar bunchalik ommaviy va keng ma’lum bo‘lmagan. “Zij” musulmon mamlakatlarining deyarli barchasida o‘rganilgan va sharxlangan. Uni sharxlagan olimlardan quyidagilarning nomlarini eslatish mumkin: Shamsiddin Muhammad ibn Abul Fath as-So‘fiy al-Misriy (vaf.tar145), Abdulqodir ibn Ro‘yoniy Lohijiy (vaf,1519), Mir Chalabiy, Abdulali Birjandiy, G‘iyosddin Sheroziy. “Zij”ning G‘arbiy Yevropa faniga ham ta’siri katta bo‘ldi. Umuman olganda G‘arbiy Yevropa Temur va uning farzandlarin, ayniqsa Ulug‘bekni XV asrdanoq bilardi. Ali Qushchining Istambuldagi faoliyati tufayli Ulug‘bekning olimligi haqidagi xabar ham Yevropaga tarqaldi.1638-yili Istambulga ingliz olimi va sharqshunosi, Oksford universitetining Jon Grivs (1602-1652) keladi. Qaytishida u o‘zi bilan Ulug‘bekning “Zij”ining bir nusxasini Angliyaga olib ketadi. 1648-yili avval “Zij”dagi 98 yulduzning jadvalini chop etadi. O‘sha yilning o‘zida Grivs “Zij”dagi geografik jadvalni ham nashr etadi. 1650-yili esa u “Zij”ning birinchi maqolasining lotincha tarjimasini nashr etadi. Grivs 1652-yili mazkur oxirgi ikki ishni qayta nashr etadi.yana bir ingliz olimi va sharqshunos Tomas Hayd (1636-1703) “Zij”dagi turg‘un yulduzlar jadvalini 1665-yili forscha va lotinchada nashr etadi. Shunisi diqqatga sazovorki Hayd Gvirsning ishlaridan butunlay bexamar edi. Demak “Zij”ning nusxalari qandaydir yo‘llar bilan unga ham yetib kelgan. “Zij Ko‘ragoniy”ning Quyosh, Oy va sayyoraning holatlariga tegishli jadvallar, shuningdek, mingdan ortiq bevosita ko‘rinadigan jadvallarning jadvali, aksariyat hollarda Samarqand rasadxonasi olimlarining bevosita kuzatishlarining natijalari bo‘lib, o‘rta asr bevosita kuzatishlarning natijalari bo‘lib, 1 Ahmedov A. “Ulug‘bek” Toshkent.”Fan” nashriyoti 1991y. 62-bet. 56 o‘rta asr astronomiyasining eng aniq jadvallaridan hisoblanardi.shu boisdan “Ziji Ko‘ragoniy”ning qo‘lyozmasi o‘rta asrda turli joylarda katta tezlik bilan ko‘chirilib ko‘paytirila boshlandi. Bobur “Ulug‘bek Ziji” haqida gapirib XVI asrda dunyoda eng keng tarqalgan astronomik jadvallardan bo‘lganligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, “Ulug‘bek Ziji”ga tegishli yulduzlar katalogi aniqligi bilan keyingi asrlarda ko‘p g‘arb astronomlarida katta qiziqish uyg‘otdi.Shunday bo‘lishiga qaramay Ulug‘bek “Zij”i umuman olganda to‘liq ravishda o‘rganilmagan va biror zamonaviy tilga to‘liq tarjima qilinmagan.Manbalarda Ulug‘bek bu asarini o‘limidan biroz oldin tugatgan degan ma’lumot qayd etilgan. Shu tariqa Ulug‘bek davrida Movarounnahr va Xuroson hududidagi ijtimoiy taraqqiyot yuksak madaniy va ilmiy ko‘tarilishga olib keldi. Bu ko‘tarilishni hozirgi fanda O‘rta Osiyo Xuroson va Eron uyg‘onish renessansi deb ataladi. Bu ilmiy madaniy ko‘tarilish O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i bilan bog‘liq bo‘lib, u ham bo‘lsa o‘z ibtidosini Ulug‘bekning XV asr boshida Samarqanddagi ilmiy faoliyatidan oladi. Bu bir yarim asrlik davr o‘rta asr xalqlarining ma’naviy va moddiy madaniyati tarixida nihoyatda chuqur iz qoldirdi va hozirgi kunda ham bu xalqlarning madaniy rivojlanishning asosida turadi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo xalqlari Ulug‘bek va uning safdoshlaridan abadiy minnatdordirlar. Samarqand etagida Ulug‘bek va uning maktabi tomonidan ishga tushirilgan rasadxonadan koinot qariga tashlangan nazar faqat sharqdagina emas, balki jahon fani madaniyatining “ochilmagan qo‘rig‘i”ni ochish – Koinotni o‘rganishga qo‘yilgan buyuk bir qadam bo‘ldi. Shu ilk qadam sababli bo‘lib, Yevropada birin- ketin yirik, yaxshi jihozlangan rasadxonalar ishga tusha boshladi. Polshada olam tuzilishining geliotsentrik nazariyasi, Milanda Koinotning cheksizligi va unda Quyosh sistemasi – oddiy bir yulduzning yo‘ldoshlari bilan tashkil etgan sistemasi ekanligi g‘oyasini, Germaniyada osmon jismlarining massalarini hisoblash usuli kabi muhim kashfiyotlar vujudga kelishida Samarqand astronomlari sababchi bo‘ldi. 57 Shunday ekan ajdodlarimizga munosib voris bo‘layotgan biz yoshlar ularning bizgacha yetib kelgan ilmiy merosini avaylab asrashimiz va uni ko‘paytirishdek ulug‘ ishlarga bel bog‘lab kirishish oliy burchimizdir. 58 X U L O S A Mazkur bitiruv malakaviy ishda uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi bo‘lgan O‘rta Osiyodagi XIV-XV asrlar davri tarixi tadqiq qilindi. Ishning asosiy qismdan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga kelindi: - XIV-XV asr boshlarida Samarqand, Hirot, Buxoro va G‘ijduvon kabi bosh shaharlarda Amir Temur an’analari davom ettirilib, olimu muhandis, shoiru bastakor, me’moru binokor va naqqoshu musavvirlar serqirra ijod etishdi. Mamlakatning ravnaqi, ma’naviy kamolotida ilm-fan va san’at muhim o‘rin egalladi. - Temuriy shahzoda Mirzo Ulug‘bek Samarqand va Buxoro ilmu ma’rifat dargohiga aylantirdi. O‘z zamonasining dorilfununi hisoblangan Samarqand, Buxoro, G‘ijduvon madrasalarida diniy va dunyoviy fanlardan ta’lim berildi, Shamsuddin Havofiy, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ulug‘bek, Ali Qushchi kabi yetuk olimlar Samarqand akademiyasiga ilmu toliblarga saboq berishdi va bu davrdagi O‘rta Osiyo xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga o‘z hissasini qo‘shdi. - Badiiy uslub jihatdan adabiyot nihoyatda takomillashib, yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Zamonaning yetuk shoirlari Sakkokiy, Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Atoiy, Durbeklar nasr va nazmda ko‘plab nodir asarlar yaratishdi. Durbekning “Yusuf va Zulayxo”, Lutfiyning “Gul va Navro‘z”, Alisher Navoiyning asarlari badiiy adabiyotimizning beqiyos durdonalari hisoblanadi. - Bu davrda O‘rta Osiyoda kitobot, xattotlik, musavvirlik, lavvoxlik (lavxa chizish) va sahhoflik (muqovasozlik) san’ati nihoyatda taraqqiy etdi. Mir Ali Tabriziy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Kitob, Mirak Naqqosh, Qosim Ali kabi xattot, musavvvir, lavvohlar o‘z sohasining jonkuyarlaribo‘lishdi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod asos solgan Hirot musavvirlik maktabi o’lkan yutuqlarga erishdi. - Musiqa san’ati XIV –XV asrlarda san’atning boshqa turlari va she’riyati bilan uzviy aloqada yangi taraqqiyot pog‘onasiga ko‘tarildi. Mohir san’atkor – mashshoqlar, bastakor, hofizlar tomonidan bebaho san’at asarlari vujudga keldi. 59 Musiqa sohasida mutaffakkir Alisher Navoiy “Isfahoniy” kuyini, Ulug‘bek “Bulujiy”, “Shodiyona”, “Ahloqiy” kuylarini ijod qilishdi. - XIV-XV asrlarda Qashqa vohasining asosiy shaharlari Kesh va Qarshida qadimdan an’anaviy tus olgan ilm fanga va uning taraqqiyotiga, katta e’tibor berildi. Sharq uyg‘onish davri madaniyati, ma’rifati islom dini ruknlari, talablari asosida rivojlangan bo‘lib, davrining ziyo maskani hisoblangan, gullar nomini olgan Shahrisabz ilm va marifatning asosiy markazlarida biriga aylanib, sharafli “ilm va odob qubbasi” nomini oldi. Xullas, XIV asrning oxiri XV asr O‘rta Osiyo, aniqrog‘i, Movarounnahr va Xuroson tarixida o‘rta asr uchun oliy darajadagi madaniy – manaviy yuksalish davri bo‘ldi. Bu yuksalish O‘rta Osiyoda uyg‘onish davrining tiklanishi va oliy darajadagi sivilizatsiyaga qo‘shgan hissasi bilan atash mumkin. Bu yuksalishlar xalqimizning keyingi madaniy rivojlanishiga katta zamin yaratdi. 60  TAVSIYALAR 1. Tarix fakulteti talabalarining bilimlarini yanada chuqurlashtirish uchun XIV-XV asrdagi yangi uyg’onish davriga oid kurslar kiritish. 2. Mirzo Ulug’bekning boy ilmiy ma’naviy-ma’rifiy merosini yoshlar o’rtasida targ’ibot qilishni yanada rivojlantirish. 3 .Amir Temur va Temuriylar davlatida madaniy yuksalishga ta’sir etuvchi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va g`oyaviy omillarini o`ziga xos jihatlarini alohida va qiyosiy jihatdan o`rganish maqsadga muvofiqdir. 4. XIV-XV asrlarda O’rta Osiyodagi yaratilgan memoriy obidalarni avaylab asrash, muhofaza qilish maqsadida xalqimiz o`rtasida targ`ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirish. 61  ADABIYOTLAR RО‘YXATI 1. О‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. Toshke nt .: “О‘zbekiston”, 2010 y. 2. Karimov I.A. О‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T oshkent .: “О‘zbekiston”, 2011 y.89 b. 3. Karimov.I .A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna bo`laversin ( YUNESKO qaror gohidagi “Temuriylar davridagi ilm- fan, madaniyat va maorifning gullab- yashnashi” ko`rgazmasining ochilish marosimida so`zlagan nutqi.1996 yil,24 aprel, Parij ).Bunyodkorlik yo`lidan. 4- tom. Toshk ent .:”O`zbekiston”,1996 y 4. Karimov.I .A. Amir Temur haqida so`z.Toshken t .: “O`zbekiston “, 1996 y 5. Karimov.I.A Amir Temur-faxrimiz,g`ururimiz.Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. 5-tom.Toshk ent .: “O`zbekiston”, 1997 y. 6. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yо‘q. Toshkent.: Sharq”, 1998 y. 7. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshk ent .: “Ma’naviyat”, 2008 y. 8. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Toshken t .: “О‘zbekiston”, 2010 y. 9. Karimov I.A. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyoti yangi bosqichga kо‘tariladigan yil bо‘ladi. //О‘zbekiston ovozi, 21.02.2012 y. 10. Karimov I.A. Bizning yо‘limiz demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va modernizatsiya jarayonini izchil davom ettirish yо‘lidir. Toshk ent .: “О‘zbekiston”, 2012 y. 11. Ahmedov B. Ulug‘bek. T.:1991 y. 12. Ahmedov B. Ulug‘bek. T.: “Fan”, 1991 y. 13. Ahmedov B. Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1994 y. 14. Ahmedov B. Amir Temur. Tarixiy roman. T.: Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 1995 y. 62 15. Amir Temur va Temuriylar davrida madaniyat va sa`nat.T.:G`.G`ulom nomidagi adabiyot va sa`nat nashriyoti, 1996 y. 16. Ahmedov B. Amir Temurni yod etib. T.: “O`zbekiston”1996 y. 17. Ahmedov B. Sohibqiron Temur (Hayoti va ijtmoiy-siyosiy faoliyati). T.:Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1996 y. 18. Ahmedov B. Amir Temur va Ulug‘bek zamondoshlari xotirasida. T.: “О‘qituvchi”, 1996 y. 19. Ashrafiy Muqaddima.Temur va Ulug`bek davri Samarqand miniatyurasi.T.: G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va sa`nat nashriyoti, 1996 y 20. Amir Temur-faxrimiz, g`ururimiz.T.:” O`zbekiston”,1998 y 21. Amir Temur Yevropa elchilari nigohida. T.:“G‘afur G‘ulom” nashriyoti,2007 y. 22. Бартольд В.В. “ Улугбек и его время”. Т.: 1964 й. 23. Bo`riyev O.Temuriylar davri yozma manbalarida Markaziy Osiyo. ( Tarixiy- geografik lavhalar.) Masul muharrir : A.O`rinboyev.T .:”O`zbekiston”,1996 y 24. Bо‘riyev O. Bunyodkor sohibqiron. //Huquq va burch. 2011 y, №4, 30-31-b.b. 25. Bо‘riyev O. Amir Temur davrida О‘rta Osiyo elatlari. //Sohibqiron yulduzi. 2012 yil, 1-son. 80-96-b.b. 26. Ivanin M. Ikki buyuk sarkarda: Chingizxon va Amir Temur. T.: “Fan”, 1994 y. 27. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi. T.:1998 y. 28. Mо‘minov I. Amir Temurning О‘rta Osiyo tarixida tutgan о‘rni va roli. T.: “Fan”, 1993 y. 29. Mamadazimov M. Ulug‘bek va uning rasadxonasi. T.: “О‘zbekiston”, 1994 y. 30. Ma’naviyat yulduzlari. T.:2001 y. 31. Muhammad Ali. Amir Temur solnomasi. T.:2008. 50- b . 63 32. Norqulov N.Temuriylar davri madaniyati tarixidan lavhalar.” Xorazm”, 1996. 33. Ravshanov P. Oila sha’ni yoxud Amir Temur va temuriylarning oila obro‘si va bardavomligi yo‘lida olib borgan ishlari xususida. //Qashqadaryo, 2012 y, 27 aprel. 34. Rajabov M. Biz bilgan va bilmagan Temur. //Qarshi DU xabarlari. 2012 yil, 1-son. 39-43-b.b. 35. Somon yо‘li. Adabiy –tarixiy majmua. Amir Temur hayotiga bag’ishlana di. T.: “Kamalak”, 1992 yi l . 36. Temur va Ulug‘bek davri tarixi. Bosh muharrir: Ahmadali Asqarov. T.: “Meros”, 1996 y. 37. Temur tuzuklari. Т.:2009. 38. Xudoyqulov M., Tilovov F. Amir Temur davlati va uning jahon tarixida tutgan о‘rni. Qarshi, “Nasaf”, 2004. 15-19 b.b. 39. Choriyev A. Sohibqiron ma’naviyati. T.: 2011 y. 40. Sharafiddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. T.:1997 y. 41. Shamsuddinov R., Karimov SH. Vatan tarixi.1-jild T.: “Sharq”, 2010 y. 42. www.ziyonet.uz 43. www.google. ru 44. www.ref.uz 45. www.ziyouz.com 64 ILOVALAR 65 66 67 68 69 70 71