logo

Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, kasb-hunar kollejlarida geometriya kursini o`qitish metodik tizimini yaratish

Yuklangan vaqt:

24.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2015.5 KB
Yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib, kasb- hunar kollejlarida geometriya kursini o`qitish metodik tizimini yaratish MUNDARIJA KIRISH 3 -6 I -bob. KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O`QUV JARAYONIGA QO`LLASHNING NAZARIY ASOSLARI . 7-32 1.1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati . 7-12 1.2. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari . 12-16 1.3. Geometriya kursini o`qitishda kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari . 16-20 1.4. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari . 20-32 II- bob ELEKTRON O`Q UV QO` LLANMA ASOSIDA O`QUV JARAYONINI TASHKIL QILISH . 33-54 2.1. Elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida foydalanishning pedagogik asoslari . 33-35 2.2. Elektron darsliklarga qo`yiladigan talablar. 35-41 2.3. Elektron darsliklar yaratishning metodik asoslari . 41-42 2.4. Geometriya kursi o qi tishning metodik tizimini yaratish 42-54 Xulosa 55 Foydalanilgan adabiyotlar 56 KIRISH O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o`quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali aloqadorlikning yo`qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko`rsatib o`tilgan. Shuning bilan bir qatorda, ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish yuzasidan maqsadli inovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning ta`lim amaliyoti bilan aloqasini ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o`z vaqtida joriy etish mexanizmini ro`yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo`yilgan. Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha vazifalarni hal etish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 30-mayda chiqargan “ Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida” gi Farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyunda qabul qilgan “ 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to`g`risidagi qarorlarini keltirish mumkin Hozirgi axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan pedagogik dasturiy vositalarda multimedia elementlaridan foydalanib, elektron o`quv adabiyot, kurs, kitob va virtual stendlar yaratish imkoniyatlari mavjud. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning mavzusi: Yangi axborot texnologiyalari yordamida geometriya kursini o`qitishning metodik tizimini yaratish. Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi: Ana`naviy o`qitish metodikasida o`quv materiallari asosan matn va formulalar ko`rinishida berilib, o`quv materiallarini namoyish qilish imkoniyati deyarli mavjud emas. Bunday ko`rinishda berilayotgan o`quv materiallarini talaba tomonidan o`zlashtirish asosan ketma-ket ravishda amalga oshiriladi, shu sababli ularni esda qoldirish va o`zlashtirish juda 2 sust bo`ladi. Axborot texnologiyalari asosida kollejlarda geometriya kursini o`qitishning zamonaviy ko`rinishlarini yaratishning nazariy va amaliy masalalarini hal etish bugungi kunda dolzarb deb hisoblayman. Ishni maqsad va vazifalari: Kollejlarda foydalanishga mo`ljallangan elektron o`quv qo`llanmalar yaratish tamoyillarini ishlab chiqish va shu asosda zaruriy vazifalarni belgilab olish lozim. Bu quyidagilardan iborat: 1. O`quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishga zamonaviy yondoshuvlarni tahlil etish; 2. Kollejlarda foydalanishga yo`naltirilgan elektron o`quv adabiyotlarini yaratishning asosiy tamoyillarini, hamda ularni o`quv jarayoniga samarali joriy etish va foydalanish metodlarini ishlab chiqish; 3. Kollejlardagi geometriya kursida elektron o`quv qo`llanmalardan foydalanish potensiallarini aniqlash; 4. Multimedia texnologiyasi asosida kollejlar geometriya kursini o`qitishga ko`makchi o`quv dasturiy ta`minotini yaratish; 5. Multimedia texnologiyasi asosida elektron o`quv kurslari texnologiyalaridan foydalanib kollej geometriya kursi bo`yicha dars o`tish uchun metodik tizim yaratish; Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta`lim tizimiga tadbiq etish, iqtisodiy samara berishi bilan bir qatorda, o`quv jarayonida yangi o`qitish uslublarini qo`llashga keng imkoniyatlar ochadi. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarini qo`llash, asosan, shaxsiy kompyuterlar va axborot texnologiyalarining pedagogik- dasturiy vositalari yaratilishi bilan bog`liq. Bitiruv malakaviy ishining ilmiy amaliy ahamiyati . Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida o`quv-materiallarini obrazli ko`rinishda ifodalashdek muhim imkoniyat mavjud. Ma`lumotlarni matn sifatida emas, balki obrazlar vositasida taqdim etish axborot texnologiyalarining ta`lim tizimida o`ziga xos inqilobiy jarayon ekanligidan dalolat beradi. Obrazlar ko`rinishida ma`lumotlarni taqdim etish o`qitishga va fikrlashga keskin ravishda ta`sir etishi mumkin. Buning sababi, obrazlar ko`rinishida berilayotgan o`quv 3 materiallari matn ko`rinishidagiga nisbatan inson tomonidan oson o`zlashtirilishi (chunki bilimlarning 65-70 foizi ko`rish orqali olinadi) va unga ijobiy ta`sir etishidir. Obrazlar ko`rinishida ma`lumotlarni taqdim etish matn ko`rinishidagiga nisbatan prinsipial jihatdan farq qilib, insonning fikrlashi uchun juda muhim vosita sifatida ishlatilishi mumkin. Dars jarayonini obrazlar asosida tashkil etish, bir tomondan, diqqatni maksimal darajada jalb qilishga olib kelsa, ikkinchi tomondan, matn ko`rinishida berilayotgan o`quv materiallaridan tubdan farq qi ladi. Bu esa axborot texnologiyalari asosida o`quv jarayonini yangi o`qitish metodikasi asosida tashkil qilish bugungi kunda dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni obrazlar ko`rinishida taqdim etish va fikrlash jarayonini tashkil etish talabalarning aqliy rivojlanish darajasini yuqoriga ko`taribgina qolmasdan, an`anaviy o`qitish o`rtasidagi nisbatni o`zgartirishga ham olib keladi. Ehtimol bunday o`qitish an`anaviy metodikaga nisbatan ma`lumotlarni inson aqliy rivojlanishining yangi shahobchasiga mos keladigan obrazli ko`rinishda taqdim etishi, muloqot tillari bilan bog`liq muammolarni yechishga va jahondagi kommunikativ jarayonlarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Yangi o`qitish metodikasida talabalarga berilayotgan materiallarni qayta kodlashtirish va o`zlarining modelini yaratish masalalari yuklanmaydi. Bu o`qitish metodikasida o`quv materiallari matn va formula ko`rinishi bilan bir qatorda, obrazlar ko`rinishida ham taqdim etiladi. Bu axborot texnologiyalari asosida o`quv materiallarini obrazli ko`rinishda taqdim etishda ularga har xil ko`rinishdagi ranglar, harakat, ovoz kabi elementlarni kiritish talabalarning o`quv materiallarini qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish bilan birga, berilayotgan materiallarni tahlil qilish, taqqoslash hamda abstraksiyalash kabi muhim sifatlarni rivojlantiradi. O`quv materiallarini obrazlar ko`rinishida taqdim etish uchun ularni axborot texnologiyalaridan foydalanib, elektron-didaktika asosida elektron kitob, darslik, kurs va virtual stend ko`rinishida yaratish yuqorida qo`yilgan masalalarni ijobiy hal etishga olib keladi. Kollejlarda geometriya kursini o`qitish jarayoniga ko`maklashishga 4 yo`naltirilgan elektron o`quv adabiyotlarni yaratish tamoyillari ishlab chiqilib, multimedia texnologiyasi asosida elektron o`quv kurslarini rivojlantirish istiqbollari tahlil etilgan va ularning ta`lim jarayonidagi roli o`rganilgan. Bitiruv malakaviy ish kirish va xulosadan tashqari ikkita bobdan tarkib topgan, birinchi bob “ Kompyuter va axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga qo`llashning nazariy asoslari ” deb nomlanib, kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati, kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari, geometriya kursini o`qitishda kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari, kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari haqidagi 4 ta bо`limni, ikkinchi bob esa “ Elektron o`quv qo`llanma asosida o`quv jarayonini tashkil qilish ” deb nomlanib, unda elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida foydalanishning pedagogik asoslari, elektron darsliklarga qo`yiladigan talablar, elektron darsliklar yaratishning metodik asoslari, geometriya kursi oqitishning metodik tizimini yaratish haqidagi 4 ta bо`limni о`z ichiga oladi. I BOB. KOMPYUTER VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI O`QUV JARAYONIGA QO`LLASHNING NAZARIY ASOSLARI . 1.1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati. Kompyuter texnologiyalari to`g`risida so`z yuritilganda, odatda ko`z 5 oldimizda axborot texnologiyalari mujassamlanadi. Buning sababi, shaxsiy kompyuterlarning ixtiro etilishi axborot texnologiyalarining ommaviylashishiga va uni keng miqyosda tadbiq etilishiga olib kelinganligidadir. Chunki shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi natijasida axborot texnologiyalarining mahsuli bo`lgan dasturiy vositalarga zaruriyat ortib, kundalik ehtiyojga aylanib bormoqda. Shaxsiy kompyuterni tadbiq etish bo`yicha erishilgan muhim yutuqlardan biri bu multimedia vositalarining yaratilishidir. Shaxsiy kompyuterlar multimedia vositalaridan, ya`ni ovoz, grafika, animatsiya, video vositalaridan keng k o` lamda foydalanish sari y o` l ochdi. Ta`lim tizimida axborot texnologiyalarining multimedia vositalari yordamida o`quv jarayonini tashkil etish imkoniyatlari paydo bo`la boshladi. Bular sirasiga virtual kutubxona, virtual o`qitish texnologiyalarini kiritish mumkin. Virtual kutubxona - bu o`quv materiallari elektron nusxada chop etilgan yagona katalog tizimiga ega bo`lgan elektron kutubxonadir. Elektron kutubxonadagi o`quv materiallarini tarmoq tizimi imkoniyatlaridan foydalanib o`qish mumkin. Elektron kutubxonadan yoki boshqa manbalardan tarmoq tizimi yordamida materiallarni olib o` q ish-virtual o`qi sh deb yuritiladi. Yangi axborot texnologiyalari asosida boshqarishni avtomatlashtirish, ish yuritish, moliya ishlarini avtomatlashtirilgan holda boshqarishni ta`minlash kabi ishlarni bajarish imkoniyatlari tu g` ildi. Bundan tashqari yangi axborot texnologiyalari tufayli yuzaga kelgan juda katta imkoniyatga ega bo`lgan muharrirlarni, tarjima qiluvchi dasturiy vositalarni keltirish mumkinki, ularning yaratilishi ta`lim tizimida ham o` z samarasini bermo q da. Shu o`rinda olamshumul ahamiyatga ega bo`lgan telekommunikatsi on (kabelli, shisha tolali, sputnikli) aloqa vositalari asosida tashkil etilgan Internet tizimining insoniyatga juda keng imkoniyatlar yaratganligini ta`kidlash lozim. Internet h ozirgi kunda butun insoniyat bilimlarini birlashtirish, ularning aqliy qo biliyatlaridan unumli foydalanish kabi masalalarni yechish bilan bir qatorda, yangi adabiyotlar t o` g`risida ma`lumot olish, masofadan turib o`qitish texnologiyasini amalga oshirish, musiqa eshitish, kino va boshqa sohalardagi mashhur kishilarning (yulduzlarning) rasmlarini ko`rish, ular haqida ma`lumotlar olish, kundalik gazetani o`qi b borish, ob-havo t o` g`risida ma`lumot 6 olish, kompyuter o` yinlari o` ynash, yangi ish joyi topish, magazindan x arid qilish va hatto keng miqyosdagi biznes ishlarini amalga oshirish mumkin. Uchinchi ming yillikning boshlarida 120 mln. kompyuter yagona dunyo tarmog`iga ulangan, ulardan 1 mlrd. dan ziyod odamlar foydalanmo q da. Keyingi vaqtda internetdan o` spirin yo shlarning va xotin- q izlarning foydalanish sur`ati o` sib borayotganligini q ayd etish mumkin. Uchinchi ming yillikning boshida axborot texnologiyalarini tadbiq etishda tub o` zgarishlar r o` y berishi kutilmo q da. Bularga y o` ldosh kanali or qa li internet elektron kitoblar, dunyo internet kutubxonasi, internet video-telefonlar, mulo qo tli tarjimonlar va nut q ni hamda harakatni tushunadigan kompyuterlarning yaratilishi kutilmo q da. Bulardan k o` rinib turibdiki, ta`lim tizimida yangi axborot texnologiyalarini tadbiq etish masalalariga tubdan bosh q acha k o` z bilan q aramo q lozim. Yuqorida q ayd etilgan masalalar ta`lim tizimida ham yangi axborot texnologiyalari ni tadbiq, etishning istiqbolli yo`nalishlarini belgilash bilan bir qatorda, ularning yechimini kechiktirmasdan h al etish uchun chora-tadbirlar ko`rish zaruratini ham yuzaga keltiradi. Shu o`rinda aytish lozimki, ta`lim tizimida yangi axborot texnologiyalari ni tadbiq etishning bugungi kundagi dolzarb masalalaridan biri multimedia vositalari negizida virtual o`qitish tizimini yaratishdir. Axborot texnologiyalaridan o`quv jarayonini boshqarishda foydalanish ta`limning samaradorligini oshirishga olib keladi. Buning sababi, o`quv jarayonini to`liq nazorat qilish va uni yangilab borish imkoniyatlarining yaratilishidir. Masalan, ta`lim muassasasida lokal kompyuter tarmog`ining mavjudligi q o g` ozda berilayotgan ma`lumotlar, hujjatlar hajmining qisqarishiga olib keladi, bu esa o` z navbatida, ta`lim jarayonida qabul qilinayotgan boshqaruvga do i r qarorlarni qabul qilishda vaqtni tejash imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etish natijasida yangi ma`lumotlar bazasi vujudga keladi, unda pedagogik texnologiyalar, tahliliy materiallar kabi ma`lumotlar t o` planadi. Shuning bilan bir q atorda, video-konferensiya o`tkazish, h ar xil ko`rinishdagi taqdimotlarni namoyish eti sh va eng yaxshi tadqiq o t ishlar haqida ma`lumot berish, seminarlar va turli mashg`ulotlarni o`tkazish uchun juda ko`p imkoniyatlar paydo bo`ladi. Hozirgi davr axborot-kommunikatsiyalar asri sifatida x arakterlanmo q da. Shu 7 sababli mehnat ka pi tali va tovarlar qatorida aqliy kapitaldan foydalanish muhimligi jihatidan kam ahamiyatga ega bo`lmagan omillardan biridir. Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti y o` lidagi ustuvor vazifalardan biri bilimli milliy kadrlarni tayyorlash uchun ta`lim tizimini investitsiyalash va axborot- kompyuter texnologiyalarining rivojlanishini ta`minlashdan iborat ekanligi “ Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ” da belgilab qo`yilgan. Axborot texnologiyalarini o`quv jarayoniga tadbiq etishning muhim yo`nalishlaridan biri elektron o`quv adabiyotlar, qo` llanmalar va kurslar yaratishdir. Elektron o`quv adabiyotlar va qo` llanmalar ma`ruza mazmunini boyitish, yangi materiallar bilan t o` ldirishga imkoniyat yaratadi. Elektron o`quv adabiyotlar va qo` llanmalarning yaratilishi, ularning o`quv jarayoniga qo`llanilishi ta`lim muassasalarida elektron kutubxonalar yaratishni ta q ozo etadi. Bundan k o` rinib turibdiki, ta`lim muassalarida yagona katalog tizimiga ega bo`lgan kutubxonalarning paydo bo`lishi va lokal tarmoqning yaratilishi kutubxonalarga bog`liq muammolarni yechishga olib kelishi bilan bir qatorda, ular faoliyatining samaradorligini oshirishga va muvofi q lashtirishga imkon beradi. Masofali ta`lim tizimining asosini kompyuter, axborot va pedagogik texnologiyalar tashkil etishi shub h asiz. Ta`limda axborot texnologiyalari haqida gapirganimizda, birinchi navbatda, masofali ta`lim, interaktiv pedagogika va turli o`quv shakllari ko`rinishidagi didaktik tizimlarni nazarda tutamiz. Ta`limda texnologik yondoshuvning mohiyatini tushunish uchun, avvalo, “ texnologiya ” so`zi va tushunchasining mazmunini aniqlash zarur. Texnologiya yunoncha so`z bo`lib, texne-mahorat, san`at, logos-tushuncha, fan, ta`limot ma`nolarini anglatadi. Ta`limda texnologiya tushunchasi o`quv rejasiga asosan beriladigan bilimlar tizimini talabalarga yetkazib berish va shu asosda ularni bugungi kun talablariga to`li q javob beradigan kadrlar qilib tarbiyalashga y o` naltirilgan shunday usul va tajribalarni ishlab chi q uvchi, takomillashtiruvchi va tar g`i b qiluvchi zamonaviy fan sifatida ta`riflanadi. Ta`lim jarayoniga texnologik yondoshuvda u qayta takrorlanadigan jarayon sifatida tashkil etiladi, undan k u tiladigan natija ham mufassal tavsiflanadi va ani q 8 q ayd etiladi. O`quv materiali diagnostik ifodalangan o`quv maqsadlariga mos qayta tuzilib, ishlab chi q iladi, ayrim bo`laklarga ajratiladi. O`quv materialini talabalarga yetkazib berishning mu qo bil y o` llari nazarda tutiladi. H ar bir bo`lakni o`rganish test yordamida nazorat etilib, xato- kamchiliklar shu paytning o`zida tuzatilib, t o` g`rilanib boriladi. Pedagogik texnologiya ta`lim jarayoniga noan`anaviy shaklda, o`ziga xos belgilar va xususiyatlarga ega bo`lgan tizimli, texnologik yondoshuvlarga asoslanadigan holda kirib keldi. U pedagogikada ijtimoiy-mu h andislik tafakkurining m ahs uli, texnokrati k ilmiy fikr (ong) ning ta`lim sohasidagi loyi h asi, ta`lim jarayonini ma`lum darajada standartlashtirish, ya`ni takrorlanadigan jarayonga aylantirishdir. Pedagogikada qayta takrorlanadigan ta`lim-tarbiya jarayonini yaratish oson ish emas. Bunga o`quv-tarbiya vazifalarining turli-tumanligi, ta`lim mazmuni va o`quv materiallarining har xilli gi, talaba va talabalarning o`zlashtirish qobiliyatlari, xotira xususiyatlari bir emasligi kabi qator faktorlar sabab bo`ladi. Shunga qaramay, olimlar rivojlangan mamlakatlarda pedagogik texnologiya usulini ishlab chiqdilar, ular yaratgan pedagogik texnologiya usuli qayta takrorlanadigan pedagogik sikl bo`lib, ta`lim olishda rejalashtirilgan natijalarni kafolatlaydi. Pedagogik texnologiyalarni ta`limda qo` llashda o`qitishning boshqa usullaridan farqini k o` z oldiga keltirish uchun uning muhim belgilarini aniq ko`rsatish talab etiladi. Mamlakatimizda va chet ellarda chop etilgan pedagogik adabiyotlarni o`rganish va tahlil etish shuni ko`rsatadiki, pedagogik texnologiya usulining muhim xususiyatlari, belgilari qatorida umumlashtirilgan holda, quyidagilarni ko`rsatish lozim: - ta`lim jarayonini oldindan reja asosida loyihalash va auditoriyada talabalar bilan mazkur loyihani q a y ta ishlab chiqish, tizimli, texnologik yondoshuvlar asosida talabalarning o`quv, bilish faoliyatini o` stiradigan ta`lim jarayonining loyihasini tuzish; - ta`limning maqsadi to`li q va aniq, tashxislovchi bo`lishi, talabalar bilimlarining o`quv rejasi bo`yicha holisona, ob`yektiv ba ho lanishi, ta`lim 9 maqsadlarini k o` zlagan andoza asosida talabaning kuzatishlari, o` lchashlari, harakatlari shaklida oydinlashtirilishi, o`quv jarayonining talabaning faolligiga tayanib tashkil etilishi; - ta`lim shakllarini muvofi ql ashtirilishi, ta`lim jarayonining tuzilishi va mazmunining yaxlitligi, o`zaro aloqadorligi va pedagogikaning muhim nazariy va amaliy masalalari negizida o`zaro ta`sirda bo`lishi; - ta`lim jarayonida texnika vositalari va inson salohiyatining o`zaro ta`sirini h isobga olinishi; - ta`limning rejalashtirilgan natijasiga erishishning kafolatlanganligi; - ta`lim tizimini axborot-pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish mumkinligi kabilar shular jumlasiga kiradi. Q ayd etilgan bandlarning har birining ta`lim tizimida o` z o`rni bor va bu masalalarni yechish falsafa, sotsiologiya, fiziologiya, matematika, axborot, pedagogika va kompyuter tex n ologiyalari hamda boshqa fanlarning qonuniyatlaridan foydalanishni taqozo etadi . Ta`lim tizimida ATlarining qo`llanilishi o`quv jarayonini pedagogik dasturiy vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratdi. Bunday yondoshish o`quv jarayoni didaktik kategoriyalarining o`zaro aloqasini va bog`liqligini o`rganishga olib kelishi bilan bir qatorda, o`quv jarayonini to`liq darajada o`rganishga imkoniyat yaratadi. Shu o`rinda ATlarining multimediali vositalaridan foydalanib o`qitishning an`anaviy uslub bilan o`qitishga ko`ra farqini tahlil qilganda quyidagi asosiy: - dar s o`tish da ma`ruzachining o`quv materiallarini tushuntirish jarayonining yengillashtirilishi; - o`quv jarayonida berilayotgan materiallarni takroriy holda berish imkoniyatining mavjudligi; - kompyuter texnologiyalari asosida o`tkazilayotgan darslarni o`zlashtirish darajasining yuqoriligiga erishilishi; - multimediali vositalar bazasida virtual stendlar tashkil qilish imkoniyatining yaratilishi; 10 - virtual stendlarning Maxsus ji h ozlangan xonalar talab qilmasligi; - o`quv jarayonining video va audio animatsiyalar bilan boyitilib borilishi hamda talabalarning dars jarayoniga bo`lgan qiziqishini kuchaytirishi; - ommaviy tarzda foydalanish, ya`ni bitta ma`lumotlar bazasidan bir yoki bir nechta auditoriyada va guruhlarda foydalanish imkoniyatining borligi; - ma`lumotlar bazasini tezkor ravishda o` zgartirib, zamon talabiga moslashtirib borilishi; - o`quv jarayonida talabalarning yakka tartibda bilimini nazorat qilish kabi afzallik tomonlarini ko`ramiz. Shuni ta`kidlash lozimki, o`quv jarayonini AT asosida tashkil qilishdan asosiy maqsad o`qish sifatini va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda, kompyuter va axborot texnologiyalarini o`qituvchi-talabalarning kundalik ish q uroliga aylantirishga erishishdan iborat. 1.2. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ning birinchi bosqichida kadrlar tayyorlash tizimi salohiyatini saqlab q olish, uning rivojlanishi uchun huquqiy- me`yoriy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlarni yaratish, o`quv uslubiy majmualar hamda ta`lim jarayoni didaktik va axborot ta`minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish ko`zda tutilgan. Uning ikkinchi bosqichida milliy dasturni keng miqyosda to`liq amalga oshirishga erishish, ta`lim faoliyatining samaradorligini ta`minlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishni yo`lga qo`yish, shuningdek, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini rivojlantirish dasturini ro`yobga chiqarish va shu asosda o`quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o`quv adabiyotlari va ilg`or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash amalga oshiriladi, ta`lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta`lim tizimi jahon axborot tarmog`iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog`i bilan to`liq qamrab olinadi, deb ko`rsatilgan. 11 O`quv jarayonida axborot va pedagogik texnologiyalarni uzviy bog`langan holda olib borish bu jarayonning samaradorligini oshirishga olib keladi. Multimedia vositalari asosida o`qitish jarayonida aniq predmetni kompyuter asosida to`liq o`qitish, ma`ruza matnlarini tahrirlash, talabalar topshirgan nazorat natijalarining tahlili asosida ma`ruza matnlarini bayon etish uslubini yaxshilash, talabalar axborot texnologiyalarini multimedia vositalari asosida yaratilgan animatsiya elementlarini dars jarayonida ko`rishi, eshitishi va mulohaza qilish imkoniyatlariga ega bo`ladi. Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari bilan ishlaydigan talabalar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari kerak: - ma`ruza matnlari, amaliyot bilan bog`liq topshiriqlarni tayyorlash; - uslubiy ko`rsatmalarni, nazorat savollarini, to`g`ri javoblar variantini tuzish; - ishchi dastur va texnologik x aritani tuzish; - bilimni nazorat qilish natijasini ta hl il qilish; - har bir mavzu bo`yicha dinamik ko`rinishda aks etuvchi jarayonlarning animatsiyalarini tasavvur qilish; - o`zlashtirilishi murakkab bo`lgan mavzular bo`yicha talabalar bilan su h bat o`tkazish kabi talablar qo`yiladi. Qo`yilgan ushbu talablar bo`yicha axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog-o`qituvchilarning yumushini osonlashtirib, o`quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko`tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta`lim muassasasi rahbariyatiga talaba, guruh, mutaxassisliklar bo`yicha test natijalarini ko`rib borish va ularning o`zlashtirish darajasiga baho berish, o`qituvchilarning ma`ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlarga mo`ljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini bajarish uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o`zlashtirish bo`yicha uslubiy materiallarni tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. 12 O`qitish nazariyasi va bu sohaga tegishli bir qator ilmiy tadqiqotlar natijalari shuni ko`rsatadiki, o`qitish asosan an`anaviy tushuntirish usullariga asoslangan. Shu bois ma`lum bir fanning o`qitish usullarini o`rganish va izlanishlar hamda yuqori saviyali pedagog va o`qituvchilarning bu boradagi tajribasi bugungi kunda emperik ko`rinishdagi o`qitishdan, boshqa turdagi, ya`ni isbot qilish, namoyish qilish va ularni zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanib, noan`anaviy darslarni amalga oshirishi dolzarb masala ekanligini ko`rsatmoqda. Gipermatn, grafik va kompyuterning ovoz dasturlarining yaratilishi kompyuter texnologiyalaridan ta`lim tizimida samarali foydalanish bilan bir qatorda noan`anaviy darslarni tashkil etishga asos bo`lmoqda. Taraqqiy etgan xorijiy davlatlar va respublikamizdagi yetakchi ta`lim muassasalarida kompyuter texnologiyalari asosida o`qitish dasturlari tahlili VDV sifat jihatidan yangi o`qitish vositalari bo`lib, ular an`anaviy o`qitish metodlaridan tubdan farq qilishini ko`rsatmoqda. Bunday yondoshishning asosiy vositalaridan biri sifatida, bizning fikrimizcha, kompyuterda modellashtirish nazariyasini ko`rsatish mumkin. Bu sohadagi natijalar tahlil qilinganda bir nechta yo`nalishlarni ko`rish mumkin: 1) Gnoseologiya yo`nalish. Bu yo`nalishda kompyuter modeli asosan materialni tushunib yetish uchun oraliq ob`yekt sifatida qaraladi va ayrim elementlar orasida mavjud bo`lgan umumiy xossalarni ifoda etmasdan, balki har xil sohalarning birlashmasini ifoda etadi. 2) Original o`rnida kompyuter modelidan foydalanish . Bu yo`nalish o`qitilayotgan fanlarning ob`yektlarini natural ko`rinishida olish mumkin bo`lmagan ma`lumotlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o` z navbatida originalning tabiatini aniqlash, uning ichki, tashqi xossalarini va rivojlanish jarayonini kuzatish imkoniyatini yaratadi. 3) Analitik yo`nalish. Bu yo`nalish son va sifat ko`rsatkichlari asosida talabalarni tayyorlashga oid jarayonning ma`lum bir qismini tasvirlash imkoniyatini yaratadi va u ma`lumotlarni uzatish, tushunish, ko`nikish va o`zlashtirishni nazorat qilish kabi funksional vazifalarga yo`naltiriladi. 4) Umummetodologik yo`nalish. Bu yo`nalish o`qitilayotgan fanlarning 13 talabalar va talabalar dunyoqarashining shakllanishiga bog`liqlik tomonlarini baholashga qaratilgan. 5) Psixologik yo`nalish. Bu yo`nalish kompyuter texnikasi va texnologiyasi yordamida o`qiyotgan talabalarning sotsial, psixologik, biologik xususiyatlarini o`rganish uchun qo`llaniladi. 6) Pedagogik yo`nalish. Bu yo`nalish ilg`or texnologik vositalar yordamida talabalarning tarbiyalanganlik darajasini, bilim saviyasini aniqlash va uning kelgusidagi ahvolini bashorat qilish uchun qo`llaniladi. Hozirgi vaqtda bir soha bo`yicha ishlab chiqilgan pedagogik texnologiyalar bo`yicha izlanishlarni va ularni tadbiq etish uslublarini boshqa sohalarga tarqatish hamda ulardan samarali foydalanish masalalari qaralmoqda. Bunga misol tariqasida kompyuter texnologiyasidan foydalangan holda o`qitishni keltirish mumkin. Kompyuter-axborot texnologiyalari modelidan foydalanish masalasi o`qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda dars jarayonida namoyish qilinishi kerak bo`lgan ob`yektning ichki, tashqi xossalarini ko`rsata olishdek muhim vazifani amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Axborot texnologiya larining multimedia vositalari o`quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: - differensial va individual o`qitish jarayonini tashkil qilishi; - o`qish jarayonini baholash, teskari ( q arshi) aloqa bo g` lashi; - o` zini- o` zi nazorat qilish va tuzatib borishi; - o` rganilayotgan fanlarni namoyish etishi va ularning dinamik jarayonini ko`rsatishi. - fan mavzularida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi komp yu ter va axborot texnologiyalardan foydalanishi; - talabalarga fanni o`zlashtirish uchun strategik k o` nikmalar hosil qilishi va h okazo. Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o`quv jarayonida pedagogik dasturiy vositalar yordamida foydalanish va kelgusida ta`lim tizimida o`quv jarayoni uchun ma`lumotlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek 14 muhim vazifani amalga oshirishga zamin h ozirlaydi. 1.3. Geometriya kursini o`qitishda kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari. O`qitish vositalariga ko`rgazmali qo`llanmalar, o`qitishning texnik vositalari, didaktik materiallar va h okazolar kiradi. Keyingi yillarda o`qitish vositalari tubdan o`zgardi. Shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi bilan muammoli o`qitish jarayonining yangi ko`rinishi – muammoli – kompyuterli o`qitish vujudga keldi. Pedagogik tizimda yangi element - kompyuterning paydo bo`lishi uning funksiyalarini o`zgartirishi va yangi pedagogik samaraga erishishga imkon yaratishi mumkin. Boshqa har qanday o`qitish vositasini qo`llash kabi o`quv jarayonida kompyuterdan foydalanish ham psixologik – pedagogik sharoitlar bilan b og`liq bo`lgan qator muammolarni keltirib chiqaradi. Shu bilan birga kompyuter shu paytgacha mavjud bo`lmagan o`quv jarayonining misli ko`rilmagan informatsion ta`minoti imkoniyatlarini yaratadi. O`quv jarayonida kompyuter va uning barcha imkoniyatlaridan foydalanish, pedagogik jarayon sifatiga ta`sir qiluvchi yo`qotishlarning oldini olishga imkon beradigan strategiyani tanlash bo`yicha jiddiy, ko`p qirrali muammo hosil bo`ladi. Shuning uchun o`qitish jarayonini EHM asosida loyihalashdan oldin o`qituvchi kompyuter asosida o`qitish metodikasini bilishi lozim. Darhaqiqat, kompyuter olish va unda ishlash ko`nikmalarini o`rganishga ketgan xarajatlarni qoplaydigan, ustunlikka ega bo`lgan yangi o`qitish texnologiyasi haqida savol qo`yish to`g`riroq bo`ladi. Buning uchun kompyuterdan o`qitishning samarali vositasi sifatida foydalanish bo`yicha yangi, istiqbolli yechimlarni izlash kerak bo`ladi. Ilmiy bilimlarni tahlil qilish, o`qitishda kompyuterning quyidagi funksiyalarini ajratish va tizimlashtirishga imkon beradi: -texnik – pedagogik (o`qituvchi va boshqaruvchi dasturlar, diagnostik, modellashtiruvchi, ekspert, muloqotli, maslahatchi, mantiqiy); -didaktik (kompyuter trenajor sifatida, repetitor sifatida, assistent sifatida, 15 aniq vaziyatlarni modellashtiruvchi qurilma sifatida, kompyuter o`quv faoliyatni jadallashtirish, o`qituvchi faoliyatini optimallashtirish vositasi sifatida, kompyuter quyidagi funksiyalarni bajaruvchi vosita sifatida: o`quv axborotini tezkor yangilash, talabalarning yakka xususiyatlari to`g`risida tezkor axborot olish, uning faoliyatini baholash, nazorat qilish, tuzatish, uni faollashtirish va rag`batlantirish vositasi sifatida. Bunday vaziyatda pedagogikaning vazifasi belgilangan funksiyalar bajariladigan shart-sharoitlarni aniqlash va ta`minlashdan iborat. Bular quyidagicha: - kompyuterni qo`llash bilan o`qitish maqsadlari, mazmuni, shakli va usullarining o`zaro aloqasi, bog`liqligi; - o`qituvchi so`zi bilan kompyuterning bog`lanishi; - kompyuterli mashg`ulotning didaktik strukturas i ; - kompyuterli mashg`ulotning motivatsion ta`minoti; - kompyuter bilan o`qitishning texnik vositalari u yg` unligi. Bunday ajratishdan maqsad EHM ishining mantig`i bilan o`quv faoliyatning mantig`i orasidagi didaktik asoslangan oqilona moslikni topishdir. Hozirgi vaqtda ikkinchi mantiq birinchining qurboni bo`lmoqda. Shuning uchun o`qitishni kompyuterlashtirish yetarli samara bermayapti. Maktab sinfiga yoki oliy o`quv yurti auditoriyasiga kompyuterni o`rnatish kompyuterlashtirishning tugashi emas, balki kompyuterli o`qitishning boshlanishidir. Kompyuterni pedagogik jarayonning asosiy qismlari bilan aloqasini ko`rib chiqamiz. Bunda kompyuterni qo`llashning maqsadga muvofiqligini va uni o`qitish mazmuni, shakli, usullari bilan qanday bog`lanishini ochib berish kerak. Bugungi kunda kompyuterli o`qitishning quyidagi maqsadlari ajratilgan: vaqt omili bo`yicha: talabalarni nazorat qilish va ularni tashxisdan o`tkazishda vaqtdan yutish, talabalarga mustaqil, nazorat ishlarini berish va ularni ko`paytirishdan yutish, natijalarni qayta ishlash va ularni tezkor ravishda har bir o`rganuvchiga yetkazish va hokazo. O`quv jarayoniga talabalarni “qamrab olish” darajasi bo`yicha tayanch 16 bilimlarni va faoliyat usullarini faollashtirish, reproduktiv o`quv va malakalarni shakllantirish bosqichida yoppasiga o`qitish imkoniyati; o`rganuvchilarga yakka holda yondoshuvni qo`llash bo`yicha: har bir talaba kompyuterda o`zining imkoniyatlari va ishlash tezligini hisobga olgan holda ishlaydi; pedagogik amallarni “mexanizatsiyalash” darajasiga ko`ra: laboratoriya va amaliy ishlarni tayyorlashda o`rganuvchi ishining jadallashuvi, kompyuterning trenajor rejimida ishlashi, kompyuter bilan ma`ruza materiali ustida, laboratoriya - amaliy mashg`ulotlarda ishlash. Keltirilgan maqsadlar ro`yxatidan ko`rinib turibdiki, kompyuterli o`qitishning faqat bir tomoni – dasturlashtirilgan o`qitishdan foydalanilmoqda. Dasturlash tizimidan foydalanish tajribasi amaliy o`quv va ko`nikmalarni shakllantirish masalasini yechishda bunday maqsadlar to`plamining maqsadga muvofiqligini ko`rsatadi. Biroq dasturlashtirilgan o`qitish texnologiyasi o`z mohiyatiga ko`ra an`anaviy o`qitish usullarini takrorlaydi: talabalar faoliyatini boshqarishning tezkor va yo`naltiruvchi jihatlarini optimallashtirib, uning boshqa elementlarini (intellektual, motivatsion, emotsional) zaiflashtiradi yoki butunlay yo`qotib yuboradi. Shuning uchun dasturlashtirilgan o`qitish maqsadlaridan foydalanish zarur, lekin yetarli emas: u faqatgina ko`nikmalarni shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan tor pedagogik vaziyatlar ko`lamida yetarli, lekin insonning asosiy sohalarini rivojlantirishda yetarli emas. Bu o`qituvchi mehnatini ancha yengillashtirishni ko`zda tutadi, lekin faoliyat sub`yekti bo`lgan talabani rivojlantirishga qaratilmagan, bunda o`quv faoliyatini tashkil qilish muammosi tahlil nazaridan chetda qoladi. Bularni hisobga olgan holda kompyuterli o`qitish psixologik – pedagogik ta`minotining istiqbolli chizig`i sifatida kompyuterni qo`llaganda ham insonning asosiy sohalarini shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini saqlab qoladigan o`quv faoliyatning yaxlit tizimini yaratishdan iborat bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, o`qitishning shaxsga qaratilgan va yakka holda — faoliyat yondoshuvni, yangi pedagogik konsepsiyalarni hisobga oluvchi maqsadlar to`plami zarur. Bundan yuqoridagi maqsadlar ro`yxatini quyidagicha to`ldirish zaruriyati kelib chiqadi: 17 Intellektual sohani rivojlantirish: fikrlashni (bilishni, ijodni), xotira, diqqatni, aql sifatlarini (teranlik, intiluvchanlik, tejamkorlik, mustaqillik), fikrlash ko`nikmalarini (ajratish, qo`shish, tahlil va h.k), bilish o`quvlarini (qarama - qarshilik va muammolarni ko`rish, savollar qo`yish, farazlarni ilgari surish va h.k.), o`rganishni bilishni rivojlantirish, predmetga oid bilim, o`quv va ko`nikmalarni shakllantirish; Motivatsia sohani rivojlantirish: inellektual bilimlarga, tabiatni anglashga, jamiyatga, insonga, fikrlash va bilish qonuniyatlariga, o`qish motivlarini tarbiyalashga bo`lgan ehtiyojlarni shakllantirish; Emotsional sohani rivojlantirish: o`z hissiyoti va ruhiy holatlarini boshqarish bo`yicha zaruriy ko`nikmalarni shakllantirish, ortiqcha xavotirni yengish, o`zini holisona baholashni tarbiyalash; Iroda sohasini rivojlantirish: maqsadga intilishni shakllantirish, asab va muskullarning zo`riqishini yenga olish, tashabbuskorlik, o`z kuchiga ishonish, o`zini boshqara olishni rivojlantirish, bilimlarga o`qitish — qanday faoliyat ko`rsatish, faoliyatni qanday rejalashtirish, uni qanday amalga oshirish va nazoratni tashqi ko`maksiz olib borish; O`quv faoliyatni va uning asosiy qismlarini yaxlit shakllantirish: talabalarning diqqatini boshqarish, ularga bajariladigan ishlarni tushuntirish, zaruriy ehtiyoj - motivatsion holatlarni faollashtirish, faoliyatga yordam berish, tuzatish kiritish, jarayonni va talabalarning o`quv faoliyatining natijasini baholash. Kompyuterning o`qitish mazmuni, shakli va usullari bilan qanday bog`lanishini ko`rib chiqamiz. Rivojlangan davlatlar maktab va oliy o`quv yurtlarining tajribasi kompyuterni har qanday predmetda qo`llash bo`yicha chegara yo`qligini ko`rsatdi. Biroq, kompyuterli mashg`ulot mazmuni albatta masala shartlarini tahlil qilish, uni yechish usullarini izlash, yechimning to`g`riligini nazorat qilish usullari to`g`risidagi ma`lumotlarni o`z ichiga olishi kerak. Ya`ni mazmunga refleksiyaning hamma turlari — intelektual, shaxsiy va shaxslararo kiritilishi zarur, Kompyuterni qo`llashda o`qitishning mavjud shakllarini hisobga olish kerak. Zamonaviy o`qitish shakllari o`quv yurtining turidan qat`iy nazar 18 quyidagi strukturaga ega: – tayanch bil i mlarni va faoliyat usullarini faollashtirish; – yangi tushunchalarni va faoliyat usullarini shakllantirish; – bilimlarni qo`llash, o`quvlarni shakllantirish. Ko`p narsa o`quv predmetining xususiyatiga bog`liq: ijtimoiy fanlar bo`yicha bilimlarni formallashtirish juda qiyin (hozircha), shu bilan birga kompyuter yordamida ijodiy fikrlashni rivojlantirish ham mushkul. Shuning uchun mashg`ulotning ikkinchi bosqichi (yangi tushunchalar va faoliyat usullarini shakllantirish) ko`pincha an`anaviy (verbal) usullar asosida olib borilgani ma`qul. O`quv jarayonining birinchi va uchinchi bosqichlari esa tadqiqotlarning ko`rsatishicha to`liq kompyuterlashtirilishi mumkin. Faollashtirish bosqichida kompyuter talabalarda yetishmayotgan bilimlarni to`ldiradi, ularga zarur bo`lgan tayanch bilim va faoliyat usullarini eslashga yordam beradi. O`qituvchi barcha talabalar bilimlarining faollashtirilish darajasi haqida axborot oladi. Bularning hammasi keyingi bosqichlarda ma`lum yutuqlarga erishishni ta`minlaydi. Qo`llash bosqichida talabalar kompyuterli o`qitish yordamida bemalol mustaqil faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. 1.4. Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari . Kompyuter texnologiyalarining juda katta imkoniyatga ega bo`lgan matn muharrirlari, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qiluvchi dasturini vositalarining yaratilishi ta`lim tizimida ham o`z samarasini bermoqda. Bular sirasiga Macromedia DreamWeaver, Microsoft FrontPage, HTML muh a rrirlari va Microsoft Word, Adobe Photoshop, CorelDraw, Macromedia Flash kabilarni kiritish mumkin. HTML-(HayperText Markup Language-gipermatnni belgilovchi til), (Web- muharrir) matnli va grafikli xossalarini o` z ichiga mujassamlashtirgan dastur l i vositalar bo`lib, u web-hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun m o` ljallangan. Web-hujjat - bu elektron ko`rinishdagi hujjat bo`lib, undan Internet tizimida 19 ma`lumotlarni u zatish va qabul qilish uchun foydalaniladi . Shu sababli bu dastur l i vositaning imkoniyatlariga kengro q to` xtalamiz. Oddiy HTML-hujjatlarni yaratish. HTML-hujjatlari (ASCII q o i d a larida yozilgan) oddiy matnli fayllar bo`lib, ular maxsus belgilangan q o i dalarni o` z ichiga oladi. HTML-hujjatlarni yaratish va tahrir qilish uchun maxsus uskunaviy vositalar ishlatiladi. Web-sahifani q uyidagi oddiy uskunaviy vositalardan foydalanib ham yaratish mumkin: - bloknot ko`rinishida tiqilgan (vstroyenniy) Microsoft Windows Notepad tahrirlagichi (redaktor), DOS, Windows Write tahrirlagichlari, Macintosh uchun TeachText/SimpleText tahrirlagichi yoki EMACS Unix uchun yoki VAX/VMS uchun tahrirlagich; - hammaga ma`lum va mashhur Microsoft Word tahrirlagichi, Word Perfect yoki ASCII kodi va boshqa matn rejimida ishlaydigan ixtiyoriy tahrirlagichlar. Bundan k o` rinib turibdiki, HTML-hujjatni yaratish uchun q andaydir bir matnli tahrirlagich kerak. HTML-matnni maxsus dastur yordamida tahrirlash uchun bu matnni HTML- hujjatiga aylantirish imkoniyatlaridan foydalanish mumkin. HTML-hujjatlarni sa q lashda .html yoki .htm kengaytmani ishlatish ma q sadga muvofi q dir. Bu holda keyinchalik qi ynalmaslik uchun hujjatning q aysi turga tegishli ekanligini aniq l ab olish kerak. Maxsus kodlarda yozilgan HTML-hujjatning natijasini ko`rish brauzer (browser) deb nomlanuvchi dastur orqali amalga oshiriladi (brauzer web- hujjatlarni ko`rish vositasi). Bu kategoriyadagi dasturiy vositalarga HTML formatdagi elektron hujjatlarni ko`rish uchun m o` ljallangan vositalar kiradi. Zamonaviy brauzerlar nafaqat matn va grafikani balki musiqani, insonning nut q ini, internetda radio t o` l q inlarini eshitishni, videokonferensiyalarni ko`rishni, elektron aloqa xizmati bilan ishlashni, telekonferensiyalar xizmati bilan tanishish va shunga o`xshash ko`pgina imkoniyatlarni yaratadi. HTML hujjatlar uchun eng ko`p qo`llaniladigan brauzerlarga Internet Explorer va Netscape Navigator larni misol keltirish mumkin. Brauzerda HTML hujjatni tahrirlash imkoniyati y o`q bo`lib, u 20 faqatgina namoyish etadi. Brauzerdan chi q masdan turib, undagi buyruqlardan foydalanib, Microsoft Windows Notepad uskunaviy vositasi yordamida HTML- hujjatni tahrirlash mumkin. Yana muhim tomoni shundaki, Web-brauzer tomonidan bu hujjatni ochish paytida u oddiy matn sifatida emas, balki Web-sahifa sifatida qabul qilinadi va cha q iriladi. Oddiy matnli fayldan HTML-hujjat belgilar kodi (teglar) bilan farqlanadi. Bu kodlar hujjatning tarkibiga kiradi va ular hujjatni formatlash, tayyor maketni aniq l a sh , boshqa hujjatlarga taallu q li murojaatlarni ifodalash kabi ko`pgina amallarni bajaradi. Shu narsani ta`kidla sh lozimki, HTML-kodlar, odatda bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa o` z navbatida ularni asosiy matndan oson farqlashni va tahrirlashni osonlashtiradi. Oddiy HTML-hujjatlarni yaratish uchun ishlatiladigan vositalar . Dastlab asosiy bo`lgan teglarni qaraymiz. Bularga matn (hujjat) ni HTML- hujjat ekanligini ko`rsatuvchi, sarlavhani belgilovchi va hujjatlarni mantiqiy bo`laklarga ajratuvchi teglar kiradi. <HTML> tegi . Har bir HTML-hujjat <HTML> tegidan boshlanib, u bilan tugallanishi kerak. Bu teglar hujjatning mazmuniga bog`liq bo`lmagan holda, albatta, hujjatda bo`lishi kerak. <HTML> teglar jufti quyidagicha ishlatiladi: <HTML> Mening birinchi HTML hujjatim </HTML> Hamma vaqt hujjatni ochiladigan va yopiladigan <HTML> (teg-konteyner) teglar bilan boshlash va tugatish kerak. <HEAD> va <BODY> teglari . Hamma HTML-hujjatlari ikki mantiqiy kiyimga - sarlavha va tana (telo) ga b o` linadi. Ushbu hujjatni Web- brauzer to`g`ri talqin qilishi uchun uning ikki kiyimdan iborat ekanligini farqlay bilishi kerak. Umuman HTML-h ujjatning sarlavhasida u h a q ida asosiy ma`lumotlar aks ettiriladi. Tanasida bo`lsa, uning 21 mazmuni ifoda ettiriladi. Masalan, <HTML> <HEAD> bu yerda sarlavha joylashadi </HEAD> Mening birinchi HTML hujjatim </HTML> Hujjatning mantiqiy bo`linishini tugallash uchun yana <BODY> tegini qo`shish kerak, u holda hamma HTML-h ujjatlar o`zining sarlavha (head) va tana (body) siga ega bo`lishi kerak. Masalan, <HTML> <HEAD> Bu yerda sarlavha joylashadi </HEAD> <BODY> Mening birinchi HTML hujjatim </BODY></HTML> Bu yerda, e`tibor bergan bo`lsangiz hujjat ochilgan va yopilgan <HTML> teglar hamda <HEAD> va <BODY> teglari bilan niqoblashtirilganligiga e`tibor qaratish zarur. Bu teglarning har biri o`zining jufti bilan ishlatilgan, ya`ni <HTML> va </HTML>, <HEAD> va </ HEAD>, <BODY> va </BODY>. <TITLE> tegi. <TITLE> tegi ham albatta ishlatilishi kerak bo`lgan teglar ro`yxatiga kiradi. Tarmoqda ishlash jarayonida e`tibor bergan bo`lsangiz HTML-hujjatlarining sar l av h asida shu h ujjatning nomi akslantiriladi. Ana shu nom <TITLE> tegidan olinadi. Bu tegni h ujjatning sarlavhasiga qo` shmasangiz h ech q anday ta`sir etmaydi. Ammo h ujjat nomi o`rniga sa h ifaning URL-adresi ko`rsatiladi. <TITLE> tegi h am juft holda ishlatilib, ular <HEAD> teglarining orasida joylashtiriladi. Masalan, <HTML><HEAD><TITLE> H ujjatning nomi </TITLE> </HEAD><BODY> Mening birinchi HTML hujjatim </BODY></HTML> Bu kichkinagina HTML-hujjat tugallangan ko`rinishni oldi, chunki u hamma kerakli “ teg ” larni o` z ichiga olgan. HTML-hujjatni matn formatida sa q lashni esdan chi qa rmang. Faylning nomi 22 sifatida ixtiyoriy nomni .htm yoki .html kengaytma bilan ishlatishingiz mumkin. (Bundan tash qa ri, juft h o ld a ishlatilmaydigan bir qancha teglar ham mavjud). HTML-hujjatni ko`rish. Web-brauzer Internet bo`yicha tar q algan hujjatlarni ishlatishi mumkin. Bundan tash qa ri, brauzer yordamida yaratilgan Web-hujjatni hamda kompyuterdagi hujjatlarni ko`rish mumkin. Lokal HTML-hujjatni Web-brauzerda ko`rish uchun quyidagi amallarni bajarish kerak: Sarlavhani yaratish. Maxsus teglar yordamida har xil o ` lchamdagi sarlavhalarni yaratish mumkin . HTML tili 6 pogonali sarlavhani tashkil qilish imkoniyatiga ega . Bu teglar <N1> dan <N6> gacha nomerlanadi. Sarlavha odatda juda oddiy yaratiladi. Masalan, <N1> Bu birinchi pogonali sarlavha </N1>. Ochilgan va yopilgan teglar orasida sarlavhaning matni yoziladi. Sarlavhani yaratish uchun ishlatiladigan quyi pog ` onali teglar, odatda mayda shriftlar bilan yoziladi. Sarlavhani mayda shriftlar bilan yozmo q chi bo`lsangiz, <N2> yoki <N5> teglarini ishlatishingiz zarur. Sarlavhalarni markazlashtirish imkoniyati mavjud. Buning uchun teglar 23 bilan bir qatorda qo` shimcha parametrlar ishlatiladi. Sarlavhani markazga t o` g`rilash uchun tegni quyidagi atribut bilan ishlatish lozim: <N1 ALIGN &#34;CENTER&#34;> Bu birinchi po g` ona l i sarlavha </N1> 1. Brauzer da File (Fayl) menyusini oching va Open Page ( Открыт страницу ) komandasini tanlang. Ekranda faylning ismi ko`rsatilgan mulo qo t darchasi paydo bo`ladi. Rasmda Internet Explorer da ishlatilishi kerak bo`lgan mulo qo t darchasi ko`rsatilgan. 2. Kiritish maydonida HTML-hujjat nomini yozish yoki faylni ko`rish vositalarini ishlatish va kerakli faylni tanlash lozim. 3. «Ok», «Open» yoki «Открыт» tugmalarini ishlatib, ushbu amallarni bajargandan keyin Web-brauzer HTML-hujjatni ochadi. Agarda yuqorida ko`rsatilgan misollarga o`xshash Web-hujjat yaratilgan bo`lsa, u holda brauzer rasmda ko`rsatilgandek uni akslantiradi. Sarlavhani markazga to`g`rilash uchun quyidagi konstruksiyadan foydalanish kerak: <CENTER><Hl>By birinchi po g` onali sarlavha </N1></ CENTER> <CENTER> tegi Opera brauzerida va Internet Ex plorer da ham ishlatiladi. Oddiy matnli fayldan HTML hujjatlar maxsus belgilar kodi (teglar) bilan far ql anadi. Bu kodlar hujjatni formatlash, tayyor maketni aniqlash, boshqa 24 hujjatlarga taallu ql i murojaatlarni ifodalash va boshqa ko`pgina amallarni bajaradi. HTML-kod l ar, odatda bosh harflar bilan yoziladi. Bu esa o` z navbatida ularni asosiy matndan oson far ql ashni va ta h rirlashni osonlashtiradi. HTML hujjatlarni oddiy uskunaviy vositalar (Microsoft Windows Notepad, Microsoft Write va shun g a o`xshash oddiy matn muharrirlari) yordamida maxsus belgilar kodlarini kiritib yaratish uchun ko`p vaqt sarflanadi va ularni juda yaxshi bilish zarur. Uning yana bir qiyinchilik tomoni shundaki, HTML hujjatning dizaynini chiroyli va ob`yektlarni optimal joylashtirish uchun juda ko`p mehnat talab qiladi. HTML hujjatni Microsoft Word tahrirlagichi yordamida yaratish uchun maxsus belgilar kodini qo` lda yozish shart emas. Maxsus belgilar kodini Word da yozganda ham, u oddiy matn sifatida qabul qilinadi. Chunki Word HTML hujjatning kodini kiritish uchun mo ` ljallanmagan. HTML hujjatni Microsoft Word tahrirlagichi yordamida yaratishning qulay tomonlaridan biri faqat natijaviy k o` ri n ish yasaladi. Microsoft Word tahrirlagichida HTML hujjatni yaratish uchun uning natijaviy ko`rinishini, ya`ni brauzer namoyish etadigan ko`rinishini yasash va xotiraga html formatida sa q lash kerak. Maxsus belgilar kodini unga mos ravi shd a Microsoft Word ning o` zi yaratadi. HTML hujjatni Microsoft Word tahrirlagichi yordamida yaratishning noqulay tomonlaridan biri - bu uning diskda egallaydigan hajmining kattaro q bo`lishidadir. Maxsus dasturiy vositalar yordamida HTML-hujjatni yaratish yoki tahrirlash katta imkoniyatlarga ega. Chunki maxsus dasturiy vositalar bir vaqtning o`zida HTML- hujjatning maxsus belgilar kodi va natijaviy ko`rinishi bilan ishlash imkoniyatini beradi. Maxsus dasturiy vositalar ham bir-biridan imkoniyatlari bilan farq qiladi. Maxsus dasturiy vositalar yordamida yaratilgan HTML hujjatning diskda egallaydigan hajmi birmuncha kichik bo`ladi, bu esa uni brauzerda namoyish etish uchun qulaydir. Unda tashkil qilingan ichma-ich gipermurojaatlar boshqa papkalarga k o` chirilgan vaqtda be h ato ishlaydi. Yuqorida HTML dasturiy vositasining imkoniyatlari batafsil bayon qilindi. HTML dasturiy vositasi asosida 25 yaratilgan elektron o`quv adabiyotlar keng imkoniyatlarga ega bo`lib, u talaba, talabalarga ishlash uchun qulay va osondir. Buning sababi HTML dasturiy vositasi asosida yaratilgan elektron kitobda boblar, mavzular va ularga tegishli matnlar bilan ishlash juda qulaydir. Buni quyidagi strukturadan ko`rish mumkin. Axborot texnologiyalari asosida o`quv materiallarini elektron nusxada chop etish, ularga kerakli o`zgartirishlarni o` z vaqtida kiritib, yangilab borishni va tezkor ravishda chop qilish, hamda tarmoq tizimida ommaviy ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadiki, ular shubhasiz ta`lim samaradorligini oshirishda muhim rol o`ynaydi. HTML hujjatni chiroyli ko`rinishda rasmiylashtirish uchun animatsiya (tasvirga kiritilgan harakat) lardan foydalaniladi. Anima t siyalar har xil formatlarga ega bo`lib, hozirda ko`p qo`llaniladiganlaridan biri GIF (Grafic Interchange Format) formatli animatsiyadir. Ma`lumki, animatsiya kadrlarning ketma-ketligidan hosil bo`ladi. Kadrlarda tasvirlar joylashtiriladi. GIF formatli animatsiyaning kadrlaridagi tasvirlar GIF formatida bo`ladi. Demak, GIF formatli animatsiyalar kichik hajmga egadir. GIF animatsiyalarni yaratish uchun bir qancha maxsus dasturiy vositalar mavjud. Masalan, Ulead Cool3D, Ulead Gif Animator, Macromedia Flash va boshqalar. Animatsiyalarni yaratishda bu dasturiy vositalarning har birini o`ziga xos o`rni bor. Matnlarni animatsiya qilishda Ulead CooBD, Ulead Gif Animator 26Elektron o’quv adabiyoti I BOB Mavzular II BOB Mavzular . . . Adabiyotlar Nazorat Mavzu matni Tayanch iboralar Nazorat savollari To’plagan ballFoydalanilgan adabiyotlar ro’yxati dasturiy vositalari katta imkoniyatlarga ega bo`lib, bu dasturiy vositalarda barcha animatsiyalarning namunasi va ularning matn kiritish maydoni beriladi. Matnni kiritgandan so`ng kerakli animatsiya tanlanadi. Tasvirlarni animatsiya qilishda Macromedia Flash eng yaxshi dasturi y vositalardan biridir. Flash texnologiya yoki uni bo shqacha nom - mulo qo tli faol veb- animatsiyalar deb h am atashadi. Bu dasturi y vosita Macromedia kompaniyasi tomonidan yaratilgan bo`lib, u ma`lumotlarni multimedia ko`rinishida taqdim eta oladigan juda muhim texnologik jarayonlarni o` z ichiga olgan dasturi y vositadir. Flash dasturi y vositasining asosiy uskunavi y vositasi sifatida vektorli grafika qo`llanilib, uning asosida (yordamida) multimedianing hamma elementlarini, ya`ni ovoz, harakat, ob`yektlar bilan mulo q otni amalga oshiradigan imkoniyatlari mavjud. Flash texnologiyada yaratiladigan dasturlarning o` lchami minimal darajada bo`lib, ular kompyuter ekranining o` lchamiga bog`liq emas, bu esa internet-loyiha yaratish uchun asosiy talablardan biridir. Ya q inda paydo bo`lgan Flash texnologiya vebdizaynerlar orasida keng tar q ala boshladi. Buning asosiy sabablaridan biri Flash texnologiya Web-saytlarga ovoz va grafika elemetlaridan foydalanish imkoniyatini yaratib, ularning dinamik ko`rinish olishiga imkon yaratishidir. Shu sababli Flash tahrirlagichining uskunavi y vositasitalari va ularning vazifalariga batafsil to`xtalamiz. Ma c romedia Flash tahrirlagichining asosiy uskunaviy vositalari . Macromedia Flash dasturiy vositasining bir qator uskunaviy vositalari mavjudki ular jadvalda ko`rsatilgan. Yuqoridagi jadvalda qayd etilgan uskunaviy vositalarni o`rnatish, odatda katta qiyinchiliklar tug`dirmaydi. Imkoniyat darajasida “instalyatsiya” variantini tanlash maqsadga muvofiqdir, chunki bu rejimda o`rnatilitshi kerak bo`lgan komponentalarni ko`rsatish mumkin. Bundan so`ng ko`rsatilgan katalogda tanlangan paketlar o` rnatiladi. Flash filmni yaratishdan oldin, dastlab yechilayotgan masalaga q arab ta h rirlagichning 27 muhitini sozlash lozim. Ko`p hollarda tayyor namunalardan foydalanadilar. Namuna bu nima va nima uchun ishlatiladi? Yuqorida ko`rsatganimizdek, Flash-rolik HTML-hujjat bilan ishlay oladi, ikkinchidan Flash-rolikning ishlash sohasida (ya`ni yaratilgan kadrlarni aks etuvchi soha) HTML-hujjat rangining gamma foni Flash-rolikning foni bilan mos tushishi mumkin. Film yaratishda uni monitorda ko`rish uchun ekran si g` imi 800x600 bo`lgan monitorda elektron o`quv adabiyot 0X400 o` lchamli ishchi soha tavsiya etiladi. Macromedia Flash5 paketining asosiy elementlarini q arashdan oldin birinchi shablonni yaratish kerak. Buning uchun berilgan: HTML- hujjatning foni q ora, ekran si g` imi 800x600, modeli -chizi q li-iyerarxik. Berilganlardan kelib chi qq an holda ishchi sohani yaratishga kirishamiz. Flash8 dasturiy vositasini ishga tushiramiz va ekranda quyidagi shablonni ko`ramiz. Ishchi sohaning o`lchamini aniqlash. Sichqoncha tugmasining o`ng tomonini bosib, paydo bo`lgan menyudan Movie Properties bandi tanlanadi. Bu yerda kadrning chastotasini bir sekundda 12 ta deb qabul qilish tavsiya etiladi. Ishchi sohaning o`lchami piksellarda, fon rangi bizning misolda qora, vertikal va gorizontal lineyka uchun o`lchov birliklarida beriladi. Hamma o`zgartirishlar kiritilgandan so`ng Save Default tugmasi yordamida uni saqlashni tavsiya etamiz. Ishchi muhitni yuklash. Ishchi muhitni yuklash View va Windows menyularining bandlarida mujassamlashgan. 28 Oddiy Flash-filmlarni yaratish. Hamma pa ke tlar yuklangandan keyin Flash-filmni yaratishga kirishish mumkin. Bu filmni badiiylashtirish ko`p h ollarda dizaynerli ma h orat va g` oyalaringizga bo g`l i q. Macromedia Flash dasturiy vositasining grafik imkoniyatlarini o`rganish g a bir necha bobni ba g` ishlash mumkin. Bu dasturiy vosita bilan qiziquvchi talabalarga D.Ye.Gribovning &#34;Macromedia Flash: interaktivnaya WEB animatsiya&#34; kitobini tavsiya etamiz. Biz bundan keyin foydalanuvchilarning biron-bir ta h rirlagichlardan: Paint, Imaging, Photoshop, Corel Photo Paint yoki ulardan ham yaxshiro q Corel Draw, Corel Xara, Adobe Illustrator lardan foydalanishni biladilar degan fikr bilan ish yuritamiz. Tajribali talaba Macromedia Flash dasturiy vositasining uskunaviy panellari bilan tezda ishlay boshlaydi va oddiy Flash-rolikni tuzishga kirishadi. Flash- sayt yaratishning asosini kompozitsiya tashkil qiladi. HTML-sahifaga qo`yiladigan Flash-rolikning fon rangi mos tushmasa, uni gradiyent uskunaviy vositasi yo rdamida almashtirish mumkin. &#34;Oval&#34; uskunaviy vositasi yordamida ishchi sohaning o`rtasida &#34;Oval&#34; chizamiz hamda chapdan va o` ngdan 20 tadan piksel q oldirib, uni q izil rang bilan t o` ldiramiz. Align (t o` g`rilash) uskunaviy vositasi yordamida uni markazlashtiramiz. Shunday qilib, biz &#34;zastavka&#34; uchun fayl yaratdik. Endi hamma o`zgarishlarni alohida faylda saqlash lozim, chunki oldin yaratilgan shablonlarni o`zgartirmasdan qoldirish uchun biz yaratgan sayt jimlik qoidasi bo`yicha (o`z- o`zidan ishga tushiriladigan ) ishga tushirilsa-da, unga index deb nom beramiz, keyinchalik generatsiya qilingan fayl *.swf va HTML-fayl bu nomga ega bo`ladi.Zastavkaning kelgusidagi fonini yaratib, uni alohida qatlamda (sloy) saqlash lozim. Bu amalga batafsilroq to`xtaymiz. Flash texnologiyaning yutug`i uning qatlamlar bilan ishlash imkoniyatining kengligidadir. Bir qatlamni ikkinchi qatlam ustiga qo`yish, qatlamlarning ko`rinishi darajasini o`zgartirish, har xil qatlamlardagi harakatlarni amalga oshirish, multimediali filmlarni yaratishga imkon yaratadi. Q atlamlar bilan ishlash uchun xronometrik lineykadan tashkil topgan 29 uskunalar panelidan foydalanadilar . Bu n da eng quyi q atlam bu bizning fon joylashtirilgan q atlam hi soblanadi. Qa tlamlar bilan ishlashda ularni: 1) k o` rinmaydigan (sich q oncha tugmasini ikki marta bosish bilan); 2) tahrirlash uchun yopish (qulfga ikki marta sichqoncha tugmasini bosish); 3) konturli (piktogramma kvadratga sichqoncha tugmasini bosish) kabi amallarini bajarish rasmda ko`rsatilgan. Biz fon qatlamini yaratdik. Endi Flash- rolik ishga tushirilganda qancha vaqt namoyishga ketishi haqida qayg`urishimiz lozim. Yuqorida biz kadrlarning o`zgarish chastotasini sekundiga 10 yoki 12 ta deb qabul qildik. Endi esa, bizning rolik necha sekund davom etishi kerak va u qancha kadrlarni o`zida saqlashi mumkinligini aniqlashimiz lozim. Har bir harakatni 5 sekunddan deb tanlaymiz. Bir sekundda 10 ta kadr to`g`ri keladi deb hisoblasak, 5 sekundga 50 ta kadr to`g`ri keladi. 30 II BOB. ELEKTRON O`QUV QO`LLANMA ASOSIDA O`QUV JARAYONINI TASHKIL QILISH. 2.1. Elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida f oydalanishning pedagogik asoslari. “Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da milliy istiqlol g`oyasiga sodiq yetarli intellektual salohiyatga ega, ilm- fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishni va mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jihatidan eskirgan, to`liq an`anaviy (bosma) usulda nashr etilayotgan darsliklarning ma`lum qismi yangi ta`lim tizimining talab va ehtiyojlariga javob bera olmay qolishi ko`rsatilgan . Ilm-fan jadal taraqqiy etayotgan zamonaviy axborot- kommunikatsiya tizimlari vositalari keng joriy etilgan jamiyatda turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishi, ta`lim oluvchilar oldiga ularni jadal egallash bilan bir qatorda, muntazam va mustaqil ravishda bilim izlash vazifasini qo`ymoqda. O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy- uslubiy, tashkiliy (shu jumladan, lotin alifbosiga o`tish) va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta`lim tizimida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” maqsadlariga erishishni ta`minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi. Konsepsiyaning maqsadi uzluksiz ta`lim tizimining barcha ta`lim turlari uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish tamoyillari va ularni tayyorlash mexanizmlarini belgilashdan iboratdir. Ushbu konsepsiyaning asosiy vazifalariga o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish uchun ilmiy-goyaviy, uslubiy-didaktik, psixologik-pedagogik, sanitariya-gigiyenik talablarni ishlab chiqish, o`quv adabiyotlaridan to`g`ri va ratsional foydalanish maqsadida ularning mavjud shakllari va turlariga aniq ta`riflar berish, hamda mamlakatimiz miqyosida zamonaviy o`quv adabiyotlarini tayyorlash 31 bo`yicha dasturlarni amalga oshirish uchun strategik masalalar k o` lamini aniqlash kiritilgan. O`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishga qo` yiladigan asosiy talablar. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasida kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq uzluksiz ta`lim tizimida o`quv adabiyotlari ta`lim turlari uchun tasdiqlangan davlat ta`lim standartlari (yoki davlat talablari) va fanlar bo`yicha uzviy bog`langan o`quv dasturlari asosida tayyorlanadi. Bunda muayyan fanning o`quv adabiyotlari mazkur ta`lim turida o`qitiladigan boshqa fanlar bilan bog`liqligini, boshqa ta`lim turlarida ushbu fanning o`quv dasturlaridagi uzviylikni ta`minlashi lozim. O`quv adabiyotlarini belgilangan tartibda har tomonlama ekspertizadan o`tkazilishi nazarda tutilgan. Ma`lumki, uzluksiz ta`lim tizimining barcha turlarida fundamental bilimlar bo`yicha o`quv adabiyotlari asosan an`anaviy bosma shaklda tayyorlanadi. Konsepsiyada elektron o`quv adabiyotlari esa bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va chuqurlashtirishga, qo`shimcha ma`lumotlar bilan ta`minlashga mo`ljallangan bo`lib, ular ko`proq chuqurlashtirib o`qitiladigan fanlar bo`yicha yaratilishi maqsadga muvofiq deb ko`rsatilgan. Bizning nazarimizda, uzluksiz ta`lim tizimida fan va texnologiyalarning jadal rivojlanganligini e`tiborga olgan holda, mazmuni tez o`zgaruvchan, chuqurlashib o`qitiladigan, kasbiy va maxsus fanlar bo`yicha elektron o`quv adabiyotlarini tayyorlash maqsadga muvofiq. O`quv adabiyotlarining mazmuni bilim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni bosqichma- bosqich boyitish, mukammallashtirib borish, mustaqil ta`lim olish, yangi bilimlarni o`quv adabiyotlaridan izlab topish ko`nikmalarini hosil qilishni ta`minlashi kerak. O`quv adabiyotlarining shakllari. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasida ularning ta`rifi va shakllari ko`rsatilgan. O`quv adabiyotlari - muayyan ta`lim turi (yo`nalishi yoki mutaxassisligi) 32 o`quv rejasida qayd etilgan fanlar bo`yicha tegishli o`quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o`zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy tarjimalar) manba bo`lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi. 1. An`anaviy (bosma) o`quv adabiyotlari - ta`lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma`lumotlar hajmi, shriftlari, qog`oz sifati, muqova turi va boshqa ko`rsatkichlarni hisobga olgan holda qog`ozda chop etiladigan manba. 2. Elektron o`quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni muloqot usulida taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo`lgan manba. Elektron o`quv adabiyot (elektron o`quv adabiyot )ning o`quv jarayonida o`quv-materiallaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan o`quv vositasi sifatida alohida o`rni bor. Tajribadan ma`lumki, inson eshitish a`zolariga nisbatan ko`rish a`zolari yordamida olingan ma`lumotlarni 5 marotaba ortiq eslab qolishi mumkin. Eshitish a`zolaridan farqli ravishda ko`rish a`zolaridan olinayotgan ma`lumotlar qancha kodlashtirilmay, to`g`ridan-to`g`ri xotiraga o`tadi va uzoq saqlanadi. Elektron o`quv adabiyot an`anaviy darslikka qaraganda o`quv materiallarini namoyish qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. elektron o`quv adabiyot talabalarning ko`proq mustaqil ishlashlari uchun mo ` ljallangan didaktik funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda, o`quv jarayoniga qo`yilgan barcha talablarga javob berishi kerak. Shunday qilib, elektron o`quv adabiyotlarni ta`lim jarayoniga tadbiq etishda ularning pedagogik tomonlaridan tashqari, psixologik va gigiyenik tomonlarini ham e`tiborga olish talabalarning intellektual qobiliyatlarini va ularning bu jarayonda faol ishtirok etishini ta`minlaydi. 2.2. Elektron o`quv adabiyotlarga qo`yiladigan talablar. 33 Ana`naviy darslikdan elektron o`quv adabiyotning afzalligi uning “ intellektual ” kuchga ega bo`lishi bilan bir qatorda ma`lumotlarni o` z vaqtida va kerakli joyda taqdim etish imkoniyatga ega ekanligidadir. Elektron o`quv adabiyot ma`lum bir predmet bo`yicha barcha tegishli o`quv materiallarini o`zida ifoda etgan bo`lishi kerak. Uning intellektual darajada bo`lishi esa o ` z navbatida oddiy darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tu g` diradi. Masalan, ma`lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o`zlashtirish darajasini multimedia va grafika elementlari yordamida amalga oshirish va h okazo. Har bir elektron o`quv adabiyot alohida ko`rinishda bo`lishi va ma`lum bir standart talabiga javob berishi lozim. Elektron o`quv adabiyot - kompyuterli o`quv uslubini qo`llashga va fanga oid o`quv materialining har tomonlama samarador o`zlashtirilishiga asoslangan o`quv adabiyoti bo`lib, t o` rt toifaga b o` linishi mumkin: 1-toifa: o`quv materialini faqat verbal (matn) ko`rinishida taqdim etadigan; 2-toifa: o`quv materialini verbal (matn) ikki o` lchamli grafik shaklida taqdim etadigan; 3-toifa: «multimedia» (multimedia - ko`p uslubli) darsligi, ya`ni ma`lumot uch o` lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim etiladigan multimediali elektron o`quv adabiyot; 4-toifa: material ovozli va uch o`lchamli fazoviy ko`rinishda bo`lib qolmasdan, taktik (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli ma`lumotlar vositasida bayon qilinib, o`rganuvchini &#34;ekran olamida&#34; stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi ob`yektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan elektron o`quv adabiyot . Barcha toifadagi elektron o`quv adabiyotlar o`quv jarayonining samaradorligini oshirishda va talabalarning mustaqil bilim olishlari hamda masofadan o`qitishni tashkil qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishdan asosiy maqsad yangi axborot - ta`lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va 34 kompyuter texnologiyalarini qo`llash orqali ta`lim jarayonining samaradorligi, sifati va unumdorligini oshirish, uzluksiz ta`lim tizimida zamonaviy o`quv manbalari elektron - o`quv adabiyot larini keng qo`llash, ularning ma`lum ma`noda kutubxonalarini tashkil etish, ta`limning masofadan o`qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o`quv tizimiga kirishdan iborat. Elektron o`quv adabiyotning xususiyatlariga quyidagilar kiradi: - o`quv materialini multimedia, ya`ni ma`lumot berishning vizual, gipermatn, ovoz shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi; - turli o`quv adabiyotlari - darslik, lug`at, masalalar to`plami va amaliy - laboratoriya mashg`ulotlari uchun tegishli barcha o`quv qo`llanmalarining bir joyda jamlanishi; - o`rganuvchi va o ` rgatuvchi o`rtasida o`zaro bevosita aloqa o`rnatilishi; - o`qituvchining o`quv jarayonini boshqarish va nazorat qilish vazifalarining ma`lum qismini kompyuterli o`quv vositalari zimmasiga yuklash imkoniyati; - talaba tomonidan qabul qilinadigan - maslahat, tushuntirish, ma`lumotni izlash bo`yicha savol- javob va bilimni o`zlashtirish darajasini nazorat qilishni tezkor uslubiga o`tish imkoniyati; - kompyuter vizualizatsiyasi orqali o`rganilayotgan ob`yektning kompyuterdagi imitasiya modellaridan foydalanish; - o`quv materialiga nisbatan yengil o`zgartirishlar kiritilishi va takomillashtirish imkoniyatlarining yaratilishi; - o`quv materiali yaratish va adadlashning arzonligi; - talaba faolligining oshirilishi; - ta`limda masofadan o`qitish uslubini tashkil qilish imkoniyati; - an`anaviy o`quv adabiyotlari (masalan, qog`ozli) bilan birgalikda kompleks holda foydalanish imkoniyati va uning afzalligi. Elektron o`quv adabiyot i ga qo`yiladigan didaktik, pedagogik va 35 psixologik talablar. Didaktik talablarga ilmiylik, o`zlashtirishning te ngligi, muammoni qo ` yish va har tomonlama asosli tarzda bilim olishlik, o`qish jarayonida talabaning faol va ongli ishtiroki, bilim olishning tizimli va bosqichma – bosqich amalga oshirilishi, bilimni mustahkam o`zlashtirilishining ta`min etilishi, ta`lim tizimida bilimni o`zlashtiruvchi, rivojlantiruvchi, mutaxassis – xodim va tarbiyalovchilar vazifalarining yaxlitligi, o`rganuvchi uchun o`qish mustaqil holda bo`lishligining ta`minlanishi, o`qitishning interaktivligi, o`qitishning uy g` unligini ta`minlash, o`quv materialini taqdim etishda tizimli yondoshishlar kiradi. Psi x ologik talablar: elektron o`quv adabiyot haqida gapirilganda, ularn in g psixologik, estetik, gigiyenik va tibbiy-psixologik tomonlarini ham e`tiborga olish lozim bo`ladi. Buning sababi, inson organizmi elektron ko`rinishdagi ma`lumotlarni qabul qilishning o`ziga xos xususiyatlarini talab qiladi. Ammo shunday psixologik to`siqlar bo`lishi mumkinki, talabalar kompyuter ekranidagi ma`lumotlarni to`g`ridan-to`g`ri qabul qila olmasliklari mumkin. Ma`lumotlarni qabul qilishda uning faqat mazmuni emas, balki o`lchami, h arflarning ko`rinishi, rangi va tasvirning harakati kabi faktorlar ham muhim rol o`ynashi mumkin. Shuning uchun elektron o`quv qo`llanma ning matni o` zining xususiyatlariga ega bo`lishi kerak. Talabalarning ma`lumotlarni qabul qilishi uchun elektron o`quv qo`llanma dagi o`ziga xos xususiyatlar, ya`ni o` chib-yonish, rangni ajratib ko`rsatish, tagiga chizib q o ` yish, ovoz kabi vositalar ta`sir etishi mumkin. Shu narsani esdan chiqarmaslik lozimki, bunday vositalarning ko`p miqdorda bo`lishi insonning so g` li g` iga ta`sir ko`rsatishi mumkin. Elektron o`quv adabiyotni yaratishda yana bir muhim muammo - bu foydalanuvchilarga qancha miqdorda ma`lumot berish mumkinligi bilan bog`liqdir. Odatda, inson organizmi tashqaridan kelayotgan ma`lumotlarga nisbatan moslashishini talab etadi. Shu sababli bu sohadagi izlanishlar shuni ko`rsatadiki, elektron o`quv adabiyotlar bilan ishlashda mashq qilish rejimida yoki ko`pro q mustaqil ishlash soatlarida foydalanish maqsadga muvofi q . Ma`lumki, ma`lumotlarni orti q darajada qabul 36 qilinishi ularning di qq atini jalb q ilmaydi. Bu muammolarni yechish uchun berilayotgan ma`lumotlarning sifatini oshirish va bundan tash qa ri, elektron o`quv adabiyotda bir qator imkoniyatlar yaratish lozimki, ular yordamida ko`pgina parametrlarni o`zgartirish mumkin bo`lsin. Masalan, ovozni o`chirib qo ` yish, pasaytirish, ko`tarish, ranglarni o`zgartirish va hokazo. Elektron o`quv adabiyotlarning samaradorligiga erishish kompyuter bilan o`zaro muloqotning psixologik tomonlarini hisobga olish asosida amalga oshirilib, ularga: - elektron o`quv adabiyotlardagi o`quv materialini taqdim etish , anglash (kognitiv) jarayonining verbal - mantisiy, sensor - perseptiv ( h is qilish , sezish) va ifodalanish darajasiga mos kelishi kerak. Shuningdek, anglash bilan bog`liq psixologik jarayonlarga axborotni qabul qilish (asosan, ko`rish hamda eshitish, h is qilish ), e`tibor qilish (uning turg`unligi, jamlanishi, bir narsadan ikkinchisiga o`tishi, ta q simlash va e`tibor darajasi), fikrlash (nazariy tushuncha, amaliy- ko ` rgazmali va amaliy - h arakatli), tasavvur qilish, xotira (oniy, q is q a va uzoq muddatli, qisqa muddatli, qisqa muddatli xotirada ma`lumotni joylashtirish xodisasi) va boshqalar; - elektron o`quv adabiyot undan foydalanuvchi uchun qulay, fanni o`zlashtirishga ijodiy yondoshish va sihat- salomatligi uchun ma q bul me h nat sharoitlarini yaratish kabi asosiy talablar kiradi. Elektron o`quv adabiyotning tuzilishi. Ta`lim tizimiga axborot texnologiyalarini qo`llashda mavjud gapermatn, gipermedia, grafika, animatsiya va ovoz dasturlarining mavjudligi katta samara bermoqda. Chet ellar va respublikamizda to`plangan tajribalar ta hl il q ilinganda axborot texnologiyalarining pedagogik dasturiy vositalari o`qitishda yangi vositalar sifatida o`quv jarayonini jadallashtirish uchun keng imkoniyatlarga ega bo`lib, an`anaviy o`qitish vositalari d an tubdan farqlanadi. Uzluksiz ta`lim tizimi uchun o`quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasiga amal qilgan holda axborot texnologiyalari asosida ishlab chi qi layotgan elektron o`quv adabiyotlarning (elektron o`quv adabiyot) strukturasi quyidagi elementlarni o`zida ifoda etishi lozim; 37 - mu qo va; - mundarija; - q is q acha annota t siyasi; -elektron o`quv adabiyot ning «to`liq bayoni»; -elektron o`quv adabiyotning qisqacha bayoni (masalan, sxema ko`rinishda); - asosiy adabiyotlar va qo` shimcha adabiyotlar ro`yxati; - bilimni nazorat qilish mexanizmi; - matn fragmenti bo`yicha izlash amalini bajarish; - mualliflar ro`yxati va ular h a q ida ma`lumot; - atamalar ro`yxati; - elektron o`quv adabiyot bilan ishlash uchun ma`lumotlar tizimi. Elektron o`quv adabiyotning mu q ovasi imkoniyat darajsida chiroyli bo`lishi maqsadga muvofi q dir. Buning uchun uni grafika va multimedia, animatsiya kabi elementlar bilan boyitish zarur. E lektron o`quv adabiyotning mu qo vasida darslikning nomi, yuqori tashkilot h a q ida ma`lumot (masalan vazirlik), mualliflik huquqi, yaratilgan vaqti, elektron o`quv adabiyotni yaratgan tashkilotning nomi, mualliflari haqi da qi s q acha ma`lumot olish imkoniyati mavjud. Bu ma`lumotlarning ma`lum bir qi smi (mualliflar xa qi da ma`lumot, elektron o`quv adabiyotni yaratgan tashkilot, mualliflik huquqi) kabilar maxsus tugmalar yordamida amalga oshiriladi. Mundarija elektron o`quv adabiyotning juda mu h im tarkibiy elementi h isoblanadi. Mundarija bir tomondan yetarli darajada mavzular ketma-ketligini sa ql ab, kerakli mavzularga tezkor ravishda murojaat qilishni ta`minlay oladigan darajada, ya`ni gipermurojaatlar bilan boyitilgan bo`lishi va ekranning bir qismida joylashishi kerak. Bundan tashqari, mundarijada tegishli amallarni bajarish uchun imkoniyat yaratilgan bo`lishi kerak. Bularga bilimni nazorat qilish mexanizmi, elektron o`quv adabiyotning ma`lum matni bo`yicha izlash amalini bajarish, asosiy va qo`shimcha adabiyotlar ro`yxati, darslikning ixtiyoriy qismiga o`tish, darslik bilan ishlashni tugatish, darslikning muqovasiga q aytish imkoniyatining bo`lishi undan foydalanishni osonlashtiradi. 38 Bilimni nazorat qilish tizimi. Bilimni nazorat qilish mexanizmiga elektron o`quv adabiyotga alohida o` rin ajratilgan. Bilimni nazorat qilish mexanizmida elektron o`quv adabiyotning h amma mavzulari bo`yicha nazorat qilishni ta`minlash nazarda tutilgan. Buning uchun elektron o`quv adabiyot ma`lumotlar bazasidagi barcha mavzularga oid savollarning ha mmasi talabalarga qulay ko`rinishda taqdim etilishi zarur. Elektron o`quv adabiyotda berilgan matn bo`yicha uni izlab topish funksiyasining bo`lishi elektron o`quv adabiyotning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bu funksiyaga qo`yiladigan qo` shimcha talablardan biri uning satriga yetarli darajada uzun matnni kiritish imkoniyatining bo`lishini ta`minlashdan iborat. Elektron o`quv adabiyotda atamalar lu g` atining bo`lishi undan samarali foydalanish darajasini oshiradi. Shuning uchun atamalar va ular bilan bog`liq, ta`riflarni alo hid a ro`yxat bila n berib, ularni gipermurojaatlar bilan bo g` lash qulaydir. Bu yerda atamalar lug`atidan asosiy matnga q aytish tugmalari bo`lishi kerak. Elektron o`quv adabiyot bilan ishlashni bosh qa rish tizimida matn bilan ishlashni ta`minlaydigan va ekranga qo`yilgan bir q a t or tugmalar mavjudki, ular mundarijadan mavzuga o`tish, sahifadan sahifaga, oldinga, orqaga siljitish, mundarijaga qaytish, yordam olish, ekranga rasmlarni, animatsiyalarni va h ar xil ko`rinishdagi jadval g rafiklarni cha q iradigan gipermurojaat tugmalaridan iboratdir. 2.3. Elektron darsliklar yaratishning metodik asoslari. O`qitishning interaktivligini ta`minlash, o`quv fanlarini o`qitishning o`ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda, ma`lum bir tartibda bajarilishi kerak. Elektron o`quv adabiyot o`rganuvchiga takroriy o`quv - mashq amallarini bajarish va nazorat qilishning turli xil imkoniyatlarini yaratishi lozim. Faol o`quv muloqoti asoslarini tashkil etish, bunda muloqot ishtirokchilari o`rtasidagi o`zaro bevosita aloqani, bog`liqlikni hisobga olgan holda, darslik tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Interaktiv o`quv muloqotning asosiy tashkil qiluvchisi o`qitish ta`siri, unga 39 mos holda, o`rganuvchi faoliyatining turi, mazkur faoliyat bajarilishining nazorat va uning natijasiga ko`ra o`qitish jarayoniga tegishli o`zgartirishlar kiritish - aks ta`sirini amalga oshirish kerak bo`ladi. Elektron o`quv adabiyot yordamida amalga oshiriladigan elektron muloqotni tashkil etish tadbirlariga asosan amaliy mashg`ulot shaklida o`qitish jarayonini shakllantirish, o`rganuvchining o`qish faoliyatini shakllantirish, nazorat qilish, tanlangan javoblarning ma`qulligini tekshirish, matematik hisob javoblarning to`g`riligini tekshirish, grafik ma`lumotlarning kiritilishini nazorat qilish, cheklanmagan shaklda analitik ifoda kiritilishining nazorati kabilar kiradi. Elektron o`quv adabiyot yaratishning asosiy tamoyillari. - Elektron o`quv adabiyot yaratishning yaxlit - ilmiy uslubiy asoslari va texnikaviy talablarni ishlab chiqish; - elektron o`quv adabiyot yaratilitshi zarur bo`lgan birinchi galdagi ustuvor fanlarni aniqlash; - ta`lim muassasalarini zamonaviy kompyuter texnikasi bilan jihozlash, ularni Internet/ Intranet kompyuter tarmog`iga kiritish; - ta`lim muassasalarida elektron o`quv adabiyotlar yaratish bo`yicha jamoalar tashkil etish; - elektron o`quv adabiyotlar yaratuvchilarning mualliflik huquq larini muhofazalash mexanizmini ishlab chiqish; - elektron o`quv adabiyotlar mualliflari, elektron darsliklarni o`quv jarayoniga tadbiq qiluvchi professor - o`qituvchilar, mutaxassis - xodimlarni moddiy rag`batlantirish mexanizmlarini yaratish; - elektron o`quv adabiyotni standartlash va sertifikatsiyalashning tashkiliy-huquqiy asoslarini barpo etish; - eng yaxshi elektron o`quv adabiyotlarni yaratish va qo`llash bo`yicha tanlovlar uyushtirish, mavjud muammolar bo`yicha ilmiy - amaliy seminar, konferensiya va boshqa anjumanlar uyushtirish; - elektron o`quv adabiyotlarni yaratishda rivojlangan mamlakatlar tajribalaridan foydalanish; 40 - butun dunyo virtual universitetlariga kirib borish va birgalikda faoliyat ko`rsatish. 2.4. Geometriya kursi bo`yicha elektron o`quv qo`llanma yaratish . Geometriya kursida o`rganiladigan o`quv materiallarini elektron o`quv qo`llanma shaklida ko`rishni avtomatlashtirishga i x tisoslashgan “GEOM ETRIYA ” dasturiy majmuasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy majmuaning arxitekturasi quyidagicha: Elektron o`quv qo`llanma tuzilishini tahrirlashda yangi elektron o`quv qo`llanma yaratilayotganda, mavjudlarini o`zgartirishda va elektron o`quv qo`llanmani ishlab chiqilayotganda foydalaniladi. Bunda tuzilishi va shakllantirish kabi funksiyalarni bajaradi. Uning tarkibiga: tuzilma shabloni va elektron o`quv qo`llanma strukturasini tahrirlash kiradi. Tuzilma shablonidan yangi elektron o`quv qo`llanmalarni yaratishda foydalaniladi. Elektron o`quv qo`llanma materiallarini tahrirlashda elektron o`quv qo`llanmani materiallar bilan to`ldirish va tarkibini matnli, rasmli, jadvalli va gipermurojaatli axborotlar bilan boyitish mumkin. “GEOMETRIYA” da elektron o`quv qo`llanma tashqi ko`rinishini sozlovchi qism tizimi mavjud bo`lib, elektron o`quv qo`llanmani tashqi ko`rinishi parametrlarini sozlashni ta`minlaydi. “ GEOM ETRIYA ” INTERFEYSI EO’Q hususiyatlarini tahrirlovchi qism tizimi (material va tuzilishini tahrirlaydi) Tashqi ko’rinishini sozlovchi qism tizimi ( Elektron o’quv qo’llanma bezovchi paremetrlarni sozlash) Testlashtirish qism tizimi (test savollarini tahrirlash) Konvertasiya qism tizimi (Elektron o’quv qo’llanma HTML formatga eksport) “ GEOM ETRIYA ” dasturiy majmuasining arxitekturasi 41 Test sinovini amalga oshiruvchi qism tizimi test savollarini tahrirlash va yaratishdan iborat. Ushbu modul elektron o`quv qo`llanmaga test savollari va javoblarini kiritish muhitini tashkil etadi. Bu yerda savol va javoblarni kiritish, o`chirish, joylashtirish, savolga beriladigan har bir javob balini belgilash va ko`rsatmalar berish kabi amallarni bajaradi. Test savollari va javoblarida rasm, jadval va gipermurojaatlardan foydalanish mumkin. Konvertatsiya qism tizimi elektron o`quv qo`llanma n i HTML formatga o`tkazadi. Masofadan o`qitish tizimda kursga kirmasdan o`zini sinab ko ` ruvchi foydalanuvchilar ham uchrab turadi. Bunday hollarda TBDB (talabalar bilimini dasturli baholash) dasturi qo`l keladi. Ushbu dastur kurs ichida va alohida ishlash imkoniyatiga ega bo`lib, keng foydalanuvchilar ommasini kursda mavjud predmetlar bo`yicha bilim darajalarini sinab ko`rishlari uchun mo`ljallangan. Mazkur dastur ma`lumotlar bazasini (ma`lumotlar bazasi) predmetlar bo`yicha yangi test savollari bilan boyitadi. “GEOMETRIYA ” dasturi yordamida yaratilgan elektron o`quv qo`llanma masofadan o`qitish tizimlarida, Internet va Intranet tarmoqlarida, shuningdek yakka tartibda kompyuterlarda foydalanish mumkin. “GEOMETRIYA” dasturi quyidagi komponentalardan tashkil topgan: • ijro etuvchi modul dasturiy majmuani ishga tushuradi; • elektron o`quv qo`llanmada ishlashni ta`minlovchi xizmatchi fayllar mavjud bo`lib, ular avtomatik tarzda ishga tushadi; • elektron o`quv qo`llanmani mundarijasini shakllantirish va bezash uchun zarur bo`lgan fayllarni biriktiradi. Bu fayllar nusxasi ham yaratilgan. Yuqorida keltirilgan barcha komponentalar “GEOMETRIYA” dasturining distributivi hisoblanadi. Agar mazkur komponentalardan birortasi yo`qolsa yoki buzilsa elektron o`quv qo`llanma qaytadan yuklanadi. 42 Test sinovi tashkil etish, o`tkazishning funksional tuzilmasi quyidagicha: “GEOMETRIYA” dasturi komponentalarini BOga direktoriyaga ko`chirish yoki o`chirish ta`qiqlanadi. Aks holda dasturni ishlamay qolishiga sabab bo`ladi. Bunday holat yuz berganda dastur qayta o`rnatiladi. “GEOMETRIYA” dasturining “Vositalari paneli”ni qarab o`tamiz . “ Fayl ” vositalar paneli: Avtomatlashtiril gan kirish Ro’yxatdan o’tish Foydalanuvchi oynasi Administrator sahifasi Test sinovi natijalari Test sinovini yangidan topshirish Sayt ishini sozlash va tahrirlash Test dasturiTest sinov i proto koli Foyd alanu vchi huqu qiFoyd alanu vchi lar M B Foydalanuvchilar ro’yxati Foydalanuvchilar ro’yxatini ko’rish va tahrirlash Test sinovidan olingan natijalar (umumiy qisman)Yangi dasturiy ta’minotni yuklash MO’Tda test sinovini o’tkazishning funksional tuz i lmasi 43  “Yaratish”. Bu buyruq joriy loyihadan tozalab, yangi loyihani shakllantirishga imkon beradi. “Ochish”. Avval yaratilgan loyihani ochadi. “ Sa q lash ” . Joriy loyihani saqlaydi (material paragraf yoki test savollaridan iborat). “Tozalash”. Joriy loyihani tozalash. Har qanday formatga o`tkazish. Har qanday formatda saqlangan x ususiy faylni. Har bitta test savoliga vaqt berish. Testni xavfsizligi (parol) ni o`rnatish. Test savollarni yoki javoblarni qo`shish. Nusxa ko`chirish (testdan yoki javoblardan) Test savollarining boshiga o`tish. Test savollarining oxiriga o`tish. 44  Bitta test yoki bitta javobni ortiga o`tish. Bitta test yoki bitta javobni keyiniga o`tish. Tahrirlagich - elektron o`quv qo`llanmani materiallar bilan to`ldirish va tahrirlash rejimi. Oldingi qadamda elektron o`quv qo`llanma tayyorlangan kartasi materiallari bilan to`ldiriladi. Ya`ni bu materiallar matnli, rasmli, grafikli, jadvalli va gipermurojaatli ma`lumotlardan iborat bo`ladi. Ushbu rejimning barcha vositalari dasturni asosiy bo`lgan “Fayl”, “Qo`yish”, “Matn” va “Jadval” vositalar panellarida keltirilgan. Bu panellarda joylashgan vositalarni amalga oshishi yuqorida foydalanuvchi uchun keltirilgan bayonnomada o`z aksini topgan. Bezash - ishlab chiqilayotgan elektron o`quv qo`llanmani ko`rinishini sozlash rejimi. Bunda elektron o`quv qo`llanma bosh sahifasi va mundarijasining ko`rinish parametrlari belgilanadi. Bu parametrlar elektron o`quv qo`llanma bilan ishlashda, ya`ni WEB-brauzer oynasida foydalaniladi. Rasmda mundarija ko`rinishini rasmiylashtirishni sozlovchi parametrlar keltirilgan bo`lib, uni punktlarida aks etuvchi shriftni, shrift o`lchamini va shrift rangi tanlanadi. Shuningdek , besh xil ko`rinish bilan mundarija punktlarini belgilash imkoniyati mavjud. Kerakli parametrlarni tanlagandan so`ng , dastur avtomatik ravishda barcha o`zgartirilgan ko`rinishlarni qabul qiladi. Shuningdek, elektron o`quv qo`llanma mundarijasi oynasi va bosh sahifa fonlarini ham o`zgartirish imkoniyati mavjud. Fonga ixtiyoriy rasm yoki rang qo`yish mumkin. Testlashtirish — test savollari majmuasini tashkil etish rejimi. Bu rejimda elektron o`quv qo`llanmadan foydalanuvchi materiallarni o`zlashtirish darajasini tekshirish uchun elektron o`quv qo`llanma test savollari tuzish mumkin. Javoblar soni savollar tuzishdan oldin tanlanadi. Javoblar sonini 2 tadan 9 tagacha tanlash mumkin. Oynani 1-sohasida test savollari tartibi keltirilgan. Ushbu sohaning tepa qismida t o` r t ta tugmali vositalar paneli bo`lib, tugmalar mos ravishda qo`shish, 45 o`chirish, test s avolini yuqori va p astki qismga siljitish uchun xizmat qiladi. 2-sohadagi oyna o`zida javoblar va ularning to`g`rilik koeffisiyentini mujassamlashtiradi. Shu bilan birga bu yerda talab qilinsa, javoblarga izohlar kiritish mumkin. Mazkur izohlar test natijalari bilan foydalanuvchi tanishishi uchun chiqariladi Topshiriqni bajarish vaqti bitta savolga 1 minutdan ko`rsatilgan. Test savollari murakkabligiga qarab o`qituvchi test savollariga javob berish vaqtini belgilashi mumkin. Test savol va javoblari tarkibida matematik formula, rasm, jadval hamda grafiklardan erkin foydalanish mumkin. Dastur bilan ishlash jarayonini ayrim namunalari 1-10 rasmlarda keltirilgan. 1- rasm. Elektron o`quv qo`llanmaning ishga tushishi. 46 2-3-rasm. Elektron o`quv qo`llanmaning mundarija qismi. 47 48 4-5-6-rasm. Elektron o`quv qo`llanma mavzusining ko`rinishi. 49 7-8-9-rasm. Elektron o`quv qo`llanmada chizmaning animatsion ko`rinishi. 50 51 12-13-14-rasm. Elektron o`quv qo`llanmada test olish va test natijasining ko`rinishi. 15-rasm. Test kiritish yoki testni tahrirlash dasturining ko`rinishi. 52 16-rasm. Test kiritish olish dasturining 1-qadami. 17-rasm. Test olish dasturining ko`rinishi. 53 X U L O S A Ushbu bitiruv ma lakaviy ish ni bajarish jarayonida : 1. Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchalarining mazmun va mohiyati aniqlandi. 2. Kompyuter texnologiyalari o`quv jarayoniga qo`llash tamoyillari ishlab chiqildi. 3. Kollejlarda geometriya kursini o`qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi asosiy muammolar aniqlandi va ularni bartaraf etish yo`llari belgilab olindi. 4. Geometriya kursi bo`yicha elektron o`quv adabiyoti yaratish uchun HTML – hujjatlaridan foydalanish asoslandi va HTMLda elektron o`quv adabiyotini yaratish strukturasi ishlab chiqildi. 5. Elektron o`quv adabiyotidan o`quv adabiyotiga qo`yilgan didaktik, pedagogik va psixologik talablar aniqlangan. 6. Elektron o`quv adabiyot yaratish uchun “GEOM ETRIYA ” nomli dastur ishlab chiqilgan. Geometriya kursini o`qitishda kompyuterlardan o`qitishning texnik vositasi sifatida foydalanish bo`yicha mavjud tajribalar tahlili shuni ko`rsatadiki, Respublikamiz kollejlarida geometriya kursini kompyuterlashtirish sohasida muayyan tajribalar to`plangan, nazariy va amaliy xarakterga ega bo`lgan bir qator ijobiy natijalar qo`lga kiritilgan. Ammo shu bilan bir qatorda bu sohada o`z yechimini kutayotgan bir qator muammolar mavjudligi ham aniqlandi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayoni bilan bog`liq holda geometrik ta`lim mazmunida ro`y beradigan o`zgarishlar hisobiga talabalarning geometrik tayyorgarligini ta`minlashga ko`maklashuvchi metodik tizim yaratish ana shunday muammolardan biri hisoblanadi. 54  FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. I.A.Karimov “O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” T.: 2011yil. 2. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 3. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. – Prezident I.Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma`ruzasi // Xalq so`zi, 2010 yil 30 yanvar. 4. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident I.Karimovning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma`ruzasi // Xalq so`zi, 2010 yil 28 yanvar. 5. A.S.Atanasyan va boshqalar. Geometriya.- T.: O`qituvchi, 1993 6. V.Dranov “Macromedia Flash MX. Sank-Peterburg 2003-yil. 620-628-s. 7 . M.Oripov “Internet va E-mailda ishlash“. Universitet nashriyoti 2006-yil 203- 210 s. 8 . I.Isroilov, Z.Pashayev “Geometriyadan masalalar to`plami. “Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun sinov darsligi. Toshkent “O`qituvchi” 2000-yil 35- 38-bet. 9. H.M.Sayfullayeva “Geometriya” kasb-hunar kollejlari uchun. Toshkent “O`qituvchi” 2000-yil 62-64-bet. 10. С.С.Гуламов, А.Х.Абдуллаев Виртуальные стенды для имитации функций учебных мастерских и лабораторных установок. МВИССО. Ташкент, 2002 11. M.X.Lutfillayev Multimediali elektron o`quv adabiyotlarda o`qitish metodikasi // «Uzluksiz ta`lim» jurnali. 4-son. Toshkent, 2002. 79-82 betlar. 12 . http:// www.internet.uz – Internet axborotlari uchun maxsus sayt 13 . http:// www . dic.teic.uz – Masofaviy ta`lim uchun maxsus sayt 14. http:// www.intuit.ru – Axborot texnologiyalari Internet universiteti sayt i 15. http://www.google.u z – O`zbekistondagi google ma`lumotlar qidiruv serveri 16. www.ziyo.net.uz – Internet axborotlari uchun maxsus sayt 55