logo

“Yozuvchi g‘oyasi va badiiy obraz” (Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”va Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”) romanlari misolida

Yuklangan vaqt:

24.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

186.5 KB
“ Yozuvchi g‘oyasi va badiiy obraz ” (Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”va Pirimqul Qodirovning “Avlodlar dovoni”) romanlari misolida mavzusida yozgan B I T I R U V M A L A K A V I Y I SH I 1 M U N D A R I J A K I R I SH ………………………………………………………………..3-5 I. BOB. Yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz I.1 O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanida ijodkor niyati va badiiy to‘qima…………………………………………6-19 I.2. Ko‘hna dunyo” romanida ijtimoiy tip va voqealar tizmasi ………………………………………………………. 20-31 II. Ijodkorning pafosi va tarixiy voqeli k II .1 .P. Qodirovning “avlodlar dovoni” romanida pafos va obrazlar yaxlitligi........................................... .........32-46 II.2 “Avlodlar dovoni” romanida konflikt va ijodkor g‘oyasi............. ........47-55 X U L O S A ............................................................................................. . 56-58 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ............................................... 59-60 2  K I R I SH Mavzuning dolzarbligi . O‘zbek adabiyotida xalqimiz tarixining eng shonli zarvaraqlarini teran badiiy tahlil qilishga bag‘ishlangan bir qator yirik asarlar yaratilgan. Xalqimiz tarixining turfa bosqichlarini tasvirlash, millatimizning ijtimoiy va ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan iste’dod sohiblari shaxsiyatining jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rnini ko‘rsatib berish, tarixiy voqelik va shaxs munosabatini yoritish, shuningdek, davlatchiligimiz tarixi va milliy qadriyatlarimizning tarixiy-hayotiy asoslarini oydinlashtirish o‘zbek tarixiy romanlarining o‘ziga xos milliy xossalarini tashkil etadi. Tarixiy manbalar va hujjatlar zamiriga jo bo‘lgan davr haqiqatlarini adabiy tiplar siymosiga ko‘chirishga bel bog‘lagan yozuvchi izlanishlarini qum barxanlari orasidan tilla zarrachalarini ajratib oladigan oltintoparlarning mashaqqatli mehnatiga tenglashtirsa bo‘ladi. Bu mashaqqatli jarayonda yozuvchining g‘oyasi shu qadar ulkanki, uni tarixiy roman ijodkori bisotidagi hech bir badiiy unsur bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Demak, tarixiy romanlarda badiiy haqiqatni yuzaga chiqaruvchi yagona va ayni paytda eng to‘g‘ri poetik vosita ijodkorning pafosm ya’ni g‘oyasidir. O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo” romanlari, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” singari tarixiy mavzudagi yirik nasriy asarlari sujet tuzilishining o‘ziga xosligi, tarixiy voqelikni badiiy haqiqat uyg‘unligida tasvirlash yo‘sinining originalligini, obrazlar tizimining keng ko‘lamligi bilan adabiyotimiz tarixida alohida o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan ijodkorlar tarixiy manbaalarni tiriltirib, o‘zlarining individual g‘oyalari bilan go‘zal tashbehlar, obrazlar, voqealar yaratadilar. Mazkur bitiruv malakaviy ishimizda betakror ijodkorlar P. Qodirov va Odil Yoqubovning tarixiy asar yaratish jarayonidagi g‘oya va niyatlarini baholi qudrat tahlil qilishdir. Bu esa mavzumizning dolzarbligini belgilaydi. Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti . O.Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi”, “Ko‘hna dunyo”, P.Qodirovning “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni”kabi tarixiy mavzudagi asarlar ishimizning obyektidir. 3  Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari . Biz mazkur bitiruv malakaviy ishimizda yozuvchilarning tarixiy asar yaratish jarayonida yuz beradigan g‘oyaviy yo‘nalishlarini o‘rganishni maqsad qilib oldik va quyidagicha vazifalarni belgilab oldik; - Tarixiy roman yaratish jarayonida yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz kabi masalalarni tahlil qilish - Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanida ijodkor niyati va badiiy to‘qima si ni n g uyg‘unligini o‘rganish. - Ko‘hna dunyo” romanidagi ijtimoiy tip va voqealar tizmasini tadqiq etish. - Ijodkorning pafosi va tarixiy voqelikni asarlar misolida tahlil qilish. - P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida pafos va obrazlar yaxlitligini tadqiq etish - “Avlodlar dovoni” romanida konflikt va ijodkor g‘oyasi muommosini alohida o‘rganish. Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Xususan, adabiyotshunos G‘.Murodovning maqola va kitoblarida tarixiy romanning poetik tabiati, folklor va uning roman sujet qurilishidagi o‘rni, romanlar tasnifi hamda yangi romanlarda tarixiy shaxslar obrazining badiiy talqini kabi masalalar yoritilgan. 1 Professor E.Karimov tarixiy romanlar tahliliga doir maqolasida bixz tahlilga olgan asarlarni tarixiy davrni o‘zida aks ettirgan yirik epik asarlar deb hisoblaydi. 2 Folklor va uning tarixi roman sujetidagi badiiy vazifalarini O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”, P.Qodirovning tarixiy romanlari misolida tadqiq etgan A.Ergashevning monografiyasida ham tarixiy shaxs va tarixiy voqelik badiiy ini`kosining bir qator muhim nazariy masalalari yoritilgan. Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi. Yozuvchilardan Pirimqul Qodirov va Odil Yoqubovning tarixiy asarlari adabiyotshunos va tanqidchilar tomonidan keng tahlil qilingan . Buni biz yuqorida ishning o‘rganilganlik darajasida 1 Муродов Ғ. Тарихий романда ҳужжатлилик// Ўзбек тили ва адабиёти. 1994, 4-5-6- сонлар; Ўша муаллиф. Мозий ва бадиий адабиёт. Бухоро. “Бухоро” нашриёти. 1994. 2 Каримов Э. “Сарбадорлар” романи ҳақида мулоҳазалар. Ўзбек тили ва адабиёти. 1995. 4- сон. 11-бет. 4 baholi qudrat eslatib o‘tdik. Ammo ijodkorlarning tarixiy asarning yaratish jaryonidagi o‘zlariga xos obraz, voqea tanlash asnosidagi g‘oyaviy niyatlari hali yetarlicha tahlil qilinmagan. Ana shu n u qtasi ishimizning o‘ziga xosligini belgilab ko‘rsatadi. Bitiruv malakaviy ishning amaliy ahamiyati . Ushbu bitiruv malakaviy ishning ilmiy xulosalarini tahlil qilib qo‘yidagicha amaliy ahamiyatlarini tavsiya etamiz: - Maktab, letsey va kollejlarda ijodkorlarning hayoti va ijodini o‘rganishda, ayniqsa tarixiy asarlarni tahlil qilishda foydalanish mumkin - Tarixiy romanlarning tahliliga oid ma’ruza va referatlar, kurs ishlari yozishda ham mazkur bitiruv malakaviy ishdan “ko‘chirmalar” olish mumkin. Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi . Tadqiqot kirish, har biri ikki faslni o‘z ichiga olgan ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat . I. BOB. YOZUVCHINING G‘OYASI VA BADIIY OBRAZ 5  I.1 O.YOQUBOVNING “KO‘HNA DUNYO” ROMANIDA IJODKOR NIYATI VA BADIIY TO‘QIMA Badiiy jarayonning ibtidosi hayot haqiqatini bevosita o‘rganishdan boshlanadi, ya’ni hayotiy voqelik haqidagi ilk axborot adib ongida obrazli tafakkurni uyg‘otadi. Obrazli tafakkur bois ijodiy niyat tug‘iladi. Ijodiy niyat tug‘ilishi bilan badiiy to‘qima ishga tushib, sujetga asos bo‘ladigan manzaralar va ularda faoliyat ko‘rsatuvchi obrazlar yozuvchi ongida shakllana boshlaydi. Ana shu ijodiy jarayonning mohiyati haqida yozuvchining o‘zi shunday hikoya qiladi: “Ba’zan tafakkur otining o‘rnidan jilish uchun yengil turtkining o‘zi yetarlidir. Bir vaqtlar gazetada Ulug‘bekning fojiali o‘limidan keyin izsiz yo‘qolgan mashhur Ulug‘bek kutubxonasi to‘g‘risidagi kichik bir maqolani o‘qigandim. Unda bu kitoblar Ulug‘bekning qotillari tomonidan yo‘q qilib yuborilmaganligi, balki uning shogirdlari tomonidan Samarqanddan olib chiqib ketilib, Urgut tog‘lariga yoki bo‘lmasa, Shahrizabz yaqinidagi bir g‘orga yashirilganligi taxmin qilingandi. Maqola talay o‘quvchilarda fikr uyg‘otdi, yangi dalillar keltirildi, turli afsonalar naql qilindi. Ba’zi xatlarning mualliflari hatto kitoblar ko‘milgan joyning ehtimolga yaqin o‘rnini ham keltirishdi. Ulkan kutubxona (taxminan 15 ming jilddan iborat, bu o‘sha davr uchun hayratomuz raqam) ning izsiz yo‘qolishi mumkin emasligi haqidagi fikrning o‘zi anchayin asosli ko‘rinar tasavvurni asoslardi. Respublika Fanlar akademiyasi kutubxonani izlab topish uchun kichik ekspeditsiya hozirladi, talay fidoyilar ham topildi. Mening ongimda esa sarguzasht qissa tug‘ila boshladi. Men halitdan kutubxonani qutqarib qolish maqsadida Ulug‘bek shogirdlarining bu yerga yashirincha kirib kelishlarini “ko‘rardim” saroy to‘polonlari, dovyurak yigitlar ortidan uyushtirilgan quv-quvlarni tasavvur qilardim, otlar dupuri va qilichlar jarangi eshitilardi. Imkoni boricha tarixiy materiallarni o‘rganib, Samarqandga yo‘l oldim. Go‘ri Amir va Ulug‘bek madrasalarining g‘ira-shira, nim qorong‘u yo‘laklarida kezdim, atoqli riyoziyotchi Qozizoda Rumiy va Ulug‘bek navjuvon talabalariga saboq aytgan mashhur madrasaning ulkan yarim vayrona xonasida o‘yga cho‘mdim. Necha daf’a 6 buyuk rasadxona xarobalarida titroq va hayajon bilan ko‘zdan kechirdim. Endi meni Ulug‘bek obrazi - uning yuzi, sa’yi harakati muttasil ta’qib qilardi. Koinot sirlarini anglab yetgan bu buyuk inson nechun o‘zini butun borlig‘i ila ilmga baxsh etmadi? Toj-u taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi? – degan va keyinchalik kitobda Ali Qushchi tomonidan bayon qilingan fikrlar hol jonimga qo‘ymasdi. Sarguzasht qissa haqidagi fikrdan voz kechib, katta tarixiy polotno ustida o‘ylay boshladim” 3 Yozuvchi idrokida Ulug‘bek kutubxonasi bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy fikrning tug‘ilishi va uning takomili, adib badiiy niyatini hayajonga keltirgan turli- tuman kechinma va tuyg‘ularning yagona va umumiy bir hisga qo‘shilib ketishi natijasida sarguzasht qissaga daxldor bo‘lgan badiiy to‘qimaning ishga tushib ketishi jarayoniga alohida e’tibor beraylik. Kutubxona bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumot ko‘z ilg‘amas darajadagi mayda bir don tarzida Odil Yoqubov ko‘ngliga ijodiy urug‘ bo‘lib tushadiyu, ana shu urug‘dan unib chiqqan ijodiy niyat adibning tafakkur otini joyidan siljitib yuboradi. Natijada sarguzasht qissaning syujet to‘qimasiga daxldor bo‘lgan ijodiy fikr birliklari, ya’ni kutubxonani qutqarish bilan bog‘liq voqealar tizimi qissaning obrazlar silsilasi va ularning faoliyati keltirib chiqaradigan turli-tuman hayotiy manzaralar, ayni shu jarayondagi hayot-mamot janglari yozuvchi ongida shiddat bilan shaklanna boshlaydi. Yozuvchi shuurida tug‘ilgan ijodiy g‘oya unga tinchlik bermay qo‘yadi uni muvozanatdan chiqaradi. Shu bois u imkoni boricha ko‘proq tarixiy materiallarni o‘rganish maqsadida Samarqandga yo‘l olib, voqea sodir bo‘lgan makonni ham ipidan-ignasigacha tekshirib chiqadi. Natijada dastlabki tasavvurlar ko‘lami jiddiy kengayadi. Ulug‘bek davriga oid tarixiy manbalar qanchalik chuqur va atroflicha o‘rganilgani sari adolatli shoh va jahonshumul olim bo‘lgan Ulug‘bek siymosi yozuvchi ko‘z o‘ngida jonlanib, davr adabiy tipi sifatidagi belgilarini namoyon eta boshlaydi. 3 Қаранг “Ўзбекистон маданияти”.1988,27 январь 7 “Koinot sirlari anglab yetgan bu buyuk inson nechun, o‘zini butun borlig‘i ila ilmga baxsh etmadi? Toj-u taxt uchun kurash naqadar behuda ishligini nega tushunib yetmadi?” –degan savollar adib xayolida charx urib, unga sira tinchlik bermaydi. Bu savollarga javob topish uchun esa, Ulug‘bek davri tarixiy voqeligiga daxldor bo‘lgan barcha manbalarni o‘rganib, bu ziddiyatli davr haqiqatini tekshirib chiqish lozim edi. Chunki yozuvchining tafakkur osmonida charx urgan jumboqli savollarga Ulug‘bek davri haqiqatidan kelib chiqqan holdagina to‘g‘ri javob topish mumkin edi. Natijada kutubxonani qutqazuvchi shogirdlar fidoyiligi, saroydagi to‘polonlar, otlar dupuri, qilichlar jarangidan iborat keng ko‘lamli tarixiy voqelik yozuvchi ko‘z o‘ngida jonlanadi. Bu davr haqiqatini ochib beruvchi tarixiy va to‘qima obrazlarning hammasi Ulug‘bek shaxsi atrofida to‘planib, birlari – muhabbat va sadoqat, boshqalari nafrat va yovuzlik timsoli sifatida guruhlana boshlaydi. Badiiy to‘qimaning serqirraligi va tarixiy faktning kulamdorligi sarguzasht qissaning o‘z o‘rnini tarixiy romanga bo‘shatib berishiga sabab bo‘lgan. Ko‘rinadiki, tarixiy haqiqatni ochib berish bilan bog‘liq hayotiy materiallarni badiiy to‘qima ko‘zgusida chuqur o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish, individualashtirish va tipiklashtirish orqali yozuvchi mukammal badiiy shakl va obrazlar yaratish imkoniga ega bo‘lgan. Ana shu ijodiy jarayon natijasi o‘laroq “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy romani yaratilgan. Tarixiy haqiqatni o‘zida mujassamlashtirgan har bir badiiy obrazni adib estetik kechinmalarining ifodasi deb izohlasak masala ancha oydinlashadi. Chunki, yozuvchi hayotdan olgan taassurotlarini o‘z badiiy idroki va hissiyotlari negizida tahlil qilib ko‘rgach, o‘z tafakkurining badiiy rejasiga muvofiq qahramonlar siymosiga ko‘chiradi. Ijodkorning bu niyati uning “Ko‘hna dunyo” romanida o‘zgacha bo‘y ko‘rsatadi. Odil Yoqubovning romanchilik sifatidagi o‘ziga xosligi shundaki, u o‘z tarixiy romanlarining qahramonlari talqiniga o‘sha davr ruhini keng ko‘lamli tarixiy haqiqatlar mohiyatini singdirib yubora oladi. Badiiy asar 8 qahramonlarining epik faoliyatida mujassamlashgan davr haqiqati yozuvchi yashayotgan zamon ruhiyati va ijtimoiy dardlari bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunday fazilat faqat “Ulug‘bek xazinasi” romanidagina emas, balki “Ko‘hna dunyo” romanida ham muvjuddirkim, bu yozuvchi talantining adabiy tiplar kashfiyoti borasidagi benazir takomilidan dalolat beradi. Yozuvchi o‘z romanini “Ko‘hna dunyo” deb atagan va asardagi barcha qahramonlarni o‘ziga xos tarzda nomlagan. Romanda Mahmud G‘aznaviy va uning saltanatidagi barcha amaldorlar saroy xodimlari, Malikul sharob va uning mayxonasiga kelib ketuvchilar, Ismoil G‘oziy boshliq karmatiylar, Mavlono Beruniy va u bilan aloqadar shaxslar, ibn Sinoga aloqadar insonlar faoliyatlari mukammal qamrab olingan. Zotan, ularning barchasi ko‘hna dunyo odamlari, biroq har biri alohida va mustaqil faoliyat sohiblaridir. Biroq, “Ko‘hna dunyo” so‘zlari zamiridagi mohiyat bu asardagi har bir obrazning sujet qatlamlaridagi mustaqilligini inkor etmaydi, aksincha ularning asar badiiy mazmunini yuzaga chiqaruvchi yaxlitligini anglatadi. Demak, yozuvchi tomonidan o‘ylab topilgan nom (“Ko‘hna dunyo”) unda yaratilgan adabiy tiplarning barchasiga baravar bo‘lgan umumiy atamadir. Agar romanning bosh qahramonlarini aniqlash masalasi o‘rtaga qo‘yilsa, unda yechilishi mushkul bo‘lgan talay chigalliklar yuzaga chiqadi. Romanning annotatsiyasida shunday bitiklarni o‘qiymiz: “Odil Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” degan yangi romani ikki buyuk alloma – Abu Rayhon Beruniy bilan Abu Ali ibn Sino hayotiga bag‘ishlangan...” Mustabid shoh Mahmud G‘aznaviy davrida yashab, og‘ir sharoitlarda ijod qilgan bu ikki ulug‘ siymoning hayotlari chuqur dramatik voqealarga to‘la. Romanni o‘qir ekanmiz bir qarashda sarguzashtnoma bo‘lib tuyuladigan, aslida esa zulm va adolatsizlikka asoslangan ko‘hna dunyoning o‘tkir ziddiyatlarini va fojiaviy hodisalarini kuzatamiz. Nohaqlik va tubanlik iskanjasida qolgan ikki buyuk, bobomizning yuksak e’tiqodi, dardu alamlari, iztiroblari, mustahkam irodasi va chuqur ruhiy kechinmalarining guvohi bo‘lamiz. 9 Bir qarashda annotatsiyadagi fikrlar to‘g‘riday bo‘lib tuyuladi: go‘yo roman Mahmud G‘aznaviy haqida emas, buyuk allomalar to‘g‘risida yaratilganday. Chuqurroq o‘ylab ko‘radigan bo‘lsak, bunda san’atkor ko‘ngliga tukkan bosh ijodiy niyat o‘zicha mustaqil taqdir egalari hisoblangan badiiy obrazlarning yirik epik asar sujetidagi faoliyatini umumiy bir negiz – Mahmud G‘aznaviy taqdiri bilan chatishtirish va ana shu maqsadga bo‘ysundirilgan ko‘p planli ko‘lamdor asar yaratish ekanligini anglaymiz. Zotan, yozuvchining burchi avval bosh qahramonlarni topish va so‘ngra asar yozish emas, balki davr haqiqatini tashiydigan adabiy tiplar yaratishdir. Masalaga ana shu nuqtai nazardan yondashsakkina bosh qahramon masalasi bilan bog‘liq chigalliklarni bartaraf qilish imkoniyati tug‘iladi. Haqiqatan ham bir-biriga sira o‘xshamaydigan – juda ko‘p shaxslar faoliyat ko‘rsatadigan, turli –tuman voqea hodisalar, rang-barang xarakterlar va sarguzashtlar bitta umumiy taassurot, ya’ni Mahmud G‘aznaviy taqdiriga kelib bog‘lanishi yaxlit adabiy-tarixiy manzara – Mahmud G‘aznaviy davrini butun ziddiyatlari bilan ko‘z oldimizda gavdalantiradi. Mana, sizga romanni bir butun qilib ushlab turgan, badiiy to‘qimaga keng yo‘l ochib berib, har biri o‘z davri haqiqatining badiiy in’ikosi hisoblangan adabiy tiplarni boshqarib turgan, romanning tug‘ilishida yetakchi rol o‘ynagan bosh ijodiy fikr. Agar romandan Mahmud G‘aznaviy adabiy tipi chiqarib tashlansa, unda asarning yaxlitligi badiiy butunligi yo‘qoladi, o‘z-o‘zicha yashagandek bo‘lib ko‘ringan barcha tiplar tirqirab sochilib ketadi. Badiiy negiz yaxlitligi yo‘q joyda esa, san’at asari bo‘lmaydi. Mahmud G‘aznaviy obrazi va uning davri haqiqatlarisiz Abu Ali ibn Sino hazratlarining mutafakkirona hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini ilg‘ab olish imkoniyatlari ham o‘z-o‘zidan barham topadi. Anglashiladiki, mazmun va shakl birligini ta’minlovchi adabiy tipning badiiy asar negizini tashkil etuvchilik mohiyatiga (garchi u podsho bo‘lsa ham) hech bir shak keltirib bo‘lmaydi. Shu haqiqatni chuqur idrok etgan yozuvchi esa, Mahmud G‘aznaviy to‘g‘risida roman yozibdi degan ta’nadan qutulish maqsadida o‘z asariga “Ko‘hna dunyo” deb nom 10 beradi. Bu nom romanning yaxlitligini ta’minlovchi adabiy tipga ham, shuningdek, unda ishtirok etgan barcha obrazlarga ham babbaravar tegishlidir. Bu fikrni roman tahlili jarayonida dalillashga urinib ko‘raylik. Romanning birinchi bobi Malikul sharob mayxonasining tasviriga bag‘ishlangan. Shu mayxonadagi barcha voqealar – Malikul Sharob, Bobo Xurmo, Piri Bukriy, Abu Rayhon; Abulqosim Firdavsiy, Abul Hasanak, Unsuriy, Nargizabonu; hattoki; soxta ibn Sinolar bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarning barchasi Mahmud G‘aznaviyga borib bog‘lanadi. Eng avvalo, Malikul Sharob taqdiri bilan bog‘liq tarixga nigoh tashlaylik. Bu mayxona Malikul Sharobga otasidan, fotihi muzaffar amir Sabuqtegin (Mahmud G‘aznaviyning otasi) ning sodiq nadimi Qorag‘ulomdan meros qolgan. Malikul Sharobning o‘zi ham yoshligida Sulton Mahmudning suyukli nadimi bo‘lgan. Agar o‘rtada Nargizabonu bo‘lmaganda Sultonning suyangan tog‘i yoki eng yaqin lashkarboshisi bo‘lgan bo‘lur edi. Bundan qirq yil ilgari Nargizabonu tufayli oralariga tushgan ziddiyat ularning taqdirini ajratib yuborgan. Qirq besh yildirki, ular o‘rtasidagi nifoq mavjud. Yoki Bobo Xurmo taqdirini olib ko‘raylik. Bir mahallar hozirgi Bog‘i Firuz o‘rnida bu m o` ysafidning katta xurmozori bo‘lgan. Bundan yigirma yil muqaddam Sulton Mahmud Bog‘i Firuz uchun joy tanlanganida mo‘ysafidning xurmozori joylashgan yer unga manzur bo‘lib, uni o‘z mulki tasarrufiga qo‘shib olgan-u, suyukli bog‘idan ayrilgan keksa bog‘bon savdoyi bo‘lib qolgan. Mana u qariyb yigirma yildirki, ko‘cha-ko‘yda yurib tilanchilik qiladi. Yoki mayxonada sodir bo‘ladigan voqealardan ayrimlariga bir nigoh tashlab o‘taylik. Mayxonaga mehmon bo‘lib kelib qolgan ikki sayyoh (soxta ibn Sino va uning nadimi) Xurosondan Abulqosim Firdavsiy yurtidan ekan, gap aylanib “Shohnoma” ga borib taqaladi va shu doston tufayli tug‘ilgan bahs sabab, Malikul Sharob shoir bilan eng so‘nggi uchrashuvini xotirlaydi. “Yodida bor, Abulqosim Firdavsiy, - olloh undan rozi bo‘lg‘ay, - G‘aznani tark etishdan avval uning kulbai vayronasiga tashrif buyurgan edilar. Tashrif buyurishdan bir kun avval esa, shaharda ajib bir gap tarqalgan edi. Birov Sulton Mahmud ul nazm sultoniga katta lutfu ehson ko‘rsatib, “Shohnoma” ning har 11 misrasiga bir tilladan haq to‘labdi, desa, boshqa birovlar, bil’aks sulton buyuk shoirning qadriga yetmabdi, hatto egniga sarupo ham yopmabdi, degan gaplarni topib kelgan edi. Ustod esa, go‘yo sulton bergan pulni cho‘ntagiga solib, to‘g‘ri hammomga borgan emishlar, hammomdan chiqqach, bor aqchasini gadolarga ulashib, o‘zlari sultonga hajv bitgan emishlar”. Malikul Sharob bu mish-mishlarni haqiqat qilib ulgurmasdanoq ustod o‘zlari uni yo‘qlab kelib qoladilar. Ustod keksa bo‘lsalar ham, bo‘y-bastlari kelishgan, oppoq soqollari ko‘ksiga tushgan, tiyrak ko‘zlari-yu, o‘tkir so‘zlariga hech kim dosh berolmaydigan, tili achchiq, qaysar odam edilar. U kishi goho-goho may istab kelganlarga kayfiyati chog‘ bo‘lsa, “Shohnoma”dan hikoyatlar o‘qib berar, donolar bisotidan rivoyatlar aytib, hammani xushnud qilar, mabodo kayfiyatlari buzuq bo‘lsa, qalang‘i- qasang‘i mayxo‘rlar bilan o‘tirishni istamay, tikka turganlaricha bir piyola may ichardilar-da, o‘z yo‘llariga ravona bo‘lardilar. O‘shanda, so‘nggi marta kelganida, ustod xuddi besabab qamchi yegan asov tulporday betoqat edilar. Soch-soqollari to‘zg‘igan yuzlari bo‘g‘riqqan, oppoq qoshlari tagidagi tiyrak ko‘zlari allaqanday ichki bir alamdan yonar, o‘zlariyam odatdagi kimxob to‘n o‘rniga oddiygina qora chakmon kiyib, boshlariga eski qalpoqni qo‘ndirib olgan, qo‘llarida aso, yelkalarida xurjun, tarki dunyo qilgan bir zohidga o‘xshar edilar”. Malikul Sharob xotirasi vositasida Abulqosim Firdavsiy adabiy tipi yaratiladi. Uning xulqi, mayxo‘rlar orasidagi faoliyati, portreti shunday bir donishmandni ko‘z o‘ngimizga keltiradiki, unga romanda ozgina joy ajratilganiga qaramasdan, davrning jahonshumul haqiqatini o‘z nutqi vositasida badiiy ifodalaydi: “Ustod Malikul sharob tutgan bir kosa mayni bir sipqorishda bo‘shatib, kosani qaytarib berdilar. - Yo‘q! – deb xitob qildilar. – Yo‘q, Malikul Sharob, faqir qornimga emas, qadrimga yig‘layman... Shu boisdan, bu gumroh Sulton G‘aznaviy bergan barcha in’omlarni gadolar va yo‘qsullarga ulashdim. Bir mirisini qoldirmay ulashdimu, mana endi farishtaday mas’um, go‘dakday qip-yalang‘och ortimga otlandi. E-voh. 12 Bu gumroh shohlar oldida bizday faqir shoirlar qismati shu ekan. Ne chora? Ayb o‘zimda. Bil’aks insof va adolatlni kuylab, odil shohlar tarixini bitgan shoir, kelib- kelib shu mustabid sultondan haqiqat qidirib kelurmanmi? O gumrohlar, gumrohlar. Kamina go‘yokim Eron bilan Turonni bir-biriga qarshi qo‘ygan emishmen. Go‘yokim forsiy shohlarni ulug‘lab, turkiylarni kamsitibmen. Yo‘q! – dedilar u kishi to‘satdan kulohli boshlarini baland ko‘tarib, - bir elni boshqa elga qarshi qo‘ymoq – donolar ishi emas? Bu –shohlar va sultonlar ishi. Kamina o‘z asarimda faqat haqiqatni yozdim. O‘lim haq. Vaqtiki kelib faqir ham bu olamni tark eturmen. Ammo inshoollo, “Shohnoma” toabad qolur. Kim haq, kim nohaq, har kim o‘zi o‘qib olur, o‘zi bilib olur; Malikul Sharob. Ustod shunday dedilarda-da, ikkinchi kosani ichishdan bosh tortib, mayxonani tark etdilar”. Ko‘rinadiki, Malikul sharob mayxonasi Sulton Mahmud G‘aznaviy davri haqiqatlarini tiniq aks ettiruvchi ko‘zguga aylantirilgan. Uning mayxonasi garchi sulton Mahmud G‘aznaviy qasrlari bilan tenglasha olmasa ham, dovrug‘i butun mamlakatga taralgan. Yozuvchining romanni shu mayxona ta’rifi va undagi voqealar tasviri bilan boshlashida ham juda katta bir ma’no bor. Bu joyda yig‘iladiganlar haqiqatni aytadigan kishilar, ularning ko‘pchiligi davrning jabrdiydalari yohud saltanat zulmidan bezgan haqgo‘y odamlar, ular orasida saltanat ayg‘oqchilari ham bor, xullas, ular u yo bu darajada Mahmud G‘aznaviy saltanatiga daxldor shaxslardir. Yozuvchi mayxonaga yig‘ilgan odamlarni shu qadar ta’rif- tavsif qiladiki, satrlarda muhrlangan chuqur hissiyot bilan salmoqli fikr birligining hayratomuz ifodasi o‘quvchini befarq qoldirmaydi. Ovloq Xorazmdan, Abu Rayhon Beruniy yurtidan kelgan Piri Bukriy salkam o‘n besh yil Malikul Sharob bilan birodarlik qiladi, uning mayxonasiga kelib, nay chaladi, shunday berilib chaladiki; ba’zan o‘zi ham yig‘lab, o‘zgalarni ham yig‘latadi. Biroq, u asar so‘ngida nafaqat Beruniyning raqibi, bilki saltanatning mayxonaga qo‘yilgan ayg‘oqchisi bo‘lib chiqishi o‘quvchi qalbini larzaga soladi. Bu esa Piri Bukriy timsolida g‘aznaviylar davri ijtimoiy muhitining o‘ziga xos adabiy tipi ifodalanganligini ko‘rsatadi. 13 Mayxona shu darajada dovruq taratadiki, uning mayini ichgan yupun shoirlar va yo‘qsillardan tashqari ba’zan man man degan bek va bekzodlar, hatto Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar, gohi gohi esa sultonning suyukli madhiyabozi, shoir Unsuriy ham qadam ranjida qiladi. Hatto amir - ul mo‘minning erkatoy vaziri Abul Hasanning o‘zi ham, maytalab bo‘lib, shu dargohga pinhona odam yuboradigan bo‘ladi. Hullas, mayxona suhbatlari Sulton Mahmud G‘aznaviy saroyi sir-asrorlari bilan bevosita bog‘lanib ketib, ularda inson qalbining eng asl,eng chuqur sirlari shu darajada ochib tashlanadiki, unda davr haqiqati yarq etib, ko‘zga tashlanadi. Mayxonada yaxshi g‘azal o‘qigan, yaxshi kuy chalgan yoki qiziq hangoma so‘zlab bergan mayxo‘r bir kosa tekin may bilan taqdirlanadigan bo‘ladiki, bu an’ana undagi mushoirani kuchaytirib, alangalatib yuborishga bois bo‘ladi. Biz bu o‘rinda yana bir misol keltirish bilan kifoyalanamiz: “... Bobo Xurmo Malikul Sharobning oldida nechundir kulimsirab, tavoze bilan qo‘l qovushtirib turardi. - Avf et. Malikul Sharob. Bu suhbati gulgunda yaxshi shohu yomon shohlar haqida bahs ketdi. Ijozat etsang, kamina shu to‘g‘rida bir rivoyat so‘zlasam. - So‘zla, Bobo Xurmo. - Shundaykim qadim zamonlarda ikki xesh, ikki birodar safarga chiqmish... Shunda bir do‘sti ikkinchisidan: agar senga saodat yor bo‘lib, podsho bo‘lsang nima qilar eding, deb so‘ramish. - Agarchand, - demish birinchi sayyoh, - saodat yor bo‘lib, poshsho bo‘lsam, yurtimda insof - u adolat o‘rnatar edim. Odamlar nimaiki orzu qilsa, hammasini ro‘yobga chiqarar edim. - Kamina poshsho bo‘lsam, - demish ikkinchi sayyoh, - bani odam atalmish bu nodonlarni tavbasiga tayantirar edim. Qashlashga tirnoq ham qoldirmay, kafangado qilardim bularni. - Sabab? - Sababi – na yaxshilikni biladi bu gumrohlar, na yomonlikni. Ertasiga ikki sayyoh yo‘lida davom etmish. Yo‘l yurib, yo‘l yursa ham mo‘l yurib, bir shahri azimga yetib bormish. Qarasalar ark oldidagi maydonda odam 14 tirband, hammaning qo‘lida bir parcha go‘sht, osmondagi qushga tikilar emish. Ma’lum bo‘lishicha, bir kun avval shahar hokimi olamdan o‘tgan, hokim befarzand bo‘lib, taxt vorisi yo‘q emish. Shu boisdan, shahar donishlari yig‘ilib, poshshoning burgutini uchirmoqqa ahd qilmish, toki burgut kimning boshiga qo‘nsa, o‘sha odam poshsho bo‘lsin. Burgut esa falakning gardishi bilan bemehr sayyohning boshiga kelib qo‘nmish. Sayyoh esa taxtga o‘tirgan hamon o‘z aytganini qilmish, mamlakat ahlini zir titratmish, behisob boj-u xiroj solib, hammani kafangado qilmish. Shunda odamlar poshsho bo‘lgan sayyohning do‘stini qidirib topmish, poshsho ustidan unga arz qilib, undan najot so‘rarmish. Faqir sayyoh poshsho bo‘lgan do‘stining oldiga bormish. Poshsho uni shodu xurramlik bilan kutib olmish, ammo so‘zini eshitib: “Sen bu ishga aralashma, - deb tanbeh bermish. - Agar men bu odamlarga zulm qilgan bo‘lsam, gumrohligi va nodonligi uchun shunday qildim. Agar bular nodon bo‘lmasa, xudoning bir aqlsiz maxluqiga ishonib, kaminani taxtga ko‘tarishmas edi. Beaql maxluqqa inonib, meni poshsho qilishgan ekan, rahm-shafqat ne darkor bularga. Dono poshsho donolarga loyiqdur. Nodonlarga nodon poshsho yarashur”. Bobo Xurmo tilidan naql qilingan bu rivoyatni har kim har xil tushunadi. Ba’zilar roviyning so‘zlaridan “senday nodonlarga Sulton Mahmudday zolim podsho yarashur”, degan ma’no uqqan bo‘lishsa, ba’zilar Bobo Xurmoning bu rivoyati aslida Sultonning g‘animi Imom Ismoilning so‘zi deyishadi. Mana shu bahs sabab davrning yana bir haqiqati, ya’ni zolim podshoga qarshi bosh ko‘targan adolat lashkarining jangu –jadallari roman sahifalariga kirib keladi. Yozuvchi Ismoil G‘oziy boshliq xalq qasoskorlarining yashirin faoliyatlarini juda katta mehr bilan quyuq bo‘yoqlarda beradi. O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanining o‘ziga xosligi shundaki, asar syujetida folklor namunalari, ayniqsa tarixiy rivoyatlardan samarali foydalanilgan. Yozuvchi o‘z badiiy g‘oyalarini ifodalashda roviylar naql qilgan rivoyatlarning falsafiy mantiqiga tayanadi. Xususan, yuqorida keltirilgan “Zolim shoh va nodon avom haqidagi rivoyat” orqali G‘aznaviy hukmronlik qilgan davr haqiqati, o‘sha zamonning murakkab ijtimoiy dardlari tasvirlangan. 15 Badiiy to‘qima vositasida yaratilgan mayxonada hamma narsa Mahmud G‘aznaviyning zolimligiga borib bog‘lanadi. Hatto Mahmud G‘aznaviyga tutqich bermay yurtma- yurt kezib yurgan ibn Sino qiyofasiga kirgan sayyoh ham, gohi- gohida mayxonaga qadam ranjida qiladigan Beruniy ham yozuvchining shaxsy kechinmalari, hissiyotlari, aql tarozisidan o‘tib, Mahmud G‘aznaviy davri haqiqatini ochishga xizmat qiladigan adabiy tiplarga aylantiriladi. Yozuvchining o‘z ixtiyoriga qo‘ymagan, uning tafakkurida zuhur topgan badiiy niyat bois Sadafbibi, Piri Bukriy, Sabhu va Xatlibegimlarning xilvatgohlariga kirib chiqamiz, ularning sir-asrorlarga to‘la ruhiy olami ko‘zgusida Beruniyning ziddiyatlarga to‘la o‘tmishi bilan hayrat ichra tanisha boramiz. Nihoyat Sultonning suyukli singlisi Xatlibegim tashrifi tufayli romanning markaziy siymosi Mahmud G‘aznaviy xilvatxonasi tomon yo‘l olamiz: “- Mavlono. Men sho‘rlik sizni yo‘qlab kelishimizdan murodim, xabaringiz bor, ul valine’mat davlatpanoh – iloyo umri uzoq bo‘lg‘ay, - og‘ir dardga chalinmish. Saroy to‘la alloma, malik - ul kalom, dovrug‘i jahon hakimlar, biroq sho‘rlik og‘am o‘z o‘tida o‘zi qovurilib yotmish. Dardiga davo, ko‘ngliga orom beradigan na bir hibibi bor, na bir tabibi...”. Xatlibegim obrazi tufayli roman sahiflarida saroy to‘g‘risidagi davr haqiqati kirib keladi. Bir tomondan Mahmud G‘aznaviy saroyi allomalar, malikul kalomlar, hakimu tabiblar bilan to‘la, ikkinchi tomondan ig‘voyu, fisqu-fasodlar uyasi, saroy amaldorlari esa, ayniqsa vazirlar – Ali G‘arib bilan Abul Hasanaklar – martaba talashish bilan band bo‘lishadilar. Uning dard - u hasratlarini tinglagan Beruniy “hammasidan boxabar. Yer tagida ilon qimirlasa biladi, bu xotin. Ammo bu mash’um sir-asrorni aytishdan murodi ne? Bu ig‘vo, bu fisqi-fasod ishlarga daxlim ne mening? – deya taajjublanadi. Shu o‘rinda yozuvchi davr haqiqatini berishda o‘ziga juda qo‘l kelgan usulni qo‘llaydi – rivoyat sujetiga muroajaat qiladi: “Xatlibegim to‘satdan durrasining uchini jahl bilan yelkasiga otib, Beruniyga tik qaraydi, surma tortilgan ko‘zlari allaqanday chaqnab: - Nahotki bu dardning davosi bo‘lmasa mavlono? – deb so‘raydi. Kecha 16 saroyda nazm ahlining sultoni janob Unsuriy bir so‘z aytmish. Hindiston tomonda, qaysi bir nahr o‘rtasidagi orolda “ne’mati ilohiy” degan g‘aroyib bir daraxt o‘sar emish. Bu daraxtning mevasini tanovul qilgan xastai notavon tanasidagi barcha dardlaridan forig‘ bo‘lur, chol bo‘lsa qirchillama yigitga, kampir bo‘lsa... yosh malakka aylanar emish... Siz o‘sha yurtlarda bo‘lgansiz, mavlono ayting, maslahat bering, qaydin topsa bo‘lur bu “ne’mati ilohiy”ni? (24-25-betlar). Ko‘rinadiki, Xatlibegim ruhiyatini qamrab olgan og‘ir hissiyotlar davr haqiqatidan tug‘ilgandir. Keksa podsho o‘lim to‘shagida qolganda arkoni davlat aqli noraso shahzodani taxtga o‘tqazib, o‘zlari hokim bo‘lishni o‘ylaganlar. Bu tarixiy haqiqat har bir mamlakat, har shohlikda cheksiz tarzda takrorlanib turgan. Shunday og‘ir damlarda o‘lim to‘shagida yotgan shohning yaqinlari Xatlibegim tushgan tahlikali holatga tushishlari turgan gap. Bu tarixiy haqiqatdir. “Ne’mati ilohiy” bilan bog‘liq rivoyatning asar syujetiga kiritilishi ham davrning tarixiy haqiqatlarini, “tarixiy shaxslar taqdirini, davr dramasini, davrning ko‘p qirrali ziddiyatlarini yangicha, ta’sirchan ochishga, badiiy inkishof etishga” 4 imkon bergan. Beruniy bilan Xatlibegimning bahsida davr haqiqati butun ziddiyatlari bilan beriladi. Sulton Mahmud hech bir najot topolmaydi. Yetti iqlimni zabt etgan fotihi muzaffar, dong‘i olamga ketgan podshoi olam bukun... jismida uqubat, ko‘nglida tavahhum najotsiz to‘lg‘anib yotishga majbur. Suronli janglarga chek qo‘yib, endi farog‘at gulshaniga yetdim deganida... nogahon yopishgan bu dardi bedavo sabab... shami shabistoni yaqinlashadi. Uning bir umidi Hazrati ibn Sinoda qoladi. Bu badiiy to‘qimaning qudrati tufayli yaratilgan jozibali sahifalardan biri ibn Sino bilan Abu Rayhon Beruniyga daxldor, davr haqiqati - ularning olamshumul kashfiyotlari birin- ketin ochila boradi. Xatlibegim Beruniydan hazrat ibn Sino xususida, uning yordamiga muhtoj ekanini bildirganida ibn Sino deb aytilgan jozibador bu ikki so‘z Abu Rayhonning diliga bamisoli iliq bir nur bo‘lib qo‘yiladi-yu, ko‘ngli yorishib ketadi. Mana sizga roman to‘qiladigan ipning – yozuvchi ijodiy niyatining boshi. 4 Алимов П. Тарих, шахс, бадиа. Тошкент, Ўзбекистон. 1993. 28-бет. 17 Yozuvchi zolim tarixiy shaxs Mahmud G‘aznaviyning o‘lim to‘shagida yotgan davri – so‘nggi uch-to‘rt oylik saltanatini ko‘rsatmoqchi. Bu ban zolim shohlarning yangicha bir adabiy tipini, ya’ni juda ko‘p adolatsizliklar qilgan-u, boshiga bedavo dard yopishganda Yaratganga tavba-tazarru qiluvchi insonning asl qiyofasini tasvirlab, uning hayot yo‘li ustidan qat’iy hukm chiqarmoqchi. Sulton Mahmud G‘aznaviyning to‘shakda bedavo dardga chalinib yotgan damlari sabab bo‘lib, Beruniy ham, uning o‘zi ham butun umr bosib o‘tilgan hayot yo‘lini xayolan tahlil qilishga kirishadilar. Beruniy shogirdi Sabhu sabab Mahmud G‘aznaviy bilan birgalikda Hindistonda bosib o‘tgan yo‘llarini xayolan tasavvur etadi: Beruniy umrida ko‘p do‘st-u birodar, juda ko‘p shogird orttiradi, ularning yaxshilarini ham, yomonlarini ham, omad kulib boqqanida atrofida girgitton bo‘lib, omad ketganida xoinlarcha yuz o‘girganlarini ham – har xilini ko‘radi. Lekin Loxo‘r ko‘chasidan topib olgan Sabhuday sadoqatli shogirdni ko‘rmagan edi. Bo‘yi- basti kelishgan, mo‘ylovi endigina sabza ura boshlagan, tol chiviqday nozik bu yigitchada o‘z elining hamma fazilatlari – muloyimligi, mehnatsevarligi, kamtarinligi mujassamligidan hayratga tushadi. Ajabo. Nechun goho bir el ikkinchi el bilan oshno bo‘lmasdan turib yotsiraydi, faqat o‘z tilim, o‘z kuylarim va o‘z qo‘shiqlarim yaxshi deb o‘ylaydi? O‘ylaydi-yu, qatlu om qilib bo‘lsa ham o‘z urf-odatlarini boshqa yurtlarga yoymoqchi bo‘ladi... Shohlar-ku mayli. Uning o‘zi ham, oqu qorani tanigan Abu Rayhon Beruniyning o‘zi ham bir mahallar shunday deb o‘ylagan emasmidi? O‘zi tug‘ilib o‘sgan Jayhun zaminidan yaxshi zamin, turkiy qo‘shiq va turkiy kuylardan yaxshi kuy va yaxshi qo‘shiq yo‘q, deb o‘ylaganmidi? Xayriyatkim, birda Jurjon, birda Hindistondan buyuk va g‘aroyib yurtlarni ko‘rib ko‘zi ochiladi, har bir mamlakat har bir el noyob va go‘zal bir olam ekanini bildi, bilib “Hindiston”ni yozdi. Faqat ming afsuski, bu asarni, o‘n yil umri ketgan bu suyukli kitobini hozircha pinhon tutishga majbur Beruniyning ushbu o‘ylarida davr haqiqati, ya’ni bir el odamlarining ikkinchi bir el to‘g‘risida fikr yuritish jarayonlari butun ziddiyat bilan mukammal badiiy ifodalangan. Yozuvchi mutafakkir Beruniy nigohi, aql-zakovati bilan behisob qon to‘kkan, shaharlarni talab, ibodatxonalarga o‘t qo‘ygan Sulton Mahmud G‘aznaviyni fosh etadi. 18 Sabhuga davr haqiqatini ochib bari bir sening yurtingda mening elim to‘g‘risida yomon taassurot qoldi, bolam. Yo‘q ul qatlu qirg‘inlar uchun mening elim gunohkor emas. Aslo. Ammo Sulton Mahmud yanglig‘ jahongirlar, lashkarboshilar, mustabid shohlarning razolati ham shundadurki, ular faqat o‘z nomlari emas, balki o‘z eli nomiga ham dog‘ tushirishga qodirdurlar, - deydi. Davr haqiqatini ochib berish yuksakligiga kutarilgan bu adabiy tip siymosida yozuvchi mazlum ellar yuragidagi yomon asoratlarni yo‘qotishga intilib, “Hindiston” kabi buyuk asar yaratgan umumbashariy zotni ulug‘laydi. I.2. “KO‘HNA DUNYO” ROMANIDA IJTIMOIY TIP VA VOQEALAR TIZMASI Yomonlikning manbai odamda emas, balki jamiyatda ekanini yozuvchi 19 chuqur idrok etgan. Shu boisdan ham Beruniy va Mahmud G‘aznaviyda jamiyat mafkurasidan meros qilib olgan ikki xil tafakkurni, ikki xil ruhiy olamni turmush materiallariga tayanib kashf etadi. Sulton Mahmudni yolg‘iz og‘riq emas, notinch o‘ylar, vahimali tushlar ham iztirobga soladi. U o‘zini haq va hidoyat yo‘lida qirq yil suron solib, mag‘ribdan mashriqqacha ma’jusiylar va g‘ayridinlarni qatli om qilib, poyqadami yetgan el borki, hamma yerda Qur’oni majid so‘zini yoyib, bu yo‘lda dini islomga zafar ustiga zafar keltirib, endi rohat-farog‘atda keyin kechirmoq mavridi keldi deb o‘ylaganida bedavo dard bergan. Yaratuvchidan shikoyat qiladi. “Agar bu dard chindan ham bedavo bo‘lsa, unda amir-ul muslimin atalmish gunohkor bandangning qirq yillik toatu ibodatidan ne foyda?”- deb zorlanadi, diniy mafkuraning xalqlar o‘rtasida adovat solishini tushunmaydi. “Nahot u butkul ro‘yi zaminni zabt etib, behisob boyliklar orttirganida, o‘z dorulsaltanati G‘aznai munavvarani jahonda eng ko‘rkam shaharga aylantirib, unda masjidi Jome’ yanglig‘ o‘nlab masjidlar, go‘zallikda benazir jannatmonand bog‘lar yaratganida, Osmon malikasi kabi qasrlar qurib, ularni hech bir shoh ko‘rmagan zeb-u ziynatlar bilan bezatganida... nihot oxir pirovardida topgani bu bedavo dard bo‘lsa? U o‘z xaramiga Chin va Misr, Hindiston va Rumdan husnda yagona huriliqoralarni, raqsda tovusdan tovlanuvchi go‘zal raqqosalar, bulbul yanglig‘ xushovoz xonanda va sozandalar, nomi olamga ketgan Malik-ul kalom va vohidi zamon allomalarni to‘plasayu, bularning baridan benasib bo‘lsa? U o‘z davrining amirul mo‘mini sifatida “Bu ne’matlarni o‘zing in’om etsangu, tag‘in o‘zing hammasidan benasib etsang?” – deb xudoga yolvoradi. Uning miyasida ilgari hech qachon o‘ylamagan yomon o‘ylar charx uradigan bo‘lib qoladi. Nechundir ezgu ishlari emas, janglar suroni - yu, otlar dupuri, kesilgan boshlar, dorda chayqalgan murdalar, yong‘inda qolgan shaharlar yodiga tushadi. Joni behalovat, kechalari yomon tushlar ko‘rib chiqadi: “- Yaqinroq kel Abu Rayhon. Bu g‘ayriddinning so‘zini eshit. Arzi ne – senga so‘zlasin, sen bizga so‘zla. 20 Beruniy ot tuyoqlari ostida ezilgan qalin maysalarni ship-ship bosib, nuroniy cholning yoniga keladi, boshini osiltirganicha mo‘ysafidning hayajonli, palapartish so‘zlarini eshitadi. - Bu bandai ojiz sizday amiral mo‘minindan mehru shafqat tilaydi. Deydikim, bu qasrda ellik ming g‘aribu g‘urabo yig‘ilgan... aksari ojizalar... begunoh norasidalar... chollar emish...” (38-bet). Yozuvchi bosh ijodiy niyati bilan bog‘liq bo‘lgan zolim shoh obrazini yaratish uchun badiiy tasvirning barcha imkoniyatlaridan unumli foydalangan. Malikul mayxonasidagi suhbatlar-u bahslarni, rivoyatlar-u xotiralarni va nihoyat amir-ul Mo‘mining atalmish Mahmud G‘aznaviyning dahshatli tushlarini zolim shoh adabiy tipini yaratuvchi bosh ijodiy niyatga xizmat qildiradi. Tushida Sulton Mahmud taslim bo‘lishdan bosh tortgan qasrga o‘t qo‘yishni Amir Nushteginga buyuradi. Zum o‘tmay, to‘rt tomondan ko‘tarilgan alanganing qizg‘ish tillari muazzam ibodatxonani ajdaho yanglig‘ yalab, oftobday yaraqlagan oltin qubbalarini yamlab yutadi... Romanning boshidan oxirigacha Mahmud G‘aznaviy bilan Beruniy haqiqat uchun jangga kirishadi. Har kim o‘z tafakkur tarzidan kelib chiqib, haqiqatga baho beradi. Sulton bedavo dard sabab, “ne’mati ilohiy” haqidagi rivoyatni haqiqat deb tushunadi. Abu Rayhon Beruniy esa, uni haqiqat emas, bir cho‘pchak deb talqin etadi. Bu ikki zot o‘rtasidagi ayovsiz fikriy janglar “Ulug‘bek xazinasi” romanidagi Ali Qushchi va Abdulatif ziddiyatlarini beixtiyor yodga tushiradi. Ali Qushchining haqiqatni himoya qilishi bilan Beruniyning haqiqatga sadoqati orasida juda ham yaqinlik bor. Biroq, ularning o‘z davrining yetuk allomalari tarzidagi bosib o‘tgan yo‘llari, ularning har ikkalasi, buyuk tarixiy shaxslar ekanini anglatadigan jihatlardir. Xuddi shuningdek, gunohkor shohning tavba-tazarru qilishadi; ya’ni Abdulatif bilan Mahmud G‘aznaviy taqidirlarida ham o‘xshashlik bor. Abdulatif boshi tanasidan judo bo‘lishidan avval padari oldidagina gunohini bo‘yniga olgan bo‘lsa, Mahmud G‘aznaviydagi vosvos kasali, qo‘rqinchli tushlar, tavba-tazarru bir necha oy surunkasiga davom etib, qiynoqlar girdobida tutib turadi. Agar Abdulatif padariga qarshi tig‘ ko‘tarib, o‘z ona yurtini xarobaga 21 aylantirib gunohkor bo‘lgan bo‘lsa, Mahmud G‘aznaviyning taqdiri tamomila boshqacha. U o‘zining mashvaratxonasidagi mehribonsimon joylarga zabt etilgan yurtlarning ko‘k, sariq, oq tug‘larini, mag‘lub lashkarboshilarning oltin va kumush dubulg‘alarini, tillodan jilo berilgan sovut va qalqonlarni, bandlariga la’l va zabarjad qadalgan egri qilichlarni, o‘q terilgan charm sadoqlar, suyak sopli xanjarlar, uzun-qisqa tig‘larni ostirib qo‘yganki, ular Mahmud G‘aznaviyning behisob yurishlari, suronli safarlaridan hikoya qiluvchi timsollardir. Sulton bu o‘ljalarni qaysi birini qo‘lga olsa, lop etib, o‘sha muzaffar jang esiga tushadi, zabun bo‘lgan ne-ne lashkarboshilar, man-man degan amirlar kalondimog‘ hokimlar, shahanshohlar, ko‘z o‘ngiga keladi. Adabiyotshunoslar ta’kidlashicha, O.Yoqubov “Ko‘hna dunyo” romanida oddiy xalq vakillari, ijobiy qahramonlar portretini unchalik batafsil chizmasdan, bir-ikki xarakterli belgilar orqali chizgan bo‘lsa, aksincha murakkab qahramonlar portretini ancha mukammal tasvirlaydi. Ularning tashqi ko‘rinishi bilan ichki dunyosini dialektik birgalikda tasvirlab, qator to‘laqonli xarakterlar yaratishga erishgan”. Bu fikr Mahmud G‘aznaviy obraziga ham tegishlidir. Yozuvchi bu zolim shoh obrazini ruhiy olam hissiyotlari hamda ongidagi fikriy o‘zgarishlar birligida tasvirlar ekan, kitobxonni butun ro‘yi zaminni titratgan, qanchadan-qancha mamlakatlarni mag‘lub etib, mag‘ribdan mashriqqacha cho‘zilgan hududsiz davlatni kuch-qudrati bilan boshqargan shoh siymosi bilan tanishtira boradi. Romandagi bir faktning badiiy talqiniga e’tibor beraylik. Qiyot qirg‘inidan ko‘p yillar o‘tgach, Jurjon va Rayda, Qobus ibn Vushmagir kabi kalondimog‘ hokimlar saroyida kechgan musofirlik yillari orqada qolgan Beruniy o‘z eliga qaytadi. Lekin o‘z yurtiga kelgan olimning umr bo‘yi topgan izzat ikromlari, Gurganj hokimi Ma’mun ibn Ma’mun saroyidagi “Majolisi ulamo”da kechgan mas’ud damlar, shirin suhbatlar, qizg‘in munozara va mushoiralar hamma- hammasi o‘z intihosiga yetadi. Chunki, G‘azna hokimi Sulton Mahmuddan farmoni oliy keladi. Unga ko‘ra ibn Ma’mun saroyidagi barcha allomalar G‘aznaga, Sulton saroyiga jo‘natilmog‘i lozim edi. Sulton so‘roqlayotgan 22 allomalar orasida Beruniy ibn Sino, ustod Masihiylar ham bor. Ibn Sino bilan ustod Masihiy Jurjon tomon bosh olib ketishadi - yu, Beruniy o‘z ixtiyori bilan G‘aznaga jo‘naydi. Yillar o‘tadi. G‘aznaga kelgan Beruniy shahar chekkasida rasadxona quradi. Shu yerda dong‘i olamni tutgan kashfiyotlar yaratadi. Sultonning farmoni bilan rasadxona qurilishiga Isfahon va Hamadondan bir guruh me’morlar taklif qilinadi, ular Beruniyga ibn Sinodan maktub olib kelishadi. Endi bir savol tug‘iladi. Nega yozuvchi Sulton Mahmud G‘aznaviyning faqat qabih ishlarini keng tasvirlaydi-yu, savob ishlariga e’tiborni qaratmagan? Ayniqsa, olimlarga munosabat masalasidagi talqinlar davr haqiqatiga mos keladimi? Bunga sabab, bizningcha yozuvchining Sulton Mahmud G‘aznaviy davri ijtimoiy hayotiga chuqurroq kirib bora olmaganligida emas, balki sho‘rolar davrining mafkuraviy tazyiqidir. O‘sha yillarda shohlar turmushini haqiqat ko‘zgusida ko‘rish, payqash va tahlil qilish chegaralab qo‘yilgan edi. Uydirmachilik xavfsizroq mashg‘ulot bo‘lib qolganligi bois o‘sha davr adabiy tanqidchiligi ham siyosiy vahimachilik botqog‘iga botib, A.Qahhor aytganiday, “tuxumdan tuk qidirish, maydonga kelgan har bir tarixiy mavzudagi asarni tirnoqlab, hidlab, iloji bo‘lsa yozuvchining boshiga chertib ko‘rish, yozuvchi yaratgan tarixiy mavzudagi asarni shubha ostida qoldiradigan har xil imo – ishoralar qilish, chala yarim gaplar aytib, mish-mishlarga oziq berish” bilan mashg‘ul bo‘lgan edi. Shu boisdan yozuvchi Sulton Mahmudni Malikul Sharob va Beruniylar nigohida o‘ta gunohlar qilib, zolim shoh qiyofasida, gunohlari kechirilmaydigan bir tarzda tasvirlashga majbur bo‘lgan. Voqealar bayoni Mahmud G‘aznaviy tilidan berilgan o‘rinlarda esa ba’zi-ba’zida haqiqat uchqunlari yarq etib ko‘rinib qoladi. Mahmud G‘aznaviy Abulqosim Firdavsiyni ranjitgani uchun o‘n yillab iztirob chekadi. Nechun o‘shanda malik-ul kalomni o‘z qanotim ostiga olmadim, nechun ichi qora vazirlar so‘ziga kirib, uni G‘aznadan haydadim, nechun yozgan kitobini olib, boshidan oltinu javohir sochmadim deb pushaymon bo‘ladi va nihoyat shahri Tusga oltin va kumush ortilgan bir necha tuyali karvon yo‘llab, Firdavsiy hazratlarining maqbarasiga marmar sag‘ana o‘rnattiradi. Shoir tavallud 23 topgan shaharda esa bir masjidi Jome’ qurdirishga bel bog‘laydi. Qaysiki, bandai mo‘minning ko‘ngliga ozor bergan bo‘lsa, nohaq zulm qilgan bo‘lsa, barchasining ko‘nglini ovlaydi, kimningki mulkiga xiyonat qilgan bo‘lsa haqqini o‘n barobar qilib qaytarib berishni ko‘ngliga tugadi. Ko‘rinadiki, yozuvchi Beruniy, Malikul Sharob, ibn Sino singari sevimli qahramonlari tili bilan Mahmud G‘aznaviy insoniyligini tan olgisi kelmaydi: “Bundan uch kun muqaddam, mayxo‘rlar tarqab, mayxona uyquga cho‘mganda, Malikul sharobni bozor qorovuli kirib uyg‘otadi: - Seni keksa bir devona yo‘qlab kelmish. - Neki axmoq yo‘qlab kelsa uyg‘otaverasanmi, nodon? Devona bo‘lsa bir burda non sadaqa qil. - Kechirgaysan, Malikul Sharob. Devona aytdiki, vaziri a’zamdan keldim deb. Qo‘lida bir xalta oltin. Mana, o‘zi ham kirdi... Malikul Sharob yalt etib eshikka qaradi - yu, o‘z ko‘zlariga ishonmay, angrayib qoldi. Y o tavba. Bo‘sag‘ada... amir - ul mo‘minin Sulton Mahmud G‘aznaviy turardi... Ustida eski quroq chopon, boshida xorazmcha eski chugurma, belida qizil bo‘z belbog‘. U “Indama, ovozing chiqmasin” degan ma’noda kaftini labiga bosdi, so‘ng bozor qorovuliga yuzlanib: - Sen boraver, - deb g‘udrandi-da, oyog‘ini arang sudrab ichkariga kirdi... - Birodarim, Qutlug‘qadam... Tunov kungi ko‘zlaring hanuz yodimda, hanuz kechalari uyqu bermaydi menga. Sal hushiga kelgan Malikul Sharob nogahon yuragi “shig‘” etib. - Bir qoshiq qonimdan kechgaysen, amirim, - dedi, - qurib ketkur rindona kayfiyat sabab, faqir o‘sha kuni ko‘nglingga ozor berdim... - Yo‘q, yo‘q, - Sulton zaif chirog‘day yildiragan ko‘zlarini bir ochib, qayta yumdi, so‘zimga inon, Qutlug‘qadam, agarchang ollo taollo o‘z inoyatini darig‘ tutmay bu dardi bedavodan darig‘ qilsa, men ham darveshlikni ixtiyor etib, bir tunda dorulsaltanatdan chiqib ketar edim. Ustimga janda, boshimga kuloh kiyib, “huv” deb boshimni olib chiqib ketar edim. Tilamchilik ila kun kechirib, qilgan gunohlarimni yuvar edim. E yaratgan egam. O‘zingdan o‘zga g‘amg‘uzorim yo‘q, 24 - dedi Sulton allaqanday faryod chekib. Va lekin – nahot bu mayparast aytganday savob yumushlarimdan qilgan gunohlarim ko‘p bo‘lsa”. Yo‘q, inonmaysen bu gapga. Ammo inonmasam ham mana, bir xalta oltin olib keldim, Qutlug‘qadam. O‘shal o‘zing aytgan yetim- yesirlarga ulashgaysen. Kerak bo‘lsa yuz xalta desang ham keltirib berurmen...” (204-205-betlar). Malikul Sharob va Mahmud G‘aznaviy munosabatlarining bu xildagi badiiy to‘qimasiga ishonish qiyin, unda hayot haqiqati haddan ortiq darajada mubolag‘alashtirilganligi yaqqol sezilib turadi. Roman voqealari Beruniy va ibn Sino obrazlari tasviriga ko‘chishi bilan badiiy to‘qimada davr haqiqati jilva ko‘rsata boshlaydi. Xususan, Beruniy bilan Xatlibegimning suhbatida, ularning ibn Sinoni izlab topish bilan bog‘liq sa’y-harakatlarida Beruniyning safarga otlanishi voqealari tasvirida badiiy to‘qima bilan davr haqiqatining mutanosibligini ko‘ramiz. Xatlibegimning o‘z suyukli og‘asi Sulton Mahmud G‘aznaviy taqdiri to‘g‘risidagi tashvishlari ham, ikkala vazir – Ali G‘arib va Abul Hasanak to‘g‘rilaridagi mulohazalari ham, shuningdek, Beruniyning ibn Sino haqidagi o‘ylari-yu, fitna- fasodlardan yiro yurib, qolgan umrini mutolaa va mushohadaga bag‘ishlash bilan bog‘liq niyatlari ham davr haqiqatining badiiy talqinidir. Beruniy Xatlibegim topshirig‘i bilan yo‘lga otlanar ekan, ich-ichidan zil ketadi, “nechun bu tuban ishga aralashib qoldim”, degan o‘y uni qattiq azoblaydi. Chunki u Xatlibegim boshliq bir qancha arkoni harb va arkoni davlat bir tomon, vaziri a’zam Ali G‘arib va uning tarafdorlari esa ikkinchi tomon bo‘lib, toj-u taxt uchun pinhona kurash olib borishayotganini yaxshi bilardi. Beruniyning ayniqsa, vaqt deb atalmish ne’matning qadriga yetish, ibn Sinoning benazir talanti to‘g‘risidagi o‘ylari ham badiiy to‘qima emas. Bu o‘rinda biz buyuk olim o‘ylarida ijodkor insonga xos haqiqatning ko‘zga tashlanib turishini kuzatamiz: “Safarning ikkinchi kuni kechqurun ular baland qir yonbag‘rida joylashgan katta bekatga yetib qo‘nishdi. Bekatning ulkan sardobasi bor, aftidan u katta karvonga mo‘ljallangan edi. Lekin sardobadan ham burun Beruniyning diqqatini bekat ortidagi baland qir jalb 25 etdi. Uzoqdan ulkan gumbazga o‘shxab ko‘ringan bu qir nimasi bilandir Nanda shahri yaqinidagi yuksak tog‘ni eslatardi. Beruniy qirni uzoqdan ko‘rgandayoq g‘alati bo‘lib ketdi-yu, bekatga yetib otdan tushishlari bilan maxfiy mushribdan ijozat so‘rab, qir tomon yo‘l oldi. Ha, xuddi o‘zi. Nanda shahri yonidagi tog‘ ham xuddi shunday ko‘m-ko‘k, xuddi shunday baland, tevarak atrof esa bundan ham tekis edi. Hanuz yodida u har yuz qadam ko‘tarilganda bir to‘xtab, ufqqa qarar, ufq esa yana bir necha chaqirim chekinib, yangi kengliklar, pastdan ko‘rinmagan yiroq manzaralar namoyon bo‘lardi... Har safar yangi balandlikdan yangi ufq ochilganda Beruniy bu nuqtadan xayolan chiziq o‘tkazib, turgan joyiga nisbatan hosil bo‘lgan burchakni belgilar ekan, favqulodda ulkan bir kashfiyot oldida turganini sezib, yuragi gurs-gurs urardi. Haqiqatan, g‘alati yaralgan ekan inson aql-idroki . U go‘yo xasis baqqolday ilm deb atalmish durdonalarni bitta -bitta terib, miyaning eng xilvat burchaklariga yig‘ib qo‘yaverar ekan. Ammo, nimadir turtki bo‘lib, kechasi yongan mash’alday “yarq” etib yonmaguncha bu xilvatdagi durdonalar ham jilo berib yarqirab ketmas ekan. Beruniyning nazarida Nanda tog‘idagi hodisa uchun yana shunday mash’al xizmatini qildi-yu, xayolida yig‘ilib yurgan fikrlarga ajib aniqlik kiritdi. O‘sha oqshom Beruniy tog‘ tepasida osmon to‘la yulduzlarga tikilib tong ottirdi. U dunyoda eng baxtli odam edi. Chunki o‘sha kecha unga tabiatning buyuk bir siri ayon bo‘lgandi”. (214-bet). Beruniy va ibn Sino hayotiga daxldor bo‘lgan tarixni hujjatlarni sinchiklab, chuqur va atroflicha o‘rgangan yozuvchi bu ikkala allomaga shu qadar mehr qo‘yib qolganki, o‘zidagi ana shu tuyg‘ularini kitobxon qalbiga ham ko‘chirmoqchi bo‘ladi. Yozuvchining mahorati shundaki, u bu buyuk allomalarni qanday tushungan, his etgan bo‘lsa, kitobxon ham ularni shunday tasavvur qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Beruniy bilan ibn Sino qalblarini o‘rtagan dardlar yozuvchiga davr haqiqati bo‘lib tuyulgan. Allomalarga azob bergan dardlarning bari- adolat, insof, shafqat va ma’rifatning yetishmasligi, xoinlik, zolimlik, fitna 26 va ochko‘zlikning ustuvorligi – bularning barchasi yozuvchi qalb tug‘yoniga aylangani uchun ham bu ikki allomaning mukammal adabiy tipi yuzaga kelgan. Shu boisdan ham roman bu ikki alloma to‘g‘risida yozilganday taassurot qoldiradi. Adabiyotshunos A.Kattabekov juda to‘g‘ri qayd qilganidek, “ ...yozuvchining asosiy maqsadi ibn Sino va Beruniy singari ulug‘ allomalar obrazini yaratish emas. Faktik materialni chegaralagan yozuvchi o‘z qahramonlari biografiyasidagi eng muhim davrni tasvirlar ekan, kundalik hayotiy voqealar asosida davrning mukammal va badiiy haqqoniy manzaralarini yaratadi, buyuk mutafakkirlar fojiasining sabablarini ochib beradi. Romanning bosh qahramoni ibn Sino yoki Beruniy emas, balki murakkab va ziddiyatli voqealarga to‘la bo‘lgan davrdir”. Beruniyning aql – farosati imtihon qilinishi tasviriga bag‘ishlangan sahifalar ham, Abu Ubayd al – Juzjoniyning o‘z ustozi ibn Sino to‘g‘risidagi xotiralari bitilgan lavhalar ham yozuvchining bu ikki alloma dardlariga kitobxonlarni ham sherik qilish niyatida qalam tebratganidan dalolat beradi. Tiyrak kitobxon bu ikki allomaning juda ko‘p iztiroblari adolat izlash bilan bog‘liq ekanligini ilg‘ab oladi. Beruniy karamatiylar (o‘rta asrlarda diniy g‘oyalar vositasida zulmga qarshi qaratilgan kurashchilar oqimi) rahnamosi imom Ismoil to‘g‘risidagi risolasi sabab bo‘lib, o‘z ustozi Abdusamat Avval bilan birga Mahmud G‘aznaviyning “Qal’ai qahr” deb nomlangan zindoniga tashlanadi. Zindonda Abdusamad Avval risoladan Beruniyning nomi o‘chirilganligini, asar muallifi esa o‘zi ekanini aytadi va shogirdini o‘limdan qutqazib, o‘zi dor tagiga boradi. Bu haq va adolat uchun oxirgi nafasigacha kurashgan insonning beqiyos jasorati edi. “... Dor tagida turgan ustod qo‘lini betoqat silkitdi - yu: - Xudo nedur, ey betavfiq? – deb xitob qildi. – Xudo – bu adl-u haqiqatdur... Qur’oni majid nedur? – insofu adolatdur. Savobi azim nedur? – yetim- yesirlar boshini silamoqdur. Gunohi kabir nedur? – Sen etavfiq yanglig‘ aysh-u ishrat va zebi-ziynat ishtiyoqida diyonatni tutmakdur. Ustod ovozi har safar momaqaldiroqday qaldirab xitob qilganida saroy 27 peshtoqlari yuz barobar kuchli aks – sado berar, butun maydon – nainki maydon, hatto saroyning u yuzidagi shahar, behisob ko‘chalar, ko‘chalardagi rastalar, karvonsaroylar, guzarlar – butun dorulsaltanat bu xitob, bu aksi sado sehriga mahliyo bo‘lib qolgan edi. Go‘yo bu so‘zlar tiriklayin oq kafanga o‘ralgan yalang oyoq, yalang bosh bir allomaning va’zi emas, g‘oyibdan kelayotgan ilohiy nido edi. Bu nido sehridan birinchi bo‘lib Sulton qutuldi: - Sipoh solar qayda? Bu – shakkok so‘zlarini eshitmoq – gunohi kabir emasmu? O‘chir ovozini bu dahriyning! O‘chir! “O‘chir!” – sado berdi tillakori peshtoqlar- “o‘chir!”. Dor tagida qandaydir kurash boshlandi. Ustodning boshiga sirtmoq tashlandi, ammo shu payt hamon hamon dengizday guvullagan olomon uzra yana o‘sha ilohiy ovoz yangradi: - Hoy aysh-u ishrat azmida imonu e’tiqodini yodidan chiqargan bandai ojiz Mahmud G‘aznaviy. So‘nggi kalomimni eshitgaysen... Xudovandi karim gunohlaringni kechirmaydi sening. Qilichidan qon tomgan senday mustabidni... – Chop! Sulton hayqirig‘idan hushlariga kelgan suvoriylar olomon tomon ot surdi-yu, hammayoq ag‘dar to‘ntar bo‘lib ketdi... ... Mana uch yildirki, bu manzara, alamli tuyg‘u Abu Rayhon xayolidan ketmaydi, bil’aks har eslaganida ko‘ksiga nina sanchilganday bo‘ladi...” (84-85- betlar). Podshoning zolimligi haqidagi davr haqiqati Beruniy Malikul Sharob, Bobo Xurmo, Abulqosim Firdavsiy, Ibn Sino ustod Abdusamat Avval, haq va adolat lashkarboshisi imom Ismoil G‘oziy, Shokalon va uning singari juda ko‘p obrazlar vositasi berilganligining guvohi bo‘lamiz. Nazarimizda ko‘hna dunyo hayoti va haqiqatlari tasvirida qora bo‘yoqlar juda ko‘payib ketganga o‘xshaydi. Faqatgina Beruniy va ibn Sinolar faoliyatlari bilan bog‘liq tarixiy, ilmiy haqiqatlar tasvirlaridagina kitobxon qalbiga biroz shodlik hislari quyiladiki, shu boisdan ham kitob bu ikki alloma to‘g‘risida yozilganday bo‘lib tuyulaveradi. Biroq, asrga davr adabiy tiplarining yaratilishi nuqtai nazaridan yondoshadigan bo‘lsak, davr 28 haqiqatini tashuvchi adabiy tiplarni yozuvchi qo‘shaloqlashtirish usuli bilan yaratganligiga amin bo‘lamiz. Eng avvalo, Mahmud G‘aznaviy zulmini fosh etuvchi ikki shoir – Malikul Sharob laqabli shoir Qutlug‘ Qadam va “Shohnoma” muallifi Abulqosim Firdavsiylar siymosi ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Undan so‘ng qo‘shaloq tabib obrazi – ibn Sino va uning nomidan foydalanib, yuruvchi soxta tabib Abu Shilqim ibn Shahvoniy voqealar rivojiga kirib keladi. Mahmud G‘aznaviyning g‘oyaviy raqiblari – Ustod Abdusamad Avval va imom Ismoil G‘oziy, shuningdek, ikki vazir – Ali G‘arib va Abul Hasanak, ikki shoh – Mahmud G‘aznaviy va uning o‘g‘li Mas’ud bularning barchasi romanda yaratilgan davr adabiy tiplarining qo‘shaloq badiiy hodisalaridir. Shu boisdan ham “Ko‘hna dunyo” romanini ikki alloma to‘g‘risidagina deb emas, balki ikki podsho, ikki vazir, umuman o‘sha davr to‘g‘risidagi murakkab psixologik asar deb ham baholash maqsadga muvofiqdir. Mahmud G‘aznaviy ham o‘z davrining ijtimoiy tiplaridan biridir. Zolimligi bilan xarakterlanuvchi bu adabiy tipning ijtimoiy zaminiga yozuvchi ijodiy nuqtai nazardan yondoshgan. Shu boisdan ham uning davrida qanchadan – qancha adolatsizliklar va zulm-u sitam sodir bo‘lgan bo‘lsa, ularning barchasi o‘sha tarixiy sharoit mohiyatidan kelib chiqib, mavhumlashtirilgan va Mahmud G‘aznaviy adabiy timsolida mujassamlashtirilgan. U Bobo Xurmoning xurmozorini tortib olgan. Abulqosim Firdavsiyga eroniy shohlarni turoniy shohlardan ustun qo‘yding deb tuhmat qilgan, Malikul Sharob ta’biri bilan aytganda, qo‘sh qayrag‘och barglarining sonidan ham ko‘proq odamlarni qon qaqshatgan. O‘zga yurtlarni zabt etishda shafqatsizlik ko‘rsatib, qamaldagi odamlarni tiriklayin yoqib yuborgan, haq gapni aytgan ustoz Abdusamat Avvalday olimlarni dorga tortgan, hatto Beruniyday allomalarni ham shakkoklikda ayblab, bir necha bor zindonband etgan shafqatsiz hukmdordir. Ana shularning barchasi zolim shoh Mahmud G‘aznaviy adabiy tipining badiiy siymosiga xos chizgilardir. Osmono‘par minora-yu koshonalar ham minglab g‘ishtlarning ustma –ust qo‘yilishidan ko‘tarilganidek, Mahmud G‘aznaviy adabiy tipi talqinida ham uning davri ijtimoiy haqsizliklari aks etgan. Yozuvchi ana shularning barchasini 29 Mahmud G‘aznaviy faoliyatining badiiy talqinida birlashtirib, davrning aniq bir tarixiy shaxssiymosida mujassamlangan adabiy tipini yaratgan. Xullas, “Ko‘hna dunyo” romanidagi hamma narsa, barcha obrazlar-u, voqealar tizimi Sulton Mahmud G‘aznaviy shaxsiga bog‘liq holda tasvirlanadi. Ular yo sultonning qahriga yo‘liqib, umrlari azob-uqubatda o‘tadi, yo mehriga ravo ko‘rilib, hayotlari rohat farog‘atla kechadi. Roman voqealari yechimga qarab borgani sayin ibn Sino taqdiri bilan bog‘liq voqealar shiddat bilan rivojlanadi. Isfahondagi o‘latga qarshi kurashish uchun shaharga kirib borgan ibn Sinoni shoh Mas’ud odamlari qo‘lga tushiradilar va tabib shohni muqarrar o‘lim changalidan qutqazadi. Shundan so‘ng Mas’ul ibn Sinoni sarbozlar hamrohligida G‘aznaga jo‘natadi. Ibn Sino yo‘lda haq va adolat lashkari imom Ismoil G‘oziy odamlari tomonidan qutqariladi, biroq, u G‘aznaga borishga ahd qiladi. U yerda esa “ne’mati ilohiy”ni tan olmagani uchun soxta ibn Sino deb, ibn Sino niqobi ostida yurgan nopok tabib Abu Shilqim ibn Shahvoniy esa haqiqiy ibn Sino deb e’lon qilinadi. Ulug‘ alloma Abu Ali ibn Sino qora dori ta’siriga berilgan Mahmud G‘aznaviyning umri poyoniga yetganini sezadi va imom Ismoil G‘oziy tarafdorlari ko‘magida zolim shoh ta’qibidan xalos bo‘lish harakatiga tushadi. Beruniy bilan ibn Sino xayrlashuv onlarida bu noraso dunyoning nopok ishlari xususida kuyib piyib suhbatlashadilar. Ikki allomaning ana shu suhbati romanning falsafiy yakuni hisoblanadi: “Bu safar Beruniy qo‘llarini ko‘ksida qovushtirganicha, osmonga tikilib, uzoq sukutga toldi so‘ng, qahrli, bo‘g‘iq ovozi allaqanday samimiy va o‘ychan ohang kasb etib, tiniq yangradi: - Yo tavba. Bu go‘zal olam, bu musaffo osmon, bu yorug‘ yulduzlar, qo‘yingki, bu makammal olamni bunyod etgan xudovandi karim, nechun o‘z bandasini bundayin nomukammal qilib yaratdi?! Agar bu foniy dunyo, Abu Ali, sen aytganday buyuk zarurat va yetuk aql-idrok asosida qurilgan bo‘lsa, nechun bu ulug‘ qonunuyat bani bashar hayotiga kelganda o‘z kuchini yo‘qotdi? - Osiy bandangni o‘zing kechirgaysen, e yaratgan egam. Na lekin... agar bandangni loydan yaratib, unga o‘z nafsingdan ufurib jon ato qilganing rost bo‘lsa, 30 nechun bu jon bilan birga unga jaholat va qalloblik, xudbinlik va razolat yanglig‘ tuban istaklarni qo‘shib berding? Nechun unga boshqa hech bir tirik zotga ato qilmagan o‘tkir tafakkur va yetuk aql-zakovat in’om etib, bu aql-zakovatni tubanlik, razolat va qabohat yo‘lida ishlatmoqni ravo ko‘rding? – Beruniy, go‘yo ko‘kdan sado kutganday bir nafas sukutga cho‘mdi. Ibn Sino go‘yo uning mungli kuyday sokin oqqan ovoziga sehrlanganday boshini osiltirganicha mahzun xayollarga tolgan edi” (320-bet). Ko‘rinadiki, bu ikki adabiy tip faqat o‘z taqdiri to‘g‘risidagina emas, balki butun insoniyat taqdiri, ona zamindagi hayotning mohiyati, razilliklardan jirkanish, ijtimoiy hayotni go‘zallatirish singari davrning dolzarb muammolari haqidagi falsafiy qarashlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Yaratilayotgan adabiy tip o‘z davrning yechib bo‘lmas ijtimoiy muammolariga haqqoniy munosabat bildirish vositasiga aylangan, davr haqiqati ya’ni zamondoshlarining jamiki fazilatlarini o‘zida mujassam etgandagina qiyomiga yetgan bo‘ladi. Shu bois, Beruniy va ibn Sinolarning romandagi badiiy in’ikoslarini davr adabiy tipining yuksak darajadagi namunasi deb qabul qilish mumkin. Agar o‘zbek tarixiy romanlaridagi ko‘pgina adabiy tiplarga nazar tashlasak, ularning aksariyati o‘z davrining ijtimoiy mezonlari va talabalaridan o‘zib ketib, kelajak tongini avvaldan ko‘ra olgan ulug‘ zotlar ekaniga amin bo‘lamiz. Shunday buyuk zotlar sirasiga Beruniy va ibn Sino kabi allomalarni ham qo‘shish lozimdurki, ularning “Ko‘hna dunyo” romanidagi badiiy obrazi o‘z davri hayotining poetik ko‘zgusi vazifasini bajaruvchi adabiy tip darajasida tasvirlangan. II. IJODKORNING PAFOSI VA TARIXIY VOQELIK II.1.P.QODIROVNING “AVLODLAR DOVONI” ROMANIDA PAFOS VA OBRAZLAR YAXLITLIGI. Har bir adabiy asar yozuvchining ayni mahalda qanday g‘oyalarning maftuni ekanidan, hayotda nimalarni tasdiqlab, nimalarni rad etayotganidan dalolat sifatida maydonga keladi. Shu bilan, birga har bir asarning ana shunday ruhi hamda yozuvchining butun ijodiy mahsuloti va hatto hayoti, ijtimoiy faoliyati orasida 31 umumiylik bor. Yozuvchi o‘z asarini beixtiros, befarq yozolmaydi. Har bir asarga harorat bergan ehtiros esa yozuvchining butun ijodini va ma’naviy hayotini ichidan to‘ldirib turgan intilishning, fidokorlikning, qisqasi, zo‘r extirosning uchqunidir xolos. Bu extiros har bir yirik yozuvchida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Bir yozuvchidagi extiros ikkinchi yozuvchi ijodida bo‘lgan extirosdan mazmunan farq qiladi. Badiiy adabiyot va umuman san’atda mavjud bu estetik hodisani ko‘pincha, “pafos” termini bilan ifoda etiladi. “Pafos” lotincha so‘z bo‘lib, bir hisga qattiq berilish, zo‘r hayajon ehtiros demakdir. Oddiy hayotda biror kishi o‘z fikrini chuqur e’tiqod bilan “yonib – kuyib” ifodalasa, uni “pafos” bilan so‘zlayotir deydilar. Adabiyotshunoslik va san’atshunoslikda ham “pafos” so‘zi ana shunga yaqin, ammo undan ancha keng va chuqur ma’noda ishlatiladi. “Pafos” so‘zining ma’lum estetik hodisani ifoda etuvchi termin sifatida ilmga, dastaval Gegel kirgizdi, Belinskiy esa adabiyot va san’at asaridagi “pafos” tushunchasini ilk marotaba ilmiy jihatdan keng asosladi, uning mazmunidagi ko‘p yangi qirralarini ochdi. O‘zbek klassik adabiyotshunosligida biror asarning mazmuniga singib ketgan chuqur ma’no va hayajonni qayd etmoqchi bo‘lganlarida, ma’nosi jihatdan “pafos” so‘ziga yaqin “dard” tasdiq qilar edilar. O‘zbek xalqining “Bu odamning dardi falon narsa” degan ifodasi bilan shoirning dardi haqidagi ta’bir orasida shubhasiz, aloqa bor. Har bir san’at asarining kuchi uning mazmunidagi ana shu extirosni, “dard”ni o‘quvchi, eshituvchi yoki tomoshabinga “yuqtira bilish”da ko‘rinadi. Ammo “extiros” yoki “dard” iboralari badiiy asarga xos ana shunday “yuqtiruvchanlik’ xususiyatini to‘la ifoda etolmaydi. Belinskiy pafosning extirosga o‘xshashligini qayd etishi bilan birga, ularning aynan bir narsa emasligini ham o‘qtirib o‘tadi. Extiros – umuman his - hayajon demakdir. Pafos esa g‘oya bilan bog‘liq bo‘lgan hisni, biror g‘oyaga maftunlik natijasida ijodkorda paydo bo‘lgan qattiq hayajonni, ko‘tarinki ruhni bildiradi. “Pafos nima? – deb so‘raydi Belinskiy va javob beradi: - ijod ermak yoki 32 havas emas, u san’atkorning zahmat chekishi samarasi… Xuddi ona chaqalog‘ini o‘z qornida olib yurganidek va o‘stirganidek, san’atkor ham o‘z ichida poetic fikrning urug‘ini olib yuradi va undiradi; ijod protsessi bola tug‘ish protsessiga o‘xshaydi va bu jismoniy hodisaga xos azoblar unga ham yot emas, bu ma’naviy azoblar, albatta, huddi shu sababli, agar shoir ijodiy mehnat va qahramonlikka belbog‘lagan ekan, demak, qandaydir qudratli kuch, qandaydir yengilmas ehtiros uni shunga tortadi, shunga intilishga majbur etadi. Bu kuch, bu ehtiros – pafosdir Pafosda ijodkor xuddi jonli, go‘zal mavjudodga ko‘ngil bergandek, g‘oyaga maftun bo‘lgan zot sifatida namoyon bo‘ladi, bu mavjudotning o‘zi ana shu g‘oya bilan extirosli ravishda to‘lib toshgan bo‘ladi va san’atkor bu g‘oyani ongi, idroki bilan emas, faqat bir his bilan emas va o‘z ruhining birorta qobilyati bilan emas, balki o‘z ma’naviy hayotining butun to‘laligi va yaxlitligi bilan mushohada etadi. “Pafos” deganda ham ehtiros ko‘zda tutiladi, shu bilab birga boshqa har qanday ehtiros kabi insonning to‘lqinlanishi, butun asab sistemasining larzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan extiros ko‘zda tutiladi; ammo pafos doimo inson qalbida g‘oya kuchi bilan alanga oldirayotgan va doimo g‘oyaga intiluvchi “extiros”dir Belinskiy fikricha, pafos – yozuvchi shaxsini va asarlarini tushunishning kalitidir. “Pafossiz shoirni qo‘lga qalam olishga nima majbur etganini va unga ba’zan ancha katta asarni boshlash va oxirga yetkazish uchun kuch va imkoniyat bergan narsa nima ekanini tushunish mumkin emas. Tasvirlangan xarakterlarni, ularni obyektiv milliy ahamiyati jihatidan yuzaga kelgan chuqur va tarixan haqqoniy, g‘oyaviy – hissiy baholash yozuvchining ijodiy fikri va uning asari pafosidir estetik ta’sir pafossiz paydo bo‘lmaydi, pafos grekcha, ehtiros demakdir. U badiiy asarni boshidan – oxirigacha ipak ipday o‘tadi. Aristotel aytishicha, pafos, ya’ni “Extiros… falokat va iztirob keltiruvchi harakatdir”. Jahon adabiyoti nazariyotchilaridan biri bo‘lgan Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida she’riyatning “otashin” bo‘lishi haqida so‘zlagan, “Layli va Majnun” dostonida esa, she’rda “dard” bo‘lishi lozim, deydi. Gegel shunday egan edi: “Pafos asarning chinakam markazi, chinakam saltanatini tashkil etadi… bosh masala hisoblanadi”. V.G.Belinskiy pafos adabiyotning mazmunidir. 33 “Shoir pafosni tadqiq etish tanqidchilikning birinchi vazifasidir”, degan. Pafos asarning umumiy ruhi, “yadro”si. “Estetik mohiyatiga ega bo‘lgan his – tuyg‘ulargina pafos bo‘lishi mumkin”. Pafos faqat ehtiros, hissiyot, to‘lqinlanishgina emas. Pafos yozuvchining qahramon obraziga munosabati, asar yo‘nalishi, umumiy konsepsiyasi, harakatdagi estetik idea, mazmunning markazlashuvi, fikr va his birligidir. Demak ijodkorlarning pafosi ya’ni g‘oyasi, ayniqsa tarixiy romanlarda tarixiy voqelikni qay tarzda tasvirlashi bilan bog‘liq. P.Qodirov Bobur badiiy siymosi va boburiylar davri tarixiy haqiqatining badiiy talqinini yaratishdagi tarixiy hujjatlardan ijodiy foydalangan. Asarni yozishga kirishgan “romannavis tarixiy faktga ijodiy, tanqidiy yondashgan, undagi yetishmagan, jumboq bo‘lib ko‘ringan jihatlarni badiiy to‘qima, ijodiy xayol kuchi bilan tiklash va to‘ldirishga harakat etgan va tarix mantiqiga zid kelmaydigan badiiy haqiqatni ifodalab berishga erishgan ”. P.Qodirov “Yulduzli tunlar” romanida Bobur hayotining hamma davrlarini qamrab olishga harakat qilganligi ham bejiz emas. Chunki Bobur butun umrini kuchli markazlashgan davlat tuzib, buyuk bobokaloni Amir Temurning qahramonliklarini takrorlashga bag‘ishlagan edi. Boburning hayoti va qismati tarixda juda kamdan kam sodir bo‘ladigan hodisalardan hisoblanadi. U hali gudaklik chog‘laridayoq toj- taxt talashish va qirg‘inbarot urushlar girdobiga tushib qolgan edi. Otasi Umarshayx Mirzo halokatga uchraganida Bobur endigina o‘n ikki yoshga to‘lgan edi. Xuddi shu yoshida taxtga o‘tirgan Bobur Mirzo xarakterining ibratli jihatlari ayni shu yoshlik yillaridayoq aniq namoyon bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Nazarimizda, masalaning bu tomonlarini chetlab o‘tish adib oldiga qo‘ygan umumiy maqsadga muvofiq kelmas edi. Ikkinchidan, Bobur xarakterining shakllanish jarayonini bekamu –ko‘st ko‘rsatib berish uchun o‘sha davr ijtimoiy hayotiga oid murakkab muammolarning ildizini chuqurroq ochish, davr haqiqatining barcha qirralarini keng ko‘lamda yoritib berish, muhitning Bobur xarakteri takomiliga ta’sirini tarixiy voqelik ko‘lamida talqin qilish zarur edi. Shu boisdan ham yozuvchi romanni oddiy mehnatkash boshiga 34 tushgan iztirobli hodisalar haqida hikoya qiluvchi “Quva” qil ustida turgan taqdirlar” deb atalgan bob bilan boshlashni lozim topgan. Yirik tarixiy hodisalar va ijtimoiy hayot oqimini bevosita inson xarakteri tasviri orqali aks ettirish Boburning shaxsiy hayotini birinchi planga ko‘tarish huquqini bermaydi, albatta. Aksincha, tarixni inson orqali tasvirlash davrning ruhiy va axloqiy boyligini insonparvarlik va hayotsevarlik jabhalaridan turib, ko‘p qirrali tasvirlash imkonini beradi. Sujet to‘qimasida bunday yo‘l tutish qahramonlar taqdiri, ularning o‘zaro murakkab munosabatlari, ichki kechinmalari olamiga chuqur kirib borish, badiiy to‘qimada davr va jamiyat haqiqatini teran ifoda etish garovidir. Zotan badiiy to‘qima imkoniyatlarisiz tarixiy shaxslar obrazlarini butun murakkabligi bilan ko‘rsatish, to‘laqonli adabiy tip darajasida tasvirlash mushkulligini yozuvchi chuqur his qiladi. To‘qima davr haqiqatini keraksiz chiqitlardan tozalash, badiiy tasvir ko‘lamini kengaytirish, epik bayonni ta’sirdor shaklga solishga yo‘l ochadi. “Yulduzli tunlar” dagi badiiy to‘qimaga xos yana bir xususiyat shundan iboratki, asardagi har bir obraz o‘sha davr tarixiy sharoitining g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy va ijtimoiy mohiyatini ochishga qaratilgan muayyan badiiy vazifa bilan ta’minlangan. Boshqacha qilib aytganda, yozuvchi davrning ijobiy va salbiy jarayonlarini faqat tarixiy shaxslar taqdiri, ruhiy kechinmalari va tuyg‘ulari vositasida qayta jonlantirishga intiladi. Bunga erishish uchun esa u asosiy e’tiborni, birinchi navbatda, Bobur xarakterining tadrijiy rivojiga qaratadi. Bobur xarakteri o‘sha davr uchun tipik bo‘lgan va butun mamlakatni larzaga solgan voqealar tizmasi orqali olib o‘tiladi. Adib asar bosh qahramonining o‘sha voqealarga munosabati hamda bu munosabat natijasida uning ruhiy holati va kechinmalaridagi o‘zgarishlarni teran badiiy tahlil qiladi. Ko‘rinadiki, tarixiy voqelik yozuvchi badiiy hofizasida “qayta bichib, tikiladi”. Romanning ilk sahifalaridayoq katta tarixiy voqealar bilan romandagi xarakterlar orasidagi munosabatlar sujet to‘qimasiga negiz qilib olingan bo‘lib, yozuvchi qariyb butun asar davomida ana shu ijodiy yo‘ldan boradi. P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida “muallifdan” deyilgan 35 izoh bor. Ana shu bitikda yozuvchini roman yaratishga ilhomlantirgan ijodiy niyatning tug‘ilishiga asos bo‘lgan sabablarga quyidagicha ishora bor: “Zamonaviy ehtiyojlar bizni tarixdan saboq olishga undaydi. Bugungi odamzodni bezovta qilayotgan katta muammolar o‘tmish zamonlarda boshqacha shakllarda va o‘zgacha miqyoslarda bo‘lsa ham ajdodlarimizning boshiga tushgan. Ular bu muammolarni tushunish va hal qilish yo‘lida juda ko‘p ma’naviy izlanishlarni boshidan kechirganlar va o‘z tarixiy tajribalarini bizga meros qilib qoldirganlar. Ana shu muammolar orasida inson zotiga juda ko‘p azoblar bergani – turli davlatlar va mafkuralar adovatidan kelib chiqadigan qirg‘in urushlardir. Ayniqsa, hozirgi dunyoga hokim bo‘lish ishtiyoqida yurgan yovuz kuchlarning sovuq urush uchqunlarida dahshatli atom alangasini yoqishga intilayotgani odamzod hayotini xavf ostida qoldiradi. Bu xavfni bartaraf etish ishiga butun dunyoning taraqqiyparvar kuchlari va barcha xalqlarning eng ibratli tajribalari safarbar etilmoqda. Shu umuminsoniy safarbarlikka bizning ajdodlarimiz orttirgan tarixiy tajribadan ozgina bo‘lsa ham hissa qo‘shish niyati mazkur romanning yozilishiga turtki berdi. Uning asosiy voqealari bizga qo‘shni va do‘st mamlakat – Hindistonda, XVI asrda bo‘lib o‘tadi. Bu davrda hind xalqi hayotida yuz bergan madaniy ko‘tarilish jarayoniga Movarounnahr borgan iste’dodli tarixiy shaxslarning mehnati singganligi ko‘pchilikka ma’lum. Xalqlarimiz tarixining chatishgan va payvand bo‘lgan nuqtalaridan turli ellarni bir -biriga ruhan yaqinlashtiradigan va turfa madaniyatlarni yuksaltiradigan ma’naviyat mevalari yetilib chiqdi. Badiiy to‘qima ijodiy niyatning tug‘ilishidan ya’ni pafosdan boshlanadi deyilganda, eng avvalo, obrazli g‘oya ko‘zda tutiladi. Chunki, yozuvchi bugungi zamonaviy ehtiyojlarni ham, tarix saboqlarini ham badiiy tahlil qilish jarayonida olgan taassurotlaridan ta’sirlanib ketadi-yu, yozilajak romanga asos bo‘ladigan bosh g‘oyani topib oladi. Zamondoshlarimizni bezovta qilayotgan ko‘pgina muammolar qachonlardir ajdodlarimiz boshiga ham tushgani, ular esa bu 36 muammolarni hal qilib, o‘z tarixiy tajribalarini bizga meros qilib qoldirganliklarini yozuvchi obrazli tasavvur qila boshlaydi. Ana shu pafos Xumoyun va Akbar singari tarixiy shaxslar faoliyatlarini yozuvchi ruhiy olamiga muhrlab, ularning umuminsoniy ahamiyatga molik ulug‘ ishlari adovat tufayli kelib chiqadigan qirg‘in-barot urushlarning oldini olish va tinchliksevarlik g‘oyalarini keng yoyishdek ezgu faoliyatlari yozuvchi ijodiy niyatini to‘lishtira boradi. Yozuvchining pafosi shu qadar ulkanki, u birgina o‘z ona xalqini emas, butun insoniyat istiqbolini o‘ylaydi: “Barcha ellarni bir-biriga ruhan yaqinlashtirish qanchalik muhim bo‘lsa, turli avlodlar orasidagi nizoni yo‘qotish va mehr-u oqibatni mustahkamlash ham shunchalik zarurdir. Tabiat qonuniga binoan avlodlar almashinib turadi. Yangi avlod avvalgisining o‘rniga kelganida nizo chiqishi, alg‘ov-dalg‘ov bo‘lishi tarixda ko‘p uchraydigan hodisadir. Yangi avlod o‘z ota-bobolarining eng yuksak insoniy va ijodiy tajribasini egallaganda tarixning baland bir dovonidan oshganday tuyuladi. Bunday ma’naviyat dovonlaridan oshish, ayniqsa, o‘tmishda mutloq hokimiyat, xurofot va jaholat avj olgan zamonlarda benihoya mushkul kechgan, bu dovon yo‘llarida og‘a bilan ini yovlashgani, bola otaga qarshi isyon qilgani, barcha yo‘qotishlar va mushkulotlarga bo‘y bermay tog‘ oshgan odamlarning hayotiy tajribalari va ma’naviy meroslari bugungi avlodlarimizga tarixiy saboqday xizmat qilsin, degan niyat ham shu romanning yozilishiga sabab bo‘lid” (8-son, 9-bet). “Barcha yo‘qotishlar va mushkulotlarga bo‘y bermay” dovon oshganlar orasida Xumoyun va uning o‘g‘li Akbar shoh siymosi va faoliyatlari romanning yetuk mazmuni va mukammal sujetini shakllantiradigan g‘oyaviy niyat negizidir. Romanda tasvirlangan tarixiy va to‘qima obrazlarning barchasi yetakchi adabiy tip – ya’ni Akbar shoh atrofiga to‘planib, badiiy mushtaraklikni tashkil etadi. O‘z- o‘zidan anglashiladiki, Akbar shoh siymosi romandagi fikr birligini – ya’ni obrazli g‘oyaning negizini tashkil qiluvchi urug‘dir. Yozuvchi o‘z romanini ana shu urug‘ni gurkiratib ko‘kartirgan barakali va serhosil zaminni- tarixiy voqelikning manzaralarini mohirona chizishdan boshlaydi. Kitobxonlar ko‘z o‘ngida 1528-yil 37 voqealari jonlanadi. Yozuvchi yaratgan manzarada yoshi oltmishlardan oshgan, sochlari oqarib, jussasi kichik bo‘lib qolgan Xonzoda begim xomush bir qiyofa bilan yolg‘iz o‘tirgani tasvirga kiritiladi: “Bog‘ juda orasta, yo‘lkalarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi. Lekin bu hammasi Xonzoda begimga juda omonat tuyuladi: Qonli janglarda barpo etilgan ulkan davlat hanuzgacha hind yeriga teran ildiz otolgan emas. Fotihlik qilichining yaralari tezda tuzalmas ekan, mamlakatning turli o‘lkalarida Xumoyun va uning inilariga qarshi ketma-ket isyonlar bo‘lmoqda. Shu xatarli vaziyatda og‘a-inilar inoq bo‘lish o‘rniga bir- birlari bilan chaplashib, hokimiyat talashadilar. Xonzoda begim ularni murosaga keltirolmay qiynaladi. Hozir bog‘da o‘ltirgan paytda ham, butun o‘y-u xayoli og‘a- inilarning uzoqdagi nizolaridan beri kelmaydi” (8-son, 9-bet). Begimning parishon nazari tushib turgan ko‘kalamzor maydonda esa bir to‘p otliq qizlar chavgon o‘ynashmoqda. Ular orasidan Xonzoda begim Xumoyunga arzigulik umr yo‘ldoshini izlaydi. Yozuvchi mohirlik bilan chavgon o‘ynayotgan qizlar orasida Hamida bonuni alohida ajratib, uni Xonzoda begim bilan uchrashtirib, bu go‘zal qizni nozikta’b begim nigohi bilan sinovdan o‘tkazadi. Xonzoda begim o‘z davrining ilg‘or kishisi, akasi Bobur tuzgan yirik davlatning barcha quvonch-u g‘amlariga sherik, Xumoyun shohga kamarbasta zamonasidagi qirg‘inbarot urushlarning oldini oluvchi, tinch-totuv va baxtu farovon turmushning tarafdori bo‘lgan yetuk bir inson. Yozuvchi uning zimmasiga davrning zalvorli yukini yuklagan, ruhiy olam go‘zalligi va aql –idrok komilligi bilan bog‘liq barcha tasavvurlarini ham shu ayol obrazida mujassamlashtirilgan adib uni davrning ilg‘or adabiy tipi darajasiga ko‘targan. Biroq, bularning barchasi Akbarshoh obrazining badiiy zamini ekanligini sezgir kitobxon tezda idrok etadi. Xonzoda begimning ko‘pni ko‘rgan tajribali ko‘zlari Hamida bonuga umid bilan tikilishi ham bejiz emas. Xonzoda begim uzoq umri davomida naryog‘i Shayboniyxondanu, shoh Ismoildan tortib bu 38 yog‘i temuriy tojdorlargacha qanqa-qancha shahzodalarning oilaviy hayoti bilan yaqindan tanish bo‘lgan, ne-ne malikalarning toj-u taxt taloshlarida shikast yeganliklariga guvoh bo‘lgan. Hamidaning husniga yarasha aqli ham yetukligi, pishiqligi Xumoyunning ichki va tashqi ziddiyatlarga to‘la mashaqqatli hayotiga balki shu qizning bardoshi yetar, balki ular orzu qilgan o‘g‘ilni shu qiz tug‘ib berar degan umid Xonzoda begimni unga tobora yaqinlashtiradi. Shu tariqa qizlarning chavgon o‘yini tasviri Navro‘z shodiyonalari tasvirlari bilan mohirona bog‘lab yuboriladi. Tasvirdan tasvirga o‘tilgani sayin tarixiy shaxslarning soni ham, salmog‘i ham osha boradi. Yozuvchi hayot bag‘riga, o‘zi yaratayotgan tarixiy shaxslar dunyosiga shu qadar chuqur boradiki, natijada har bir manzara, har bir obrazning ruhiy olami tiniq ko‘zguda aks etgan kabi o‘sha davr taraqqiyotini bor salobati bilan namoyon etadi. Xumoyun inilari bilan orasi buzilsa ham, Said Xalil boshliq ruhoniylar e’tirozlariga yo‘liqsa ham o‘zi tanlagan adolat va haqiqat yo‘lidan hech bir chekinmaydi, dadil olg‘a boraveradi. Ota meros davlati rivoji va istiqboli yo‘lida barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga intiladi. “Qonuni Xumoyuniy” degan yangi nizom o‘ylab chiqaradi. Yozuvchi o‘sha davr tojdorlarining taxt talashishlariga amir-u beklargina emas, hattoki, ruhoniylar ham aralashishganligini shayxulislom Said Xalil faoliyati vositasida tasvirga olib kiradi. Romanda tasvirlanishicha Bobur ta’limini olgan zukko Xumoyun din peshvolariga yon bermaydi: ulardan yuqoriroq turish, davlatni adolat ila boshqarish uchun tinimsiz intiladi. Biroq Said Xalil ham o‘z yo‘liga kirmagan Xumoyunning davlatini ichdan buzish maqsadida Komron mirzo bilan SHerxonni Xumoyunga qarshi gij-gijlaydi. Xumoyun uzoq viloyatlarga ketganda Said Halil Komron Mirzoga shoshilinch xufya yuborib, Loxo‘rni tezda egallashga undaydi. Uning fitnasiga uchgan Komron Qobulga Panjobni ham qo‘shib oladi. “Endi agar Sharqda Sherxon bosh ko‘targani rost bo‘lsa, Xumoyun otda bir oylik yo‘l bo‘lgan Bixorga qo‘shin tortib ketishi aniq” deb o‘ylaydi. O‘shanda Said Xalil Komron 39 Mirzoga yana bitta yashirin maktub yozib, “Agarni egallash payti keldi” deb da’vat qiladi. Mana sizga shayxulislom Said Xalilning asl qiyofasi. “Avlodlar dovoni” romanida tasvirlangan SHerxon ham Xumoyun singari tarixiy shaxs. U S h erxon Sur nomi bilan “Boburnoma” ning 1527-1528 - yilgi voqealari tavsifida ikki marta tilga olingan. Yozuvchi tarixiy xabar tarzida yetib kelgan ana shu ma’lumot asosida yirik adabiy tip obrazini yaratgan. “Qoshlari qalin, ko‘zlari ko‘kish, qirra burun kalta qirqilgan soqoli va qayrilma mo‘ylovi o‘ziga yarashgan durkun gavdali Sherxonning qarashlarida burgutni eslatadigan bir ifoda bor edi” deya yozuvchi uning siymosini yuksak mahorat bilan chizadi. Roman talqiniga ko‘ra, u Xumoyun bilan ham yaxshi tanish bo‘lgan. Ular o‘n uch yil burun Jamna bo‘yidagi ziyofatda uchrashishgan. Ammo, u paytda Sherxon hali o‘ttiz-qirqta yigitga bosh bo‘lgan kichik sipohiylardan biri edi. Uning Sesaranda otasidan qolgan yer-mulki bor bo‘lib, otasi o‘lgandan keyin o‘gay ona va inilari S h erxonni bu mulkdan mahrum qilmoqchi bo‘ladilar. S h erxon ona mulkini o‘gay inilaridan tortib olish uchun Boburdan himoya so‘raydi. Bobur uning markaziy hokimiyatdan uzoqroqdagi Sesaranda yurishini afzal ko‘radi-da, o‘z mulkini unga xatlab beradi. Yozuvchi ikki podsho – Xumoyun va Sherxonni bir-biriga qiyoslab, davr haqiqatini haqgo‘ylik bilan ochib berishga intiladi. O‘shanda qirq yoshlarda bo‘lgan Sherxon hisob-kitob va xo‘jalik yuritishni yaxshi bilar, Sesarandagi betartiblik va poraxo‘rlikni yomon ko‘rardi. U shayx Sa’diyning ko‘p she’rlarini yoddan biladigan o‘qimishli kishi tarzida ham shuhrat qozonadi. Sesarandagi dehqonlarning yerini o‘lchash, hosilni bexato hisoblash va soliqchilarning beboshligiga barham berishda ham tadbirkorlik bilan ish ko‘radi. Xayrixohlari uni “Sherxoni odil” deb atay boshlaydilar. Bu orada Bobur vafot etadi-yu, marhum Ibrohim Lodining inisi Mahmud Lodi qasoskor afg‘onlarni atrofiga to‘plab Xumoyunga qarshi isyon ko‘taradi. Mahmud Lodi Bixar va Sesaranni ham o‘ziga bo‘ysundiradi-yu, Sherxonni navkarlari bilan o‘ziga majburan qo‘shib, Xumoyunga qarshi urushga boshlab boradi. Bu urushdan mutlaqo manfaatdor bo‘lmagan Sherxon Sur qabilasi Lodilarga bo‘ysunishni 40 istamagan uchun ham Mahmud Lodi Xumoyun bilan yuzma-yuz urushayotgan paytda ustalik bilan o‘zini chetga oladi-yu, barcha navkarlarini urush maydonidan olib chiqib ketadi. Lodilar bu jangda Xumoyundan yengiladilar. Sherxon esa, Xumoyunga noma yozib, bir vaqtlar Bobur podsho Sesarandagi ota mulkini unga olib bergani uchun shunday qilganini bildiradi. Yozuvchining mahorati shundaki, u har ikkala podsho obrazini chizayotganida ham tarafkashlikka berilmaydi, balki adolat mezoniga tayanib turib davr haqiqatini berishga intiladi. Shu boisdan ham Sherxonning yaxshi jihatlari qanchalik yoritilmasin, hiyla va nayrangda ustamonligi ham e’tibordan chetda qolmaydi. Sherxonning Chunar hokimi qo‘lida sipohi bo‘lib yurib, keyinchalik uning go‘zal xotini Lod malikasiga uylanishi, shuningdek, Krishan Roy qal’asiga bir ming ikki yuz kishilik ayol kiyimidagi qo‘shinni kiritib, qal’ani zabt etishi, Amir Bahlulni tuhmatdan o‘ldirtirishi va nihoyat, Xumoyun sulhiga xiyonat qilishi tasvirida ham yozuvchi bu adabiy tipni xolisona tavsiflaganligini ko‘ramiz. Yozuvchi Nizom obrazini ham Xumoyun bilan yonma-yon qilib yaratar ekan, insoniylikdan holi bo‘lgan hech qanday g‘oya mavjud bo‘lmasligiga kitobxonlarni ishontiradi. U Nizomni Xumoyun davri adabiy tipi yuksakligiga ko‘tarar ekan, yolg‘iz insongina barcha voqealar va barcha g‘oyalar ijodchisidir, faqat insonning o‘zi mu’jiza yaratuvchidir va u chinakamiga intilsa, tabiat kuchlarining ustidan ham hukmronlik qila oladi tarzidagi davr haqiqatini mujassamlantirishga intiladi. “Avlodlar dovoni”dagi eng go‘zal sahifalar, aqllarni lol qoldiradigan shijoat, o‘lim bilan yuzma-yuz jangga kirishib, g‘olib kelgan mashaqqatli mehnat Nizom adabiy tipida o‘z badiiy ifodasini topgandir. Kitobxonlar Nizom faoliyati qarshisida Xumoyunning bosh egishiga, dunyoda oddiy xalq vakili bo‘lgan Nizomning aql-farosati, uning tasavvuri, o‘limlarni yengishdagi o‘ylab topgan tadbirlar qarshisida qandaydir bir tabiiylik borligiga ishonadilar. Shu boisdan ham ushbu adabiy tipni muqaddas deb biladilar. Chunki, Nizomdagi qat’iyat, insof, o‘ziga ishonch, do‘stiga sadoqat muqaddasdir. Uning o‘zi yaratgan yaxshiliklari- yu, har qanday iflosliklarga qarshi nafrati muqaddasdir. Unda hasaddan ochko‘zlikdan, jinoyat qilishdan uchqun ham yo‘q. U faqat halollik, sadoqat, 41 yaxshilik timsolidir. Yozuvchi bu adabiy tipga juda katta e’tibor beradi, unga butun mehrini beradi, ibrat yuksakligiga ko‘taradi, shu boisdan ham Nizom voqeadan voqeaga o‘tilgani sayin o‘stirilib boriladi. Aslida bu obraz ham muarrixlar asarlarida nomi zikr etilgan tarixiy shaxsdir. Xumoyunning Nizom suvchini taxtga chiqarganligi Abulfazlning “Akbarnoma”sida, Javhariyning “Xumoyunnoma” sida, Gulbadanbegimning esdaliklarida qayd etilganligini yozuvchi to‘g‘ri izohlagan. Halollik faqat mehnatkash insonlargagina xos fazilat ekanligi ana shu xarakterda o‘z badiiy ifodasini topgan. Sherxon bilan bo‘lgan dahshatli jangda bir necha o‘limlarni chetlab o‘tgan bo‘lsa-da, behos daryoda cho‘kayotgan Xumoyunni Nizom suvchi qutqazmoqchi bo‘ladi. Biroq, Xumoyun daryodan tirik chiqishiga ko‘zi yetmay, “meni qo‘ying, o‘zingizni qutqazing”,- deydi. Nizom esa “Yo‘q, hazrat. Men sizning kemangizda xizmat qilib, maosh olurman. Sizni suvdan o‘tkazib qo‘ymasam, bergan noningiz xarom bo‘lgay. Men halol non yeb o‘rganganmen”,- deydi. Xumoyun kemada eshkakchi bo‘lib xizmat qiluvchi yigit shunday xatarli vaziyatda ham halol- haromni unutmasa, bunda bir karomat bor deb tushunadi. Haqiqatan ham u tezda shu karomatning shohidi bo‘ladi. Nizom kiyimlari shalabbo bu yarador yigit zamona tojdori – podsho ekanini eslaydi-yu, unga “agar meni rostdan tutingan ini o‘rnida ko‘rsangiz ikki og‘iz arzim bor”, - deydi va Xumoyun taqdirida muhim ahamiyat kasb etgan davr haqiqatini unga tushuntiradi: “Poraxo‘r amaldorlar bilan aldamchi shayxlar mamlakat xalqini sizdan bezdirdi. Qancha hind yigitlari S h erxon tomonga o‘tib ketdi. Axir S h erxon hindi- yu muslimni bir-biridan ajratmas ekan...: - Men ham hindi-yu muslimni yakdil qilish orzusida edim. Ammo bu mushkul ishda kimga tayanishimni bilmadim. - Hind xalqiga tayaning-da, hazrat, bu elda bhaqtiylar (adolatparvar xalq harakatining ishtirokchilari) bor. Ularning shiori Kobir hindi-yu muslimni o‘z dilida birlashtirgan. Mening otam Bhaqtiy tarafdori bo‘lgani uchun tuhmat bilan zindonga tashlandi. 42 - Kim tuhmat qildi? - Siz ishongan amaldor - u shayxlar. - Men o‘zim adolatsiz muhitdan qanday qutulishimni bilmasman. Otangiz Agradagi zindondami? Poytaxtga qaytaylik... Siz o‘zingiz otangizga tuhmat qiling amaldor - u shayxlarga jazo bergaydirsiz” (8-son, 39-bet). Yozuvchi Xumoyun Mirzo xarakterini yaratish orqali davrning katta bir haqiqatini – turli ellar, turli mafkuralarga daxldor kuchlarni birlashtirib, yirik bir markazlashgan davlat tuzishning nihoyatda mushkulligini sahifama-sahifa ocha boradi. Xumoyun Sherxon, shoh Ismoil va shoh Tahmasi bilan to‘qnashganida ne- ne o‘limlarni dog‘da qoldirib, o‘zining dovyurakligi va tadbirkorligi bilan to‘siqlarni doimo yengib o‘tib, dadil olg‘a intilaveradi. Romandagi har bir obraz o‘ziga xos badiiy vazifa bajaradi, ya’ni davrning o‘ziga yuklatilgan bir haqiqatini tashiydi. Fikrimiz dalili sifatida Sherxon obrazini olib ko‘raylik. Sherxon harbiy hiylalar, xiyonatlar, qotilliklar evaziga besh yil taxtda o‘tirib, zo‘r shiddat va sur’at bilan yangi bir davlat tuzadi. Biroq, uning o‘limidan so‘ng o‘zaro urushlar-u, ichki nizolar sabab bo‘lib, shiddat - u sur ` at bilan bunyod etilgan bu davlat tezda parchalanib ketdi. S h erxonning katta o‘g‘li Odilxon janglarda ishtirok etmasa-da, Agraga kelib, o‘zini shoh deb e’lon qiladi. Biroq, boshqa bir qancha amirlar S h erxonning o‘rtancha o‘g‘li Jalolxonni valiahd deb tan oladilar. S h erxonning eng mashhur lashkarboshilaridan Havasxon Sirhidda esa Jalolxonga qarshi isyon ko‘taradi. Panjob hokimi Haybatxon ham Jalolxonni tan olmaydi. Chinarda Sherxonning kuyovi Ahmadxon Sur, Bangolada Ibrohim Sur va yana boshqa-boshqalar yagona davlatni parchalab, o‘zlaricha mustaqil podsho bo‘lish harakatiga tushadilar. Bu bilan yozuvchi xiyonat va xiyla-nayrang asosiga qurilgan har qanday yirik davlat bir kunmas bir kun parchalanib ketishga mahkumdir degan davr haqiqatini badiiy ifodalab bera olgan. Yozuvchi roman markazida turuvchi Xumoyunni Boburning valiahdi tarzida tasvirlar ekan, o‘z jigargo‘shasiga umrini baxsh etib ketgan Bobur Mirzo umriga qo‘shib qismatini ham meros qilib qoldirganligi ochib beradi. Bobur hayotida ro‘y 43 bergan o‘sha mag‘lubiyatlar, o‘sha quvg‘inlar, o‘sha sargardonliklar Xumoyunning ham boshiga tushadi. U og‘a -inilar o‘rtasidagi nizodan yuragi qon bo‘lib, juda katta jabru-jafolar ichra kechgan yetti yillik kurashdan so‘ng uch ukasini bir dasturxon tevaragiga yig‘ishga muyassar bo‘ladi: “Xumoyun to‘rga o‘tdi-da, o‘ng yoniga Komronni o‘tqazdi Askariy bilan Hindol ikki tomondan joy olishdi. Oltin kosalarda eng avval xushbo‘y gulob keltirildi. Bir kosa gulobni oldin Xumoyun, so‘ng Komron ichdi. Ikkinchi kosadagi gulobning bir qismini Askariy ichib, qolganini Hindolga berdi. Palovdan keyin Xumoyun bitta chinni tarvuz so‘ydirdi. Tarvuzni teng ikki pallaga bo‘lib, bir pallasini Kamron bilan Xumoyunning oldiga, ikkinchi pallasini kichik inilar oldiga qo‘yishdi. Bahorgacha asralgan bu tarvuz juda shirin edi, to‘rtovlari ham uni maqtab-maqtab yedilar. Bari bir tarvuz ulardan ortib qoldi. - Ana, -dedi Xumoyun, - to‘rtalamizga bitta tarvuz yetib ortar ekan. Talashib tortishishning ne hojati bor? Mamlakat ulkan- Qandahordan Badaxshongacha. Nahotki shu bizga yetmasa? Komron xijolatdan qizarib, mahzun bir qiyofa bilan: - Nachora, xom sut emgan banda ekanmiz, -dedi. - Mayli, o‘tgan ishga salovat, -dedi Xumoyun ( 22-bet). Biroq, oradan ko‘p vaqt o‘tmay, og‘a-inilar orasidagi ahillik yana buziladi. Yana og‘a-inilarning toj-taxt talashlari boshlanib, Hindol mirzo shu jangda o‘ladi. Askariyni Islomshoh qatl etadi. Komronning ko‘ziga Xumoyun mil torttiradi va u umrbod ko‘r bo‘lib qoladi. Toj-taxt talashgan Komron bilan Xumoyun ota qabrida uchrashib qolishganida, Komron uni ovozidan tanib, “og‘a” degisi kelmay, “Siz men uchun endi faqat shohsiz” deydi. Xumoyun ham “Ha, shohlik o‘zi shafqatsizlikdir. Ahli jahon shunday bo‘lsa biz ne qilaylik?” – deb hukm chiqaradi. Ana shu hukmda shohlik ustidan chiqarilgan davr haqiqati yarq etib ko‘zga tashlanadi. Yozuvchi Xumoyun bilan inilarining yetti yillik qirg‘inbarot urushlarining xulosasini mujassam etib g‘olib shoh tilidan shu haqiqatni bayon etadi. Yozuvchi Xumoyun siymosida davrning yetuk adabiy tipini yaratishga intilgan. 44 U shunday bir muhitda harakat qiladiki, muhit uning orzularining, tuzgan rejalarining amalga oshuviga yo‘l bermaydi. U o‘z davrining haqiqatini tushunib yetadi. Odamzod jamiyati hali benihoyat nokomil degan xulosaga keladi. “Alohida komil siymolar bor, ammo butun jamiyat – atrofimizni o‘rat turgan tabiatga nisbatan g‘oyat xom, betartib, yeru ko‘kdagi tartibu muvozanat meni doim hayratga solur. Oftob vaqtida chiqqay. Oy aniq soatu daqiqasida to‘lg‘ay. Yulduzlar zo‘r bir tartib bilan aylangay, - deb o‘g‘liga zorlanadi u. “Xayolparast ekanmanmi, yeru ko‘kdagi mana shu tartibu muvozanatni jamiyatga tadbiq etmoqchi bo‘libmen. Ammo, men tabiatda yo‘q jaholat-u xurofot, riyokorlig-u amalparastlik, g‘alamislig-u xoinlik jamiyatda bijg‘ib yotganini unutgan ekanmen”, -deb o‘kinadi. “To‘g‘ri, tabiatda yo‘q ilm - u hunar, marifat - u zakovat fozil odamlarda bor. Lekin bizning jamiyatimizda hali ular oz. Shuning uchun mening bu yo‘ldagi harakatlarim shamolni tutib tartibga solmoqchi bo‘lgan xayolparastning ishidek bekor ketdi”,- deb iqror bo‘ladi. “Endi o‘ylasam jamiyatni takomillashtirish uchun uni tabiatdan uzoqlashtirib – diniy adovat, milliy nizolarni yo‘qotmoq kerak ekan”, - deb hukm chiqaradi. Avlodlar osha ulug‘ maqsadlarni ko‘zlab xayol surish, shu ulug‘ maqsadlarni ulug‘ iste’dod bilan amalga oshirishga intilish Bobur, Xumoyun va Akbar siymosiga xos mushtarak xususiyat bo‘lgani uchun ham yozuvchi o‘z asarini “Avlodlar dovoni” deb atagan. Xumoyun o‘z o‘g‘li Akbarga davrning eng komil siymolarisiz hech bir ulug‘ maqsad amalga oshmasligini, shu bois eng zo‘r iste’dodlarni o‘z atrofiga to‘plash lozimligini uqtiradi. Dunyoning hech bir boyligi, hech qaysi gavhar-u javhar inson iste’dodichalik quvonch-u shuhrat keltira olmasligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Xumoyun otasi Boburning kitobidan alohida nusxa ko‘chirtirib, uni o‘g‘li Akbarga tortiq etadi. Ming bir o‘lim girdobidan omon va g‘olib chiqqan Xumoyun Sherxon qurdirgan tosh zinapoyalardan yiqilib, vafot etadi. O‘n uch yoshida otasidan ajralgan Akbarning hayotida ham bobosi Boburning qismati takrorlanadi: u ham bobosidek qirg‘inbarot urushlar to‘fonida qoladi. 45  Xullas, tahlillarimizdan ko‘rinib turibdiki, Pirimqul Qodirov “Avlodlar dovoni” romanidagi jamiki obrazlarini o‘zgacha pafos bilan yaratganki, shu nuqtai nazardan asarda obrazlarning o‘ziga xos yaxlitligi ko‘zga tashlanadi. II.2 “AVLODLAR DOVONI” ROMANIDA KONFLIKT VA IJODKOR G‘OYASI Avlodlar dovoni» romanida boburzodalar, ularning muhiti ishonarli tasvirlangan. Pirimqul Qodirov bir necha bor Hindistonga bordi, sharoit, muhitni Humoyun, Akbar singari boburzodalar yashagan muhitni ko‘zi bilan kuzatdi, roman qahramonlari xarakteridagi asosiy xususiyatlarni aniq bilib olishga ingildi. Humoyun otasi boshlagan ezgu ishlarni davom ettirdi, shahzodalar aro 46 ziddiyat, jang - u jadallar yo‘lini to‘sdi. Jigari bo‘lishiga qaramay haddidan oshib ketavergan Komron Mirzo ko‘zlariga mil torttirdi. Akbar shoh Hindis ton tarixida betakror qayta quruvchi (reformator), faylasuf sifatida iz qoldirdi. U, otasi, bobosi singari, muqaddas kitoblarni berilib o‘qidi, donishmandlar bildirgan teran qarashlardan ogoh bo‘ldi. Akbar shoh faoliyatida musulmon dini qarashlari bilan hindlarning donishmandliklari birlashib ketdi. Pirimqul Qodirovning tarixiy asarlarida XIV—XVI asrning nurli siymolari – Amir Temur, Zahiriddin Bobur, Xumoyun Mirzo, Akbarshoh singarilar xarakteri yaratildi. Yozuvchi inson va zamon bog‘liqligi, shaxs va ijtimoiy muhit aloqadorligini ishonarli ko‘rsatdi. Tarixiy asarlarda Pirimqul Qo dirovning san’atkorlik mahorati, hech kimnikiga o‘xshamagan uslubi, muammolar yechimidagi donishmandligi, teran gafakkuri aniq ko‘rindi. Ayniqsa, ijodkorning g‘oyasi “Avlodlar dovoni” romanida qahramonlararo tortishuvlarda, konfliktlarda tiyran ochiladi. Yozuvchi Akbarning shohlik faoliyatida, o‘y va xayollaridan doimo davr haqiqatini bo‘rttirib berishga intiladi. Uning diniy adovatga keskin qarshi turganini, ilm-u ma’rifat va madaniy qurilishlarga keng yo‘l berganini, el-u ulus manfaati va osoyishtaligini o‘ylab ish tutishini keng yoritadi. U g‘animlar bilan kurashda otasining xatolarini takrorlamaslikka intiladi. Yangi davlat ham bamisoli daraxt kabi mustahkam ildiz otmaguncha uni sug‘urib tashlash oson bo‘lishini otasining Ganga bo‘yidagi mag‘lubiyati misolida idrok etgan edi. Akbar ichki adovatlarni bartaraf etgandan keyingina tashqi dushmanlarini bartaraf etishga otlanadi. Natijada Akbar Bengaliyadan boshlanib arab dengizi va Kambey ko‘rfazigacha cho‘zilgan ulkan hududdagi saltanatning hukmdori bo‘lib qoladi. Hind sarkardalari va brahmanlari Akbarni eng oliy daho – chakvarti (gineralissimus unvoniga o‘xshash) deb atay boshlaydilar. Sharqdagi g‘alaba uchun uni “ming bir tug‘iladigan yengilmas Mahdiy” deb entikib ulug‘laydigan bo‘ladilar. 47  Bu me ` yorsiz maqtovlar Hamida bonuni ham hovliqtirib yuboradi. Hamidabonu ham, Akbar ham bosar-tusarini bilmay qoladilar. Akbar o‘ziga qarata aytilgan “dovyurak botir” ta’rifini eshitgan sayin yangidan-yangi xatolarga yo‘l qo‘ya boshlaydi. Mastlikda hindlarning qilich o‘yinini bajaraman deb o‘lib ketishiga sal qoladi. Fil janglarida ham o‘zini xatarga qo‘yib, o‘limdan bazo‘r qutuladi. Akbar ma’naviy olamida zilzila boshlanadi. U tabiatdagi poklik, go‘zallik va muvozanatni ko‘rib havasi keladi. Akbar tabiatdan-da ulug‘roq, undan-da abadiyroq mutlaq haqiqatni qalb ko‘zi bilan ko‘rishga va o‘z ruhini borliq ohanglari ila uyg‘unlashtirishga intiladi. Lekin bunga muvaffaq bo‘lolmay ruhiy iztirob girdobida qoladi. Uni bunday ruhiy qiynoqlardan onasi Hamidabonu qutqazadi: “- Inson ham daraxt kabi moddiy ildizlardan oziqlanarkan, shoh o‘g‘lim. Qon bilan taraluvchi oziq ruhga quvvat berarkan. - Lekin nafs bilan ko‘ngil ruhning dushmanidir, -dedi Akbar. - Nechun? Komil insonlarda ruh hamisha ko‘ngilga yetakchilik qilgay, aql bilan dil juft qanotlardek birga parvoz etgay. - Demak, men hali kamolotdan juda uzoqdamen, - dedi Akbar. - Ruhim mudom osmonga talpinur. Ammo ko‘nglimni ruhim ko‘tarilgan yuksaklikka olib chiqolmay, aro yo‘lda muallaq qolurmen. Akbar o‘zining holatiga to‘g‘ri baho bera boshlaganidan Hamidabegim ichida “xayriyat” deb qo‘ydiyu, uni muallaq holatdan tezroq yerga qaytib tushirgisi keldi. - Men o‘tgan hafta tushimda Xumoy qushni ko‘ribmen, - dedi begim, - qanotlari burgutnikidan ham bahaybat. Boshi - yu bo‘yni sher taxlit. Odamnikiday ikki ilki bor. Tog‘ etagida odamlar to‘plangan ekan. Xumoy qush ilkida kattakon bir kitobni ko‘tarib o‘tib, tog‘ tepasiga borib qo‘ndi. Odamlar unga qarab yugurdilar, Xumoy kitobni tashlab uchib ketdi. Toqqa oldinroq yetib borgan to‘rt-besh odam haligi kitobni: “Men olay, men olay!” deb talashib qoldilar. Biri-biriga bermaganidan keyin uni to‘rt-besh bo‘lak qilib bo‘lib, turli tomonga olib keta boshladilar. Shunda siz paydo bo‘ldingiz. 48 “To‘xtanglar, axir yaxlit kitobni parchalab olib ketish gunohku”, deb ularni qaytarishga tushdingiz. Lekin ularning birini qaytarsangiz, boshqasi tutqich bermaydilar. Azbaroyi achinganimdan oh tortib uyg‘onib ketibmen. Akbar o‘ylanib turdi - yu: - Yaxshi tush ko‘ribsiz, -dedi. – Kitob haqiqat ramzi. Odamlar haqiqatni parcha-parcha qilib turli tomonga olib ketganlari rost. Ma’naviyat ham parchalangan. Har kim ilkidagi bir parcha haqiqatu ma’naviyatni mahkam tutib olgan. Boshqalarning ilkida ham haqiqat - u ma ` naviyat borligini tan olmaydilar. “Faqat men haqmen!” deb, boshqalarni kamsitadilar. O‘zaro urushlar, din - u, millat ayirishlar mudom shundan kelib chiqqay... Siz tushingizda ko‘rgan kitobning parchalarini odamzod bir joyga yig‘ib, yaxlit holga keltirmaguncha, dunyoda adolat o‘rnatib bo‘lmagay. Mening orzuyim sochilib ketgan o‘lkalarni bir davlat qilib birlashtirishgina emas, balki parchalanib ketgan haqiqatni bir ulug‘ mahzarga yig‘ishdir. - Ilohim, bu orzuyingizga yeting, shoh o‘g‘lim. Turkiy ulusdan chiqib, Hindistonga farzand bo‘ldingiz. Endi bilsam bir ulusning qobig‘ini yorib chiqqan odam, faqat ikkinchi bor xalqning farzandi bo‘lib qololmas ekan. Ummonga quyilgan daryo butun dunyo kengliklariga chiqarkan. Shunga o‘xshab, siz o‘z ulusingiz; o‘z mamlakatingiz tashvishlaridan kuch orttirib, umumbashariy muammolarni yechishga bel bog‘lamoqdasiz. Ma’naviyat bobida ajdodlaringizni hech biri bunday mushkul, bunday murakkab maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ymagan edilar. Sizda ulkan iste’dod-u g‘ayrat bor. Ammo, men tushimda oh tortib uyg‘onganimga sabab –yolg‘izlik qildingiz, bolam. (10-son, 90-91-betlar). Yozuvchi Akbar siymosida davr adabiy tipini, yaratar ekan, atrofdagi odamlarning unga munosabatidan tarixiy voqelik haqiqatini yuzaga chiqarish vositasi sifatida samarali foydalangan. Ayrim xushomadgo‘ylar uning ruhini ko‘kka talpintirib, shuhrat balosiga yo‘liqtirgan bo‘lsalar, uzlatni ixtiyor etib, yolg‘izlik dardiga mubtalo bo‘lgan Akbarni hushyor tortishga sadoqatli kishilar muhitiga qaytishiga undagan Hamidabonu umumbashariy e’tiqodlarni 49 amalga oshirish yo‘lidagi chala qolgan ishlarini yodiga tushiradi. Onasining so‘zlaridan ta’sirlangan Akbar Alisher Navoiy “Xamsa”sida tasvirlangan ezgu g‘oyalarni eslay boshlaydi. Navoiyning jahon xalqlarini adolatga va ruhiy yaqinlikka undab yozgan turkiy dostonlari Akbarning milliy adovatlar va diniy nizolarni bartaraf etishga qaratilgan say’- harakatlariga naqadar hamohang ekanligi hayratlanarli edi. Shu bois u onasiga “Men osmondan kutgan nidolarni sizdan eshitdim”, deb iqror bo‘ladi. U yana adolatli shoh sifatida o‘z ishlarini davom ettirishga kirishadi. Davlat xazinasiga tushgan boyliklar miqdorini aniqlashni buyuradi. Uning farmoni bilan marmar hovuz suvini bo‘shatib, o‘rnini tanga bilan to‘ldiradilar va beva-bechoralarga xayr –ehson tarzida ulashiladi. Nohaq soliqlar bekor qilingach, xalq orasida Akbarning adolatli saltanati haqida qo‘shiqlar to‘qiladi. Panjob, Aud va boshqa o‘lkalarda Akbar haqida aytilib kelingan xalq qo‘shiqlari yozuvchi e’tiborini tortgan. Adib ana shu folklor namunalaridan adabiy tip yaratishda mohirona foydalangan: Hind - u muslim adovati yo‘qolib bitsin, Akbarni kuylaylik, maqsadga yetsin. Ey, tangrim Krishna, Akbarga umr ber, Uning islohoti doim bor bo‘lsin. Yozuvchi ushbu qo‘shiqni hind olimi Munilachning 1978-yilda Dehlada nashr qilingan kitobidan satrma –satr tarjima qilib olgan. Akbar diniy e’tiqodidan qat’iy nazar, barchaga birday ehtirom ko‘rsatadi. Ularni yuzma-yuz munozaraga jalb qilib oradagi nizolarni bartaraf etmoqchi bo‘ladi. Akbarning barcha sa’y – harakatlari “mahdiylar” nomi bilan uzoq yillar davom etgan xalq harakati ishtirokchilarining qudratli davlat tuzilsa, uning tepasida mamlakatni yaktan-u yakdil qilishga qodir rahbar tursa, adolatsizliklar barham topsa deb qilgan orzulariga tamomila mos kelardi. Shu bois ular ham Akbarni qo‘llab- quvvatladilar. Uning barcha ellar ruhiy boyligi, badiiy merosi va ma’naviy qadriyatlarini bir joyga yig‘aylik degan 50 istaklariga ham ko‘pchilik xayrixohlik bildirdi. Yozuvchi og‘a bilan ini, ota bilan farzand, qavm-u qarindosh o‘rtasidagi murakkab munosabatlarning davr haqiqatiga mos ko‘rinishlari Akbar saltanati davrida ham namoyon bo‘lganligini Akbar va Muhammad Hakim, Akbar va Salim ziddiyatlari talqinida ochib berolgan. Qirg‘inbarot va birodarkushlik kurashlarini bartaraf etishga boburiylar xonadonidagi xotin –qizlar ham behad katta ulush qo‘shishgani hayratlanarli tarzda tasvirlangan. Xonzodabegim Xumoyunni butun umr bo‘yi himoya qilib, uni og‘a – inilarning o‘zaro ziddiyatlari girdobidan bir necha bor qutqazib qolganidek, Hamidabonu va Salimabegimlar ham Akbarni ko‘p marotaba qonli to‘qnashuvlardan asrab qoladilar. Tarixiy manbalar orqali yetib kelgan ana shu davr haqiqatlariga tayangan yozuvchi Xonzodabegim, Hamidabonu, Salimabegim, Jadha Bay va Gulbadan begim singari bir qator obrazlar yaratadiki, ularning go‘zal ruhiy olami, benazir aql – idrok sohiblari sifatidagi hayratomuz talqinida badiiy to‘qima qudrati shundoqqina ko‘zga tashlanib turadi. Yomon odamlarning ota- bola o‘rtasiga nifoq solish istagida ekanligini ayollarning onalik mehri ila to‘la qalbi sezib turadi. Salimabegim o‘gay o‘g‘li Salim bilan Akbar o‘rtasida ro‘y berishi muqarrar bo‘lgan qonli to‘qnashuvning oldini oladi. Akbar esa sevikli umr yo‘ldoshi Jadha Bayga shohlik udumlarining oilaviy baxtdan judo qiluvchi tartib – nizomlari to‘g‘risida so‘zlarkan, Salimning to‘rt yoshdayoq ona bag‘ridan yulib olib, Farid Buxoriy kabi murabbiylar tarbiyasiga topshirilishi katta xatolik bo‘lganligini kuyinib ta’kidlaydi. U o‘z farzandi tarbiyasiga bevosita aralashmaganligi, o‘z mehrini bermagani uchun Salim begona bo‘lib ketganligiga o‘zini ham aybdor deb biladi va qattiq iztirob chekadi. Bu badiiy to‘qimada qayta jonlantirilgan tarixiy haqiqat edi. Ota va o‘g‘il o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ziddiyatli fikrlar jangini yozuvchi “Tuzuki Jahongiriy” kitobida naql qilingan tarixiy dalillarga tayanib tasvirlaydi: “Salimning qo‘shinsiz kelgani Akbarga yaxshilik alomati bo‘lib tuyuldi. 51 Yigirmaga kelganlar tarqalgach, u o‘g‘lini xonasiga taklif qildi-yu, qarshisiga o‘tqazdi. - Xayriyatki, bu gal dilingizda mehr-u, oqibat g‘olib kelibdur, - dedi. – Onam rahmatlik o‘z o‘limi bilan, avvalo sizning istiqbolingizni qutqazadi, amirzoda. Salim kinoyali iljaydi: Hazratim, nechun faqat meni?... Siz umr bo‘yi xuddi afsonaviy Rustami Doston kabi mag‘lubiyat ko‘rmay kelmoqdasiz... Agar Rustamning shunday xaloskor onasi bo‘lganda, ehtimol, o‘g‘li Suhrob ham uni yengolmagan bo‘lardi... Akbar o‘g‘lining nima demoqchiligini tushundi-yu, ovozini tahdidli pasaytirib so‘radi: - E, hali siz Suhrob bo‘lib meni yengishingizga ishonganmidingiz? Nahotki siz bilan Suhrobning orasida qanchalik katta farq borligini bilmaysiz? Suhrob umr bo‘yi otasini ko‘rmay o‘sgan, uni tanimay, bilmay halol olishgan. Ammo otasining erkasi bo‘lib, ko‘zining yog‘ini yeb o‘sgan shahzodalar ko‘ra – bila turib padarkushlik qilganda, olti oydan ortiq podsho bo‘lolmasligini tarix qayta-qayta isbot etgan-ku. Eng oxirgi dalil – otasiga qarshi tajovuzlar qilgan turonlik Abdumo‘min ham Abdullaxondan keyin olti oy podsholik qilar – qilmas boshi kesilganini eshitganmisiz? - Eshitganmen, ko‘p otashin bo‘lmang hazratim. Otaga qarshi qilich ko‘targan o‘g‘ilning davlati o‘zoqqa bormasligiga men ham endi aminmen. Shuning uchun mana qo‘shinsiz, qurolsiz, bosh egib huzuringizga keldim. - Xo‘sh, qani tilagingiz nedur? - Hazrat otajon, men ham o‘ttiz beshga kirdim. O‘g‘lim Xisrav farzand ko‘rdi, men endi nevaralik, siz chevaralik bo‘ldingiz, bu borada Shohruh Mirzo bilan o‘g‘li Ulug‘bekning tajribalari bizga mos kelmog‘i mumkin. Ota Hirotda, o‘g‘li Samarqandda bo‘lgan kabi Siz Agrada bosh bo‘lib tursangiz, faqir Ollohobodda Sharqiy viloyatlarni idora etsam... - Demak siz Mirzo Ulug‘bekdek mustaqil podsho bo‘lmoqchisiz. Ammo, 52 yoshingiz shunchaga kirib, nevarali bo‘lib, Ulug‘bek qilgan buyuk ishlarning qaysi birini qildingiz? Rasadxona-yu, madrasalar qurdingizmi? “Ziji Ko‘ragoniy” dek kashfiyotlar qildingizmi? Ollohobodda siz o‘zingizga saroy qilib olgan qirq ustunlik ulug‘vor qasrni ham biz qurdirganmiz. Siz tayyorga ayyor bo‘lib, kayf - u safo qilib yuribsiz” (10-son, 134-135-betlar). O‘g‘lining hatti harakatlaridan dili ozorlangan Akbar yillar davomida qalbini bamisoli qurtdek kemirib kelgan dardu- alamlarini birvarakayiga to‘kib soladi. Salimning barcha qilmishlari farangilarni janubdagi Ba-yu, Damanda quvib chiqarolmagani bormi, Turondagi xayrixohlarining taqdirlariga aralasha olmagani bormi, Akbarning nomini o‘chirib, o‘z ismiga tangalar zarb qilgani bormi, barisini zaharxanda bilan to‘kib soladi va o‘g‘lini g‘usulxonaga qamatib qo‘ydiradi. Mudom sarxil taomlar yeb, har kuni kechki payt xushbo‘y chog‘ir ichib turadigan, ikki –uch kunda bir da’fa afyun qo‘shilgan ma’jun yeb kayf qilishga odatlangan Salim to‘qqiz kun non-suvga qanoat qilib, zax g‘usulxonada o‘tirgach, eti suyagiga yopishib, o‘lar holatga keladi. Holdan toygan Salim ikki onasi – Salimabegim bilan Janha Bay guvohligida otasi oldida gunohlarini kechirishni so‘rab tavba qiladi. Shunda Akbar o‘g‘liga davrning ziddiyatli haqiqatini ochiq- oydin tushuntiradi: “O‘n kun g‘usulxonada bo‘lish – Sizning tog‘day gunohlaringiz o‘rtasida zig‘irday kichik bor jazo, xalos, -dedi Salimga. – O‘z oyog‘ingiz bilan kelganingiz uchun sizni ayadim, onalaringizning yuzidan o‘tolmadim... Yomonlarning jazosi hayotdan qaytsa, ana u yomon bo‘lg‘ay. Zahhoki Moron degan afsona yodingizdami? Yomonlikni ko‘p qilgani uchun Zahhokning ikki yelkasidan ilon o‘sib chiqmishdir. Ana shunday ilonlar har qanday podshoning ham yelkasiga in qo‘yishga ishqibozdir. Bu ilonlarning biri –zolimlik, biri – bid’atu xurofot. Biri – taxtparastlik, biri – xudparastlik. Men o‘z yelkamdan bosh ko‘tarmoqchi bo‘lgan bu ilonlarni yo‘q qildim deb o‘ylagan edim. Keyin qarasam, bu ilonlar sizning yelkangizdan o‘rmalab chiqmoqda. Axir, bu ilonlar mudom qurbonlar talab qilur. Suyukli yoringiz Shohbegim, mening do‘stim Abulfazl ana shu ilonlarning qurboni bo‘lmadimi? Shu ketishda bu ilonlar 53 axiri o‘zingizning ham boshingizga yetmagaymi? So‘nggi gaplar g‘usulxonada Salimning ko‘ziga ko‘ringan qo‘rqinchli sharpalarni yodiga soldi-yu, seskantirib yubordi: - Insonning, hazratim, men endi o‘z nomimga xutba o‘qitmagaymen, pul ham zarb etmagaymen. Yolkamdan o‘sib chiqmoqchi bo‘lgan ilonlarning boshini kesgaymen. - Ilohim, shu niyatingizga yeting, o‘g‘lim. Bu ilonlardan hali men o‘zim ham qutulgan emasmen. Toj - u taxt, mutlaq hokimiyat bor joyda ular bilan olishib yashashga majbur ekansen. Lekin dunyoda yaxshi nom qoldiroliasang, yashashning ne qizig‘i bor. Bobur bobomizning turkiy satrlari yodingizdami? “Bori elga yaxshilik qilg‘ilki, bunday yaxshi yo‘q, to degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshiliq”. - Men bu g‘azalni boshdan oyoq yod bilurmen, -dedi. - Agar yod bilsangiz, endi unga amal qiling. Axir avlodlar almashganda alg‘ov- dalg‘ov bo‘lishi, otalar bilan bolalar orasidan nizo chiqishi tarixda ko‘p uchraydigan hodisa. Ammo, bizning Bobur bobomiz bilan otamiz shu falokatdan yuqori turgan ulug‘ siymolar edi. Ulardagi mehr - u oqibat, avlodlarning bir- biriga fidoyiligi behad noyob bir gavhar ekan. Endi men bilan siz shu gavharni yo‘qotib qo‘ymaylik, o‘g‘lim. Gavhar hayot ummoniga tushib ketsa, keyin uni topib bo‘lmagay. Ana undan so‘ng qilgan oqibatsizliklaringiz, o‘g‘illaringizdan o‘n hissa ko‘payib qaytgay. Oxirida bu illat ularni padarkushlikkacha olib borgay. Zinhor, ming zinhor buni unutmang. Akbarning so‘nggi so‘zlari Salimga xuddi vasiyatdek eshitildi-yu, etini jimirlab, ko‘zlarini jiqqa yosh qildi...” (10-son, 136-bet). Yuqoridagi parchada saltanat va shohlik to‘g‘risidagi tarixiy haqiqat o‘z badiiy ifodasini topgan. “Avlodlar dovoni” deganda Bobur, Xumoyun, Akbarlar saltanatini ko‘zda tutgan adib shafqatsiz kurashlar girdobida o‘limlarni dog‘da qoldirib tarix dovanlaridan juda katta niyatlar bilan o‘tgan bu buyuk zotlar badiiy siymosini insoniyat ma’naviyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk adabiy tiplar sifatida talqin qilgan. 54  Tarixdan shu haqiqat ayonki, Bobur, Xumoyun, Akbarlarning ulkan iste’dodlarini yuzaga chiqargan Hindiston ularni o‘zining unutilmas tarixiy shaxslari qatoriga qo‘shib olgan edi. Yozuvchi ham ana shu tarixiy haqiqatlarni chuqur va atroflicha o‘rganib, ularning diniy va milliy adovatlarni yo‘qotish borasidagi faoliyatlarini o‘z tarixiy asarida bosh g‘oyaviy yo‘nalish qilib tanlay olgani uchun ham insoniyat istiqboliga daxldor nodir yodgorliklar yaratdi. Ayniqsa, hozir diniy ekstremizm xavfi mavjud bo‘lgan, shaxsiy manfaatlar ehtirosi insoniyat kelajagiga xavf solayotgan hozirgi paytda tarixiy shaxslar to‘g‘risida yaratilgan tarixiy romanlar va davr haqiqatini o‘zida tashuvchi podshohlarning mohirona kashf etilgan adabiy tiplari uchun g‘oyat muhim hayotiy haqiqatlarni kashf etish imkonini beradi. P.Qodirov tarixiy romanlarining yetuk adabiy hodisa sifatidagi ahamiyati ham ana shunda. Xullas, yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, ijodkorlar tarixiy asarlarida qahramonlar aro ziddiyatlar yoyinki, voqealararo to‘qnashuvlar asnosida o‘z g‘oyalarin o‘stakorlik bilan singdirganlar. X U L O S A Tarix – istiqbol beshigi, komil avlodlarni qadriabad an’analar ruhida tarbiyalovchi ma’rifat sarchashmasidir. Tarixiy romanlar esa, hozirgi haqiqiy tarixdan xabardor qiluvchi tarix voqelikning haqiqiy badiiy talqinini o‘zida ifodalovchi, tarixiy fakt va badiiy to‘qima uyg‘unligi vositasida yaratilgan adabiy tiplar talqinida o‘z tarixini asrab qolishga rag‘batlantiruvchi manbadur. Shu boisdan ham uzoq yillar davomida tarixiy mavzularda badiiy asarlar yaratilishiga har qanday yo‘llar bilan to‘sqinlik qilib kelindi. Bunday siyosatning noto‘g‘riligini mutafakkir yozuvchilarimiz yaxshi bilar edilar. Masalan, xassos adib Abdulla Qahhor sobiq sho‘rolar davridagi ma’muriy buyruqbozlik siyosati badiiy adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatayotganligi, ya’ni davr 55 va voqelik haqiqati buzilayotganligidan tashvishga tushib, quyidagilarni yozgan edi: “adabiyotning har bir so‘zidan dohiy va dohiychalarning hamma qilmishi, har bir so‘zi to‘g‘ri va oqilona ekanini tasdiq va isbot qilish talab qilinar edi. Shu qolipda yozilgan asarlar naqadar g‘arib va notavon bo‘lmasin, ba’zan rasmiy doira va doirachalarning tahsiniga sazovor bo‘lar, adabiyotga mash’al qilib ko‘tarilar edi. Shuning uchun yozuvchi ba’zan hayot haqiqatiga yuzma-yuz kelishdan mumkin qadar qochishga, bu haqiqatga loaqal yonboshidan qarashga, o‘shanda ham ko‘zi tushganini o‘z holicha emas, bo‘yab ko‘rsatishga majbur bo‘lar edi. Lekin o‘shanda ham adabiyotimiz izdan chiqmadi”. Adabiyotimizning o‘z badiiy an’analarini saqlab qolishi va izchil rivojlanib kelishiga, agar ta’bir joiz bo‘lsa, izdan chiqmaganiga sabab oz bo‘lsa ham hayot haqiqatini badiiy haqiqat yuksakligi darajasiga ko‘taruvchi jasoratli talant sohiblarining borligi edi. Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Oybek va Abdulla Qahhor kabi adiblarning fuqarolik shijoatlari ularning o‘tmish mavzuini yoritish borasidagi badiiy mahoratidan kam bo‘lmagan. Bunday yozuvchilar A.Qahhor ta’biri bilan aytganda, adabiyot atomdan kuchli ekanligini, lekin uning kuchini o‘tin yorishga sarf qilish kerak emasligini yaxshi bilishardi. Keyinchalik ana shu vatanparvar ijodkorlar qatoriga Odil Yoqubov va Pirimqul Qodirov kabi iste’dodli romannavislar kelib qo‘shildilar. Ana shu talant sohiblarining jasoratlari tufayli o‘zbek tarixiy romanchiligida shohlar siymosining o‘rganishga arziydigan adabiy tiplari yaratildi. Biz yuqoridagi bob va bo‘limlarning tahlilidan kelib chiqib, quyidagi xulosalarga keldik. - Birinchidan tarixiy roman yaratish jarayonida yozuvchining g‘oyasi va badiiy obraz kabi masalalarni O.Yoqubovning “Ko‘hna dunyo”romani misolida tahlil qildik - Ikkinchidan Yoqubovning “Ko‘hna dunyo” romanidagi ijodkor niyati va badiiy to‘qimanig uyg‘unligini tahlillarda o‘rgandik. - Uchinchidan “Ko‘hna dunyo” romanidagi ijtimoiy tip va voqealar tizmasini ijtimoiy va badiiy tiplar tahlililida tadqiq etdik.. 56  - To‘rtinchidan ijodkorning pafosi va tarixiy voqelikni Yozuvchi P. Qodirovning tarixiy asarlari misolida tahlil qildik. - Beshinchidan P.Qodirovning “Avlodlar dovoni” romanida pafos va obrazlar yaxlitligini tahlillar jarayonida o‘rgandik. - Oltinchidan “Avlodlar dovoni” romanida konflikt va ijodkor g‘oyasi muommosini asar misolida tadqiq etdik. Anglashiladiki, tarixiy mavzudagi asarlarda yaratilayotgan tarixiy shaxslar obraziga daxldor davr haqiqatlari ifodalanmasa, ya’ni tarixiy voqelik haqidagi axborotlar badiiy to‘qima jarayonlaridan o‘tib, umumlashtirilgan, bo‘rttirilgan, tipiklashtirilgan va individuallashtirilgan adabiy tiplarda badiiy talqin etilmasa, yetuk tarixiy asarlar yuzaga kelmaydi. “Ko‘hna dunyo” romanida Odil Yoqubov bir zolim shoh va ikki buyuk mutafakkir zotga daxldor davr haqiqatini yoritishni o‘z oldiga ijodiy niyat qilib qo‘ygan. Ana shu ijodiy niyatning mahsuli o‘laroq zolim Mahmud G‘aznaviy, buyuk mutafakkir Beruniy hamda mashhur tabib Ibn Sino adabiy tiplari yaratilgan. Zolim shohning mehnatkashlar boshiga cheksiz jabr- jafolar yog‘dirishi qirg‘inbarot janglar dahshati orqali idrok etilsa, ilmu ma’rifatning haqiqat sabog‘i ekanligi eng og‘ir damlarda ham oddiy insonlarga ko‘makdosh bo‘lgan Beruniy va Ibn Sino adabiy tiplar vositasida bayon qilinadi. O‘quvchi ana shu uch adabiy tip orqali ko‘hna dunyoning jabr- jafoli, g‘am – tashvishli, orzu – armonlari murakkab ijtimoiy qiyofasi va tarixiy haqiqatlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. “Yulduzli tunlar” va “Avlodlar dovoni” romanlarida esa yozuvchi Pirimqul Qodirov o‘tmish haqiqatlarini ijodiy tahlil qilib, istiqbolimizga daxldor jihatlarini mohirlik bilan topa olgan va ularni Bobur, Xumoyun, Akbar adabiy tiplarida kashf etgan. O‘tmishning bugungi kunimiz ma’naviy ehtiyojlari bilan bog‘liq jihatlarini yaxshi ilg‘agan adib shohlar adabiy tiplari kashfiyotida ham yangicha, o‘ziga xos ijodiy yo‘ldan borgan. Bularning barchasi o‘zbek tarixiy romanchiligi shohlar adabiy tiplarini yaratishda muayyan ijodiy yutuqlarga erishganligini ko‘rsatadi. Tarixiy haqiqatlarni badiiy talqin qilish orqali esa ajdodlarimizning milliy qadriyatlari va 57 umuminsoniy an’analarini bir butun holda bilishga yo‘l ochadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shomansurov Y., Karimov H. Mehnat madhiyasi: [P. Qodirovning “Meros”, “Erk” va “Qadrim” nomli qissalari haqida] //Jizzax haqiqati.-1976.-27 yanv. 2. Eshbekov T. Sohibqiron siymosi: [P. Qodirovning “Amir Temur siymosi” kitobi haqida] //Fidokor.-2008.-22yanv.. 3. Qodirov P. Tanlangan asarlar, 3 tomlik, 1-tom. T., Sharq. 2008y. – 400 bet 4. Sh.Xolmirzayev “Kechirasiz janob Karpenter, vaqtim ziqroq”, O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2000 y 31 son, 5. Suvon Meli “Asl adabiyot – ezgulikka xizmat”, O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi , 2000, 34 son 6. X.Do‘stmuhammad “Uyg‘onish jozibasi”, O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 1996, 7 son 58 7. Nazar Eshonqul “Samoviy zavq lazzati” O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi 2000 y, 7 son, 8. Pirimqul Qodirov “Ma’naviyat, modernizm va absurd” O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 2004, 12 9. A. Rasulov Yangi zamon- yangi qahramon.-T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot 1976yil 10. P.Qodirov. Saylanma. Uch jildlik.:-T.: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot,1987- 1988 11. P. Qodirov . Avlodlar dovoni, T .: G‘.G‘ulom nomidagi nashriyot, 1989 y 12. P.Qodirov. Ona lochin vidosi. T.: Sharq 2001 13. Mirzayev S. XX asr o‘zbek adabiyoti, T., Yangi asr avlodi, 2005y, - 419 bet. 14. Normatov U. Yetuklik T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982 y, 368 bet. 15. Qo‘shjonov M. Baxslarda ulg‘aygan ijod. Saylanma. 2 tomlik, 1-tom.T., G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1982 y., - 231 bet. 16. P.Qodirov. Amir Temur siymosi .T. O‘zbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2007y 17. Qodirov I. Badiiy asarlarda Bobur siymosini yaratish mahorati //Til va adabiyot ta’limi.-2007.-№1.-B.52-54. 18. Qodirov P. Dunyoni lol qoldirgan siymo // O‘zbekiston adabiyoti va san’ati.- 2007.- 14sent. 19. U.Nosirov. Ijodkor shaxs, badiiy uslub, avtor obrazi. Toshkent: Fan, 1981. 142- bet. 20. Yoqubov O. Ulug‘bek xazinasi. Saylanma. Uch jildlik. II jild. –T.: G‘ofur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1986. –B. 3. 21. Ёкубов.О “Кўҳна дунё”Т.Адабиёт ва санъат нашриёти 1983й 2 2 . Shodiyev N. Ruhiyat rassomi. T, 1977. 26-bet. 59