logo

Iqlim o’zgarishi sharoitida tabiatni muhofaza qiluvchi shu jumaladan yer va tuproq resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan meyoriy huquqiy hujjatlar

Загружено в:

04.03.2024

Скачано:

0

Размер:

396.357421875 KB
Iqlim o’zgarishi sharoitida tabiatni muhofaza qiluvchi shu jumaladan yer va tuproq resurslaridan oqilona foydalanish va muhofaza qilishga qaratilgan meyoriy huquqiy hujjatlar hamda fan ekalogik tarbiya, ta’lim, axborot- marifiy faoliyatlar va xalqaro hamkorlik Reja:  1 Ekalogik nazorat to’g’risida  2 Oziq-ovqat xavfsizligi  3 O’zbekistonda qishloq xo’jaligining ahamyati “ Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi  Qonuniga  muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: Idoraviy ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom  1-ilovaga  muvofiq; Ishlab chiqarish ekologik nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom  2-ilovaga  muvofiq; Ekologik xizmat to‘g‘risidagi namunaviy nizom  3- ilovaga  muvofiq; Ekologik audit to‘g‘risidagi nizom  4-ilovaga  muvofiq tasdiqlansin.  2. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3- oktyabrdagi “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3956 - son qaroriga asosan, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tarkibida davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” davlat unitar korxonalari ta’sis etilgan.  Ushbu ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-sentyabrdagi “Atrof- muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2014-yil 21- yanvardagi “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 14-son qarorlariga muvofiq, atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II, Sh va IV toifalariga mansub faoliyat turlarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazishni tashkil qilish, ekspertizadan o‘tkazishga materiallarni tayyorlash va taqdim etish kabi xizmatlar amalga oshiriladi.  Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha vakolatli organ Davlat ekologiya qo‘mitasi hisoblanib, qo‘mita tomonidan ushbu korxonalarning faoliyati tizimli ravishda muvofiqlashtirib borilmoqda. Ayniqsa, oxirgi bir yil ichida ayni shu yo‘nalishda zamon talabidan kelib chiqib samarali ishlar tashkil qilinmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7- sentyabrdagi “Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 541-son qarori ijrosidan kelib chiqib, 2020-yilning 1- oktyabridan Qo‘mitaning eco-service.uz veb-sayti orqali davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish raqamlashtirilib, elektron hujjat almashinuvining yagona tizimi ishga tushirildi.  Davlat soliq qo‘mitasining bazasiga muvofiq respublika hududida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar 352,7 mingtani takshil etib, shundan davlat ekologik ekspertizasiga jalb qilingan korxonalar soni 78,5 mingtani tashkil etmoqda.  Respublika bo‘yicha 2018-yildan 2021-yilning birinchi yarim yillik yakuniga qadar jami I-IV toifalarga mansub bo‘lgan korxona va tashkilotlarning 85,0 mingta atrof muhitga ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risidagi materiallar bo‘yicha davlat ekologik ekspertizasi xulosalari berilgan hamda ekologik me’yorlar o‘rnatilgan.  2021 yilning I yarim yillik holatiga atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I, II toifalariga mansub faoliyat turlari bo‘yicha jami  1 032 ta loyihalar davlat ekologik ekspertizasi ekspertlari tomonidan ko‘rib chiqilib, 794 ta loyihani ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ijobiy xulosa berildi, 224 ta loyihalar qayta ishlash uchun yuborildi, 14 ta loyihani ro‘yobga chiqarish rad etildi.  Davlat ekologiya qo‘mitasining hududiy ekologik ekspertiza markazlari tomonidan esa III va IV toifalariga mansub jami 10 060 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga davlat ekologik ekspertizasi xulosalari taqdim qilingan, shundan 9 440 tasiga ijobiy, 613 ta loyiha qayta ishlash uchun yuborildi. 7 ta loyihani ro‘yobga chiqarish rad etildi.   Oziq-ovqat xavfsizligi butun dunyo mamlakatlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. BMT ham bugun oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni taqsimlash boʻyicha yondashuvni mutlaqo oʻzgartirish vaqti kelganini taʼkidlayapti. Zero, ideal holatda qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaliklari barchani oziq-ovqat bilan toʻliq taʼminlash va odamlar uchun risoladagidek daromad manbaini yaratib berishga qodir. Boz ustiga, bunday holatda inson manfaatlari yoʻlida ham qishloq xoʻjaligi rivojlanadi, ham atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi taʼminlanadi.    BMT maʼlumotlariga koʻra, hozirda jahon aholisining 815 million nafari och qolayotgan boʻlsa, 2050-yilga borib bu soni 2 mlrd. kishiga yetadi. Ularning 12,9 foizi rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Besh yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasidagi oʻlimning 45 foizi aynan toʻyib ovqat yemaslik natijasida kelib chiqayotir. Hozirgi kunda har yili 3,1 nafar bola aynan shu sabab hayotdan koʻz yummoqda.  Qolaversa, sayyoramizdagi har toʻrt bolaning bir nafari oʻz yoshiga nisbatan oʻsmay qolgani aniqlangan. Maktab yoshidagi 66 mln. oʻgʻil-qiz darslarga beixtiyor och keladi. Shulardan 23 mln.i Afrikada istiqomat qiladi.  Yaqinda BMT tomonidan sohada yana bir tashabbusga qoʻl urildi. Yaʼni oziq-ovqat mahsulotlari isrofgarchiligiga qarshi kurashish boʻyicha global kampaniya eʼlon qilindi. Bu ham aynan oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladi. Ushbu tuzilmaning Atrof- muhit boʻyicha tashkiloti(YUNEP) maʼlumotiga koʻra, har yili dunyo boʻyicha 1,3 mlrd. tonna oziq-ovqat mahsulotlari tashlab yuborilar ekan.(Bunga qaysidir maʼnoda oʻzimiz ham toʻylarimizdagi isrofgarchiliklar orqali “hissa“ qoʻshmoqdamiz. Bejizga bunday tadbirlarni ixchamlashtirish boʻyicha ishlar olib borilmayapti). Neʼmatlarning bunday isrof qilinishidek mantiqsiz holatga barham berish uchun birinchi navbatda ularni saqlash sharoitlarini oʻzgartirish taklif etilyapti.  Maʼlumki, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning yetakchi tarmogʻi sanaladi. Unda 3,6 million kishi, yaʼni iqtisodiyotda band boʻlganlarning 27 foizi ishlaydi. YAIMda tarmoq ulushi 32 foizga teng boʻlsa, sohada foydalaniladigan yer maydonlari respublika hududining 45 foizini egallaydi. Hozirgi vaqtda 180 dan ortiq turdagi qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 80 dan ortiq mamlakatga eksport qilinayotgani diqqatga sazovor albatta. Yana bir eʼtiborli jihati, qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishning klaster usuli yoʻlga qoʻyilib, u keng quloch yozyapti. Ular bilan qishloq xoʻjaligi yer maydonlarining 62 foizi paxta-toʻqimachilikda, 8 foizi chorvachilikda va 7,5 foizi meva-sabzavotchilikda qamrab olingani buning tasdigʻidir.  Yuridik va jismoniy shaxslar yangi oziq-ovqat mahsulotini yaratish va ishlab chiqarish yoki uni takomillashtirish chog‘ida, shuningdek ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqish chog‘ida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini, yaroqlilik muddatini, sifat ko‘rsatkichlarini va nazorat qilish usullarini asoslab berishlari shart.  Oziq-ovqat mahsulotining sifat ko‘rsatkichlari, uning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar majburiy bo‘lib, ushbu mahsulotning normativ hujjatlariga kiritiladi.  Sifati va xavfsizligi muayyan vaqt o‘tganidan keyin o‘zgarishi hamda odamlarning hayoti va salomatligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘ladigan oziq-ovqat mahsulotiga yaroqlilik muddati belgilanadi.      E’tiboringiz uchun rahmat