logo

Yomg`ir chuvalchangining morfologiyasi, anatomiyasi va qorinoyoqli molyuskalar sinfi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1907.5 KB
Yomg`ir chuvalchangining morfologiyasi, anatomiyasi va qorinoyoqli molyuskalar sinfi Yomg’ir chuvalchangi halqali chuvalchanglar tipining kam tuklilar sinfiga kiradi. Kam tuklilar tuproqda va chuchuk suvlarda yashaydi. • Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariqlar bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlari ekilgan dalalar tuprog’ida uchratish mumkin. Kuchli jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuziga chiqib qolganligi sababdan ular  yomg’ir chuvalchanglari  deb ataladi. Yomg’ir chuvakhangining tashqi tuzilishi: A - yon tomondan ko’rinishi; В -qorin tomondan ko’rinishi: 1 -og’iz; 2 - yon tuklar; 3 - qorin tomoni tuklari; 4 - belbog’; 5 -jinsiy teshiklar. Yomg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimi: • 1 - teri; 1 - teri; • 2 - halqa muskullar; 2 - halqa muskullar; • 3 - bo’ylama 3 - bo’ylama muskullar; muskullar; • 4 - tana bo’shligi; 4 - tana bo’shligi; • 5 - ichak; 5 - ichak; • 6 - qon tomirlari; 6 - qon tomirlari; • 7 - nerv tuguni.7 - nerv tuguni. • Hazm qilish sistemasi.  Og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining ostida joylashgan. Og’iz qisqa halqum orqali qizilo’ngachga tutashgan (34-rasm). Qizilo’ngachning kengaygan keyingi  qismi jig’ildon  deb ataladi. Jig’ildon esa kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing keyingi tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi; chirindini tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladi. Oziq larkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi. Yomg’ir chuvalchangining ichki tuzilishi: • 1   - og’iz; • 2 - halqum; • 3 - qizilo’ngach; • 4 - jig’ildon; • 5  -  oshqozon; • 6 - ichak • 7 - yurak; • 8 - orqa qon tomiri: • 9 -  qorin qon tomiri; • 10 - tana bo’shlig’i to’siqlari • 11 - halqum usti nerv tuguni: • 12 - halqum osti nerv tuguni; • 13 - qorin nerv zanjiri • Sezgi organlari va refleksi.  Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi. U terisida joylashgan sezgir nerv tolalarining uchlari orqali yorug’lik, harorat, kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. • Yomg’ir chuvalchangi refleksi ancha murakkab va xilma- xil bo’ladi. Tanasining qaysi qismiga ta’sir qilinsa, o’sha tomoni ta’sirlanib har xil harakat qiladi. Reflekslar yordamida chuvalchang o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlaridan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi. Nafas olishi. • Nafas olishi.  Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod teri orqali kapillarlardagi qonga o’tib, hamma organlarga tarqaladi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid ham teri orqali chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi. Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi: • 1 - ayirish naychalari; • 2 - naychalarning tana bo’shlig’iga ochiladigan uchi; • 3 - naychalarning teri sirtiga ochiladigan uchi. QORINOYOQLI MOLYUSKALAR SINFI • Yashash muhiti va tashqi tuzilishi.  Chuchuk suv shillig’i hovuz va ko’llarda, daryolarning tinch oqadigan sayoz joylarida hayot kechiradi. Tanasi spiral o’ralgan chig’anoq ichida joylashgan. Chig’anoq o’ramlari ingichkalashib, o’tkir uchni hosil qiladi. Chig’anoqning kengaygan uchida tanasi chiqadigan keng teshigi bo’ladi. Shilliq tanasini  mantiya  teri o’rab turadi. Mantiyadan chig’anoq hosil bo’ladi. Boshining ostki tomonida og’iz teshigi, uning ikki yonida bir juft paypaslagichlari bo’ladi. • Paypaslagichlari sezgi organlari hisoblanadi. Har qaysi paypaslagichlari asosida bittadan ko’zi joylashgan (rasm). Suv shillig’i oyoq muskullarining to’lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib harakat qiladi. 1 – chig’anoq; 2 – mantiya cheti; 3 – tanasi; 4 – paypaslagich; 5 – ko’zlar; 6 – bosh; 7 – nafas teshigi; 8 – oyoq. Ovqat hazm qilish sistemasi • Hazm  qilish  sistemasi og’iz bo’shlig’i, halqum, qizilo’ngach, oshqozon va ichakdan iborat. Ichagi chig’anog’i ichida haiqasimon buralib joylashgan. Mantiya chetida orqa chiqaruv teshigi bo’ladi (rasm). 1 – og’iz; 2 - tilcha; 3 - halqum; 4 - qizilo’ngach; 5 - oshqozon; 6 - ichak; 7 - anal teshigi; 8 - o’pka; 9 - yurak bo’lmasi; 10 – yurak qorinchasi; 11 - yurak; 12 - jigar; 13 - qon tomirlari. Qorinoyoqli molluskalarning xilma-xilligi. • Qorinoyoqli molluskalar Yer yuzida keng tarqalgan, 100000 ga yaqin turi bor. Ular ayniqsa dengizlarda xilma-xil bo’ladi. Chuchuk suvlarda uchraydigan kichik shilliq jigar qurtining oraliq xo’jayini hisoblanadi. Yalang’och shilliqlar va tok shilig’i (31-rasm) quruqlikda yashaydi. Ток shillig’i, har xil yalang’och shilliqlar o’simliklarning yashil qismi bilan oziqlanib. ekinlarga katta ziyon keltiradi. O’zbekiston hududida yalang’och shilliqlar va bedapoya shillig’i, suv havzalarida har xil suv shilliqlari uchraydi. 1 - tok shillig’i; 2 - yalang’och shilliq; 3 - bitiniya; 4 - tirik tug’ar shilliq. • Qorinoyoqli molluskalar tanasi bosh, qorin, oyoq bo’limlaridan iborat. Oyog’i qorin tomoni kengayishidan hosil bo’lgan. Ko’pchiligining tanasi spiral buralgan chig’anoq ichida joylashgan. O’pka yoki jabra orqali nafas otadi. Qorinoyoqlilar tilchasi yordamida suv o’tlari va bakteriyalarni qirib otadi. Qon aylanish sistemasi ochiq; yuragi ikki kamerali; buyragi bitta, tasmasimon. Nerv tugunlari bir necha juft, Larqoq joylashgan. Jinsiy sistemasi germafrodir. • Nerv sistemasi.  Suv shillig’ining tanasida bir necha juft nerv tugunlari joylashgan. Bu tugunlardan molluskalarning bamma organlariga nervlar chjqadi. • Ko’payishi.  Suv shillig’i - germafrodit hayvon. U uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida juda ko’p tuxum qo’yadi. Tizimchasi suv o’tlariga ilashib qoladi. Tuxumlardan nozik chig’anoqli kichik molluskalar rivojlanadi.