logo

Hasharotlarning tashqi belgilari – morfologiyasi. Hasharotlarning anatomiyasi va fiziologiyasi

Yuklangan vaqt:

10.04.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1270.423828125 KB
Hasharotlarning tashqi belgilari – morfologiyasi. Hasharotlarning anatomiyasi va fiziologiyasi REJA: 1. Xashoratlarga umumiy tafsif 2. Hashoratlarning tashqi tuzilishi 3. Hashoratlarning ichki tuzilishi Hasharotlarga umumiy tafsif.  Hasharotlar Yer yuzida nihoyatda keng tarqalgan, quruqlikda yashashga to’la moslashgan traxeyalilar bo’lib, tanasi alohida ajralgan bosh, uch bo’g’imli ko’krak va qorincha (abdomen) qisimlaridan tashkil topgan. Ko’krak qismida uch juft yaxshi rivojlangan oyoqlari bo’lishi bilan xarakterlanadi.  Ko’pchilik hasharotlarning tanasi qattiq xitin bilan qoplangan. Nafas olish sistemasi - traxeyalardir. Faqat sodda tuzilgan va tuproqda, chirindilar orasida yashovchilarda traxeya yaxshi rivojlanmagan bo’lib, terisi bilan nafas olishadi. Hasharotlarning tashqi tuzilishi .  Hasharotlarning tanasi bosh, ko’krak qorin bo’limlaridan tashkil topgan. Boshi akron va 4 bo’g’imdan, ko’kragi 3 bo’g’imdan, qorin bo’lmasi 6-11 bo’g’im telsondan iborat.  Boshi harakatchan bo’lib, undan ingichka bo’yin bilan ajralib turadi. Boshining ostki tomonida og’iz joylashgan. Ikki yonida bir juft murakkab ko’zlari va ba’zan ularning o’rtasida bir nechta mayda oddiy ko’zchalar yakka bo’lib joylashgan. Boshida 4 juft o’simtalar rivojlangan. Birinchisi antennalar, ya’ni moylovlar akron bilan bog’liq. Qolgan 2,3,4 - bo’g’imlar og’iz aparatini hosil qiladi.  Og’iz apparati nima bilan oziqlanishiga qarab quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Kemiruvchi. 2. Kemiruvchi – so’ruvchi. 3. So’ruvchi. 4. Sanchib so’ruvchi. 5. Yalovchi. Og’iz organlarining tuzilishi Kemiruvchi: ustki lab, ustki jag’, ostki jag’, ostki jag’ paypaslagichlari’, ostki lab paypaslagichlari. Kemiruvchi- so’ruvchi : ustki lab, ustki jag’, ostki jag’, ostki lab, ostki jag’ paypaslagichlari, ost lab paypaslagilar. Soruvchi : ustki lab, ostki jag’, ostki lab, ostki jag’’ paypaslagichlari, ostki lab paypaslagichlari. Sanchib- so’ruvchi . ustki jag’, ostki jag’, iyak osti .  Ko’krak bo’limi  Hasharotlarning ko’kragi old, o’rta va orqa ko’krak deb ataladigan 3 ta bo’g’imdan tuzilgan.  Har bir ko’krak bo’g’imi 4 ta xitin qoplag’ich – skleritdan iborat. Skleritlar- ning nomi Orqa skleriti- tergit Qorin skleriti- sternit Ikkita yon skleritlari- Plevrit.  Oyoq segmentlari  Oyoqlari toscha, ko’st son, boldir va panjalardan iborat. Toscha qisqa va asosiy bo’g’im hisoblanib, oyoq uning yordamida ko’krak pleyritiga harakatchan holda birikadi, toschaning ko’krak bilan boog’lanadigan joyida toscha chuqurchasi mavjud. Ko’st kichkina bo’g’im bo’lib, toscha bilan harakatchan, son bilan esa kam harakatchan birikkan. Toscha va ko’st oyoqning harakatchan bo’lishini ta’minlaydi. Oyoqning eng kuchli va eng yirik qismi sondir. Boldir uzunligi ihatidan songa o’xshaydi, ammo unga qaraganda ingichkaroq, ko’incha tikanlar bilan, yuqoiroq qismida esa pixchalar bilan ta’minlangan bo’ladi. Panjasi oyoqning ohirgi qismini tashkil qiladi va oldingi qismilaridan farq qilib, ko’pincha bo’g’imlarga bo’lingan bo’ladi. Hayot kechirish sharoiti va moslashish darajasiga muvofiq holda hasharot oyoqlarining har xil turlari vujudga kelgan.  Qanotlarining tuzilishi Hasharotlarning qanotlari ko’p hollarda ikki juft bo’lib, havoda uchish vositasi sifatida xizmat qiladi. Qanotlar ko’krakning o’rta va keyingi qismiga birikadi. Qanotlar aslida tananing yon burmasidan iboratdir va shu bois kelib chiqish jihatidan ikki qavatlidir. Qanotlar o’rtasida tirqish bo’lib, unga tana bo’shlig’idan qon kiradi. Qanot yupqa plastinka shaklida bo’lib, undan tomirlar o’tadi. Tomirlar qanot plastinkasining yo’g’onlashgan naychalari hisoblanadi. U qanotning tayanch skeletini tashkil etadi. Tomirlar ichida gemolimfadan tashqari traxeya va nervlar ham o’tadi. Tuzilish xususiyatlaiga ko’ra qanotlarning bir necha turi mavjud. 1-To’g’riqanotlilar (oltinko’zning oldingi qanoti); 2- parda qanotlilar (arrakashning oldingi qanoti); 3- qo’ng’iz qanot ustligi; 4- qandalaning yarim qanot ustligi. QORIN BO’LIMI:  Bronza qo'ng'izning qorin bo'limi 8 ta bo'g'imdan iborat. Qornini yelka tomondan ustki qanotlar yopib turadi. Ustki qanotlar ostidan faqat qorinning uchki qismi chiqib turadi. Qorin bo'g'imlari tanasining ostki tomonidan ko'rinadi. Qorin bo'limi ko'krak bilan harakatsiz qo'shilgan.  Hasharotlarning ichki tuzilishi. Hazm qilish sistemasi.  Hazm qilish sistemasi. Yashil bronza qo'ng'iz turli o'simliklar gulining qismlari, yosh barglar va yetilmagan mevalari bilan oziqlanadi. Qo'ng'iz o'tkir yuqori jag'lari yordamida o'simlik to'qimasini uzib olib, tishchali pastki jag'lari bilan chaynab maydalaydi.. Ana shunga o'xshash qattiq oziqni chaynashga moslashgan og'iz organlari kemiruvchi hisoblanadi.  Uzib olib maydalangan oziq og'iz bo'shlig'ida so'lak bilan aralashadi va qisqa halqum orqali qizilo'ngachga, undan muskulli oshqozonga tushadi. Oshqozon devorida joylashgan mayda xitin tishchalar yordamida ezilgan oziq ichakka o'tadi. Ichakda oziq batamom hazm bo'ladi va uning tarkibidagi oziq moddalar qonga so'riladi. Hazm bo'lmay qolgan oziq qoldiqlari orqa chiqaruv teshigi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.  Hasharotlar og'iz organlarining tuzilishi oziqlanish usuliga moslashgan va xilma-xil bo'ladi. Qattiq o'simlik va hayvonlarning to'qimalari bilan oziqlanadigan hasharotlar (qo'ng'izlar, chigirt-kalar, chumolilar, beshiktervatarlar)ning og'iz oiganlari yashil bronza  Qo'ng'iznikiga o'xshash kemiruvchi bo'ladi. Suyuq oziq (o'simlik shirasi, gul nektari, qon) bilan oziqlanadigan hasharotlarning og'iz organlari uzun va ingichka xartumchadan iborat.  Qon aylanish sistemasi  Qon aylanish sistemasi hamma bo'g'imoyoqlilarniki singari ochiq bo'ladi. Qoni tana bo'shlig'ini to'ldirib turadi. Ichki organlari va to'qimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar to'qimalarga o'tadi, to'qimalardan esa moddalar almashinuvining ohirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlarning qoni kislorod va karbonat angidridni tashishda, ya'ni nafas olishda ishtirok etmaydi. Yuragi ichagining qorin qismi ustki tomonida tana bo'ylab joylashgan muskulli naychadan iborat.  Hasharotlarning qoni – gemolimfa rangi sariq, yashil yoki rangsiz bo’ladi. Gemolimfa plazma va qon hujayralari –gemositlardan tashkil topgan. Hashsrotlar qoni tarkibining 75% ini suv, umumiy tuzlari miqdori 3% ni, 6.6% - oqsillar, aminokislotalar 12 % ni tashkil etadi. Qoni tarkibida yog’lar doimiy emas, ozig’iga bog’liq. Gemolimfa tarkibida glyukoza doimiy mavjud bo’lib, muskullarida energiya hosil qilishda ishtirok etadi.  Yurakdan tananing bosh tomoniga qarab bitta kalta qon tomiri ketadi. Yuragi 4-10 kamerali, yonboshida 2 juft klapanli teshikchalari mavjud. Bu tomirning uchi tana bo'shlig'iga ochiladi. Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana bo'shlig'iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana bo'shlig'idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o'tadi. Shunday qilib, yurak muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli qon yurakdan tana bo'shlig'ining oldingi tomoniga quyiladi, u yerdan orqa tomonga oqadi.  Nafas olish sistemasi  Nafas olish sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan juda ko'p shoxlangan ingichka naychalarga o'xshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bo'limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o’tadi. Naychalar orqali havo hamma tana organlariga, shu jumladan qanot, mo'ylov va tirnoqlarga ham yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.  Ayirish sistemasi  Ayirish sistemasi qorin bo'shlig'ida joylashgan ingichka va uzun malpigi naychalaridan iborat. Naychalarning bir uchi berk, ikkinchi uchi esa ichak bo'shlig'iga ochiladi. Tana bo'shlig'idagi qonda malpigi naychalariga har xil moddalar almashinuvi mah sulotlari sizib o'tib, naychalar bo'shlig'ida kristallanadi va ichak bo'shlig'iga tushadi, so'ngra oziq qoldig'i bilan birga chiqib ketadi.  Hasharotlarning ichki organlarini yog‘ tanachalari qoplab turadi. Bu tanachalar hasharotlar uchun qo'shimcha oziq bo'lishi bilan birga ayrim zaharli moddalarni to'plash xususiyatiga ham ega. Nerv sistemasi  Nerv sistemasi boshqa bo'g'imoyoqlilarnikiga o'xshash bo'lib, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Boshdagi juda ko'p nerv hujayralari qo'shilib, bosh miyani hosil qiladi. Bosh miyadan hamma sezgi organlariga nervlar chiqadi. Murakkab fe'l-atvorga ega bo'lgan arilar va chumolilarning bosh miyasi va nerv tugunlari boshqa hasharotlarnikiga nisbatan juda kuchli rivojlangan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo'g'imiga mos ravishda nerv tugunlari joylashgan. Ular orasida uchta ko'krak nerv tugunlari ayniqsa yaxshi rivojlangan. Ko'krak nerv tugunlarida oyoq va qanotlarga nervlar chiqadi. Hasharotlarning fe‘l-atvori va sezgi organlarining murakkablashuvi nerv sistemasining yaxshi rivojlanganligi bilan bog'liq.  Sezgi organlari  Yashil bronza qo'ng'izi va boshqa birmuncha yirikroq hasharotlar ko'zining tuzilishi daryo qisqichbaqasinikiga o'xshash. Ko'pchilik hasharotlar rangni ajrata oladi. Hasharotlar, ayniqsa hidni juda yaxshi sezadi. Erkaklari urg'ochilarining hidini bir necha kilometrdan sezadi va topadi. Ayrim kapalaklarning erkagi urg'ochisining hidini 11 km masofadan sezgan va uchib kelgan. Hasharotlar ta'mni ham yaxshi farqlay oladi. Masalan, kapalaklar 0,008% li shakar eritmasini toza suvdan farq qiladi. Ko'pchilik hasharotlar (chirildoqlar, temirchaklar, jizildoqlar)da ovoz chiqarish va eshitish organlari ham bor. Hasharotlar tanasidagi va mo'ylovlaridagi har xil tukchalar va qilchalar ten sezgi a'zolari hisoblanadi.  E’tiboringiz uchun rahmat