logo

Suyakli baliqlarning umumiy xususiyatlari. Muskul-skelet tizimi, nafas olish organlari, baliqlarning qon aylanish

Yuklangan vaqt:

30.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3290.87109375 KB
Suyakli baliqlarning umumiy xususiyatlari. Muskul-skelet tizimi, nafas olish organlari, baliqlarning qon aylanish va ekskretator tizimlarini suv hayvonlari sifatida tashkil etish tamoyillari Zog‘ora baliqni terisi suyak tangachalar bilan qoplangan. Har qaysi tangacha yumoloq plastinkadan iborat bo‘lib, oldingi qismi teriga kirib turadi, keyingi qismini qirrasi tekis bo‘ladi. Bunday tangachalar sikloid tangacha deyiladi.  Zog‘ora baliqning tashqi tuzilishi:1-jabra qopqog‘i, 2-burun teshigi, 3-yon chiziq, organi, 4-ko‘krak suzgich qanoti, 5-qorin suzgich qanoti, 6-anal teshigi, 7-orqa suzgich qanoti, 8-anal suzgich qanoti, 9-dum suzgich qanoti, 10-og‘iz teshigi. Zog‘ora baliqning ichki organlarini joylashishi:1-vena sinusi, 2-yurak bo‘lmasi, 3-yurak qorinchasi, 4-qorin aortasi, 5-aorta so‘g‘oni, 6-jabraga olib keluvchi arteriyalar, 7-Kyuver nayi, 8-jabra, 9-oshqozon, 10-o‘n ikki barmoqli ichak, 11-ingichka ichak, 12-to‘g‘ri ichak, 13-anal teshigi, 14-jigar, 15-o‘t pufagi, 16-o‘t yo‘li, 17-oshqozon osti bezi, 18-taloq, 19-havo pufagi, 20-buyrak, 21-siydik yo‘li, 22-siydik-tanosil teshigi, 23- jinsiy bez, 24-jinsiy teshik.  Ovqat hazm qilish organlari. Og‘iz teshigi og‘iz bo‘shlig‘iga olib keladi va bu chegarasiz xalqumga qo‘shilib ketadi. Hamma baliqlardagi singari zog‘ora baliqda ham til bo‘lmaydi. Zog‘ora baliqning - jag‘larida tishlari bo‘lmaydi. Har tomonida beshtadan jabra yorig‘i bo‘lgan halqum qisqa qizilo‘ngachga, qizilo‘ngach esa oshqozon ) ga ochiladi. Siydik- tanosil organlari. Suyakli baliqlarda ham ayirish organi bo‘lib, qorin bo‘yragi-mezonefros xizmat qiladi. Baliq buyraklarini ko‘rish uchun ichak va suzgich pufagini olib tashlash kerak. Urug‘ochi zog‘ora baliqning siydik-tanosil tizimini keyingi qismi:1-suzgich pufagi, 2- tuxumdon, 3-tuxumdon yo‘li, 4- siydik tanosil so‘rg‘ich, 5-jinsiy teshik, 6-buyrak, 7-siydik yo‘li, 8-siydik pufagi, 9-siydik teshigi, 10-ichak, 11-anal teshigi Erkaklarning urug‘doni silliq va g‘uj uzunchoq tanachadan iborat bo‘lib, u qorin bo‘shlig‘ida suzgich pufagining pastki tomonida joylashgan. Urug‘donning keyingi bo‘limi kalta urug‘ chiqarish yo‘liga aylanadi va umumiy jinsiy teshik bilan siydik-tanosil so‘rg‘ichiga ochiladi. Thanks