logo

Rentgen jarroxlik amaliyotida xodimga ta'sir qiladigan radiatsion yuklanishni kamaytirish usullari va vositalarini ishlab chiqarish va o’rganish

Yuklangan vaqt:

29.01.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1139.6845703125 KB
  RENTGEN JARROXLIK AMALIYOTIDA XODIMGA TA'SIR QILADIGAN RADIATSION YUKLANISHNI KAMAYTIRISH USULLARI VA VOSITALARINI ISHLAB CHIQARISH VA O’RGANISH        Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi: XIX asming oxiri va XX asr boshlarida fizika va kimyo fanlari sohasida olamshumul yangiliklar qo’lga kiritilib, bu tibbiyot fanining ham rivojlanishiga olib keldi. Rentgen jarroxlik amaliyotida xodimga ta'sir qiladigan radiatsion yuklanishni kamaytirish usullari va vositalarini o’rganishdir. tibbiyot xodimlarini ionlashtirilgan radiyasion manbalari bilan kontaktlashganda mehnat faoliyatining gigienik xususiyatlari va mehnat salomatligi masalalari ochib berilgan bo’ib, bunda har bir tibbiy xodim radiasiyaviy himoya qoidalariga rioya qilinmasa unda teri saratoni vas boshqa xafli kasaliklar rivojlanishi mumkinligi ochib berilgan. Tadqiqot obyekti: olib borilgan ilmiy izlanishda tadqiqot obyektisifatida, tibbiyotda qo’llaniladigan rentgen qurilmalaridan jarroxlik amaliyotida xodimga ta'sir qiladigan radiatsion yuklanishni usullarini tahlil qilish. Tadqiqot predmeti: O’zbekiston Respublikasi qonunlarida keltirilgan jarroxlik amaliyotida xodimga ta'sir qiladigan radiatsion yuklanish omillarini o’rnini aniqlash. Tadqiqot maqsadi: Rentgen jarroxlik amaliyotida xodimga ta'sir qiladigan radiatsion yuklanishni kamaytirish usullari va vositalarini ishlab chiqarish va o’rganish Tadqiqot vazifalari: Rentgen olimning hayoti va ijodi, tibbiyot radiologiyani rivojlanish tarixini va tibbiyotda qo’llaniladigan ion hosil qiluvchi nurlarnin xususiyatlari o’rganish; Magistrlik dissertatsiya ishini ochib berishga imkon beruvchi zamonaviy rentgenodiagnostik xonaning tarkibiy qismlari, rentgendiagnostika kabinetlarida o’tkaziladigan rentgenologik tekshirishlar vaqtida xodimlar va bemorlarga ta’sir qiladigan nurlanish dozalarini va tibbiyotda radiasion xavfsizlik asoslarini o’rganish; Rentgen diagnostikasi tibbiyot xodimlarining mehnat salomatligi masalalar, jarrox shifokorlarning nurlanish ta'sirining radiatsion-gigienik xususiyatlari va radiasion kattaliklar va o'lchov birliklari asosida yakuniy ilmiy xulosalar chiqarish Ilmiy yangiligi: Dissertatsiya mavzusi yangi sohaga oid bo‘lib, tibbiyot kabi ko‘plab sohalarga tadbiq etish mumkin bo’lgan rentgen qurilmalarifa faoliyat olib borayotgan jarroh xodimlarning radiasion yuklanishini o’rganish va olingan natijalarini samaradorligini talqin qilish. Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Olingan natijalar ilmiy maqsadlarda, tibbiyot va texnika institudlarida rentgen texnikasi va texnologiyasi, rentgen texnikasining servizi fanidan o‘quv qo’llanmada keltilgam ma’ruza va amaliyot mavzulari uchun foydalanilishi mumkin. Tadqiqot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi: Tadqiqot mavzusi yuzasidan 20 dan ortiq ilmiy manbalar tahlil qilindi, shulardan 10 ga yaqin ilmiy adabiyotlar, 10 dan ortiq chop etilgan ilmiy maqolalardan foydalanildi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Magistirlik dissertatsiyasi bo‘yicha keltirilgan tadqiqotda olingan natijalar nazariy isbotlangan va oldindan faraz qilingan gipotizaga mutlaqo mos tushadi. Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya ishi 86 betdan iborat boʻlib, kirish, birinchi bob, ikkinchi bob, uchinchi bob, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar va ilovadan iborat. Uni tarkibida 18 ta rasm, 22 ta adabiyotlar kiritilgan. I BOB. V.K. RENTGEN NURLARI VA RADIOLOGIYA. RENTGENING HAYOTI VA IJODI 1895 yilda nemis olimi, professor Vilgelm Konrad Rentgen "X" nurlarini kashf etadi va dunyoda fiziklar orasida yetakchi o’rinni egallaydi. V.K.Rentgenning hayoti va ijodiy faoliyati to’g’risida ma'lumot kam. V.K.Rentgen 1845-yil 27-martda Germaniyaning Leplyen shaharchasida (Gollandiya chegarasiga yaqin) tug’ilgan. 1868- yili 24- yoshida institutni bitirib, mashinasozlik mutaxassisi diplomini olgach, bir yildan so’ng doktorlik darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlaydi, shundan keyingina Bertaga unashtiriladi. 1895-yilning 28-dekabrida “Vyursburg fizika-medisina jamiyatining axborotlari”da bayon etadi. Jahonning birinchi fizigi V.K.Rentgenga buyuk kashfiyoti uchun 1901 yilda Nobel mukofoti beriladi. TIBBIYOT RADIOLOGIYANI RIVOJLANISH TARIXI Tibbiyot radiologiyasi 1950-yildan shakllana boshlaydi. U fizika, kimyo, biologiya va tibbiyot fanlari bilan uzviy bog’langan. Tibbiyot radiologiyasi fani turli sohalarni o’z ichi ga oladi. Bularga: tibbiy radiasion fizika, texnika va dozimetriya, tibbiyotda qo’llanadigan ion hosil qiluvchi nurlarning manbalari, tegishli texnika tuzilmalari, turli tekshirish usullari, nurlarni qayd qiluvchi va klinik sharoitda ularni ushlovchi hamda qabul qiluvchi asboblar kiradi. Radiobiologiya nurlarning biologik ob'ekt (odam)ga ta'sirini o’rganadi. Radiatsion gigiyena odamlarni ion hosil qiluvchi nurlar ta'siridan himoya qilish choralarini ko’radi. Rentgenologiya rentgen nurlarining patologik jarayonni tekshirishda, aniqlashda qo’llanishini o’rganadi. Radionuklid diagnostika turli radiofarm preparatlar yordamida amalga oshiriladi. Odam organlari radiatsion nurga nisbatan turlicha moyillikka ega. Bir birlik miqdordagi qabul qilingan radiaktivlik har bir a’zoga turlicha botadi. Rentgen va radioaktiv nurlarning ta'siri oxirida to’qimalarda distrofik o’zgarishlar ro’y beradi, tirik to’qimalar nobud bo’ladi, ular faoliyatiii yo’qotadi. Bu nurlarning biologik ta'siri nurlangan organizmda morfologik o’zgarish keltirib chiqaradi va a'zolar faoliyatiiing buzilishiga olib keladi, u yerda qaytmas yoki qaytar jarayon ro’y beradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, odam va hayvonlar organizmidagi hamma hujayra va to’qimalar nurlarga ta' sirchandir. Radiatsiya xavfsizligining huquqiy asoslari : Radiatsiyaviy xavfsizlikning huquqiy asosini u to‘g‘risida qabul qilingan qonunlar va qonunosti hujjatlari tashkil etadi. 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonun qabul qilingan. Qonunning asosiy maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish zarari ta’siridan muhofaza qilish ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonunga 2011 yil O‘zbekiston Respublikasi oliy majlisi tomonidan o‘zgartirishlar kiritilgan. Qonun o‘z tuzilishiga ko‘ra 5 ta bo‘lim va 28 ta moddadan tashkil topgan. 2- moddada asosiy tushunchalarning ta’rifi berilgan, 2- bo‘limda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash sohasini tartibga solish, 3-bo‘limda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablar, 4-bo‘limda radiatsiyaviy avariya sodir bo‘lganda radiatsiyaviy xavfsizlikni ta’minlash qanday tartibda amalga oshirilishi lozimligi bayon etilgan. I BOB HULOSASI I bobda rentgen nurini kashf etilishi, tibbiyotning qaysi sohalarida qo`llanilishi, radioaktivlik, moddalarning ionlanishi,radiasion havfsizlik qoidalari haqida malumotlar batafsil ochib berilgan. Tibbiyot radiologiya 1950-yildan shakllana boshlagan va hozirda bu fani barcha tibbiy maskanlarda o’qitiladi. Radioimmunologik tahlil asosida birinchi marta 1960-yilda insulin gormoni aniqlanib birinchi marta qandli diabet diagnostikasi o’rganilgan. Rentgen nurlari moddaga yoki to’qimaga qarshi, unda singish va tarqalish, ba'zi moddalarni yoritish (lyuminestsentsiya), fotokimyoviy, ion hosil qilish va biologik ta'sir ko’rsatish xususiyatiga egaligi o’rganilgan. 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, bu qonunning asosiy maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini, shuningdek, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish zarari ta’siridan muhofaza qilish ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratligi taslqion qilindi. II. BOB. Rentgen appatarlarinina atrof-muhitga ta’siri. 2.1 Zamonaviy rentgenodiagnostik xonaning tarkibiy qismlari. Rentgen kabineti — kasalxona va poliklinikalarda bemorni tekshirish uchun rentgen apparatlari bilan jihozlangan maxsus xona. Zamonaviy rentgendiagnostika kabineti 4 xona va hojatxonadan iborat bo’lishi kerak: muolaja xonasi, boshqarish pulti xonasi, shifokor xonasi, fotolaboratoriya. Shifokor xonasining hajmi 10 m 2 boiishi kerak. Bu xonada shifokor nurlanish bilan bog’lanmagan ishlarni bajaradi. Fotolaboratoriyada surat olingan plyonkalarga ishlov beriladi (tasvirni yoritish, mahkam qilib qo‘yish, oqib turgan suvda yuvish, quritish). Xonaning hajmi rentgen apparati ish stolining soniga qarab 9 — 12 m 2 bo‘lishi kerak. Surat chiqarish laboratoriyasi bilan muolaja xonasi orasida tanbur va qo‘shqavat eshik boiishi lozim. Muolaja va surat chiqarish xonalari qorong‘ilashtirilishi kerak, tabiiy va sun’iy yo‘l bilan havo almashtirilib turilishi lozim, buning uchun havo tortuvchi va yuboruvchi ventilyator o‘matiladi. Bu xonalarda sovuq va issiq suv bilan ta’minlangan qo‘l yuvgich boiishi kerak.  2.2 RENTGENDIAGNOSTIKA KABINETLARIDA O’TKAZILADIGAN RENTGENOLOGIK TEKSHIRISHLAR VAQTIDA XODIMLAR VA BEMORLARGA TA’SIR QILADIGAN NURLANISH DOZALARI Rentgendiagnostika kabinetlarida o’tkaziladigan rentgenologik tekshirishlar vaqtida xodimlar va bemorlarning nurlanish dozasini bilish uchun radiatsion nazorat o’tkazili shi zarur. Uning natijalari to’grisida ikki nusxada bayon tuzilib, uning bir nusxasi rentgen kabinetda saqlanadi. Rentgen kabineti xodimlarini kvartalda bir marta individual dozimetrik nazoratdan o’tkazilib, natijasi ish jurnaliga qayd qilinadi. Xodimlarning bir yil davomida olgan individual nurlanish dozasi hisob kartochkasiga yozib boriladi. Bunday kartochka tashkilotlarda 30 yil saqlanadi. Xodim boshqa joyga ishga o’tsa, kartochkasi o’ sha j oyga yuboriladi. Odam organizmida rentgen nurlariga qarshi ro’y beradigan biologik javob reaktsiyasi nurlar energiyasining singdirilish miqdoriga bogliq. 2.3 RADIASION XAVFSIZLIK ASOSLARI TIBBIYOTDA Bemorning individual samarali dozasini hisoblash uchun kirish ma'lumotlari quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak: 1. Rentgenologik muoloja tekshiruvi paytida rentgen nurlar maydonining radiatsion-fizik parametrlarini aniqlovchi xususiyatlarni: - rentgen naychasidagi anod kuchlanishining qiymatini, kV; - qo'shimcha filtr qalinligi va materiali; - berilgan maydondagi doza qiymati, Gr  sm 2 ; - ta'sir qilish - ekspozosiya qiymati (elektrning miqdori), mA  s; 2. Rentgen nurlanish maydonining geometrik parametrlarini belgilovchi xususiyatlar: - tekshiruvning anatomik sohasi (o'pka, tos suyagi, bosh suyagi va boshqalar); - proyeksiya (old-orqa, orqa-old, yonbosh); - nurlanish maydonining o'lchamlari; sm 2 ; - fokus masofa (rentgen nayining fokusidan nurlanish detektorigacha bo'lgan masofa), sm; 3. Bemor haqida ma'lumot: - bemorning yoshi (0 - 0,5 yil; 0,5 - 3 yil; 3 - 8 yil; 8 - 13 yil; 13 - 19 yosh; 19 yoshdan yuqori). II bob xulosasi Rentgen xonalarining tarkibi, o’lchami, saqlanish holati haqida bnatafsil to’htalib o’tilgan. Rentgendiagnostika apparatlarining o‘rnatilish tartibi, turlari, qismlari, shifokor xonasining hajmi, bajaradi ish faoliyati, bemorning rentgenologik tekshiruv jarayoni, xuquqlari va tibbiyotda radiasion xavfsizlik asoslari, bemorning individual samarali dozasini hisoblash usullarihaqidfa batafsil ma’lumotlar berilgan III BOB. TIBBIYOT XODIMLARINI IONLASHTIRILGAN RADİYASION MANBALARI BILAN KONTAKTLASHGANDA MEHNAT FAOLIYATINING GIGIENIK XUSUSIYATLARI. 3.1 RENTGEN DIAGNOSTIKASI TIBBIYOT XODIMLARINING MEHNAT SALOMATLIGI MASALALARI Radiasiyaviy ob'ekt bu - ionlashtiruvchi nurlanishning texnogen manbalari bilan ishlaydigan tashkilotdir. Xodimlar - texnogen nurlanish manbalari bilan ishlaydigan xodimlar guruhi (A guruhi) yoki mehnat sharoitlari tufayli ularning ta'siri ostida bo'lgan shaxslar (B guruhi) mansub bo’ladi. Ionlashtiruvchi nurlanish manbasi bilan ishlash jarayoniga - ish joyidagi nurlanish manbasi bilan ishlashning barcha turlari, shu jumladan radiasiya nazorati han kiradi. Radioaktiv moddalar bilan ishlash jarayoniga - ish joyida radioaktiv moddalar bilan ishlashning barcha turlari, shu jumladan radiatsiya monitoring han kiradi. Tibbiyot xodimlarining mehnat sharoitlari va sog'lig'i holatini uzoq muddatli o'rganish tibbiyot muassasalarida ishlash xodimning tanasiga, uning jismoniy holatiga va chidamliligiga, operatsion va uzoq muddatli ish hajmiga katta talablar qo'yishini aniqlashga imkon beradi: xotira, aqliy, axloqiy va ortiqcha yuklanishlarga bardosh bera olish qobiliyatiga. So'nggi yillarda tibbiyot xodimlari mehnatining tabiati va kasbiy faoliyati sharoitlariga ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Moliyaviy etishmovchilik, dori-darmon va jihozlarning etishmasligi, bunday sharoitda o'z kasbiy burchini doimiy ravishda bajarish zarurati kasbiy omillarning tibbiyot xodimlarining salomatligi va faoliyatiga salbiy ta'sirini kuchaytirmaydi. JARROX SHIFOKORLARNING NURLANISH TA'SIRINING RADIATSION- GIGIENIK XUSUSIYATLARI Jarrohlik shifokorlari orasida davolash va diagnostika faoliyatida ionlashtiruvchi nurlanish manbalaridan foydalanish xususiyatiga ko'ra ikkita guruhni ajratish mumkin: A toifasi - xodimlar (doimiy yoki vaqtincha bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan shaxslar) va B toifasi – shaxslar, kasbiy faoliyati shartlariga ko'ra ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ta'sirlanishi mumkin bo'lganlar. B - toifali shifokorlarning ishtirok etish xususiyatiga ko'ra rentgen diagnostika muolajalarini 3 guruhga bo'lish mumkin: 1. Jarrohlik aralashuvining tabiatiga ko'ra jarroh ishtirok etadigan protseduralar; 2. Jarroh passiv kuzatuvchi sifatida qatnashgan protseduralar; 3. Jarroh tadqiqot guruhining faol a'zosi bo'lgan protseduralar. III bob xulosasi Bu III boda tibbiyot xodimlarini ionlashtirilgan radiyasion manbalari bilan kontaktlashganda mehnat faoliyatining gigienik xususiyatlari va mehnat salomatligi masalalari ochib berilgan. Ma’limki ishlash muhitining zararli omili bu – hodimning ishlash jarayonida muhitning ta'siri kasallikka olib kelishidir. Nurlanishdan kasallanish - ionlashtiruvchi nurlanishning tibbiyot xodimlariga ta'siri juda kam uchraydigan ko'rinishlardan biridir. Tibbiyot xodimlarida eng ko'p fizik omillar - turli xil nurlanishlar ya’ni rentgen nurlari, radiy va radioaktiv izotoplar ta'siridan rivojlanadigan o'smalar bo'lishi mumkin. Bunda har bir tibbiy xodim radiasiyaviy himoya qoidalariga rioya qilinmasa teri saratoni rivojlanishi mumkin. Nurlanish kasalligining oldini olish xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish, davriy tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida va to'liq o'tishdan iborat. Quyidagi kasalliklarga chalingan shaxslarga nurlanish manbalari bilan ishlash taqiqlanadi: markaziy asab tizimining organik shikastlanishi, epilepsiya, og'ir nevrotik va astenik sharoitlar, endokrinopatiya, jinsiy bezlar kasalliklari va tuxumdon-hayz siklining buzilishi, dermatit, katarakt, barcha. qon tizimining kasalliklari, shuningdek, ikkilamchi anemiya, gemorragik diatez, leykopeniya, jigar kasalligi. Jarrox shifokorlarning nurlanish ta'sirining radiatsion-gigienik xususiyatlari ikkita guruhni ajratish mumkin: A toifasi - xodimlar (doimiy yoki vaqtincha bevosita ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan shaxslar) va B toifasi – shaxslar, kasbiy faoliyati shartlariga ko'ra ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ta'sirlanishi mumkin bo'lganlar. B - toifali shifokorlarning ishtirok etish xususiyatiga ko'ra rentgen diagnostika muolajalarini 3 guruhga bo'lish mumkin: Jarrohlik aralashuvining tabiatiga ko'ra jarroh ishtirok etadigan protseduralar; Jarroh passiv kuzatuvchi sifatida qatnashgan protseduralar; Jarroh tadqiqot guruhining faol a'zosi bo'lgan protseduralar. Umumiy hulosa I bobda rentgen nurini kashf etilishi, tibbiyotning qaysi sohalarida qo`llanilishi, radioaktivlik, moddalarning ionlanishi,radiasion havfsizlik qoidalari haqida malumotlar batafsil ochib berilgan. Rentgen nurlari moddaga yoki to’qimalarda singish va tarqalish xususiyatiga egadir. 2000 yil 31 avgustda “Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, bu qonunning asosiy maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘I, atrof-muhitni ionlashtiruvchi nurlanish zarari ta’siridan muhofaza qilish ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir. II bobda Rentgen xonalarining tarkibi, o’lchami, saqlanish holati haqida va bu xonalarda o’rnatiladigan rentgen qurilmalariga qo’yiladigan talablar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. III boda tibbiyot xodimlarini ionlashtirilgan radiyasion manbalari bilan kontaktlashganda mehnat faoliyatining gigienik xususiyatlari va mehnat salomatligi masalalari ochib berilgan bo’ib, bunda har bir tibbiy xodim radiasiyaviy himoya qoidalariga rioya qilinmasa unda teri saratoni vas boshqa xafli kasaliklar rivojlanishi mumkinligi ochib berilgan. Bu holatlarni oldini olish uchun har bir tibbiy xodim davriy tibbiy ko'rikdan o'z vaqtida va to'liq o'tishi shartdir.Shifokorlarning ishtirok etish xususiyatiga ko'ra rentgen diagnostika muolajalarini 3 guruhga bo'lish ya’ni:jarrohlik aralashuvining tabiatiga ko'ra jarroh ishtirok etadigan protseduralar; jarroh passiv kuzatuvchi sifatida qatnashgan protseduralar; jarroh tadqiqot guruhining faol a'zosi bo'lgan protseduralar haqida batafsil ma’lumotlar berilgan.   Ilova Республика макола 1. Elmurotova D.B., Mamashova N.T., Bozorov E.H., X-ray therapy and its applications // Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences (JARTES) V 1, ISSUE 10 / ISSN 2181- 2675. 2022, P 358-363. DOI: 10.5281/zenodo.7241942, http :// ijournal . uz / index . php / jartes . Халкаро конференциялардаги тезислар 2. Nishonova N.R. Elmurotova D.B., Mamashova N.T., Tursunbaev Q.N., Musayeva G.A., Chariyeva G. Tibbiyot sohasida radiasion xavfsizlik asoslari// Инновацион техника ва технологияларнинг қишлоқ хўжалиги – озиқ-овқат тармоғидаги муаммо ва истиқболлари. // II-Хал. анж. илмий ишлар тўплами. – Тошкент. ТошДТУ, 22-23.04.2022. С.426-427. 3. Mamashova N.T., Tursunbaev Q.N., Zokirova F.O., Elmurotova D.B. Basics of radiation safety in medicine // International conference on Delopments in education, Toronto, Canada. April15th- 16th, 2022. P.26-29, www.econferencezone.org Республика тезислар тупламида 4. Элмуротова Д.Б., Юсупова Н.С., Шакаров Ф.К., Рахимов И.Т., Эсонова М.Д., Мамашова Н.Т., Жураева Н.Ж. Электронная микроскопия нч zno локальный элементный состав наногетероструктур ZnSe/ZnO:O и ZnSe (0.2%Te) /ZnO:O // Фан, таълим ва ишлаб чиқаришни ривожланишида ёш олимларнинг ўрни мавзусидаги Рес. илмий ва илмий- назарий анжуман материаллари 30 сентябрь 2022 йил. С.119-121.  Эътиборинги з учун Рахмат !