logo

Infeksiya va immunitet, infeksiya tushunchasi. Infeksiya manbalari va ularning asosiy qoʻzgʻatuvchilari. Ozuqa infeksiyasi

Yuklangan vaqt:

16.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

3244.98046875 KB
Mavzu: Infeksiya va immunitet, infeksiya tushunchasi. Infeksiya manbalari va ularning asosiy qoʻzgʻatuvchilari. Ozuqa infeksiyasi. Asosiy epidemiologik jarayonlar. 1. Infeksiya va immunitet 2. Infeksiya manbalari va ularning asosiy qoʻzgʻatuvchilari. 3. Ozuqa infeksiyasi. 4. Asosiy epidemiologik jarayonlar. REJA: 1. Infeksiya va immuninet Infeksiya haqida tushuncha Infeksiyalar  Infeksiya (lot. infi cere — yuqtirmoq, buzmoq, zaharlamoq) — patogen mikrob (yoki virus)ning odam yoki hayvon organizmiga kirishi, koʻpayishi va ayni vaqtda mikrob bilan organizm oʻrtasida oʻzaro murakkab munosabat vujudga kelishi. "Infeksiya" termini baʼzan boshqa maʼnoda — kasallik yuqqan paytni, infeksion kasallikni, uning mikrobini ifodalash uchun ishlatiladi. Infeksiyaning turli koʻrinishlari  Infeksiya kasallik shaklida, shuningdek, bakteriya tashuvchilik shaklida namoyon boʻladi.  Mikroblarning bir turi qoʻzgʻatgan kasallik oddiy infeksiya;  ikki yoki bir necha turi qoʻzgʻatgan kasallik aralash infeksiya;  yuqumli kasallik bilan ogʻrib oʻtgan kishiga takror Infeksiya yuqishi reinfeksiya;  mikroblarning muayyan turi zarar yetkazgan organizmga takror infeksiya yuqishi superinfeksiya deb ataladi.  Baʼzi mikroblar organizmda inaktiv holatda boʻladi, ammo muayyan sharoitda (kishi oʻta charchaganda, sovqotganda va b.) patogen xossalarini namoyon qila oladi ( autoinfeksiya) , shuning natijasida kasallik roʻy beradi. Infeksiyaning paydo boʻlishi va oʻtishida patogen mikroorganizmlarning quyidagi xususiyatlari muhim rol oʻynaydi: 1) spetsifikligi , yaʼni muayyan biologik turning organizmda yashashi (masalan, qizamiq virusi faqat odam organizmida parazitlik qiladi) va faqat oʻzi uchun harakterli infeksion kasallikni qoʻzgʻatishi; 2) virulentligi , yaʼni kasallikka nechogʻli sabab boʻla olishi; 3 ) muayyan aʼzolarda (aksari ichki aʼzolarda) joylasha olishi (masalan, gonokokk siydik yoʻllari bilan koʻz shilliq pardasida; stafilakokklar va streptakokklar jinsiy a'zolarda; meningokokk miya pardalarida, dizenteriya tayoqchalari yoʻgʻon ichak devorida yashab koʻpayadi). Asosiy infeksion bakteriyalar shakllari TORCH INFEKSIYASIOrganizmda infeksiyaga qarshi kurash Odam organizmi mikrob kirishiga befarq boʻla olmaydi. Odam va hayvonlar organizmi har xil fiziologik va immunologik mexanizmlari borligi tufayli koʻp mikroblarga tabiiy chi-damli boʻladi (teri va shilliq pardalar koʻp mikroblarni oʻtkazmaydi, bezlardan ishlanib chiqadigan shilim-shiq, meʼda shirasi, oʻt, koʻz yoshi va sh. k. baʼzi bakteriyalarni, viruslarni oʻldiradi va h. k.). Odam va hayvonlar organizmi kasallik mikroblarining kirishiga javoban immunitet reaksiyalarini rivojlantiradi (fagotsitlar mikrobga nisbatan spetsifik aktivla-shadi, antitelolar ishlana boshlaydi, allergiya vujudga keladi). Immunitet haqida  Immunitet (lot. immunitas — biron narsadan xalos, ozod boʻlish, qutulish) — tirik mavjudotlarning oʻz butunligi va biologik noyobligini buzuvchi "yot" omillardan himoyalanishi, qarshilik koʻrsatishi, rezistentligi. "Yot" omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburugʻlar, sodda jonivorlar, gelmintlar, koʻchirib oʻtkazilgan aʼzo va toʻqimalar, organizmning oʻzgargan oʻz xujayralari (masalan, oʻsmasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona boʻlgan kimyoviy agentlar — antigenlar tutadi. 2. Infeksiya manbalari va ularning asosiy qoʻzgʻatuvchilari  Kasallik yuqqan kishi (bemor, baʼzan sogʻlom odam) yoki hayvonlar Infeksiya manbai boʻladi (masalan, ich terlama bemor yoki bakteriya tashuvchi kishi, quturish kasalligida mikroblar yuqqan it va boshqalar, hamda o’zida infeksiya saqlagan hayvonlar ham infeksiya manbaidir.) Patogen mikroorganizmlarning makroorganizmlarga yuqish yo’llari 1. Alimentar (fekal-oral) yo‘l 2. Havo-tomchi va havo-chang yo‘li 3. Parenteral (paros – orqali, enteros -ichkariga) – tibbiyot xodimlari aralashuvi bilan yuqadigan yo‘l 4. Kontakt yo‘li: bevosita kontakt – jinsiy yo‘l; bilvosita kontakt – ro‘zg‘or yo‘li 5.Transmissiv yo‘l - qon so‘ruvchi xasharotlar orqali yuqish. Misol Bezgak kasalligi – chivin orqali, toshmali tif – bit orqali 6. Transovarial (ovarius – tuxum orqali) yo‘l – faqat kanalar bilan yuqadigan kasalliklarga xos. Misol YApon ensefaliti 7. Platsentar (onadan – xomilaga yuqish) yoki vertikal yo‘l (Qizilcha kasalligi, SPID kasalligi) Infeksiyaning berilish yo’li oshqozon-ichak trakti Kirish darvozasi : yuqori nafas yo‘llari teri, shilliq qavat gematogen limfogen Tarqalish yo‘li : perinevral to‘qima bo‘ylab najas siydik Ajratish yo‘llari : balg’am ter bezlari ko’krak suti Gerpes virusi va infeksiya bilan zararlanish holati Gerpes virusining tuzilishi 3. Ozuqa infeksiyasi  Salmonellyozlar — odam va xayvonlarda salmonellalar qoʻzgʻatadigan yuqumli oʻtkir ichak kasalligi. Meʼdaichak yoʻllari jarohatlanishi bilan kechadi. Qoʻzgʻatuvchisi enterobakteriyalar oilasiga mansub, grammanfiy Salmonella tayoqchalari. Infeksiya manbai bemor odam va hayvon. Bemor yoki bakteriya tashuvchi ham infeksiya manbai boʻlishi mumkin. Oʻzbekistonda S, asosan, sporadik (alohida qayd qilinadigan), baʼzan cheklangan kasallik sifatida kuzatiladi. Kasallik yil davomida, koʻpincha yoz kuz oylarida uchraydi.  Salmonellozga kattalarga nisbatan bolalar koʻproq moyil boʻlishadi. Sunʼiy ovqatlantiriladigan bolalar kasallikka tez chalinadi. Shu sababdan 3 yoshgacha boʻlgan bolalar eng koʻp kasallanadigan guruh hisoblanadi. Salmonelloz etiologiyasi  Salmonellozni qo’zg’atuvchi mikroblar salmonellalar avlodi va ichak bakteriyalari guruhiga mansubdir. Ko’rinishi tayoqchaga o’xshaydi, xivchinlari bor. Spora va kapsula hosil qilmaydi. Hamma ozuqa muhitlarida ko’paveradi, salmonellalar fakultativ anaerob hisoblanadi.  Ular parchalanganda endotoksin ajralib chiqadi. Salmonellalarning 2000 dan ortiq seriologik xillari mavjud bo’lib, ulardan 700 dan ortig’i odamlarda uchraydi.  Salmonellalar tashqi muhitga ancha chidamli bo’lib:  Suvda 120 kun;  Go’sht, kolbasa va boshqa ozuqalarda 2-4 oygacha;  Sutda 10 kungacha;  Tuproqda 18 oygacha saqlana oladi. Salmonelloz –zooantroponoz ya’ni ham hayvonlardan, ham odamlardan yuqadigan o’tkir yuqumli ichak kasalligidir.  Mikrob odam organizmiga ogʻiz orqali tushadi. Organizmga tushgan salmonellalar ogʻiz boʻshligʻi, ichak shilliq qavati va limfoid toʻqimalar orqali qon va limfaga oʻtib, boshqa aʼzolarga tarqaladi. Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 1—2 kungacha. Xastalik, odatda, oʻtkir boshlanadi.  Ovqat orqali yuqqanida kasallik ovqatdan boʻladigan oʻtkir toksikoinfeksiya koʻrinishida ogʻir kechadi. Umumiy lohaslik, ishtaha yoʻqolishi, koʻngil aynishi, harorat koʻtarilishi kuzatiladi. Soʻngra oʻtkir gastroenterit, hatto gastroenterokolit alomatlari qoʻshiladi. Botbot qusish, ich surishi kuzatiladi. Qorin mijigʻlab ogʻriydi. Ogʻir kechgan hollarda organizm suvsizlanib qoladi— degidratatsiya roʻy beradi. Ogʻir hollarda gipovolemik shok rivojlanadi. Ozuqa infeksiyasini oldini olish  Oziq-ovqat sanoati tizimida mahsulot tayyorlash, tashish va saqlash jarayonida sanitariya-gigiyena talablariga qatʼiy rioya qilish va shu soha xodimlarini vaqti vaqti bilan bakteriologik tekshirishdan oʻtkazib turish lozim.  Kasallik bakteriya bilan ifloslangan ozuqa, suv, atrofdagi anjomlar orqali yuqadi. Infeksiya qoʻzgʻatuvchisi manbai — kasal va kasallikdan tuzalgan hayvonlar, shuningdek, kemiruvchi va yovvoyi parrandalar. Infeksiyaning oldini olish uchun zararlangan maxsulotlardan foydalanmaslik va barcha ozuqa maxsulotlaridan gigiyenaga rioya qilgan holda, to’g’ri foydalanish. 4. Asosiy epidemiologik jarayonlar Epidemiologiya (epidemiya va ...logiya) — tibbiyotning bir sohasi. Infeksion kasalliklarning kelib chiqish sabablari, tarqalishini oʻrganadi, shuningdek, ularga qarshi kurash hamda oldini olish choralarini ishlab chiqadi. Epidemiologiya, biologiya, mikrobiologiya, virusologiya, genetika, biokimyo, fizika va boshqa fanlar bilan chambarchas bogʻliq. Umumiy va xususiy epidemiologiyalar farqlanadi. Umumiy epidemiologiya - yuqumli kasalliklar tasnifining evolyutsion asoslari, epidemik jarayon, epidemiologik kategoriya va qonuniyatlarini oʻrganadi; Xususiy epidemiologiya har bir yuqumli kasallikning oʻziga xos tarixi, qoʻzgʻatuvchisi, epidemiologiyasi, infeksiya manbai, yuqish yoʻllari va vositalari, unga qarshi kurash va oldini olish usullarini oʻrganadi. Teri leyshmaniozi (yomon yara)    Ayrim kasalliklarning hayvonlardan va turli xil hashorotlardan yuqishi, shuningdek, bemor bilan muloqotda boʻlganda kasallik yuqishi mumkinligi va uning qoʻzgʻatuvchisi organizmga turli yoʻllar — ogʻiz, burun va jinsiy aʼzolar orqali kirishi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Epidemiologik jarayon rivojlanish dinamikasi: 1. Inkubatsion yoki yashirin davr – bu davrda qo‘zg‘atuvchi organizmga tushadi, shu muxitga moslashadi va ko‘payishni boshlaydi. Kasallik simptomlari kuzatilmaydi. Bu davr bir necha soatdan bir necha 10 yilgacha bo‘lishi mumkin. Misol: ovqatdan zaxarlanishlar – stafilokokk (bir necha soat); moxov kasalligi – mikobakteriyalar (15- 20 yil) 2. Prodromal davr (ruscha dremota – mudrash ) bu davrda kasallikning ilk alomatlari namayon bo‘la boshlaydi. Davomiyligi bir ikki soatdan bir necha kungacha. 3. Rivojlanish davri – kasallik alomatlarining yaqqol namayon bo‘lishi, davomiyligi bir necha kundan bir necha oygacha (bu davr davolanishning boshlanishi, to‘g‘ri belgilanishi va o‘tkazilishiga bog‘liq) 4. Tugash davri – 3 xil yakunlanali: sog‘ayish, surunkali holatga o‘tish va o‘lim (letallik). Infeksion kasalliklarning tarqalishi:  1. Epidemiya (grekcha demos – xalq) yuqumli kasallikning bir nuqtadan mamlakatlararo va qit’alararo tarqalishi. Misol gripp, vabo – faqat Xindistondan butun dunyoga tarqaladi chunki tabiiy o‘chog‘i Gang va Braxmaputra daryolari oralig‘ida joylashgan.  2. Pandemiya – bir nechta joydan kasallikning mamlakatlararo va qit’alararo tarqalishi. Misol SPID  3. Endemiya yoki endemik o‘choq – yuqumli kasallikning ma’lum bir xududda tarqalishi. Misol Yapon ensefaliti  4. Chaqnash –yuqumli kasallikning ma’lum bir holatda ba’zi odamlar guruxlarida yoki kasbga bog‘liq xolda tarqalishi. Misol: Vabo kasalligi 5. Sporradik xolat – yuqumli kasalliklarnig yakka-yakka uchrashi. Misol. Qorin tifi – bu kasallik bilan tuman bo‘yicha bir odamning kasal bo‘lishi. 6. Epizootiya – yuqumli kasalliklarning faqat xayvonlar orasida keng tarqalishi. Misol: tovuqlarda o‘lat kasalligi va boshqalar Ar-Roziy chin chechak, koʻkyoʻtal kasalliklarini taʼriflab bergan. U oʻz asarlarida birinchilardan boʻlib chin chechak kasalligining oldini olish uchun sogʻlom kishilarni bemorlarning chechak (pustula) pufakchasidan olingan suyuqlik bilan emlash toʻgʻrisida fikr yuritgan. I.I. Mechnikov va shogirdlarining tadqiqotlari, ilk bor filtrlanuvchi viruslarni tavsiflab bergan. O’zbekistonda epidemiologiyaning rivoji Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar institutlari tashkil etilishi, L. M. Isayev, P.F.Borovskiy, T.X.Najmiddinov kabi yirik olimlarning Oʻzbekistonda bir qancha yuqumli kasalliklarga, jumladan, bezgak, rishta, leyshmanioz, ich terlamaga qarshi qurashishda erishgan muvaffaqiyatlari bilan bogʻliq. Infeksiyaning ko’rinish formalari  1.O‘tkir infeksiya – organizmda birlamchi rivojlangan o‘tkir simptomlar bilan o‘tadigan kasallik ( gripp )  2. Surunkali infeksiya – o‘tkir infeksiya 3 oy va undan ko‘p rivojlansa surunkali infeksiyaga o‘tadi ( sil )  3. Lotent (ko‘rinmas yoki sekin asta) infeksiya – kasallik simptomlari namoyon bo‘lmasdan rivojlanadigan infeksiya.  4. Reinfeksiya (qaytalanish) – bir yuqumli kasallik bilan kasallanib sog‘aygach, qo‘zg‘atuvchining qayta tushib shu kasallikni chaqirishi. ( Dezinteriya, gripp )  5. Retsidiv – kasallik simptomlarining qaytalanishi ( Sil – bemor sog‘ayadi, lekin qo‘zg‘atuvchi organizmda qoladi, organizm zaiflashgach shu qo‘zg‘atuvchi yana kasallikni qo‘zg‘atadi) Infeksiyaning ko’rinish formalari 6. Tashuvchanlik – bemor sog‘ayadi, ammo qo‘zg‘atuvchi organizmda qoladi va tashqi muxitga ajralaveradi. 7. Superinfeksiya – kasallik sog‘ayish jarayonida shu kasallik bilan yana qaytadan kasallanish (Gepatit A ) 8. Aralash infeksiya –organizmda turli yuqumli kasalliklarning bir vaqtda uchrashi. (Misol: dizenteriya bilan kasalxonada yotgan bemor boshqa bemordan grippni yuqtirishi) 9. Persistensiya – mikroorganizmning qonda uzoq vaqt davomida aylanib yurishi. Epidemiologiyaning ahamiyati  Hozirgi vaqtda epidemik kasalliklarning yuzaga kelishi, tarqalishi va yoʻqotilishini oʻrganuvchi yangi bir yoʻnalish — yuqumli boʻlmagan kasalliklar epidemiologiyasi yuzaga keldi. Uning asosiy vazifasi bunday kasalliklarning etiologiyasi va patogeneziga doir maʼlumotlarni tahlil qilish asosida ularga qarshi profilaktika usullarini ishlab chiqish hamda aholi orasida xavfli oʻsma kasalliklari va boshqalar surunkali yuqumli boʻlmagan kasalliklardan yuzaga keluvchi oʻlim hollarini kamaytirishdan iborat.  Toshkent tibbiyot akademiyasida, shuningdek, Oʻzbekistondagi mavjud barcha tibbiyot intlarida, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida Epidemiologiya kafedralari bor. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !