logo

Chaqaloqlik davri fiziologiyasi. Moslashish davri xususiyatlari. Yetuk tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash usullari

Yuklangan vaqt:

02.05.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

11682 KB
CHAQALOQLIK DAVRI FIZIOLOGIYASI. MOSLASHISH DAVRI XUSUSIYATLARI. YETUK TUG’ILGAN CHAQALOQLARNI PARVARISHLASH USULLARI Sog’lom tug’ilgan chaqaloq – tug’ilishi bilan hech qanday tibbiy muolajaga muhtoj bo’lmagan va yashash qobiliyatini saqlagan boladir. Ye tuk tug’ilgan chaqaloq - gestasiya vaqtining 37 haftasidan 42 xaftasigacha bo’lgan davrda tug’ilgan chaqaloqdir (260-294 kun). Chala tug’ilgan chaqaloqlar- gestasiya vaqti to’liq bo’lmagan 37 haftadan (259 kun) 22 haftagacha (154 kun), tana og’irligi 2500 grammdan 500 grammgacha, tana uzunligi 47 (46) smdan kichik bo’lib tug’ilgan chaqaloqga aytiladi. Chaqaloqlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari Chaqaloqlarning birlamchi ko’rigi tug’ruq blokining bolalar xonasida o’tkaziladi: chaqaloqning umumiy holatiga baxo beriladi va kuzatilishi mumkin bo’lgan kasalliklar aniqlanadi. Xona harorati 24-26°C gacha bo’lishi, yo’rgaklash stoli isitilgan, bolaning terisi quruq bo’lishi kerak. Chaqaloqlar ko’rigi palatada, yo’rgaklash stoli yoki kuvezda xarorat 22°C bo’lganda o’tkaziladi. Chaqaloqni tekshirish extiyotkorlikni, chidamlilikni va yumshoqlikni talab qiladi. Tashqi ko’rinishi: sog’lom yetuk tug’ilgan chaqaloqlar uchun yuzining tinch ko’rinishi xarakterli. Ko’rik boshlanishida ayrim xolatlarda baland emosional yig’lash kuzatiladi. Sog’lom chaqaloqlar uchun adekvat ta'sirlovchilarga (ochlik, taktil yoki og’riq) nisbatan uzoq vaqtli baland ovozda yig’lash hos bo’lib, yiqlash sababi aniqlangandan keyin bola yig’lashdan to’xtaydi. Bemor bola yig’isining kuchi va davomiyligi bo’yicha baholanadi. Kuchsiz yig’lash yoki umuman yig’lamaslik chalalik og’ir darajasi bilan tug’ilgan chaqaloqlarda aniqlansa, neonatologlarni bezovta qiladi. Afonik yig’lash o’tkazilgan reanimasion chora- tadbirlardan keyin yoki markaziy asab tizimining zararlanishi natijasida kuzatiladi. Moddalar almashinuvi buzilishi va nasliy kasalliklarda chaqaloq yig’isi o’ziga hos xususiyatga ega bo’ladi Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning katta yarim sharlari yoshga xos xususiyatga ega: egatlar, kichik balandlik va chuqurlikga ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz, ularning soni bola h ayotining birinchi oylarida k o 'payadi. Bola hayotining birinchi kunidano q barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi. Chaqaloqlarda reaksiyalar nodifferensial xarakterga egaligi va generalizasiyaga moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki tarqoq reaksiyalarni chaqiradi. Bolalarda miya, kattalarga nisbatan yaxshi q on bilan ta'minlanadi, bu kapillyar t o 'rning boyligi bilan tushintiriladi. Miyaning to'liq qon bilan ta'minlanishi, tez o'sayotgan nerv to'qimasining kislorodga bo'lgan yuqori talabini ta'minlaydi. • Chaqaloqlar terisining o ' ziga xos xususiyatlaridan biri bu ko’p miqdordagi kapillyalardan iborat qon tomirlar hisoblanadi, u teriga dastlab yorqin, so ’ ng och-pushti rang beradi. Yog ’ bezlari homila ichi davrida o ' z funksiyasini boshlaydi va hayotining birinchi yilida teri yuzasiga ko ' p miqdorda yog ' ajratadi. Tu g’ ilgandan so ' ng bola tanasi tvorogsimon qoplam bilan qoplanadi. Teri bezlari rivojlangan bo´ladi, lekin so g’ lom bolalarda ter ajralishi 3-4 oyligidan boshlanadi, bu termoregulyasiya markazining yetilmaganligi bilan bo g ' l iq. Teri funksiyalari turlicha bo ' lib, lekin ulardan asosiysi da g 'al mexanik, kimyoviy ta'sirlardan himoyadir. Bola hayotining 1-yilida bu funksiya juda yupqa bolgan epidermis va boy qon bilan ta'minlash h isobiga yetarli bo'lmaydi. • Bolalarda nafas olish organlari nisbatan kichik o ' lchami va anatomo- gistologik rivojlanishi tugallanmaganligi bilan farqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda burun nisbatan kichik, burun yo ' llari tor, pastki burun yo ' li bo ' lmaydi. Burun shilliq qavati nozik, nisbatan quruq, qon tomirlarga boy. Burun yo ' llari torligi va yaxshi qon bilan ta'minlanganligi natijasida kichik yoshdagi bolalarda yengil yalli g ' lanish burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradi. Ko ' krak yoshidagi bolalarda nafas olishning asosiy va birinchi xususiyati - uning yuzaki xarakteri, ya'ni unchalik katta bo ' lmagan chuqurligidir. • Ikkinchi xususiyati - bir minutda nafas olish sonining ko’pligi. Chaqaloqlar bir minutda 50-60 marta nafas olishadi, bu fiziologik xolat h isoblanadi. Uchinchi xususiyati - bola hayo ’ tining birinchi 2 h aftaligida nafas aritmiyasi, ya'ni nafas olish va nafas chiqarish pauzalarining notogri almashinishi, nafas olish nafas chiqarishga nisbatan qisqa va ba'zi hollarda tanaffus bilan bo´ladi. • Bolalarda nafas olishning to’rtinchi xususiyati - bola yoshi va jinsiga aniq bog’liqlikdir: chaqaloqlar ko´krak mushaklarining nafas olishda kuchsiz qatnashishi hisobiga nafas oladi, ko´krak yoshidagi bolada nafas olishning ko´krak qorin turi ustun bo´ladi. Chaqaloqlar og'iz bo'shlig'i - kichkina o'lchamda bo ´ladi. Og'iz oldi og'iz boshlig'idan alveolyar o ' simta bilan emas milk qirrasi orqali chegaralangan. Lablari qalin, shilliq qavati sorgichlar bilan qoplangan, labning ichki yuzasida ko ' ndalang valiklar bo´ladi. Oraliq qismi (o'tish zonasi) bor, og'iz aylana mushagi yaxshi rivojlangan. Chaqaloqlarda so'lak bezlari kam rivojlangan. 4 oydan keyin 2 yoshgacha ular intensiv rivojlanadi. Keyinchalik bezlar bo'yiga kattalashadi, uning yollari shoxchalardan iborat bo´ladi . Chaqaloqlar oshqozoni silindr yoki buqa shoxi shaklida bo´ladi. Kardial qismi, tubi va pilorik qismi kuchsiz rivojlangan, qorin bo'yni qismi keng. Oshqozon xajmi 50 kub sm, uzunligi 5 sm, kengligi - 3 sm. Chaqaloqlar hayotining birinchi soatlari va kunida qora - zaytunsimon rangli, xidsiz birinchi najas yo’ki mekoniy ajraladi. Keyinchalik ko'krak yoshidagi sog'lom bolalarda najas sariq rangda, nordon reaksiyali va nordon xidli, konsistensiyasi botqasimon bo´ladi Chaqaloqlarda yurak nisbatan katta va tana vaznining 0,8% ni tashkil etadi (22 gr atrofida), kattalarda - 0,4%. O ' ng va chap qorincha tenglashadi, devorlari qalinligi 5 mmni tashkil qiladi. Chaqaloq miokardi juda yupqa mushak to ' qimasidan iborat, biriktiruvchi to'qima kuchsiz rivojlangan, ko’ndalang fibrillyardan va ko ' ndalang chiziqdan iborat . So g’ lom bolalarda bir minutda puls soni Yoshi Puls soni Chaqaloqlar 120-140 6 oy 130 1 yosh 120 5 yosh 100 Shartsiz refleks shaklidagi tug’ma reaksiyalar bola hayotining birinchi kunlaridayo’q dunyoga kelganini x arakterlaydi . • 1. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo'llarini yonga yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi. • Normada bu refleks 4 oyda y o ' q oladi. • 2. Robinson refleksi: bolaning kaftiga biron narsani berilsa qattiq ushlab oladi. Normada 2-4 oyda yo'qoladi. • 3. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning tenerlariga bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi. • 4. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga qo'llarni qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi. • 5. Kernig refleksi: bolani oyoglari tos son bo'g'imiga to'g'ri burchak ostida bukilganda, bola oyoglarini tizza bo'g'imiga to'liq uzata olmaydi. Normada bu refleks 4 oydan keyin yo'qoladi. Boshi. Chaqaloqlar boshi miya qismining yuz qismiga nisbatan katta bo’lishi bilan farqqiladi.Chala tug’ilgan chaqaloqlarda kalla shakli xuddi gidrosefaliyaga o’xshash bo’ladi, chunki ularda bosh miyasi intensiv o’sadi.Kalla suyaklari bir-biri bilan qo’shilmagan, choklari birikmagan, katta liqildoq ochiq bo’ladi, kalla suyagining bunday o’ziga xos xususiyati tug’ruqga yordam beradi.Tug’ruq jarayonining kechishiga qarab, boshning shakli turli xil bo’ladi: dolixosefaliya(oldindan orqaga cho’zilgan), braxisefaliya (yuqoriga cho’zilgan) yoki noto’g’ri (asimmetrik) holatda bo’ladi. Ko’zlari - hayotining birinchi kunida hamma chaqaloqlarda yopiq bo’ladi.Bola tebratganda ko’zlari o’z- o’zidan ochib-yopiladi, bu esa labirint reflekslarning paydo bo’lishini bildiradi. Chaqaloqtug’ilgandan keyin bir necha haftadann so’ng qorachiqlari simmetrik bo’ladi va uning diametri 3 mmni tashkil qiladi. Skleralari oq rangda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda skleralari juda yupqaligi sababli havo rangda bo’ladi. Agar skleralari qoramtir-havo rangda bo’lsa, chaqaloqda yetilmagan osteogenez kuzatilishi mumkin.Ko’pincha Daun sindromida kamalak pardasida Brashfild dog’lari aniqlanadi-qalampirli tuz sepilgan ko’rinishga ega bo’ladi. Sub'konyuktival qon talashlar kon'yuktivalarning mayda qon tomirlarining zararlanganligidan dalolat beradi, sog’lom chaqaloqlarda tug’ruq jarohatining asorati bo’lishi mumkin.Chaqaloq hayotining birinchi kunida gorizontal nistagm "botuvchi quyosh" simptomi kuzatiladi Teri rangi: pletora (to’q-qizil, eritematoz) rangi ko’proq polisitemiya -giperoksiya (kislorod konsentrasiyasi normadan ortiq berilganda) kuzatiladigan va parvarishda ko’p isitib yuborilgan chaqaloqlarda uchraydi. Sariqlik - sutka davomida qondagi bilirubin miqdori 85,5mkmol/ldan yuqori bo’lsa,chaqaloq uchun patologik sariqlik hisoblanadi, bunda chaqaloqlar gemolitik kasalligi, homila ichi infeksiyalari, sepsis rivojlanadi yoki fiziologik holat ham bo’lishi mumkin.Teri rangining oqimtirligi-kamqonlik, tug’ruq vaqtidagi asfiksiya, shok yoki arterial yo’lakning shakllanishida kuzatiladi. Chaqaloqlar ko’krak qafasi-bochkasimon shaklda bo’ladi. Nafas olishi yuzaki, bir minutda 40-60 marta, to’liq diafragmal, ko’krak qafasining bo’sh qismlari nafas olishda tortilib turadi va qorni ko’tarilgan bo’ladi.Chaqaloqlarda burun yo’llari tor, shuning uchun yig’laganda, emganda, bezovtalanganda hansirash tez rivojlanadi, burun shilliqqavatlari shishadi.Chaqaloqlarda nafasi bronxvezikulyar tipda bo’ladi.Chala tug’ilganlarda nafas tez-tez, noregulyar harakatlar bilan labilligi kuzatiladi. Yurak. Chaqaloqlarda ko’krak qafasi o’lchami va shakli xilma-xilligi sababli yurak chegaralarini aniqlash qiyinchilik tug’diradi. Yurakning joylashgan o’rnini aniqlash kerak, chunki dekstrakardiya (yurakning o’ngda joylashishi) uchrashi mumkin.Yurak tonlari aniq, tiniq eshitiladi. Chaqaloqlarda yurakqisqarishlari soni bir minutda 140- 160zarbadan iborat. Son, radial, yelka, oyoqarteriyalarida pulsni paypaslab tekshirish lozim.Qorin sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda aylana shaklda bo’lib, nafas olishda ishtirok etadi. Bola ko’p emizilganda, yuqumli kasalliklarda va xirurgik kasalliklarda qorin dam bo’ladi. Sog’lomtug’ilgan chaqaloqlarda qorni paypaslaganda yumshoq, tinch holatda chuqur paypaslasa bo’ladi. Jigar qovurg’a ravog’idan +2smgacha paypaslanadi (5yoshgacha norma). Sog’lom chaqaloqlarda taloqqovurg’a yoyi qirrasida paypaslanadi. Jinsiy a'zolar ko’rigi. Sog’lom chaqaloqlarda urug’don yorg’oqga tushgan, olat boshchasi chegaralangan bo’ladi.Ba'zi chaqaloqlarda gipospadiya uchrashi mumkin. Olat va yorg’oqning kattalashishi adrenogenital sindromning klinik belgisi hisoblanadi. Yorg’oqning pigmentasiyasi fiziologik belgidir. Sog’lom tug’ilgan qizlarda katta jinsiy lablar kichik jinsiy lablarni yopib turadi.Chala tug’ilgan qizlarda jinsiy yoriq ochiq bo’ladi,kichik jinsiy lablar kata jinsiy lablardan chiqib turadi yoki ular bir xil tenglikda bo’ladi. Chaqaloq pozasi va xarakatlari Etuk tug’ilgan chaqaloqlarning fiziologik pozasi: -oyoqlari chanoq son qismidan yengil bukilgan -qo’llari tirsak qismidan bukilgan va tanaga tegib turadi, barmoqlari musht bo’lib tugilgan. -kam vazn bilan tug’ilgan va chala tug’ilgan chaqaloqlarda oyoqlari yengil to’g’rilanadi. Tug’ruq vaqtida chanoq bilan tug’ruq yo’llariga kelib qolgan chaqaloqlarning oyoqlari to’liq chanoq son bo’g’imidan bukilgan bo’ladi. -chaqaloqlar xarakatlari simmetrik bo’ladi. - chaqaloqlarda oyoqlaridagi mushaklar tonusi yuqori (engil gipertonus); tanasi va bo’yni bir oz gipotonusda bo’ladi. Antropometriya Chaqaloqlarning tana uzunligi va bosh aylanasini o’lchash lozim. Zarur bo’lganda chaqaloqlarning tana xaroratini o’lchash kerak. Chaqaloq normada hayotining birinchi kunidan boshlab tana vaznini 5- 10% ni yo’qotadi. Tana vaznini tiklanishi chaqaloq hayotining 14-kunligiga to’g’ri keladi.Chaqaloqni har kuni o’lchash kerak emas agarda unda : - aktiv so’rish refleksi bo’lsa; - kuniga 8 martadan kam bo’lmagan holatda ko’krakni so’rishi, kunduzi va kechqurungi vaqtlarda ko’krakni emishi bilan. - kuniga 6 martadan kam bo’lmagan holda tez-tez siyish, - kuniga 4 martadan najas ajralishi. Chaqaloqni ko’zdan kechirishning asosiy usullari 1- kun 2-3 к un 7- к un - Nafas - Tanaharorati - Кo’к aksutibilan о vqatlantirish - kindik qoldig’i - teriqoplamlari - siydikajralishi - najas ajralishi -immunizasiya -Кo’к r ак suti bilanovqatlanturish Infeksiya belgilari: -terining qizarishi yoki pufakchalar paydo bo’lishi -ko’zidan yiring ajralishi -bola ushlab ko’rilganda sovuq yoki issiq -nafas olishning qiyinlashishi - Кo’к r ак suti bilanovqatlanturis h - tana vazni - infeksiya belgilari - teri rangi - immunizasiya Chaqaloqning fizik holatini baholash Chaqaloq tug’ilgandan keyin darrov Apgar shkalasi bo’yicha chaqaloq holati birinchi marta baholanadi: 1. Terining butunligi, rangi, toshmalar, o’smalar bor yoki yo’qligi; 2. mushaklar tonusi, harakatlar aktivligi va simmetrikligi; 3. chaqaloqning birinchi yig’lashidagi ovozi, nafas olish soni, xirillashlar mavjudligi yoki yo’qligi; 4. yurak qon-tomir holati- puls ritmi, to’liqligi, yurak urishi, yurak tonlari; 5. ta'sirlanuvchiga nisbatan reflektor javobning kuchi, simmetrikligi va turg’unligi; 6. Chaqaloq vazni, tana uzunligi, bosh va ko’krak aylanasi baholanadi. Кўкрак ёшидаги давр 9 ойлик бола. Ердам билан оекларида турибди. 6 ойлик бола. Бемалол утирибди,атрофига кизикяпти. 3 ойлик бола . Бошини яхши тутади ва қарайди