logo

O’zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy-metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

6002 KB
O’zbekiston tarixi fanining predmeti, nazariy- metodologik asoslari, manbalari va ahamiyati Reja: 1. O’zbekiston tarixining fan sifatidagi o’rni. Uning predmeti va o’rganish ob‘ekti. 2. O’zbekiston tarixini o’rganishning ilmiy- nazariy va metodologik asoslari, tamoyillari. 3. O’zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni hamda ahamiyati. www.arxiv.uz 1- mavzu: O’ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, MANBALARI VA AHAMIYATI. Reja: 1. O’zbekiston tarixining fan sifatidagi o’rni. Uning predmeti va o’rganish ob‘ekti. 2. O’zbekiston tarixini o’rganishning ilmiy- nazariy va metodologik asoslari, tamoyillari. 3. O’zbekiston tarixini davrlashtirish va uni o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni hamda ahamiyati. www.arxiv.uz www.arxiv.uz  Tarix - tafakkur mahsuli. O’tmishimizda yuz bergan har bir hodisa ma‘lum ma‘naviy- ruhiy, ijtimoiy-siyosiy muhit ta‘sirida yuz bergan. • Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o’tmishga oid har xil voqea-hodisalarnining izchil rivojlanishi, insoniyatning paydo bo’lishi, turli xalqlarning hayoti va taraqqiyoti davomida sodir bo’lgan o’zgarishlar, turmush tarzi, iqtisodiyoti, ijtimoiy munosabatlari, davlatchiligi, madaniyati va boshqalarni o’rganadigan fandir. www.arxiv.uz ““ ...Biz haqqoniy ...Biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur”qurollantirishimiz zarur” . . I.A. I.A. KarimovKarimov www.arxiv.uz • “ O’zbekiston tarixi” fani dunyodagi eng qadimiy va boy tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining qariyb 3 ming yillik tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotni o’rgatuvchi fandir. Shu boisdan bu fanning asosiy predmeti O’zbekiston xalqlarining eng qadimgi davrlardan tortib, to shu bugunga qadar ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va mana’viy-madaniy tarixini o’rganish hisoblanadi. Markaziy Osiyoda, jumladan O’zbekistonda yashab kelayotgan xalqlar jahon fani va madaniyati xazinasiga munosib hissa qo’shib kelmoqdalar. O’zbek xalqi Markaziy Osiyodagi barcha xalqlar qatorida doimo erkinlik, xo’rlik, ozodlik va mustaqillik uchun mustamlakachilar va yot kelgindilarga qarshi ko’rash olib borgan va Shu jixatdan u o’zining an‘analariga egadir. www.arxiv.uz  O’z xalqimiz, o’z ona yurtimiz, o’z tuprog’imiz tarixini, o’tmishimizni chuqur anglashimizdan asosiy maqsad nima? • Birinchidan, bugungi O’zbekiston jahon haritasida paydo bo’lgan tasodifiy mamlakat emasligini , ildizlari nixoyatda chuqur va qadimiy ekanligini dunyoga ko’rsatishdir; • Ikkinchidan, sobiq sho’ro siyosati va kommunistik mafkura tazyiqi bilan soxtalashtirilgan tarixni o’z o’rniga qo’yish, tarix va hayot haqiqatini ilmiy haqiqat asosida qayta tiklash; • Uchinchidan, Shu asosda xalqimiz, ayniqsa yosh navqiron avlodimiz qalbida milliy g’urur, milliy iftixor, o’z ajdodlari bilan faxrlanish tuyg’ularini kuchaytirish, Buyuk o’tmishga munosib Buyuk millat bo’lish, ertangi kunga katta ishonch va istiqlolga e‘tiqod bilan yashashni turmush tarziga aylantirish. www.arxiv.uz  O’zbekiston tarixi fani oldiga qo’yilgan bir qator muhim vazifalar: • O’zbekiston tarixi fani yoshlar ongida siyosiy, nazariy - ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. Voqea va xodisalarga tarixiy nuqtai nazardan yondoshadigan har tomonlama yetuk, barkamol insonni tarbiyalashda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi; • O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlar ongida milliy vijdonni uyg’otib, uning shakllanishiga ko’maklashadi. Yoshlar ajdodlarimizning taraqqiyot yo’lini. tarixiy tajribalarni o’qib o’rganganlaridagini ularning ongida istiqlol tafakkuri, hozirgi ijtimoiy- siyosiy. Iqtisodiy va madaniy-ma‘rifiy turmushni o’tmish bilan taqqoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi; • O’zbekiston tarixi fani yoshlarni Ona Vatanga mehr- sadoqat hamda vatanparvarlik an‘analari ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi; www.arxiv.uz • O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash quroli hamdir. Yoshlarimiz bu fanni o’qish, o’rganish va mo’tolaa qilish jarayonida O’zbekiston jahon hamjamiyatining ajralmas tarkibiy qismi va bir bo’lagi ekanligini tushunib oladilar, o’zbek xalqi va Buyuk allomalarimizning fan va madaniyat arboblarimizning jahon taraqqiyoti va tsivilizatsiyasiga qo’shgan va qo’shayotgan munosib hissasi bilan qonuniy ravishda faxrlanadilar. • O’zbekiston tarixi fani yosh avlodni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari va axloqiy fazilatlari: halollik, poklik, odillik, adolatlilik, insonparvarlik, rostgo’ylik, mehnatsevarlik va kamtarinlik, iymon va e‘tiqodlilik sabr-toqat va chidamlilik ruhida tarbiyalashda, Vatan va xalq oldidagi barcha sadoqatlilikni qaror toptirishda oliyjanob vazifani bajaradi. • Yangi jamiyat ko’rish, yangi g’oyalar asosida yangicha fikrlashni ham taqozo etishi Vatan tarixi fani yoshlarda yo’qsak ma‘naviy fazilatlarni shakllantirish, milliy ongni uyg’otish bilan bir qatorda ularni xalqi va vataniga munosib farzand bo’lish ro’hida tarbiyalashga xizmat qiladi. www.arxiv.uz O’zbekiston tarixini yaratish va uni O’zbekiston tarixini yaratish va uni o’rganishning ilmiy-nazariy va metodologik o’rganishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslariasoslari dialektik dialektik metodmetod ilmiylik ijtimoiy ijtimoiy yondoshuvyondoshuv mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, statistik, matematik va boshqa usullar tarixiylik Xaqqoniyli k izchillik faktlarni taqqoslash www.arxiv.uz O’zbekiston tarixini yaratish va uni o’rganishning ilmiy-nazariy va metodologik asoslari • Kishilik jamiyatining tarixini, tarixiy voqea va hodisalarni o’rganishning muhim nazariy- metodolgik asoslaridan biri jamiyat taraqqiyoti qonunlarini ochib beruvchi dialektik metoddir. Insoniyat hayoti, jamiyat taraqqiyoti dialektik jarayondir. Dialektika amalda yagona va yaxlit,unda sodir bo’ladigan hodisalar, voqealar umumiy va bog’lanishda,uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqiyotda bo’ladi, deb ta‘lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Muso al- Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Ulug’’bek, Dekart ,Spinoza , Gegel , Gertsen va boshqa olim va ma‘rifatparvarlarning xizmati kattadir.Ular tabiat, tarixiy va ma‘naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya‘ni ularni uzluksiz harakat qilib, o’zgarib, rivojlanib boradigan holda, taraqqiyotni ichki bog’lanishda olib o’rganish metodologiyasini yaratdilar. Har qanday fanni o’rganishda qo’llaniladigan yagona dialektik qonuniyatga asoslangan usul, ya‘ni dialektik metod, O’zbekiston tarixini o’qitish va o’rganishda ham asosiy nazariy metodologiya hisoblanadi. O’zbekiston tarixi fani, boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar kabi, doimo harakatda bo’lib, o’zgarib, rivojlanib, boyib boradi. www.arxiv.uz • Tarixiy voqea va hodisalarni o’rganish, ularni tahlil etish va yoritishda xolisona, haqqoniy, adolatli yondoshuv muhim metodologik qoidadir. Xolislik qoidasini tarixiy voqea, hodisalarni o’rganayotganda ular bilan bog’liq bo’gan barcha faktlarning hech bir istisnosiz butun majmuini birga olib tekshirishni, xaqqoniy dalillarga asoslanishini talab qiladi. • Tarixni o’rganishda tarixiylik metodologiyasi muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea va xodisalarni o’z davrining aniq tarixiy sharoitidan kelib chiqqan holda o’rganishni taqoza etadi. Voqea, xodisalarni o’rganishda tarixiy bog’lanish, tarixiy o’zviylik, tarixiy rivojlanish jarayoni qoidalariga rioya qilmoq zarur. Har bir narsa, voqea va xodisani boshqa voqea, xodisalar bilan bog’lab o’rgangandagina mazkur voqea, hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi uning to’g’ri aniqlash, belgilash mumkin bo’ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi, bir bo’lagi deb qaramoq zarur. Har bir hodisa qanday tarixiy sharoitda, muhitda paydo bo’lganligini bu xodisa o’z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni o’tganligini, keyinchalik u qanday bo’lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining asosiy talabidir. www.arxiv.uz • Tarixni o’rganishda ijtimoiy yondoshuv qoidasiga amal qilish davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo’lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko’rsatgan ijobiy yoki salbiy ta‘sirini, jamiyatni u yoki bu yo’ldan rivojlanishidagi o’rni va rolini to’g’ri aniqlashga olib keladi va muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimiz tarixini o’rganishda milliy qadriyatlar xalq an‘analari va urf-odatlari, din, islom dini tarixini, odamlarning diniy e‘tiqodlari, diniy ta‘limotlar va ularning asoschilari faoliyatini taxlil qilishga, ularni yoritishga tsivilizatsion munosabatda bo’lib, hurmat qilish, e‘zozlash nuqtai nazaridan yendoshmoq kerak. www.arxiv.uz O’zbekiston tarixni o’rganish va yoritishda quyidagi davrlarga bo’linadi • 1. Qadimgi davr - eng qadimgi zamonlardan milodiy V asrga qadar. • 2. O’rta asrlar davri- milodiy V asrdan - X1X asr o’rtalariga qadar. • 3. Yangi davr - X1X asrning o’rtalaridan hozirgi kunga qadar www.arxiv.uz • Birinchi - qadimgi davr Markaziy Osiyo xalqlarining ibtidoiy jamoa tuzumi, Shu mintaqada dastlabki davlat tuzilmalarining, qadimgi (antik) davlatlarning tashkil topishi bosqichlardan iborat. • Ikkinchi - o’rta asrlar davri quyidagi bosqichlarga bo’linadi: 1) ilk o’rta asrlar - Markaziy Osiyo hududida yerga egalik munosabatlarining shakllanishi, eftalitlar davlati, Turk xoqonligining hukmronligi, arablar bosqini va islom dinining mahalliy xalq ma‘naviyatiga kirib kelishi bosqichi bo’lib, u V-VIII asrlarni o’z ichiga oladi; 2) rivojlangan o’rta asrlar-Markaziy Osiyoda mustaqil markazlashgan davlatlarning vujudga kelishi (IX-XII asrlar); 3) Amir Temur davlati va temuriylar davri ( XIV asrning ikkinchi yarmi -XV asr); 4)O’zbek xonliklari davri ( XVI- XIX asrning birinchi yarmi). • Uchinchi - yangi davr ikki bosqichga bo’linadi.: 1). XIX asrning o’rtalaridan 1991 yil sentyabrga qadar bo’lib, Chor Rossiyasining o’lkamizdagi mustamlakachiligi va sovetlar hokimiyatining istibdodi davri; 2) 1991 yil sentyabrdan - Mustaqil O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqiyot bosqichi . www.arxiv.uz O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari Tarixiy manba deganda uzoq o’tmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning ma‘lum bosqichdagi kechmishini o’zida aks ettirgan moddiy va ma‘naviy yodgorliklarni tushunamiz. Tarixiy manbalar inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan, shuning uchun ham ijtimoiy hayotning hamma tomonlari va bo’lib o’tgan xodisalarni o’zida aks ettiradi. Shuning uchun ham qadimiy odamlarning turish -turmushi va ijtimoiy faoliyati qay tarzda kechganligini tarixiy manbasiz bilib va o’rganib bo’lmaydi. www.arxiv.uz  Tarixiy manbalarni biz ikkiga bo’lib o’rganamiz. Birinchisi , moddiy manbalar bo’lib, unga ko’xna manzilgoh va mozorlar, shaharlar va qasrlar hamda qal‘alarning harobalari, o’sha joylardan topilgan ishlab chiqarish qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat ashyolari , qadimgi sug’orish inshootlarining qoldiqlari, oltin, kumush va mis tangalar, Shuningdek ibtidoiy odamlar va hayvonlarning qoya toshlarga o’yib ishlangan suratlari, umuman tosh va boshqa qattiq predmetlardagi yozuvlar kiradi. Ikkinchisi , ma‘naviy yodgorliklar bo’lib, ular turkumiga uzoq o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda odamlarning turish-turmushi va urf-odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar, shuningdek kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an‘analar kiradi. Xulas, tabiat va jamiyatning kechmishi bilan bog’liq bo’lgan har bir narsa tarixiy manba bo’lishi mumkin, tabiat va jamiyat esa, bir-biri bilan chambarchas bog’liqdir. www.arxiv.uz  Moddiy yodgorliklarni qidirib topish va o’rganish ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunoncha; arxeo- qadimiy, logos-ilm) kishilik jamiyatining uzoq o’tmishni o’rganuvchi ilmdir. Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog’liq bo’lgan material va ma‘lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug’ nomlari, inson qo’li va aql-zakovoti bilan yaratilgan qurol va buyumlardagi naqsh va bezaklar, kishilar ongida, shuningdek og’zaki va yozma adabiyotda saqlanib qolgan o’tmish meroslari (urf- odat,rasm-rusum va an‘analar) kishilarning turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. Bo’larning barchasini etnografiya (grek. etnos- xalq, grapxo- yozaman xalq haqida ilmi tekshiradi va o’rganadi. www.arxiv.uz  Tilimizda, aniqrog’i uning leksik tarkibida uchraydigan, uzoq o’tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘muriy, yuridik atamalar, joy hamda xalq, urug’, qabila nomlari va shunga o’xshash atamalar shubhasiz qimmatli material bo’lib, ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o’rganishga yordam beradi. Ularning kelib chiqishini va etimologiyasini lingvistika (lotin.lingua-til) fani o’rganadi. Yozma adabiyotdan avval paydo bo’lgan xalq og’zaki ijodining durdonalari kishilarning turish-turmushi, ma‘naviy qiyofasi, urf- odati, ayniqsa uzoq o’tmishda hukm so’rgan ijtimoiy munosabatlar haqida qimmatli ma‘lumotlar beradi. Tarixiy manbalarning bu turi bilan folklor (nem.folk-xalq,lore- bilim;xalq donoligi) fani shug’ullanadi. Tarix fanini chuqur o’rganish uchun bir qator yordamchi sohalar, xususan, paleografiya , diplomatika , geraldika , epigrafika , numizmatika , metrologiya , xronologiya kabi sohalarning qo’lga kiritgan yutuqlari ham katta yordam beradi. www.arxiv.uz • Tarixiy manba lar davr nuqtai nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega. • O’zbekiston tarixi fanini o’rganishdagi asosiy yozma tarixiy manbalarga to’xtaydigan bo’lsak, birinchidan, bu eng asosiy va muhim tarixiy manba zardushtiylik dinining muqaddas kitobi - "Avesto" hisoblanadi. "Avesto"da nafaqat zardushtiylik (otashparastlik) dinining tamoyillari, qonun-qoidalari asoslab berilgan, balki unda qadimgi ajdodlarimizning boshqaruv tizimi, ijtimoiy turmushi, madaniy va ma‘naviy hayotiga oid ma‘lumotlar berilgan. Ikkinchidan, o’tmish ota-bobolarimiz qoldirib ketgan • \\ va dunyodagi juda ko’p xorijiy mamlakatlar, jumladan Angliya, Frantsiya, Xitoy, Xindiston, Eron, Turkiya, Rossiya va O’zbekiston ning ko’tubxonalarida saqlanayotgan boy va nodir qo’lyozma asarlar. Shunday qo’lyozmalar orasida podsho, shox ,xon , amirlar saroyida yashagan solnomachi va muarrixlarning yozib qoldirgan asarlari g’oyat qimmatlidir. Uchinchi, va g’oyatda muhim manbalardan biri - shoiru-yozuvchilar, olimu- fuzalolarning qoldirgan noyob asarlari Vatanimiz tarixini o’rganishda ajoyib va qimmatli ma‘lumotlarni beradi. Al-Xorazmiy, Axmad Fargoniy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug’’bek, Ali Kushchi, Imom al-Buxoriy, Navoiy, Bobur, Muqimiy, Furqat va boshqa ko’plab allomalarning ijodlarida, ular yashagan tarixiy va madaniy-muhitga oid qimmatli fikr- Xulosalar, tarixiy ma‘lumotlar mavjud. • Bundan tashqari O’zbekiston tarixi fanini o’rganishda hozirgi kunda mavjud bo’lgan ilmiy asarlar, qo’llanmalar, darsliklar, monografiyalar, risolalar, to’plamlar, har xil muzeylarda, ayniqsa o’lkaShunoslik muzeylarida saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, arxeologik qazilma yodgorliklari, muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, kino, foto hujjatlar va boshqalar muhim va qimmatli manba bo’lib xizmat qiladi. www.arxiv.uz www.arxiv.uz Mustаqil ish mаvzulаri • O‘zbеkistоn tаriхini o‘rgаnishdа mоddiy vа yozmа mаnbаlаrning аhаmiyati. • I.А. Kаrimоvning «Tаriхiy хоtirаsiz kеlаjаk yo‘q» аsаri O‘zbеkistоn tаriхidаgi dоlzаrb muаmmоlаrni o‘rgаnish uchun muhim yo‘llаnmа. • Fuqаrоlаrimiz оngigа milliy istiqlоl vа milliy mаfkurа g‘оyalаrini singdirishdа tаriхning o‘rni. www.arxiv.uz