logo

O'rta Osiyo tarixiga oid XIX asrning ikkinchi yarimi XX asr manbalari. Mustaqil O'zbekiston tarixiga oid manbalar

Yuklangan vaqt:

28.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

413.833984375 KB
O'rta Osiyo tarixiga oid XIX asrning ikkinchi yarimi XX asr manbalari. Mustaqil O'zbekiston tarixiga oid manbalar01 01 05 02 ROSSIYA IMPERIYASI O'ZBEK XONLIKLARINI BOSIB OLISH BO'YICHA K ATTA HARBIY REJALAR TUZDI. REJADA TURKISTONNI BOSIB OLGANDAN KEYIN XONLIKLARNING TAQDIRI QANDAY BO'LISHI OLDINDAN HAL QILINIB QO'YILGAN EDI. HARBIY HARAK ATLARGA KETADIGAN X ARAJATLAR, QO'SHIN MIQDORI, URUSH X ARAJATLARIDA QATNASHUVCHI QISMLAR, SUV VA QURUQLIKDA HARAK AT QILUVCHI VOSITALAR, QUROL -YAROG' ZAHIRASIDA ROSSIYA HARBIY VAZIRLIGIDA O'Z YECHIMIGA EGA EDI. REJADA ASOSIY ZARBANI QO'QON XONLIGIGA BERISH, AYNI PAYTDA XIVA, BUXORO XONLIKLARINING BIRLASHGAN Q O'SHIN TUZISHGA VA ULARGA BIRGALIKDA HARAK AT QILISHGA IMKON BERMASLIK, ULAR O'RTASIDA NIZO-NIFOQNI KUCHAYTIRISH YO'LLARI O'RGANILIB CHIQILGAN EDI. Shunday qilib, general Chernyaev 1964 yilni 1-oktyabrida Toshkent shahrining sharqiy tomonidan bosib olishga harakat qildi. Uning q o'shinida 8 rota askar, 100 nafar kazak, 12 ta zambarak, 1500 urish soldati guruhlardan iborat edi. Bu harakat amalga oshmadi. Nihoyat, 1865 yil 9 may kuni har ikki tomon kuchlari to'qnashdi. Bu voqealarni o'lkashunos tarixchi Mirza Olim Toshkandiy o'zining «Tarixi Turkiston» nomli kitobida qo'yidagicha bayon etadi: «Bir necha kundan keyin Russiya askarlari Toshkand ustiga kelib, qaytadan Xo'jand darvozasidan hujum qila boshladilar. O'sha vaqtda Toshkent shahrining tomonlari atrofini aylantirib, bino qilingan qalin va baland qo'rg'on, tashqari atrofii zovur qazilgan va o'n ikki davrozasi bor edi. BU JANGNI O'Z KO'ZI BILAN KO'RGAN MUHAMMAD SOLIH «TARIXI JA‘DIDI TOSHKENT» NOMLI QO'LYOZMA ASARIDA QO'YIDAGICHA TASVIRLAYDI: BUTUN OSMONNI TUTUN VA CHANG QOPLAB OLDI, NIHOYAT RUSLAR YAQINDAGI TEPALIK TOMON CHEKINIB, MUDOFAAGA O'TISHGA MAJBUR BO'LDILAR. QAMALDA YOTGAN SHAHARLIKLAR BUNI KO'RIB JUDA QUVONDILAR, YETTI YASHAR BOLADAN TORTIB YETMISH YASHAR CHOLLARGACHA G'ALABANI QUTLAB, SARBOZLARGA OVQAT, SHARBAT, ISSIQ NON KELTIRIB TURDILAR. LEKIN RUS QO'SHINLARI O'ZLARINI O'NGLAB, QAYTA HUJUMGA O'TIB, TOSHKENT QO'SHINLARINI ORQAGA CHEKINTIRDI».TOSHKENT DAHSHATLI X AVF OSTIDA QOLGAN KUNLARDA SHAHARNING OBRO'-E‘TIBORLI VAKILLARI YIG'ILISHIB, BUXOROGA O'Z ELCHILARINI JO'NATDILAR. ELCHI BUXORO AMIRI MUZAFFAR TOSHKENT AHLIGA NISBATAN XIYONAT BILAN TENG DARAJADA FIKRINI BILDIRIB, SHUNDAY MAQTANCHOQLIK QILDI: «MEN BIR RUS LASHK ARBOSHISI BILAN JANG QILISHNI ORNOMUS DEB BILAMAN. XOHLASAM TO'PPA-TO'G'RI MOSKVA YOKI PETERBURGGA BORIB RUS DAVLATI BILAN URUSHAMAN» DEDI. K ALTAFAHMLIK BILAN QO'QON XONLIGIGA QARSHI YURISHGA TAYYORLANDI. DUSHMANGA QARSHI KURASHISH O'RNIGA TURKISTON BIRLILIGA PUTUR YETK AZADIGAN X ATARLI YO'LNI TANLADI Ahmad Donish. Haqaqiy ismi Ahmad ibn Amir Nosir ibn Yusuf Al-Xanafiy al-Buxoriy. XIX asrda o'tgan, ko'zga tashlangan mutaffakir shoir, adib va tarixnavis olim. 1827 yilda Buxoroda tug'ilgan. Ahmad Donish faoliyati xattotlikdan boshlangan va 1850 yilning boshlarida amir Nasrullo xizmatiga qabul qilingan. 1870 yilda iste‘foga chiqib, ilmiy ish bilan mashg'ul bo'lgan AHMAD DONISH «BUXOROYI SHARIF AMIRLARINING TARJIMAI HOLI. AMIR DONYORDAN TO AMIR ABDULAHATGACHA» ASARINI YOZADI. O'ZBEKISTONNING XIX ASRDAGI IJTIMOIYSIYOSIY TARIXINI O'RGANISHDA OLIMNING SO'NGGI ASARI (1885 YILDAN KEYIN YOZILGAN) ZO'R AHAMIYATGA EGA. ASARDA K ATTA SO'Z BOSHIDAN KEYIN QISQA TARZDA AMIR DONIYOR (1759-1785), SHOHMUROD (1785-1800) HAMDA AMIR NASRULLO HUK MRONLIK YILLARIDA BO'LIB O'TGAN VOQEALAR BAYON ETILGAN. UNING K ATTA VA SO'NGGI QISMI AMIR MUZAFFARGA BAG'ISHLANGAN. BU QISMIDA BUXORO XONLIGINING XIX ASR IKKINCHI YARMIDAGI IJTIMOIY- SIYOSIY HAYOTI, SHUNING CHOR ROSSIYASI Q O'SHINLARI TOMONIDAN JIZZA X (1866) HAMDA SAMARQANDNING ISHG'OL QILINISHI (1868) VOQEALAR BATAFSIL YORITILGAN.«TARJIMAI AHVOL AMIRONI BUXOROYI SHARIF»NING QO'LYOZMALARI TOSHKENT, SAMARQAND, DUSHANBE KUTUBXONALARIDA SAQLANADI. ASARNING MATNI MASHHUR SHARQSHUNOS OLIM PROF. ABDUG'ANI MIRZOEV TOMONIDAN CHOP ETILGAN . Mirza Abduazim Somiy Bo'stoniy (1838-39- 1914 y. keyin) Buxorolik mashhur tarixshunos olim va shoir. Somiy bir necha tarixiy asar yozib qoldirgan, jumladan «Tuhfayi shohiy» (Podshoning tuhfasi), «Tarixi salotini Mang'tiya» (Mang'it hukmdorlari tarixi) asarlaridir. Uning «Tuhfayi shohiy» (1900-1902 yy.) ham, «Tarixi salotini Mang'itiya» (1907) ham bir davr tarixiga, Buxoro amirligining amir Muzaffar davridagi tarixiga bag'ishlangan. Biroq ular ma‘lum darajada bir-biridan farq qiladi. «Tarixi salotini Mang'itiya» nisbatan ob‘ektiv yozilgan. Asarning ahamiyati shundaki, unda Buxoro xonligining O'rta Osiyoning Rossiya tarafidan bosib olinishi arafasida iqtisodiy va siyosiy ahvoli, BuxoroRossiya munosabatlari bir muncha keng yoritilgan Mirza Salimbek. To'la ismi: Mirza Salimbek ibn Muhammad Rahim XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning birinchi choragida o'tgan tarixchi. Buxoroda tashkil etilgan «Anjumani tarixi» (Tarixshunoslar jamiyati) da xizmat qildi, juda ko'p asarlar yozdi. Tarixchilar uchun eng muhimi uning so'nggi asari «TarixiSalimiy»dir. Asarning yozilgan yili noma‘lum. Tadqiqotchilarning fikricha asar 1920 yillarda yozilgan Asarda, amir Muzaffar davrida Hisor, Ko'lob, Boljaun, Qorabegin va Darvozda bo'lib o'tgan feodallar isyoni, Buxoro- Qo'qon, Buxoro-Rossiya munosabatlari, Buxoro xonligining XIX asrning ikkinchi yarmidagi umumiy ahvoli, ma‘muriy tuzilishi haqida qimmatli ma‘lumotlar bor . Amir Muzaffar Niyoz Muhammad Qo'qandiy. XIX asrda o'tgan Farg'onalik tarixchi, 1803 yili Qo'qonda yirik harbiy xizmatchi oilasida tug'ilgan, Xudoyorxon qo'shinida xizmat qilgan, 60-yillar boshlarida iste‘foga chiqib, ilmiy ish olib borgan. Niyoz Muhammad keng ma‘lumotli kishi bo'lib, «Niyoziy» taxallusi bilan she‘rlar ham yozgan. Lekin yirik tarixiy asari «Tarixi Shohruxiy» (Shohruxbek tarixi) bilan ko'prok mashhurdir. Asarda Qo'qon xonligining qaram bo'lgan boshqa o'lkalarning (Toshkent, Qirg'iziston, Qozog'iston janubiy qismi) ijtimoiy –siyosiy tarixi kam bayon etilgan. Asarda Qo'qon xonligining Buxoro, Sharqiy Turkiston va boshqa nomlar bilan bo'lgan iqtisodiy, siyosiy hamda madaniy aloqalari haqida ham qimmatli ma‘lumotlar bor. Tarixchi olim Muhammad Solih o'lkani tarixini o'rganishda 25 yildan ortiq vaqt sarfladi. Nihoyat 1863-1888 yilgacha izlanishlar samarasi sifatida uning «Tarixi jadidayi Toshkent» (Toshkentning yangi tarixi) deb atalgan va ikki jilddan iborat kitobi yozilgan. Birinchidan jildda qadim zamonlardan to XV asr oxirgacha Sharq mamlakatlarida, shuningdek O'rta Osiyoda bo'lib o'tgan voqealar ikkinchi jildda esa Farg'onaning XV asr oxiridan to XIX asrning 80 - yillarigacha bo'lgan ijtimoiy siyosiy tarixi bayon etiladi.Asarning ilmiyligi shundaki, Toshkent shahri va viloyatiga doir tarixiy, jug'rofiy ma‘lumotlar atroflicha, izchillikda berilib, Toshkentning XIX asr qiyofasi shu asar orqali mukammal yozildi. Shaharning devor va qo'rg'onlari, ularning orasidagi masofa, toponimik ma‘lumotlar, shaharning 12 darvozasi, dahalari, masjid-madrasalari, hammomlari, bozorlari, hunarmandchilik sohalari, qishloq xo'jalik, qabriston va maqbaralari, suv ta‘minot shahobchalari, bog'lar, mevayusabzavotlar, ekin-tekinlari siyosiy tarzda bayon qilingan Toshkent XIX asrda O'rta Osiyo xalqlarining turmushiga bag'ishlangan ilmiy va o'lkashunoslikka bag'shlangan turli xil xabarlar va maqolalar «Turkistanskie vedomosti» gazetasi (Toshkent 1870-1917 y.) va boshqa mahalliy matbuotda muntazam bosilib turdi . XX asr manbalari Turkiston qishloq xo'jaligi haqida guvohlik beruvchi qarashlarni o'zida jamlagan Abdusami qori Ziyoboevning «Tuprog'imiz, oltindur», Abdurauf Muzaffarzodaning «Tuproq nadur?», «Ichor suvlarimizga bir nazar». «Havo va oning unsurlari» kabi maqolalarda o'lkaning asosiy iqtisodiy tayanchi hisoblangan qishloq xo'jaligi xususida so'z yuritiladi. Turkistondagi savdo-sotiq munosabatlarini va bank faoliyatini yorituvchi No'shiravon Yovushovning «Turkistonda tijorat va ziroat», «Talabgor bormu?», Saidnosir Mirjalilovning «Turkistonda savdogarlik», «Banklar haqinda» kabi maqolalarda o'lkadagi savdo-sotiq va banklar faoliyati xususida so'z yuritilgan . Mustaqil yashashga, mustaqil fikrlashga o'z taqdirini o'zi belgilashga, o'z hayotini o'zi izga solishga qodir odam ziddiyatlarni osonlik bilan yengadi.80-yillarning oxirida respublika ijtimoiy hayotida jonlanish boshlandi. Odamlar xilma-xil fikrlar bildirish, dillaridagini oshkora ayta olish imkoniyatiga ega bo'la boshladilar. 1989 yil 21 oktyabrda Respublika Oliy Kengashi O'zbekistonning davlat tili haqida qonun qabul qildi. Siyosiy, ijtim oiy, iqtisodiy va madaniy hayotning barcha sohalarida o'zbek tili to'la amal qilishi qonunlashtirildi. Bu qonunning qabul qilinishi mamlakatlarning mustaqillik sari tashlangan birinchi qadami bo'ldi.O'zbekiston mustaqilligiga oid tarixiy manbalardan ikkinchisi, bu O'zbekiston Respublikasi «Mustaqillik Dekraraciyasi» hisoblanadi. Bu tarixiy hujjat 1990 yil 20 iyunda XII chaqiriq Oliy Kengashining ikkinchi sessiyasida qabul qilindi. Bu hujjat 12 moddadan iborat bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi e‘lon qilinib, chegara daxlsizligi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish o'z taraqqiyot yo'lini, o'z nomini, o'z ramzlarini belgilash huquqini xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan olish va hurmat qilish i masalalari qayd etilgan ushbu Deklarasiya O'zbekistonning yangi Konstitusiyasining ishlab chiqish uchun kelajakda asos bo'lib xizmat qildi. Uchinchi manba – bu O'zbekistonning Oliy Kengashining XII-chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida qabul qilingan 1991 yil 31- avgust davlat mustaqilligi to'g'risidagi qonun va Oliy Kengash Bayonoti hisoblanadi. Bu hujjatlar O'zbek xalqining asriy orzusi ro'yobga chiqqanligining huquqiy ifodasi bo'ldi. Qonun 17 moddadan iborat bo'lib, birinchi moddada O'zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e‘lon qilindi. Yana bir manba. Mustaqil O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Har bir mustaqil, suveren davlatining huquqiy asoslaridan biri - uning asosiy Qonuni-Konstitusiyasi hisoblanadi. O'zbekiston Konstitusiyasi 1992 yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O'zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining IX sessiyasida qabul qilindi. Konstitusiya 6 bo'lim, 128 moddadan iborat bo'lib, 1-bobida «O'zbekiston suveren demokratik respublika ekanligi mustahkamlangan.