logo

Buxoro viloyatida transport xizmatlari ko'rsatishni yanada rivojlantirish yo'llari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

936.2919921875 KB
Buxoro viloyatida transport xizmatlari ko`rsatishni yanada rivojlantirish yo`llari Reja:  Kirish  I BOB. TRANSPORT XIZMATI KO`RSATISHNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI  1.1. Transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirishning zarurligi  1.2. Transport xizmati ko`rsatishning xos xususiyatlari  1.3. Transport xizmati ko`rsatishning rivojlantirishning chet el tajribsi  II BOB. O`ZBEKISTONDA TRANSPORT TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI  2.1. O`zbekiston Respublikasi transport tizimini shakllanishi  2.2. Buxoro viloyati transport tizimini shakllanishi rivojlantinish dinamikasi  2.3. Buxoro viloyatida transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar  III BOB. “ALIXAN TRANS SERVIS” MCHJDA TRANSPORT XIZMATI KO`RSATISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI  3.1. “Alixan Trans servis” MChJning transport xizmatlarini rivojlantirish yo`nalishlari  3.2. “Alixan Trans servis” MChJda transport xizmati ko`rsatish sohasini rivojlantirish chora-tadbir va imkoniyatlari  Xulosa  Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati KIRISH KIRIS HMavzunin g dolzablig i O`rganil- ganlik darajasi BMIning maqsadi va vazifasi Tadqiqot vazifalari Tadqiqot ob`ekti va predmetiBMI ishning nazariy- uslubiy asoslariTadqiqot usullari BMIning tarkibiy tuzilishi  Mavzusining dolzarbligi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarga o`tish jarayonidaida turli davlatlar, asosan O`zbekistonga yaqin bo`lgan davlatlar bilan madaniy hamda iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish, mintaqaviy hamda milliy iqtisodiyotni uyg`unlashgan holda rivojlantirish, yurtimizning xavfsizlik qudratini oshirish kabi muammolar bevosita zamonaviy transport sohasinini rivojlantirish orqali amalga oshiriladi. O`zbekistonda transport infratuzimasida amalga oshirilayotgan faoliyatlar oqibatida yangidan yangi shaharlar, aholi manzilgohlari, sanoat korxonalari, transport qatnovlari tashkil topadi, hududlar ko`rinishi ijobiy o`zgaradi, tranzit avtomobil hamda temir yo`l transportidan mamalakatimiz iqtisodiyotga aniq darajada foyda keladi. Ta`kidlash kerakki, “rivojlangan mamlakatning yo`li yaxshi bo`lmaydi, aksincha, yo`li yahshi mamlakat rivojlangan bo`ladi” bu iboraning zamirida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining belgilab beruvchi asoslardan biri transport tizimlari ekanligini tushinib olish qiyin emas.  Tadqiqot ob`ekti va predmeti . Mazkur tadqiqot ishining ob`ekti sifatida Buxoro viloyati transport tizimi tanlangan. Tadqiqotning predmeti esa viloyatda transporti xizmati ko`rsatish tizimlarining shakllanishi va rivojlanish xususiyatlari o`rganish xizmat qiladi.  BMIning maqsadi va vazifasi. Mazkur ishning asosiy maqsadi Buxoro viloyati misolida transport xizmatlari ko`rsatishni tahlil qilish asosida uning hududiy tashkil qilish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.  Tadqiqot vazifalari. Qo`yilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olingan:  Transportning milliy va mintaqaviy iqtisodiyotdagi o`rnini bozor munosabatlari sharoitida tadqiq qilish;  Transportni iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmasini tadqiqot obyekti sifatida o`rganish;  Buxoro viloyati transport xizmatlari ko`rsatishni tashkil etish va uni rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish va baholash;  Viloyat turistik infratuzilmani joylashuvida transport omili ahamiyatini baholash;  Viloyat transporti tizimini rivojlantirish muammolari, kelajak istiqbollarini aniqlash bilan bog`liq amaliy takliflar ishlab chiqish.  BMI ishning nazariy-uslubiy asoslari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning mavzuga oid nutq va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlari, mamlakatimiz mutasaddi organlarining transport sohasidagi hissalaridan iborat. Ilmiy ishda taraqqiy taqqoslash, tizimli yondashuv, iqtisodiy-statistik, guruhlash, so`rovnoma va boshqa usullardan qo`llanilgan.  Tadqiqot usullari . Ishni bajarishda hududiy taqqoslash, taraqqiy qiyoslash, kartografik, statistik, matematik va boshqa tadqiqot usullaridan keng foydalanildi. Ishni tayyorlashda asosiy manba bo`lib O`zbekiston respublikasi Davlat statistika qo`mitasi, internet tarmog`i va boshqa tashkilotlar ma`lumotlaridan foydalanildi.  BMIning tarkibiy tuzilishi. Qo`yilgan maqsad va vazifalar izlanishning mantig`ini aniqlashda va bitiruv malakaviy ish tarkibida o`z aksini topdi. Bitiruv malakaviy ish kirish, 3ta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, uning o`rganilganlik darajasi, ishning ilmiy tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi, ob`ekti bayon qilingan. Bitiruv malakaviy ishning birinchi bobida Transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirish asoslari haqida fikrlar keltirilgan. Ikkinchi bobda Buxoro viloyati transport tizimini rivojlantinishi tahlil qilingan. Bitiruv ishning uchinchi bobida “Alixan Trans servis” MCHJda transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirish istiqbollari o`rganilib chiqilgan. Buxoro viloyatida xizmat ko’rsatishni rivojlantirish borasida davlat olib borayotgan va qilishi zarur bo`lgan ishlar o`rganilib chiqilgan. Shular asosida xulosalar qilingan. I BOB. TRANSPORT XIZMATI KO`RSATISHNI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI  Mustaqil mamlakatning milliy iqtisodiyotini shakllantirish va mustahkamlashda hozirgi zamon transport tizimlarini ahamiyati beqiyosdir. Bu muhim tarmoqning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, u doimo jamiyat bilan birga, undan ajralmagan holda rivojlanib kelgan. Dastlabki davrlarda aholi transportning juda oddiy usullaridan foydalangan, yuklarni yog`ochlarda, zanballarda, g`ildiraksiz aravalarda tashigan bo`lsa, keyinchalik transport vositasi sifatida hayvonlardan foydalanganlar, daraxt po`stloqlarida suzganlar. g`orlardan topilgan kadimgi lotin bitiklarida «Via est vita» yani, yo`l - demak, hayot mavjud kabi so`zlarni uchratish mumkin. Transport so`zi aslida lotinchadan olingan bo`lib, transporto -“tashiyman”, “tashimoq” degan ma`noni anglatadi. U aholi va xalq xo`jaligiga o`zaro bog`lab, yuklarga bo`lgan extiyojlarini o`z vaqtida muttasil ta`minlab turadi. 1.1. Transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirishning zarurligi  Transport bozor munosabatlari sharoitida makroiqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalar orasidagi ichki va tashqi aloqalarni rivojlantirishda muhim omil bo`lib xizmat qiladi. O`zbekiston Respublikasi statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, transport va aloqa mamlakat yalpi milliy mahsulotining 11,4 foizini beradi (2006 yil ) Investitsiya hajmini 20,7 foizi uning hissasiga to`g`ri keladi. 1999 yilda bu ko`rsatkich 60 mlrd. so`mni tashkil qilgan bo`lsa, 2006 yil u 792,7 mlrd. so`mga yetdi. Transportdan tushgan foyda esa 17,2% tashkil qilgan. Mehnatga yaroqli aholini 4,8 % ya`ni 506,9 ming kishi (15 % ayollar) transport tashkilotlarida xizmat qiladi. 1.2. Transport xizmati ko`rsatishning xos xususiyatlari  Fan va texnika taraqqiyotining insonlarni olamning ixtiyoriy joyiga tezda olib borishga qodir transport vositalari (tezyurar poyezdlar, suvosti va muzyorar transportlar,ovozdan ham tez yelar samalyotlar, avtomobillar va boshqalar) takomillashishiga, shuningdek xizmat ko`rsatish sohasidagi transport vositalariga zamonaviy texnologiya joriy etilishiga olib kelindi. Bunday bileltlarni bron qilish global tizimlarda va biletlar sotishning an`anaviy bo`lmagan yo`llarida, yo`lovchi va yuk tashuvchilarning charter dasturi paydo bo`lishi taraqqiy etishida turlicha axbarot vositalari yaratilishida aholini tashilishini texnologik va texnik tartiblarini kuzatib borishda elektron tizimlaridan ishlatilishida, ularning xavfsizlantirilishini oshirilishida o`z aksini topmoqda. 1.3. Transport xizmati ko`rsatishning rivojlantirishning chet el tajribsi  Transport xizmati ko`rsatishning maklakatimizni turistik salohiyatini oshirish asos bo`layotgan chet el tajribalaridan biri bu avtomobilni ijaraga berish xizmatidir. Avtomobillarni ijaraga berish bo`yicha xizmatlar («Rent-a-car») butun dunyoda turistik biznes bilan bog`liq eng daromadli faoliyat turlaridan biri hisoblanadi. Ularning mohiyati shundan iboratki, muayyan yoshga to`lgan istalgan fuqaro avtomobillarni ijaraga berish bilan shug`ullanadigan kompaniyaga murojaat etib, vaqtinchalik foydalanish uchun haydovchi bilan yoki haydovchisiz mashina olishi mumkin. II BOB. O`ZBEKISTONDA TRANSPORT TIZIMINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 2.1. O`zbekiston Respublikasi transport tizimini shakllanishi  O`zbekiston istiqlol yillarida transport tizimini modernizatsiya qilish hamda yangi xalqaro yo`nalishlarini tashkil qilish bo`yicha keng miqyosdagi ishlar amalga oshirildi.  Umuman olganda yurtimizda transport sohasini rivojlantirish uchun olib borilgan ishlar mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, moliyaviy og`ir ahvolga, iqtisodiy qiyinchilikka qaramasdan juda ko`p mablag`lar ajratib bunyod etilgan. O`zbekistonning strategik ahamiyatga ega bo`lgan tranport hamda kommunikatsiya sohasi istiqlol yillarida amalga oshirilgan  Vatanimizda transport mustaqilligi yaratildi va mamlakatning barcha mintaqalarini o`zaro bog`laydigan yaxlit milliy transport tizimi tashkil topdi. Respublikada yaratilgan samarali transport tizimi jahon mamlakatlari orasidagi integrasiyalashuvda hamda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlanishida asosiy omil sifatida xizmat qilib kelmoqda. 2.2. Buxoro viloyati transport tizimini shakllanishi rivojlantinish dinamikasi  Viloyatda tumanlararo va viloyatlararo iqtisodiy aloqalarning rivojlanishida avtomobil transporti yetakchi rol o`ynaydi. Paxtachilik, bog`dorchilik, uzumchilik, savzovotchilik, chorvachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi qishloq xo`jaligi korxonalari bilan shahar va sanoat tugunlari o`rtasidagi aloqalar viloyatdagi avtomobil transportning uzluksiz ishlashiga bog`liq.  Viloyatning asosiy transport yo`llari uning voha qismidan o`tgan. Bu yerda Buxoro – Turkmanobod (avalgi Chorjo`y), Buxoro – Qarshi temir yo`llari o`tgan, Buxoro shahri va Toshkent o`rtasida tezyurar elektropoyezd qatnovi yo`lga qo`yilgan. Viloyatda qator temir yo`l bekatlari mavjud, ularning eng kattasi va qadimiysi Kogon hisoblanadi. Hozirgi kunda u muhim transport tuguni vazifasini o`taydi. Buxoro viloyatining xizmatlar sohasidagi xizmat turlarining 2016-2017 – yillardagi ko`rsatkichlari Buxoro viloyatining yuk tashish va yuk aylanmasining rivojlanish dinamikasi Buxoro viloyatining yo`lovchi tashish va yo`lovchi aylanmasining rivojlanish dinamikasi 2.3. Buxoro viloyatida transport xizmati ko`rsatishni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar. III BOB. “ALIXAN TRANS SERVIS” MCHJDA TRANSPORT XIZMATI KO`RSATISHNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI  Buxoro viloyatining asosiy sohalaridan biri bo`lgan transport sohasining rivojlanishiga transport xizmati ko`rsatadigan korxanalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shunday korxonalardan biri “Alixan Trans servis” MCHJ aholining uzog`ini yaqin qilib, o`zining beminnat xizmatini ko`rsatib kelmoqda. “Alixan Trans servis” MCHJ 2012-yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirgacha o`zining xizmatlarini muntazam ravishda rivojlantirib kelmoqda. 3.1. “Alixan Trans servis” MChJning transport xizmatlarini rivojlantirish yo`nalishlari “ Alixan Trans servis” MCHJning yo`nalishlari tarkibi. Yo`nalish raqami Yo`nalish nomi Rejadagi ish tartibi (soat, daqiqa) Yo`nalishning o`rtacha masofasi (km.) Qatnovning o`rtacha vaqti (soat, daqiqa) Narxi (so`m) 17 Sheyxoncha QFY- Axoli shaharchasi 06:30-21:33 13,1 37 daq 900 51A Markaziy bozor- Aholi shaharchasi 06:00-21:30 16 37 daq 900 66A Kapitalbank-5-chi kichik noxiya 06:00-21:30 19,1 37 daq 900 72A Moxi Xossa- Sitora bozor 06:00-21:30 16,2 37 daq 900 75 Chortok QFY- Karvon buyum bozor 06:00-21:03 18,9 37,5 daq 900