logo

Avestoning O'rta Osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma'naviy madaniyatini o'rganishdagi ahamiyati

Yuklangan vaqt:

25.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2262.9990234375 KB
Avestoning O'rta Osiyo viloyatlari qadimgi tarixi, ijtimoiy tuzumi, iqtisodiy hayoti va ma'naviy madaniyatini o'rganishdagi ahamiyati Reja: I. Kirish 1.Avesto kitobi haqida umumiy ma'lumot. II. Asosiy qism. 1.Avestoda Qadimgi Xorazm va Baqtriya davlati 2.Avestoda Qadimgi So'g'diyona va Marg'iyona III. Xulosa 1.Avestoning tariximizni o'rganishdagi ahamiyati.  Avesto” zardushtiylikning asosiy manbasi va muqaddas kitobidir. U Apastak, Ovisto, Ovusto, Abisto, Avasto shakllarida ham ishlatilgan. “Avesto” Oʻrta Osiyo, Eron va Ozarbayjon xalqlarining islomgacha boʻlgan ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, diniy qarashlari, dunyoqarashi, urf-odatlari va maʼnaviy madaniyatini oʻrganishda muhim va noyob manba hisoblanadi. Uning mazmuni yaratilishiga qariyb ikki ming yil vaqt ketgan va avloddan-avlodga og'zaki o'tgan. Zardushtiylikda gatalar - xudolar ulug'langan madhiyalar mavjud. Zardusht- isming ma'nosi sariq tuya yetaklagan odam. Zardushtiylik rasmiy tus olishidan oldin Turon va Eron xalqlari orasida “Avesto” parchalari tarqalgan. Zardusht orqali yuborilgan Axuramazdaning ilohiy xabarlari ekanligiga ishonilgan parchalar turli diniy duolar va madhiyalar sifatida to'plana boshladi. Zardusht vafotidan keyin bular kitob holiga keltirilib, “Avesto” – “Oʻrnatilgan, qatʼiy qoidalar” deb nomlanadi. Bu qadimiy yozma manba bizgacha to‘liq yetib kelmagan. Buyuk alloma Abu Rayhon Beruniy «Avesto» haqida shunday yozadi: «Solnomalarda shunday deyiladi: Shoh Doro ibn Doro xazinasida o‘n ikki ming qoramol terisiga zarhal bilan yozilgan «Avesto» nusxasi bor edi.Iskandar o'choqlarni vayron qildi va xizmatkorlarni o'ldirdi, u uni yoqib yubordi. Shuning uchun o'sha paytda Abistoning beshdan uch qismi g'oyib bo'ldi ". Avesto to'rt qismi saqlanib qolgan: Yasna -diniy marosimlar Yasht - ma'no jihatidan yasnaga yaqin Vedivdad -Yovuz ruhlarga qarshi qonunlar majmuasiVisparad-boshqaruvga oid “ Avesto”ga ko‘ra, zardushtiylik jamiyati tizimi to‘rt darajaga ega bo‘lgan: Nmana – “uy-oila”, ya’ni katta oila boshlig‘i boshliq patriarxal oila Vis – “urug‘lik, urug‘chilik xo‘jaligi”, bir-biriga qarindosh bo‘lgan barcha oilalarni o‘z ichiga oladi Zantu - qabila va bu qabila yashagan hudud. Daxyu hududida joylashgan barcha qo'shni urug'larni o'z ichiga olgan "viloyat, mamlakat". Zardushtiylikning asosiy manbasi Avestoda: «Birinchi bor muqaddas olov – «Ozarxurra» «AiryanemVayeja» (ba`zi manbalarda – «Yeran- vej»)da yoqildi», deyiladi. «Airyanem-Vayeja»ning geografik va iqlimiy tavsifi Xorazmnikiga to`g`ri keladi. Avestoda Axura-Mazda tomonidan yaratilgan «Barakot va najot» sohibi bo`lgan bir qator mamlakatlar zikr etiladi va ularning eng birinchisi, «dunyoda hech narsa chiroyiga teng kela olmas Airyanem-Vayeja», keyin esa «odamlar va chorva podalariga mo`l» Sug`d (So`g`d), «qudratli va muqaddas» Mouru (Marv), «baland ko`tarilgan bayroqlar mamlakati» Baxdi (Baqtriya) zikr etiladi.   Frants Grenetga ko'ra Vendidadning birinchi bobida qayd etilgan joy nomlarining taxminiy joylashuvi .  “ Avesto”ning “Mihr Yasht”ida tilga olingan joy nomlarining taxminiy joylashuvi Avestoda qadimgi davlatlarning nomlanishi  Yana bir nemis olimi Yojef Markvart pahlaviy an’analarida zardushtiylarning Xorazmga ko’p e’tibor berganliklarini inobatga olib, bu yer “Avesto”da bir marta tilga olinishiga qaramay, u boshqa nom ostida berilgan degan hulosaga keladi. Olim “Avesto”dagi “Ar’yanem Vaychax”ning geografik o’rnini Xorazm bilan solishtiradi va bu afsonaviy mamlakat o’ziga bir necha qabilalarni birlashtirgan Xorazm podshohligi, ya’ni “Katta Xorazm” degan ilmiy taxminni 1901 yilda ilgari suradi . Y.Markvartning fikrini V.V.Bartol`d, Kissiling, S.P.Tolstov, YA.F.Fulomov, M.G.Vorob`eva va boshqa olimlar quvvatlashgan“ Katta Xorazm” muammosini o’rganish bir necha davrlarga bo’linadi. Uning dastlabki bosqichi — yozma manbalar, birinchi navbatda “Avesto”ni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan. 1873 yilda Venada “Xorazm tarixi va xronologiyasiga doir” nomli kitobni nashr qildirgan nemis tilshunos olimi Eduard Zaxau “Avesto”da ko’rsatilgan “Kayrizao” mamlakati qadimgi Xorazm deb ta’kidlagan.  Katta Xorazm Urganch shahridagi Avesto monumenti Avestoning Yasht kitobi  Videvdat kitobida Baqtriya «eng yaxshi mamlakatlar va o‘lkalardan biri bo'lgan, baland bayroqli, go‘zal o‘lka» sifatida yoritilgan. So‘nggi yunon manbalarida Baqtriya «ming shaharlar davlati» deb atalgan. Baqtriya ayrim daryo vohalaridagi beshta viloyatni birlashtirgan. Surxon, Balxob, Kofimixon, Vaxsh, Panj, Ko‘kcha, Qunduz vohalari shular jumlasidandir. Surxon vohasining markazi Qiziltepa bo‘lgan. Shimoliy Afg‘onistonda yirik shaharlar qoldiqlari - Bolo Hisor va Oltindilyorlar topib tekshirilgan. Bolo Hisor o‘mida qadimgi Baqtra joylashgan. Baqtriya Avesto“ning „Yasht“ kitobida tilga olingan „Soʻgʻd makoni Gava“- Soʻgdiyonaning eng qadimgi viloyati bo'lishi mumkin. Baʼzi maʼlumotlarga koʻra, Gava (Gau) – „buqa“, „poda“ degan maʼnolarini bildirib, u Qashqadaryo vohasi bilan bog'lanadi. Soʻgʻdiyona – bu Zarafshon, Qashqadaryo vohalarida joylashib, janubi-sharqda Baqtriya va shimoli-g'arbda Xorazm bilan chegaradosh bo'lgan. So'g'diyona  Margʻiyona – (Margʻu, Avesta Mouru, yunoncha Margiana, soʻzma-soʻz “oʻtloq” yoki “atrofi chakalakzorlar bilan oʻralgan”, daryo nomidan) — Eron qabilalari yashagan hudud, ehtimol miloddan avvalgi 2-ming yillik oʻrtalaridan. Marg'iyona Mouru va Bahdi o'rtasidagi Nisoi ( nisåim yim antarə mōurum-ca båxdīm-ca ): Vendidad Nisoi Marg'iyona va Baqtriya o'rtasida joylashganligini va u hozirgi Faryob viloyatiga yaqin joyda joylashganligini aytadi . Biroq, ba'zi tarixchilar zamonaviy Turkmaniston janubidagi Niso yoki Eron shimoli-sharqidagi Neyshabur atrofida joylashgan g'arbiyroq joyni ham taklif qilishgan . "Avesto" qonunlari ijtimoiy va iqtisodiy hayotdan, dindan kelib chiqqan qarashlar, jamiyatdagi insonlarning o’zaro aloqalari tajribasiga asoslangan bo’lib,inson va jamoaning har kungi hayotini, ichki va tashqi munosabatlarini huquqiy nazorat qilishiga qaratilgan. Bunday yondoshuv dastavval nohaqlik va jinoyatga to’siq qo’yish, ularning oldini olish maqsadi bilan uzviy bog’langan. Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da odamlarning ijtimoiyiqtisodiy munosabatlari ma'lum qonun-qoidalarga asoslanganligi haqida ma'lumot bor. Agar kishilar Axura-Mazda yaratgan qonunlarga qat'iy amal qilsalar, haqiqat (adolat) va ezgulik yovuzlik ustidan tantana qilib boraveradi, deyiladi  O’zbekistonning miloddan avvalgi 1-ming yillikning birinchi yarmiga oid tarixi ilk yozma manba «Avesto»da berilgan. Avestoda birinchi bo’lib, ushbu zaminda yashagan elatlar, xalqlar, afsonaviy qahramonlar, podsholar, hamda davlatlar, davlatlarning boshqaruv tizimi, xalqlarning mashg’uloti batafsil bayon etilgan. Xulosa shuki, Zardushtiylik eradan avvalgi 7-6 asrlarga xos bo`lgan din sifatida undan oldingi urug` qabilachilik dinlari negizida paydo bo`lgan yakka xudolik dini bo`lgan. U to 7-9 asrlargacha turli shaklda davom etib, so`ng o`rnini islom egalladi. U dastavval Xorazm vohasida shakllanib, yaqin va o`rta Sharqqacha tarqalib, ayrim qoldiqlari haligacha saqlanib kelmoqda Foydalanilgan adabiyotlar: 1.Nasriddinovich, A. A. (2020). The features of appearing family in modern society. European science review, (3-4), 69-72 2.Egamberdiev, A. (2022). HIGHER EDUCATION IN SOME WESTERN RESEARCH. Thematics Journal of Social Sciences, 8(2). 3. Avesto. O`zbekcha tarjima (Asqar Mahkam tarj.) T.:2001. 4. "Avesto"dan (tarj. M. Isoqov) O`zbek tili va adabiyoti jurnali, 1999. №2- 5.Abu Rayhon Beruniy. Al-osorul-boqiya an-al qarunul-holiya.Т.: 1969 6.H. Homidov. "Avesto" fayzlari. – Т.: 2001 7.N.Rahmonov. "Avesto"ning paydo bo`lishi. "O`zbekiston ovozi" 2001, 26. 8. N. Rahmonov. "Avesto": Zamin, vatan demakdir. - "O`zbekiston ovozi" 2001, 25 sentabr. 9. www.e-tarix.uz 10. www.ziyonet.uz E'tiboringiz uchun rahmat.