logo

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o’qitish sifatini oshirishda zamonaviy metod va usullarning ahamiyati

Yuklangan vaqt:

30.03.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

5756.6982421875 KB
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA ONA TILI FANINI O‘QITISH SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY METOD VA USULLARNING AHAMIYATI YONDASHUV MILLIY DASTURDAAMALDAGI DASTURDA  Grammatik yondashuv – grammatikani tushuntirish va yodlatishga asoslangan.  Tilning grammatik strukturasiga asoslangan. Fonetika, keyin leksikologiya, keyin morfologiya kabi boʻlimlarga oid qonun-qoidalar oʻrgatiladi.  Kommunikativ yondashuv – tilni amaliy qoʻllash.  O‘quvchini nutqiy vaziyatlarga tayyorlash. Masalan, do‘konda, mehmonda, rasmiy doiralarda, intervyu berayotganda, hujjat to‘ldirayotganda, taqdimot tayyorlayotganda, maqola yozayotganda.  Vaziyatlarda tildan samarali foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish. AMALDAGI DASTURDA  Tilga doir mavzular amaliyotga yoʻnaltirilmagan.  Yod olishga yoʻnaltirilgan kontent.  Asosan nazariy bilim va qoidalar.  Oʻquvchi nutqini oʻstirishga jiddiy e’tibor qaratilmagan. • Amaldagi Ona tilini oʻqitish metodlari eskirgan. • Zamonaviy bolalarning dunyoqarashi va taʼlimiy ehtiyojlariga mos emas. • Oʻquvchida ona tilini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqni oshirmaydi. • Bu oʻquvchi nutqining yaxshi rivojlanmasligiga, oʻz fikrini erkin va ravon ifodalay olmasligiga sabab boʻladi. • Maktabni bitirgan oʻquvchi fanga doir qoidalari yaxshi bilsa-da, oʻz milliy tilidan samarali foydalana olmaydi. Ona tilini oʻqitishda toʻrt koʻnikmani shakllantirish oʻqib tushunish tinglab tushunish nutq soʻzlash yozish • Til qonuniyatlari emas, koʻproq tilning amaliy jihatlari oʻrgatiladi. • Oʻquvchi tilni turli ijtimoiy munosabatlarda samarali qoʻllashni oʻrganadi. • Tahliliy, tanqidiy fikrlash, mustaqil oʻrganish, hamkorlikda ishlash koʻnikmalari shakllantiriladi; • Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, iqtisod, siyosat, jamiyatshunoslik kabi fanlarni oʻzlashtirishda til omilini his qiladi. • Kelajakda muayyan soha mutaxassisiga aylanganida maktabda olgan bilimlari evaziga oʻzbek tilida ish yuritishga, nutq soʻzlashga, taqdimot oʻtkazish yoki maqola yozishga qiynalmaydi. MILLIY DASTURDA  MILLIY DASTURDAAMALDAGI DASTURDA • Unli tovushlar va harflar • Bo‘g‘in • Maʼnodosh soʻzlar • Feʼl kesim va ot kesim • Ega ergash gapli qoʻshma gaplar. • Navbatda turishni bilasizmi? • Oy Yerdan kattami? • Jamoat transportlari • Oʻzim xarid qilaman • Til bilganga ming tanga • Soʻzdan soʻzning farqi bor • Dasturchilik qanday kasb? • Nobel mukofotiMAVZULAR NUTQIY MAVZULAR Mening oilam Qarindoshlikni bildiruvchi soʻzlar va kishilarning ismlarini bildiruvchi soʻzlarni ajrata olish, bu soʻzlarning imlosini bilish kabi koʻnikmalar beriladi. Shu bilan birga oilaning muqaddasligi, oilaning ijtimoiy ahamiyati, oilaga xos muayyan anʼanalar haqida muhim bilimlar oʻzlashtiriladi. Qoʻriqlanadigan hayvonlar Hayvon nomlari va hayvonlarga atab qoʻyilgan nomlar imlosi kabi grammatik bilimlar o‘rgatiladi. Oʻzbekistonning noyob tabiati, Qizil kitob va unga kiritilgan hayvonlar, tabiat qoʻriqxonalari haqidagi qiziqarli hamda kerakli bilimlar beriladi. Oʻzim xarid qilaman Sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi muloqotda qoʻllaniladigan til birliklari, ularning talaffuzi va imlosi, soʻzlarga soʻroq berish orqali miqdorni bildiruvchi va hisob soʻzlarni aniqlash, -ta qoʻshimchasi yordamida miqdor sonlarni hosil qilish kabi grammatik koʻnikmalar beriladi. Shu bilan birga, bu bilimlari amalda, bozor yoki doʻkondagi xarid jarayonlarida ham qoʻllay olish o‘rgatiladi. O‘quv yilida 132 soat O‘quv yilida 132 soat O‘quv yilida 264 soatONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANI JORIY ETILDI • Boshlangʻich sinflardagi ona tili va oʻqish fanlari birlashtirilib, yagona Ona tili va oʻqish savodxonligi fani joriy etilmoqda. • Buning sababi har ikki fanning maqsad va vazifasi mohiyatan bir ekanidir. • Endi o‘quvchi bir vaqtning oʻzida muayyan turdagi matnni mutolaa qilib oʻqish texnikasini egallashi va shu matn tarkibidagi til birliklarini oʻzlashtirib borishi mumkin. • Ikki fanning birlashtirilishi oʻqituvchining umumiy soat yuklamasiga taʼsir etmaydi.  YASHIL SAYYORA (8 soatga mo‘ljallangan mavzu) Berilgan matndagi so‘z va birikmalarning ma’nosini anglash , matndagi rangni bildirgan so‘zlarni ajrata olish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Matn yuzasidan berilgan savol va topshiriqlarni to‘g‘ri anglash, savollarga tartibli javob bera olish mashqlari. X va h tovushlarini o‘zaro farqlash, ushbu tovushlar ishtirok etgan so‘zlar imlosi ustida ishlash mashqlari. Berilgan mavzu yuzasidan suhbat qurish, unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilish bilan bog‘liq mashq va topshiriqlar ustida ishlash. Fikr ifodalashda tartibni bildiruvchi so‘zlardan (birinchidan, ikkinchidan) foydalanish mashqlari. Tabiatni asrash mavzusida 3 yoki undan ortiq gapdan iborat matn yaratish. Bu jarayonda atoqli otlardan foydalanish, ularning bosh harflarda yozilishi haqida tushuncha berish. Matnda berilgan tasvirlarni tushunish. Tasvirga mos rasmlar tanlash yoki chizish. D A S T U R     KUTILAYOTGAN NATIJA  Bitiruvchi kelajakda qaysi soha mutaxassisiga aylanmasin, oʻz tilida ravon soʻzlaydi va yozadi;  Davlat tilida ish yuritishga qiynalmaydi;  Ilmiy va ommabop matnlarni tushunadi hamda yoza oladi;  Vaziyatlarni teran mulohazakorlik bilan baholaydi;  Muammolarga ijodiy yondashgan holda yechim izlaydi. E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!