logo

Sharq uyg davrida pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Sharq pedagogik ta’limotida ta’limiy-ahloqiy qarashlar

Yuklangan vaqt:

07.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

449.09375 KB
MAVZU : S HARQ UYG DAVRIDA PEDAGOGIK FIKRLARNING RIVOJLANISHI. SHARQ PEDAGOGIK TA’LIMOTIDA TA’LIMIY- AHLOQIY QARASHLAR Reja: 1.Sharq Uyg’onish davrida ilm-fan va madaniyat. 2.Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari. 3. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning ta’limiy ahloqiy qarashlari. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat. Arab xalifaligida yuz bergan ijtimoiy- siyosiy o'zgarishlar, yagona Is lom dinining tarkib topishi madaniy hayotga ham ta ’sir etdi. Ana shu madaniy ko'tarilish butun Arab xalifahgini, Yaqin va O 'rta Sharqni qamrab olganligi uchun ham Sharq Uyg'onish davri deb ataldi. Bu Uyg'onish jarayoni IX asrdan boshlab XV-XVI asrlargacha davom etdi. Sharq Uyg'onish davrida ilm-fan va madaniyat. Arab xalifaligida IX asrda vujudga kelgan Uyg'onish davri xalifalikning Bag'dod, Damashq, Halab shaharlarida boshlanib, barcha boshqa xalqlar madaniy hayotiga tarqalgan, bu esa u davlatlarning ham mada niy rivojlanishga zamin tayyorlagan. Xalifalik yemirilishi jarayonida tashkil topgan mustaqil davlatlardagi madaniy rivojlanish xalifalik davridagi madaniy rivojlanishning davomi edi. Xalifa Horun ar-Rashid va uning o'g'li al- Ma’mun davrida Bag'dodda «Bayt ul-hikma» («Donishmandlik uyi») (hozir Akademiya ma’nosida) tashkil topadi. Mazkur Akademiya ilm sohiblarining ilmiy markaziga aylanadi. Uning qoshida kutubxonasi tashkil etiladi. Akademiya 819-833 -yillari yanada rivojlangan. Akademiyada ikki rasadxona bo'lgan, keyinchalik yangi kutubxona qurilgan. Bog'doddagi bu ilm markazi, o'z navbatida, Sharq va g'arbda ilm-fanning taraqqiy etishiga, ma’naviy hayotning rivojlanishiga ta ’sir etgan. Muhammad ibn Muso al- Xorazmiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari Muhammad al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga etishi va insoniy munosabatlarni yo'lga qo'yishda ilm -fanning muhim ahamiyati to'g'risidagi g'oyani ilgari surgan. Ayniqsa, u matematika sohasida yangilik yaratgan nazariyotchi hamda pedagog-uslubiyotchi ohm sifatida tarixda qolgan. Xorazmiy o'z davrigacha bo'lgan qadimiy m atem atika fani rivojlangan m am lakatlar - Bobil, Yunoniston, Hindiston, Xitoy, Misrdagi deyarli barcha matematiklarning kashfiyotlarini o'rgandi va o'zi ulardan farq etuvchi yangi kashfiyotlar yaratdi . Muhammad al-Xorazmiyning tarix va musiqaga oid, quyosh soatlari to'g'risida ham asarlari bo‘lib, «Tarix kitobi» («Kitob at-tarix») xalifalik tarixiga oid va xalifalikning birinchi tarixchilaridan sanaladi. Shuni ta’kidlash joizki, alloma o'zigacha bo'lgan ilmiy bilimlarning asosiy g'oyalari, metodlarini sintezlashtirdi. U ilmiy bilimlarni o'rganuvchilarning mustaqil bilim olishlariga e’tiborni qaratdi.2C0E1904 14 19 0413 13 13 01 05 14 05 1508 Xorazmiy bilim olishda talabaning shaxsiy kuzatishlariga hamda olgan bilim laridan foydalanishga katta e’tibor berdi. Bunda u ilm izlovchilarning ilmiy manbalarni to'plash, ularni ifodalash va kuzatganlarni tushintira olish malakalarini hosil qilishga katta baho berdi. 27 17 05 10 09 1315 1C 140408 05 Masalan, «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr val muqobala» asarida olimlarni uch guruhga bo`lib shunday yozadi: «Ulardan biri o'zidan avvalgilar qilgan ishlarni amalga oshirishda boshqalardan o'zib ketadi va uni o'zidan keyin qoluvchilarga meros qilib qodiradi. Boshqasi o'zidan avvalgilarning asarlarini sharhlaydi va bu bilan qiyinchiliklarni osonlashtiradi, yopiqni ochadi, yo'lni yoritadi va uni tushunarliroq qiladi. Yoki bu ayrim kitoblarda nuqsonlar topadigan va sochilib yotganni to'playdigan odam bo'lib, u o'zidan avvalgilar haqida yaxshi fikrda bo'ladi, takabburlik qil maydi va o'zi qilgan ishidan mag'rurlanmaydi».2C 14 0D150F 0414 1518 1518 2109 0D1503 1C09 13 0D04070614 09 Muhammad al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muhim hissa qo'shdi. U birinchilardan bo'lib, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi (samoviy ob’ekt -larning harakatini aks ettiruvchi jadval asosida mate matik masalalarning algoritm metodida yechishni ishlab chiqdi). U mate matik g'oyalar asosida odamlarning hayotiy zarurati yotishini, ilmiy kashfiyotlar odam larning amaliy talablari asosida paydo bo'lishini asosladi. Abu nasr forobiyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari O'rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan chambarchas bog'liqdir. Allomaning inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga ega. Mashhur yunon faylasufi Arastudan keyin Sharqda o'z bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni ulug' mutafakkir - «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar. Forobiy ta’lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida ta’lim-tarbiyada nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to'g'risida», «Ixso al-ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to'g'risida» kabi asrlarida allomaning ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari ifoda topgan.3E 0417 101E 0E 2D3E 100309 2D1B 14 0408 21 Forobiy «Baxt-saodatga erishuv to'g'risida» asarida bilimlarni o'rganish tartibi haqida fikr yuritadi. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bo`lgan ilm o'rganiladi, bu - olam asoslari haqidagi ilmdir. Uni o'rgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon haqidagi bilimlarni o'rganish lozim. Undan so'ng, umuman, jonli tabiat, o'simlik va hayvonlar haqidagi ilm o'rganiladi, deydi.3E 13 13 13 05 04 13 17 15 12 19 Forobiy inson kamolotga yolg'iz o'zi erisha olmaydi. U boshqalar bi lan aloqada bo‘lish, ularning ko'maklashuvi yoki munosabatlariga muhtoj bo`ladi. Uning fikricha, tarbiya jarayoni tajribali pedagog, o'qituvchi tomonidan tashkil etilishi muhim. Chunki har bir odam ham baxtni va narsa-hodisalarni o'zicha bila olmaydi. Unga o'qituvchi lozim. Forobiy ta ’lim -tarbiyaning asosiy vazifasi jam iyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.3E 1508140608041106 051538 140E 0A 1D100C040B150B1A06 101309 05040713 150814 3E 12 17 091117 Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanala di. Ta’lim - insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya - muayyan hunarni egallash uchun zarur bo`lgan axloq normalari va amaliy malakalarni o'rgatishdir, deydi olim. Ta’lim faqat so'z va o'rgatish bilangina bo'ladi. Tarbiya esa, amaliy ish, tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo'lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo'lish, o'rganishdir.3E 0510060C09 13 16 0407 1518 39 39 0704 051518 051518 Abu rayhon beruniyning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy 362- yil 3-zulhijjada (milodiy 973-yil 4-sentabr) Xorazmning Qiyot (Kot) shahrida dunyoga keldi. Boshlang'ich ta ’limni olgach, o'sha davrda fan- madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi. Beruniy Xorazm tili bilan birga, arab, sug'd, fors, suryoniy, yunon ibroniy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o'rgangan. U yunon klassik ilmi, astronomiya, falsafa, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, filologiyadan ham chuqur bilim oladi.  Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. O'quvchiga bilim berishda: - o'quvchini zeriktirm aslik; - bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik; - uzviylik, izchillik; - tahlil qilish va taqqoslash; - ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, soddadan qiyinga qarab borish; - takrorlash; - yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazmali bayon etishga e’tibor berish kerakligi uqtiriladi.06 26 19 23 16 16 15 16 16 16 21 16 16 10 Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog'laydi. Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o'rnini ta’kidlashini uning yuqorida qayd etilgan «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston», «Mineralogiya», «Kitob as- Saydana», «al- Qonuni al-Mas’udiy», «Geodeziya» va boshqa asarlarida ko'ramiz. Beruniy fikricha, axloqlilik insonning eng asosiy sifati bo`lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o'zaro muloqoti, ijtimoiy muhit-jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.26 09 26 1518 2D41 0D15 01040D 0515171921 26 05153B 1C09 13 Abu ali ibn sinoning ilmiy merosi va uning didaktik qarashlari Abu Ali ibn Sino 980 -yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog'ida kichik amaldor oilasida tug'iladi. Uning to`liq ismi Abu Ah al-Husayn ibn Abdulloh ibn al- Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husayn, otasining ismi Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko'chib o'tgach, u maktabda o'qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo'r, mehnatsevar edi. Undagi tug'ma qobiliyat, o'tkir zehn, kuchli xotira o'zaro birikib ketgandi. Ibn Sinoning otasi Abdulloh hamda uning do'stlari bilimdon kishilar bo`lib, ularning ilmiy munozaralari o'tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta’sir etadi.02 21 13153B 2A 23 0E 1518 1410 0F 01 05 1518 10 Ibn Sino bolani maktabda o'qitish va tarbiyalash zarurligini qayd etib, maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi, birga o'qitilishi va tarbiyalanishi lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o'qitishga qarshi bo`lgan. Bolaning maktabda jamoa bo`lib o'qishining foydasi quyidagicha ifodalanadi: Agar o'quvchi birga o'qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. Bularning hammasi o'qishning yaxshilanishiga yordam beradi.1B 0F04030E0308 0515 08 0515 0A 02 100B04 2115 0309 0D Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta ’siri haqida bir butun, yaxlit ta ’limot yaratilmagan edi. Ibn Sino birinchi bo`lib jismoniy tarbiyaning ilmiy pedagogik jihatdan bir butun sistemasini yaratdi. Ibn Sinoning shaxsiy faohyati dunyoviy ilmlarni o'rganish haqidagi ta’limotlari, talim -tarbiya haqidagi mulohazalari umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida yuksak o'rinni egallaydi.1B 120917 0D 05153B08090506 120919 1B 15 190421090C 0A091C E`tiboringiz uchun rahmat1B1C1708 021D03020A07 1004