logo

Nasos stansiyalaridan foydalanishni tashkil etish asoslari. Nasos stansiyalaridan foydalanish to’g’risida umumiy ma’lumotlar

Yuklangan vaqt:

03.06.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

4380.9287109375 KB
Nasos stansiyalaridan foydalanishni tashkil etish asoslari. Nasos stansiyalaridan foydalanish to’g’risida umumiy ma’lumotlar  reja 1. Fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. 2. Nasos stansiyalari to ‘ g ‘ risida umumiy ma ’ lumotlar. Nasos stansiyalari turlari va asosiy ekspluatatsiya ko ‘ rsatgichlari. 3. Asosiy atama va aniqlanmalar. Nasos stansiyalari ishining asosiy ko ‘ rsatgichlari Adabiyotlar: 1. M.Mamajonov, T.Tursunov va boshq. Nasos stansiyalaridan foydalanish va diognostikasi. Darslik, T.:“YAngi asr”, 2019.-285 b. 2. M.Mamajonov, T.Tursunov va boshq. Nasos stansiyalaridan foydalanish. Darslik, T.:“YAngi asr”, 2014.-400 b. 3. M.Mamajonov, T.Tursunov va boshq. Nasos stansiyalaridan foydalanish. Darslik, T.:“Yangi asr”, 2014.-400 b. 4. B akiev M.R., K aveshnikov N.T., T ursunov T.N. G idrotexnika inshootlaridan foydalanish. D arslik , T.:TIMI, 2008. - 442 b. 5. M.Mamajonov, T.Tursunov , T.T ursunov . G idrotexnika inshootlaridan foydalanish. D arslik , T.:TIMI, 2011. -412 b. 6. M uxammadiev M.M., N osirov F.J., A vazov K.J. G idroenergetik qurilmalarni ishlatish. O‘quv qo‘llanma, T.:TDTU, 2011.- 130 b. 7. T ashmatov X.K. G idroenergetik o'lchashlar. O' quv qo'llanma, T.:TDTU, 2007. - 82 b. 1. Kirish. Fanining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufida 1693 dan ko‘proq nasos stansiyalaridan foydalanib kelinmoqda. Mazkur nasos stansiyalar yordamida bir yilda 28273,0 mln. m 3 dan ortiq suv 2,3 mln. gektar er maydonlariga etkazib berilmoqda. Bu ishni bajarish uchun nasos stansiyalariga bir yilda 7895,0 mln. kVt.soatdan ortiq, ya’ni Respublikamiz umumiy energiya iste’molining 13...14 % tashkil qiladigan elektr energiyasi berilmoqda. SHu sababli nasos stansiyalarining inshootlari va jihozlarini ekspluatatsiya qilish ishlarini oqilona tashkil qilish va shuning asosida gidroagregatlar hamda boshqa gidromexanik uskunalar, inshootlarning xizmat va ta’mirlararo muddatlarni chuzish, ularning ekspluatatsion samaradorligini oshirish juda katta ahamiyatga ega masala hisoblanadi. Fanning maqsad va vazifalari Fanning asosiy maqsadi - talabalarga nasos stansiyasi inshootlari va asosiy jihozlari ekspluatatsiyasini to‘g‘ri tashkil etishning zamonaviy asoslarini o‘rganish hisoblanadi. Fanning vazifasi - nasos stansiyalar ekspluatatsiyasi jarayonida elektr energiyasi va resurslarni tejash, jihozlar va inshootlardan optimal ish rejimlarida foydalanish, o‘z vaqtida jihoz va uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash ishlarini tashkil qilish, atrof-muxitni muhofaza qilish hamda nasos stansiyalarning texnik va iqtisodiy ekspluatatsion samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish usullarini o‘rganishdan iborat. Fan bo‘yicha talabalarning tasavvur, bilim, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan talablar «Nasos stansiyalaridan foydalanish» fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr: -nasos stansiyalaridan foydalanish sohasida ilmiy-texnik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi; -nasos stansiyalarini ishlatish usullari va jarayonlarini; -nasos va quvurlarning birgalikdagi ishlashini; -nasos stansiyaning gidromexanik jihozlari va yordamchi tizimlarni ekspluatatsiya qilish, nasos stansiyalarida ta’mirlash ishlarini tashkil etishni; -nasos stansiyalarining ekspluatatsion tadbirlarini rejalashtirishni; -meliorativ nasos stansiyasini ekspluatatsiya qilishning bosqichlarini; -meliorativ nasos stansiyasi ekspluatatsiya xodimlarining lavozimiy majburiyatlarini; -meliorativ nasos stansiyalarining ishini xisobga olish va yillik ishlash jarayoni xisobotini bilishi va ulardan foydalana olish; -nasos stansiyalarning suv berish rejasi, nazorat (kuzatish) va ta’mirlash ishlari tashkil etish; -nasos stansiya ekspluatatsion sarf - xarajatlar rejasini tuzish ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak; -sug‘orish va zax qochiruvchi nasos stansiyalarini ekspluatatsiya qilish asoslari bilish; -mashinali suv ko‘tarish gidrotexnik inshootlari va jihozlaridan foydalanish malakalariga ega bo‘lish kerak. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi «Nasos stansiyalaridan foydalanish» fani VII va VIII - semestrlarida o‘qitiladi. Ushbu fan o‘quv rejasiga kiritilgan chizma geometriya va injenerlik grafikasi, injenerlik geodeziyasi, geologiya va gidrogeologiya, gidrologiya va oqim hajmini rostlash, zamin va poydevorlar, injenerlik konstruksiyalari, gidravlika, materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi, gidromashinalar, nasoslari va nasos stansiyalari, gidrotexnika inshootlari, elektr mashinalar va avtomatlashtirilgan elektryuritmalar va boshqa fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi. t/r Tashkilotlar nomi Nasos stansiyalar soni O‘rnatilgan nasos agregatlar soni Nasos stansiyalarni ishlash muddatlari 30 yildan ortiq 20 yildan ortiq 10 yildan ortiq 1 ABMK FB 11 142 11     2 QMK FB 14 86 14     3 Jizzax BNSB 8 47 5   3 4 Qoraqalpog‘iston NSEB 219 479 146 58 15 5 Beruniy NSEB 54 133 36 10 8 6 Norin-Qoradaryo ITHB huzuridagi NSEB 147 513 126 15 6 7 Amu-Buxoro ITHB huzuridagi NSEB 31 157 12 14 5 8 Sirdaryo-Zarafshon ITHB huzuridagi NSEB 35 142 21 10 4 9 Amu-Qashqadaryo ITHB huzuridagi NSEB 62 222 37 20 5 10 Quyi-Zarafshon ITHB huzuridagi NSEB 41 184 27 12 2 10 Norin-Sirdaryo ITHB huzuridagi NSEB 206 656 106 85 15 12 Quyi-Sirdaryo ITHB huzuridagi NSEB 42 107 31 6 5 13 Amu-Surxon ITHB huzuridagi NSEB 114 557 75 31 8 14 Zarafshon ITHB huzuridagi NSEB 93 376 76 12 5 15 Chirchiq-Ohangaron ITHB huzuridagi NSEB 150 401 129 12 9 16 Sirdaryo-So‘x ITHB huzuridagi NSEB 168 541 148 12 8 17 Chapqirg‘oq Amudaryo ITHB huzuridagi NSEB 298 558 251 41 6 J A M I: 1693 5301 1251 338 104 Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi nasos stansiyalarni yillar bo‘yicha ishlash davomiyligi O'quv semetri Mashg'ulotlar va mustaqil ishning hajmlari, soat. Ma’ruza Amaliy mashg‘ulotlar Jami auditoriya soatlari Mustaqil ta’lim Umu miy o‘quv soati 7 36 36 72 44 116 Jami 36 36 72 44 116“ Nasos stansiyalaridan foydalanish” fanidan mashg‘ulotlarning mavzular va soatlar bo‘yicha taqsimlanishi: № Nazorat turi Maksimal ballga nisbatan Nazorat turi bo‘yicha % ball maks. ball saralash bali 7- semestr uchun 1. -amaliy mashg‘ulotlar -mustaqil ta’lim 50 16 24 16 24 28,0 2 Oraliq nazorat (ON) 20 20 20 13,0 3 Yakuniy nazorat 30 40 30 19,0 Jami 7-semestrda: 100 100 100 60,0Fan buyicha talabalar reyting balini aniqlash mezonlari Maksimal ball-100 Saralash bali- 60 ball Izoh: 60-70 ball 3 baho, 71-90 ball 4 baho, 91-100 ball 5 baho. 2. Nasos stansiyalari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Nasos stansiyalari turlari va asosiy ekspluatatsiya ko‘rsatgichlari. Keyingi o‘n yilliklarda suv manbasidan yuqorida joylashgan erlarni o‘zlashtirilishi munosabati bilan meliorativ nasos stansiyalari qurilishi avj oldirildi. Kelajakda respublikamizda sug‘oriladigan dexqonchilikni rivojlanishi ya’ni yangi erlarni o‘zlashtirilishi va sug‘orishning yangi tejamkor (yomg‘irlatib, tomshilatib, er ostidan) texnologiyalarini qo‘llanishi nasos stansiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin. Er osti suvlarini sathi ko‘tarilishi ko‘p hollarda vertikal zovurlar qurish va ulardan nasoslar bilan suvlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi. Axolini ichimlik suv bilan ta’minlash tarmoqlarida ham nasos stansiyalari muxim o‘rin egallaydi. Nasoslar yordamida suv chiqarishga mo‘ljallangan gidromexanik va energetik asbob-uskunalar va gidrotexnika inshootlari majmuiga nasos stansiyasi deyiladi.  Umumiy holda meliorativ nasos stansiyaning gidrotexnik inshootlari majmuasi quyidagi tarkibda bo‘lishi mumkin (1.1-rasm): 1-manba, 2-suv olish inshooti, 3-suv keltirish kanali, 4-tindirgich, 5-avankamera, 6-suv qabul qilish bo‘linmalari, 7- so‘rish truboprovodlari, 8-nasos stansiya binosi, 9-bosimli truboprovodlar, 10-suv chiqarish inshooti, 11-mashina kanali nasos - mexanik, elektr va boshqa turdagi energiyani suyuqlik oqimi energiyasiga aylantirib beruvchi gidravlik mashinadir (2- rasm); nasos agregati (gidroagregat) - quvvatni uzatish jihozlari bilan bog’langan nasos va dvigatel yig‘indisidir (3-rasm); nasos qurilmasi - suyuqlikni manbadan olib iste’molchiga etkazib beruvchi qurilma yoki quvvatni uzatish jihozlari bilan bog‘langan nasos va dvigatel, so‘ruvchi va bosimli quvurlar, ularning kerak - yarog‘lari (armatura, berkitgich - zadvijka, teskari klapan va boshqalar) hamda nazorat- o‘lchov asboblari (vakuumetr va manometr) yig‘indisidir (4-rasm); nasos stansiyasi - iste’molchilarga suv etkazib beruvchi bir yoki bir necha nasos qurilmalari va gidrotexnik inshootlar yig‘indisidir (5-rasm); Nasos va nasos agregati mashinali suv chiqarish gidrotexnik uzeli - suv olish va uni nasos stansiyasi binosiga keltirishga mo‘ljallangan inshootlar, stansiya binosi, so‘rish va uzatish quvurlari hamda suvni qabul qiluvchi inshootlar yig‘indisidir  4 -расм. Насос қурилмалари: а – дизел двигателли; б – электродвигателли ; а) б) 5 -расм. Насос станциялари: а – доимий; б – сузиб турувчи . Nasos qurilmalarini turli holatda urnatilishi E'TIBОRINGIZ UCHUN RAHMAT!