logo

O’zbekiston respublikasi olimlarining “Mashina detallari” fani bo’yicha ilmiy maktablari va ular bajargan ilmiy tadqiqot ishlari

Yuklangan vaqt:

13.07.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

592.080078125 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIMLARINING “MASHINA DETALLARI” FANI BO’YICHA ILMIY MAKTABLARI VA ULAR BAJARGAN ILMIY TADQIQOT ISHLARI REJA: 1. UMUMIY MA’LUMOT 2. “MASHINA DETALLARI” FANI PAYDO BO’LISH TARIXI 3. “MASHINA DETALLARI” FANIGA HISSA QO’SHGAN OLIMLAR 4. XULOSA 5. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Xalq xo'jaligini har tomonlama rivojlantirish, mehnat samara - dorligini oshirish. mahsulot sifatini yaxshilash fan asosida yaratilgan texnikaga bogliq. Texnika va texnologiyaning jadal sur’atlarda rivojlanishi, avtomatlashtirish va boshqarish tizimining keng miqyosda qo'llanilishi texnika fanlariga bo’lgan talabni yanada kuchaytirmoqda. Shuning uchun loyihalangan mashinalar, ularning detallari mumkin qadar yengil yetarli darajada mustahkam, ishqalanishga chidamli, bejirim, davlat standartlariga to'liq mos keladigan bolishi shart. Bundan tashqari, detallar ishdan chiqqanda ularni yangisiga tez va qulay almashtirishning ham imkoni bo'lishi zarur. "Mashina dеtallari" dеb atalgan birinchi kitоbini prоfеssоr V. L. Kirpichеv 1881 yilda Pеtеrburg shahrida nashr ettirdi. O`sha vaqtdan rivоjlana bоshlangan bu fanni bоyitishda rus оlimlaridan P. K. Хudyakоv, A. I. Sidоrоv, M. A. Savеrin, N. S. Achеrkan, N. I. Kоlchin, V. A. Dоbrоvоlskiy, A. I. Pеtrusеvich, N. B. Kudryavtsеv, L. D. Chasоvnikоv, D. N. Rеshеtоv va M. N. Ivanоv asarlari muhim rоl o`ynaydi. Chеt el оlimlaridan K. Baх, F. Ritshеr, О. Rеynоlds, A. Zammеrfеld, V.Lyus, Е. Bakingеm., D.Shiglеy va o`zbеk оlimlaridan I.Sulaymоnоv., R.Tоjibоеv., M.Sho`qo’rоv va A.Jo`raеvlarning «Mashina dеtallari» faniga оid asarlari ham diqqatga sazоvоrdir. Mashina detallari fani, asosan, yuqorida ko‘rsatilgan detal va uzellami, ya’ni hamma sanoatda ishlatiladigan mashinalarga xos bo’lgan detalllarni loyihalash, hisoblash va hisoblashning nazariy asoslarini o'rganadi Mashinasozlik ilmiga mamlakatimiz olimlarining quyidagi yangiliklari munosib hissa bo‘lib qo‘shildi: yangi o‘zgaruvchan uzatish nisbatli tishli uzatmalar; richagli muftalar; zanjirli uzatmalar; uzatish soni o‘zgaruvchan bo‘lgan tasmali uzatmalar; episiklik mexanizmlar; egiluvchan bo'g'inii kulisali mexanizmlar. Mazkur yangi uzatma va mexanizmlar hisoblash va loyihalash asosida ishlab chiqarilib, xalq xo‘jaligida keng miqyosda qo‘llanilmoqda. Yangi mashinalarning nazariy asoslarini yaratish, loyihalash va hisoblashda taniqli olimlarimiz Olimlarimiz H. H.Usmonxo‘jayev, F.S.Qo‘ziboyev, R.F.Mahkamo v, F.Sh.Zokirov, A.J.Jo‘rayev, R.I.Karimov, Sh.Alimuhamedov, A.D.GIushenko, O.V.Le- bedov va boshqalarning hissalari katta. Shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarni tavyorlashda fan yutuqlarini o‘quv jarayoniga tatbiq qilgan yetuk olimlardan l.S.Sulaymo nov, 0‘.A.Ikromov, S.T.Musayev, A.QopIonov, B.Davitboyev, S.YoMdoshbekov, A.Hamidov, E.U.Zoirov va boshqalarning mehnatlari e’tiborga loyiqdir. O‘tgan asrning 70–80-yillarida professor I.Sulaymonov muallif bo‘lgan «Mashina detallari» darsligining nashr etilishi bilan bu fanni respublika oliy o‘quv yurtlarida o‘zbek tilida ham keng o‘qitishga imkon yaratdi. Zamonaviy «Mashina detallari» fanining yutuqlari Vatanimiz va xorijdagi mashinasozlikning taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu taraqqiyot umumiy vazifali mashina detallarini ko‘plab standartlashtirish va unifikatsiyalashtirishni hamda ularni maxsus korxona-zavodlarda ko‘plab ishlab chiqarishni taqozo qiladi. Zamonaviy yalpi va maxsus ishlab chiqarish sharoitida «Mashina detallari» fanining ahamiyati yanada oshib bormoqda. «Mashina detallari» fani mashina va mexanizmlarni loyihalash asosini o‘rganadigan hisobiy konstruktorlik fanlarining birinchisi hisoblanadi. Aynan bu fan asoslarini o‘rganish va o‘zlashtirish bo‘lg‘usi mutaxassislar tayyorgarligida poydevor hosil qilishda katta ahamiyatga ega. Shu bilan birga, bu fan umummuhandislik tayyorgarligini yakunlovchi qismiga kirib, avval o‘tilgan nazariy mexanika, materiallar qarshiligi, mexanizm va mashinalar nazariyasi, o‘zaro almashuvchanlik, standartlashtirish, texnik o‘lchashlar, konstruksion materiallar texnologiyasi, materialshunoslik asoslari, mashinasozlik chizmachiligi va shu kabi fanlarning asosiy holatlari va masalalariga tayanadi. Xulosa Zamon talabiga javob beradigan mutaxasislarni tayyrolashda umuminjenerlik fanlar orasida “Mashina detallari” fani katta ahamiyatga ega . Chunki, bu nafaqat hozirgi kunda balki kelajakda ham katta ahamiyat qaratiladi. Chunki bu fanda mashinalarining tarkibiy qismi bo’lmish detal va uzellarning tuzilishi , ishlashi hamda ularning mustahkamlikka , bikrlikka , issiqlik va yeyilishiga hisoblashning nazariy asoslari o’rganiladi. Shunday ekan hozirgi kunda bu fanga bo’lgan talab ko’paymoqda . Hozirgi kunda nafat olimlarimiz balki o’qituvchi va talabalaram ham loyihalar va ilmiy ishlar olib bormoqda . Ilmiy ishlar soni ko’paymoqda . Chunki fanda hali o’rganilmagan va qilinmagan ishlar juda ko’p . Sababi bu mashinaning detallarini nafaqat o’rganadi balki hisoblaydiyam. Shunday ekan ilmiy ishlar soni ham yildan yilga ko’payib bormoqda. Insonlar to’laqonli foydalanishI uchun. Har bir ishchi, injener hamda olimning vazifasi zamonamiz talabiga to’la javob beradigan, yuqori unumli, mustahkam va foydali ish koeffitsienti yuqori bo’lgan yangidan-yangi mashinalar yaratishdan iborat. Chunki hozirda sharoit ham o’quv qo’llanma va mutaxasislar mavjud. Hali topilmagan va qilinmagan ilmiy ishlar va tatqiqotlar ko’p. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1.Sulaymonov I. Mashina detallari 2.K.N.Tojiboyev, M.M. Shukurov, I.Sulaymonov . Mashina detallari 3. R.N. Tojiboyev Mashina detallari 4.Moydinov.A Mashina detallari 5. www.google.uz