logo

Polimerlarning sintezida neft fraktsiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaktsiyalari turlari

Yuklangan vaqt:

04.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

138.3623046875 KB
Polimerlarning sintezida neft fraktsiyalaridan monomerlar olishda foydalanishning kimyoviy reaktsiyalari turlari.  Polimerlar  (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) —  molekulalari  ( makromolekulalar ) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Makromolekula tarkibidagi atomlar bir-biri bilan asosiy yoki koordinatsion valentlik kuchi vositasida bogʻlangan.  Polimerlar tabiiy — biopolimerlar (rksillar, nuklein kislotalar, tabiiy smoladar) va sintetik (polietilen, polipropilen, fenolformaldegid smolalar) polimerlarga bulinadi. Polimerlar bir xil struktu-rali zvenolar (mas, polivinilxlorid — CH 2 CHCl—) yoki oʻzaro navbatlashuvchi turli xossaga ega zvenolar (sopolimer)dan tashkil topgan boʻladi; vi-nilxlorid va vinilatsetat sopolimeri bunga misol boʻla oladi. Bir nechta kichik oddiy molekulalarning birikishidan hosil boʻlgan P. oligomerlar deb ataladi. Monomerning 2 mo-lekulasi qoʻshilishidan hosil boʻlgan molekula d i m ye r deyiladi. Bunday birikmalar oʻzining xossasiga koʻra, quyi va yuqori molekulali birikmalar oraligʻidagi oʻrinda turadi  Polimerlarning tarkibi va sintez usullariga koʻra, ulardan qattiq va elastik, puxta va moʻrt, issiq va sovuqqa chi-damli, kimyoviy taʼsirlarga bardoshli va h.k. xossaga ega boʻlgan mahsulotlar olish mumkin. Mahsulot hosil qilish uchun polimerlarga toʻldirgichlar va boshqa moddalar qoʻshiladi. Polimerlarning muhim xu- susiyati shuki, ulardan shtampovkalash, presslash kabi oddiy usullarda buyumlar tayyorlash mumkin.   Polimerlar dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik polimer olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Xossasining yaxshiligi va xalq xoʻjaligiga keltiradigan foydasining kattaligi hamda xom ashyo zaxiralarining koʻpligi P.ni keng koʻlamda ishlab chiqarishga imkon berdi.  Polimerlar xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan Polimerlar; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq Polimerlar; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan Polimerlar; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli pilomerlar. Polimerlarning xossasi turlicha bulganligidan ular kora va rangli metallar, yogʻoch, tosh, suyak, shisha va boshqa urnida ishlatiladi. Baʼzi bir sintetik polimerlar ion alma- shuvchi smolalar, qon plazmasi oʻrin-bosari sifatida, tuproqni strukturalashda va boshqalarda qoʻllanadi  Insoniyat o`tgan asrda yangi polimerlarni tabiat yaratgan tabiiy polimerlardan funksional guruhlarini kimyoviy o`zgartirib sintez qilgan. Bu uchinchi, polimeranalogik o`zgarishlar usuli deb ataladi. Bu usulda ma'lum (ko`pincha, tabiiy) polimerlardan ularning funksional guruhlarini kimyoviy o`zgarishlari- reaksiyalari bilan amalga oshiriladi. O`tgan asrning 2- yarmida insoniyat hali polimerni bilmagan holda paxtadan uni nitrat kislota bilan ishlab selluloid nomli plastmassa olgan. Bunda sellyulozaning gidroksil (OH) guruhlari bilan kislota o`rtasida reaksiya boradi:  Neft kimyosi  — kimyo fanining bir boʻlimi, neft va tabiiy gaz kom-ponentlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari va kimyoviy oʻzgarishlarini, shuningdek, ularni qayta ishlash jarayonlarini oʻrganadi. Neft kimyosi sohasidagi ilk tadqiqotlar 19-asrning oxirgi choragida (taxminan 1880- yil) boshlangan boʻlib, bu vaqtga kelib dunyo miqyosida neft quduqdaridan yiliga 4—5 mln.t neft chiqarilgan. Neftni termik krekinglash paytida ajralib chiqadigan gazlardan sintez yoʻli bilan olingan izopropil spirt (1920, AQSH)Neft kimyosining sanoat mikyosidagi birinchi mahsuloti edi. 1950—1960-yillarda toshkoʻmirga nisbatan neft-gaz xom ashyolaridan organik sintezda koʻproq foydalanish Neft kimyosining kimyoviy-ilmiy tadqiqotlardan mustaqil yoʻnalish sifatida ajralib chiqishiga sabab boʻldi.   Neft kimyosining bosh masalasi — neft va tabiiy gaz komponentlarini (asosan, uglevodorodlar, turli yonilgʻilar, surkov moylari, monomerlar, erituvchilar, sirt faol moddalar va boshqa olishda qoʻllaniladigan katta miqdordagi organik mahsulotlar) qayta ishlash jarayonlarini oʻrganish va samarali usullarini topishdan iborat. Shu maq-sadda Neft kimyosi neft uglevodlarining tarkibi, tuzilishi, xossalari, uglevodorodlar aralashmalari va neft tarkibidagi geteroatom birikmalarning oʻzgarishini tekshiradi. Neft kimyosi muammolarni yechishda organik va fizik kimyo, mat., issiklik texnikasi, kibernetika va boshqa fanlarning usullari hamda yutuklaridan kompleks foydalanadi. Xulosa Polimerlar (yun. polymeres — koʻp qismlardan tashkil topgan) — molekulalari (makromolekulalar) bir yoki bir necha turli koʻp sonli takrorlanuvchi guruxlar (monomer zvenolari)dan tashkil topgan yuqori molekulyar massali (bir necha mingdan bir necha milliongacha) kimyoviy birikmalar. Polimerlar dastlab murakkab boʻlmagan moddalar, kumir va yogʻochni qayta ishlash mahsulotlari (mas, fenol, formalin va boshqalar)ga asoslangan edi. Keyinchalik polimer olish uchun neftni kayta ishlash mahsulotlari, tabiiy gaz, qattiq yoqilgʻilarni qayta ishlash mahsulotlari, yogoch va turli oʻsimlik xom ashyolari chiqindilari ishlatiladigan boʻldi. Polimerlar xossasiga koʻra, quyidagilarga boʻlinadi: kauchuklar — keng temperatura oraligʻida qayishqoklik xossasini yoʻqotmaydigan Polimerlar; plastmassalar — yuqori temperaturada yumshaydigan va keng temperatura oraligʻida juda puxta, qattiq, nisbatan qayishqoq Polimerlar; sintetik tolalar — yuqori temperaturada (180—200°) yumshaydigan va shu temperaturada puxta ip boʻlib choʻziladigan Polimerlar; lok va boʻyoqlar — yeyilishga chidamli, metall, yogʻoch va shishaga yopishadigan, atmosfera va mexanik taʼsirlarga chidamli polimerlar. Foydalanilgan adabiyotlar: • "Polimerlar fizikasi va kimyosi" M.A.Askarov, A.S.Rafikov, D.O.Abdusamatova. Toshkent-2020 • "Polimerlar kimyosi" Sh.M.Mirkomilov, N.I.Bozorov, I.I.Ismoilov. Toshkent-2010 • uz.m.wikipedia.org • uz.atomiyme.com • arxiv.uz • cheminfo.uz E’tiboringiz uchun rahmat!