logo

Davriy qonun. D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi. Davriy qonunning ta’rifi. Davrlar, guruhlar va ularning turlari

Yuklangan vaqt:

26.02.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

8569.9599609375 KB
 Kimyo Davriy qonun. D.I. Mendeleyevning davriy sistemasi. Davriy qonunning ta’rifi. Davrlar, guruhlar va ularning turlari 11- sinf  Bugun darsimizda • 1.Davriy qonun yaratilishi. • 2.D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasi. • 3.Davrlar, guruhlar va ularning turlari .  Davriy sistema tarixi D.I.Mendeleyevdan oldin M.V.Lomonosov, I.Debereyner, L. Meyer, U.Odling, J.Nyulends, J.Dyuma, A. Shankurtua va boshqalar kimyoviy elementlar klassifikatsiyalarining turli variantlarini taklif etdilar.Ammo elementlarni sistemaga solishga muvaffaq bo‘lmadilar.  Davriy qonun Rus olimi D.I.Mendeleyev 1869 yilda tabiatning asosiy qonunlaridan biri kimyoviy elementlar davriy qonunini kashf etdi va shu asosida kimyoviy elementlar davriy sistemasini yaratdi. Davriy sistemaning birinchi varianti  Davriy qonun Oddiy jismlarning xossalari, shuningdek, elementlar birikmalarining shakl va xossalari elementlar atom og‘irligining qiymatiga davriy ravishda bog‘liqdir. D.I.Mendeleyev davriy qonunga ana shunday ta’rif bergan edi va o‘zi kashf etgan qonunga “ davriylik qonuni” deb atadi.  Davriy qonun yaratilishi Davriy qonun kashf etilgan paytda 63 ta element mavjud edi.01 0A 0F 1B 18 30 2B 18 1C 18 Ba’zi elementlarning nisbiy atom massalari ham noto‘g‘ri aniqlangan edi.Masalan, Be ning nisbiy atom massasi 9 emas 13,5 deb aniqlangan edi.Bu hol davriy jadval yaratilishida ancha qiyinchilik tug‘dirdi.Chunki,Mendaleyev elementlarning nisbiy atom massalari qiymatini asos qilib olgan edi. Li dan F ga borgar sari elementlar xossalari qununiyat asosida o‘zgarib borardi.Li tipik metall,Be amfoter,B dan F gacha metallmaslik xossasining kuchayib borishi kuzatildi.  Na elementidan boshlab oldingi qator elementlarining xossalari takrorlanishi kuzatildi. Na metallik xossasi kuchli ifodalangan element, Mg da metallik kuchsizroq ifodalangan,Al amfoter element,Si metallmas,P ,S va Cl da metallmaslik xossa yanada kuchayadi. K elementidan,yani tipik metalldan galogengacha xossalarning o‘zgarishi ya’ni, oldingi qator elementlarining xossalari takrorlanishi kuzatildi. Elementlar birikmalarining shakli ham davriy takrorlanganligi kuzatildi. Li 2 O BeO B 2 O 3 CO 2 Na 2 O MgO Al 2 O 3 SiO 2 Mendeleyev elementlarning barcha qatorini davrlarga bo‘ldi.Ba’zi elementlarning atom massalari tuzatildi, hali kashf etilmagan 29 ta element uchun bo‘sh katakchalar qoldirdi. O‘sha vaqtda hali kashf etilmagan yangi elementlar bor degan xulosaga keldi. Ulardan 3 tasini xossalarini batafsil bayon qildi.Ularga ekabor,ekaalyuminiy va ekasilitsiy deb shartli nom berdi. Galliyni 1875 yilda Lekok de-Baubodran, Skandiyni 1879 yilda Nilson, Germaniyni 1886 yilda Vinkler kashf etdi.23280414 18 1D 11 19 06  Davriy sistema D.I.Mendeleyev 1869 yilda kashf etgan davriy sistemaning birinchi varianti uzun shakldagi variant deyiladi.Bu variantda har bir davr bitta qatorda joylashtirilgan edi. 1870 yilda davriy sistemaning ikkinchi varianti qisqa shakldagi variant e’lon qilindi.Bu variantda davrlar qatorlarga, gruppalar esa bosh va yonaki gruppachalarga bo‘lindi. Davriy sistemada gorizontal bo‘yicha 7 ta davr bor. 1,2,3 davrlar kichik davrlar, 4,5,6,7 davrlar kata davrlar deb ataladi.1-davrda 2 ta , 2-3 davrlarda 8 tadan, 4,5-davrlarda 18 tadan,6,7-davrlarda 32 tadan element joylashgan. 1,2,3 davrlar kichik davrlar deb atalib, bitta qatorni o‘z ichiga olgan. • Katta davrlar 2 tadan qatorni o‘z ichiga olishi bilan xarakterlanadi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi 4-, 5-, 6- va 7- davrlar katta davrlardir Katta davr elementlarini ikki qatorga ajratishga asos bo’lgan muhim xususiyat bu ularning oksidlanish darajasidir. (Mendeleyev davrida valentlik deyilar edi.) Ularning qiymatlari davrda elementlarning atom massalari ortishi bilan ikki marta takrorlanadi. «Lantanoidlar » va «aktinoidlar» iborasi 1948 yilda LDUn professori S. A. Shukaryov tomonidan taklif etilgan • 4- va 5- davrlardagi elementlar soni 18 tadan bo‘lib, har bir davr ishqoriy metallardan boshlanib, inert gazlar bilan tugaydi. • Davriy sistemada vertikal bo‘yicha 8 ta gruppa joylashgan.Odatda ,elementning eng yuqori musbat oksidlanish darajasi gruppa raqamiga teng.Ftor bundan mustasno,uning oksidlanish darajasi -1 ga teng. • Cu, Ag,Au +1,+2,+3 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi. • Osmiy, ruteniy va ksenon +8 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi.08 3D03010C0B01330301190B 2105 2105 08 0A0B 3110 101B0405 1C1104120B0406 08 3511 0F05 08 23 060B • 1962 yilda nodir gazning birinchi kimyoviy birikmasi –ksenon tetraftorid XeF 4 olindi. Hozirgi paytda nodir elementlar kimyosi jadal rivojlanmoqda I II III IV V VI VII VIII II +1 Li 2 O +2 BeO +3 B 2 O 3 +4 CO 2 +5 N 2 O 5 III +1 Na 2 O +2 MgO +3 Al 2 O 3 +4 SiO 2 +5 P 2 O 5 +6 SO 3 +7 Cl 2 O 7D a v r l a r Guruhlar Elementlarning kislorodli birikmalarida valentligi I II III IV V VI VII VIII II Li 2 O BeO B 2 O 3 CO 2 N 2 O 5 LiOH Be(OH) 2 H 3 BO 3 H 2 CO 3 HNO 3 Asoslar O‘zgaruvchan Kislotali III Na O₂ MgO Al O ₂ ₃ SiO ₂ P O ₂ ₅ SO ₃ Cl O ₂ ₇ NaOH Mg(OH) ₂ Al(OH) ₃ H SiO ₂ ₃ H PO ₃ ₄ H SO ₂ ₄ HClO ₄ Asosli O‘zgaruv chan Kislotali Elementlar xossalarining o’zgarishi I II III IV V VI VII VIII II -4 CH 4 -3 NH 3 -2 H 2 O -1 HF III -4 SiH 4 -3 РН 3 -2 H 2 S -1 HClUchuvchan vodorodli birikmalari oksidlanish darajasi -4 dan -1 gacha ortadi  Topshiriq (testlar) 1. Yuqori oksidining umumiy formulasi EO 3 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasining umumiy formulasini toping. A) EH 3 ; B) EH 4 ; C) EH; D) H 2 E. 2. Yuqori oksidining umumiy formulasi E 2 O 5 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasining umumiy formulasini toping. A) EH 3 ; B) EH 4 ; C) EH; D) H 2 E. 3. Yuqori oksidining umumiy formulasi EO 2 bo‘lgan elementning vodorodli birikmasining umumiy formulasini toping. A) EH 4 ; B) EH; C) EH 3 ; D) H 2 E.