logo

Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar - asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti

Yuklangan vaqt:

11.05.2025

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1059.630859375 KB
Jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar: asosiy ko‘rinishlari va xususiyatlari. Xalqaro mehnat taqsimoti Reja; 1). Jahon mehnat taqsimoti sub’ektlari, uning tuzilishi va infratuzilmasi, xalqaro iqtisodiy integratsiya, uning turlari va mohiyati; 2). Mehnat kapitalning xalqaro integratsiyasi mohiyati, turlari, dinamikasi; 3). Xalqaro mehnat taqsimoti . Kirish; Jahon xo‘jaligi faoliyatining o‘ziga xos tamonlaridan biri xalqaro iqtisodiy munasabatlarning intensiv rivojlanib borishidir. Jahon xo‘jaligida davlat guruxlari, shuningdek iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlar kengayib, rivojlanib bormoqda. Ushbu jarayonlar xalqaro mehnat taqsimotini cho‘qurlashuvi va xo‘jalik xayotning baynalminallashuvida, ularning bir-biriga bog‘liqligi va yaqinlashuvida, mintaqaviy xalqaro tizimlarning rivojlanishi va mustahkamlanishida namoyon bo‘lmoqda. Zamonaviy jahon xo‘jaligi vujudga kelmasdan oldin ham xalqaro iqtisodiy munosabatlar (asosan savdo ko’rinishda) mavjud bo’lib, uning rivojlanishi sanoat inqilobi bilan chanbarchas bog‘liqdir. Ana shu davrda xalqaro iqtisodiy munosabatlar kengaydi va chuqurlashib, global xarakterga ega bo‘ldi. Zamonaviy jahon xo‘jaligi – bu bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlariga bo‘ysunuvchi, o‘zora bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotlar birlashmasi, global iqtisodiy organizmdir. Xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar va rivojlanishning o‘ziga xos tomonlari, xalqaro ixtisoslashuv va ishlab chiqarish kooperasiyasining o‘ziga xos tamoyillarini o’rganish katta ahamiyatga egadir. Munosib umumjahon infratuzilmasi bo‘lmasa, hozirgi ishlab chiqaruvchi kuchlarining baynalminallashuvini rivojlantirib bo‘lmaydi. Bunday infratuzimasining ayrim tarkibiy qismlari jahon savdosi vujudga kelayotgan, jahon bozori tashkil topayotgan vaqtda paydo bo‘lgan edi. Hozirgi zamon xo‘jaligi infratuzilmasi kema, samolyot, poezd, avtomobil transporti tizimi, xalqaro gaz, neft mahsulotlari quvurlarini, elektr energiyasini etkazib berish, tarmoqlarga axborot etkazib berish kommunikatsiyalari telefon, radio, televideni, kompyuter tizimi xalqaro birjalar, moliya markazlari, banklar tizimini o‘z ichiga olgan. Har bir yuk tashish turi, dengiz, daryo, havo, temir yo‘l, avtomobil yo‘li uchun ham ularning ishlash sharoitlari portlar passajirlar tashish va hokazolar uchun umumjahon o‘lchovlari mavjuddir. Chunki bu masalalarni kelishib turib, xal etishgina barcha mamlakatlarni jahon transporti yo‘llarida foydalanish imkonini beradi. Turli xalqaro darajada maxsus ma’lumotlar bosqichlari tashkil topmoqdaki, bular ilmiy va ishlab chiqarish maqsadlari uchun zarur axborotni qidirib topishni ancha qisqartiradi. Shuningdek jahon infratuzilmasi turli ziddiyatlarni bartaraf qilish orqali rivojlanmoqda, bulardan biri transport, aloqa, axborot tizimlari o’rtasidagi raqobatlar, ziddiyatlardir. Har qaysi mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyoti to‘g‘risidagi strategik ma’lumotlarni tayyorlash, hisoblash ishlarini birxillashuvi jahon infratuzilmasining rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga egadir JAHON MEHNAT TAQSIMOTI SUB’EKTLARI, UNING TUZILISHI VA INFRATUZILMASI, XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA, UNING TURLARI VA MOHIYATI Xalqaro mehnat taqsimoti  - ayrim mamlakatlarning muayyan mahsulotlarini ixtisoslashuvi va mahsulotlarni ayirboshlashi. Ijtimoiyhududiy mehnat taqsimotining yuqori shakli, jahon bozorining va davlatlar oʻrtasidagi iqtisodiy munosabatlarning asosini tashkil etadi, davlatlar milliy xoʻjaliklarini jahon xoʻjaligi tizimiga birlashtirish omili boʻlib, obyektiv jihatdan mehnat unumdorligining oʻsishiga yordam beradi. Jamiyat taraqqiyotining dastlabki davrlarida ayrim mamlakatlarda tabiiy sharoitlar tafovuti bilan bogʻliq boʻlgan Xalqaro mehnat taqsimotit.ning sodda koʻrinishlari mavjud boʻlgan. 19-asrning oʻrtalaridan Yevropa mamlakatlarida juda katta miqdordagi xom ashyo, tez oʻsib borayotgan shahar aholisi uchun oziq-ovqat keltirishni talab etgan mashina industriyasining paydo boʻlishi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning rivojlangan shakllarini yuzaga keltirdi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ni shakllantirgan yana bir muhim omillardan biri — mustamlakachilik sistemasining paydo boʻlishi hisoblanadi. 20- asr boshlariga kelib mustamlaka va qoloq mamlakatlar tamomila "jahon qishloqlari"ga, Yevropa va Shimoliy Amerikaning sanoati rivojlangan mamlakatlari "jahon shaharlari"ga aylandi. Xalqaro mehnat taqsimotit.ning bu xususiyati Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda ham saqlanib qoldi. 1960-yillarda sobiq mustamlaka va yarim mustamlakalar — jahon aholisining 80% dan ortigʻi yashaydigan Lotin Amerikasi, Osiyo va Afrika mamlakatlari hissasiga jahon sanoat mahsulotlarining taxminan 15% toʻgʻri keldi. Bu mamlakatlar eksportining asosiy qismini xom ashyo va oziqovqat tashkil etgan holda ularning importga qaramligi juda yuqori edi, chunki bu mamlakatlar zarur sanoat tovarlarining deyarli barchasini va yetishmaydigan oziq-ovqatni chetdan keltirishga majbur edi. JAHON MEHNAT TAQSIMOTI SUB’EKTLARI UNING TUZILISHI VA INFRATUZILMASI  Inson kapitali mehnat bozorining tarkibiy elementi va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Inson salohiyatining yuksalishi esa taraqqiyot kafolatidir. Shu bois, rivojlangan mamlakatlarda bolalar ta’limi va tarbiyasiga  ular hali yoshligidanoq sarmoya sarflay boshlaydilar. Aytaylik, so‘nggi yillarda Mehnat munosabatlariga nisbatan yangicha yondashuvlar yuzaga kelayotgani qo‘shimcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarmoqda. Xususan, jamiyatda mulkdorlar va ish beruvchilar soni keskin oshdi. Hatto jismoniy shaxslarga ham ish beruvchi maqomi berildi. Bularning barchasi mehnat bozorida yangi islohotlarni taqoza etdi. nson kapitali mehnat bozorining tarkibiy elementi va iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Inson salohiyatining yuksalishi esa taraqqiyot kafolatidir. Shu bois, rivojlangan mamlakatlarda bolalar ta’limi va tarbiyasiga ular hali yoshligidanoq sarmoya sarflay boshlaydilar. Chunki ular bilishadi: ana shu sarmoya vaqt kelib jamiyatga 15-17 barobar ko‘p foyda keltiradi. MEHNAT KAPITALNING XALQARO INTEGRATSIYASI MOHIYATI, TURLARI, DINAMIKASI Fantexnika taraqqiyoti sharoitlarida Xalqaro mehnat taqsimotit. tobora rivojlangan shakllarga ega boʻlib boradi, xalqaro ixtisoslashuvga ehtiyoj kuchayadi, chunki bir mamlakat doirasida hozirgi texnika taraqqiyoti darajasida muttasil ortib borayotgan mahsulotlarning barcha turini keng miqyosda i.ch. mumkin emas. Hozirgi Xalqaro mehnat taqsimotit.ning xususiyati — rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlar oʻrtasidagi Xalqaro mehnat taqsimotit.da tarmoklararo ixtisoslashuv yetakchi oʻrinda tursa, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida tarmoqlar ichida ixtisoslashishning chuqurlashayotganidir. Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro ichki tarmoq ixtisoslashuvi (mahsulot, detal, texnologiya boʻyicha) mamlakatlararo sanoat mahsulotlari savdosining ortishiga olib keladi. Bu mamlakatlar i.ch.ning yuqori yoki pastroq darajadagi kompleks tarmoq tuzilmasiga ega. Bunday sharoitlarda Xalqaro mehnat taqsimotit.ning ichki tarmoq ixtisoslashuvi yoʻnalishida chuqurlashuvi eng yangi tarmoqlar rivojlanishining zaruriy shartiga aylanadi. Ichki tarmoq ixtisoslashuvining yoʻyalishlaridan biri — mahsulot turi boʻyicha ixtisoslashish hisoblanadi, yaʼni muayyan mahsulot turini i.ch. u yoki bu mamlakatda amalga oshiriladi (mas, traktorsozlik AQShda yuqori quvvatli gʻildirakli va zanjirli traktorlar i.ch.ga, Buyuk Britaniyada oʻrtacha tipdagi gʻiddirakli traktorlar i.ch.ga, Germaniyada quvvati kichik traktorlar i.ch.ga ixtisoslashgan).  XALQARO MEHNAT TAQSIMOTI  Mehnat taqsimoti  - mehnat turlarining bir-biridan ajralib mustaqil ahamiyat kasb etishi; mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Mehnat taqsimoti yuz berganda bir mehnat turidan ikkinchisi, ikkinchisidan uchinchisi va h.k. ajralib chiqadi va shu jarayon uzluksiz davom etaveradi. Har bir mehnat turi mustaqil vazifani boshqa mehnat turlari bilan bogʻlanib, ishlab chiqarish da qatnashgan holda bajaradi. Mehnat taqsimoti mehnat turlarini koʻpaytirib, ularni ayrim kishilarga kasb sifatida birkitib qoʻyadi. 21-asr boshlarvda Mehnat taqsimoti tufayli dunyoda 30 ming xil kasb mavjud boʻldi. Mehnat taqsimoti mehnat unumdorligini oshiradi. Jamiyat taraqqiyotida Mehnat taqsimoti 3 yoʻnalishda boradi: Umumiy Mehnat taqsimoti — yirik mehnat turlarining bir-biridan ajralib, yirik sohalarni tashkil etishi. Bunda mehnatning moddiy va nomoddiy, agrar, industrial va servis sohasidagi turlari paydo boʻladi; X u susiy Mehnat taqsimoti — yirik sohalar ichidagi Mehnat taqsimoti — muayyan sohadagi mehnat ixtisoslashadi, mehnat turlari koʻpayadi. Agrar mehnat dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik mehnati turlariga ajraladi. Sanoatdagi mehnat undirma va ishlama, ogʻir va yengil sanoatdagi mehnat turlariga ajraladi. Qisman Mehnat taqsimoti — korxona doirasida boʻladigan mehnat turlarining ixtisoslashuvi. Bunda mehnat mahsulot yaratish uchun kerak boʻlgan ayrim qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha ixtisoslashgan turlarga ajraladi. Milliy iqtisodiyotda hududlar yoki mintaqalar boʻyicha mehnat ixtisoslashadi. Xal qaro Mehnat taqsimoti — mehnatning mamlakatlar oʻrtasida maʼlum nisbatda va iqtisodiy nafni koʻzlagan holda taqsimlanishidir. Bu mehnat turining bir-biridan ajralishi emas, balki mavjud mehnat turlarining ayrim mamlakatlarga ularning ustuvor faoliyati sifatida birkitilishini yuzaga keltiradi. Xalqaro Mehnat taqsimoti ishlab chiqarishning baynalmilal miqyosda ixtisoslashuvini bildiradi, davlatlararo iqtisodiy aloqalarni zaruratga aylantiradi, xalqaro savdoni yuzaga keltiradi. Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi jamiyat bilan tabiatning o'zaro munosabatlari natijasida kelib chiqqan iqtisodiy-ijtimoiy tizimlarining jahon bo`yicha, shuningdek, uning ayrim regionlari va mamlakatlari bo‘yicha shakllanishi va rivojlanishiga xos xususiyatlar va qonuniyatlari;    Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar qatoriga jahon xo'jaligi, ayrim mamlakat yoki regionlar iqtisodiyoti, aholisining hududiy joylashishi va shaharlari, trans port tizimlari va boshqalar kiradi:    Tarixiy hududiy, tizimli va tipologik yondashuvlai hamda tamoyillar о`quv fanining metodologik poydevorini tashkil etadi;  «Jahonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi» fanida asosiy e’tibor quyidagi vazifalarning yechimini topishga qaratilgan;  Jahon siyosiy xaritasining shakllanishi va uning o'zgarishlarini ifodalovchi qonuniyatlarni tavsiflash;  Jahon tabiiy resurslarining hududiy taqsimlanishiga xos xususiyatlarni aniqlash, ulardan foydalanishning hozirgi holatini tahlil etish va xulosalash;  Jahon aholisining soni, dinamikasi, joylashishi va tarklbiga oid qonuniyatlarni tatqiq etish;  Jahon xojaligini tarmoqlar tarkibining shakllanishi va о`zgarishiga xos jihatlarni aniqlash;  Insoniyatning global muammolari, ularning tarkibida bo'lib o`tgan o'zgarishlarni tavsiflash; XULOSALAR Ba'zi iqtisodiy tahlilchilar xalqaro mehnat taqsimoti ta'sirini obro'sizlantirishdi va bu bo'linish faqat tovar ishlab chiqaradigan mamlakatlarda qashshoqlik va tengsizlikni keltirib chiqardi deb ta'kidladilar. Darhaqiqat, 1980 yillarda BMTning Lotin Amerikasi bo'yicha iqtisodiy komissiyasining a'zosi, iqtisodchi Raul Prebish xalqaro mehnat taqsimoti dunyoni ikki guruhga bo'linishini keltirib chiqardi: biri xom ashyo ishlab chiqaradigan, ikkinchisi xomashyo ishlab chiqaradigan. sanoatlashgan mahsulotlar. Birinchi guruh o'zlarining tovarlari qiymatining tobora pasayib ketishi sababli ularning xarid qobiliyatini yo'qotganini ko'rgan bo'lsa, ikkinchi guruhga ularning mahsulotlarining mos yozuvlar narxlarining ko'tarilishi foyda keltirdi. Xom ashyoning qadrsizlanishi paytida sanoat mahsulotlari nisbiy qiymatini oshirgan ushbu hodisa tijorat almashinuvi jarayonlarining yomonlashuvi deb nomlangan. Ushbu yomonlashuv, tengsizlikning ko'payishi bilan bir qatorda, eng ta'sirlangan mamlakatlarning eng boylarga ko'proq bog'liqligiga olib keladi. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!