logo

Antivirus dasturiy vositalar kompyuter viruslarining xarakteristikalari viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari

Yuklangan vaqt:

21.07.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1017.876953125 KB
Mavzu: Antivirus dasturiy vositalar: kompyuter viruslarining xarakteristikalari, viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. Reja : 1. Virus va uning turlari. 2. Kompyuter viruslaridan himoyalash. 3. Antivirus dasturlari. 1. Virus va uning turlari. «Kompyuter virusi» atamasi 80- yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik viruslarga tegishli o‘lchamlarning kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin: — yashash muhiti bo‘yicha; — yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha; — zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha; — ishlash algoritmi bo'yicha. • Talaba viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi. • Bunday viruslar, odatda, rezident bo'lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko'pincha xatoliklar mavjud bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi. • «Stels» viruslar malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi. «Stels» viruslar operatsion sistemaning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab qolish yo‘li bilan o'zining yashash makonida ekanligini yashiradi va operatsion sistemani axborotning shikastlanmagan qismiga yo'naltiradi. • Polimorf viruslar ham malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi va doimiy tanituvchi guruhlar — signaturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar yashash makonining zaharlanganligini aniqlash uchun zaharlangan obyektga maxsus tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ketma-ketligini (signaturani) joylashtiradi.  2. Kompyuter viruslaridan himoyalash. Virusga qarshi vositalar yordamida quyidagi masalalar yechiladi: kompyuter sistemalaridagi viruslar aniqlanadi; viruslar ta’siri oqibatlari yo'qotiladi. Kompyuter sistemalarida viruslarni aniqlashning quyidagi metodlari mavjud: - skanerlash; - o’zgarishlarni bilib qolish; - evristik tahlil; - rezident qorovullardan foydalanish; - dasturni vaksinasiyalash; - viruslardan apparat-dasturiy himoyalanish. Skanerlash viruslarni aniqlashning eng oddiy metodlaridan hisoblanadi. Skanerlash skaner-dastur tomonidan amalga oshiriladi. Bu skaner dastur viruslarning tanituvchi qismini — signaturani qidirish maqsadida fayllarni ko‘rib chiqadi. Ko‘pincha skaner-dasturlar aniqlangan viruslarni yo‘qotishi mumkin. Bunday dasturlar polifaglar deb ataladi. Skanerlash metodi signaturalari ajratilgan va doimiy bo‘lgan viruslarni aniqlashda qo‘llanadi. 3. Antivirus dasturlari . Kompyuterdagi ma'lumotlarni viruslardan himoya etish uchun antivirus dasturlar ishlab chiqarilgan. Antivirus dasturlar AQSh, Kanada, Rossiyaning bir qator firmalari tomonidan ishlab chiqarilmoqda. Antivirus dasturlar rezident va norezident turlarga bo'linadi: rezident antivirus dasturi kompyuter yoqilganidan o'chirilguncha qadar operativ xotira, aktiv (joriy) dasturlarni, fayllarni virusga tekshirib turadi. Rezident antivirus dasturi o'zining ishini foydalanuvchiga bildirmasdan olib boradi, faqat ayrim hollarda foydalanuvchidan virusi mavjud faylni davolashga ruxsat so'raydi. Norezident antivirus dasturlar esa faqat foydalanuvchining o'zi ko'rsatgan joylarni va belgilangan vaqtda tekshiradi va davolaydi.  Hozirgi kunda quyidagi antivirus dasturlar keng tarqalgan: 1. DrWeb for DOS; 2. DrWeb for Windows; 3. Antiviral Tool Kit Pro; 4. AVP Platinium; 5. Norton Antivirus; 6. McAfee;  7. Aidstest; Doctor Web, AVP, Aidstest antivirus dasturlari Rossiyaning "Kasperskiy" laboratoriyasi tomonidan ishlab chiqarilgan va u MDH davlatlarida ko'p uchraydigan viruslardan xabari bor. Norton Antivirus mashhur Symantec firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, u topa oladigan viruslar soni 100000 dan ortiq. AVP dasturi virusdan himoyalaydigan eng ishonchli antivirus dasturi hisoblanadi. DrWeb dasturining rezident tekshiruv dasturi Spider - Windows rejimida tekshiruvni olib boradi. Bitta kompyuterda bir nechta turdagi antivirus dasturlar o'rnatmagan ma'qul, chunki ularning virusni topish usullari (algoritmlari) har xil hamda ular ham o’zlarini viruslar kabi tutadilar va bu holda ular o'zaro "kelisha olmay qolishlari" mumkin.