logo

Sud xarajatlari, protsessual muddatlar, sud ajrimi va qarori, sud bayonnomasi

Yuklangan vaqt:

03.05.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1408.841796875 KB
Sud xarajatlari, protsessual muddatlar, sud ajrimi va qarori, sud bayonnomasi REJA  Sud xarajatlari  Protsessual muddatlar  Sud ajrimi va qarori  Sud bayonnomasi Case 1  Arizachi Toshkent viloyat prokurori tadbirkorlik subyekti bo’lgan “HYYAT” MCHJ manfaatida Nurafshon tumanlararo ma’muriy sudiga ariza bilan murojaat qilib, unda Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan Ohangaron tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10-134-Q/21-sonli bino-inshootni ajratishni rad etish to’g’risidagi qarorini haqiqiy emas deb topishni so‘ragan. Ishni ko'rish davomida jamiyat rahbari sudga ariza taqdim etib, Ohangaron tuman hokimligiga nisbatan arizasi bo'yicha ko'rilayotgan ma'muriy ishni tuman hokimining 2021-yil 11-avgustdagi 46-10- 134-Q/21-sonli qarori, tuman hokimining 23.02.2021 yildagi 107-10-134-Q/21-sonli qarori bilan bekor qilinganligi sababli ma'muriy ishni ish yuritishdan tugatishni so'radi. Sudya ish yuritish davom etayotganligi sababli hozir ish yuritishni tugatish qonunchilikka muvofiq emasligini ta'kidlab, hal qiluv qarori bilan arizachining talablarini qanoatlantirdi. Bundan norozi bo`lgan hokimiyat vakili yuqori turuvchi sudga apellatsiya shikoyati bilan murojaat qildi.  1. Ishning taalluqlilik masalalarini tahlil qiling.  2. Arizachining talabdan voz kechishi qanday oqibat keltirib chiqaradi? 3. Davlat boji masalasini hal eting.  Sud xarajatlarining turlari Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni ko‘rish bilan bog‘liq sud chiqimlaridan iborat bo‘ladi. MSIYTK ning 110-moddasi Arizachiga davlat boji hamda sud chiqimlarini to`lash majburiyati ariza topshirilayotgan paytda yuklanadi. MSIYTK ga binoan “ Davlat boji to`g`risida”gi Qonun Vaziyat Ariza beruvchi A. sud materiallaridan fotonusxa oldi. Sud arizachiga davlat bojini to‘lashni talab qildi. Sudning harakatiga baho bering! Davlat boji Davlat boji yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik va (yoki) bunday harakatlar uchun vakolatli muassasalar va (yoki) mansabdor shaxslar tomonidan hujjatlar berganlik uchun undiriladigan majburiy to‘lovdir. O‘zbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan konsullik harakatlarini amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan konsullik yig‘imi; Ixtirolarga, foydali modellarga, sanoat namunalariga, seleksiya yutuqlariga, tovar belgilariga, xizmat ko‘rsatish belgilariga, geografik ko‘rsatkichlarga, tovar kelib chiqqan joy nomlariga, integral mikrosxemalar topologiyalariga huquqiy muhofaza berish bilan bog‘liq yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirganlik uchun to‘lanadigan patent boji. Vakolatli muassasalarga va (yoki) mansabdor shaxslarga murojaat qilayotgan va o‘ziga nisbatan yuridik ahamiyatga molik harakat va (yoki) hujjatlar berish amalga oshiriladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat bojini to‘lovchilardir.Davlat bojini to‘lash asoslari, miqdori va tartibi, uni to‘lashni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash, to‘lashdan ozod qilish tartibi, davlat bojini qaytarish tartibi qonunda belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to`g`risida”gi Qonuni, 06.01.2020 yildagi O‘RQ-600-son Savol? Ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari, ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi, da’voni ko‘rmasdan qoldirish haqidagi, sud jarimalarini solish to‘g‘risidagi ajrimlar ustidan beriladigan apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek ma’muriy sudlar tomonidan hujjatlarning dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun davlat boji undiriladimi? Javob! “ Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi 3- bandiga ko‘ra undiriladi!   Ma’muriy sudlarga beriladigan: a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha: Fuqarolardan BHMning 5 baravari yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 20 baravari b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha: fuqarolardan BHMning 1 baravari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari v) notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvini ro‘yxatga olish rad etilganligi yoxud notariusning yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan (shikoyatlardan) BHMning 1 baravari g) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlaganlik ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha fuqarolardan BHMning 1 baravari yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan BHMning 10 baravari d) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan arizalar (shikoyatlar) berilganda to‘lanishi lozim bo‘lgan stavkaning 50 foizi e) sud hujjatlarining dublikatlarini va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga binoan sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berish to‘g‘risidagi arizalardan hujjatning har bir beti uchun — BHMning 2 foizi Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilish chog‘ida ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi. Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish tadbirkorlik subyektlari — tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va uning hududiy boshqarmalari — davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan palata a’zolarining manfaatlarini ko‘zlab berilgan arizalar bo‘yicha Nodavlat notijorat tashkilotlari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamoat birlashmalari, shuningdek ularning muassasalari, o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari — o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilganda“Davlat boji to`g`risida”gi qonun “D avlat boji to`g`risida”gi qonun “D avlat boji to`g`risida”gi qonun “D avlat boji to`g`risida”gi qonun Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilish davlat soliq xizmati organlari, moliya va bojxona organlari — barcha ishlar hamda hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi va uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlar ko‘rib chiqishi uchun beriladigan arizalar yuzasidan adliya organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan prokuratura organlari — davlatning, yuridik va jismoniy shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab beriladigan arizalar yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar — davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan arizalar (shikoyatlar) bo‘yicha O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlariAsoslar Asoslar Ro`yxatni to`liq ko`rish uchun qonun bilan tanishing Ariza qaytarilganda!Qonunchilikda belgilangan hollarda davlat boji qaytarilishi kerak! Davlat boji qachon qaytarilishi mumkin? Ariza beruvchi B. o‘z talablaridan sud muhokamasi jarayonida voz kechdi. Sud arizachiga davlat bojini to‘lash majburiyatini yukladi. Davlat bojini qaytarish Sud hujjatida davlat bojini to‘liq yoki qisman qaytarish uchun asos bo‘ladigan holatlar ko‘rsatiladi. Davlat boji to‘langan, lekin sudga kelib tushmagan yoki ushbu sud qaytargan arizalar (shikoyatlar), apellatsiya, kassatsiya shikoyatlariga doir davlat bojlari hamda bojni to‘liq yoki qisman qaytarish nazarda tutiladigan sud hujjatlariga doir sud tomonidan berilgan ma’lumotnomaga asosan qaytariladi.! Arizachi arizadan voz kechgan holatda davlat boji qaytarilishi kerak Arizani qabul qilish rad etilganda MSIYtK 133-m Ish yuritish tugatilganda MSIYtK 108-m Ariza(shikoyat) ko`rmasdan qoldirilganda MSIYtK 105-m Sud chiqimlari Sud chiqimlari sud xabarnomalari va sud hujjatlarini yuborish bilan bog‘liq pochta xarajatlari Pochta xarajatlarining summasi sud tomonidan belgilanadi, biroq bu summa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ndan bir qismidan oshmasligi kerak va sudning depozit hisobvarag‘iga kiritilishi lozim.Sud tayinlagan ekspertizani o‘tkazish, guvohni chaqirish, dalillarni joyida ko‘zdan kechirish xarajatlari Sud majlisini videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlardan, shuningdek ishni ko‘rish bilan bog‘liq boshqa xarajatlardan iboratdir Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga sudga kelish bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘lkira, xona ijarasi bo‘yicha xarajatlarning o‘rni qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq to‘lanadi. Ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sudning topshirig‘i bo‘yicha bajargan ish ularning xizmat vazifalari doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni to‘lash Sud chiqimlari  Ekspertlar, mutaxassislar va guvohlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan summa tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilgan ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan sudning depozit hisobvarag‘iga oldindan o‘tkaziladi. Agar iltimosnoma ikkala tarafga tegishli bo‘lsa, talab qilinadigan summani ular teng bo‘lib o‘tkazadi.  Agar ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobvarag‘idan to‘lanadi. Bu summalar ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 115- moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ekspertlar, mutaxassislar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli bo‘lgan summalar ular o‘z vazifalarini bajarganlaridan keyin sud tomonidan to‘lanadi. To‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash tartibi va miqdori qonunchilikda belgilanadi. • Davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.O‘RQ 249 SUD EKSPERTIZASI TO‘G‘RISIDA • Davlat sud-ekspertiza muassasalari fuqarolik ishlari va iqtisodiy ishlar bo‘yicha sud ekspertizalarini o‘tkazganlik uchun to‘lov undirishga haqlidir. Bunda sudda da’vo taqdim etgan hamda da’voni quvvatlayotgan davlat organlari davlat sud- ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkazilgan sud ekspertizalari uchun to‘lovdan ozod etiladi. To‘lov miqdori va mazkur mablag‘larni sarflash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.O‘RQ 249 SUD EKSPERTIZASI TO‘G‘RISIDA • Boshqa tashkilot xodimlari va boshqa jismoniy shaxslar tomonidan sud ekspertizalari o‘tkazilganligi uchun to‘lov sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.O‘RQ 249 SUD EKSPERTIZASI TO‘G‘RISIDA Mehnat kodeksi 165-modda  Xodim davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida (saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini bajarish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi ishida ishtirok etish, harbiy burchni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror huzuriga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert , mutaxassis, tarjimon, xolis tariqasida chaqirilganda, xuddi shuningdek sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etganda, shuningdek qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda) ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart. Ana shu vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi . Sud xarajatlarining taqsimlanishi 3-shaxslar Tarjimon Javobgar Ekspert Arizachi Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarning qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda ularning zimmasiga yuklatiladi. Hal qiluv qarori o‘z foydasiga chiqarilgan tarafga ish bo‘yicha qilingan barcha sud xarajatlarining o‘rni, garchi boshqa taraf davlat bojini to‘lashdan ozod etilgan bo‘lsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi. Arizachi to‘lashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj to‘lashdan ozod qilinmagan bo‘lsa, qanoatlantirilgan talablar miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi. Arizachining talablari u sudga murojaat qilganidan so‘ng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash to‘g‘risida kelishib olsa, sud ushbu kelishuvga muvofiq hal qiluv qarorini qabul qiladi. Vaziyat Arizachi 2022-yilning 31-mart sanasi soat 23:00 da Ma’muriy sudga murojaat qildi. Sudya yordamchisi tomonidan ariza qabul qilingan sana sifatida 1-aprelni qayd etdi. Protsessual muddatlar Protsessual harakatlarni amalga oshirish muddatlari albatta yuz berishi kerak bo‘lgan voqea ko‘rsatilgan aniq kalendar sana bilan yoki vaqtning harakat amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan davri bilan belgilanadi. Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning o‘tishi kalendar sananing ertasidan yoki boshlanishi aniqlangan voqea yuz bergan kundan boshlanadi.Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular sud tomonidan tayinlanadi . S oylar yillar kunlar Protsessual muddatlar 67-m Agar taraf sud tomonidan talab etilayotgan dalilni o‘zida ushlab turgan va sud so‘rovi bilan belgilangan muddatda uni taqdim etmayotgan bo‘lsa, undagi ma’lumotlar shu taraf manfaatlariga qarshi qaratilgan deb faraz qilinadi va u tomonidan tan olingan deb hisoblanadi. 85-modda. Ekspertning yoki ekspertlar komissiyasining xulosasi 90-m Sud topshirig‘i to‘g‘risidagi ajrim topshiriq berilgan sud uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan e’tiboran o‘n besh kungacha bo‘lgan muddatda bajarilishi kerak. Protsessual muddatlarning tugashi Oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi kunida tugaydi. Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtgacha bajarilishi mumkin.Yillar bilan hisoblanadigan protsessual muddat belgilangan muddatning oxirgi yilining tegishli oyi va kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning tugashi tegishli kuni bo‘lmagan oyga to‘g‘ri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi. Protsessual muddatning oxirgi kuni ish kuni bo‘lmagan kunga to‘g‘ri kelgan hollarda, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi. * Protsessual muddatlarning tugashi  Agar ariza (shikoyat) va boshqa hujjatlar pochtaga topshirilgan, elektron hujjat tarzida yuborilgan, tegishli organga yoxud ularni qabul qilib olish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsga protsessual muddatning oxirgi kuni soat yigirma to‘rtga qadar berilgan bo‘lsa, muddat o‘tkazib yuborilgan deb hisoblanmaydi.  Agar protsessual harakat bevosita sudda yoki boshqa tashkilotda amalga oshirilishi kerak bo‘lsa, muddat ushbu sudda yoki tashkilotda ish kuni tugagan yoxud tegishli operatsiyalar tugatilgan soatda tugaydi . Protsessual muddatlarni o‘tkazib yuborish oqibatlari Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatlar yoki sud tomonidan tayinlangan muddat o‘tishi bilan protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini yo‘qotadi. Bu holatda protsessual muddatlarning o‘tishi ko‘rsatilgan shaxslarni o‘z zimmalariga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi. Protsessual muddatlar o‘tgandan keyin berilgan arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlar, agar o‘tkazib yuborilgan muddatlarni tiklash to‘g‘risida iltimosnoma mavjud bo‘lmasa yoxud uni qanoatlantirish rad etilgan bo‘lsa, ularni taqdim etgan shaxslarga qaytariladi. Fuqaro davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilindi. Bu vazityatda mazkur fuqaro tomonidan Ma’muriy sudga ariza berilgan ish yuzasidan muhokamada tanaffus e’lon qilingan edi. Tanaffus (3 kun) tugagach esa ishni ko`rish arizachining ishtirokisiz amalga oshirildi. Ish yuritish to‘xtatib turilishi bilan barcha o‘tib ketmagan protsessual muddatlarning o‘tishi to‘xtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan e’tiboran protsessual muddatlarning o‘tishi davom etadi. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatlarni tiklash Sud ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan, o‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni, agar u o‘tkazib yuborilish sabablarini uzrli deb topsa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga ko‘ra tiklashga haqli. O‘tkazib yuborilgan protsessual muddatni tiklash haqida yoki tiklashni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqariladi. Protsessual muddatni tiklashni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin Sud ajrimi Ishni yopiq sud majlisida muhokama qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi(13-m). Ishni boshqa ma’muriy sudda ko‘rishga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqariladi (34-m). Ishga daxldor bo‘lmagan javobgar almashtirilganligi to‘g‘risida ajrim chiqariladi(42-m). Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi (24-m). Sud arizachining iltimosnomasi bo‘yicha ham boshqa javobgarni ishda ishtirok etish uchun jalb etishga haqli. Boshqa javobgarni ishda ishtirok etishga jalb etish haqida yoki jalb etishni rad qilish to‘g‘risida ajrim chiqariladi(41-m). Sud majlisida chiqarilgan ajrim raislik qiluvchi tomonidan o‘sha sud majlisining o‘zida o‘qib eshittiriladi(170-m). Sud alohida sud hujjati tarzida ajrim chiqargan taqdirda, ajrim chiqarilganidan keyin besh kunlik muddatda uning ko‘chirma nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va ajrim daxldor bo‘lgan boshqa shaxslarga topshirilganligi ma’lum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi, ularning elektron manzillari mavjud bo‘lgan taqdirda esa ajrim elektron hujjat tarzida yuborilishi mumkin. Sudning ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda , shuningdek ajrim ishning kelgusidagi harakatiga to‘sqinlik qilgan taqdirda, sudning hal qiluv qaroridan alohida tarzda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Boshqa ajrimlar ustidan apellatsiya shikoyati (protesti) berilmaydi , lekin bu ajrimlarga qarshi e’tirozlar sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellatsiya shikoyatiga (protestiga) kiritilishi mumkin.A jr im A jr im Ajrim ustidan qancha muddatda shikoyat berish mumkin? Agar ushbu Kodeksda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan oshmagan muddatda uning ustidan shikoyat (protest) berilishi mumkin. 173-m Xususiy ajrim Ishni ko‘rish chog‘ida davlat organining yoki boshqa organning, yuridik shaxsning, mansabdor shaxsning yoki fuqaroning faoliyatida qonunchilik hujjatlarining buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularning ishda ishtirokidan qat’i nazar, sud xususiy ajrim chiqarishga haqli . Xususiy ajrim bilan sud tegishli organdan yoki mansabdor shaxsdan qonunchilik hujjatlarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani o‘zlarining vakolatiga muvofiq ko‘rib chiqishni talab qilishi mumkin. Xususiy ajrim tegishli davlat organlariga va boshqa organlarga, yuridik shaxslarga, mansabdor shaxslarga yuboriladi, ular ko‘rilgan choralar to‘g‘risida bir oylik muddatda sudga xabar qilishi shart. Xususiy ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Agar sud nizoni ko‘rayotganida shaxslarning xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishini qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi masalani hal etish uchun bu haqda tegishli materiallarni ilova qilgan holda prokurorga xabar qiladi. Arizachi “Fayz” fermer xo‘jaligi rahbari T.Fayziyev Muborak tuman hokimining 2021- yil 15-martdagi Fermer xo’jaligi yer uchastkalarini zaxiraga olib qo’yish haqidagi 234- son qarorini haqiqiy emas deb topish, shuningdek shu tuman hokimining 123-son qarori bilan unga 2019-yil 14-martda yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan 0.08 gektar yer maydonidagi qurilmalarga Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslari tomonidan kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilmayotganligi sababli kadastr filiali mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topishni hamda majburiyat yuklashni so`rab 2021-yil 25-mart kuni tumanlararo ma’muriy sudga murojaat qilgan. Arizachining talablarini qanoatlantirish haqida birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori chiqarilgan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qaroridan norozi bo`lib tuman hokimligi apellatsiya shikoyati bilan sudga murojaat qildi. 1. Birinchi instansiya sudi 2021-yil 25-martdagi arizani ish yuritishga qabul qilish yuzasidan amalga oshirishi lozim bo’lgan harakatlarni tushuntiring. 2. Mazkur muammli vaziyatda sudga murojaat qilish muddatlarini tahlil qiling. 3. Mazkur vaziyatda arizaga ilova qilinadigan hujjatlarni tahlil qiling. 4. Mazkur vaziyatda apellatsiya sudi tomonidan ishni mazmunan ko’rish natijasi bo’yicha chiqariladigan hujjatning asoslantiruvchi va qaror qismini tayyorlang. E’tiboringiz uchun rahmat