logo

Eratosfenning Yer kattaligini o‘lchash usuli. Yerning tashqi qobiqlari

Yuklangan vaqt:

05.12.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1021.9072265625 KB
E ratosfenning Yer kattaligini o‘lchash usuli. Yerning tashqi qobiqlari 1 Eramizdan ikki asr oldin qadimgi Iskandariyada (Yegipet) yashovchi yunon kutubxonachisi Eratosfen Yerning kattaligini birinchi bo‘lib o‘lchagan olim hisoblanadi. Yoz kunlari peshin soat 12 larda (21 iyun) Iskandariyadan taxminan 800 km janubda joylashgan Siena shaharchasidagi chuqur quduq Quyosh nurlari bilan to‘liq yorug‘ bo‘ladi chunki Quyosh tepada turgan edi. Bu harakatlarni payqagan Eratosfen tajriba o‘tkazadi. U o‘zining tug‘ilgan shahrida vertikal holatda ustun o‘rnatadi va kunning yarmida (peshinda) Quyosh nurlari to‘g‘ri tepadan tushayotganini kuzatadi. Eratosfen Yer yuzasi aylana (shar) shaklida ekanligini tushunadi. Eng mukammal qiyalangan (notekis) Yer yuzasi sferik (sharsimon) bo‘ladi, shuni bilgan holda u Yer sferik (sharsimon) shaklga ega degan gipotezani olg‘a suradi. Eratosfenning Yer kattaligini o‘lchash usuli.   Kontinentlarning bir-biridan ajralishi, tog‘larning ko‘tarilishi va emirilishi va soylarda qalin cho‘kindi qatlamlarning to‘planishi uchun bir necha million yillar kerak bo‘ladi. Geologik jarayonlar ma’lum bir vaqt oralig‘ida bo‘lib o‘tadi (2.10-rasm). Uniformitarianizm tamoyilining ma’nosi – hozirgi Yer tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri geologik hodisalarni kuzatish degani. Tarixdan ma’lumki, insonlar katta meteoritlarning Yerga kelib urilishiga hech qachon guvoh bo‘lmaganlar, ammo biz bilamizki, ular geologik o‘tmishda ko‘p marta yuz bergan va albatta yana qaytarilishi mumkin. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Texasda otilib chiqqan vulqon lavalari shaharni qoplab olgan va undan chiqqan vulqon gazlari atmosferani zaharlab qo‘ygan. Yerning uzoq muddatli evolyusiyasi natijasida sodir bo‘layotgan voqealar va hodisalar Yer tizimining tez o‘zgarishi bilan bog‘liq. Geologiya ekstremal hodisalar hamda jadal o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat. Xatton birinchi kundan boshlab biologik tabiatni kuzatgan va topilgan tog‘ jinslarining xususiyatlarini o‘rganishda uniformita-rianizm tamoyillarini qo‘llagan. Bunday yondashuv juda muvaffaqiyatli bo‘ldi. Xattonning geologiya fani uchun yaratgan tamoyillari hozirgi vaktda amaliyotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy geologiya 4,5 milliard yil oldin boshlangan bo‘lib, Yer tarixidagi hamma xossalarga ega bo‘ladi. Biz ko‘rayapmizki erta Yer tarixida shakllangan jarayonlar hozirgisidan keskin farq qiladi. Bu tarixni tushunish uchun, bizga piyoz kabi qatlamlangan Yer po‘stidan (qa’ridan) bir qator ma’lumotlar kerak bo‘ladi. Issiqlik oqimi sayyoraning ichki qismidan fazo bo‘shlig‘iga har yili 1020 Dj issiqlik chiqaradi. Bu energiya zilzilalar, vul kan faoliyati, gidrotermal faollikning yillik energiyasidan 100 marta ortiq. Issiqlik oqimi Yerning ichki qismidan yuzasiga ko‘tarilib chiqadi va keyinchalik ikki usulda fazoga tarqalib ketadi. 1. Konduktiv issiqlik oqimi sifatida (tog‘ jinslarining issiqlik o‘tkazish qobiliyati hisobiga). 2. Vulkanizm jarayonlar va gidrotermal faoliyatlarda issiqlikning konvektiv chiqarilishi (2.11-rasm). Konduktiv oqimlar bilan issiqlik chiqarilishi quvvati konvektiv usuldagidan 100 barobar ko‘p.