logo

O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1697 KB
Mavzu: O’zbekiston va Markaziy Osiyo davlatlarida suv omborlarini tashkil etilishining muammolari WWW.ARXIV.UZ01 08 0F Mundarija • 1. Suv omborlarining qurilishi • 2. Suv omborlari bilan bog’liq bo’lgan muammolar • 3. Suv omborlarida bo’ladigan o’zgarishlar • 4. Suv omborlarida olib borilayotgan maxsus gidrologik kuzatishlarning ahamiyati • Xulosa • Foydalanilgan adabiyotlar WWW.ARXIV.UZ Foydalanilgan adabiyotlar • H.Vahobov, O.K.Abdunazarov, A.Zaynutdinov, R.Yusupovlarning “Umumiy yer bilimi” • P.G’ulomov, M.Mamatqulovlarning “O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi” • Shubayev “Umumiy yer bilimi” • Gidrologiya fanidan “Amaliy mashg’ulotlar to’plami” WWW.ARXIV.UZ • Ma'lumki, yer yuzidagi ayrim daryolar juda ham loyqa oqadi. Natijada bunday daryolarda barpo etilgan suv omborlarini tez loyqa bosa boshlaydi, oqibatda ularning suv sig'imi yildan-yilga kamaya boradi. Ayrim hollarda esa ular bir necha yil maboynidayoq daryolar oqimini jilovlab turish uchun yaroqsiz holga keladi WWW.ARXIV.UZ • Masalan, Turkmaniston Respublikasidagi Murg'ob daryosida barpo etilgan Sultonbent suv omborining suv sig'imi qurilganidan keyin 15 yil ichida 70 foizga kamayib qolgan. Umuman, shuni ta'kidlab o'tmoq zarurki, tez loyqa bosa borganligi sababli tog'li hududlardagi suv omborlarining "umri" qisqa bo'ladi. Ana shu xususiyatiga ko'ra ular tekisliklardagi suv omborlaridan tubdan farq qiladi WWW.ARXIV.UZ WWW.ARXIV.UZ • Suv omborlari barpo etilgach, ularning har biri o'ziga xos bo'lgan suv sathi, harorati, gidroximiyaviy, gidrofizik va gidrobiologik rejimlarga ega bo'ladi. Shu bilan bir qatorda daryolar, kanallar suvi bilan oqib keladigan oqiziqlar va suv massalarining shamol ta'sirida harakatlanib, to'lqinlar hosil bo'lishi, ular ta'sirida qirg'oqlarning emirilishi tufayli suv ombori kosasining shakli va hajmi o'zgara boradi. Bundan tashqari suv ombori bunyod etilgach, u egallagan va uning ta'siri seziladigan hududlarda ham keskin o'zgarishlar bo'ladi. Bu o'zgarishlar majmuiga quyidagilar kiradi: WWW.ARXIV.UZ Лойи ҳ ада к ў рсати ган Сув омбори Дарё сув сиғими, майдони, Cиртача млн.м 3 км 2 чуқурлиги, м Тухтағул Норин 19500 284,0 68,7 Рогун Вахш 12400 160,0 77,5 Норак Вахш 10500 98,0 107,0 Туямуйин Амударё 7300 790,0 9,2 Чордара Сирдарё 5700 900,0 7.9 Қайроққум Сирдарё 4200 513,0 8,2 Чорбоғ Чирчиқ 2000 40,3 50,0 Андижон Қорадарё 1750 60,0 29,1 Толимаржон Амударё 2530 77,4 19,8 ТCидакул Зарафшон 875 225,0 3,8 Каттақурғон Зарафшон 845 83,6 10,1 Жанубий Сурхон Сурхондарё 800 65,0 12,3WWW.ARXIV.UZ • -ko'plab er maydonlari suv ostida qoladi; • -er osti suvlari rejimi o'zgaradi; • -suv omborining ta'siri seziladigan erlardagi tuproqning suv bilan bog'liq xususiyatlari o'zgaradi; • -meteorologik elementlar-havo harorati, havo namligi, shamol rejimi o'zgaradi. Ayrim yirik suv omborlari ta'sirida atrof hududda hatto bulutlik va yog'in miqdori ham o'zgaradi; • -yuqoridagi o'zgarishlarga bog'liq holda va ularning natijasi sifatida suv ombori hamda uning atrofida o'simlik qoplami, hayvonot olami ham o'zgaradi WWW.ARXIV.UZ WWW.ARXIV.UZ • Suv omborlarini qurish natijasida har bir hududning suv balansi elementlarida ham o'zgarish bo'ladi. Bevosita o'lkamiz misolida ko'radigan bo'lsak, suv omborlarining barpo etilishi suv yuzasidan bo'ladigan bug'lanish miqdorining ortishiga sabab bo'lganiga ishonch hosil qilamiz. Bunga dalil sifatida A.M.Nikitin tomonidan aniqlangan ma'lumotlami keltirish mumkin WWW.ARXIV.UZ O'zbekistondagi ayrim suv omborlari yuzasidan bo'ladigan yillik bug'lanish miqdori Suv yuzasi Bug'lanish miqdori Suv ombori maydoni, Suv sig'imi, mln.m 3 suv sig'imiga Km 2 mln.m J nisbatan, % Janubiy Surxon 65,0 666,0 60,0 9,8 Uchqizil 10,0 160,0 10,0 6,2 CHimqo'rg'on 45,1 440,4 28,0 6,4 Kattaqo'rg'on 79,5 840,0 41,0 4,8 Quyimozor 16,3 805,8 16,0 2,0 Kosonsoy 7,6 160,0 1,0 0,6 Tuyabo'g'iz 20,0 210,0 12,0 5,7 Tuyamo'yin 790,0 7800,0 1000,0 12,8 WWW.ARXIV.UZ • Jadvaldan ko'rinib turibdiki, suv omborlari yuzasidan bo'ladigan o'rtacha yillik bug'lanish miqori undagi suv hajmiga nisbatan 0,6 foizdan (Kosonsoy suv ombori) 13 foizgacha (Tuyamo'yin suv ombori) o'zgaradi WWW.ARXIV.UZ WWW.ARXIV.UZ • Shu narsa ham ma'lumki, tekislikdagi suv omborlari yuzasidan bo'ladigan bug'lanish miqdori tog'lardagiga nisbatan bir muncha katta bo'ladi. Tog'lardagi suv omborlarining afzalligi yana quyidagilardan iborat: daryo vodiysi mavjud bo'lgani uchun faqat to'g'on qurish kerak; katta er maydonlarini suv bosmaydi; ularning er osti suvlari sathiga ta'siri tekislikdagi kabi salbiy oqibatlarga olib kelmaydi; energiya olish uchun qulay. WWW.ARXIV.UZ • Suv omborlari barpo etilgach, juda katta miqdordagi suv ularni to'ldirishga sarf bo'ladi. Bu esa suv omborlari qurilgan hududning suv zahiralariga ma'lum darajada ta'sir etadi. SHuni ham ta'kidlash lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) hajmini to'ldirishga ketadigan sarf vaqtinchali, ya'ni istalgan vaqtda undan foydalanish mumkin bo'lsa, foydasiz hajmini to'ldirishga ketgan suvdan esa bunday foydalanishning imkoniyati yo'q WWW.ARXIV.UZ WWW.ARXIV.UZ • Hozirgi kunga kelib, o'lkamizda ko'plab katta-kichik suv omborlari ishlab turibdi. Ular o'zi joylashgan hududning suv havzalari qatoridan munosib o'rin egallagan va shu hudud xalq xo'jaligining tegishli sohalariga xizmat qilmoqda WWW.ARXIV.UZ WWW.ARXIV.UZ • Har bir suv omborida, u qaysi davlat hududida joylashgan bo'lsa, shu davlat Gidrometeorologiya xizmati va Suv xo'jaligi vazirligi xodimlari tomonidan maxsus kuzatishlar olib boriladi. Bu kuzatishlar suv omborlarining suv sathi rejimini, gidrobiologiyasini, gidroximiyasini, gidrofizikasini, gidrodinamikasini o'rganish maqsadida amalga oshiriladi. Ayni paytda to'plangan kuzatish ma'lumotlari suv omborlariga xos bo'lgan qonuniyatlarni to'Ia ochib berish uchun etarlidir. Bu vazifani bajarish va har bir suv ombori haqida tegishli xulosalar chiqarish mutaxassislar- gidrologlarning vazifasidir WWW.ARXIV.UZ Ишга тушган Сув сиғими, Сув омбори Дарё йили млн.м Ж Майдони, км 2 Тииямўйин Амударё 197ъ) 7300 : 790,0 Чорбоғ Чирчиқ 1978 2000 40.3 Андижон Қорадарё 1970 1750 60,0 Толимаржон Амударё 1477 1530 77,4 Тўдакўл Зарафшон 1983 875 225,0 Кауақиирғон Заратшон 1952 845 83,6 жанубий Сурхон Сурхондарё 1964 800 65,0 Чимқўрғон Қашқадарё 1964 440 45,1 Оҳангарон (Турк) Оҳангарон 1974 339 8,1 Қуйимозор Зарафшон 1957 306 16,3 Пачкамар Ғузордарё 1967 243 12,4 Каркидон Қувасой 1964 218 9,5 Туябўғиз Оҳангарон 1964 204 20,7 Уисорак Ғузордарё 1985 170 4,1 Шоркўл Зарафшон 1983 170 17,0 Учқизил Сурхондарё 1960 160 10,0 Косонсой Косонсой 1954 160 7,6 Жиззах Санзар 1962 73,5 12,5 УчқCирғон Норин 1961 54,0 3,7 Хожикент Чирчиқ 1977 30,0 2,5 Қамаши Қашқадарё 1946 25,0 3,4WWW.ARXIV.UZ Xulosa • Xulosa qilib shuni ta’kidlash joizki, suv omborlarini barpo etishda yer yuzasining tuzilishi, tuproq qatlami va uning qanday jinslardan tuzilganligi, hududning geosinklinalligiga va boshqa omillarni hisobga olgan holda barpo etilishi lozim. • Suv omborlari asosan daryo suvlarini tartibga solish, qishloq xo’jaligida suvdan unumli foydalanish va boshqa maqsadlarda qurildai. • O’zbekiston va Markaziy Osiyoda ko’plab suv omborlari mavjud bo’lib ular qishloq xo’jaligida juda katta ahamiyat kasb etadi WWW.ARXIV.UZ E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! WWW.ARXIV.UZ