logo

Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi

Yuklangan vaqt:

18.12.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

129 KB
Tarixiy j arayonda j amiyatning ma daniy v a ma’naviy qadriyatlari. J amiyat v a t arix f alsafasi Reja: 1. Jamiyatning falsafiy taxlili. 2. Tarix falsafasi. Tarixga formatsion va Sivilizatsion yondashuvlar. 3.Sivilizatsiya tushunchasining tahlili va turli yon dashuvlar tasnifi . 4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati Falsafa olam va odam taraqqiyotining eng umumiy qonunlari, odamning olamdagi o’rni to’g’risida bahs yuritadi. Olam murakkab, u turli-tuman ko’rinishlarga ega. Jamiyat olamning eng murakkab ko’rinishlaridan biri. Biz avvalgi darslarda falsafaning tarkibiy qismi-antropologiya bilan tanishdik. Unda inson moddiy olam taraqqiyotning bevosita davomi, tabiiy evolyutsiyasining maxsum va ko’rinishi; hozirgi zamon odami Homo Sa’iens taraqqiyoti jamiyatning shakllanishi va taraqqiyoti hamdir, degan xulosa keldik. Bugun jamiyatni falsafiy anglash asoslari bilan tanishamiz. Jamiyat nima, uning mohiyati qanday, jamiyat taraqqiyoti qanday tarzda kechgan, degan savollarga javob beramiz. Biz a’zosi bo’lgan hozirgi zamon fukarolik jamiyatining o’ziga xos jixatlari haqida fikr yuritamiz. Jamiyat arabcha “jamaha” so’zidan olingan bo’lib “umumiy” degan ma ’ noni ifodalaydi. Qadimdan jamiyat nima? U qanday tuzilgan? Jamiyatni, uning mohiyatini bilish mumkinmi? Insonning jamiyatdagi o’rni qanday? kabi savollar olimlarni qiziyitirib kelgan. Qadimiy davrdan to hozirga qadar yaratilgan jamiyat haqidagi qarashlarni uch yo’nalishida o’rganish mumkin: A sxema-1 Jamiyat haqidagi qarashlarDiniy qarashlar Ilmiy qarashlar Falsafiy qarashlar Dastlabki jamiyat haqidagi qaroshlar diniy nuqtai – nazardan bo’lgan. Unga ko’ra olam, undagi barcha narsa va hodisalar, shu jumladan jamiyat va inson ham ilo h iyot tomonidan yaratilgan. Jamiyatdagi barcha jarayonlar, o’zgarishlar sabablarini ilohiyotdan qidirmoq lozim. Kishillar hayotining barcha tamonlari ilohiy kuchlar ta’sirida kechadi, shuning uchun ham kishilar bu kuchlarga e’tiqod qilishlari lozim. Kishilik jamiyati qadimdan boshlab turli ilmiy bilim sohalari vakillari tomonidan o’rganilgan. Iqtisodiyot sohasidagi bilimlarni jamiyat iqtisodiyotini o’rganish orqali, tarix sohasidagi bilimlar turli tarixiy davrlarda kechgan ijtimoiy – tarixiy jarayonlarni o’rganish orqali hosil bo’lgan. Umuman olganda, jamiyatni turli- tuman fan sohalari o’rganadi. Qadimiy yunon faylasufi Aristotel jamiyatni o’rganish bilan bog’liq bo’lgan organlari ishlab chiqqan va “Metafizika” deb nomlangan. U fanlar orasida siyosatga alohida o’rin bergan. Uning fikricha, jamiyat syosiy mavjudotlardan tashkil topgan. Amir Temurning “Temur tuzuk”larida jamiyat, uning iqtisodiy, siyosiy hayoti, jamiyat hayotini tashkil etish to’g’risida qimmatli ma’lumotlar berilgan. Hozirda jamiyat muammosi ijtimoiy-gumanitar fanlar: tarix, iqtisodiyot nazariyasi, ma’naviyat asoslari, xuquqshunoslik, siyosatshunoslik kabilar tomonidan o’rganilmogda. Jamiyat haqidagi ilmiy-falsafiy qarashlar Markaziy Osiyolik buyuk mutafakkir olimlar tomonidan ilgari surilgan. Buyuk olim Abu Nasr Farobiy asarlarida jamiyat muammosi chuqur falsafiy tahlil qilingan. U jamiyatning kelib chiqishi asosida tabiiy ehtiyojni qondirishi yotadi, degan nazariyani ilgari surgan. Tabiiy ehtiyoj kilishlarni birlashtirishga, jamoaga uyushuviga, o’zaro yordamga olib kelgan. O’zaro yordam tufayli ehtiyojlar qondirilgan. Kishilar o’rtasidagi o’zaro yordam jamiyatni keltirib chiqargan. Insoniyat jamiyati turli xalqlardan tashkil topgan bolib, ular o’zaro bir- birlaridan tillari, urf-odatlari, malakalari, xususiyatlari bilan farqlanadilar. For o biy davlatlarni fozil va johillarga ajratadi. Fozil shahar yuksak axloqli va ma’rifatli kishi tomonidan boshqarilishi, bu da’vat shahar aholisining o’zaro ko’maklashuviga, bir-biriga yordam berishga asoslanadi. “Odamlarga nisbatdan ularni birlashtirib turuvchi ibtibo - insoniylikdir . Shu tufayli odamlar odamzod turkumiga oid bo’lgani uchun ham o’zaro tinchilikda yashamoqlari lozim”. (Abu Nasr Farobiy, Fozil odamlar shahri. T., 1993 186-bet) Abu Ali ibn Sino “Ijorat va tarbi’at asosida inson o’z shahsiy talablari jihatidan boshqalardan, ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatda bo’libgina, ularni qondirishi mumkin”, deb hisoblanadi. U insonlarning jamiyatda tutgan o’rniga ko’ra 3 guruxga bo’ladi: a) Davlat idoralarda hizmat qiluvchi va jamiyatni boshqarish ishi bilan shug’ullanuvchilar. b) Xojat va zaruriy mashg’ulotlari ishlab chiqaruvchilar. v) Davlatni qo’riqlash, uni turli tashqi xujumlardan saqlashni ta’minlaydigan harbiylar. Ibn Sino jamiyatning paydo bo’lishi kishilarning birdamlikka bo’lgan tabiiy ehtiyotidan kelib chiqqanligini ko’rsatgan. Abu Rayxon Beruniy birinchilardan bo’lib tsivilizatsiyalarning paydo bo’lishida tabiiy – geografik muhitning tutgan o’rnini asoslashga uringan. U jamiyatni “idora qilish va boshqarishning mohiyati aziyat chekkanlarning xuquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo’lida o’z tinchligini yo’qotishdan iborat” deb bilgan. Alisher Navoiy o’z asarlarida “ideal jamiyat” qiyofasini chizgan. XIX asrning o’rtalariga kelib jamiyat, uning isti q bolini o’rganish h ayotiy zaruriyatga aylandi. G’arbiy Yevropaning T.Spenser (1820-1907), Dyurxgeym (1858-1917) Gegelg’, M.Veber, V.Pareno singari olimlari Marks, Engelg’s jamiyat taraqqiyoti tabiiy – tarixiy jarayon, murakkab ijtimoiy tizim sifatida tadqiq etdilar. Insoniyat azal-az a ldan jamiyat bo’lib yashagan. Yer kurrasida yashayotgan odamlar oilasi jamiyatni tashil etadi. Jamiyatni falsafiy ta hl il q ilish o’zining bir qator tamoyillariga ko’ra ilmiy ta h lil q ilishdan farqlanadi. Falsafa boshqa fanlardan farqli ravishda jamiyat tahlilida q u yidagi tamoyillarga asoslanadi: 1. Jamiyat bir butun yaxlit olamning tarkibiy qismi, borliq, tabiatning o’ziga xos ko’rinishi, odamlar uyushmasining maxsus shakli. 2. Jamiyat bir butunlikni, yax lit likni tashkil etuvchi ijtimoiy tizimdir. Falsafa jamiyatni o’rganganda uni yaxlitlik sifatida olib o’rganadi va uning mavjudligi, taraqqiyot qonunlarini ochib beradi. 3. Falsafa jamiyatning barcha tamonlari orasidagi aloqadorliklar va taraqqiyotni tadqiq yetadi. 4. Falsafa jamiyat ham olam kabi uzluksiz harakatda, o’zgarishda, taraqqiyotda deb biladi. ( sxema 2) Sxema 2 Jamiyatni falsafiy taxlili . Kishilararo aloqa va munosabatlar ijtimoiy munosabatlar, deb yuritiladi.Jamiyat insonlar uchrashuvdan iborat bo’lgan birlik. Jamiyat – maqsadlari, orzu-intilishlari, yashash tarzlari mushtarak bo’lgan odamlar oilasidan iborat insonning yashash muhiti Moddiy olamning tarkibiy qismi. Jamiyat o’z-o‘zini tashkillovchi, o’z-o’zidan rivojlanuvchi murakkab tizim Jamiyat kishilarning hayot tarzlari, faoliyatlarning barcha turlari, ularning natijalarini qamrab oladi Jamiyat avvalo kishilar faoliyati. Bu tushunchada kishilar hayoti va faoliyati o’tilishi, hozir va kelajakdan iborat vaqt mezoni aks ettirilgan. Jamiyat kishilararo ob’ektiv ijtimoiy aloqa va munosabatlarning mahsuli va ko’rinishi. Jamiyat yax lit tizim sifatida moddiy va ma’naviy omillar birligida tashkil topgan. Sxema 3. Jamiyat moddiy va mahnaviy omillar birligidan iborat Jamiyatning moddiy hayoti Jamiyatning ma’naviy hayoti Iqtisodiy hayot sharoitlari Olamni arglash Moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash Jamiyat inson to’g’risidagi qarashlar, nazariyalar, ta’limotlar Iqtisodiy munosabatlar Ijtimoiy shakllari Moddiy boyliklar, tabiiy zaxiralar Ta’lim-tarbiya Axborot vositalari Madaniyat, ilm-fan muassasalari Jamiyat hayoti murakkab tuzilishga ega jamiyat hayotining asosiy sohalari deganda iqtisodiy, ijtimoy, siyosiy, ma’naviy sohalari nazarda tutiladi. Sxema 4 Iqtisodiy hayot sohasi jamiyatdagi mavjud ishlab chiqarishni nazarda tutadi. Jamiyatning iqtisodiy hayot sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq jarayonlarda o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy – siyosiy hayot sohasi jamiyatdagi turli birliklar, ijtimoiy guruhlar va ular orasidagi ijtimoiy munosabatlarni, kishilar birligining tarixiy shakllarini o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyatning ma’naviy hayot sohasi unda mavjud bo’lgan ma’naviy ishlab chiqarish va uning natijalari (xilma-xil qarashlar, g’oyalar, ta’minotlar, siyosat, axlok, fan, din, til, adabiyot, san’at, ta’lim – tarbiya sohalari)ni qamrab oladi. Jamiyatning ijtimoiy – siyosiy hayoti uning tarkibiy tuzilishida o’z ifodasini topadi. Sxema 5 Jamiyat hayotining asosiy sohalariIqtisodiy xayot soҳasi Ijtimoiy – siyosiy ҳayot soҳasi mahnaviy ҳayot soҳasi Jamiyatning tarkbiy tuzilishi Oila Sinflar, ijtimoiy tabaqalar Tarixiy – etnik birliklar  Jamiyatning shakllanishi va taraqqiyoti tabiiy – tarixiy jarayondir. Jamiyat o’z-o’zidan shaklangan va uzluksiz taraqqiy etib boruvchi ijtimoiy organizmdir. Jamiyatning shakllanishi, o’zgarishi taraqqiyoti tabiat singari qonuniy jarayon. jamiyat qonunlari tabiat qonunlaridan sifat jixatdan farqlanadi, ular quyidagilar. Birinchidan, tabiat qonunlari olamdagi predmet va hodisalar, tabiiy hodisa kuchlarining o’zaro ta’siri shaklida namoyon bo’lsa, ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa ongga ega bo’lgan kishilarning faoliyati orqali namoyon bo’ladi. Ikkinchidan, uzoq amal qiluvchi tabiat qonunlaridan farq qiluvchi jamiyat qonunlari qisqaroq vaqt ichida amal qilish xususiyatiga ega. Ijtimoiy jarayonlarning xususiyatlaridan yana biri – ularning biologik qonuniyatlar va boshqa tabiat hodisalariga qaraganda yuqori tezlikda rivojlanishidir. Tabiatda sharoitning o’zgarishi bilan yangi qonunlarning kelib chiqishi odatda uzoq voqiylarga, million yoki milliard yillarda amalga oshadi, Ijtimoiy hayotda esa ahvol boshqacha bo’lib, bu sharoitlar nisbatan tez o’zgaradi. Kishilik jamiyatining ko’pgina qonunlari tabiat qonunlaridan farqli o’laroq, ma’lum tarixiy davrdagina amal qiladi, keyin ular uz o’rinlarini boshqa yangi qonunlarga bo’shatib beradilar. Bu hol insonlar ularni bekor qilganliklari uchun emas, balki bu qonunlar amal qiluvchi sharoitlar o’zgarganligi natijasida yuz beradi. Uchinchidan, tabiatda yangi qonunning qaror qilinishi va qo’llanishi ancha tekis amalga oshadi va bevosita ijtimoiy larzalarga olib kelmaydi. Tabiat qonunlarini qaror qilish va foydalanish ishlab chiqarishni rivojlanishi va texnikaning takomillashishi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Shuning uchun turli e’tiqodli kishilar tabiat qonunlarini ochishlari va o’z foydalari uchun ishlatishlari mumkin. Ijtimoiy taraqqiyot qonunlari esa, aksincha, kishilarning, jamiyatdagi sinflarning, turli guruh va tabaqalarning munosabatlarini qamrab olib to’g’ridan – to’g’ri, ularning manfaatlariga ta’sir qilmasdan qola olmaydi. Kishilar buni anglashi yoki anglamasligidan qathi nazar, ular iqtisodiy taraqqiyot qonunlarining talabini bajaradilar, bunda ularning faoliyati tarixiy qonuniyatga mos keladi va ular o’z maqsadlariga erisha oladilar yoki bu talablarni bajarmaydilar, bunda jamiyat taraqqiyotida ixtirolar va ijtimoiy larzalar yuz beradi. Tabiat va jamiyat qonunlari o’rtasida farqlar bilan birga yana bir mushtaraklik shuni, biosferaning noosfera bosqichiga o’tishi qonuniy jarayon bo’lib, buni anglab faoliyat yo’nalish belgilash tabiat (er)ni ham jamiyatni ham muqarar haloqatdan saqlab qoladi. Hozirgi vaqtda jamiyat taraqqiyoti to’g’risida turli nazariyalar quyidagilar: Tarixiy jarayonni chiziqli tarzda tasavvur etish olamning yaratilishidan boshlangan yo’lni oxirigacha bir yo’nalishda tekis davom etadi, deb tushuntirishdir. Formatsion taraqqiyot – ijtimoiy – iqtisodiy forma t lar taraqqiyoti. qadimli davr – quldorlik o’rta asrlar – feodalizm yangi z amon – kapitalizm eng yangi davr – sotsializm va kommunizm. Sivilizatsion yondashuv – jamiyat madaniy – tarixiy o’ziga xosligini va qator bosqichlarga bo’linishini tahkidlaydi. Jamiyat tara qq iyoti t o’g’ risidagi nazari ya larCHiziqli taraqqiyot Formatsion taraqqiyot TSivilizatsiyali taraqqiyot Ingliz faylasufi A. Toynbi (1889-1975) tarixiy bilishda 3 tsivilizatsiyani farqlaydi. Sivilizatsiya paydo bo’lishi va tanazzuli turli mintaqalarda, turli xalqlarda turlicha kechadi. Tarix o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan alohida tsivilizatsiyalar tarixidan iborat. U O’rta Osiyo tsivilizatsiyasiga alohida o’rin bergan har b i r s ivilizatsiya o’z taraqqiyotida bir necha bosqichdan o’tadi: - paydo bo’lish - o’ sish - tanazzul - barham topish. Davlat – jamiyatni boshqarish tartibga solish alohida bir muassasadir. Davlat umuminsoniy qadriyat, insoniyat ma’naviy taraqqiyotining muhim yutug’idir. Jamiyat ma’naviy salohiyotining yuksalib borishi bilan siyosiy boshqarish shakllari va usullari ham tokomillashib boradi. O’zgargan tarixiy sharoitda davlatning mohiyati, mazmuni va vazifalariga yangicha yondashish zaruranti vujudga keladi. Mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizning tiklanishi bilan davlatning tashkilotchilik, bosh islohotchilik faoliyati yangicha mazmun va ahamiyat kasb etadi. 1-Prezident I.A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasining amalga oshirilishida davlat hal qiluvchi o’rin tutadi. Mamlakatimizning siyosiy, xuquqiy hayotida amalga oshirilayotgan tub islohatlar siyosiy boshqaruvni yanada takomillashtirishga, yurtimizda huquqiy demokratk jamiyat barpo etishga, kuchl davlatdan kuchli jamiyatga o’tishga qaratilgandir. Jamiyat hayotida turli jamoalar, tashkilot va uyushmalar ham faoliyat ko’rsatadi. Ularni tarqli ravishda davlat va nodavlat tashkilotlariga ajratish mumkin. Ularga siyosiy partiyalar, siyosiy harakatlar, kasaba uyushmalari, yoshlar uyushmalari, turli jamg’armalar, xotin-qizlar tashkilotlari, faxriylar uyushmasi, maxalla qo’mitalari va boshqalar kiradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohatlar inson salohiyatini yanada yuksaltirishga, yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etishga qaratilgandir. Demokratik jmiyatni barpo etish – O’zbekiston taraqqiyotining bosh maqsadi. Demokratik jamiyat iqtisodiy bozor munosobatlari orqali boshqariladi. Ijtimoiy raqobat, manfaatdorlik iqtisodiy rivojlanish qonuniyati. Demokratik jamiyat demokratik ma’rifatli huquqiy davlatsiz shakllanaolmaydi. “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol topshirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlariga, uning xuquq va erkinliklarining to’la darajada royobga chiqishiga ko’maklashadi”. (Islom Karimov) Fuqarolik jamiyati mamlakatning har bir fuqarosiga iqtisodiy va siyosiy turmushini o’z ixtiyori asosida qurishga to’la erkinlikni ta’minlovchi jamiyat. Fuqarolik jamiyatini xususiyatlari: 1. Fuqarolik jamiyati murakkab tarkibiy elementlardan tashkil topgan. 2. Bu jamiyatda davlat faoliyati yuzasidan fuqarlarning to’la nazorati o’rnatiladi. 3. Davlatning ko’pgina vazifalari maxalliy joylarda fuqarolarning o’z – o’zini boshqarish organlari, jamoat birlashmalariga, nodavlat tashkilotlariga o’tkaziladi. Bunday jamiyat asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va xuquqiy madaniyati, ijtimoiy – siyosiy faoliyatiga tayanadi. Mamlakatimizda mahalla hokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining ko’paytirilishi xalqimizning o’z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maxalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarni kamol toptirish, o’z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyayatlarni royobga chiqarish maktabidir. Yurtimizda bunday jamiyatni barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, ma’naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga sammoqli hissa qo’shadi. 8/2. Tarix falsafasi. Tarixga formatsion va Sivilizatsion ѐ ndashuvlar. Ma’lumki, har qanday ijtimoiy hodisaning mohiyatini va uning jamiyatning rivojlanish jarayonidagi о ’rnini faqat u butun jamiyatning rivojlanish jarayoniga bog’lab, ya’ni umumiy tarixiy jarayon doirasida о ’rganilgan taqdirdagina tushunish mumkin. Bundan muqarrar tarzda butun insoniyat tarixiga tegishli b о ’lgan savollar kelib chiqadi: tarixiy rivojlanishning biron-bir maqsadi mavjudmi; jahon tarixi qaysi y о ’nalishda harakatlanadi; tarix biron-bir muayyan mazmunga egami? Bu savollarning barchasiga falsafaning «tarix falsafasi» degan nom olgan b о ’limi javob beradi. Hozirgi darsliklarda tarix falsafasining predmetini, uning tuzilishi va funksiyalarini yoritishga lozim darajada e’tibor berilmaganini hisobga olib, mazkur b о ’limni ayni shu muammolarning tahlilidan boshlaymiz.           Tarixning mazmunini aniqlash y о ’lidagi izlanishlar. Bilimning integral shakli sifatida falsafa jamiyat, tarix va inson haqidagi muayyan-ilmiy tasavvurlarni sintez qiladi. U gumanitar fanlar – psixologiya, san’atshunoslik, semiotika, san’atga murojaat etadi. Tarix falsafasining asosiy vazifalaridan biri – о ’zgaruvchan va murakkab ijtimoiy dunyoda hayot mazmuniga doir m о ’ljallarni topish, insoniyat mavjudligining har bir muayyan davrida uning oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilashdir. Har bir inson va kishilik hamjamiyati hayotining burilish davrlarida uning oldida hayot mazmuni nimada degan savol k о ’ndalang b о ’ladi.           Tarixning mazmun va mohiyatini anglab yetish borasidagi ilk urinishlarga qadimgi faylasuflarning asarlarida duch kelish mumkin. Tarix ularning talqinida oldinma-ketin yuz beradigan voqealar majmui sifatida namoyon b о ’lgan. Tarix tavsifi ancha t о ’liq b о ’lgan, ba’zan b о ’yab k о ’rsatilgan, lekin ularning hikoyatlari tarix haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini bermagan. Bu narrativ tarixdir. (tarixchining talqini, interpretatsiyasi) Keyinchalik qadimgi faylasuflar tarixni uzluksiz takrorlanib turadigan jarayonlar, «abadiy ortga qaytish» (F.Nitsshe) sifatida tasavvur qilganlar.           Diniy an’ana tarixning butunlay boshqacha talqinini taklif qildi. О ’rta asrlarda ilohiy taqdir asosiy tarixiy kuch sifatida e’tirof etildi. Tarixiy voqealarning ichki mantiqi alohida mazmun kasb etdi: Xudo nafaqat tarixiy jarayonni boshqaradi, balki adashgan insoniyatga gunohlardan forig’ b о ’lish, jannatdagi boqiy hayotga erishish y о ’lini k о ’rsatadi. Avreliy Avgustin о ’zining «Ilohiy shahar haqida» asarida boqiylik va muvaqqatlik, ilohiylik va dunyoviylikning birligi t о ’g’risida s о ’z yuritadi. Uning fikricha, Iso Masih insoniyatga boqiylik sari y о ’l k о ’rsatgan. Tarixning mazmuni – boqiylikka eltuvchi y о ’ldan borishda, inson hayotining mazmuni esa – Xudoga xizmat qilish, gunohlardan forig’ b о ’lishdadir.           Ibn Xaldun tarixning mazmuni haqida mulohaza yuritar ekan, uni, inson hayotining mazmuni kabi, tarix tugaganidan keyingina aniqlash mumkinligini qayd etadi. Ammo, shunga qaramay, tarixning mazmuni haqida erkinlik, ijod tushunchalariga tayanib s о ’z yuritish mumkin, deb hisoblaydi. Tarixning harakatida Ibn Xaldun obektivlashuvning inson ustidan hukmini kamaytiradigan, uning erkinligi va ijodining tantanasini qaror toptiradigan jarayonlarni aniqlashga harakat qiladi.           Tarixda mazmunning mavjudligi haqidagi tasavvur, shuningdek О ’rta asrlar falsafasi ilk bor ta’riflab bergan insoniyatning taraqqiyoti g’oyasi ancha yashovchan b о ’lib chiqdi: u turli y о ’nalish va oqimlarga mansub faylasuflar tomonidan muayyan falsafiy ta’limotlar nuqtai nazaridan u yoki bu tarzda talqin qilingan. Masalan, Ma’rifat davrida barcha tarixiy voqealarga oqilonalik mezoniga muvofiq baho berilgan. Mazkur konsepsiya eng mukammal k о ’rinishda D.Didro tashabbusi bilan yaratilgan «Ensiklopediya»ning faol ishtirokchilaridan biri, fransuz ma’rifatchisi Nikolay Kondorse asarida о ’z aksini topgan. U о ’zining «Inson tafakkuri taraqqiyotining tarixiy manzarasiga chizg’i» deb nomlangan risolasida kishilik jamiyatining barcha jabhalariga tafakkurning kirishi g’oyasini mazkur jamiyat rivojlanishining uzoq istiqboli sifatida asoslashga harakat qiladi.           Tafakkurning tantanasi g’oyasi insoniyat tarixining mazmuni sifatida Gegel tomonidan ham asoslangan. U tarixga mutlaq ruh, olamiy Aql taraqqiyoti sifatida yondashgan. Gegel fikriga k о ’ra, mazkur taraqqiyot о ’zining alohida vazifasini ado etishi lozim b о ’lgan ayrim xalqlar ruhi orqali amalga oshadi. Uning fikricha, tarixiy jarayon «aqlga muvofiq», ya’ni tasodiflardan yoki ayrim shaxslarning о ’zboshimchaligidan qat’iy nazar о ’ziga y о ’l ochadigan obektiv qonuniyatlar bilan belgilanadi. Tarixning mazmuni mutlaq ruh о ’zini о ’zi anglab yetishidadir, deb qayd etadi Gegel.           Tarixning mazmunini aniqlash borasidagi keyingi izlanishlar amalda muayyan ideal tajassumi sifatidagi tarixning mazmuni haqidagi tezisning k о ’rinishlari hisoblanadi. Idealning mazmuni har xil, hatto qarama-qarshi b о ’lishi mumkin: texnokratik illyuziyalar, ommaviy iste’mol jamiyati ideali, axborot jamiyati ideali, xususiy mulk va ekspluatatsiyasiz umumiy tenglik jamiyati va h.k. Tarixning mazmunini aniqlash y о ’lidagi izlanish rang-barang ekanligiga qaramay, uning har bir talqini aholi muayyan qismining orzu-umidlariga mosdir. Tarixning mazmuni tushunchasining eng teran talqinlarini XX asr faylasuflari – K.Yaspers taklif qilgan . U jahon tarixining mazmunini davrlarning umuminsoniy aloqalarga asoslanadigan mazmun jihatidan bog’lanishida k о ’radi. Mazkur bog’lanishning mavjudligini tarixning mazmunini aks ettiradigan dunyoviy vaqt о ’qi kafolatlaydi. U Sharq va G’arb madaniyatlarining umumiy asosi hisoblanadi. Yaspers jahon tarixida tillarning vujudga kelishi, mehnat qurollari ixtiro qilinishi, olovdan foydalanishga kirishilishi kabi t о ’rt bosqichini farqlaydi:. Vaqt о ’qining boshlanishi Hindiston, Xitoy, Yunoniston ,Markaziy Osiyo, Eron buyuk madaniyatlari deyarli bir vaqtda vujudga kelgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrga mos keladi. Yevropada fan-texnika davrining boshlanishi mazkur madaniyatlarning davomi (ma’lum ma’noda esa ularning ziddi) b о ’lgan. T о ’rtinchi bosqichda insoniyatning birligi vujudga keladi. Bu davrda jamiyat insonga munosib b о ’lgan asoslar va tamoyillarga muvofiq rivojlanadi. Totalitarizmdan butunlay voz kechishga asoslangan huquqiy davlat mazkur birlikning kafili hisoblanadi. Tarixning mazmuni – umuminsoniy madaniyatni va vaqt о ’qining avvalida shakllangan an’analarni saqlash va rivojlantirishdadir.           Bugungi kunda jamiyatning globallashuvi munosabati bilan tarixning mazmuni haqidagi masala yana kun tartibidan о ’rin olmoqda. Zamonlar va xalqlar aloqasini, xalqlar о ’rtasidagi hamjihatlikni qaror toptiradigan, ajdodlarning ma’naviy merosini saqlash va k о ’paytirishni, hozirgi avlodlarning erkinligi va ijodiy imkoniyatlarini r о ’yobga chiqarishni ta’minlaydigan qadriyatlar tizimiga qarab m о ’ljal oluvchi g’oyalar yana muhim ahamiyat kasb etmoqda.           XIX asrda falsafadan sotsiologiya ajralib chiqa boshladi. Mazkur fan jamiyatni tushunishga nisbatan falsafiy yondashuvlarni asosan tan oladi va ayni vaqtda о ’z predmeti va tadqiqot metodlariga ega.           O.Kont. Ijtimoiy tadqiqotlarning obektivligiga erishish lozim, degan g’oyani himoya qilgan O.Kont (1798-1857) fan sifatidagi sotsiologiya asoschisi. U sotsiologiyani ikki qismga ajratadi: birinchi qism ijtimoiy statikani, ya’ni ijtimoiy tizimlarning mavjudlik shartlarini va ularning amal qilish qonunlarini, ikkinchi qism esa – ijtimoiy dinamikani, ya’ni jamiyatning rivojlanish va о ’zgarish qonunlarini о ’rganadi. Ijtimoiy statika – odam organizmining tuzilishiga о ’xshab ketadigan jamiyat «anatomiyasi»dir. Kont jamiyatda oila, din, davlat kabi muhim institutlarni farqlaydi. U jamiyat rivojlanishining uch bosqichi qonunini ta’riflaydi. Mazkur bosqichlar insoniyat aqliy rivojlanishining uch bosqichiga mos keladi: teologik bosqich (u qadimgi davr va ilk О ’rta asrlarni qamrab oladi va XIII asrda tugaydi), metafizik bosqich (XIV-XVIII asrlar) va pozitiv bosqich (XIX asrda boshlanadi).           Marksizm. K.Marks (1818-1883) va F.Engels (1820-1895) jamiyatni о ’z- о ’zidan rivojlanadigan, iqtisodiy rivojlanishning bir bosqichidagi barcha mamlakatlar uchun umumiy b о ’lgan о ’ta murakkab tizim sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning ziddiyatli birlikni tashkil etadigan barcha tarkibiy qismlari moddiy ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Mazkur munosabatlar majmui bazisni, ya’ni jamiyatning iqtisodiy negizini tashkil etadi. Shu asosda jamiyatning о ’ziga xos ijtimoiy munosabatlar amal qiladigan muayyan-tarixiy tipi shakllanadi. Jamiyatning umumiy iqtisodiy asosda shakllanadigan va «alohida, о ’ziga xos xususiyat»ga ega b о ’lgan tipini Marks ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya deb belgilaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalarning о ’zgarishiga Marks pirovard natijada ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining dialektikasi bilan belgilanadigan qonuniy, tabiiy-tarixiy jarayon sifatida qaraydi.           G.Spenser. Sotsiologiyada organik y о ’nalish asoschisi Gerbert Spenser (1820-1903) jamiyatga individlar birlashmasi sifatida yondashadi. Uning fikricha, mazkur individlarning rivojlanishidagi farqlar jamiyat evolyusiyasining dastlabki shartlari hisoblanadi. Jumladan, ibtidoiy qabilalar rivojlanishda oqsaganini Spenser ularning qobiliyatlari rivojlanish darajasining pastligi bilan tushuntiradi. Eng moslashuvchan jamiyatlarning yashash uchun kurashini ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni deb hisoblaydi. U iqlim, tabiiy sharoitning ijtimoiy jarayonlarga ta’sirini о ’rgangan. Spenser yaratgan ta’limotni keyinchalik sotsiologiyadagi geografik oqimlarning vakillari rivojlantirgan.           E.Dyurkgeym. E.Dyurkgeym (1858-1917), jamiyatni tushunishni qadriyatlar tizimi bilan bog’lagan, faqat shu y о ’l bilan tarixni uning о ’ziga xos xususiyatiga muvofiq tarzda о ’rganish mumkin, deb hisoblagan. E.Dyurkgeym ham qadriyatlarni jamiyat tuzilishini belgilovchi muhim omil deb bilgan. Jamiyat tuzilmasini о ’rganishga nisbatan u strukturaviy funksionalizm nuqtai nazaridan yondashgan. Jamiyat borliqning alohida sohasi b о ’lib, u о ’z qonunlariga muvofiq rivojlanadi. Noijtimoiy xususiyatga ega b о ’lgan omillar jamiyat hayotiga jiddiy ta’sir k о ’rsatishga qodir emas. Jamiyat tuzilmasiga Dyurkgeym о ’zaro ta’sirga kirishadigan va bir-birini vujudga keltiradigan ijtimoiy dalillar majmui sifatida qaraydi. Ijtimoiy dalillar sababini ongdan emas, balki bundan oldingi ijtimoiy dalillardan qidirish lozim. Ijtimoiy tuzilma dalillarning ikki guruhidan tarkib topadi: birinchidan, u moddiy va ma’naviy qadriyatlarni, ikkinchidan, ijtimoiy jamoalarni о ’z ichiga oladi. Ijtimoiy jamoalarni tahlil qilar ekan, Dyurkgeym oila, kasbiy guruh kabi jamoalarni, shuningdek mehnat taqsimotiga muvofiq vujudga keladigan, ijtimoiy birlik (axloq, din)ni ifoda etadigan ijtimoiy institutlarni farqlaydi. Ijtimoiy jarayonda sababiyat ijtimoiy muhitning yuqorida zikr etilgan elementlarining u yoki bu hodisani vujudga keltiradigan о ’zaro ta’siridir.           Dyurkgeym ijtimoiy evolyusiya mavjudligini qayd etadi va uni mehnat taqsimoti bilan bog’laydi. U rivojlangan mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv va kooperatsiyani yuksak darajada uyushgan jamiyatning belgisi deb hisoblaydi. Mazkur jamiyat mehnat taqsimoti mavjud b о ’lmagan arxaik jamiyatlardan ayni shu belgiga k о ’ra farq qiladi. Mehnat taqsimoti individlar о ’rtasidagi farqlarni belgilaydi va shaxs shakllanishining omili hisoblanadi. U odamlarni о ’zaro aloqadorlik tizimi bilan birlashtirib, ijtimoiy aloqalarga uyg’un tus beradi.           Dyurkgeym shaxs va jamiyatning uzviy aloqasini qayd etadi. Uning fikricha, jamiyatning tubanlashuvi muqarrar tarzda shaxsning tubanlashuviga sabab b о ’ladi. Ne’matlar va xizmatlarni ayirboshlashning buzilishi natijasida yuzaga keladigan tengsizlik, shuningdek shaxs о ’z kasbiy roliga moslashmagani jamiyatda sinfiy kurashni keltirib chiqaradi. Mehnat taqsimotini muvofiqlashtirishning maqbul vositalarini topish, imkoniyatlar tengligini ta’minlaydigan qoidalarning aniq majmuini belgilash talab etiladi. Dyurkgeym bu jarayonda sotsiologiya fan sifatida ayniqsa muhim rol о ’ynaydi deb hisoblagan.           M.Veber. Maks Veber (1864-1920) о ’z sotsiologik qarashlarida Rikkertning borliq va ongning о ’zaro aloqasi zamirida subektning qadriyatga b о ’lgan muayyan munosabati yotadi, degan g’oyasiga tayangan. Shunga muvofiq Veber tahlil qilinayotgan materialning iqtisodiy, diniy va axloqiy qadriyatlar bilan о ’zaro nisbatini aniqlash lozim deb hisoblagan. О ’zining «Protestantcha axloq va kapitalizm ruhi» asarida Veber dastlab Niderlandiya, Angliya va AQShda vujudga kelgan sanoat kapitalizmining qaror topishiga protestantcha axloq qadriyatlarining ta’sirini tahlil qiladi. U hozirgi zamon x о ’jalik hayotida hukm surayotgan kapitalizmning о ’ziga xos xususiyatiga mos keladigan x о ’jalik yurituvchi subektlar – tadbirkorlar va ishchilar shakllanishi natijasida vujudga kelganini qayd etadi. Veber tarixiy materializmning g’oyalar iqtisodiy munosabatlar ustqurmasi sifatida yuzaga kelgan, degan «sodda» tasavvurlariga t о ’g’ridan-t о ’g’ri e’tiroz bildiradi va aksincha, kapitalizm «ruhi» uning vujudga kelish omili b о ’lgan, deb hisoblaydi.           U kapitalizm modelini kapitalistik naf k о ’rishga oqilona intilishdan keltirib chiqarishga harakat qiladi. Veber ratsionalizm tamoyillari G’arb madaniyatining barcha hodisalarida: fanda, san’atda, monumental qurilmalar yaratish konstruktiv tamoyillarida hukm surishini qayd etadi. Oqilona ishlab chiqilgan konstitusiya, huquq, oqilona yaratilgan qoidalarga qarab m о ’ljal oladigan mutaxassis- amaldorlardan iborat siyosiy institut sifatidagi davlat faqat G’arbda mavjud. Ammo ratsionalizm qadriyatlarini amalga oshirishning eng oqilona ifodasi tadbirkorlik sohasida mujassamlashgan: ishlab chiqarishning kommersializatsiyalashuvi, buxgalteriya hisoboti, chayqovchilikni oqilonalashtiruvchi qimmatli qog’ozlar va birjalar, mehnatni oqilona tashkil etish va h.klardir.           О ’zining boshqa bir qator asarlari, chunonchi: «Tushunuvchi sotsiologiyaning ba’zi bir kategoriyalari haqida», «Jahon dinlarining x о ’jalik axloqi», «X о ’jalik va jamiyat», «X о ’jalik tarixi»da Veber ijtimoiy harakat va uning motivatsiyasi tushunchasini ta’riflab berdi. Borliqni tushuntirish uchun u «ideal tiplar» metodologiyasini yaratdi va undan foydalandi. Veber fikriga k о ’ra, ijtimoiy organizm hujayrasi hisoblanadigan ijtimoiy harakat ikki omil: subektiv motivatsiya va boshqalarga qarab m о ’ljal olishni о ’z ichiga oladi. U ijtimoiy harakatning oqilona maqsadli ijtimoiy harakat, oqilona qadriyatli ijtimoiy harakat, affektli ijtimoiy harakat va an’anaviy ijtimoiy harakat kabi tiplarini farqlaydi.           О ’zining ijtimoiy harakat konsepsiyasini Veber hokimiyatni tushunishga nisbatan ham tatbiq etadi. О ’zgalarning umidlariga qarab m о ’ljal olish ijtimoiy harakatning muqarrar belgisi b о ’lgani bois, hokimiyat siyosiy munosabatlarda ishtirok etuvchi tomonlarning о ’zaro umidlarini nazarda tutadi. Shu holdagina hokimiyat qonuniylik kasb etadi: boshqarayotganlar о ’z buyruqlariga b о ’ysunishlariga umid qiladilar; boshqarilayotganlar esa oqilona buyruqlarni kutadilar. Veber qonuniy davlatlarning: ish vakolatlari qonuniy belgilanishining majburiyligiga b о ’lgan ishonchga k о ’ra hukmronlik; muayyan xulq-atvorga k о ’nikish bilan belgilangan hukmronlik; xarizmatik hukmronlik kabi uch tipini farqlaydi. Boshqaruvning oqilona-byurokratik tipi vujudga kelishi bilan bog’liq b о ’lgan hokimiyatning namunaviy-oqilona tipini Veber hokimiyat ideali deb hisoblagan.           XX asrda M.Veber ilgari surgan tarixiy jarayonning teng huquqli omillari ta’siri haqidagi g’oyasi asoslab berildi. Ijtimoiy rivojlanishning hozirgi bir qancha nazariyalari texnika, sanoat, axborot tizimlari, kommunikatsiya, globallashuv kabi omillarni birinchi о ’ringa q о ’yadilar.           I.A. Karimov (1938-2016) tarix falsafasini tarixiy xotira bilan uyg’un holda k о ’radi. Uning fikricha “Inson uchun tarxidan judo b о ’lish – hayotdan judo b о ’lish demakdir” . Fikrining davomida u tarixiy xotirasi bor inson irodali inson, jamiyatning har bir a’zosi о ’z о ’tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni y о ’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. tarix saboqlari insonni hushyorlikka о ’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, о ’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, deb ta’kidlaydi. Buning uchun har bir millat о ’zining tarixiy ildizlariga nazar solishi, u yoki bu mafkura ta’sirida xash-p о ’shlangan tarixiy xotirani о ’z holicha qayta tiklashga harakat qilishi lozim. “ О ’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi y о ’q” . Shundagina millat, xalq о ’z- о ’zini anglaydi. Tarixchilar millatga uning haqqoniy tarixini k о ’rsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan tarix xalq ma’naviyatining asosidir.           N.J о ’rayev (1952) fikricha, vaqt о ’tgan sari insoniyat tafakkuri kengayib, ijtimoiy fanlar taraqqiy topib borishi natijasida tarix falsafasi atrofidagi mulohazalar kengayadi. Uning predmeti va obektiga aniqlik kiritiladi. Shu ilmiy haqiqatdan kelib chiqib, N.J о ’rayev hozirgi zamon tarix falsafasining quyidagi vazifalarini belgilaydi:  insoniyat tarixi rivojlanish qonuniyatlarini, ularning manbalari va mohiyatini о ’rganish;  insoniyat tarixini, jumladan, milliy tarixni ham hozirgacha ta’sirini о ’tkazib kelayotgan kommunistik mafkura asosidagi ilmiy metodologiyada mavjud b о ’lgan tamoyillardan voz kechib, milliy istiqlol g’oyasi asosida о ’rganish va davrlashtirish muammosini hal etish;  sivilizatsiyalar va madaniyatlar yuzaga kelishining yaxlit tizimini ishlab chiqish, ular inqirozi sabablarini chuqur tahlil etish;  tarixiy jarayonning umumiy shaklini tahlil etish, ularni о ’tmish, bugun, kelajak tizimida mantiqan о ’rganish hamda insoniyat istiqboli haqida tasavvurlarga aniqlik kiritish;  tarixiy taraqqiyot omillarini diniy va dunyoviy qonunlar nuqtai nazaridan о ’rganish, nazariy jihatdan baquvvat ilmiy va amaliy asoslangan xulosalarni ishlab chiqish;  qadriyatlar tizimini hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan tadqiq etish va baholash;  insoniyat tarixida t о ’plangan moddiy, ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tarixiy tahlili orqali mantiqiy va falsafiy asoslarini о ’rganish;  tarixni anglashning yangi y о ’nalishlarini hozirgi zamon falsafiy tafakkur mezonlari asosida belgilash hamda unga tayangan holda ijtimoiy taraqqiyot maqsadlarini aniqlash orqali, tarixning murabbiylik rolini oshirish;  yaxlit insoniyat taraqqiyoti omillarini va manbalarini о ’rganish, shu asosda jahon tarixiy taraqqiyot istiqbollarini belgilash;  tarix fani predmeti va metodologiyasini hozirgi zamon talablari asosida qayta ishlab chiqish hamda tarixni tadqiq etishning turli y о ’nalishlarini, jumladan, siyosiy tarix, iqtisodiy tarix, din tarixi, san’at tarixi, etnogenezis va boshqa y о ’nalishlar bilan mushtarak holda kompleks tadqiqotlarni olib borish orqali, inson, insoniyat va uning tarix yaxlit mohiyatini ochib berish .           Ana shu vazifalarni hal etishda tarix falsafasi va tarix fanining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Uning fikricha, bir qarashda tarix falsafasi va tarix fani bir-biridan ayri y о ’nalishdek k о ’rinadi. Zotan, real jarayonga, real voqelikka, insoniyat tarixida qaysidir hodisaga tarixchi tarix k о ’zi bilan qarasa, faylasuf faylasuf k о ’zi bilan qaraydi. Aslida har ikki qarashlar zamirida inson taqdiri, tafakkur tarzi va manfaatlar ustuvorligi yotadiki, bu inson fenomeni va hayot falsafasining mantig’idir.           Tarix falsafasining predmeti, tuzilishi va funksiyalari. «Tarix falsafasi» nima va uning predmeti nimadan iborat? Bu savolga javob berar ekanmiz, tarix falsafasi tushunchasiga «Falsafiy qomusiy lug’at» mualliflari bergan ta’rifni keltirish о ’rinli b о ’ladi deb о ’ylaymiz: «Tarix falsafasi – falsafaning tarixiy jarayonni va tarixiy bilishni talqin qilish bilan bog’liq b о ’lgan b о ’limi» . Shunday qilib, tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarix falsafasining predmeti esa tarixiy jarayon va tarixiy bilishni talqin qilish, ularning mazmunini yoritib berishdan iborat. Ammo bu tarix falsafasini tavsiflashga nisbatan birdan- bir yondashuv emas, chunki tarixiy rivojlanish jarayonida tarix falsafasining predmeti va muammolari sezilarli darajada о ’zgargan va hozirgi vaqtda tarix falsafasining turli y о ’nalishlari tomonidan har xil talqin qilinadi.           Masalan, antik davr tarixchilari va faylasuflari (Gerodot, Platon, Fukidid, Aristotel, Plutarx va b.)ning tadqiqotlari о ’tgan va hozirgi zamon kishilarining qilmishlari, tabiat va insonning о ’zaro aloqasi haqida ma’lumotlar yig’ishdan, ya’ni tarixiy dalillarni ularni nazariy jihatdan anglab yetmasdan va yagona falsafiy-tarixiy tizimga solmasdan tavsiflash va о ’rganishdan iborat b о ’lgan.           О ’rta asrlarda (Avgustin va b.) tarix falsafasining predmeti sifatida avvalo Xudo va insonning о ’zaro aloqasi muammosi, harakatlantiruvchi kuchi ilohiy vahiy sanalgan tarixiy jarayonning mazmunini aniqlash, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifasini о ’rganish amal qilgan.           Sharqda tarix falsafasining (A.Beruniy, Ibn Xaldun, A.B.Narxashiy, R.Hamadoniy) predmeti sifatida jahon tarixi, umumiy tarixiy taraqqiyot qoidalari, y о ’nalish va omillarini belgilovchi kishilik jamiyatining о ’ziga xos davriylik nazariyasi alohida о ’rin tutadi. “Odamlar kabi davlat ham о ’zining hayotiy davriga ega” . Beruniy tarixni о ’rganish tahlil qilish va s о ’ng xulosalar chiqarish zaruligini tavsiya qilar ekan, uni davrlarga b о ’lish, har bir davrning о ’ziga xos jihatlarini aniqlash va ana shu usul orqali ijtimoiy hayotga, kishilik jamiyatiga tegishli va asosli baho berish mumkin deb hisoblaydi.           Uyg’onish davrida va Yangi davrda (Nikkolo Makiavelli, Jambattista Viko, Frensis Bekon, Tomas Gobbs va b.) tarixning maqsadi, y о ’nalishini, shuningdek tarixiy jarayonda insonning, sinflarning rolini aniqlash (Ogyusten Terri, Fransua Gizo, Ogyust Mine) tarix falsafasining predmetiga aylangan. Yangi davrda «tarix falsafasi» atamasi ham paydo b о ’lgan, uni ilk bor 1765 yilda tarixchi tarixiy voqealarni shunchaki tavsiflabgina qolmasdan, balki tarixiy jarayonni falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilishi lozim, deb hisoblagan fransuz ma’rifatchisi Volter ishlatgan. Keyinchalik tarixiy jarayonning umumiy qonuniyatlari va dialektikasini aniqlash y о ’lida izlanishlar olib borish Georg Gegel hamda dialektik materializm asoschilari Karl Marks va Fridrix Engels uchun tarix falsafasining asosiy predmetiga aylangan.           XIX asr oxiri – XX asr boshida tarix falsafasining k о ’pgina yangi y о ’nalishlari vujudga kelgan. Ularning har biri о ’z tadqiqot predmetiga ega b о ’lgan. Masalan, tarixning aylanma harakati nazariyasi namoyandalari (Nikolay Danilevskiy, Osvald Shpengler, Arnold Toynbi), о ’z о ’tmishdoshlari kabi, о ’z oldiga tarixiy jarayon qonuniyatlarini aniqlash vazifasini q о ’ygan. Xristian tarix falsafasining k о ’p sonli y о ’nalishlari: neotomizm (Jak Mariten, Eten Anri Jilson va b.), neoavgustizm (Moris Blondel, Gabriyel Marsel, Jan Lakrua), teyyardizm (Per Teyyar de Sharden) va qisman ekzistensializm (Karl Yaspers) namoyandalari tarixning mazmuni muammosini bosh muammo deb hisoblaganlar. Tarixiy bilish gnoseologik nazariyasi va tanqidi namoyandalari (Vilgelm Diltey, Benedetto Kroche) esa tarixshunoslik (istoriografiya) doirasi bilangina cheklanib qolmaganlar, balki s о ’zning keng ma’nosidagi tarixiy ongni ham tahlil qilganlar. Neokantchilik tarix falsafasi (Vilgelm Vindelband, Genrix Rikkert) va «analitik» tarix falsafasi (Ernest Nagel, Karl Gempel va b.) ham о ’zining alohida predmetiga ega. XX asr tarix falsafasi aksariyat hozirgi y о ’nalishlarining muhim xususiyati shundan iboratki, ularning predmeti sifatida jahon tarixi, hozirgi sivilizatsiyaning global muammolari amal qiladi.           Bu muxtasar sharhdan k о ’rinib turganidek, turli falsafiy-tarixiy maktablarda tadqiqot predmeti muammosiga nisbatan yagona yondashuv mavjud emas. Ayni hol avvalo shu bilan bog’liqki, tarixiy voqelikning mohiyati turli tadqiqotchilar tomonidan har xil tushunilishi о ’z- о ’zidan tarixiy jarayonning, ya’ni «tarix falsafasi»ning k о ’p sonli falsafiy talqinlarini vujudga keltiradi. Ammo mazkur yondashuvlarni umumlashtirish tarix falsafasi – bu falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy y о ’nalishlarini tushuntirish bilan shug’ullanuvchi, shuningdek uni bilish metodlarini asoslovchi b о ’limi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.           Tarix falsafasi predmetining umumiy tavsifi uning tuzilishi va funksiyalarini о ’rganishga о ’tish imkonini beradi.           Tarix falsafasining tuzilishi. Tarix falsafasining tuzilishini tavsiflar ekanmiz, bu element tarix falsafasi u yoki bu y о ’nalishi namoyandalarining metodologik m о ’ljallari bilan uzviy bog’liq, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Ayni vaqtda, ahamiyatsiz tafovutlarni e’tibordan soqit etsak, aksariyat y о ’nalishlar doirasida о ’rganiladigan asosiy muammolarni qayd etishimiz mumkin. Tarix falsafasining asosiy tarkibiy qismlarini aytib о ’tamiz va ularga qisqacha t о ’xtalamiz           Tarix falsafasi ontologiyasi – bu tarix falsafasining tarixiy borliq muammolari, chunonchi: tarixning mazmuni va y о ’nalishi, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy determinizm, yagona tarixiy makonning vujudga kelishi, jahon tarixining yagonaligi asoslarini, insonning koinotdagi о ’rnini aniqlash, tarixiy vaqt masalasi va hokazolarni о ’rganish bilan shug’ullanuvchi tarkibiy qismi. Mazkur b о ’limda jamiyatning rivojlanish mantig’ini, uning turli tomonlari о ’rtasidagi aloqalar va о ’zaro bog’lanishlarni о ’rganish ham muhim о ’rin egallaydi.           Tarix falsafasi gnoseologiyasi asosiy e’tiborni tarixiy bilish muammolariga, aniqroq aytganda, tarixiy faktlar va voqealarni о ’rganish, tahlil qilish va tushuntirish, tarixiy bilimning о ’ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shuningdek tarixiy bilishda haqiqatning tagiga yetishga qaratadi.           Tarix falsafasi tarixi tarix falsafasining vujudga kelishi va rivojlanishi, tarix falsafasi predmetining shakllanishi muammolarini, tarix falsafasining turli y о ’nalishlar va oqimlar vujudga kelishiga sabab b о ’lgan ichki differensiatsiyalanish jarayonini о ’rganadi. Tarix falsafasi mazkur b о ’limining muhim muammolari qatoriga tarixiy jarayonni davriylashtirish, boshqa ijtimoiy fanlar orasida tarix falsafasining о ’rnini aniqlash masalalari ham kiradi.           Tarix falsafasi antropologiyasi insonning tarixiy jarayondagi о ’rnini, bu jarayonda tarix subektlarining rolini aniqlaydi va «Tarixni kim harakatga keltiradi?», degan savolga javob beradi. Odatda, tarix falsafasining turli y о ’nalishlari tarixiy jarayon subektlari qatoriga xalq, millat, omma, olomon, ijtimoiy sinflar va atoqli shaxslarni kiritadi va q о ’yilgan savolga har xil javob beradi.           Tarix falsafasining funksiyalari. Tarix falsafasining funksiyalari t о ’g’risidagi masalani hal qilmasdan uning predmeti va о ’ziga xos jihatlarini t о ’la anglab yetish mumkin emas. Tarix falsafasi falsafaning tarkibiy qismi ekanligiga asoslanib, tarix falsafasining funksiyalari umuman falsafaning funksiyalari bilan asosan bir xil, deb taxmin qilish mumkin. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik kerakki, tarix falsafasi о ’z alohida obekti, predmeti, metodlari, tadqiqot maqsadlari va vazifalariga ega va bu uning muayyan xususiyatlari mavjudligidan dalolat beradi. Quyida ularni k о ’rib chiqamiz           Tarix falsafasining dunyoqarashga doir funksiyasi shundan iboratki, u insonda tarixga, ya’ni jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi, tarixiy jarayonning yagonaligi va rang-barangligiga, uning mazmuni va y о ’nalishiga, insonning undagi о ’rni va roliga va hokazolarga nisbatan umumiy munosabatni shakllantiradi.           Tarix falsafasining nazariy funksiyasi shundan iboratki, u tarixiy jarayonni teran anglab yetish va u haqda nazariya, ya’ni tarixiy jarayonning mavjudligi, mazmuni, rivojlanish y о ’nalishi haqidagi qarashlar tizimi darajasida xulosa chiqarish imkonini beradi. Tarix falsafasining mazkur funksiyasi tarixiy о ’tmishni nazariy darajada rekonstruksiya qilishni amalga oshirish, tarixiy dalillar va voqealarning haqqoniylik darajasini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi.           Tarix falsafasining metodologik funksiyasi uning qoidalarini tarixiy о ’tmishning u yoki bu ijtimoiy fanlar doirasida о ’rganiluvchi ayrim hodisalari va voqealarini о ’rganish jarayonida amalga tatbiq etish imkoniyatidan iborat. Bu holda tarix falsafasining qoidalari va xulosalari tarix, sotsiologiya, iqtisod, siyosatshunoslik, huquq falsafasi, psixologiya va boshqa fanlar sohasida amalga oshiriluvchi tadqiqotlarda qudratli metodologik vosita rolini о ’ynaydi.           Tarix falsafasining prognostik funksiyasi shundan iboratki, tarixiy jarayon qonuniyatlarini bilish jamiyat, uning ayrim kichik tizimlarining rivojlanish tendensiyalarini, tarix voqealari, kishilar faoliyatining yaqin va uzoq kelajakdagi oqibatlarini bashorat qilishga yordam beradi. Bunday bashorat negizida u yoki bu ijtimoiy hodisalar va umuman jamiyatning rivojlanishini prognoz qilish mumkin.           Shuni qayd etish lozimki, tarix falsafasining k о ’rib chiqilgan funksiyalari bir- biri bilan uzviy bog’liq va bir-biriga о ’tadi. Ularning har biri qolganlarini nazarda tutadi va ularni о ’z tarkibiga u yoki bu tarzda kiritadi.           Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari. «Tarix falsafasi» atamasi nisbatan yaqinda paydo b о ’lgan b о ’lsa-da, dastlabki falsafiy-tarixiy g’oyalar qadim zamonlardayoq vujudga kelgan. Shu sababli tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari mohiyatini yaxshiroq anglab yetish uchun tarixiy о ’zlikni anglashning tadrijiy rivojlanish jarayoniga nazar tashlash lozim. Tarixiy jarayonning yagonaligi va rang-barangligi, uni davriylashtirish va uning shakllarini tizimga solish haqidagi tasavvurlar, shuningdek insoniyat tarixiy rivojlanishini harakatlantiruvchi kuchlar va uning y о ’nalishi haqidagi masala har doim yuqorida zikr etilgan jarayonning muhim tarkibiy qismlari hisoblangan.           Tarixiy harakat y о ’llarini, tarixiy jarayon tendensiyalari va y о ’nalishini anglab yetish muammosi antik davr mutafakkirlari, avvalo Gerodot, Fukidid, Aristotel, Teofrast, Pliniy Katta va boshqalarda kuchli qiziqish uyg’otgan. Bu tarixchi va faylasuflarning asarlarida insoniyatning о ’tmishi va kelajagi haqida muayyan tasavvurlar, odamlarning qilmishlari haqida, tarixiy voqealarning y о ’nalishi va mazmuni t о ’g’risida mulohazalar mavjud b о ’lgan. Kkeyinchalik bularning barchasi jamuljam holda «tarix falsafasi» deb nomlangan, lekin ular hali qarashlarning mukammal tizimini tashkil etmagan. Bundan tashqari, qadimgi faylasuflar va tarixchilarning aksariyati diniy-mifologik dunyoqarashga amal qilgan. Bu dunyoqarashga k о ’ra, jamiyatda, xuddi tabiatdagi kabi, aylanma harakat mavjud, odamlarning xatti-harakatlari taqdirga yoki xudolar irodasiga b о ’ysunadi. Buyuk shaxslar – jamoa oqsoqollari, siyosiy arboblar, qahramonlarga xos b о ’lgan, о ’z tabiatiga k о ’ra о ’zgarmas sanalgan ehtiros va iroda inson xulq- atvorini belgilovchi omil hisoblanadi.           О ’rta asrlarda falsafiy tafakkurining namoyandalari Avreliy Avgustin, Foma Akvinskiy va b. Injil va yunon-rim falsafiy-tarixiy tafakkurini sintez qilib, tarixning yangi, teologik konsepsiyasini yaratdi, tarixiy voqealarning mazmuni, tarixiy asarlarning mohiyati va vazifalari haqida yangicha tasavvurlarni ilgari surdi. Mazkur konsepsiyaga muvofiq, xristian mualliflari, tarix orqali ilohiy niyatni tushunib yetishga harakat qilib, aylanma harakat g’oyasini rad etdilar va tarixiy jarayonni о ’tmishdan kelajak (b о ’lg’usi panohga erishish, masihning kelishi) sari chiziqli harakat sifatida tasavvur qildilar.           Markaziy Osiyo mutafakkiri A.R.Beruniy podsholiklar tarixi orqali о ’tmishni davrlarga b о ’lishni taklif qiladi. Tarix uning fikricha, fikr va tafakkur manbai. U doimo turli fanlarning о ’zaro ta’sirining uzviyligi va uyg’unligi natijasida takomillashadi. Shu bois, tarix har qanday olim uchun tadqiqotning muhim manbai b о ’lib xizmat qiladi. Beruniy tarixiy tadqiqotlarni boshqa turdosh fanlarni о ’rganish bilan uyg’un holda olib borish, muayyan natijaga olib kelishini ta’kidlaydi. Zero, tarixiy manbani о ’rganish, uning asosli yoki asossiz ekanligin isbotlash tarixiy tadqiqot uchun mas’uliyatli jarayondir. Chunki tarixiy manba yaratganlar, turli hujjatlarni bitganlar yoki о ’z manfaatlari, maqsadlari doirasida dalil t о ’playdilar. Shu holat nuqtai nazaridan Beruniy “xabar-xabarchilar tufayli rost va yolg’on tusini oladi”1, deb e’tirof etgan. Tarixiy haqiqatni tiklash, tarixiy tafakkur va tarixiy ma’lumotlarni yig’ish Sharq tarix falsafasida aniq meyorlar vositasida amalga oshirilgan.           Feodalizmning inqirozi, kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi, hurfikrlilikning kuchayishi ijtimoiy ong tarixga nisbatan teologik yondashuvdan xalos b о ’lishiga k о ’maklashdiki, bu fanning rivojlanishiga ijobiy ta’sir k о ’rsatdi. Uyg’onish davri (XIV-XVI asrlar) mutafakkirlari, xristian tarixchilaridan farqli о ’laroq, tarixiy jarayonni dunyoviy sharoitlardan, insonning tabiatidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qildilar. Masalan, Nikkolo Makiavelli (1469-1527) о ’z asarlarida moddiy manfaat, xususiy mulkni asrash va k о ’paytirishga intilish jamiyatning rivojlanishini harakatlantiruvchi kuch ekanligini isbotlab, siklli rivojlanish g’oyasini asoslashga harakat qildi. Uning ayrim asarlarida ijtimoiy hodisalarning qonuniyatlariga doir farazlar ham mavjud, lekin u mazkur qonuniyatlarni ta’riflashning uddasidan chiqmagan.           XVII-XVIII asrlar Yevropa uchun burjua industrial sivilizatsiyasi vujudga kelishiga va ijtimoiy rivojlanish jarayonining jadallashuviga olib kelgan sanoat va ijtimoiy-siyosiy inqiloblar davriga aylandi. Yangi davr mutafakkirlari qarashlarining shakllanishida tabiiy fanlar ulkan rol о ’ynadi. Bu davrda ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga tabiatshunoslik shu darajada kuchli ta’sir k о ’rsatganki, tarix aksariyat hollarda tabiiy ilmiy nuqtai nazardan tushuntirilgan.           Ayni shu davrda yuqorida sanab о ’tilgan sabablar ta’sirida tarix falsafasining bir nechta naturalistik (lot. naturalis – tabiiy, natural) konsepsiyalari vujudga kelgan. Mazkur konsepsiyalarning namoyandalari tabiatga butun borliqni, shu jumladan tarixiy jarayonni tushuntirishning universal tamoyili sifatida yondashgan. Bunda naturalizm tushunchasi turlicha talqin qilingani bois, quyidagi y о ’nalishlar ajralib chiqqan: ijtimoiy hodisalar tabiiy muhit ta’sirida tushuntirilgan geografik naturalizm (Sharl Lui Monteske, Iogann Gerder va b.); tarixiy jarayonlarni demografik determinizm yordamida tushuntirgan demografik naturalizm (Tomas Maltus); jamiyatdagi о ’zgarishlarni avvalo inson tafakkuri bilan bog’lovchi idealistik naturalizm (Klod Gelvetsiy, Jan Jak Russo).           Tarixiy о ’zlikni anglashning rivojlanishiga о ’z tadqiqotlarida tarixni inson aqlli tabiatining evolyusiyasi va rivojlanishi bilan bog’liq b о ’lgan alohida borliq sifatida falsafiy jihatdan anglab yetishga urg’u bergan Volter (1694-1778) asarlari, shuningdek tarixiy jarayon g’oyasini birinchilardan b о ’lib asoslab bergan Mari Jan Kondorse (1743-1794) tadqiqotlari ham kuchli ta’sir k о ’rsatdi.           G.V.F.Gegel (1770-1831) ijtimoiy rivojlanishning о ’ziga xosligini obektiv idealizm nuqtai nazaridan anglab yetish y о ’lida yangi qadam tashladi. U tarixga har bir davr betakror tarzda rang-barang b о ’lgan holda, ayni vaqtda insoniyat rivojlanishining qonuniy bosqichi sanalgan yagona qonuniy jarayon sifatida yondashdi. Bu rivojlanish tabiiy qonuniyatlar sohasi bilan taqqoslaganda boshqacha xususiyat kasb etadi. Bu yerda tarixiy qonunlar kishilarning ongli faoliyati vositasida amalga tatbiq etiladi, lekin shu bilan birga tarixda muayyan obektiv mantiq ham amalga oshiriladi va tarixiy jarayon dunyoviy aql, mutlaq g’oyaning cheksiz tarzda о ’z- о ’zidan rivojlanishi, о ’zini о ’zi r о ’yobga chiqarish jarayoni sifatida namoyon b о ’ladi.           XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshida tarixiy bilim sifat jihatidan yangi darajaga k о ’tarildi. Turli matnlarning tarixiy va lingvistik tahlili metodlarining takomillashishi, arxeologiyaning rivojlanishi, о ’tmish guvohliklariga yanada tanqidiyroq yondashish natijasida tarixiy bilim fan maqomini q о ’lga kiritdi. Shu bilan bir vaqtda tarixiy va tabiiy ilmiy bilimlar butunlay h har xil obektlarga mansub b о ’libgina qolmasdan, о ’zlari ham bir- biridan butunlay farq qilishi yanada teranroq anglab yetildi.           Tarixiy о ’zlikni anglash jarayoni evolyusiyasining keltirilgan tavsifi bizga tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalariga nazar tashlash imkonini beradi. Bu konsepsiyalar orasida gnoseologik y о ’nalish (tanqidiy tarix falsafasi), ontologik konsepsiya, aksiologik konsepsiya, tarixning texnokratik konsepsiyalari alohida о ’rin egallaydi.           Tarix falsafasining gnoseologik y о ’nalishi XIX asrning ikkinchi yarmidan e’tiboran mazkur fanning mustaqil y о ’nalishi sifatida shakllana boshladi. Bu yondashuv namoyandalari (Vilgelm Diltey, Benedetto Kroche, Georg Zimmel, Robin Kollingvud, Raymon Aron va b.) tarix falsafasining asosiy predmeti – tarixiy о ’tmishni о ’rganishning mantiqiy-nazariy va metodologik muammolari, uni nazariy jihatdan rekonstruksiya qilish va tarixiy dalillarning haqiqiyligini aniqlash, deb hisoblaganlar.           Tarix falsafasi mazkur y о ’nalishining asoschisi sifatida haqli ravishda nemis madaniyat faylasufi Vilgelm Diltey (1833-1911) e’tirof etiladi. Uning nazariyasida inson borlig’i usuli, madaniy-tarixiy voqelik sifatidagi hayot tushunchasi markaziy о ’rinni egallaydi (shu sababli Diltey nuqtai nazari k о ’pincha «hayot falsafasi»ning istoritsistik varianti deb ataladi). Olim fikriga k о ’ra, inson о ’z tarixiga ega emas, lekin uning о ’zi tarixdir va aynan shunda uning mohiyati namoyon b о ’ladi. Boshqacha aytganda, Diltey uchun hayot va tarix ayniydir.           Dilteyning tarix falsafasiga ijtimoiy va tabiiy fanlarni bir-biriga qarama- qarshi q о ’yish xos. U inson tabiatni tushuntiradi, ijtimoiy hayotni esa faqat tushunadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, mazkur tushunish har xildir, chunki har bir inson tarixiy voqealarga о ’z nisbiy mushohadalari nuqtai nazaridan yondashadi. Bundan xulosa shuki, ilmiy haqiqatning tagiga yetish, tarixiy jarayonni ilmiy nuqtai nazardan xolisona bilish amalda mumkin emas.           X о ’sh, bu holda tarix falsafasi nimani о ’rganishi lozim? Dilteyning izdoshi – Kollingvud fikriga k о ’ra, tarix falsafasi tarixchining fikr-mulohazalarini va shu bilan bir vaqtda mazkur fikr-mulohazalarning obektini о ’rganadi. Shu sababli tarixiy jarayonni о ’z holicha о ’rganish tarix falsafasi vazifalari qatoridan chiqarib tashlanadi: tarixiy jarayon faylasufga unda hodisalarning tarixiy bilim mohiyatini belgilovchi xususiyatlari t о ’g’risida s о ’z yuritilgani uchungina tegishlidir.           Gnoseologik y о ’nalish, ba’zan tanqidiy tarix falsafasi deb ham ataladi. Bu hol shu bilan bog’liqki, mazkur y о ’nalish vakillari tarixni tanqidiy о ’rganishgina insoniyat tarixi modelini yaratish, tarixiy dalillarning haqqoniylik darajasiga baho berish va tarixiy voqelik manzarasini nazariy jihatdan gavdalantirish imkonini beradi, deb hisoblaganlar. Mazkur yondashuv kurtaklarini tarixiy bilishning metodologik muammolari, insoniyat tarixining о ’ziga xos xususiyatlarini о ’rganish bilan shug’ullangan neokantchilik Baden maktabidan izlash lozim. Aksariyat tadqiqotchilar tomonidan bu maktabning asoschisi sifatida fransuz faylasufi Raymon Aron (1905-1983) e’tirof etiladi. Uning asarlaridan biri «Tanqidiy tarix falsafasi» deb ataladi.           Ontologik konsepsiya namoyandalari tarix falsafasining predmeti deganda ijtimoiy hodisalar, jarayonlarning о ’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar majmuini tushunganlar. Mazkur tadqiqotlar shunday umumfalsafiy ontologik muammolar bilan bog’liqki, ularni yechishda jamiyat tarixining qolgan ijtimoiy hodisalardan farqini hisobga olish lozim. Ushbu yondashuv namoyandalari (R.Mel, R.Ramon, E.Kallo va b.) tarix falsafasining diqqat markazida avvalo ontologik muammolar, chunonchi: insoniyat tarixining mazmuni va vujudga kelishi, tarixiy jarayonning mohiyati kelajakni bashorat qilish imkoniyatlari, tarixiy jarayonda insonning о ’rni va roli muammolari turishi lozim. Masalan, ijtimoiy rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar t о ’g’risidagi masalani о ’rganish jarayonida inson ongi, erkinligining tarixiy jarayondagi roli t о ’g’risidagi masala yuzaga keladi. Ammo, insondan boshqa rivojlangan ongga ega b о ’lgan mavjudotlar fanga ma’lum emasligi tufayli, jamiyatning rivojlanishida ongning roli t о ’g’risidagi masalalar jamiyat, tarixiy jarayonlar haqidagi masalalar hisoblanadi.           Tarix falsafasining aksiologik konsepsiyasi tarixning qimmati muammosiga, shuningdek tarixiy bilimning ayrim hodisalarini qimmatga ega yoki ega emas deb e’lon qiluvchi mulohazalar uchun oqilona asoslarni aniqlashga alohida e’tibor beradi.           Mazkur konsepsiyaning rivojlanishiga nemis faylasuflari – neokantchilik Baden maktabi namoyandalari Vilgelm Vindelband (1848-1915) va Genrix Rikkert (1863-1936) salmoqli hissa q о ’shgan. Bu tadqiqotchilar falsafani qadriyatlar haqidagi umumiy fan sifatida tavsiflaganlar. Rikkert qadriyatlar «subekt va obektning narigi tomonida joylashgan butunlay mustaqil saltanat»ni tashkil qiladi, deb hisoblagan. Vindelband va Rikkert nazariy va amaliy aqlning kantcha tafovutidan kelib chiqib, qadriyatlar haqida mulohaza yuritish va joizlikni bilishga asoslangan normativ ta’limot sifatidagi tarix falsafasini nazariy mulohaza yuritish va «borliq» haqidagi empirik ma’lumotlarga tayanuvchi tajribaga asoslangan fanlarga qarshi q о ’ygan. Ular qonuniyatni tarixiy bilishning asosiy tamoyili sifatida rad etib, uni «qadriyatlarga mansub deb topish» tamoyili bilan almashtirgan. Vindelband va Rikkert fikriga k о ’ra, qadriyatlar tarixdan ustun xususiyat kasb etadi va jamuljam holda odamlarga bog’liq b о ’lmagan ideal transsendental (narigi) dunyoni tashkil qiladi. Bu dunyodan tegishli g’oyalar, avvalo transsendental joizlik g’oyasi kelib chiqadi. U mazkur qadriyatlarning vaqt va makon bilan cheklanmagan shak-shubhasiz, mutlaq ahamiyatiga ishora qiladi. Odamlar ularni anglab yetishlariga qarab qadriyatlarga tegishli munosabat va talablarni yaratadilar va ularga hayotda, xulq-atvorda, kundalik va tarixiy faoliyatda amal qiladilar.           Vindelband va Rikkert ijtimoiy borliq va ma’naviy hayotning о ’zaro nisbatini о ’rganib, jamiyat tarixida ma’naviy hayot borliqqa nisbatan yetakchi rol о ’ynaydi, degan xulosaga kelgan va shu bois ular K.Marks taklif qilgan, jamiyatning rivojlanishida iqtisodiy omil (ya’ni borliq)ning hal qiluvchi ahamiyati asoslangan tarixni materialistik tushunishga tanqidiy k о ’z bilan qaragan. Rikkert fikriga k о ’ra, mazkur yondashuv noilmiydir, chunki u proletariat g’alabasini «mutlaq qadriyat» deb e’lon qiluvchi marksizm siyosiy dasturi bilan belgilanadi.           Bu mulohzalardan kelib chiqqanda, tarix falsafasi qadriyatlarning tabiati va mohiyatini, shuningdek ularning odamlar hayoti va faoliyatidagi ahamiyati va tajassumini yoritib beruvchi qadriyatlar haqidagi fan sifatida amal qiladi.           Hozirgi zamon G’arb ijtimoiy falsafasi va tarix falsafasida texnokratik konsepsiyalar ijtimoiy tafakkurning ijtimoiy hayotda va jamiyat taraqqiyotida texnika hal qiluvchi rol о ’ynaydi deb hisoblovchi va sanoatlashishgina jamiyat hayoti va shaxsni oqilona tartibga solish va kamol toptirishga qodir, degan fikrni asoslashga harakat qiluvchi y о ’nalishlaridan biridir. Mazkur konsepsiyalar qatoriga postindustrial jamiyat yoki axborot jamiyati konsepsiyasini (Daniyel Bell, Olvin Toffler), texnotron jamiyat konsepsiyasini (Zbignev Bjezinskiy), yangi industrial jamiyat konsepsiyasini (Jon Gelbreyt)ni kiritish mumkin.           Mazkur texnologik determinizm jamiyat rivojlanishining asosiy omillari qatoriga avvalo ishlab chiqarish kuchlari, texnika, fan va informatikaning rivojlanish darajasini kiritadi. Masalan, postindustrializm konsepsiyasi hozirgi zamon jamiyatida iqtisodiyotning birlamchi sohasi qishloq x о ’jaligi, ikkilamchi soha sanoat emas, balki axborot hal qiluvchi rol о ’ynaydigan uchlamchi soha (xizmatlar sohasi) yetakchilik qilishidan kelib chiqadi. Postindustrial jamiyatda sodir b о ’layotgan mikroelektron inqilob mehnatni emas, balki axborotni jamiyatning rivojlanishi zamirida yotuvchi fundamental ijtimoiy omilga aylantirishi qayd etiladi.           Tarixiy jarayon mazmuni va uning y о ’nalishi muammosi. Tarixiy jarayon mazmuni va uning y о ’nalishi muammosi tarix falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Uning mohiyati kishilik jamiyati о ’zgaradimi, agar о ’zgarsa, bu о ’zgarish qaysi y о ’nalishda yuz beradi va mazkur о ’zgarishlarni qanday davriylashtirish mumkin, degan savollarga javob topishdan iborat.           Mazkur muammo qadimgi dunyo mutafakkirlaridayoq qiziqish uyg’otgan. Antik faylasuflar chiziqli tarix falsafasining uch muhim y о ’nalishi: progressiv, regressiv va siklli y о ’nalishlarni farqlaganlar. Shuni qayd etish muhimki, bu y о ’nalishlarning barchasi hozirgi vaqtda ham о ’z izdoshlariga ega. Shu bilan bir qatorda, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida tarixiy rivojlanishning nochiziq konsepsiyasi ham asoslangan. Bu y о ’nalishlarni batafsilroq k о ’rib chiqamiz.           Antik davr mutafakkirlarining aksariyati, shu jumladan Protagor va Demokrit jamiyatning rivojlanishi asosan yovvoyilikdan «oltin asr» sari yuksalib boruvchi y о ’nalishda kechgan deb hisoblagan. Ularni progressiv y о ’nalish asoschilari deb hisoblash mumkin. Boshqa mutafakkirlar (Gesiod, Seneka), aksincha, jamiyatning rivojlanishi regressiv y о ’nalishga ega, ya’ni u «oltin asr»dan jamiyatning tanazzuli, axloqning buzilishi va hokazolar bilan tavsiflanuvchi «temir asr» sari rivojlanadi, degan fikrni ilgari surgan. Yana bir toifa faylasuflar (Platon, Aristotel, Polibiy) jamiyat yuksalib boruvchi y о ’nalishda, lekin tutash doira b о ’ylab harakatlanadi va har doim ortga, dastlabki bosqichga qaytadi, deb hisoblagan.           О ’rta asrlar faylasuflari, tarix muayyan y о ’nalishda rivojlanuvchi jarayon ekanligini rad etmagan holda, uning y о ’nalishini Xudo belgilaydi, deb hisoblaganlar. О ’z asarlarida tarixning y о ’nalishi, shuningdek tarixiy jarayonda yagonalik va rang-baranglikning о ’zaro nisbati muammolarini ayniqsa t о ’la qamrab olgan dastlabki tadqiqotchilardan biri italyan faylasufi Jambattista Viko (1668-1744) b о ’lgan. О ’zining «Millatlar umumiy tabiati haqidagi yangi fan asoslari» deb nomlangan risolasida u jahon tarixining barcha xalqlar uchun yagona b о ’lgan tarixiy aylanma harakat sifatidagi dunyoviy konsepsiyasini ilgari surgan. Viko fikriga k о ’ra, barcha xalqlar о ’z rivojlanishida bir xil bosqichlardan о ’tadi (ibtidoiy varvarlik («xudolar asri»)dan feodalizm («qahramonlar asri») orqali demokratik respublika yoki konstitusiyaviy monarxiya («sivilizatsiya asri») sari harakatlanadi). Har bir sikl mazkur jamiyatning umumiy inqirozi va parchalanishi bilan tugaydi. Sikl yakunlangach, rivojlanish jarayoni yangilanadi va ayni shu bosqichlardan, lekin yuqoriroq darajada о ’tadi. Shunday qilib, Viko g’oyalari madaniyatlar va sivilizatsiyalarning rivojlanishida sikllilik nazariyalari (Danilevskiy, Shpengler, Toynbi)ga asos b о ’lgan.           Hozirgi zamon tarix falsafasida tarixiy jarayon mantig’i va y о ’nalishini tushuntirishga nisbatan ikki asosiy yondashuv: formatsion va sivilizatsion yondashuvlar mavjud. Ularga batafsilroq t о ’xtalamiz.           Formatsion yondashuv tarixni monistik, universalistik tushunishga asoslanadi. U jahon tarixini ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar olinma-ketin almashuvidan iborat yagona, chiziqli-hujumkor tabiiy-tarixiy jarayon sifatida talqin qiladi.           Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar haqidagi ta’limotni Karl Marks о ’zining «Kapital», «Siyosiy iqtisod tanqidiga doir» kabi asarlarida ilgari surgan. Marks nazariyasining mohiyatini uning bir qancha qoidalari orqali ifodalash mumkin:           1) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – sifat jihatidan aniq, yaxlit ijtimoiy tizim b о ’lib, uning muhim elementi odamlarning hayot faoliyati jarayonida ular о ’rtasida о ’rnatiladigan moddiy (iqtisodiy), ma’naviy (mafkuraviy) va boshqa aloqalar va munosabatlardir. Moddiy va ma’naviy munosabatlarning о ’zaro aloqasida moddiy munosabatlar yetakchi rol о ’ynaydi. Ularning о ’zagini ishlab chiqarish munosabatlari tashkil qiladi. Aynan ishlab chiqarish munosabatlari, ijtimoiy tizim faoliyatini belgilovchi asos hisoblanadi;           2) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya turli mamlakatlarda ular rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy hayotga xos b о ’lgan umumiy jihatlarni aks ettiradi. Kapitalizmni о ’rganish va turli mamlakatlardagi moddiy va ma’naviy munosabatlarni taqqoslash jarayonida bu munosabatlarning k о ’pgina tomonlari takrorlanishining va mazkur mamlakatlar ijtimoiy rivojlanishning bir bosqichi – kapitalistik bosqichda, degan xulosaga kelingan;           3) ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichidir. K о ’p sonli ijtimoiy aloqalar orasida ishlab chiqarish munosabatlarini farqlash, ularning bir necha turlari mavjudligini aniqlash imkonini ham bergan; turli ijtimoiy organizmlar bir xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega b о ’lishi ham, har xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishga ega b о ’lishi ham mumkinligi (ya’ni har xil tipdagi ishlab chiqarish munosabatlari) aniqlangan. Shunday qilib, ishlab chiqarish munosabatlarining har bir tipi rivojlanish bosqichi, tarixiy davrni, bu ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi va о ’zgarishi esa jamiyat rivojlanishining mohiyatini belgilaydi, degan xulosaga kelingan.           Bu qoidalardan kelib chiqib, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya – bu jamiyatning muayyan tarixiy tipi, ishlab chiqarishning muayyan usuliga asoslangan va ijtimoiy taraqqiyot bosqichi sifatida amal qiladigan yaxlit ijtimoiy tizim, degan t о ’xtamga kelish mumkin.           «Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya» kategoriyasini asoslash tarixiy jarayonni davriylashtirish imkonini bergan. U jami formatsiyalarning besh tipini farqlagan: ibtidoiy jamoa, quldorlik, feodalizm, kapitalizm, kommunizm. Jahon tarixiy jarayoni bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga yuksalishdan iborat b о ’lgan chiziqli jarayon sifatida tavsiflagan.           XIX asrda ishlab chiqilgan formatsion yondashuv о ’zini oqlamadi. Bunda tarixiy rivojlanish jarayonini tushuntirishga nisbatan Marksning yondashuvi emas, balki uni dogmaga aylantirish va mutlaqlashtirish shakllandi. Ayrim tadqiqotchilar formatsion yondashuvni tahlil qilar ekanlar, uning quyidagi zaif jihatlarini qayd etadilar. Birinchidan, tarixning har qanday bosqichida jamiyat hayotini ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlargina belgilaydi, deb aytish о ’rinli b о ’lmaydi. Ikkinchidan, bir formatsiyadan boshqa formatsiyaga tabiiy yuksalish haqidagi monistik tasavvur inson erkinligiga, insoniyat rivojlanishining muqobil y о ’llarini tanlashga о ’rin qoldirmaydi. Uchinchidan, xalqlar, jamiyatlar, davlatlarning haqiqiy tarixi yuksalib boruvchi chiziq b о ’ylab formatsion rivojlanishning tor doirasiga sig’maydi. Mazkur yondashuv amalga tatbiq etilganda har bir xalq va sivilizatsiyaning о ’ziga xosligi va betakrorligi y о ’qoladi, ular ayni holda kelajak barkamol jamiyatining sharti sifatidagina amal qiladi.           Shunday qilib, hozirgi davr sharoitida tarixiy jarayonni besh ijtimoiy- iqtisodiy formatsiyadan iborat b о ’lgan chiziqli sxema sifatida talqin qilishning bir yoqlamaligi ayniqsa b о ’rtib namoyon b о ’ladi. Jahon tarixiy jarayoni mazkur nazariy modeldan boyroq. Shu sababli ushbu talqinni tarixni tushunishga nisbatan о ’zgacha, nochiziq yondashuv bilan t о ’ldirish talab etiladi. Sivilizatsion yondashuv tarixiy jarayonni tushunishga nisbatan aynan shunday yondashuvdir.           Falsafani tushunishga nisbatan sivilizatsion yondashuv XIX-XX asrlarda vujudga kelgan. U asosan k о ’p sonli madaniyatlar va sivilizatsiyalar mavjudligi, ularning lokalligi va har xilligi haqidagi g’oyani ilgari surishi bilan tavsiflanadi. Bu yerda ijtimoiy taraqqiyotning qat’iy bir chiziqli sxemasi rad etiladi.           Mazkur yondashuv asoschilaridan biri tabiatshunos olim Nikolay Danilevskiy (1822-1885) b о ’lgan. U har biri alohida-alohida mavjud b о ’lgan, faoliyatning t о ’rt muhim shakli yoki sivilizatsiyalar «asosi» - diniy, madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslar orqali namoyon b о ’luvchi madaniy-tarixiy tiplar (sivilizatsiyalar) haqidagi konsepsiyani ilgari surgan. Madaniy-tarixiy tiplar, biologik organizmlar kabi, tashqi muhit va bir-biri bilan uzluksiz kurash jarayonida b о ’ladi va vujudga kelish, voyaga yetish, qarish va halok b о ’lish bosqichlaridan о ’tadi. Jahon tarixining mazmunini Danilevskiy о ’zining alohida qonunlariga binoan rivojlanuvchi xalqlar madaniy-tarixiy tiplarining о ’z- о ’zini namoyon etish xususiyatlarini aniqlashdan iborat deb bilgan. Danilevskiy madaniy-tarixiy tiplar rivojlanishining ayrim qonunlarini ta’riflagan: 1) bir tilda yoki о ’xshash tillarda s о ’zlashuvchi xalqlar bir madaniy-tarixiy tipni tashkil etadi; 2) madaniy-tarixiy tip vujudga kelishi va rivojlanishi uchun muayyan siyosiy mustaqillik talab etiladi; 3) sivilizatsiyaning muvaffaqiyatlari madaniy- tarixiy tipning turli elementlariga bog’liq b о ’ladi; 4) sivilizatsiyaning shakllanish jarayoni uzoq davom etadi, ularning ravnaq topish davri esa qisqadir; 5) sivilizatsiyalar alohida va berk sharoitda rivojlanadi, lekin bu ular bir-biriga ta’sir k о ’rsatmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.           Danilevskiyning qarashlarini nemis mutafakkiri Osvald Shpengler (1880- 1936) rivojlantirgan. U ham ijtimoiy taraqqiyotning bir chiziqli yevropotsentristik sxemasiga tanqidiy yondashgan. Shpengler falsafasida madaniyat asosiy kategoriya hisoblanadi. Faylasuf madaniyat deganda о ’ziga о ’xshash boshqa «organizmlar»dan ajralib turadigan alohida «organizm»ni tushungan. Bundan yagona umuminsoniy madaniyat y о ’q va b о ’lishi mumkin emas degan xulosa kelib chiqqan. Shu sababli Shpengler jahon tarixining yaxlitligi va yagonaligini, unda « о ’zgarmas va umumiy» jihatlar mavjudligini rad etgan. U insoniyat tarixida sakkiz madaniyat: Misr, Hind, Bobil, Xitoy, Yunon-rim, Sharq, G’arbiy Yevropa va Mayya madaniyatlarini farqlagan. Shpengler fikriga k о ’ra, har bir madaniy organizm ma’lum hayot muddati (taxminan ming yil) mobaynida mavjud b о ’ladi, shundan s о ’ng u sivilizatsiyaga aylanadi va halok b о ’ladi. Har bir madaniyat о ’z teran mazmuniga ega b о ’ladi va tarixiy jarayonda bir xil ahamiyat kasb etadi. Shpengler tarixning mazmuni madaniyatlar taqdiri, ruhi va tilini anglab yetishdan iborat, deb hisoblaydi.           Lokal sivilizatsiyalar nazariyasining yana bir tarafdori ingliz tarixchisi va sotsiologi Arnold Toynbi (1889-1975)dir. U Danilevskiy va Shpenglerning tarixning siklliligi haqidagi fikr-mulohazalarini rivojlantirib, uni ayrim, о ’ziga xos va nisbatan berk sivilizatsiyalar tarixlarining yig’indisi sifatida tushungan (dastlab u 23 sivilizatsiyani farqlagan, keyinchalik esa ularni 13 tagacha qisqartirgan). Toynbi sivilizatsiyalarga «evolyusion tipdagi faol tuzilmalar» sifatida yondashib, har bir sivilizatsiyada tarixiy mavjudlikning asosiy bosqichlari: vujudga kelish, rivojlanish, tanazzulga uchrash va zavol topishni farqlagan. Bu asosiy bosqichlardan о ’tgach, sivilizatsiya, odatda, halok b о ’ladi va uning о ’rnini boshqa sivilizatsiya egallaydi.           Toynbi bu sivilizatsiyalarda oldinma-ketin yuz beruvchi ijtimoiy jarayonlarni о ’xshash deb hisoblab, shunga asoslangan holda yaqin kelajakda dunyo miqyosida yuz beradigan voqealarni bashorat qilish imkonini beruvchi ijtimoiy rivojlanish takroriyligining ayrim formal empirik qonunlarini keltirib chiqarishga harakat qilgan. U jahon tarixining mazmuni diniy evolyusiya hamda insoniyatning ma’naviy jihatdan kamol topishi bilan belgilanadi, deb hisoblagan.           Shunday qilib, sivilizatsion yondashuv nuqtai nazaridan tarixiy jarayon hujumkor xususiyati «yuqori - quyi» k о ’rsatkichlari bilan emas, balki har bir sivilizatsiya о ’z rivojlanish va о ’z taqdirini о ’zi belgilash jarayonida insoniyat filogenetik y о ’lining barcha asosiy bosqichlaridan о ’tishi va о ’z tarixi va betakror individualligiga ega b о ’lgan noyob ijtimoiy tuzilma sifatida qaralishi bilan belgilanadigan izchil nochiziq jarayon sifatida namoyon b о ’ladi.           Formatsion va sivilizatsion yondashuvlarni taqqoslash quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi: 1) formatsion yondashuv tahlil jarayonida butun jamiyatni qamrab olishga harakat qiladi va asosiy e’tiborni uning dinamikasiga qaratadi; sivilizatsion yondashuv esa jamiyatning bir qismini (ayrim sivilizatsiyani) о ’rganadi, jamiyatni esa statik deb e’tirof etadi; 2) formatsion yondashuv jamiyat hayotining iqtisodiy omillariga alohida e’tibor beradi; sivilizatsion yondashuv asosiy e’tiborni ma’naviy omillarga qaratadi.           Tarix falsafasi rivojlanishining hozirgi bosqichida tarixning shunday bir talqini vujudga keladiki, unda mualliflar bu muqobil yondashuvlarning ijobiy g’oyalaridan foydalanishga va ularning kamchiliklari о ’rnini t о ’ldirishga harakat qiladilar. Mazkur yondashuv monadaga doir yondashuv degan nom olgan.           Monadaga doir yondashuvning о ’ziga xos jihati shundan iboratki, u jahon tarixiy jarayoniga k о ’p sonli tarixiy individlar (sotsiumlar)dan iborat b о ’lgan yaxlitlik sifatida qaraydi. Bunda monadaga doir yondashuvning formatsion elementi tarixiy rivojlanishning ayni bir bosqichini boshdan kechirayotgan turli mamlakatlar uchun umumiy b о ’lgan jihatlarga, sivilizatsion element esa ijtimoiy organizmlarning xususiyatlariga, ularning betakrorligiga e’tiborni qaratadi. Shunday qilib, monadaga doir yondashuv doirasida formatsion yondashuvning umumlashtiruvchi imkoniyatlari va sivilizatsion yondashuvning individuallashtiruvchi imkoniyatlari ularni qarama-qarshi q о ’yish asosida emas, balki ularning yagonaligi va bir-birini t о ’ldirishini tan olish asosida hisobga olinadi va r о ’yobga chiqariladi.           Yuqorida qayd etib о ’tilganidek, tarixning mazmuni muammosi tarix falsafasining aksariyat y о ’nalishlarida k о ’zga k о ’rinadigan о ’rinni egallaydi. Ayni vaqtda shunday konsepsiyalar ham paydo b о ’lganki, ularda tarixning mazmuni muammosi markaziy muammo hisoblanadi. Bu konsepsiyalarning mohiyatiga qisqacha t о ’xtalib о ’tamiz.           Taniqli nemis faylasufi Karl Yaspers (1883-1969) yaratgan nazariyaga muvofiq, tarixning mazmuni tarixning chegarasidan tashqarida yotadi. Tarixning mazmuni va negizi butun insoniyat uchun umumiy b о ’lgan e’tiqod bilan belgilanadi. Mazkur e’tiqod insoniyat vakillarini bir-biridan ajratmaydi, balki jipslashtiradi. Insoniyatga bunday e’tiqodni biron-bir jahon dini yoki milliy din taklif qilolmaydi.           Yaspers jahon tarixining «vaqt о ’qi» amal qilgan davrda vujudga kelgan falsafiy e’tiqodgina insoniyat uchun umumiy e’tiqodga aylanishi mumkin, deb hisoblagan. Faylasuf qadimgi yunon faylasuflari, yahudiy xalqining payg’ambarlari, Eronda zardushtiylik dinining, Xitoyda – konfusiychilik va daochilikning, Hindistonda – buddizm va jaynizmning asoschilari bir vaqtda ijod qilgan miloddan avvalgi 800 va 200 yillar oralig’idagi davrni tarixning universal mazmunini namoyon etgan «vaqt о ’qi» davri deb hisoblashni taklif qilgan. Mazkur davrda majusiylik о ’rnini egallagan jahon dinlari paydo b о ’lgan va mifologik dunyoqarash о ’rnida falsafiy tafakkur vujudga kelgan; jahonda deyarli bir vaqtda ichdan о ’zaro mushtarak b о ’lgan bir nechta qudratli ma’naviy markazlar paydo b о ’lgan. «Vaqt о ’qi» davri insonga о ’zini inson sifatida his qilishga yordam bergan, uning ma’naviyatini uyg’otgan, uni madaniyat va axloq asoslari bilan oshno etgan, uning oldiga insonning mavjudligi va hayotning mazmuni haqidagi masalalarni q о ’ygan. Yaspers fikriga k о ’ra, inson о ’z- о ’zini anglab yetishi, inson ma’naviyatining uyg’onishi shu vaqtgacha о ’zaro bog’lanmagan lokal madaniyatlarga b о ’lingan insoniyat umumiy tarixining ibtidosiga aylangan. Shundan beri insoniyat umumiy taqdir va yagona e’tiqod bilan bog’langan. Aks holda uning tarixi halokat bilan tugashi mumkin. Yaspers ta’limotiga k о ’ra, odamlarni umumiy ma’naviy asoslarda birlashtirish, ular о ’zaro til topishini ta’minlashda kommunikatsiya ulkan rol о ’ynaydi, shu bois uning tarix falsafasi ba’zan kommunikativ tarix falsafasi deb ham ataladi.           Tarixiy jarayon mazmuni va uning y о ’nalishi muammosi bilan amerikalik faylasuf Frensis Fukuyama ham shug’ullangan. U о ’zi yaratgan «tarixning intihosi» nazariyasini taklif qilgan. «Tarixning intihosi»ni u shunda k о ’rganki, insoniyat oxir-oqibatda jamiyat va davlatning optimal shaklini albatta topadi. Fukuyama liberal g’oyalar va qarashlarni umuminsoniy ideal sifatida e’tirof etgan, ularning negizida insonning barcha ehtiyojlari qondirilishi va jamiyatdagi asosiy ziddiyatlar hal qilinishi lozim, deb hisoblagan. Uning fikricha, liberalizm jamiyatni tashkil etishning oqilona shakli sifatida, о ’z muqobiliga ega emas, shu sababli insoniyat oldida bu mafkurani boshqa mamlakatlarga yoyish va shu tariqa umuminsoniy davlat – siyosiy jabhada liberal demokratiyani yaratishdan boshqa y о ’l y о ’q. Insoniyat tarixining mazmunini Fukuyama ana shunda k о ’rgan.           Tarixning mazmunini tavsiflashga nisbatan boshqacha yondashuvlar ham mavjud. Masalan, ayrim faylasuflar tarix har qanday mazmundan xoli, odamlar uchun jumboq deb hisoblaganlar va insoniyat kelajagiga pessimistik baho berganlar (Artur Shopengauer, Yakov Burgxardt). Ba’zi bir mutafakkirlar tarix voqealarning oqilona tushuntirish mumkin b о ’lmagan irratsional oqimidir, deb hisoblaganlar (Fridrix Nitsshe, Eduard Gartman).           Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi ham muhim о ’rin egallaydi.           Xulosa qilib aytganda t arix falsafasi – bu falsafaning tarixiy jarayon mazmuni, uning qonuniyatlari va asosiy y о ’nalishlarini tushuntirish bilan shug’ullanuvchi, shuningdek uni bilish metodlarini asoslovchi b о ’limi. Quyidagilar tarix falsafasining tarkibiy qismlari hisoblanadi: tarix falsafasi ontologiyasi, tarix falsafasi gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi, tarix falsafasi antropologiyasi. Tarix falsafasining dunyoqarashga doir, nazariy, metodologik va prognostik funksiyalari farqlanadi.           Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari orasida gnoseologik y о ’nalish (tanqidiy tarix falsafasi), ontologik konsepsiya, aksiologik konsepsiya, tarixning texnokratik konsepsiyalari alohida о ’rin egallaydi.           Formatsion va sivilizatsion yondashuvlar tarixiy jarayon y о ’nalishini ayniqsa, t о ’liq va teran aks ettiradi. Ayrim tadqiqotchilar k о ’rsatilgan yondashuvlarga muvofiq monadaga doir yondashuvni taxmin qiladilar. 8/3. Sivilizatsiya tushunchasi. Sivilizatsiya tiplari. Sivilizatsiya (lot. civilis – fuqarolik, davlatga doir) atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, sivilizatsiya – insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo’lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy bosqich. Mazkur talqinda «sivilizatsiya» atamasi «jamiyat» tushunchasi bilan qisman mos keladi va jamiyat hayotini tashkil etishning ijtimoiy shaklini tabiiy vujudga kelgan urug’doshlik shakllariga qarama- qarshi qo’yishga xizmat qiladi. Hozirgi adabiyotlarda «sivilizatsiya» atamasi o’zining varvarlikka qarama-qarshi sifatidagi dastlabki ma’nosini saqlab qolmoqda. Ikkinchidan, sivilizatsiya – barcha madaniyatlar yaxlitligining tavsifi, ularning umuminsoniy birligi sifatida («jahon sivilizatsiyasi», «ma’rifatli hayot tarzi» va sh.k.)namoyon bo’ladi. Uchinchidan, sivilizatsiya – «moddiy madaniyat» atamasining sinonimi sifatida: qulay narsa, texnika yaratadigan qulaylik (turar joy, ro’zg’or texnikasi, transport va aloqa, xizmatlar ko’rsatish va sh.k.)ni ifodalaydi. To’rtinchidan, sivilizatsiya – tarixiy jarayon birligining tavsifi sifatida xarakterlanadi. Bu tushuncha ijtimoiy boylik rivojlanishi munosabati bilan tarixning muayyan bosqichlariga qiyosiy baho berish mezoni bo’lib xizmat qiladi. Ayni holda jamiyatning rivojlanishi «ma’rifatlilik», «sivilizatsiya rivojlanishining quyi bosqichi», «sivilizatsiyaning umumiy darajasi», «sivilizatsiyaning oraliq bosqichlari» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Ammo sivilizatsiyaning mazkur talqini to’liq emas, chunki uning rivojlanish darajasi yoki bosqichini aniqlash imkonini beradigan mezon yo’q. Ibn Xaldun (1332-1406) o’z davrida birinchi bo’lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g’oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar va davlatlarning paydo bo’lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta’sir XIX-XX asrlarda amalga oshirilgan etnografik tadqiqotlar sivilizatsiyaning mazmunini tushunishga muhim hissa qo’shdi. Ular turli xalqlar ma’naviy dunyosi, hayoti, odatlari, iqtisodiyoti va madaniyatining ulkan boyligi va rang-barangligini yoritib berdi. XIX asrning mashhur etnograflaridan biri CH.Teylor madaniyat va sivilizatsiya odamlar tarix jarayonida o’zlashtiradigan bilimlar, e’tiqodlar, ma’naviy-axloqiy konsepsiyalar, yuridik qoidalar, odatlar va amaliy ko’nikmalar majmuini ifodalaydi deb hisoblab, bu tushunchalar ayniydir degan xulosaga keldi. O’zbekiston birinchi prezidenti I.A. Karimov “Har qanday sivilizatsiya ko’pdan ko’p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tar’sirining mahsulidir. Bir so’z bilan aytganda ko’chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi” deb ta’kidlaydi. Sivilizatsiya odamlar mavjudligi va ijtimoiyligining xususiyati va yo’nalishini belgilaydi. Ijtimoiy normalarning muhimligi ularni uzatishning tegishli usullari (kommunikatsiya vositalari)ni va ularni mustahkamlovchi institutlarni shakllantirishni taqozo etgan. Har bir sivilizatsiya ijtimoiy normalarda o’ziga xos ifodasini topgan ijtimoiy tajribani aniqlash, saqlash va avloddan- avlodga qoldirish alohida tizimini yaratgan. Jazolar tizimi, shuningdek jamoa, ommaviy ong shakli sifatida din va uning nomidan ish ko’ruvchi ijtimoiy institutlar ijtimoiy normalarni saqlash va ijro etish kafili hisoblangan. Din va cherkov ta’sirida sivilizatsiya qiyofa kasb etgan. Huquqiy normalarning tarmoqlangan tizimini o’z ichiga olgan davlatdan iborat oliy hokimiyat sivilizatsiyaning uni saqlashni kafolatlaydigan oliy birlashtiruvchi asos sifatida amal qilgan. Turli sivilizatsiyalar davlat hokimiyatining turli: teokratik, tabaqaviy, huquqiy, siyosiy tizimlarini yaratgan. Jamiyatning sivilizatsion asoslari sivilizatsiyalar tipologiyasida ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ladi. Bunda sivilizatsiyalarning evropacha va noevropacha tiplarini farqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu farqlar shu darajada kattaki, evropacha sivilizatsiya qadriyatlari uzoq vaqt oliy qadriyatlar sifatida tavsiflangan. Xo’sh, evropacha va noevropacha sivilizatsiyalar o’rtasidagi farq nimada? Sivilizatsiyalar tipologiyasida madaniy-diniy birlik belgisi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. A.Toynbi, S.Xantington va boshqa olimlar taklif qilgan sivilizatsiyalar tasnifida diniy omil muhim rol o’ynaydi. A.Toynbi tasnifiga ko’ra hozirgi vaqtda G’arb-xristian, pravoslav-xristian, islom, hind, Uzoq Sharq sivilizatsiyalari mavjud. O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: - ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamoa); - qishloq xo’jalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi; - industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya; - hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiY. Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko’ra an’anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar farqlanadi. 8/ 4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati . Qadriуat deqilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfoatlarini va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufaqli ular tamonidan baholanib qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari, hodisalarini tushunmog’imiz lozim. Mazkur tahrifdan ko’rinib turganidek, qadriyatlar, birinchidan mavjud bo’lgan tabiat va jamiat ne’matlari, hodisalarini ifodalaqdi: ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritishi va kiritmaslik kishilarning extiyotlari, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanlanadi; uchinchidan, tabiat va jamiat ne’matlari, hodisalarning qadriyat turkumiga kiritilishining asosiy sababi – kishlar ularni qadrlaydilar, avaylab – asraydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushlarini boyitadi. Qadriyatlar ijtimoiy xususiyatga ega bo’lib, kishilarning amaliy faoliyati jaraqonida shakllanadi va rivojlanadi. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, avvalo, ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyat uchun foyda keltiradigan narsa va hodisalar majmui bilan bog’lik ravishda yuzaga keladi. So’ngra asta-sekin sub’ekt faoliyatining orta borishi oqibatida nisbiy mustaqil soha tarzida amal qila boshlaqdi. Tabiat va jamiat hodisalari inson faoliyati natijasida, uning extiyotlarini qoldirganligi tufaqli qadriyat sirasiga kiritiladi. Qadriyatlar o’z mohiyatiga ko’ra bir necha turga bo’linadi. Inson va uning haqoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson qo’q joqda biror narsaning qadr- qimmati to’g’risida gap bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun ham inson qadr – qimmatini ehzozlash, uning turmushini qaxshilash, bilimi va moddiy saviyasini rivojlantirish, sog’ligini saqlash, haqotini ximoqa qilish davlatimiz siyosatining asosiy qo’nalishini tashkil etadi. Qadriyatlarning turlaridan qana biri tabiiy qadriyatlar hisoblanadi. Inson extiyojlarini qondirishda tabiiy qadriyatlarning ahamiyati kattadir. Tabiiy qadriyatlarga yer usti va yer osti boqliklari, suv, havo, o’rmonlar, o’simliklar va haqvonot olami kiradi. Moddiy qadriyatlar ga inson mehnati, xatti-harakati, aql zakovati bilan qaratilgan turli-tuman moddiy boqliklar, zavod va fabrikalar, ishlab chiqarish kuchlari, transport vositalari, asbob-uskunalar, turar-joq, mol-mulk va shu kabilar moddiy qadriyatlarga kiradi. Moddiy qadriyatlarning negizini asosan mulk tashkil etadi. Madaniy-mahrifiy qadriyatlar ham inson haqotida muhim ahamiyatga egadir. Madaniy-mahrifiy qadriyatlarga ilmiy-texnikaviy va intelektual imkoniyatlar, maorif,tahlim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy meros, diniy qadriyatlar, madaniyat durdonalari, til, adabiyot, san’at, tarixiy-madaniy qodgorliklar va boshqalar kiradi. Qadriyatlarning turlaridan qana biri ahloqiy qadriyatlardir. Ahloqiy qadriyatlar kishilarning bir-birlariga, o’zlari mansub jamoaga, vatanga nisbatan bo’lgan munosabatlar namoqon bo’ladi. Jamiyat taraqqiyoti, inson haqotida ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar alohida o’rin tutadi. Erkinlik,tinchlik, birodarlik insoniyat tomonidan hamisha ehzozlanib, qadrlanib kelgan. Insonning erkinligi, uning shon-shuhrati va qadr-qimmati jamiyatimizning oliy qadriyatidir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu to’g’risida shundaq so’zlar qozilgan: “O’zbekiston Respublikasi demokratiya, umuminsoniy printsiplariga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning haqoti, erkinligi, shahni, qadr- qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.  Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoqa qilinadi” 1 . Jahon xalqlari tomonidan ehtirof etilgan “Inson huquqlari va erkinliklari demokratiya”siga muvofiy, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida har bir insonning fuqarolik, shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari kafolatlangan, fuqorolarning burchlari belgilab qo’qilgan. Ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar ichida istiylol tufaqli qo’lga kiritilgan barqarorlik, tinchlik, totuvlik alohida ahamiyat kasb etadi. Qadriyatlar amal qilish doirasiga ko’ra milliy, mintaqaviy va umum insoniy turlarga bo’linadi. Milliy qadriyatlar murakkab ijtimoiy-ruhiy hodisa bo’lib, u millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, anhanalarini, jamiki moddiy va ma’naviy boqliklarini, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy haqotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Insonning qaysi millatga mansub ekanligi haqidagi tasavvur faqat g’oqagina emas, balki tuqg’u hamdir. Bu tuqg’u kishida millatning tarixi, ruhiyati, xozirgi xolati va xususiyatini tushunish, his qilish shaklida mujassamlashgan bo’ladi. Insonda milliy ong va g’urur bo’lmasa, u o’zining qaqsi millatga mansubligini his etmasa, uning milliy qadriyatlarini anglashini tassavur qilish qiyin. Toki millatlar, milliy mafkuralar mavjud ekan, milliy munosabatlar ham, milliy xis-tuqg’ular ham, milliy qadriyatlar ham saqlanib qolaveradi. Har bir ruhan sog’lom kishida o’z qadr-qimmatini saqlash, o’zini hurmat qilish tuqg’usi mavjud. Har bir millatda ham xuddi shu holatni kuzatish mumkin. Millatlarning o’zligini anglash jaraqoni takomillashgan sari milliy manfaatlar ham, milliy qadriyatlar ham kuchaqib, mustahkamlanib boraveradi. Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, urf-odat va anhanalari mushtarak bo’lgan xalqlar manfaatlariga hizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar majmuini tashkil etadi. Mintaqaviy qadriyatlarga misol sifatida O’rta Osiyo xududida istiyomat qiluvchi o’zbek, qozoq, tojik, qirg’iz, turkman xalqlariga xos bo’lgan qadriyatlarni 1 Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси, T., O ’ zbekiston , 2014. 11-бет eslatib o’tishimiz mumkin. Buquk Turon diyorida unib-o’sgan mazkur xalqlarning tarixi, tili, madaniyati, dini, urf-odati va anhanalarida juda ko’p umumiylik mavjud. Umuminsoniy qadriyatlar milliy va mintaqaviy qadriyatlardan mazmuni jihatidan chuqur va keng bo’lib, umumbashariy ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlar jahondagi barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va initilishlariga muvofiy keladi. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat tsivilizatsiyasining taraqqiyot bilan bog’lik bo’lgan umumbashariy muammolari kiradi. Ulardan eng asosiylari Qer quzida ilm-fanni taraqqiy ettitirish, tinchlikni saqlash, qadroviy qurollanish poqgasini to’xtatish, xalqaro xavfsizlikni tahminlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muxofaza qilish, qashshoqlik va sovodsizlikka barxam berish, sanoat xom ashqosi, energiya manbalari va boshqalar bilan tahminlangan. Qadriyatlarning barcha turlari insonning farovon haqot kechirishi, erkin qashashi, ma’naviy – ahloqiy kamol topishi uchun xizmat qiladigan vositalar bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun xam qadriyatlarni avaqlab asrash, ularni qo’riylash, quksaltirish xar bir shaxs xaqotida ham jamiyat taraqqiyotida ham albatta katta ahamiyat kasb etadi. Istiqlol yillarida O’zbekistonda qadriyatlarga umuminsoniy tamoyillar asosida yondoshish shakllanadi. Bunday qarashning vujudga kelishi, qadriyatlarning ijtimoiy va ma’naviy yangilanishi, jamiyat a’zolarining kamoloti hamda yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalalariga davlat miqyosida yuksak e’tibor ko’rsatilayotganligi mazkur soha rivojining bosh yo’nalishidir. Qadriyatlar mustaqillikni mustahkamlash borasidagi ijobiy jaraqonlar, ularga nisbatan mashuliyatni yanada oshirishni toqazo qilmoqda. Yangi qadriyatlar tizimi shakllanmoqda . Ayni shu sababli qadriyatlar muammosi, ijtimoiy rivojlanishning yangi ustuvorliklarini va boshqa dunyoqarash mо’ljallarini izlash jamiyatni ma’naviy yangilashning bosh vazifalariga aylanadi. Bugungi kunda turli mamlakatlarning olimlari boshqa qadriyatlarga muvofiq bunyod etilgan о’zga sivilizatsiyaga о’tish amalga oshirilgan taqdirdagina insoniyat ekologik va boshqa global muammolarni bartaraf eta olishi mumkinligini deyarli yakdillik bilan qayd etmoqdalar. Ularning fikricha, mazkur qadriyatlar tabiat va uning ehtiyojlarini tabiatdan ustun qо’yuvchi antropotsentrizmga emas, balki hayot fenomenining betakrorligiga va biosferani muvozanat holatida saqlash lozimligiga e’tiborni qaratuvchi biosferotsentrizmga asoslanishi lozim. Inson esa, aqlli mavjudot va mazkur murakkab tizimning tarkibiy qismi sifatida, bu bilan nafaqat hisoblashishi, balki tegishli tarzda ish kо’rishi ham lozim. Uning dunyoga munosabatini о’zgartirish, insonparvarlik va koevolyusiya, ya’ni tabiat va jamiyatning mushtarak rivojlanishi tamoyillariga tayanib, yangi qadriyatlar tizimini va ijtimoiy rivojlanish mо’ljallarini yaratishdan boshqa yо’li yо’q. Dunyo xalqlar o’rtasida o’zaro aloqa va asosli hamkorlik yo’liga yanada ishonch bilan kirishi, odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy faoliyati esa tabiat bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun dunyoda yuz berayotgan hozirgi jarayonlar haqidagi ilmiy bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, shuningdek odamlarning yuz berayotgan hodisalar va jarayonlarga o’z javobgarligini yanada teranroq tushunishiga erishish lozim. Bu yana shuning uchun ham muhimki, zamonaviy elektron qurilmalar va hisoblash texnikasi insonning o’z faoliyati natijalarini ham, ular olib kelishi mumkin bo’lgan oqibatlarni ham chamalash va bashorat qilish qobiliyatini ko’p karra oshiradi. Shu sababli ijtimoiy va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarishda olimning roli ortishi bilan bir qatorda uning inson uchun ham, atrof muhit uchun ham muayyan ekologik, tibbiy va boshqa oqibatlarga olib kelishi mumkin bo’lgan texnik loyihalar bo’yicha qarorlar va tavsiyalar uchun javobgarligini mislsiz darajada oshirish masalasi ham alohida ahamiyat kasb etadi. So’nggi yillarda genetika sohasidagi tadqiqotlar va amaliy ishlar o’ziga tobora ko’proq e’tiborni tortmoqda. Bu yerda jonli organizmlarni, shu jumladan insonni ham klonlash imkonini beruvchi gen injeneriyasi uchun keng imkoniyatlar ochilmoqda. Bu ko’p sonli axloqiy va psixologik masalalarni yuzaga keltiradi, chunki inson shaxs sifatida genlar ta’sirida faqat ellik foizga shakllanadi, qolgan jihatdan u ijtimoiy muhit va muayyan yashash sharoitlari bilan belgilanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shu munosabat bilan eng yangi falsafiy adabiyotlarda insonparvarlik masalalari yana birinchi o’ringa chiqmoqda. Fan-texnika taraqqiyotini nafaqat ayrim insonning, balki butun insoniyatning axloqiy fazilatlariga bevosita bo’ysundiruvchi inson faoliyatini butunlay o’zgartirish lozimligini ifodalovchi «ilmiy insonparvarlik» atamasi faol ishlab chiqilmoqda. I.A.Karimov bu xususda: «Ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o’z-o’zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog’lom avlod kelajagini ta’minlash yo’lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir – oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin» 2 degan edi. Umuminsoniy qadriyatlar . Hozirgi sharoitga tatbiqan muayyan universal asos sifatidagi «yangi insonparvarlik»ning mohiyati yer kurrasida yashovchi barcha odamlarning muhim manfaatlarini aks ettiradigan va shu sababli butun dunyoda umumiy qadriyatlar sifatida idrok etiladigan borliq meyorlari va tamoyillarini qaror toptirishdan iborat . Bunday qadriyatlarning ayrimlari ilk bor jahon dinlarida umuminsoniy qoidalar sifatida ta’riflangan. Keyinchalik muayyan inson dunyoviy axloq va qadriyatlar umumiy tizimini yaratishning boshlang’ich tayanch nuqtasiga aylandi. Bu odamlar, davlatlar va xalqlar o’rtasidagi munosabatlarda axloq «oltin qoidasi»ni ro’yobga chiqarish mumkinligi va zarurligini e’lon qilgan Forobiy, Ibn Sino, T.Gobbs, P.Gassendi, M.Volter, J.J.Russo, I.Kant, G.Gerder va boshqa mutafakkirlar etikasida ayniqsa bo’rtib namoyon bo’ldi. Uning bizgacha turli ko’rinishlarda yetib kelgan mazmuni Volter bayonida barcha odamlarga qaratilgan insoniy chorlov sifatida yangraydi: «O’zing bilan qanday muomala qilishlarini istasang, boshqalar bilan shunday muomala qil». Ayni shu XVII asrda ingliz liberalizmining yorqin vakili J.Lokk (1632-1704) insonning uzviy huquqlari (yashash, erkinlik, mulk huquqi va b.) daxlsiz ekanligi haqidagi g’oyani ilgari surdi. Alisher Navoiy o’zining mashhur «erkinlik», «tenglik», «birdamlik», «adolat» shiorlarini e’lon qilib, odamlarning umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan ishonchini mustahkamladi. Ular to’la holda BMT Bosh Assambleyasi 1948 yil 10 dekabrda qabul qilgan Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida o’z ifodasini topdi va 1975 yilda 2 И.А. Каримов. Юксак маънавият - енгилмас куч. –Т.: Маънавият, 2008. – Б.12. xalqaro Xelsinki bitimi bilan tasdiqlanib, jahon hamjamiyati tan oluvchi umumiy normaga aylandi. Xullas, Mustaqillik tufayligina mamlakatning qadriyatlar majmuasini jahon tizimining teng xuquqli va haqiyiy qismiga aylantiradi. Shu sababdan ham istiqlol yan gi qadriyatlar tizimini shakllantirishni taqazo qildi. Bu zaruriyat esa qadriyatlarni qayta baholash, yurtimizda sharqona, azaliy va umuminsoniy qadrlash mezonlari ustivor bo’lgan hayot tarzini shakllantirish jaraqoni bilan uyg’unlashib ketdi. Qadriyatlar sohasidagi o’zgarishlarga e’tibor va bu boradagi yangi tamoyillardagi ta’lim-tarbiyadan foydalanish ehtiyoji oshayotganligining sababi ham ana shunda. Foydalanilgan manbalar ro'yxati: Аsоsiy adabiyotlar: 1. O’zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitusiyasi. – T.: O`zbеkistоn . 201 4 . 2. Mirziyoyev Sh. “Aziz va yagonamsan jonajon О’zbekistonim!” – О’zbekiston mustaqilligining 27 yilligiga bag’ishlangan bayram tantanasidagi nutqi. // “Xalq so’zi”, 2018 yil 1 sentabr. 3. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak // «Xalq so’zi». 15 yanvar 2017 yil. 4. Mirziyoyev SH.M. Demokratik islohotlarni izchil davom ettirish, xalqimiz uchun tinch va osoyishta, munosib hayot darajasini yaratish-barqaror taraqqiyot kafolatidir. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII sezdidagi ma’ruzasi. O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasining rasmiy sayti. 5. Mirziyoyev SH.M. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 yanvar oyida bo’lib o’tgan “Mamlakatimizni 2016 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatoning 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag’ishlangan majlisida so’zlagan nutqi // “Xalq so’zi”, 2017 yil 16 yanvar. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 yanvar kuni sog’liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashuvidagi nutqidan. M a n b a: http://uza.uz 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag’ishlangan uchrashuvidagi nutqi // «Xalq so’zi» gazetasi, 2017 yil 25 yanvar.