logo

Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

2617.0751953125 KB
Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishda uzluksiz ekologik ta'limning roli www.arxiv.uz Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan bir qator qarorlarda tabiat muhofazasiga oid ishlarni takomillashtirish hamda bu soha bo’yicha mutaxasislarni tayyorlash ko’zda tutiladi. Bunday murakkab masalani hal etishda atrof muhit muhofazasiga oid ekologik ta’lim va tarbiya oilada, bog’chada, maktabda, kollej, litsey, oliygohlarda, turli korxonalar va tashkilotlarda uzluksiz olib borilishi kerak. Respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini yangi bosqichga ko’tarishda ona tabiatimizni saqlash, tirik jonzotlar shu jumladan insoniyat uchun toza havo, suz va tuproq, o’simlik va hayvonlarning yashash muhitini saqlash mavzuyimning dolzarbligini belgilaydi. Ekologik ta'lim va tarbiya, xususan ekologik bilim va madaniyatni shakllantirishga oid me'yoriy hujjatlarni amalga oshirish maqsadida uning ilmiy asoslarini chuqur o‘rganish, an'anaviy va noa'anaviy ta'lim yo‘nalishlarida yangidan ishlab chiqilayotgan DTS va o‘quv dasturlari asosida tajriba-sinov ishlarini olib borish, olingan natijalarni keng muhokama qilish, takomillashtirilgan ta'lim hujjatlariga binoan yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish kerak bo‘ladi. Bu o‘rinda yoshlarni ekologik bilim va madaniyatini shakllantirish alohida o‘rin tutadi, zero ular O‘zbekistonda aholining deyarli 60 foizini tashkil etadi va shuning uchun ham milliy xavfsizlikni ta'minlashning ajralmas bir qismi bo‘lib hisoblanadi. www.arxiv.uz www.arxiv.uz Tadqiqot maqsadi - yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish uchun uzluksiz ekologik ta'limning rolini ochib berish. Qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarish orqali amalga oshriildi:  Ekologik bilim va madaniyatning nazariy asoslarini tahlil qilish;  Ekologik bilim va madaniyatni shakillantirishning johon tajribasi;  yoshlarda ekologik bilim va madaniyat darajalari, yo‘llari va vositalarini aniqlash;  milliy uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya orqali yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini shakllantirish muammolarini aniqlash va tegishli tavsiyalar ishlab chiqish.TADQIQOT MAQSADI, VAZIFALARI, OB'EKTI VA PREDMETI www.arxiv.uz  Tadqiqot ob'ekti – milliy uzluksiz ta’lim bosqichlari.  Tadqiqot predmeti – milliy uzluksiz ta’lim bosqichlarining yoshlar ekologik bilim va madaniyatini shakllantirishdagi ro’li  Ishning ilmiy yangiligi -o’tkazilgan tadqiqotlar ekologik bilim va madaniyat masalasi mustaqil fan va ta’lim yo’nalishi ekanligi, u makon va zamonda o’ziga xos ko’rinishga ega ekanligi ochib berildi. O’zbekiston yoshlari misolida uning asosiy fazilatlari, aniqlash darajalari va yo’llari ochib berildi. Milliy ta’limning yoshlarni ekologik bilimli va madaniyatli qilishdagi roli aniqlandi. www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYAT TUSHUNCHASI, MAQSADI, VAZIFALARI, PRINSIPLARI Ekologik ta'lim-tarbiya – bu tabiat va jamiyat o‘rtasidagi doimiy birlik ularni bir-biriga bog‘lovchi tabiiy hamda ijtimoiy qonunlarni o‘rganish va hayotga tatbiq etish yo‘li bilan ekologik barqarorlikni saqlash. Ekologik bilim – kishilarning atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash haqida hosil qilgan ma'lumotlari, ya'ni ushbu voqyelikning inson tafakkurida aks etganlik darajasi, deydi. Ekologik madaniyat – tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof- muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va mas'uliyatli yondashuvdir. . www.arxiv.uz Ekologik ta'limning maqsadi – Vatanimiz tabiati haqida samimiy faxrlanish, g‘ururlanish, shu bilan birga qayg‘urish kabi tuyg‘ularni shakllantirish. Ekologik ta'lim prinsiplariga quyidagilar kiradi: • atrof-muhit muhofazasi mahalliy aholining ongi va madaniyatiga uzviy bog‘langanligi; • tabiat va jamiyat qonunlarini uyg‘unlashtirish zaruriyati; • yoshlarni ekologik bilimi va madaniyatini ta'lim orqali bog‘langanligi; • ekologik ta'lim va tarbiyaning majburiyligi; • yuksak ekologik ma'naviyat shaxs ma'naviyatining ajralmas bo‘lagi ekanligi va h.k. www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING JAHON TAJRIBASI Mamlakat Ekologik ta’lim va tarbiya Avstriya O‘quv yurtlari ta'lim dasturlariga kiritilgan. Masalan, maxsus maktab loyihalarini tashkillashtirish; tabiatni muhofaza qilish aksiyalarini o‘tkazish; turli xil didaktik materiallar va maxsus o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash; pedagog-ekologlar uchun seminarlar hamda bolalarning ekologik ta'limida ishtirok etuvchi barcha mutaxassislarni qayta tayyorlash kurslari; ekologik bilim va madaniyat masalalari bo‘yicha jurnal va gazetalar nashri; “Maktab bog‘i”, “Atrof-muhit tarixi”, “Maktabda ekologiya”, “Ekologik ustaxona”, “Tabiat uchun ijodiyot” Daniya Ekologik bilim va madaniyat muammolari barcha pedagogik ta'lim tizimiga kiritilgan. Pedagoglarni tayyorlashda majburiy ekologik ta'lim, fanlararo mustaqil ta'lim, tegishli o‘quv materiallarning ommabopligida namoyon etgan. Germaniya Yoshlarni atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirish va bilimlarini rivojlantirish, ularning tabiatni himoya qilishga tayyorligini oshirish, o‘sib kelayotgan avlodda ekologik mas'uliyatli xulqni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Bunda asosiy urg‘u inson, jamiyat va tabiiy muhit orasidagi munosabatlarni ochib berishga qaratiladi. Yaponiya Milliy xo‘jaligining yuksak ekologik madaniyati atrof-muhit sohasidagi ta'lim dasturlari orqali erishilgan bo‘lib, unda milliy ta'limning barcha bochqichlari qamrab olingan. Yaponlar uncha dinga ko‘p kirishmagan, shuning uchun ham ularda ikonalar o‘rnida go‘zallik mehrobi-gulli vaza turadi. www.arxiv.uz www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI BELGILOVCHI ASOSIY FAZILATLAR Ekologik qadriyatlar ko‘rsatkichlari Ekologik qadriyatlarni belgilovchi mezonlar Global, mintaqaviy va lokal ekologik muammolarni bilish Barqaror rivojlanishga tahdid solayotgan ekologik muammolar, yani yer, suv, energetik va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash, tuproq degradatsiyasi, ayniqsa cho‘llanish jarayoni, atmosfera qavosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishi, sanoat va maishiy chiqindilar boshqaruvi kabi ekologik muammolardan, ularning kelib chiqish sabablari, oqibatlari, ayniqsa, genofondga tasiri yechimini topish va moslashuv yollaridan boxabar bo‘lish. Tabiatdagi obekt va hodisalarni qiyoslay olish Tabiatni solishtirish orqali ongli tushunchalar hosil qilish, fikrlash, tabiatdagi faoliyatni, unga munosabatni oldindan to‘g‘ri rejalashtirish. Atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga nisbatan ziyraklik Tabiatga qiziquvchan bo‘lish, tabiat go‘zalligini his etish, bu go‘zallik tabiat va inson tomonidan yaratilganligini anglash, insonning tabiatdagi o‘zgartiruvchilik o‘rnini to‘g‘ri mushohada qilish, tushunish. Tabiatni muhofaza qilishda qatiyatlilik Tabiatga nisbatan salbiy xatti-harakatlardan o‘zini tiya olish, qiyinchiliklarni yengib, oldiga qo‘ygan maqsadni amalga oshirish, boshlagan ishini oxiriga dadil yetkaza olish va o‘zining nuqtai-nazariga ega bo‘lish. Atrof-muhit muhofazasida tashabbuskorlik Tabiatni asrash uchun do‘stlarni jalb etish, yangi guruhlarni tuzish, yangi g‘oyalar, ekologik bilimlarni targ‘ib etish va barqaror rivojlanish jarayoniga olib kirish. Mehnatsevarlik Ijtimoiy-foydali mehnatga havas xissini shakllantirish, meqnat malakalarini egallash, harakatlarning aniq va uyg‘un bo‘lishiga erishish, mehnat qilish jarayonida jismoniy yetuklikka intilish, o‘z mehnat faoliyatidan qoniqish hosil qilish, o‘zi va do‘stlarining mehnatini xolisona baqolay olish. Bu borada izchillikka rioya qilish. O‘z-o‘zini nazorat qilish Tabiat bilan munosabatga kirishish va undagi faoliyatda meyor darajasini belgilash. O‘z shaxsiy faoliyatiga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish va xulosa chiqara olish. www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI BELGILOVCHI ASOSIY FAZILATLAR Ekologik qadriyatlar ko‘rsatkichlari Ekologik qadriyatlarni belgilovchi mezonlar Vatanparvarlik, ona-tabiatga mehr-muqabbat O‘zi yashab turgan uy, mahalla, shahar tabiatini sevish, undan g‘ururlanish, uni ardoqlash, uning istiqbolini ko‘zlab munosabatda bo‘lish. Tabiat boyliklaridan barqaror foydalanish Tabiat resurslaridan bugungi va kelajak avlodlar ehtiyojlarini qondirishni hisobga olgan holda barqaror foydalanish. Ozodalik, saranjom- sarishtalik va pokizalik Atrof-muhitni obod qilishga intilish, uni saranjom va sarishta, ozoda, pokiza va xush manzara qolda saqlash. Shaxsning tabiatdagi narsa-hodisalarning ifloslanishiga yol qo‘ymaslik. Ularni asl holida saqlanishida tashabbuskorlik hislati. Shaxsiy masuliyat Tabiatni asrab-avaylashda, tabiat boyliklarini ko‘paytirishda jonbozlikni namoyon eta olish, tabiat qonuniyatlari asosida o‘z amaliy faoliyatini boshqara olish. Ekologik qadriyatlarni asrashga va ularni kundalik hayotga tatbiq etishga intiluvchanlik yer, suv, o‘simlik va hayvonot olami, tabiatni asrab-avaylashga bo‘lgan ijobiy- yemotsional munosabat. Ajdodlardan yetib kelgan milliy qadriyatlardan barqaror rivojlanish maqsadlarida unumli foydalanish. Atrof-muhitni asrab- avaylashda faollik Atrof-muhit, obekt va narsa-hodisalarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish. Ularning barqaror rivojlanishiga tasir ko‘rsatish, ekologik yangiliklardan unumli foydalanish. Vijdonlilik, burchga sadoqat Tabiat hodisalariga bilib-bilmay ziyon yetkazganda vijdon azobida qiynalishi, o‘z aybini qayta takrorlamaslik, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lishda adolatli bo‘lish. Tabiatga munosabatda ehtiyotkorlik Koinot obektlarining mavjud barcha xilma-xilligini va ular o‘rtasidagi barqaror munosabatlarni hayotga tatbiq etishga ilmiy, innovatsion yondashish orqali ehtiyotkorlik, o‘zining sezgirlik xislatlarini rivojlantirib borish. Ekologik qadriyatlarga oid bilimlarga ega bo‘lish O‘zining ekologik bilimlarini muntazam ravishda tabiatni asrab-avaylashga yonaltirilgan milliy qadriyatlarimiz, diniy etiqodlarimiz ruhidagi malumotlar va adabiyotlardan boxabar bo‘lish. www.arxiv.uz www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING YO‘LLARI VA VOSITALARI Т/ r Yo‘llari Vositalari Т/ r Yo‘llari Vositalari 1 Ta'lim orqali Ma'ruza 5 Mahalla orqali Tushuntirish Amaliy mashg‘ulot Tadibrlarni o‘tkazish Seminar mashg‘ulotlari Milliy an'analarni yo‘lga qo‘yish Suhbatlar o‘tkazish 2 Fan orqali Tajriba 6 Tadbirlar orqali Anjunma Eksperiment Yig‘ilish Nazariy mulohaza Tender Seminar-trening 3 Tarbiya orqali Nasixat 7 Davolanish orqali Toza havoda sayr qilish Shaxsiy namuna Tabiat qo‘ynida davolanish Ijtimoiy rag‘batlantirish Tabiiy o‘simliklardan dorilar tayyorlash va h.k. Ijtimoiy javobgarlik 4 OAVlari orqali Gazeta 8 Turizm va o‘lkashunoslik orqali Go‘zal yoki buzilgan ekotizimlarga sayyohat qilish Jurnal Yoshlarga o‘z vatani va tug‘ilgan joyi haqidagi axborotlarni berishTelevidenie Radio Internet www.arxiv.uz www.arxiv.uz EKOLOGIK BILIM VA MADANIYAT SHAKLLANTIRISHDA MILLIY UZLUKSIZ TA'LIM Ta'lim bosqichlari Ekologik madaniyat Ekologik ta'lim Maktabga- cha ta'lim -Suvni asrash tajribalari -Toza havo tanga davo mashqlari -Quyoshdan foydalanish yo ’ llari -Oyoq osti xazina -Ona tabiat -Hayot va quyosh -Birinchi qadam … Umumiy o ‘ rta (maktab) ta'limi Boshlang ’ ich ta ’ lim Umumiy o ’ rta ta ’ lim Maktabdan tashqari ta ’ lim “ Men va atrof tabiat ” “ Tabiat ohangida atrof muhit ” “ Yerda yashash sharoiti ” “ Inson tabiatni o ’ zgartirmoqda ” (O ’ quv qo ’ llanma va ishchi daftarlar) va h.k. www.arxiv.uz www.arxiv.uz Ta'lim bosqichla ri Ekologik madaniyat Ekologik ta'lim O‘rta maxsus, kasb- hunar ta'limi Akademik litsey ta'limi Kasb-hunar ta'limi √ √ Umumiy ekologiya Oliy ta'lim Bakalavriat Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishida : Noekologik yo‘nalishlar bo‘yicha: √ Ekologiya nazariyasi va tarixi √ Atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslari √ Bioekologiya asoslari Magistratura √ Nanotexnologiyalar va tabiatni muhofaza qilish √ Biosferada atrof-muhit muhofazasi www.arxiv.uz Ta'lim bosqic hlari Ekologik madaniyat Ekologik ta'lim Oliy o‘quv yurtida n keyingi ta'lim Katta ilmiy xodim-tadqiqotchilikda Ta'lim, tarbiya, ishlab chiqa-rish xizmat ko‘rsatish yoki boshqaruvda amalga oshiri- lishi kerak bo‘lgan ekologik madaniyat qoidalari √ Zamonaviy ekologik tadqiqot metodlari √ Ekologik ong va madaniyat qoidalariga oid yangi g‘oyalar Kadrla r malaka sini oshiris h va qayta tayyorl ash Malaka oshirish Hozirgi zamon ekologik madaniyati Qayta tayyorlash Mutaxasisiliklarda ekologik madaniyat qoidalari Barqaror rivojlanish ta'limi Mutaxasisisliklar ekologiyasi www.arxiv.uz www.arxiv.uz TA'LIM FANLARI ORQALI YOSHLARNI YUKSAK EKOLOGIK MA'NAVIYATLI SHAXS QILIB TARBIYALASH Ma’naviyat ko`rsatkichlari Manaviy meros omillari Manaviy merosni ardoqlash Urf odatlar va ananalarga sodiq qolish Diniy qadriyatlarni ardoqlash Madaniy va moddiy boylik omillari Davlat va ona tiliga bo‘lgan ezoz O‘z halqiga bo‘lgan mehr-muhabbat Vatanparvarlik hissi bilan yashash va o‘z yurti bilan faxrlanish Ona yeriga va atrofmuhitga bo‘lgan muhabbat Yaratilgan moddiy, jumladan tarixiy boyliklarni saqlash Tarixiy omillar Vatan tarixini bilish Buyuk allomalardan o‘rnak olish Tarixiy obidalar haqida tasavvurlarga ega bo‘lish Qadimdan shakllangan milliy talim-tarbiyaning ijobiy xususiyatlarini saqlash Kelajakka ishonch omillari Yurtimizda bo‘layotgan davriy o‘zgarishlarga ijobiy baho bera olish Iftixor tuyg‘usi orqali o‘zga yurtlar bilan qiyosiy tasavvurga ega bo‘lish Iqtisodiy, ijtimoiy, sotsial salohiyatini ko‘ra bilish Barkamol avlodni shakllantirish www.arxiv.uz www.arxiv.uz XULOSA Milliy uzluksiz ta’lim tarbiyad yoshlarning bilim va madaniyatini shakllantirishda ularning yoshi, dunyo qarashi, psixologik, mahalliy xususiyatlari, reagional jihatlari ixtisosligiga qarab differensial holatda yondashish kerak. Tadqioqtlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ekologik bilim – kishilarning atrof tabiiy muhitini muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, buzilgan tabiat komplekslarini qayta tiklash haqida inson tafakkurida aks etganlik darajasi. Ekologik madaniyat esa tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo‘llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko‘rsatkichi, ongli va mas'uliyatli yondashuvdir. Vatanimiz tabiati haqida faxrlanish, g‘ururlanish, shu bilan birga qayg‘urish kabi tuyg‘ularni shakllantirish ekologik ta'limning bosh maqsadidirwww.arxiv.uz Yoshlarni ekologik bilim va madaniyatlarini shakllantirishda ekologik qadriyatlar alohida ahamiyatga ega. Unga tabiatni asrab-avaylashga intilish, tashabbuskorlik, izchillik, mehnatsevarlik va atrof-muhitni asrab-avaylashdagi ongli faollikni kiritish mumkin. Ekologik bilim va madaniyatni belgilovchi fazilatlar yoshlarning ekologik madaniyatini rivojlantirishga qaratilishi va unda asosiy urg‘u yoshlarning o‘zi yashab turgan xonadoni, mahallasi, shahriga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini, ya'ni vatanparvarlik ruhini, tabiatga nisbatan axloqiy qadriyatlarini, tabiat uchun shaxsiy mas'uliyat hissini, unga qiziquvchanlik va uni asrab- avaylashni, teran bilimlilikni shakllantirishga qaratiladi. www.arxiv.uz  Boshqa tarbiya turlari kabi ekologik madaniyat shaxsdagi sifat ko‘rsatkichlarining eng yuqori mezoni bo‘lib hisoblanadi. Qaysi tarbiya turidan qati nazar, madaniyatlilik darajasiga shaxs o‘zida qator ijobiy xususiyatlarni mujassam qila olsagina erishadi. Bunday jarayon shaxs shakllanishidagi yosh, individual, pedagogik, psixologik xususiyatlarni hisobga olish bilan amalga oshiriladi. Yoshlarning ekologik ong va madaniyatini shakllantirish bosqima-bosqich amalga oshiriladigan boriladigan jarayondir. Ushbu jarayonni uzluksiz va uzviy takomillashib borishigina amalda yuqori samara berishi mumkin. Yoshlarning ekologik ongi va madaniyatini aniqlash darajalari ham uzluksizlashtirilgan va uzviylashgandir. Bunda pedagoglarni turli toifalarga ajratish orqali maxsus tayyorlash va qayta tayyorlash talab etiladi. Yuqori ekologik ma'naviyatli shaxs tarbiyasida milliy ta’lim tizimining roli katta va uni ta'minlash uchun ijtimoiy hayotning barcha yo‘llari va vositalaridan oqilona foydalanish zarur. Ekologik ta’lim va tarbiyada davlatimizning millat va jamiyat rivojidagi ijobiy ishlari, turli sohada erishayotgan yutuqlarini yoki siyosatini o‘z vaqtida bevosita yoki bilvosita tarzda aks ettirish ekologiyaning ijtimoiy nufuzini oshiradi. Barcha fanlar, jumladan ekologik ta'lim yoshlarning ekologik bilim va madaniyatini shakllantirishning asosiy vositasidir. www.arxiv.uz Эътиборингиз учун ташаккур! www.arxiv.uz