logo

Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1536.2421875 KB
Urbanizatsiya, ekologiya va salomatlik, urbanizatsiyaning tarixi Reja:   1.Urbanizatsiyaning tarixi 2. Urbanizatsiyaning o’ziga xos tomonlari 3. Urbanizatsiya va shovqin-suron, ekologii faktor 4. Shovqin-surondan muhofaza 5. Urbanizatsiya va mikroorganizmlar muammosi b. Urbanizatsiya va ijtimoiy muammolar Urbanizatsiyaning tarixi Insoniyat keyingi 100—125 yil davomida manzaralarni, tog’u toshlarni, o’rmonlar va suv havzalari qirg’oqlarini, dengiz va okean qirg’oqlarini va boshqalarni keng ko’lamda o’zlashtirishga muvaffaq bo’ldi. Tabiiy muhitga texnika va mexanizmlar bostirib kirib bordi, tabiiy manzara ko’rinishlarni oyoq osti qilib, ular buzila boshlandi. Bu esa urbanizatsiyani boshlanishi edi. 1900 yilgacha birorta jamiyat urbanizatsiyalashgan deb nom olmagan. Dunyo, olam hali agrar iqtisodda, asosiy rolni qishloq xo’jaligiga bergan edi. 1900 yilda birgina Buyuk Britaniya urbanlashgan mamlakat edi. 1965 yilga kelib, ya’ni 65 yildan so’ng hamma sanoatlar rivojlangan industrial mamlakatlarda urbanizatsiya jarayonlari rivojlanib ketdi. Urbanizatsiya deganda nimani tushunmoq zarur? Urbanizatsiya bu evolyutsion jarayon bo’lib, bir kichik territoriyada sanoat korxonalari, transport vositalari, ayniqsa, avtomobil transporti, ma’muriy idoralarning, oliy, o’rta o’quv yurtlar, kollej, litsey va boshqa maskanlar, banklar, madaniy hordiq chiqarish maskanlari, kinoteatrlar, konsert zallari, osmono’par imoratlar, favvorolar va boshqa ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etuvchi tashkilotlar, turli idoralar, savdo rastalari, bozorlar, vokzallar va boshqalarning, to’plangan joyi, ayniqsa, odamlarni zichligidir. Urbanizatsiyaning o’ziga xos tomonlari • Katta bo’lmagan territoriyalarda aholining 1 km2 maydonda ko’payib ketishi va zichliganing oshib borishi; • Shahar sharoitida aholi hayotiy ehtiyojining qo’yidagilar nisbatan ortib borishi ma’naviyat, madaniyat, o’zaro muloqot • O’yin-kulgi, tibbiyotdan foydalanish o’zini sog’lomlashtirish, sport- fizkultura bilan shug’ullanish, bilim olish hamda turli xabarlarga qiziqishi va boshqalar. • Hozirda, kelajakda aholining ehtiyojini qondirish maqsadida turli zarur bo’lgan inshootlarni qurish, vodoprovod, kanalizatsiya, hammom, sauna, maktab, poliklinika, zamonaviy shifoxonalar, litseylar, kollejlar va hokazolar. • Aholi turar joylarida odamlar, ishlab chiqarish korxonalari, transport vositalarining ko’proq yig’ilib ketishidan aholiga salbiy ta’sir etuvchi omillarning paydo bo’lishi kasalliklarni keltirib chiqaradi. • Shahar tabiiy muhitining doimo o’zgarib turishi yangi muommolarni keltirib chiqarishga sabab bo’lmoqda. Urbanizatsiya va shovqin-suron, ekologik faktor Urbanlashgan shaharlarda shovqin-suron juda ko’p asab kasalliklarini chaqiradi. Insonning psixologik holati yomonlashadi. Shovqin hozirgi zamon shaharlarining odamga asosiy zarar beruvchi omillaridan biri, uni ushlab, ko’rib, qo’l tekkizib bo’lmaydi. Yaponiya mamlakatining milliy hisobatida keltirilgan dalillarga qaraganda yapon xalqini eng bezovta qiladigan omil bu shovqin-surondir. Aholi turar joylariga yaqin aeroportlar shovqinidan odam larzaga keladi. Masalan, Toshkent shahrini aeroporti shaharni ichida, aeroport atrofi hamma tomondan aholi yashaydigan territoriyalar bilan o’ralgan. Katta reaktiv samolyotlari ucha boshlayotganda, ayniqsa, ko’tarilishi vaqtida uylar zilzila bo’layotgandek titraydi. Samolyot uchib ketmaguncha ikki kishining gapi qovushmaydi, chunki bir-birini eshitmaydi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining keltirgan dalillariga qaraganda shovqin- suron oqibatida AQSH davlatining iqtisodiga keltirilgan zarar 4 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Shovqinning balandligi 76—85 dBga yetganda ishchilarning ishlab chiqarish unumdorligi 1%ga kamayadi. Moskva shahrining o’zida shovqin balandligidan zarar yiliga 300 mln rublni tashkil qiladi. Shovqinli sharoitda ishlagan ishchilarda oshqozon shilliq qavatining yallig’lanishi va 12 barmoqli ichakda yaraning ochilishi kuzatiladi. L.N.Malisheva dalillariga qaraganda informatsiyalarni (xabarlarni) kompyuter sistemasida 64—77 dBa darajasidagi shovqinlar ta’sirida yurak qon tomir va markaziy nerv sistemalarida funksional o’zgarishlarni kuzatgan. Shuning uchun ham shovqinning ta’sirini, uning ta’sir etish mexanizmlari e’tibor berib o’rganilmoqda. Shovqinning o’lchov birligi ikki olim nomi bilan bog’langan. Birini ismi Aleksand; Greyama Bella. U birinchi bo’lib telefonii yaratgan. Ikkinchisi Genrix Gers nemis fizigi. Belada yoki belani o’ndan biri detsibelada nisbiy shovqin balandligi(kuchi) o’lchansa, Gersda shovqinni takrorlanishi o’lchanadi. Amaliyotda shovqinning katgalik darajasi detsibelda o‘lchanadi. Urbanizatsiya va mikroorganizmlar muammosi Urbanizatsiyalashgan shaharlarda ochiq suv havzalarini patogen kasal chaqiruvchi miIqyublap bilan ifloslanish xavfi tobora ortib boradi. Bu, o’z navbatida,, ochiq suv havzalarini markazlashtirilgan vodoprovod orqali suv tarqatish manbai sifatida foydalanish mumkin bo’lmay qoladi. vodoprovod tozalash inshootlaridagi jarayonlar suvni virus va mikroblardan to’la-to’kis 100% ozod qilolmaydi. Ayniqsa, ochiq suv havzalariga to’planadigan chiqindi suvlar, tozalash inshootlaridan tozalanib chiqqandan so’ng ham patogen mikroblarini ushlashi va aholiga xavf tug’dirishi mumkin. Urbanlashgan shaharlardagi ekologik faktorlarning odam organizmiga ta’siri oqibatida ham makroorganizmlar o’zgaradilar. Ayniqsa, inson organizmini mikroorganizmlar ta’siriga chidamsiz bo’lib qolishi va miqroorganizmlarni patogenligini kuchayishi kasallik tarqatishning asosiy sababi bo’lib qolmoqda. Urbanlashgan shaharlarda, shifoxona ichki infeksiyasini tarqalish jarayonlari aholining bir-biri bilan yaqindan muloqotda bo‘lishi, bir tomondan, ikkinchidan, urbanizatsiya jarayonlarida quvvatsizlanib qolgan kishilarning yuqumli infeksiyalar ta’siriga chidamsizligi oqibatida ular orasida yuqumli kasallikning tarqalishiga imkon tug’iladi. Urbanlashgan shaharlarning bu boradagi muommalarini hal etishda shifoxonalardagi infeksiyalarga qarshi kurash, operatsiya jarayonlarini aseptika va antiseptika qonun-qoidalari asosida o’tkazish, shifoxonalarda keng ko’lamda profilaktika ishlarini olib borish, ayniqsa, dezinfeksiya jarayonlarini sifatli o’tkazish katta ahamiyat kasb etadi. Urbanizatsiya va ijtimoiy muammolar Urbanlashgan shaharlarning yana bir mummosi narkomaniyadir, bunday yomon jarayon yoshlar va o’smirlar orasida juda keng tarqalmoqda. Nega narkotik moddalarni og’iz orqali ichish, burun orqali hidlash, suyultirib vena yoki arteriya qon tomirga to’g’ridan-to’g’ri shprits bilan yuborish tarqalib bormoqda AQShdagi tekshirishlar shuni ko’rsatdiki, ajralgan oilaning bolalarida bo’ladigan baxtsiz hodisalar 25—30% baland, o’qish davrida, sinfda ikkinchi yilga qolib o’qish ko’proq, ya’ni 40—70%ga teng, o’qishdan haydaladigan o’quvchi soni 70% tashkil qiladi. Ular o’rtasida paydo bo’ladigan shikoyat ham ko’proq bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Robert L. Smit. Nash dom planeta zemlya. M.: Misl, 1982. 2. SH.T.Ogabayev, M.N.Nabiyev. Inson va biosfera. Toshkent, 1984. 3. SH.T.Otabayev, M.N.Nabiyev. Inson va biosfera. Toshkent: O‘qituvchi, 1996. 4. SH.T.Otabayev, T.I.Iskandarov. Komunal gigiyena. Toshkent: Ibn Sino, 1996. SH.T.Otabayev, E.Tursunov. O’zbekistonda ekologayaning tarixi, buguni va kelajagi. Toshkent, 2000.