logo

O’zbekiston Respublikasining viloyatlar bo’yicha ekologik holat

Yuklangan vaqt:

20.05.2022

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1653.5 KB
O’zbekiston Respublikasining viloyatlar bo’yicha ekologik holat Reja: 1. O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish 2. Maktabgacha ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish 3. Ekologik holatni yaxshilash, atrof-muhit va tabiiy resusrlarni himoya qilish – asosiy vazifamizdir O‘zbekiston avvalgi tuzumdan Orol dengizining qurib borishi bilan bog‘liq ekologik inqirozni, aholi salomatligi va atrof-muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, suv va yer resurslarini yo‘qotgan yerlarni meros qilib oldi. 1980 yillar oxirida O‘zbekistondagi ekologik muammolar shunchalik kuchayganki, Respublika hukumatining  1988 yil aprel oyida  qabul qilgan qarorida davlatning atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha davlat organi –  O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Qo‘mitanin g hududiy bo‘linmalari viloyatlar (tumanlar), shuningdek Toshkent shahri tashkil qilingan davlat organlari maxsus yechim bo‘lgan. Ekologik xavfsizlik sohasida davlat boshqaruvini tubdan yaxshilash maqsadida va respublikada atrof- muhitni muhofaza qilish, ekologik sharoitni yaxshilash, chiqindilarni atrof-muhitga zararli ta’sirini oldini olish va aholi salomatligi, aholi turmush tarzi sifati va darajasini oshirish uchun qulay sharoit yaratish, chiqindilar bilan ishlash tizimini uzoq vaqt mobaynida yaxshilash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 21 apreldagi  №  PF- 5024   «Ekologiya va atrof-muhit sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»  farmoniga muvofiq va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 21 apreldagi  №  PF-2915   «O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashki etishni ta’minlash chora- tadbirlari to‘g‘risida» gi  qarori O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi  O‘zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga  aylantirildi. Ekologik muammolarning tobora global ahamiyat kasb etib borayotganligi inobatga olinib, so‘nggi yillarda muhim ustuvor vazifalar bilan bir qatorda atrof muhit muhofazasi, ekologik madaniyat, ekologik ta’lim-tarbiya, ekologik ma’rifat masalalariga alohida e’tibor berilmoqda. Ekologik ta’limning dolzarbligi mamlakatimiz tabiati, ekotizimlari, atrof muhitni beqarorlik va izdan chiqishdan asrash, aholining ekologik madaniyatini oshirish, ushbu o‘ta jiddiy, hayotiy masalalarga aholining barcha qatlamlari, ayniqsa, yoshlar hissa qo‘shishi zarurligi bilan belgilanadi. Biroq, ekologik ta’limni amalga oshirish jarayonining tizimli tahlili ekologik ta’limni tashkil etishda bu boradagi islohotlarni to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qiluvchi jiddiy muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotganligini ko‘rsatmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida birinchi navbatda ushbu ta’lim turi uchun belgilangan “Bolajon” tayanch dasturi qayta ko‘rib chiqiladi, dasturda bolalarda ona tabiatni asrab-avaylash borasidagi ilk tasavvurlarni uyg‘otishga hamda uni asrab-avaylash, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi mavzularni ko‘paytirishga e’tibor qaratiladi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amalda bo‘lgan tayanch dasturda belgilangan ekologik ta’limga oid mavzular va amaliy mashg‘ulotlarni to‘laqonli tashkil etish maqsadida “ Ekolog bolajon ” dasturi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20- maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son) Ta’lim dasturlari o‘rta, katta va maktabgacha tayyorlov guruhlari uchun jonsiz tabiat (o‘simliklar dunyosi), jonli tabiat (hayvonot dunyosi) hamda sayrda bo‘lib o‘tadigan jonsiz va jonli tabiat tushunchalarini uyg‘otishga yo‘naltiriladi. Bunda, mavzularni qayta belgilashda yer yuzida, shu jumladan, yurtimizda yo‘qolib borayotgan va kamyob turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ularni asrab-avaylash masalasiga alohida urg‘u beriladi.