logo

Ekologiya. Yashash muhitlari. Ekologik omillar va ularning organizmga ta’siri

Yuklangan vaqt:

30.03.2024

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

671.33203125 KB
Ekologiya. Yashash muhitlari. Ekologik omillar va ularning organizmga ta’siri Ekologiya • «Ekologiya» tushunchasini fanga birinchi bo'lib nemis biologi Ernest Gekkel 1866- yilda kiritgan.Ekologiya ayrim individlarning rivojlanishi, ko'payishi, yashashi, populyatsiyalarining va jamoalarining tarkibi hamda o'zgarishlarini yashash muhitiga bog'liq holda o'rganadi. • Ekologiya fanining asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi: • 1. Har xil organizmlar guruhlarining atrof-muhit omillari bilan munosabati qonuniyatlarini o'rganish. • 2. Organizmlarning yashash muhitiga ta'sirini aniqlash. • 3. Biologik resurslardan oqilona foydalanish, odam faoliyati ta'sirida tabiat o'zgarishlarini oldindan ko'ra olish, tabiatda kechayotgan jarayonlarni boshqarish yo'llarini o'rganish. • 4. Zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullarini yaratish. • 5. Sanoat korxonalarida chiqindisiz texnologiyani ishlab chiqish va joriy etish. Ekologiya genetika, evolutsiya ta'limoti, sistematika, fiziologiya, etologiya kabi biologik fanlar bilan chambarchas bog'langan. Ekologiyaning bo’limlari • Autekologiya — ayrim bir turga mansub bo'lgan organizmlar yoki populya- tsiyalarning o'zaro va muhit bilan munosabatlarini o'rganadi. Masalan, hozirgi davrda populyatsiyalar ekologiyasini o'rganishda ularning ko'payishi, turg'unligi yoki sonining kamayishini o'rganishda matematik modellashtirish usuli keng qo'llanilmoqda.  Demekologiya- populyatsiyalar ekologiyasi, populyatsiyada individlar sonining o’zgarishi, populyatsiyadagi guruhlar o’rtasidagi munosabatlarni o’rganuvchi bo’lim. Demeekologiya doirasida populyatsiyalarning shakllanish shart-sharoitlari o’rganiladi. Demekologiya tashqi muhit ta’siri ostida individlar sonining o’zgarish sabablarini o’rganadi.  Sinekologiya • Sinekologiya — har xil turga mansub organizmlar umumlashmasining o‘zaro va muhit bilan munosabatlarini o‘rganadi. Bunda ayrim territoriyalarda yashaydigan mikroorganizmlar, o‘simlik, hayvon turlarining xilma-xilligi, tarqalishi, ular orasidagi raqobatlar va boshqa ekologik muammolar o‘rganiladi.  Evolutsion ekologiya • Evolutsion ekologiya — ekologik sistemalarning sayyoramizda hayot kelib chiqishi bilan birga o‘zgarishlarini, biosferaning evolutsiyasiga insonning ta’sirini o‘rganadi. Evolutsion ekologiya paleontologik ma’lumotlardan va hozirgi zamon ekologik sistemalari haqidagi ma’lumotlardan foydalanib qadimiy ekosistemalarni nazariy rekonstruksiyalashga (qayta yaratish) harakat qiladi. Tarixiy ekologiya • Tarixiy ekologiya — insoniyat sivilizatsiyasi va texnologiyasining rivojianishi natijasidagi ekologik o‘zgarishlarni neolit davridan boshlab hozirgi davrgacha o‘rganadi  Экологик омиллар • Tirik organizmlarga ta'sir ko'rsatuvchi muhitning har qanday tarkibiy qismlari ekologik omillar deyiladi. • Hamma ekologik omillar uchta asosiy guruhga bo'linadi: • • Abiotik omillar — anorganik tabiat sharoitining yig'indisi. Bularga tuproq, iqlim, topografik va boshqa fizik omillar kiradi. • Biotik omillar. Bunga tirik tabiat omillari (tirik organizmlarning bir-biriga va yashash muhitiga ta’siri) kiradi. Antropogen omillar. Bunga inson faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan omillar kiradi Biotik omillar Антропоген омиллар