logo

Ekologik madaniyatning shakllanishi oila, mahalla, jamiyat

Yuklangan vaqt:

19.11.2023

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1477.7236328125 KB
Ekologik madaniyatning shakllanishi oila, mahalla, jamiyat Ekologik xavfsizlik va barqaror rivojlanish • Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiati insoniyatning umumiy yashash makoni, yagona uyi hamda yashyash vositasi hisoblanadi. Shuning uchun yuz berayotgan ekologik tangliklarni bartaraf etish yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlarning umuminsoniy vazifasidir. Sayyoramizda Xalqaro ekologik hamkorlikning zarurligi quyidagi hollar bilan belgilanadi:  Yer sayyorasi va uning o`ziga xos tabiatini insonga ma’lum bo`lgan olamda yagona ekanligi;  Yer tabiati va biosfera yaxlit tizim sifatida mavjud bo`lib inson va jamiyat uning tarkibiy qismi ekanligi;  Insoniyatning barcha ishlab chiqarish faoliyatini moddiy negizi tabiat ekanligi;  Tabiatdagi salbiy o`zgarishlar va atrof-muhitga antropogen ta’sir ko`lami jihatidan butun sayyoraga tazyiq ko`rsatuvchi jarayonlar ekanligi;  Hozirda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni hal etishga ko`p hollarda bir yoki bir nechta davlatlaning imkoniyatlari yetarli emasligi;  Barcha insoniyatning birgalikdagi harakati sayyoramizdagi ekologik vaziyatni yaxshilashning eng maqbul yo`li ekanligi. Ekologik madaniyat • Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas go’shadir. Tabiat ularni to’ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O’z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo’yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko’paytirish tuyg’usi bilan uyg’unlasha olsagina haqiqiy sanaladi. Yaqin o’tmishimizda biz «Tabiatni sevamiz» deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas'ul ekanligimizni unutib qo’ydik. Ana shu mas'uliyatsizligimiz «ekologiya» deb nomlanuvchi yangi fanga zamin yaratdi. «Ekologiya» so’zi «eko» — uy, turar-joy, «logos» — fan so’zlaridan olingan bo’lib, u atrof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo’lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora- tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ’ib etish asoslarini o’rganadi. • Yangi asrning barkamol kishisi o’zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir.  Ekologik madaniyat — bu atrof- muhit to’g’risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg’usiga ega bo’lish, o’simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g’amxo’rlik ko’rsatishga, tabiat zahiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko’paytirish borasida qayg’urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko’rsatkichidir. Ana shu xislatlarni o’zida aks ettira olgan igsonni ekologik madaniyat egasi, deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo’mraklardan oqishiga yo'l qo’ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to’kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko’chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g’amxo’rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko’rinishlari sanaladi. Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o’rtasida nomutanosiblik vijudga kelayotir. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini ko’ndalang qo’ymoqda.  • O’rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o’simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatii fikrlar aytganlar. • Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida u odamlarni daryoga mehrli bo’lishga da'vat qiladi, agar daryoning ko’zlari yoshlansa, uning boshiga g’am kulfati tushgan bo’ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir. • Zahiriddin Muhammad Bobur «Boburnoma» asarida ko’rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o’simliklari va odamlari, xalqlar-ning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko’plab fikrlar bor. Bobur o’lkani bilgan kishilarni hurmat qiigan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko’paytirishga e'tibor bergan.  Oila Oila haqida tushuncha. Oila – kishilarning nikoh yoki qon-qarindoshlik rishtalari, umumiy turmush tarzi, axloqiy mas’uliyat hamda o‘zaro yordamga asoslanuvchi kichik guruhi. «Jamiyat» va «oila» tushunchalari bir- biri bilan chambarchas bog‘liq. Bu bog‘liqlik jamiyatning oilalarsiz mavjud bo‘lmasligi hamda o‘z navbatida oilaning ma’lum bir jamiyat tarkibida vujudga kelishi va yashovchanligida ko‘rinadi. Oila hamda jamiyat o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar ikki tomonlama aloqadorlik xususiyatiga ega. Har bir oila umumjamiyat talablari asosida faoliyat yuritadi. Jamiyat taraqqiyotining rivoji esa uning bag‘rida mavjud bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy qiyofasining shakllanganlik darajasiga bevosita bog‘liqdir. CHunonchi, ijtimoiy borliqning oilalar zimmasiga qo‘yadigan talablari ularning manfaatlariga zid bo‘lmasa, aksincha, oilalar farovonligi, tinchligini ta’minlashga yordam bersa, oilalar tomonidan ijtimoiy talablarning qo‘llab- quvvatlanishi, ularning amaldagi ijrosini ta’minlash ko‘rsatkichi shuncha yuqori bo‘ladi. Ilmiy-pedagogik, psixologik, fiziologik hamda falsafiy asarlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, oila bola uchun eng asosiy tarbiya muhiti bo‘lib, bu muhitda shaxs kamoloti uchun muhim hisoblangan xulq-atvor, iroda, harakter va dunyoqarash shakllanadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida, oilaviy munosabatlarni tashkil etish jarayonida anglaydi. E`TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT