logo

Bir pallalilar sinfi, loladoshlar, piyozdoshlar, sparjadoshlar, qiyoqdoshlar va xalladoshlar oilalari

Yuklangan vaqt:

23.09.2019

Ko'chirishlar soni:

0

Hajmi:

1523.427734375 KB
Bir pallalilar sinfi, loladoshlar, piyozdoshlar, sparjadoshlar, qiyoqdoshlar va xalladoshlar oilalari 1. Bir pallalilar sinfiga qisqacha tasnif. 2. Loladoshlar oilasiga tasnif. 3. Greyg lolasi, daraxtsimon aloy 4. Piyozdoshlar oilasiga tasnif. 5. Sarimsoq piyozi 6. Sparjadoshlar oilasiga tasnif. 7. May marvaridguli 8. Dorivor sarsabil Reja: Bir pallalilar sinfi - Monocotyledoneae Gulli (o’simliklarning bu katta sinfiga, asosan mutadil iqlimli shimoliy kengliklarda tarqalgan o’simliklar, shuningdek subtropik va ayniqsa tropik oblastlarga xos bir muncha kam tarqalgan daraxtsimon (o’simliklar kiradi. Bir pallali (simliklar (o’ziga xos qo’yidagi belgilari bilan ikki pallalilardan farq qiladi. 5. Ko’pchilik xollarda gullari 3 bo’lakchali va besh qirralidir.1 . Bu sinfga mansub ko’pchilik o’simlik vakillaring urug’ida faqat bitta urug’ palla bo’ladi. 2. Bosh ildizi barvaqt qurib qolib ko’shimcha ildizlari rivojlanadi. 3. Barglari asosan, paralel yoki yoysimon ba’zan to’g’risimon tomirlangan bo’ladi. 4 . Naychalar bog’lami tutash (kambiy qatlamisiz) bo’ladi va ular ko’pincha sochilib joylashadi. Loladoshlar tartibi-Liliales Loladoshlar oilasi-Liliaceae. Bu oilaga 10 avlod, 470 tur kiradi, ulardan 230 ga yaqini madaniy holda o’stiriladi. Bu oilaga mansub o’simliklar asosan o’rta iqlimli mintaqalarda, Shxarbiy va Sharqiy Osiyoda, Ximolayda tarqalgan . Bu oilaga asosan yo’g’on ildiz poyali, piyozli yoki tugunakli ko’p yillik o’t o’simliklar kiradi. Ba’zi daraxtlar (yakka, dratsena, aleoe kabilarlar) va qisman lianalar kiradi. Barglari lansetsimon chiziqli, ba’zan elips shakli, parallel yoki yoysimon tomirli. guli 2 jinsli aktinomorf, odatda shinggil, boshoq ro’vak va shu singari to’p gullarga yig’ilgan. Yirik gullari yakka 6 a’zoli. Gul formulasi R3-3A3- 3G3   Greyg lolasi - T. gregii Greyg lolasi lolalar avlodiga mansub bo’lib, u aprelning oxiri - mayning boshlarida adir va tog’larning qo’yi qismidagi yonbag’irlarda ochiladi yirik gulli, ko’rkam o’simlik. Bo’yi 20 - 45 sm. Piyozi tuxumsimon yoki yumaloq. Barglari 3-4 dona ustida to’k binafsha rangli dog’lari bor. Guli bitta, yirik sarxish - qizil osti qora dog’li changchi iplari qora va sariq, changdonlari sariq binafsha rang yoki kulrang. Uning mevasi 3 chanoqqa bo’linib ochiladigan ko’sakcha, iyulda pishadi. G. lolasi urug’idan va piyozidan ko’payadi. Urug’dan o’sgan lola 9-10 yilda piyozchasidan o’sgani esa 4-5 yilda gullab urug’ beradi. Uning guli juda chiroyli. Keyingi paytlarda odamlarning shavqatsiz yulishi piyozchalarini kovlab olishi natijasida juda kamayib ketdi. Xozirgi paytda u muhofaza qilinadi va O’zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan. Daraxtsimon aloy - Aloyo arborescens Mill   Yer yuzida aloening 250 dan ortiq turi mavjud. Ular orasida bo’yi 10 m ga yetadiganlari ham mavjud. Aloelar yovvoyi holda Afrikada, Xindistonda, madagaskar, va Saudiya Arabistonda tarqalgan. Bizda xonalarda va issiqxonalarda o’stiriladigan aloe Afrikadan chiqqan. Daraxtsimon aloe bo’yi 4 m ga yetadigan sershira doim yashil daraxtsimon o’simlik poyasi tik o’suvchi bo’lib pastki qismi shoxlangan. Aloe tarkibida antratsen unumlari, smola, efir moylari saqlaydi. U tibbiyotda turli xil kasalliklarda, xususan, ichni yumshatadigan, o’t haydaydigan va bakteratsid ta’sir ko’rsatadigan, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadigan vosita sifatida foydalaniladi. Amarillislar tartibi - Amarilidales. Piyozguldoshlar oilasi - Alliaceae. Bu oilaga 32 avlod 750 tur o’simliklar kiradi. Shulardan 310 tasi piyozlar avlodiga mansubdir. O’zbekiston florasida bu oiladan 165 turi uchraydi. Piyozguldoshlar yer qismining kamma qismida xususan dasht va cho’l zonalarida keng tarqalgan. Barcha piyozguldoshlar o’t o’simligi bo’lib, yer ostida piyozboshi yoki ildizpoyasi bo’ladi. Efemeroidlari kam uchraydi. Barglari ildizoldi, bandsiz, ensiz lentasimon, trubkasimon shakllarda uchraydi. Piyozguldoshlarning xarakterli belgisi uning «tirik tug’uvchanligidir» chunki piyozboshi yonida mayda piyozchalar hosil bo’ladi. Masalan sarimsoq piyozi (A. Sativum) doim shu yo’l bilan ko’payadi. Bu oilaga oddiy piyoz - Allium sepa L., sarimsoq - A. Sativum L. yovvoyi cho’l piyozi - A.Siffithianun cho’l piyozi - A caspiumlar kiradi. Ular ichida cho’lpiyoz zaharli o’simlik hisoblanadi.   Sarimsoq piyozi - Allium sativum.L. Bo’yi 100 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Piyozi tuxumsimon shaklda b(lib, 7 donadan 30 donagacha boradigan mayda - mayda piyozchalar tashkil topgan. Bu pallalari oqish rangda bo’ladigan, pardadek umumiy po’st bilan o’ralgan. Pallalari kam, o’z navbatida pushti yoki binafsha rang po’st bilan qoplangan uzunligi 4 sm gacha boradi. Poyalari taxminan yarmiga qadar barg qinlari bilan o’ralgan, ustki qismi gullagunicha halqaga o’xshab qayrilib turadi. Gullari uzun bandli bo’lib, soyabonsimon to’pgul hosil qiladi. Sarimsoq piyozi tarkibida 0,3% gacha alanin 0,4% gacha efir moyi, 0,06% atrofida yoxli moy fitosterin, azotli moddalar, fitonsidlar anchagina miqdorda askarbinat kislota bor.  Sparjalar oilasi - Asparagaceae   Bu oilaga 23 avlod, 230 tur o’simlik mansub bo’lib, oila vakillari yaxshi rivojlangan ildizpoyali, ko’p yillik o’t o’simlik. Poyalari tik o’suvchi, ba’zan shakli o’zgargan kaladodiylari bo’lib, barg vazifasi ni bajaradi. To’pgullar sochoq, gulqo’rg’oni birikib o’sgan. Mevasi rezavor. Sparja avlodi (Asparagus) ning 120 turi bor. Shundan O’rta Osiyoda 24, respublikamizda 7 turi uchraydi. Bu avlodning vakillari chala buta o’simliklardir. Barglari mayda, pardasimon tangachaga aylangan. Gullari ayrim jinsli. Bir yoki ikki uyli o’simlik. Gulqo’rg’oni qo’ng’iroqsimon 6 ta bargchasi birikib o’sgan. Mevasi sharsimon xo’l meva.  May marvaridguli - Sonvallaria majalis L. Marvaridgul o’simligi Kavkaz va Uzoq Sharq o’rmonlarida tarqalgan. Ildizpoyali o’t o’simlik. Poyasi shoxlanmaydi, barglari yoysimon tomirlangan, oddiy. Gullari unchalik katta emas, xushbo’y oq gullar, tojbargli bir tomonlama shingilga o’ralgan.     Mevasi qizil rangda, rezavor meva. Urug’i endospermli. Marvaridgul barglaridan yurak glikozidlari olinadi, shuningdek saponinlar kam to’planadi. Tibbiyotda yurak kasalliklarini davolashda keng ishlatiladi. Gullaridan olingan efir moylari parfyumeriyada qo’llaniladi . Gul formulasi R(6) A(3+3) G(3) Dorivor sarsabil - Asparagus acutifolius L. Sarsabil – bo’yi 150 sm gacha boradigan ko’p yillik o’tsimon o’simlik. Ildizpoyasi yo’g’on bir talay ildizlar chiqaradi. Poyalari to’g’ri o’sib, k’p shoxlanadi, tuksiz. Barglari reduksiyalanib pardasimon kichik - kichik tangachalarga aylangan. Gullari mayda , yashil - sariq rangda, uzun - uzun bandli. Mevasi diametri 5 mm gacha boradigan olti urug’li dumaloq rezovor meva. Urug’lari ikki tomondan qisilib kelgan, dumaloq shaklda. Uning ildizpoyasi bilan ildizlari va yosh novdalari dorivorlik xususiyatiga ega bu organlar o’z tarkibida asparagin va saponin moddalarini saqlaydi. Yetilgan mevalarida 36% gacha qand moddalari, kapsantin bilan fizamin urug’larida 16% yog’li moy topilgan. Adabiyotlar: 1. Xrjanovskiy V.G."Kurs obshey botaniki" II tom «Visshaya shkola» 1982. 2. Kursanov L.I,Komarnitskiy N.A,Meyyer K.I,Razdorskiy 3. V.F,Uranov. A "Botanika"II tom, (simliklar sistematikasi",Toshkent 1972 4. Jebrak A.R."Kurs botaniki",M.Sovetskaya nauka,1949. 5. Jukovskiy P.M "Botanika"M,Sovetskaya nauka 1949. 6. Komilova F,Jonurazov F."Botanikadan amaliy mashgulotlar","Mexnat" 1986. 7. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombitko.Botanika.M.Iz-vo "Visshaya shkola"1990 god.